Kontekst:
Chol unga shundoq yonma-yon kelib, baliqning boshi qayiq quyrug‘iga uchma-uch kelganda, yana bir karra uning azim haybatidan dang qoldi. Keyin garpun ar-qonini bitengdan yechib olib, uni baliq jabralaridan o‘tkazdi, bir uchini jag‘idan tortib chiqardi, baliqning qilich tumshug‘iga aylantirib o‘radi, keyin arqonni yana jabralardan o‘tkazdi, yana baliq tumshug‘iga o‘radi va ustma-ust bitengga chandib tashladi. Qolgan arqonni kesib olib, baliq dumini sirtmoqlash uchun quyruqqa o‘tdi. Baliqning tusi zarrin binafsha rangdan sof kumush rangga o‘tdi, tasmalari bo‘lsa, xuddi quyrug‘i kabi siniq safsar tusini oldi. Bu tasmalar erkak kishining kerilgan qo‘llaridan enliroq edi, baliqning ko‘zlari esa, xuddi periskop oynaklari singari lo‘q bo‘lib qolgan, ayni choqda salb chopqinlari vaqtidagi avliyolarning qiyofasini eslatib turardi.
Manba:
| Nomi | Chol va dengiz |
| Muallif(lar)i | saviya.uz |
| Yozilgan vaqti | 24.03.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 24.03.2022 |
| Kiritilgan vaqti | 21.08.2023 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | muhokama |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | 18+ |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
| NET-manzili | https://saviya.uz/ijod/nasr/chol-va-dengiz/ |
| Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |