Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Odamzot naslining, nomining boqiyligi mezonlaridan biri uning zurriyotlaridir. Farzand tarbiyasiga e’tibor har damda, har qadamda bo‘lishi zarurligi haq. Hayotda obro‘li, ehtiromli insonlar bo‘ladiyu, lekin ularning ayrim farzandlari oqibatsiz bo‘lib voyaga yetadi. Bolaligidan uning tarbiyasiga e’tibori sust bo‘lgan otaning boshiga kulfatlar yog‘ilishi aniq. Shunday ekan, oila, mahalla qolaversa vatan istiqboli har tomonlama tarbiya ko‘rgan va ta’lim olgan farzandlar bilan ekanini e’tibordan soqit qilish o‘rinsizdir. Ish-tashvish, bozor-o‘char, tirikchilik tashvishi, ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘lib farzandning ta’lim va tarbiyasi bir yoqda qolib ketsa ertaga oila nadomati va fig‘oni ko‘kka chiqadi. Rudakiy ruboiysida ana shu haqda qayg‘uriladi.

Oldingi

Manba:

NomiKun hikmati: FARZAND TARBIYaSI
Muallif(lar)i Kun.uz sayti
Yozilgan vaqti02.02.2022
Internetga joylangan vaqti13.07.2016
Kiritilgan vaqti02.02.2022
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttps://kun.uz/uz/news/2016/07/13/kun-ikmati-farzand-tarbiasi
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator