Kontekst:
Quyosh botish uchun chiqadi, odamzot o‘lish uchun tug‘iladi. Ma’lum haqiqat bu. Lekin hammamiz uchun mash’um va ma’lum ko‘rgilik - o‘lim elu yurtning mehrini qozongan, elparvar inson bilan bog‘lansa, uning dahshati yeru ko‘kni larzaga solgandek bo‘ladi. Bir necha kundirki, O‘zbekiston fuqarolari eng yaqini, o‘z jigaridan ayrilgandek talmovsirab, garangsib qoldi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi prezidenti O‘zbekistonning birinchi poytaxti Samarqandga dafn etildi. O‘z yurtini ozod va obod qilgan yurtboshimizning oxiratlari obod bo‘lsin! O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat targ‘ibot markazi tashabbusi bilan kamina tomonidan o‘qilgan Davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan audiodisk qo‘limda turibdi. Unda Prezidentning salkam 25 yil mobaynida turli uchrashuv va har xil soha vakillari bilan muloqotlarida bildirgan hikmatli so‘z va iboralari, shuningdek, zamondosh shoirlarimizning vatanparvarlik ruhidagi she’rlari o‘rin olgan. Audiodisk prezidentimizning o‘z iboralariga monand "Vatan va xalq mangu qoladi" deb nomlangan. Shuningdek, audio jamlanmada Abdulla Oripov, Omon Matjon, Erkin Vohidov, Jumaniyoz Jabborov, Iqbol Mirzo, Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toyir, Normurod Narzullayev, Anvar Obidjon, Ikrom Otamurod, Salim Ashur, Azim Suyun, Aziz Said, Minhojiddin Mirzo, Mirzo Kenjabek, Muhammad Yusuf, Muhammad Ismoil, Nasriddin Botirov, Qo‘chqor Norqobil, Qutlibeka Rahimboyeva, Sherali Vahob, Rustam Musurmon, Sultonmurod olim, Sulton Mirzo, Jumaboy Matyoqubov, Tursun Ali, Zulfiya Mo‘minova kabi ijodkorlarning vatanparvarlik ruhidagi she’rlari o‘rin olgan.
Manba:
| Nomi | Ikkinchi umrini boshlagan Prezident |
| Muallif(lar)i | Kun.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 02.02.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 07.09.2016 |
| Kiritilgan vaqti | 02.02.2022 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://kun.uz/uz/news/2016/09/07/ikkinci-umrini-boslagan-prezident |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |