Kontekst:
Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zairovning tumandagi fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yer egalariga MUROJAATIHurmatli nurobodliklar, aziz tumandoshlar!Butun dunyo bo‘ylab tarqalgan koronavirus pandimiyasi bugun butun jahon ahlini sarosimaga solib qo‘ydi. Bu holat dunyoning eng qudratli davlatlari iqtisodiyotiga ham soya solmoqda. Ekspert va mutaxassislar tomonidan dunyo bo‘yicha oziq-ovqat ta’minotida global tanqisliklar yuzaga kelishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida dehqonchilik yumushlari qizg‘in pallaga kirgan shu g‘animat kunlarda fermer, dehqon va tomorqa yer egalariga tetik va bardam bo‘lib, tushkunlikka tushmasdan, ayniqsa, karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda qishloq xo‘jaligi ishlarini izchil davom ettirish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.Videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma qarori imzolandi. Unda muhtaram Prezidentimizning masala yuzasidan ilgari surgan taklif va topshiriqlari bo‘yicha alohida vazifalar belgilandi. Koronavirus pandemiyasi butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari yetarli darajada olib borilmayotganligini yuzaga chiqarmoqda.Mamlakatimizning, tumanimizning eng katta boyligi bu – unumdor yerlaridir. Biz tuprog‘iga cho‘p suqsa, unib-o‘sadigan yurtda yashaymiz. Demak, oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligi masalasida xalqimizning ehtiyojini qondira olish imkoniyatiga egamiz.Ochig‘ini aytishimiz kerak, tumanimizda hali tomorqasiga ekin ekmagan oilalar ham bor. Biroq omilkor tomorqa egalari o‘z tomorqasidan dastlabki hosilni yig‘ishtirib, yaxshigina daromadga ham ega bo‘ldi. Fikrimni joylarda fuqarolarimizning kaftdek tomorqasidan unumli foydalanib, mo‘l hosil va katta daromad olayotganliklari ham tasdiqlaydi.Azal-azaldan xalqimiz mehrli, oqibatli. Ehtiyojmand yon qo‘shnimiz, mahalladoshimiz qiyin ahvolga tushib qolganda jim qarab tura olmaymiz albatta. Kam ta’minlangan, yolg‘iz keksalarimiz va boquvchisini yo‘qotgan oilalarning tomorqasiga ehtiyoj uchun zarur bo‘ladigan ozuqabop ekinlar ekish va parvarishlashda o‘z yordamimizni ayamasligimiz zarur.Aziz tumandoshlar, mamlakatimizga kirib kelgan koronavirus pandemiyasi misli ko‘rilmagan tashvishlarni keltirib chiqarayotgan bir paytda, tomorqalarimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot va poliz mahsulotlari bilan xalqimiz farovonligini, dasturxoni to‘kinligini, bozorlarimizda arzonchilikni ta’minlash har birimizning insoniylik burchimizdir.Barcha fermer, dehqon va tomorqa yer egalarini o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, o‘zining va xalqimiz dasturxoni to‘kinchiligiga hissa qo‘shishdek muqaddas burch va vazifasini vijdonan ado etishga chaqiraman!Faxriddin ZAIROV,Nurobod tumani hokimi.22.04.2020 yil
Manba:
| Nomi | Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zairovning tumandagi fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yer egalariga MUROJAATI |
| Muallif(lar)i | nurnews.uz |
| Yozilgan vaqti | 15.09.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 15.09.2022 |
| Kiritilgan vaqti | 20.08.2023 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | muhokama |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | 18+ |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
| NET-manzili | https://nurnews.uz/247-s165.html |
| Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |