Kontekst:
Odamzodning ulkan ixtirolari bo‘lmish samoliyotlar, mashinalar va kimyoviy laboratoriya zavod-fabrikalaridan yiliga tonnalab chiqayotgan zaharli moddalar atmosferamizga, qolaversa, biz nafas olayotgan havoga, muhitimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmayapti, albatta. Ahmad ba’zi sayyoralarning butkul yo‘q bo‘lishiga sabab aynan o‘sha chiqindilar ekani ko‘radi va odamzot ulkan xavf-xatar oldida turganini his qiladi. Balki buni siz fantast adibimizning xayoloti mahsuli deya hisoblashingiz mumkin. Biroq, hozirgi kunimizda ham dunyoning yirik shaharlari hisoblanmish London, Tokio, Gamburg, Iokogama, N’yu-York va Rotterdam hududlarida kimyoviy zavod-fabrikalarning chiqindilari, mashina-samolyotlarning zaharli tutunlari aralashuvidan o‘ta murakkab reaksiyalar natijasida quyuq tumanlar tushayotgani, qolaversa, zaharli bug‘lardan hosil bo‘lgan qora bulutlardan yog‘ilayotgan zararli yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida tirik jonzotlar, xususan, bu holatdan insoniyatning o‘zi ham aziyat chekayotgani sir emas. Atrof muhitning ifloslanishida bevosita sabab bo‘layotgan omillarga inson xo‘jaligi faoliyati ham kiradi.
Manba:
| Nomi | Galaktika sarguzashtlari |
| Muallif(lar)i | saviya.uz |
| Yozilgan vaqti | 20.06.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 20.06.2022 |
| Kiritilgan vaqti | 21.08.2023 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | muhokama |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | 18+ |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
| NET-manzili | https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/galaktika-sarguzashtlari/?imlo=k |
| Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |