Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

— Ochiq aytadigan bo‘lsam, qishlog‘imiz aholisining hammasi ham tomorqa daromad manbai ekanini yaxshi biladi, ammo ba’zilar suv yo‘qligini, yil qurg‘oqchil kelganini va qishda issiqxonani isitish uchun gaz yo‘qligini bahona qilib, yerini qarovsiz qoldiradi, eksa ham kam hosil oladi, — deydi Q. Himmatov. — To‘g‘ri, tan olish kerak, qishlog‘imizda suv muammosi bor,lekin bu muammoni oqilona xatti-harakat, yer ilmini yaxshi bilish orqali yengib o‘tsa bo‘ladi. Mana, masalan o‘zimdan qiyos, 3,5 sotix tomorqam garchi qishlog‘imizda tabiiy gaz bo‘lmasada, qishin-yozin bo‘sh turmaydi. Erta bahorda pomidor ekib, may oyida chiqarsam, yozda bodring ekaman, kuz-qish oylarida issiqxonamda turli ko‘katlar ekib, bozorga chiqaraman. Ayni yozda, pishiqchilik paytda suv tanqisligi seziladi. Shunda men o‘zimning suv tashish texnikalarim orqali kanaldan suv tashib, hovuzni to‘ldiraman va issiqxonani tomchilatib sug‘oraman.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiYer tilini yaxshi bilganga tomorqa — xazina
Muallif(lar)i xs.uz
Yozilgan vaqti01.04.2022
Internetga joylangan vaqti01.04.2022
Kiritilgan vaqti29.08.2023
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipimuhokama
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi18+
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
NET-manzilihttps://xs.uz/uz/post/er-tilini-yakhshi-bilganga-tomorqa-khazina
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator