Kontekst:
TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. 2022 yilda “Magnit” do‘konlar tarmog‘i O‘zbekistondan sabzavot va mevalar, jumladan, yong‘oq va yarim tayyor mahsulotlar importini ikki baravar oshirdi. Bu haqda RIA Novosti kompaniyaga tayanib, xabar berdi.“Joriy yilda “Magnit” mavsum (pishiqchilik – tahr.) tugagach Rossiya do‘konlari peshtaxtalarida yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida O‘zbekistondan sabzavot va mevalar importini ikki barobarga oshirdi. 2022 yilning 11 oyi davomida O‘zbekistondan “Magnit” do‘konlariga meva-sabzavot yetkazib berish hajmi 3,5 milliard rubldan oshdi”, - deyiladi xabarda.Shu bilan birga, xurmo importi qariyb ikki baravar, uzum ikki baravar, olxo‘ri esa uch barobar oshdi. Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, Rossiyada yetishtirilmaydigan yoki mahalliy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining qishda yetkazib berish imkoniyati cheklangan meva-sabzavotlar import qilinmoqda.“Joriy yilda import tarkibi yangi mahsulot toifalari va navlari hisobiga kengaydi: anor, limon, shaftoli, olxo‘ri va qovoq. Bundan tashqari, chakana savdo tarmog‘i O‘zbekistondan yong‘oq va yarim tayyor mahsulotlarni olib kirishni boshladi”, - deya qo‘shimcha qilingan.Biroq, mavsumiylik omili meva-sabzavotlarni yetkazib berish sur’atiga ta’sir qilyapti – masalan, O‘zbekistondan yillik importning deyarli 40 foizi oktyabr va noyabr oylariga to‘g‘ri kelyapti. Hozirgi vaqtda import uchun asosiy mahsulotlar uzum va xurmo hisoblanadi. Yillik hajmning uchdan bir qismi yoz oylariga to‘g‘ri keladi – bu danakli mevalar (gilos, nektarin, shaftoli, olxo‘ri) va poliz ekinlari mavsumi, shuningdek, uzumning pishish mavsumining boshlanishidir."Magnit" – Rossiya chakana savdo do‘konlari tarmog‘i bo‘lib, daromad bo‘yicha Rossiyada uchinchi o‘rinda turadi. Tarmoq 1995 yilda Krasnodarda kompaniya faoliyatining dastlabki yillarida kompaniyaga egalik qilgan va uni boshqargan Sergey Galitskiy tomonidan asos solingan, 2021 yildan beri eng yirik aktsiyador Alexandra Marathon Group investitsiya kompaniyasi hisoblanadi.
Manba:
| Nomi | Rossiya supermarketlar tarmog‘i O‘zbekistondan meva-sabzavotlar importini ikki baravar oshirdi |
| Muallif(lar)i | oz.sputniknews-uz.com |
| Yozilgan vaqti | 16.12.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 16.12.2022 |
| Kiritilgan vaqti | 21.08.2023 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | muhokama |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | 18+ |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
| NET-manzili | https://oz.sputniknews-uz.com/20221216/rossiya-supermarketlar-tarmogi-ozbekistondan-meva-sabzavotlar-importini-ikki-baravar-oshirdi-30791483.html |
| Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |