Kontekst:
Afsuski, XI asrga kelib, zamon notinchliklari kuchayib boradi. Bir tomondan g‘aznaviy, saljuqiylarning mulk dag‘dag‘asi, ikkinchi tomondan Chingiz istilosi, uchinchi tomondan Quddusi sharif uchun boshlanib ketgan «salb yurishlari» islom olamini larzaga solib, ilm-hunar yo‘llarini buzib yuboradi. Lekin ilm-maorif nuri so‘nmaydi, aksincha, dushmanlarga ham ziyo berib, ularni ham munavvar qiladi. Mo‘g‘ullarning katta qismi islom madaniyatini qabul qiladi, yevropaliklar esa yuz yillik salb yurishlari davomida u yerlardan boylik o‘marish bilan birga, qanchadan-qancha san’at va hunarlarni o‘rganib qaytadilar. Islom madaniyati o‘choqlari Bag‘dod, Sheroz, Nishopur, Samarqanddan tashqari, Afrika va Ispaniyada, ya’ni islom olamining deyarli barcha nuqtalarida mavjud bo‘lib, u yerlarda ilm-fan benihoya rivoj topadi.
Manba:
| Nomi | Bir inqiroz tarixi |
| Muallif(lar)i | ishonch.uz |
| Yozilgan vaqti | 30.05.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 30.05.2022 |
| Kiritilgan vaqti | 20.08.2023 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | muhokama |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | 18+ |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
| NET-manzili | https://ishonch.uz/archives/6324 |
| Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |