Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Navbatdagi bekatdan taxminan hali qirq yoshlarga yetmagan kishi chiqdi. Uning chehrasida quyoshning mehnati anchayin bilingan, ehtimol, shamol sababli yuzi «kampirqovun»ga o‘xshab chiziq-chiziq bo‘lib yorilgan. Yuz-qo‘lini yuvgan bo‘lsa-da, chakkasida ohakning izlari qolgan. Yonimdagi o‘rindiq bo‘sh bo‘lgani uchun surilib joy bo‘shatdim. Haligi kishi og‘ir sumkasini oldiga qo‘ydi va o‘zini o‘rindiqqa tashladi (Quruvchi bo‘lsa kerak, deya taxmin qildim). Eshitilar-eshitilmas qilib salom berib, derazaga yuzimni burdim. Saldan keyin mehnat zarbidan qabargan qo‘llaridagi olti-yetti yoshli bolalarga mo‘ljallangan kitoblar e’tiborimni tortdi. U kitoblarni juda ham asrar, ko‘zlarini undan uzmasdi. Bosh barmog‘iga bog‘langan dokadagi qon yuqi kitob muqovasiga tekkanini ko‘rib ancha kuyindi. Cho‘ntaklaridan dastro‘mol izlab topolmagach, ko‘ylagining sarg‘aygan yengi bilan tekkan qonni artdi. Biroz izi qolgandi, o‘zini «ovsar» deya koyidi. Dastro‘molimni uzatishga shaylandim-u, ko‘ngliga tegadimi deya fikrimdan qaytdim.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiQahr va mehr
Muallif(lar)i saviya.uz
Yozilgan vaqti24.03.2022
Internetga joylangan vaqti24.03.2022
Kiritilgan vaqti21.08.2023
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipimuhokama
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi18+
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
NET-manzilihttps://saviya.uz/ijod/nasr/qahr-va-mehr
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator