Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Mazkur darslik umumta’lim maktablarining 6-sinflari uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi asosida yozildi. Bugungi kungacha 6-sinflar uchun umumta’lim maktablarida Davlat ta’lim standarti asosidagi tasviriy san’at darsligining bo‘ lmaganligi, o‘quvchilarga birmuncha qiyinchilik tug‘dirib, bo‘shliq hosil qilib keldi. Tasviriy san’at fani o‘qituvchilari ko‘p yillar davomida o‘quv reja asosidagi dars mavzularini qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib olib bordilar. Yangi darslikning yaratilgani fanni o‘qitishda quyidagi bir necha muammolami hal etilishiga yordam beradi. Uzoq yillar davomida tasviriy san’at fanini o‘zlashtirishda yuzaga kelayotgan bo‘shliq to‘ldiriladi. Fan o‘qituvchilari uchun endilikda 6-sinfning to‘rt choragiga mo‘ljallangan mavzulami puxta va chuqur o‘rgatish imkoni yaratiladi. Tasviriy san’at fanini o‘qitishda dars mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga erishiladi. Darslikning metodik qo‘llanmasida, o‘qituvchilar uchun 45 daqiqalik darsni samarali taqsimlash, dars qismlaridan unumli foydalanish kabi zarur metodlar va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, guruhlarda ishlash, turli interfaol dars texnologiyalaridan foydalanish usullari tavsiya etilgan. O‘qituvchi darsni ba’zan noan’anaviy o‘yinli tarzda tashkil qilib, ijodiy tayyorlashi mumkin. Lekin DTSda belgilangan, o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan BK.Mlami e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Darslikdagi mavzular o‘quvchilarga umumiy va puxta bilim berishga qaratilgan bo‘lib, har chorakning boshida o‘quvchilar asosan nazariy bilimlami oladilar. Chorak davomida esa turli mavzular bo‘yicha amaliy ishlash malakalari va qonun-qoidalarini, ijodiy ishlash usullarini, turli atama va iboralar ta’riflarini bilib boradilar. Darslikning yana bir afzalligi, o‘quvchilar boshqa fanlarda bo‘lgani kabi darslikdan o‘qib o‘rganadilar, shuningdek, darslikdan nusxa ko‘chirish amaliy mashqini bajaradilar. Qadrli o‘quvchi! Siz 6-sinf "Tasviriy san’at" darsligidan 5-sinfda olgan bilim va ko‘nikmalaringizni yanada boyitib, inson qaddiqomatini chizishda klassik va zamonaviy jahon rassomlari tajribasi haqida ma’lumot olib: inson qaddi-qomatining o‘zaro nisbat o‘lchamlarini; insonni harakatdagi turli holatini loy va plastilin bilan hajmda ishlashni; Sharq san’ati, Sharq miniatyura san’ati tarixi va maktablari haqidagi ma’lumotlami; tasviriy san’atning dastgoh rangtasviri haqidagi tushunchalami; tasviriy san’atning portret janri haqida nazariy va amaliy bilimlaringizni oshirib borasiz. Qadrli o‘ quvchilar, siz bu chorakda: inson qaddi-qomatining o‘zaro nisbat o‘lchamlarini; inson qaddi-qomatining harakatdagi turli holatini loy va plastilin bilan hajmda ishlashni; Hayvonlar tasvirini hajmli yaratish va hajmli kompozitsiya tuzishni o‘rganasiz; qalamtasvirda ishlashning texnik malaka va bilimlaringizni rivojlantirasiz. Shuningdek, O‘zbekiston, jahon, sharq haykaltaroshligi me’morligi va qalamtasvir san’ati asarlari reproduksiyalarini ko‘rib zavqlanasiz. Xitoy va Yaponiya rassomlarining nam qog‘ozga ishlash texnologiyasida chizish, badiiy bezak grafikasi bo‘yicha kompozitsiya yaratishni o‘rganasiz. O‘RTA ASRLAR SAN’ATIDA USUL VA YO‘NALISHLAR. O‘rta asrlar san’ati turli mamlakatlarda turli davrlarda boshlangan va davom etgan. Yevropada IV asrdan boshlanib, XIII-XIV asrlarda Italiya shahar davlatlarining vujudga kelgunicha davom etdi. Yevropadagi boshqa Qadimgi Rus, Vizantiya mamlakatlarida VIIVIII asrlarda boshlanib, XVII asming oxirigacha davom etdi. Sharq mamlakatlaridan Xitoy, Hindistonda o‘rta asrlar san’ati birmuncha erta boshlanib, XIX asrda ham davom etdi. O‘rta Osiyoda O‘rta asrlar san’ati VII asrdan boshlanib XVII asrgacha davom etdi. O‘rta asrlar san’ati jahon xalqlari milliy madaniyatining gullab-yashnashida asosiy bosqich hisoblanadi. Shu davrdan boshlab milliy o‘ziga xos san’at shakllanib, juda ko‘p mahalliy maktablar paydo bo‘la boshladi. O‘rta asrlar san’ati asarlarida hayot go‘zalligi tarannum etilib, tabiat latofati aks ettirildi. Yaratilgan tasviriy san’at asarlarida xalqning insoniylik, ma’naviy poklik haqidagi orzu-niyatlari o‘z ifodasini topdi. Rassom uchun faqat voqelikni "o‘ziga o‘xshatish emas", balki ishlagan tasviri orqali bir :fikrni bayon etish, his-tuyg‘uni ifodalash muhim edi. O‘rta asrlar san’atini o‘rganar ekanmiz, me’morlik san’ati asosiy o‘rinni egallashini ko‘ ramiz. Yevropadagi ibodatxonalar, musulmon sharqida hashamatli masjidlar, buddizm yodgorliklari hozirgi davrgacha insonni hayratga soladi. O‘rta asr san’atida muhim madaniyat o‘choqlaridan biri Vizantiya san’atidir. Mazkur san’at IV asrdan boshlanib, VI-VII asrlarda gullabyashnadi. Konstantinopoldagi So:fiya ibodatxonasi o‘ziga xos konstruktiv tuzilishga ega bo‘lib, Vizantiya, Grek va Rim me’morligi an’analarining mahalliy an’analar bilan uyg‘unlashishidan vujudga keldi. Vizantiya me’morligida xona keng bo‘lishiga alohida e’tibor berilgan. Xona ichining kengligi, serhashamligi insonni hayratga solishga qaratilgan edi. Vizantiya tasviriy san’atida rangtasvir yetakchi o‘rinni egallaydi. Iso obrazi, apostollar, Bibi Maryam va avliyolar tasviri ikonografiyasi yaratilib, boshqa joylarga tarqatildi. Moskva. namunasi XII asmmg birinchi yarmida konstantinopollik usta ishlagan "Vladimir Bibi Maryami" ikonasi hisoblanadi. Vizantiya san’ati jahon xalqlari san’ati va madaniyati rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. X-XII asrlarda san’at taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarila boshladi. Bu taraqqiyot bosqichi roman asri san’ati deb ataladi. Roman so‘zi lotincha "rimniki" degan so‘zdan olingan. Roman uslubida qurilgan binolar birmuncha past, ko ’rinishi jiddiy va og‘ir, devorlari qalin va mustahkam, eshik, darvoza va derazalari ensiz. Bino ustunlari dag‘al va yo‘g‘on. Ichki devorlarida tekis yuzalar ko‘pligi mahobatli rangtasvir ishlashga imkoniyat yaratdi. Me ’morlik san’ati vitraj va haykaltaroshlik bilan bog ’liq holda rivojlandi. Roman me’morligining yana bir jihati tomining gumbaz shaklida yopilib, darchalarining joylashtirilganligidir. XI asrda bu me’morlik san’atning eng gullagan davri hisoblanadi. Fransiyada roman uslubida qurilgan binolar o‘zining dekorativ o‘yma naqsh, bo‘rtma tasvirlari bilan namoyon bo‘lgan bo‘lsa, Germaniyada qurilgan binolar ulug‘vorligi, kubsimon aniq shakllari, og‘ir minoralarining ko‘pligi bilan ajratib turadi. Italiya me’morligida uslub rang-barangligida tarqoqlik mavjud bo‘lib, Vizantiya roman san’ati ta’siri, boshqa joylarda roman san’ati, yana boshqa bir joyda antiqa an’analar ta’siri sezilib turardi. Roman me’morligida devoriy surat, vitrajlar, mahobatli dekorativ haykaltaroshlik XII asrgacha rivojlanib bordi. Roman tasviriy san’atida esa devor va shiplami qoplagan rangdor suratlar asosan diniy mavzuga bag‘ishlanganligi bilan ajralib turadi. Fransiyadagi San-Saven cherkoviga ishlangan "Mixailning ajdaho bilan olishuvi" surati fransuz roman san’atiga xos tomonlari bilan xarakterlidir. Roman haykaltaroshligining rivojlangan davri XII asrga to‘g‘ri keladi. Haykaltaroshlik mavzusi "Iso va uning shogirdlariga" hunarmand, dehqon, aktyorlar hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, asosan relef tarzida ishlangan. Yevropa XII-XV asrlar san’ati "gotika san’ati" deb ataladi. Gotika - italiyancha "gotlarniki" degan ma’noni bildiradi. Gotlar german qabilalaridan biri bo‘lib, ular san’atining ta’siri, san’at rivojida kuchli bo‘ lganligini anglatadi. Gotika san’ati XII asming ikkinchi yarmida Fransiyada paydo bo‘lgan. XII asrdan XV asrgacha davom etgan gotika san’ati o‘ziga xos uslubi bilan farq qilib rivojlandi. Gotika uslubida qurilgan binolar roman uslubida qurilgan binolardan katta va ulug ’vorligi, serjilvaligi, yuqoriga intiluvchanligi bilan ajralib turadi. Gotika soborlarining minoralari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, shaharni kuzatib turish va yong ’in o‘chiruvchilar uchun mo‘ljallangan edi. Minoraning uchki qismi xo ’roz tasviri bilan tugallangan bo‘lib, bu ziyraklik mazmunini anglatadi. Gotika me’morligida nayzasimon arka muhim o ’rin egallaydi. Arkalarning uchli bo‘lib ko ’rinishi hamma narsa yuqoriga, falakka intilayotgandek tuyuladi. Haykaltaroshlik va me’morlikning dekorativ elementlari bino old tomonini yanada serjilva, nafis bo‘lishiga xizmat qildi. Bino ichki devorlarida tekis yuzalar kamligi tufayli mahobatli rangtasvir rivojlanmadi. Bino derazalari vitraj kompozitsiyalari bilan bezatildi. Gotika me’morligi haykaltaroshlik bilan uzviy bog ’liq holda rivojlandi. Roman me’morligida haykaltaroshlik ko‘proq bo‘rtma ko‘rinishida ishlangan bo‘lsa, Gotika me’morligida haykaltaroshlik ko‘pincha dumaloq haykal ko‘rinishida ishlandi. Gotika me’morligining vatani Parijdagi "Bibi Maryam sobori" 1163-1314-yillarda, qariyib bir yarim asr davomida qurilgan ilk gotika uslubidagi bino hisoblanadi. Masalan, Reymsdagi soborda 2000 dan ortiq dumaloq haykal ishlangan edi. Reymsdagi sobor qurilishi XIII asrda boshlanib, XIV asrda tugallangan. Bino uzunligi 150 metr, minoralarning balandligi 80 metr bo‘lib, gotika san’atining eng rivojlangan davrida namoyon bo‘ ldi. Gotika tasviriy san’atida derazalarning kattaligi vitraj san’atini rivojlanishiga olib keldi. Rassomchilik esa miniatyura san’ati sifatida XIII asrdan boshlab XV asrgacha davom etdi. Gotika miniatyuralarida zodagonlar va dehqonlar hayoti, tabiat manzaralari, yil fasllariga bag‘ishlangan asarlar yaratildi. Gotika haykaltaroshligi yetakchi san’at bo‘lib, me’morlik bilan bog‘liq holda, dumaloq haykal sifatida namoyon bo‘ldi. VII-VIII asrlarda ishlangan O‘rta Osiyo san’atiga oid Samarqand, Buxoro, Surxondaryodan topilgan devoriy suratlar, ganch o‘ymakorligi odam va hayvon bo‘rtma tasvirlari O‘rta Osiyoda yuksak madaniyat mavjud bo‘lganligidan so‘zlaydi. IX-X asrlarga kelib O‘rta Osiyo me ’morlik san’ati jonlandi, o‘ta nadir yodgorliklar vujudga kela boshladi. Bino qurish texnikasi mukammallashdi. Pishiq g‘isht keng qo‘llanildi. Egri ravoqli tomlar, gumbazli binolar qurilishi yo‘lga qo‘yildi. Ark, yarim arklar, eshik, darcha, tokcha va taxmonlar ishlatila boshlandi. IX asrda qurilgan O‘rta Osiyo me ’morligining eng nadir yodgorligi Somoniylar maqbarasi bo ’lib, u jahon me ’morlik san ’atining yodgorligi hisoblanadi. Maqbara asosi kvadrat ho‘lib, to ’rt tomonida nayzasimon arkli eshik mavjud Maqbara tashqi tomondan tepaga qisqarib borib, uning ustiga o‘rnatilgan gumbaz yarim aylana shaklidagi qozonni eslatadi . Binoning tashqi devor yuzasida pishiq g‘isht badiiylashtirilib shunday taxlanganki, u xushmanzara va takrorlanmas joziba kasb etadi. XI-XII asrlarda O‘rta Osiyoda asosi kvadrat shaklidagi peshtoq gumbazli maqbaralar qurilishi rivojlandi. Kompozitsiyalar ishlanganligi, Ulug‘bek qurdirgan rasadxona devorlari tabiat manzaralari bilan bezatilganligi haqida yozma ma’lumotlar bor. O‘rta Osiyo tasviriy san’atida kitobni bezash, xattotlik, miniatyura san’ati o‘ziga xos jozibasi bilan ajralib turadi. XITOY VA YAPONIYA RASSOMLARINING TEXNOLOGIK USULI. NAM QOG‘OZGA KOMPOZITSIYA (MANZARA, DARAXTNING SHOXI, GUL VA HOKAZO) ISHLASH. VII asrdan XIII asrgacha Xitoyda o‘rta asming eng katta davlatlari Tan va Sun imperiyasi paydo bo‘ldi. Bu davrda shaharlar rivojlanib, hunarmandchilik va madaniyat markazlariga aylandi. Xitoy san’ati yuksaklikka erishib, dastgoh rassomligi yetakchi o‘rinni egalladi. Tan va Sun asri rassomligi san’atida insonni tabiat go‘ zalligiga bo‘ lgan cheksiz muhabbati o‘z ifodasini topdi. Xitoy san’atida �Gul va qushlarn janri parda, yelpig‘ich va boshqa buyumlarga rasmlar ishlandi. Tan asrida devoriy rassomlik rivojlandi. Budda monastirlari, saroylari devoriy rasmlar bilan bezatildi. Bu davr rassomlari manzara janrida ishlab, asarlarida baland tog‘ cho‘qqilari, sukunatli o‘rmonlami tasvirladilar. Bu manzara san’ati Sun asrida yanada boyitildi. Sun davri manzarachi rassomlaridan Go Si (1020-1090-y.) o‘z risolalarida tabiatni chuqur o‘rganish asosida asar yaratishni, o‘tmish an’ analarini yaxshi bilsagina rassom o‘z uslubini yaratishini ko‘rsatdi. Go Si "Kuz tumani" asarida havo perspektivasidan foydalanib, tuman ichidagi cheksiz ulug‘vor tabiat obrazini yaratdi. Rassom asardagi birinchi rejani to‘q bo‘yoqlarda aniq qilib ishlab (daraxt va kulbalar), keyingi rejadagi narsalami yengil ishlab, tabiat cheksizligi va ulug‘vorligini ko‘rsatib berdi. Sun asnnmg mashhur rassomlaridan Ma Yuan (1190-1279-y.) o‘z manzaralarida sanoqli obraz va predmetlardan foydalanadi. Rassomning "Tog‘ yon bag‘rilarida olim shogirdi bilan" asari olim va shogirdini kenglikda tanho tasvirlaydi. Ko‘lning qirg‘oqlari yengil tuman ichida daraxt va ko‘l ko‘rinmaydi. Rassom chiziqlar yordamida ushbu harakatni namoyon etadi. Yapon san’ati Yapon rassomchiligi maktabi "Yamato-ye"ning shakllanishi X asrlarga to‘g‘ri keladi. Yamato-ye - "yapon rassomchiligi" ma’nosini bildiradi. Yamato-ye rassomlari yil fasllari manzaralarini, kitob uchun illyustratsiyalami chizdilar. Uy devorlarini bezab, pardalar uchun rasmlar ishladilar. XIII-XIV asrlarda portret san’ati rivojlandi. Portretchi rassomlardan Fudzivara Takonobu (1142-1205) chizgan "Kamakura hokimi Minamoto Yoritoma" portreti juda mashhurdir. Keyinchalik Yapon san’atida manzara janrini ishlash rivojlanib bordi. Ayniqsa, XV asrdan keyin bu janr keng yoyildi. Manzaralar gorizontal va vertikal shoyilarga ishlangan. Devoriy suratlar uchun to‘q-ko‘k yoki oltin hal fon olinib, ustidan yorqin bo‘yoqlar bilan ishlangan. XVII asrga kelib, demokratik Ukiyo-ye maktabi shakllandi. Bu maktab "Kundalik hayot san’ati" ma’nosini anglatib, yetuk yapon rassomlari o‘z asarlarida oddiy xalq orasidagi kundalik hayot qahramonlarining mehnati, xatti-harakati va go‘zalligini tasvirladilar. HARAKATDAGI ODAM, SPORTCHI GAVDASINI GRAFIK VA HAYKALTAROSHLIK USULIDA TASVIRLASH. Harakatdagi odam gavdasini tasvirlash uchun inson gavdasining qanday o‘lchamlar asosida tasvirlanishi haqidagi ma’lumotlami bilib olishimiz va o‘rganishimiz zarur bo‘ladi. Qadimgi Misr rassomlik maktabi inson gavdasini bo‘y barobar tasvirlashda o‘lcham sifatida qo‘lning o‘rta barmog‘ini 19 marta o‘lchab olish uslubiga tayangan. Bunda inson bosh uzunligi 3 ta o‘rta barmoq uzunligiga teng bo‘lgan. Eramizdan avvalgi V asrda qadimgi yunon haykaltaroshi Poliklet inson gavdasini tasvirlashda taqsimlash proporsiyasi sifatida bosh o‘lchamidan foydalanganligi manbaalarda keltiriladi. Bugungi kunda rassomlar tomonidan katta odam gavdasi tasvirlanganda bosh o‘lchamini 8 barobar belgilash kerakligi nazarda tutiladi. Amerikada chop etilgan muallif Lee Hammondning Draw Fashion Models kitobida inson gavdasini tasvirlash uchun bosh o‘lchami 8 barobar olingani ko‘rsatilganligi bunga misol bo‘la oladi. Yuqoridagi rasmda bosh o‘lchami 5 barobar olingan maktab yoshidagi bolaning turli harakatdagi holatlari berilgan. Yuqorida berilgan rassomlar tomonidan inson gavdasini chizishning o‘ziga xos metodlarini o‘rganib, shunday xulosa qilish mumkinki, agar biz 6-sinf o‘quvchisining gavdasini chizmoqchi bo‘lsak, bosh o‘lchamini 6 barobar, katta odam gavdasini chizmoqchi bo‘lsak, bosh o‘lchamini 8 barobar o‘lchab olishimiz kerak bo‘lar ekan. Yuqoridagi va quyidagi chizish qonun-qoidalariga tayangan holda harakatdagi sportchi gavdasini grafik usulda chizing! Sportchi gavdasini loy yoki plastilindan ishlash uchun, avvalo simdan karkas tayyorlab, uni kichik taxtachaga o‘rnatib olishimiz zarur bo‘ladi. Kichik taxtachaga mix qoqib, unga sim karkas mahkamlanadi. Loy yoki plastilindan sportchi tana a’zolari bo‘lagini tayyorlab, karkas ustiga o‘matish jarayonida inson gavdasini tasvirlash qonun-qoidalariga rioya qilgan holda, sim uzunligi bosh o‘lchamiga nisbatan 8 barobar olinadi. O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TABRIKNOMA ISHLASH 1-NAZORAT ISHI Buyuk bobomiz Alisher Navoiyning "Haq yo�lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila" degan satrlarida aynan ta’lim-tarbiya beruvchi, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi ustoz nazarda tutilgan. Xalqimizda "Ustoz otangdek ulug"’ deb ishlatiladigan naql ham ustoz va murabbiylarning mehnati nihoyatda mas’uliyatli va shara:fli ekanligini anglatadi. Respublikamizda o‘qituvchi va murabbiylar mehnati e’zozlanib, 1997-yildan boshlab 1- oktyabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ ldi. Bugun mana shu tabarruk aziz ustozlarimiz bayramiga bag‘ishlab tabriknoma tayyorlaymiz. Tabriknomalar xuddi to‘y tadbirlari uchun tayyorlanadigan taklifnomalarga o‘xshab turli bayramlarga har xil shakl va o‘lchamda tayyorlanadi. Masalan: "Mustaqillik bayrami", "Yangi yil", "Xotin-qizlar bayrami", "Navro‘z", "Vatan himoyachilari kuni", shuningdek, "O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tabriknomani tayyorlash uchun avvalo rasm daftar o‘lchamidagi oq qog‘ozni olamiz. "Tabriknomamiz qanday shakl- da bo‘lishi kerak?" degan sa- vol bilan qalamda eskiz variant- larini chizamiz, izlanamiz. Masalan, qog‘ozni kvadrat shaklda olib, ikkiga buklash mumkin. Shuningdek, to‘g‘ri to‘rtburchak qog‘ozni olib, ikkiga buklash mumkin. Tabriknomani murakkabroq shaklda tayyorlayman, desak to‘y va boshqa tadbirlar taklifnomalari shaklini kuzatib, ijodiy izlanib, o‘zgacha shakl tayyorlash mumkin. Qog‘oz ikkiga buklangandan keyin ustiga bayram sanasi va qaysi bayramga bag‘ishlanganligi yozib qo‘yiladi. Bunda yozuvni badiiy jihatdan go‘zal bo‘lishiga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Tabriknoma ustiga raqam, yozuvdan tashqari rasm ham chizish mumkin. Ustoz va murabbiylar bayramiga bag‘ishlangan tabriknomada kitob, ruchka, kompyuter, stol chiroqchasi, shuningdek, kitob ustida quyosh nur sochgan bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi tabriknoma tayyorlash uchun bir necha eskizlar chizish va izlanish talab etiladi. 5-amaliy mashg‘ulot O‘qituvchi va murabbiylar kuniga tabriknoma ishlash Tabriknomaning ichki varag‘iga gullar yoki guldasta chizish mumkin. Tabriknoma yoziladigan joyni fon bilan bo‘yab olinsa chiroyli ko‘rinish beradi. FIGURAL! MAVZULI KOMPOZITSIYA ISHLASH. Kompozitsiya - lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, badiiy asaming qurilishi, g‘oyasi, xarakteri, degan ma’noni bildiradi. Kompozitsiya so‘zining ma’nosi- tasvir ifodasini tuzmoq, shakl yaratmoq, tasvirlangan shakllarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirmoq - umumiylikka olib kelmoq, ularga badiiy mazmun ifodasini singdirmoqdir. Kompozitsiya - san’atning barcha turlarida, shu jumladan, tasviriy san’atda asosiy o‘rinni egallaydi. U asar yaratishdagi eng muhim vazifa hisoblanadi. Tasviriy san’atda kompozitsiyaning uch turi qo‘llaniladi. Rangtasvir kompozitsiyasi insonda badiiy did, tafakkumi o‘stiruvchi, dunyoqarashni kengaytiruvchi rang go‘zalligi bilan tasvirlanadigan rangtasvir asarlami yaratish qoidalarini o‘z ichiga oladi. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi bo‘rtma va dumaloq haykal yaratish uslublarini o‘z ichiga oladi. Dekorativ kompozitsiya tasviriy, amaliy va me’morlik san’atlarida qo‘llaniladigan badiiy bezak berish ishlarini o‘z ichiga oladi. Tasviriy san’atda kompozitsiyaning ikki yo‘nalishi mavjud. Birinchi yo‘nalish: frontal. Grafik kompozitsiya kompozitsiya bo‘lib, bunda tasvir tekislik yuzasida bajariladi. Bularga grafika, rangtasvir va relefli bo‘rtma haykallar kiradi. Ikkinchi yo‘nalish: hajmli kompozitsiya bo‘lib, bunda tasvir uch o‘lchamga ega bo‘ladi va uni har tomondan ko‘ rish mumkin. Bularga dastgohli va mahobatli dumaloq haykallar kiradi. Kompozitsiya asarini yaratish uchun bir necha bosqichli jarayonni amalga oshirish zarur bo‘ladi: Asar mavzusini tanlash. Mavzu bo‘yicha eskiz variantlarini ishlash. Eskizlar orasidan eng yaxshisini tanlash. Eng yaxshi eskizni imkon darajasida boshqa eskizlar bilan uyg‘unlashtirib, mavzuga mos haqiqiy asami yaratish. HAYKALTAROSHLIKDA LIRIKA VA DRAMATIZM, 2-3 FIGURAL! MAVZULI KOMPOZITSIYA ISHLASH (SPORT, SAN’AT). Tasviriy san’atning haykaltaroshlik turida lirika va dramatizm yo‘nalishi bo‘lib, o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Lirika yo‘nalishida ishlangan haykaltaroshlik asarlari insonning ichki kechinmalari, tashvishlari, his-tuyg‘uli kayfiyati, muloyim holatini aks ettiradi. O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaga o‘matilgan mahobatli haykal lirika yo‘nalishida ishlangan bo‘lib, haykaltarosh Ravshan Mirtojiyev tomonidan yaratilgan. Haykaltarosh Ilhom Jabborov tomonidan yaratilgan "Baxtiyor ona" mahobatli haykalida ham onaning muloyim, mehribon, ichki kayfiyati aks ettirilgan. Haykaltarosh Ravshan Mirtojiyev tomonidan yaratilgan ona-Vatan muqaddasligini ulug‘lovchi "Vatanga qasamyod" mahobatli haykali, qasamyod qabul qilayotgan o‘g‘lonning ichki his-tuyg‘ularini ifodalaydi. Dramatizm yo‘nalishida ishlangan haykaltaroshlik asarlari, asosan, fojiali, halokatli, achinarli holatlami, shuningdek, inson jasoratini, mardligini aks ettiradi. Haykaltarosh D.B.Ryabichev va me’mor S.Adamovlar tomonidan yaratilgan "Jasorat" monumenti 1966-yilda sodir bo‘lgan zilzila fojialarini aks ettiradi. Fojiali zilzila paytida ota farzandi va ayolini o‘z gavdasi bilan himoyaga olayotgan holati tasvirlangan. Bir necha san’at va sportga oid eskizlar chizib olingandan keyin, eng ma’qul bo‘lgani tanlanib, kichik yog‘och taglikka sim karkas o‘matiladi. Avvalgi darslarda o‘rgangan qoidalarga tayanib, 2 yoki 3 figurali haykal ishlanadi. Vazifani relefli bo‘rtma haykal ko‘rinishda ishlash ham mumkin. Bo‘rtma haykal uchun taglik yog‘och va sim karkas kerak bo‘lmaydi. Karton qog‘ozga kompozitsiya tasviri chizib olinadi va chizilgan rasm ustiga loy yoki plastilin bilan bo‘rtma haykal tasviri ishlanadi. Dekorativ haykaltaroshlikning bu yo‘nalishida haykallar va bo‘rtma tasvirlar kichik o‘lchamda bo‘lishi bilan farqlanadi. Mayda plastika dekorativ haykaltaroshligida asosan yodgorlik haykallari, binoning ichki va tashqi bo‘rtma bezaklari, loy, chinni va shishadan boshqa ashyolardan kichik o‘lchamdagi o‘yinchoq haykalchalar ishlanadi. Insonga zavq berib hayratlantiradigan loy, shisha, metall, yog‘och, suyakdan ishlangan kichik o‘ lchamdagi go‘ zal haykalchalar borki, ular javonlami, yozuv stollarini badiiy estetikjihati bilan bezab turadi. Qadrli o‘ quvchilar, siz bu chorakda Sharq san’ati, Sharq miniatyura san’ati tarixi maktablari haqidagi ma’lumotlami o‘rganish bilan birga, Sharq miniatyura asarlari namunalari elementlaridan nusxa ko‘ chirasiz. O‘zbek va Sharq ertaklari sujetlari asosida miniatyura usulida kompozitsion illyustratsiyalar ishlaysiz. Turli hajm va ko‘rinishda ish qutilar yasashni va uni miniatyura kompozitsiyasi bilan bezashni o‘rganasiz. O‘rta asrlar Sharq tasviriy san’atida Uyg‘onish davri ro‘y berib, miniatyura san’ati ham keng rivojlandi. Miniatyura, asosan, kitob grafikasi yo‘nalishida gullab-yashnadi. Natijada O‘rta Osiyo, Arabiston, Hindiston, Eron, Turk miniatyura maktablari paydo bo‘ldi. Arabiston miniatyura maktabi Arab miniatyura maktabi X-XI asrlarda Fotimiylar sulolasi, XIII asming birinchi yarmida Suriya maktablari asosida tashkil topdi. Qo‘lyozmalar uchun ishlangan arab miniatyuralarida voqelik uning jonli obrazlari keng uchraydi. Voqelik shartli, ba’zan ramziy shakllarda ifodalanadi. Arab miniatyurasiga xos bo‘ lgan fazilat yorqin dekorativligidadir. Obrazlarning joylashishi yorqin ranglar, chiziqlarning nafisligi uning xarakterli tomonini belgilashda muhim o‘rin egallaydi. Arab san’atida naqsh alohida o‘ringa ega. Arab miniatyura maktabining o‘ziga xos tomoni, asarda sujetning ko‘pligi va xilma-xilligidadir. Miniatyura maktabining eng mashhur rassomlaridan Abdulloh ibn Fadl bo‘lib, u Dioskoridning "Farmakologiya" kitobiga miniatyuralar ishlagan. Miniatyuralarda tasvirlar aniq va yorqin ranglarda chizilib, matnlar sariq Janda yozilgan. Rassom Yahyo ibn Mahmud "Maqom" nomli asarga bir qator mmiatyura asarlari ishlagan. Bulardan �Shoir Abu Sayidning sarguzashtlari�, �Olimlar anjumani�, �Karvonning yo‘lda dam olishi�, �Bayram marosimi�, �Dengizdagi kema� kabi asarlaridir. Bu asarlar Parijdagi muzeylarning birida saqlanmoqda. Hindiston miniatyura maktabi Hind miniatyura maktabi o‘rta asrlarda shakllangan bo‘ lib, u Gujorotda saqlanib qolgan. Gujorot maktabi (XIII-XV asr) miniatyurasining o‘ziga xos tomoni odam tasvirini ko‘p holda yon tomondan, ko‘z old tomonga qaratilib ishlangan. Hindiston miniatyura maktabining taraqqiyoti Boburiylar davri bilan bog‘liqdir. Bu davrda ko‘pgina O‘rta Sharq miniatyurachilari Hindistonga keltirildi va taklif etildi. Samarqanddan va Tabrizdan kelgan miniatyura ustalari hind miniatyura san’ati rivojlanishiga katta ta’sir o‘tkazdilar. Boburiylar miniatyura san’ati dastlab O‘rta Sharq miniatyura san ’ati ta’sirida shakllangan bo‘lsa ham, uning o‘ziga xos tomonlari mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Bu xususiyat Hind miniatyurachilari tasvirida fazoviy kenglikni ko ’rsatish, borliqni hajmli qilib tasvirlashga intilishlar seziladi. Boburiylar davri mmiatyura san’atida astasekin portret san’ati keng yoyila boshladi. Bu Yevropa realistik san’ati ta’siri kuchayib borayotganligini anglatayotgan edi. Hind miniatyura san’ati Jahongir podsholik qilgan davrda (1605-1627) yanada rivojlandi. Miniatyuralarda hayotiy maishiy janr, muhabbat, tabiat, qush, hasharot va hayvonlar tasviri ishlana boshlandi. Boburiylar miniatyura maktabining yorqin namunasi "Bobumoma" kitobida o‘z aksini topgan bo‘lib, bu kitob Moskvadagi Sharq xalqlari san’ati muzeyida saqlanmoqda. "Bobumoma" kitobining rassomlari Kamoliddin Behzod, Shoh Muzaffar, Boysunqur Mirzo, Haydar Mirzo bo‘lganlar. Hindiston rassomchiligi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan rassomlar Mir Said Ali, Abdusamad Sheroziy, Basova, Do‘st Devona, Disvinta, Farruxbeklar edilar. Eron miniatyura maktabi Eron miniatyura maktabining asosiy yo‘nalishlaridan biri Isfaxon maktabi, u XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida shakllangan. Isfaxon maktabi asarlarida rangdorlik kamdek tuyiladi, tasvir tagida esa zarli ranglardan foydalanilgan. Shakllar yirik, manzaralar aniq tasvirlanib, kitobiy tasvirlar bilan birga portretlar, janrli asarlar ham yaratilgan. Eron miniatyura maktabining mashhur rassomlaridan Rizo Abbosiy, Muhammad Qosim, Muhammad Yusuf, Muhammad Alilardir. Miniatyura maktabi yo‘nalishiga Yevropa tasviriy san’ati o‘z ta’sirini ko‘rsatib, asarlarda nasroniy dini mifologiyasi asosiy o‘rinni egallagan. Bu Muhammad Zamon, Al Qulibek, Jabadar ijodida ko‘rinadi. Rizo Abbosiyning "Cho‘pon", "Yigit portreti" nomli asarlari juda mashhurdir. XIX asr rassomlari o‘z san’atlariga Yevropa rangtasvirining badiiy va texnik usullarini singdirib is/oh qildilar. Jsfaxonda yashab ijod etgan tabrizlik rassom Sulton Muhammad tomonidan ishlangan "Payg ’ambarning arshi a’loga chiqishi" deb nomlangan asarida, Nizomiyning "Xamsa" kitobiga ishlagan miniatyuralarda Yevropa badiiy-texnik usullarini singdirilganini ko‘rish mumkin. Turk miniatyura maktabi Bu maktabning taraqqiy etib, rivojlanish davri XV-XVI asrlarga to‘g‘ri keladi. O‘sha davrda Sulton Mahmud II o‘z saroyiga rassomlar va xattotlami to‘plagan. 1425-yilda saroy ustaxonasida 29 ta rassom va naqqosh ijod qilgan. Turk miniatyura ustalari o‘z ijodlarida Sharq san’ati maktablari ish uslubidan keng foydalanganlar. "Sulton Sulaymon tarixi"ga ishlangan miniatyuralarda turk miniatyurasiga xos fazilatlar voqelikni shoshilmay bayon etishga, kompozitsiyani birmuncha perspektiv planda yechishga intilish seziladi. Turk miniatyura maktabining mashhur rassomlari Usmon, Nigoriy, Shayx Hamidullalar, shuningdek, turk sultoni saroyida O‘rta Osiyo va Xurosondan kelgan Bobo Naqqosh, Shayx Mustafo, Tojiddin Girehbandiy, Abdulg‘ani Og‘a Mirak, Shayx Kamoniy, Shohquli, Jalolzoda Mustafo kabilar samarali ijod qilganlar. Jalolzoda Mustafoning "Sulton va uning a’yonlari", Usmonning "Xusrav va Sulton Salim II portreti", Nigoriyning "Sulton Sulaymon I portreti", Nizomiyning "Xamsa" asariga ishlangan Boysun Mirzo, Amir Temur va Temuriylar avlodlari tasvirlangan miniatyuralar, Bahrom Mirzo, Shoh Ismoil albomlari Turkiyaning To‘pqopi saroyi kutubxonasida saqlanmoqda. O‘rta Osiyo miniatyura maktabi O‘rta Osiyo, umuman, O‘rta Sharq madaniyatida kitobni bezash, xattotlik, miniatyura san’ati uzoq tarixdan o‘ziga xosligi, jozibasi bilan alohida ajralib turadi. Mazkur san’atning taraqqiy etishida O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston rassomlari katta hissa qo‘ shdilar. O‘rta Osiyo, O‘rta Sharq miniatyura maktablarining mashhur rassomi Kamoliddin Behzod taxminan (1455 - 1535) Hirotda Alisher Navoiy davrasida va homiyligida ijod qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik u ko‘pgina xattot va rassomlar bilan Buxoroga ko‘chib o‘tdi. Behzod Buxoroda 1507- 1522-yillarda yashab ijod qildi. U mashhur asari Shayboniyxon portretini yaratdi. Behzod o‘z ijodini hayotda ko‘rgan voqea-detallar bilan boyitib, asarlarining realistik yo ’nalishini kuchaytirdi. U Sharq miniatyurachi rassomlari orasida serqirra hayot jozibasini o‘ta nozik va nafis talqin qila olardi. K. Behzodning o‘z kompozitsiyalariga real manzara, me ’morlik detallarini kiritishi, asar g ’oyasini ochishda obraz harakatlaridan o‘rinli foydalana olishi miniatyura san ’atini rivojlanishida muhim o‘rin egalladi. Kamoliddin Behzod 1522-1524-yillarda Tabrizda yashab, 1524-yilda Hirotga qaytib, umrini oxirigacha shu yerda ijod qildi. Behzod buyuk shoirlarning asarlariga jang, ov manzaralarini tasvirlovchi mmiatyura kompozitsiyalari, illyustratsiyalar, portretlar ishladi. U Sa’diyning "Bo‘ston", "Guliston", Nizomiyning "Xamsa", Xisrav Dehlaviyning "Xamsa", Shara:fiddin Ali Yazdiyning "Temur zafamomasi", Alisher Navoiyning dostonlarini o‘z miniatyura kompozitsiyalari bilan bezagan. Kamoliddin Behzod tomonidan ishlangan Navoiy, Jomiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon portretlari rassomning mazkur san’atda yetuklikka erishganini anglatib turadi. O‘rta Osiyo miniatyura maktabining mashhur rassomlaridan Mahmud Muzahhib, Behzod ta’sirida kamol topib, o‘zining yuksak malakaviy mahorati bilan ajralib turadi. Uning kitob bezash mahoratini yuqori baholab, "Muzahhib-oltin suvi yurituvchi" taxallusi bilan atadilar. Alisher Navoiyning hassaga tayanib turgan holatidagi portreti Muzahhibning ilk asari hisoblanadi. Rassom asarida Navoiyning ichki ruhiy holatini ochishga harakat qilib, Behzod an’analarini davom ettirgan. XVII asrning 30-50-yillari Muzahhib ijodining gullagan davriga to‘g‘ri keladi. Uning mashhur asarlaridan "Sulton Sanjar va to‘quvchi qari kampir uchrashuvi" miniatyura kompozitsiyalari diqqatga sazovor bo‘ldi. O‘rta Osiyo miniatyura maktabining mashhur rassomlaridan biri Muhammad Murod Samarqandiydir. Uning ijodida shohlarning qabul marosimlari, ov manzaralari, qahramonlik mavzulari asosidagi miniatyura kompozitsiyalari o‘z ifodasini topgan. Samarqandiy Abdulbosit Firdavsiyning "Shohnoma" qo‘lyozmasiga ll5 ta miniatyura kompozitsiyalarini ishlagan. Rassom yirik obrazni birinchi rejada tasvirlaydi. Samarqandiy ijodining o‘ziga xos xususiyati u obrazlarni kamaytirib, ularni soddaroq tasvirlaydi. Obrazlar xattiharakati, yuz, qo‘l mimik o‘zgarishlari g‘oyaviy maqsadni yoritishga xizmat qiladi. XVII asr boshlari O‘rta Osiyo miniatyura san’atining yuksalish davri bo‘ ldi. Samarqand miniatyura maktabi rassomlari tomonidan Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafamoma" asariga ishlangan miniatyuralar alohida o‘rinni egallaydi. Shuningdek, bu davrda xon va shoirlar portretlari ishlandi. Qadrli o‘quvchilar, siz avvalgi darsda Sharq miniatyura maktablari, ularning rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlari va namoyondalari haqida bilib oldingiz. Bugungi darsda darslikda berilgan mmiatyura asarlaridagi daraxt, suv, tog‘, tosh elementlarining chizilish uslublarini kuzatib, o‘rganib, nusxa ko‘chirasiz. Mana bu miniatyura asarlarini diqqat bilan kuzating. Asarlarda miniatyura san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘ rish mumkin. Ot tasviri va inson obrazi chizilishi va bo‘yalishini ko‘ring. Tasvirda ranglar yorqin bo‘yalgan, yorug‘-soya qoidalari qo‘llanilmagan. Suratda perspektiva qisqarishlari sezilmaydi. "Ov" deb nomlangan asar miniatyura usulida tasvirlangan bo‘lib, rassom Shorasul Shoahmedov tomonidan ishlangan. "Lochin boquvchi" nomli miniatyura lavhasi mashhur miniatyurachi rassom Mirza Ali tomonidan chizilgan. Qadrli o‘quvchilar, siz yoshligingizdan O‘zbek xalq ertaklarini eshitib, o‘qib o‘rgangansiz. Bulardan "Zumrad va Qimmat", "Ur to‘qmoq", "Ochil dasturxon" va boshqalari mashhur. Ertaklar orqali biz yaxshi bilan yomonni, oq-qorani ajratib olamiz. Ertaklar bizni ezgu ishlar, yaxshilik, adolat, ezgulik, albatta, g‘alaba qilishiga ishontiradi va yo‘naltiradi. Ba’zi ertaklar ota-ona, ustoz va kattalarning so‘ziga quloq solishga, ularni hurmat qilishga o‘rgatsa, ba’zi ertaklar doimo to‘g‘ri so‘zlashga, adolatli, mehribon bo‘lishga o‘rgatadi. Yana shunday ertaklar borki, bilimdon, hunarli, mehnatsevar, tadbirkor bo‘lishga, muammolarni aql bilan o‘ylab, do‘stlar bilan maslahatlashib hal qilishga o‘rgatadi. Biz O‘zbek xalq ertaklari sujetlariga miniatyura usulida illyustratsiya ishlash uchun ertak asosida ishlangan miniatyura kompozitsiyalarini tahlil qilishimiz, kuzatishimiz zarur bo‘ladi. Mana bu ertak asosida ishlangan miniatyuralarga e’tibor bering. 60-rasmdagi O‘zbek xalq ertaklari asosida chizilgan kompozitsiyalarni rassom Telman Muhamedov ishlagan. Biz avvalgi darslarda miniatyura asarlari elementlaridan nusxa ko‘ chirgan edik. Mana shu o‘ zlashtirgan bilim va malakalarimizga, rassomlar tomonidan ertaklarga ishlangan asarlardan olgan taassurotlarimizga tayanib, O‘zbek xalq ertaklari uchun miniatyura usulida illyustratsiya ishlaymiz. Qadrli o‘quvchilar, siz avvalgi darsda ertak uchun miniatyura usulida kompozitsiya tuzishda miniatyura asarlari namunalaridan daraxt, suv, tog‘, tosh, hayvonlar, qushlar, odamlar kabi elementlar nusxasini ko‘chirish orqali to‘plagan tajribangizga tayandingiz. Shu o‘rgangan elementlardan foydalanib O‘zbek xalq ertaklariga miniatyura usulida illyustratsiyalar ishladingiz. Bugungi darsda berilgan nazorat ishini bajarish uchun, avvalgi darslarda egallagan bilimlaringizga tayaning. Miniatyura asarlaridagi elementlar daraxt, suv, tog‘, tosh, jonivorlar, odamlar tasviridan foydalanib, Sharq mumtoz adabiyoti sujetlari asosida mmiatyura usulida kompozitsiya tuzing. Kompozitsiya tuzishda quyidagi qoidalarga rioya qiling. Kompozitsiyangiz uchun sujet tanlang. Kompozitsiyani xomaki chizgilar asosida chizib oling. Suratning atrofiga qo‘shimcha detal va narsalar (o‘simlik, daraxt, suv, tog‘, hayvonlar)ni chizing. Ishlangan sujetli kompozitsiyangizni miniatyura asarini bo‘yash qoidalariga asoslanib bo‘yang. Yorqin ranglar bilan bo‘yab, gelli to‘q rangdagi ruchka yordamida suratlar chegarasini chizib chiqing. Sharq mumtoz adabiyoti sujetlari asosida rassomlar tomonidan ko‘plab illyustratsiyalar ishlangan. Mazkur kompozitsiya rassom Kamoliddin Behzod tomonidan ishlangan bo‘lib, "Iskandar tog‘da zohid huzurida" deb nomlangan bu surat Nizomiyning "Xamsa" asari sujeti asosida chizilgan. Qadrli o‘quvchilar, siz avvalgi darslarda miniatyura ishlash usullari va uning o‘ ziga xos tomonlarini o‘rgandingiz. Bugungi darsimizda lokli miniatyura san’ati va ustalari haqida ma’lumot olib, turli hajm va ko‘rinishda ish qutilar tayyorlashni o‘rganasiz. 0’zbek xalqining eng nafis san’at turlaridan biri surat solingan lokli qutichalar manbalarga ko‘ra, XVI asrda Buxoroda tayyorlangan. Bu davrdagi miniatyura namunalari bizgacha yetib kelmagan. 1970-yillarda o‘zbek rassomi Chingiz Ahmarov va yosh san’atkorlar Niyozali Xolmatov, Shomahmud Muhammadjonov, Abduvosit Qambarov, G‘ayrat Kamolov va boshqalar bu san’at turini qayta tiklashga bel bog‘ladilar. Lokli miniatyuraning qayta tiklanib rivojlanishida ikkita tamoyilga amal qilindi. Birinchi tamoyil - miniatyura merosiga ijodiy yondashgan holda zamonaviy voqelikni aks ettirish. Ikkinchi tamoyil - mumtoz miniatyuraning badiiy qonunqoidalariga qat’iy rioya qilishdan iborat bo‘ldi. Lokli miniatyura ustalari tomonidan ish qutilarga ishlangan naqsh bezaklari va miniatyuralarni kuzating. Quyidagi ish qutilariga ishlangan naqsh bezaklarni rassom Shoolim Shomansur ishlagan. Rassom Shoilhom Shoyoqubov tomonidan ish qutilariga ishlangan lokli miniatyuralar rangi va kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Kompozitsiya yaratishda, albatta, komponovkaga, simmetriya va assimmetriya, ritm, stilizatsiya, rang qoidalariga rioya qilish lozim. Yuza markazini topish, tasviming erkinligi, nafisligi, ranglar uyg‘unligiga e’tibor berish talab etiladi. Kompozitsiya tuzishda naqsh yoki tasvir elementlaridan foydalanish yo‘llarini o‘zlashtirish va kompozitsiyani nomlash zarur bo‘ladi. To‘rt va ko‘pburchak, shuningdek, aylana shakliga turli naqsh yoki miniatyura kompozitsiya eskizlarini tayyorlash hamda ish qutilarga ko‘ chirib chizish mumkin. To‘rtburchak shaklidagi qutini bezash, eskizini chizishda bezak sifatida naqsh, hayvonlar, qushlar, shuningdek, biron bir sujetni aks ettiruvchi inson tasviridan foydalansa bo‘ladi. Mazkur lokli qutichalarga ishlangan kompozitsiyalami kuzating. Naqsh bezakli kompozitsiya rassom Shoolim Shomansur tomonidan ishlangan. "Bazm" tasviri chizilgan kompozitsiya rassom Muzaffar Po‘latov ijodiga mansub. Qadrli o‘quvchilar, siz bu chorakda tasviriy san’atning dastgoh rangtasviri haqidagi ma’lumotlami, rassomlarning dastgohli asarlarini, o‘zbek va jahon tasviriy san’ati ustalari tomonidan tarixiy shaxslar siymolarini yaratish jarayonida olib borgan izlanishlari haqida bilib olasiz. Shuningdek, sujetli kartina eskizini chizishni, natyurmort kompozitsiyasi hamda xotiradan natyurmort ishlashni, adabiy asar sujeti asosida kompozitsiya tuzishni, tabiatning turli holatdagi manzarasi tasvirini, grafik usulda emblema ishlashni o‘rganasiz. Tasviriy san’at o‘z yo‘nalishiga ko‘ra uch turga bo‘linadi. Bular grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik kabi turlardan tashkil topgan. Dastgoh asarlari tasviriy san’atning barcha turida mavjud bo‘lib, ular dastgoh grafikasi, dastgoh haykaltaroshligi va dastgoh rangtasviri deb nomlanadi. Dastgoh grafikasi - mustaqil xarakterga ega, o‘zida tugal fikr va yangi g‘oyalami ilgari suradigan grafika asarlaridir. Dastgoh grafikasi asarlarida biron-bir mazmun, odamlar xatti-harakati, tabiat ko‘rinishi yoritiladi. Dastgoh haykaltaroshligi inson psixologiyasidagi nozik o‘zgarishlami, ruhiy kechinmalami, kayfiyatini ochib berish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, u tabiatdagi hayvon va jonivorlarning hayoti, kuchi, xarakterini ko‘rsata oladi. Dastgoh haykaltaroshligi asarlaridan biri byust bo‘lib, u odam gavdasini aks ettiruvchi dumaloq haykal hamda haykallar guruhi (kompozitsiya) tarzida bo‘ladi. Dastgoh rangtasviri - tasviriy san’atda yetakchi o‘rinni egallab, maxsus dastgoh molbertlar yordamida uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlarda ishlanadi. Dastgohli rangtasvir asarlari mato, karton, faner kabi tekis yuzali materiallarga moyli va akvarel bo‘yoqlari bilan ishlanadi. Rangtasvir asarlari maxsus molbertlarda ishlangani uchun dastgohli rangtasvir deyiladi. Dastgohli asarlarda jamiyatdagi muhim voqea va hodisalami aks ettirishdan tashqari, shaxsning individual xislatlarini, his-tuyg‘ularini to‘liq ifoda etish imkoniyati mavjud. Shuningdek, asarlarda tabiatda bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘zining yorqin ifodasini topadi. Dastgohli rangtasvir mahobatli va dekorativ rangtasvirdan farq qilib, mustaqil ahamiyatga egadir. U boshqa san’at bilan bog‘lanmaydi. Muzey ko‘rgazmalaridagi suratlarning asosiy qismi dastgohli rangtasvir turiga mansubdir. Dastgoh rangtasviri birmuncha kechroq shakllangan bo‘lib, uning rivojlanish davri uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda rangtasviming dastgohli turi XIX asming ikkinchi yarmidan boshlab shakllandi. Bu davrda rangtasvir asarlarining birinchi mualliflari XIX asr o‘rtalaridan O‘rta Osiyoga kela boshlagan xorijlik rassomlar edilar. Ular 40 dan ortiq bo‘lib, ayrimlari O‘zbekistonda butunlay qoldilar, shu yerda murabbiylik qilib, yevropacha san’at asoslarini mahalliy yoshlarga o‘rgatdilar. Bular orasida rus rassomlaridan V. V. Vereshchagin, N. N. Karazin, D. Kavkazskiy, R. Zommer, O. Fedchenko, haykaltarosh O. Mikeshin, ukrainalik rassom S. S. Svetoslavskiy, gruziyalik rassom G. Gabashvili va boshqalar bor edi. Shu o‘rinda O‘zbekiston dastgohli rangtasvirining taraqqiy etishiga katta hissa qo‘shgan rassomlar nomlarini keltirib o‘tish o‘rinlidir. Bulardan Usta Mo‘min (A. Nikolaev), A. Siddiqiy, B. Hamdamiy, I. Ikromov, P. Benkov, L. Abdullayev, M. Nabiyev, Q. Basharov, T. Muhamedov, V. Burmakin, B. Boboyev, T. Quryozov, A. Ikromjonov, J. Umarbekov, B. Jalolov, Mirzayev, Z. Faxriddinov, A. Mo‘minov, A. Nuriddinov, 0. Qozoqov, L. Salimjonova, A. Mirsoatov va boshqalar samarali ijod qildilar. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyalari bilan sug‘orilgan ko‘plab dastgohli rangtasvir asarlari yaratildi. Bularga portret janrida yaratilgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Kamoliddin Behzod, Nodirabegim, Bibixonim, Spitamen, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va boshqa ajdodlarimizning portretlarini kiritish mumkin. Dastgoh rangtasvir asarlarini idrok etish va tahlil qilish. Nikolay Karaxanning "Oltin kuz" asarini taxminiy tahlili: asar sujeti sodda, oltin kuz avj pallada. Ko‘kimtir tog‘lar va moviy osmon foniga oltinsimon sariq rangga burkangan daraxtlar ko‘zga tashlanadi. Oldingi planda so‘qmoq yo‘l, qoramtir toshlar, ko‘kimtir xarsang toshlar, oftobda kuygan o‘tlar, kuzgi sariq, oltinsimon, qizil, och qizil shox-shabbalar aniq, yaqqol ko‘rinib turibdi. Orqa tomonda - yumshoq ko‘k moviy tumanga o‘ralgan ulkan tog‘ tizmalarida daraxtzorlar salgina ko‘rinadi. Tog‘lar ustida quyosh nurlari bilan yoritilgan oq bulutchalar zangori osmonni bezagan. Quyoshning g‘irashira nurlaridan kun o‘tib, kuz kechasi boshlanayotganini sezish mumkin. Tomoshabin diqqati egri-bugri so‘qmoq yo‘lga qaratiladi. Yo‘lning chekkalarida kulrang xarsang toshlar bo‘lib, ular atrofida sarg‘aygan o‘tlar, biri sariq, boshqasi qizil butachalar go‘yo yonib turibdi. Uzoqdagi so‘qmoq yo‘lda o‘zbek qizi, tabiatga maftun bo‘lib to‘xtab qolgan. Qiz ham borliq singari go‘zal, latofatli tabiatning ajralmas bo‘lagi sifatida bir-birini to‘ldiradi. Surat haqiqatga o‘xshaydi va chuqur lirik asar. Rassom asardagi hamma narsani o‘zaro bog‘lab, tabiatga bo‘lgan muhabbatini tasviriy vositalar yordamida ochib beradi. Asarda o‘lchov va rang perspektivasidan o‘rinli foydalanilgan. Ayniqsa, ichkariga kirib kichrayib borayotgan daraxtlar, salgina ko‘zga tashlanadigan qiz tasviri fazoviylikni, kenglikni his qilishga yordam beradi. Surat xususiyati rang gammasi bilan bog‘langan holda muayyan kayfiyatni yaratishga yordam beradi. Oltinsimon sariq kolorit suratning asosiy rangi bo‘lsa ham, ranglar tuzilishi turli-tumandir. Surat O‘rta Osiyo tabiatiga xos ko‘zni qamashtiradigan yorqin kontrast ranglardan tuzilgan. Masalan, ko‘k tog‘lar oltinsimon sariq daraxtlarga qarama-qarshi rang tarzida qo‘yilgan. Suratdagi barcha elementlarning tahlili va fikrini shunday xulosalash mumkin: tabiatdagi go‘zallik abadiy, inson uni to‘ldiradi va bularning hammasini asramog‘i kerak. Rassomda asosiy g‘oya, tabiatni sevish, u bilan quvonish va faxrlanishdir. Portret asarini badiiy idrok etish va tahlil qilish Dastgoh rangtasvirida o‘zining mashhur asarlarini yaratgan Uyg‘onish davri rassomlaridan biri Leonardo Da Vinchidir. U 1503-1505-yillarda o‘ zining mukammal asari "Mona Liza" nomli portretini yaratdi. Mazkur asar yaratilganiga 500 yildan oshgan bo‘lsada, asarga qiziqish hamon so‘ngani yo‘ q, millionlab tomoshabinlar Amerika, Yaponiya, Rossiyada tashkil etilgan ko‘chma ko‘rgazmalarda bu asami ko‘rish uchun kun-u tun navbat kutib turadilar. "Mona Liza" asari haqida yuz jilddan ko‘proq kitoblar yozilganligi ham asaming mashhurligidan dalolat beradi. Tomoshabinni asarning hayratga soladigan tomoni, portret yuzidagi o‘zgaruvchanligidir. U ba’zan mayus, goh samimiy, ba’zan jiddiy, goh noz-karashmali nigohda ko‘rinsa, gohida qandaydir yashirin ma’noni yuzida ko‘rish mumkin. Portretning orqa planida murakkab tabiat ko‘rinishi aks ettirilgan. Ayol tabiatning ajralmas qismi va u bilan bog‘langan. Sochlari, kiyimlaridagi buklanish go‘yo tabiat ritmini qaytarayotgandek tuyiladi. Ayol nigohidagi samimiylik va mehribonlik, latofat va go‘zallik bilan uyg‘unlashib, ideal go‘zal inson qiyofasini gavdalantiradi. Leonardo butun umri davomida o‘zi ishlagan barcha asarlarini sotgan bo‘lsa-da, "Mona Liza" asarini katta pulga ham sotmagan. "Mona Liza" asarini doimo o‘zi bilan olib yurgan. O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev Dastgoh rangtasviri sohasida samarali ijod qilgan manzarachi rassomlardan biri, O‘zbekiston xalq rassomi O‘ .Tansiqboyev 1904-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U tasviriy san’atdan dastlabki saboqni to‘garakka qatnab I. Repinning shogirdi N. Rozanovdan oldi. Rassom ilk asari "Toshkenboyev portreti"ni 1927-yilda yaratdi. O‘. Tansiqboyev Rossiyaning Penza shahridagi badiiy pedagogika bilim yurtiga o‘ qishga kirib, I. Repinning shogirdlari I. Goryushkin, Sorokopulov va N. Petrovlardan san’at sirlarini o‘rgandi. Yosh rassom Penza muzeyida tasviriy san’at asarlaridan nusxalar ko‘chirib, o‘z malakasini oshirdi. O‘. Tansiqboyevning mustaqil ijodi O‘zbekistonda 1940-yildan so‘ng boshlandi. U Ikkinchi jahon urushi bo‘lgan joylarga delegatsiya bilan borib, o‘z taassurotlari natijasi sifatida "Ozod etilgan yerlarda", "Mal’unning yo‘li", "Havo jangi" kabi asarlarini yaratdi. 1943-yil unga "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi" unvoni berildi. O‘rol Tansiqboyev urushdan keyingi yillarda "Sholi hosilini yig‘ib olish", "Bahor", "Paxtani sug‘orish", "Jonajon o‘lka", "Issiqko‘l oqshomi", "Tog‘da" kabi asarlarini yaratdi. Rassomning mashhur asarlaridan biri "O‘zbekistonda mart" deb nomlanadi. Asarda quyosh taftidan bahra olayotgan maysazorlar, qiyg‘os gullagan daraxtlar, to‘lib oqayotgan daryo, daryoga boruvchi so‘qmoq, daryoning narigi tomonidagi tepaliklar va qirg‘oqning baland-pastliklari, qorli tog‘lar, quyosh nurida jilolangan bulutlar insonga zavq bag‘ishlaydi. Rassom, shuningdek, "Tog‘da bahor", "Qayroqqum GESi tongi", "Angren vodiysi" kabi asarlarini yaratdi. "Qayroqqum GESi tongi" asari rassomga muvaffaqiyat olib keldi. Asarda tasvirlangan narsalar - dengiz, osmon, kengliklar koloritining jozibasi insonni o‘ziga tortadi. Manzarada cho‘l, suv, tog‘, osmon yirik umumlashtirib tasvirlangan. Respublikamiz tog‘ bag‘irlarida joylashgan go‘zal bir qishloqning oqshomini ifoda etuvchi manzara asarini "Tog‘ oqshomi" deb atadi. Asarda ulkan moviy tog‘lar, endigina yoqilgan xonadon chiroqlari, uylar yonidan oqib o‘tgan zilol soy, shuningdek, manzaraga hayotiylik bag‘ishlagan kattalar va bolalar tasviri ko‘zga tashlanadi. Tog‘da kech kirib, oqshom tushdi. Nazarimizda go‘yo soyning shovillashi, chigirtkalarning chirillashi, itlar ovozi eshitilayotgandek tuyiladi. O‘. Tansiqboyev 1955-1960-yillarda "Sirdaryo", "Tog‘ yo‘li", "AngrenQo‘qon yo‘li", "Angren daryosi", "Tog‘da", "Xumson oqshomi", "Chorvoq qurilishida" va o‘zining mashhur "Kuz tonggi", "Mening qo‘shig‘im", "Chordaryo suv omborida" kabi manzara asarlarini yaratdi. O‘. Tansiqboyev ijodining o‘ziga xos tomoni ona-Vatanga muhabbat, uni ulug‘lash, O‘zbekistonning go‘zal va betakror tabiatini manzara asarlarida kuylash edi. O‘zbekiston xalq rassomi O‘. Tansiqboyev bir necha bor xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z asarlari bilan qatnashib, kumush medal bilan taqdirlandi. U vatanimiz san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun hukumatimizning bir qator orden va medallari bilan mukofotlangan. Rassomning bir qator asarlari Moskvadagi Tretyakov galereyasi, Sharq xalqlari san’at muzeyi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldova, Latviya, O‘zbekiston san’ati muzeylaridan o‘rin olgan. O‘zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev M. Nabiyev 1916-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U tasviriy san’atdan ilk saboqni rassom Bahrom Hamdamiydan oldi. 1933-yilda rassomlik bilim yurtiga o‘qishga kirib, 1937-yil uni tugatdi. Keyinchalik M. Nabiyev bilim yurtida o‘qituvchilik faoliyatini olib bordi. 1962-yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining badiiy grafika fakultetini tugatib, o‘zining san’at borasidagi ijodiy faoliyatini boshladi. U tarixiy shaxslar portretlarini va tarixiy voqealami tasvirlab, asar yaratishga qiziqar edi. Tarixiy shaxslar portretini yaratish murakkab bo‘lishiga qaramay, rassom tinimsiz mehnati, ijodiy izlanishlari tufayli buyuk siymolar portretlarini yuksak darajada yarata oldi. Bobur siymosini yaratish jarayonida bir necha yillar ijodiy izlanishlar olib bordi. U Bobur yashagan Andijon, Samarqand shaharlarida, shuningdek, Afg‘oniston, Hindiston kabi mamlakatlarda xizmat safarida bo‘ lib, Bobur haqida ishlangan miniatyura asarlarini chuqur o‘rgandi. Rassomning tinimsiz izlanishlari, mehnati natijasida 1962-yil Zahiriddin Muhammad Bobur portreti yaratildi. Keng jamoatchilik asami olqishladi. 1973- yil Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan, Beruniy portretini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Malik Nabiyev ishlagan Beruniy portreti tanlovda birinchi o‘rinni oldi. Bu portret haqida YUNESKOning "Kurer" jumali, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning jumal va gazetalarida maqola chop ettirdi. M. Nabiyev ijodidagi eng mashhur tarixiy shaxslar portretlaridan biri - 1993-yilda yaratilgan "Amir Temur" dastgohli rangtasvir portretidir. Rassom Amir Temurdek buyuk siymoning portretini yaratish uchun ellik yildan ortiq vaqt sarfladi. 1941-yil Amir Temur qabri ochilib, bosh suyagi olinadi. Rus haykaltaroshi M. Gerasimov Amir Temur bosh suyagi asosida uning haykalini ishlashga kirishadi. Shu davrlar M. Nabiyev tarix muzeyida Sohibqironning bosh suyagini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Rassom o‘sha paytdan boshlab Amir Temuming portretini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. M. Nabiyev ijodiy izlanish jarayonida Hindiston, Eron, Turkiya, Angliya, Fransiya, Ispaniya kabi davlatlarning muzey va kutubxonalarida saqlanayotgan Amir Temur shaxsiga oid miniatyura asarlari hamda adabiyotlami diqqat bilan chuqur o‘rganib chiqdi. 1993-yil Amir Temur siymosini yaratish bo‘yicha e’lon qilingan tanlovda M. Nabiyev o‘zi yaratgan Amir Temur portretining xomaki varianti bilan ishtirok etdi. Tanlovda M. Nabiyev tomonidan yaratilgan Amir Temur siymosi g‘olib deb topildi. Tanlov yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. Karimov ishtirok etib, asar haqida quyidagi fikrlami bildirdi: "Men umrining ko‘p qismi harbiy yurish va safarlarda, el-yurt tashvishida o‘tgan insonning qo‘llari, barmoqlari, gavdasi qanday bo‘lishi, yuzko‘zlari qanday ma’no anglatishi zarurligi haqida o‘z mulohaza va takliflarimni aytdim. Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev ana shu fikrlar asosida portretni qayta ishladi va butunlay boshqa siymo - bugungi kunda xalqimizga yaxshi ma’lum bo‘lgan sohibqironning mumtoz qiyofasi paydo bo‘ldi. Aynan shu siymo keyinchalik yurtimizda Amir Temur bobomizga atab barpo etilgan barcha haykallar uchun asos bo‘lib xizmat qildi" (I. Karimov. "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch". 2008-y. 151-152-betlar). Malik Nabiyev ozodlik uchun kurashni aks ettiruvchi "Spitamen qo‘zg‘aloni", "Jizzah qo‘zg‘aloni", "Samarqandda hunarmandlar qo‘zg‘aloni " kabi qator asarlarini ham yaratdi. O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev. A. Abdullayev 1918-yilda Qozog‘istonning Turkiston shahrida tug‘ilgan. U portret janrida samarali ijod qilib, butun umri davomida inson tashqi qiyofasi va ichki dunyosini o‘rganishga, sir-u asrorlarini izlab, mohirona tasvirlashga intilib yashadi. Rangtasvirchi rassom Turkistondagi maktab intematda savod chiqardi. Uning maktabdagi ustozi yosh Abdulhaqdagi rasm chizishga bo‘lgan iste’dodni sezib, unga maktabdan so‘ng badiiy texnikumga kirib o‘qishni tavsiya etdi. 1932- yil yosh talaba o‘zining "Hovuz bo‘yida" nomli ilk etyudini yaratdi. Bu asar Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyi tomonidan sotib olindi. A. Abdullayev texnikumda o‘qigan davrida "Do‘stim portreti", "Ukam" deb nomlangan asarlarini yaratib, san’at olamiga yangi iste’dod kirib kelayotganligini namoyon etdi. 1937-yilda rassomga "Sigir sog‘ish" asari uchun Moskvaga sayohat yo‘llanmasi berildi. A. Abdullayev o‘z esdaliklarida I. Repinning Moskvadagi Tretyakov galereyasida saqlanayotgan portretlari uni rom etganligini to‘lqinlanib yozgan. Rassom Samarqanddagi rassomchilik texnikumini bitirib, 1938- 1941-yillarda Moskva rassomchilik institutida ta’lim oldi. U "Abror Hidoyatovning Otello rolidagi portreti", "Mannon Uyg‘ur portreti", "Usta Shirin Murodov portreti", "Oybek portreti"ni ishladi. "Otello" spektaklini tomosha qilgandan so‘ng, rassom A. Hidoyatov timsolidagi Otelloning xarakterli qiyofasini yaratdi. Aktyor qiyofasida o‘ziga ishonch, iroda, qaynoq ehtiros, shiddat, vajohat ko‘rinib turadi. Obraz ta’sirini kuchaytirish uchun rassom aktyor qomatmi surat tekisligining chegaralariga tarqalgan holda tasvirlagan. Asardagi to‘q qizil, jigarrang, och-sarg‘ish ranglar Otelloning ruhiy holatini ochib berishga xizmat qilgan. Rassomning 1956-1960-yillarda Hindiston, Afrika, Indoneziyaga qilgan sayohati unga ijodiy ko‘tarinkilik bag‘ ishladi. 1957-yil Safar taassurotlari asosida "Indira Gandi", 1964- yil "Hind ayoli", "Jaypurda", "Milliy libos kiygan sinx", "Indoneziya bosh kiyimidagi avtoportret"ni, 1966-yilda "Fransuz tili o‘ qituvchisi", "Senegallik yigit" kabi portret asarlarini yaratdi. A. Abdullayev "Sobir Abdulla", "Buvi va nabira", "Malika" kabi portret asarlarini ishlashda iliq va to‘q ranglardan foydalangan. 1973-yil yaratgan "Yer farzandi" asarida portret fonida manzaradan foydalangan. 1970-1980-yillarda rassom buyuk shoir Alisher Navoiy portretining bir necha variantlarini chizdi. Rassomning asarlari to‘g‘risida ko‘plab fikrlar aytish mumkin. Lekin uning mashhur portretlari haqida to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Bular Alisher Navoiy, Furqat, Abror Hidoyatov, Mannon Uyg‘ur, Nazarali Niyozov, Mamatisoq ota Toshmatov, Oybek, Hamza, Abdulla Qahhor, Turob To‘la, Habibiy, Ibrohim Rahim, Chingiz Ahmarov, Hamid Olimjon, Said Ahmad, Shayxzoda, Izzat Sulton, Qori Niyoziy, Mirtemir, Shuhrat, Usta Shirin Murodov, Sobir Abdulla, Shukrullo, Hamid G‘ulom, Komil Yashin kabi mashhur fan va adabiyot, san’at arboblari, fidoiylar, allomalar siymolaridir. A. Abdullayevning asarlari jahonning nufuzli muzeylaridan joy olgan. Rafael Santi Uyg‘onish davrining buyuk rassomi Rafael Santi 1483-yilda Italiyaning Urbino shahrida tug‘ilgan. 1520-yil Rimda vafot etgan. U rassomchilik ta’limini ustozi mashhur rassom Perujinodan oldi. Rafael ijodining bosh g‘oyasi insonparvarlik, inson go‘zalligi va mukammalligini tarannum etishdan iborat edi. Rassomning ilk asarlari "Ritsar uyqusi", "Mariyaning nikohi" deb nomlanib, unga shuhrat keltirdi. Rafael Santining portret janrida yaratgan madonna asarlaridan "Madonna Konestabels", "Madonna Granduka", "Bog‘bon Madonna", "Madonna Alba", "Madonna di Folino" kabilar diqqatga sazovor bo‘ldi. Rassom tomonidan 1515-1519-yillarda yuksak badiiy saviyada ishlangan mashhur asar "Sikstin Madonnasi"dir. Bu asar rivoyatlar asosida chizilgan bo‘lib, Germaniyaning Drezden galereyasida saqlanadi. Rafael bu asarida Bibi Mariyam bola ko‘tarib osmondan pastga tushib kelayotgani, uni avliyo Sikstin va muqaddas Varvara kutib olayotganlari, Bibi Maryam insoniyatni saqlab qolish uchun o‘z o‘g‘lini qurbon qilib, ikki farishta orqali bashariyatga tortiq qilayotgani mohirona tasvirlangan. Rassomning "Tobutga qo‘yish", "Stansa dela Senyatura", "Papa Yuliy II", "Kardinal portreti", "B. Kastilone", "Leo X kardinallar bilan", shuningdek, mahobatli rangtasvir asarlaridan "Munozara", "Afina maktabi", "Pamas", "Aql, mezon va kuch" kabi suratlari e’tirofga loyiq bo‘lib, unga katta shuhrat keltirdi. Bryullov Karl Pavlovich. Mashhur rus rassomi K. P. Bryullov 1799-yilda Peterburgda tug‘ilgan. 1852-yilda vafot etgan. U Peterburg Badiiy akademiyasida ta’lim olgan. Germaniyaning Drezden, Myunxen tasviriy san’at galereyasida bo‘lib, buyuk rassomlar ijodini o‘rgangan. 1823-1835-yillar davomida Ispaniyada yashab, Uyg‘onish davri rassomlari va izdoshlari ijodi bilan tanishdi. Italiyadagi faoliyati davrida "Italiya tongi" (1923), "Italiyada tush payti" (1827), "Chavandoz ayol" (1832), "Samoylovaning D. Pachini va arab bolakay bilan portreti" (1832-1834), "Krilov portreti" (1839) kabi asarlari bilan shuhrat qozondi. Rassom ijodida inson go‘zalligi hamda dramatizm, realistik an’analar asosiy o‘rinni egallaydi. Uning "Pompeyning so‘nggi kuni", "M. Lanchi portreti" nomli asarlarida rassom ijodidagi an’analami ko‘rish mumkin. U tasviriy san’atga romantizm oqimini olib kirdi. Shishkin Ivan Ivanovich Mashhur rus rassomi I. Shishkin 1832-yilda Tataristonning Elabuga qishlog‘ida tug‘ilgan. 1898-yilda Peterburgda vafot etgan. U 1852-1856-yillarda Moskva rassomchilik, haykaltaroshlik va me’morlik bilim yurtida dastlabki ta’limni oldi. 1856-1860-yillarda Badiiy akademiyada o‘qigan. Tasviriy san’atning manzara janrida ijod qilgan rassom Rossiya tabiatining go‘zalligini, ulug‘vorligini tarannum etgan. Uning 1878-1891-yillarda yaratgan "O‘rmondagi tegirmon", "Emanzor", "Qarag‘ayzor tongi", "Qayinzor", "Bug‘doyzor", "Yovvoyi shimolda", "Kemabop daraxtlar o‘rmoni", "Qish" kabi asarlari diqqatga sazovordir. Shishkinning asarlari Kiyev, Moskva tasviriy san’at muzeyi va galereyasidan, shuningdek, O‘zbekiston tasviriy san’at muzeyidan joy olgan. U Akademik unvoniga sazovor bo‘lgan. Repin Ilya Yefimovich Mashhur rus rassomi I. Repin 1844-yilda Ukrainaning Xarkov viloyati Chuguyev qishlog‘ida tug‘ilgan. 1938-yil Peterburg yaqinidagi Kuokkalada vafot etgan. I. Repin 1864-1871-yillarda Peterburg Badiiy akademiyasida o‘qigan. Rossiya va xorijiy davlatlar bo‘ylab qilgan sayohati asosida portret, maishiy va tarixiy janrlarda ko‘plab asarlar yaratdi. O‘z asarlarida kishilarning og‘ir turmushini, adolatsizliklami, rus xalqi ijtimoiy hayotidagi qarama-qarshiliklami realistik tarzda aks ettirgan. Bunday asarlarga 1870-1885-yillarda yaratilgan "Volga burlaklari", "Kurs gubemiyasidagi salb yurishi", "Kutmagan edilar", "Tavbadan bosh tortish" kabi asarlarini kiritish mumkin. Rassomning tarixiy voqealami hayotiy, ta’sirchan qilib aks ettirgan "Ivan Grozniy va uning o‘g‘li Ivan", "Zaporojeliklar turk sultoniga xat yozishmoqda" nomli asarlari mashhurdir. 1885- 1891-yillarda I. Repin V. Stasov, M. Musorgskiy, L. N. Tolstoy, Pavlov kabi mashhur san’at arboblari, yozuvchilar, olimlarning portretlarini yaratib, portret janrida samarali ijod qildi. U ko‘p yillar Peterburg Badiiy akademiyasida rektor lavozimida ishlab, yosh rassomlarga ta’lim bergan. Uning asarlari Moskvadagi tasviriy san’at muzeyi va Tretyakov galereyasida, O‘zbekiston tasviriy san’at muzeyi hamda jahonning ko‘plab san’at muzeylarida saqlanmoqda. Natyurmort - fransuzcha "jonsiz tabiat" degan ma’noni bildiradi. Unda gullar, mevalar, sabzavotlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qush va kichik hayvon tulumlari va boshqalar tasvirlanadi. Natyurmort XVII asming boshlarida Gollandiyada paydo bo‘lgan. Natyurmort kompozitsiyasi tuzilganda boshqa janrlar kabi o‘zida biror mazmunni, maqsadni ifodalaydi. Natyurmort kompozitsiyasi deganda, mavzu asosida chizish uchun stol yuzasiga buyum va narsalarning oqilona tuzib joylashtirilishi nazarda tutiladi. Kompozitsiya san’atning juda ko‘p tur va janrlarida mavjud bo‘lib, u rassomning g‘oyasini tanlagan sujetlar orqali ifodalab beradi. Natyurmort kompozitsiyasini tuzishda kichik narsalami oldinroqda, yirik buyum yoki narsalar esa orqaroqda qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Natyurmortga fon tanlashda och tusli yorqin rangdagi buyum yoki narsalar uchun to‘q fon, to‘q tusli natyurmort tuzilmasi uchun ochroq fon tavsiya etiladi. Natyurmortdagi buyum yoki narsalarning fazoviy holatini va mato qo‘yilgan stol yuzasini ko‘rsatib tasvirlash uchun, kompozitsiyani ufq chizig‘idan pastroqqa qo‘yish kerak. Mavzu asosida natyurmort kompozitsiyasi tuzilgandan so‘ng, u yaxshilab kuzatiladi va taxminan 7x4 sm kichik o‘lchamda natyurmortning xomaki tasviriy chizib ko‘riladi. Uni qog‘ozga joylashtirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Qog‘ozda birinchi reja stol yuzasi va natyurmortning umumiy o‘lchami - eni, balandligi qog‘ozda belgilanadi. Keyingi bosqichda undagi narsalarning bilan aniq qilib chizib qo‘yiladi. Undagi buyum va narsalarning yorug‘ soyasi, re:fleksi, tushuvchi soyasi, blik qismi, yarim soyasi grafikada yoki rangda tasvirlanib, ularning hajmi ko‘rsatiladi. Natyurmort asliga o‘xshashi uchun, chizilayotgan rasmning asli bilan rangi, shakli va yorug‘ soyasini tez-tez solishtirib turish kerak. "BAHORGI ISHLAR" MAVZUSIDA SUJETLI KARTINA ESKIZINI ISHLASH NAZORAT ISHI. Nazorat ishini bajarish uchun sujetli kartina yaratish mavzusi bo‘yicha olgan bilimlaringizni hamda "Bahorgi ishlar" mavzusida ishlagan sujetli kompozitsiya eskizlaringizni eslang. Dalalarda, mahallalarda, tomorqalarda, hovlilarimizda bahor arafasi amalga oshiriladigan ishlar asosida eskizlar ishlang. Eskizlarda mehnat jarayonini, obrazlar harakatini aks ettiring. Sujetli kartina kompozitsiyasini tuzishda qisqa vaqtda bajariladigan xomaki rasmlar chizish qoidalariga suyangan holda tasvirlang. Qadrli o‘quvchilar, siz avvalgi darslarda dastgohli rangtasvir va san’atning bu turida asarlar yaratgan O‘zbekiston hamda jahonning mashhur rassomlarining hayoti va ijodi bilan tanishdingiz. Ularning asarlarini badiiy idrok etib, tahlil qildingiz. Asarlar qaysi janrlarda ishlanganiga qaramay, ularning barchasida rassom g‘oyasi, fikri, maqsadi va dunyoqarashi ifodalanishini bilib oldingiz. Rassom obrazlar, voqealar, narsalar, ranglar yordamida o‘z g‘oyasini yoritib bera olishini o‘rgandingiz. Leonardo da Vinchi. "Sirli tun" Sujet (fransuzcha - buyum, narsa, harakat) degan ma’noni anglatadi. Tasviriy san’atda - tasvirlangan buyum yoki voqea tushuniladi. Sujetli kartinada - hayotiy voqealar, lavhalar, harakatlar tasvirlanadi. Tasviriy san’atning portret, natyurmort, manzara va boshqa janrlaridagi asarlardan sujetli kartinaning mazmunini, g‘oyasini, hayotiyligini o‘qish mumkin. Sujetli kartinalar bir necha turlarda yaratiladi. Tarixiy mazmunda yaratilgan kartinalar sujetida tarixiy voqea va hodisalar aks etadi. Maishiy mazmunda yaratilgan kartinalar sujetida kundalik hayot, turmush, mehnat aks etadi. Mifologik mazmunda yaratilgan kartinalar sujetida afsonaviy obraz va voqealar aks etadi. Yuqoridagi rassom asarini kuzating. Asar sujeti qaysi janrda, qanday mazmunda yaratilganligini bilib oling. Namunaviy mavzular bilan tanishib chiqing. Mavzular ichidan birortasini tanlab, mavzu asosida xotiradan eskizlar chizing. Eskizlami umumlashtirib, xotiradan mavzuli natyurmort tuzing. Uyg‘onish davrining betakror rassomi Leonardo da Vinchining eng mashhur asarlaridan biri "Sirli tun" deb nomlanadi. Asarda Iso payg‘ambar ibodatxonada ro‘y bergan voqeani o‘z shogirdlari bilan muhokama etishi tasvirlangan. 1495-1497-yillarda yaratilgan tarixiy mazmundagi asarda tarixiy voqealar aks etgan. Kundalik hayotni aks ettirgan "Ta’mirlovchilar" asarini rassom Z. Faxriddinov yaratgan. Afsonaviy obraz va voqealar aks etgan "Ikaming qulashi" deb nomlangan asami rassom Vladimir Gobozov ishlagan. Sujet va sujetli kartina haqida olgan bilimlaringiz asosida 3-nazorat ishini bajaring. Bunda quyidagi qoidalarga rioya qiling. O‘zingiz bilgan adabiy asar, ertak, hikoya, dostonni tanlang. Ertak yoki hikoyadagi voqealami yaxshilab eslab, xotirangizda takrorlab oling. Ertak yoki hikoyadagi voqea-harakatlami, obrazlami eslab, ko‘z oldingizga keltiring. Manzara janri - (fransuzcha "rausage") tabiat tasviri, ko‘rinishi degan ma’noni bildiradi. Manzara janrida tog‘lar, o‘rmonlar, dalalar, anhor, ko‘l, daryolar, ko‘cha va uylar tasvirlanadi. O‘. Tansiqboyevning tog‘ manzaralari, I. Levitan va I. Shishkinning o‘rmon, I. Ayvazovskiy va R. Kentning dengiz manzaralari har qanday insonni o‘ziga maftun etadi. Manzara tasviriy san’atning lirik janrlaridan biridir. Rassomlar bu janr orqali tabiatga, Vatanga bo‘lgan muhabbat hissini tasvirlaydilar. Tabiat manzaralarini tasvirlash VII asrda Xitoy rassomlik san’atida paydo bo‘lgan. Manzara janri mustaqil janr sifatida Yevropa san’atida XVII asrdan boshlab rivojlandi. Bu janr Gollandiya rangtasvir san’atida keng tarqaldi. XVII asrgacha tabiat manzarasi ko‘rinishlari portret asarlari uchun fon sifatida xizmat qilgan. XIX asrdan boshlab manzaraning yangi shahar, bog‘ kabi turlari rivojlanib bordi. Odamning tabiatga bo‘lgan emotsional munosabati, psixologik mazmun, manzarada o‘z ifodasini topa boshladi. Manzara asarlarida faqat tabiat ko‘rinishi tasvirlanib qolmasdan, unda ma’lum g‘oya ilgari suriladi. Rassom manzara asarini yaratishdan avval o‘z kartinasida ilgari surmoqchi bo‘lgan g‘oyasini aniq tasavvur qilib oladi. U yaratiladigan asari uchun tabiatdan ba’zi bir narsalami, masalan, daraxt tanasi, novdasi, shox-shabbalar, uy, ko‘cha, transport vositalari va boshqalami o‘ziga qarab rasmini chizadi. Manzara chizganda rejani to‘g‘ri tasvirlay bilish, eng yaqindagi narsalar birinchi reja, uzoqroqdagi narsalar keyingi reja ekanligini, narsalar uzoqlashganda o‘lchovi kichiklashib borishini nazarda tutish muhim ahamiyatga ega. Havo perspektivasi qoidasiga ko‘ra, rassom uzoqdagi narsalar ranggi, yaqindagi narsalar rangiga nisbatan ochroq va xiraroq ko‘rinishini o‘z suratida ko‘rsata olishi kerak. Rassom tabiatning turli holatlarini o‘z asarlarida aks ettiradi. Emblema - yunon tilidan olingan bo‘lib, biror g‘oyani shartli tasvirlash ma’nosini bildiradi. Masalan, vazaga o‘ralgan ilon tasviri tibbiyot, kitob - ta’lim va ma’naviyat, yer shari - xalqaro miqyos, kabutar - tinchlik belgisi sifatida qo‘llaniladi. Maktab emblemasini tasvirlaganda mazmun va g‘oya quyidagi yo‘nalishlami o‘z ichiga qamrab olishi mumkin: Maktab, ta’lim maskani bo‘lgani uchun kitob tasviri bo‘lishi kerak. Maktab ziyo taratuvchi dargoh bo‘lgani uchun quyosh tasviridan foydalanish mumkin. Emblemada maktab raqami va viloyat, shahar, tuman nomi yoziladi. Maktab biror fanga yoki san’atga chuqurlashtirilgan bo‘lsa, fan yoki san’at belgisi tasvirlanadi. Maktabda doimiy birinchi va so‘ngi qo‘ng‘iroq chalinishini nazarda tutib, qo‘ng‘iroq tasviridan ham foydalanish mumkin. Emblema turli geometrik shakllar ichiga tasvirlanishi mumkin. Emblemada kitob tasvirining ko‘rinishini faqat to‘g‘ridan emas, yuqoridan ko‘ringan holatda tasvirlab joylashtirish mumkin. Emblemalar eskiz variantlarini kuzatib, o‘z maktab emblemangiz variantini tasvirlang. Yozuvlami joylashtirishda simmetriya chizig‘idan foydalaning. Maktab so‘zini emblema o‘rtasiga joylashtirish uchun o‘rtadan tik simmetriya chizig‘i chiziladi. Maktab so‘zi 6 ta harfdan tashkil topgan. Demak, simmetriya chizig‘ining chap tomoniga uchta, o‘ng tomoniga uchta harf joylashtiriladi. Sinf emblemasini tasvirlaganda mazmun va g‘oya quyidagicha yo‘nalishlami o‘z ichiga qamrab olishi mumkin: Emblemada sinf raqamini yozish. Emblemada sinf guruhining nomini yozish va mos rasm tasvirlash. Emblemada sinf shiorini yozish. Emblema turli geometrik shakllar ichiga ishlanishi mumkin. Emblemalar eskiz variantlarini kuzating. Sizga ma’qul bo‘lgan shakl ichiga o‘z sin:fingiz emblemasini ishlang. Qadrli o‘quvchilar, siz bu chorakda asosan tasviriy san’atning portret janri haqida nazariy va amaliy ma’lumotlaringizni boyitasiz. Rassomlarning portret asarlari bilan tanishib, ulami tahlil qilishni o‘rganasiz. O‘zbek va jahon tasviriy san’at ustalari tomonidan ishlangan tarixiy, mifologik, syujetli portretlami tomosha qilib, o‘zingiz ham bu yo‘nalishda buyuk ajdodlarimiz, afsonaviy qahramonlarimiz portretlarini ishlaysiz. Shuningdek, portret chizishning eng asosiy qoidalarini o‘rganib olasiz. Ishlangan sur’atingizni ko‘rgazmaga qanday tayyorlab bezatish kerakligini bilib olasiz. Portret - fransuzcha "portrait" so‘zidan olingan bo‘lib, inson yoki odamlar qiyofasini tasvirlash ma’nosini bildiradi. Portret janrida insonning tashqi qiyofasi ichki dunyosi bilan birga tasvirlanadi. Rassom portret chizar ekan, uning birinchi maqsadi, tasvirlanuvchini suratda xuddi o‘ziga o‘xshatib chizishga intiladi va uning asosiy maqsadi o‘xshatib chizish bilan chegaralanmay, tasvirlanuvchining muhim xususiyati va belgilarini, shaxsiy xislatlarini, davmi umumlashtirib obraz yaratishdan iborat. Portret bir necha turlarga bo‘linadi: Individual portret (bir obraz tasvirlanadi). Juftlikda ishlangan portret (ikkita obraz tasvirlanadi). Guruh tasvirlangan portret (bir guruh obrazlar tasvirlanadi). Tantanali, rasmiy, shohona portret (eng chiroyli libosda tasvirlanadi). Psixologik portret (kulgu, qayg‘u, tabassum, g‘amgin, yig‘i, qo‘rquv holati tasvirlanadi). Avtoportret (rassom ko‘zguga qarab o‘zini tasvirlaydi). Tarixiy portret (tarixiy shaxslar obrazlari tasvirlanadi). Mifologik portret (afsonaviy obrazlar tasvirlanadi). Tarixiy shaxslarning obrazlarini yaratishda rassomdan juda katta izlanish, mehnat talab etiladi. Tarixiy shaxs haqida ma’lumotlar - fotolar, rasmlar, qo‘lyozmalar to‘plash, chuqur o‘rganish, eskiz variantlarini ishlash shular jumlasidandir. Biz avvalgi chorakda bobomiz Amir Temur siymosini yaratish uchun rassom M. Nabiyevning olib borgan izlanishlari haqida o‘qib o‘rgangan edik. Bu tarixiy portret yaratishning nihoyatda murakkabligiga misol bo‘la oladi. Mifologik portretlami yaratishda rassomdan mavzu bo‘yicha doston, rivoyat, afsonaga aylangan obraz haqida ma’lumot to‘plash, chuqur o‘rganish, o‘qish va afsonaviy obraz eskizlarini yaratish, izlash talab etiladi. Buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy portreti uchun tanlov e’lon qilinganda, V. Kaydalov tomonidan 1947-yil yaratilgan "Alisher Navoiy"ning tarixiy portreti diqqatga sazovordir. Rassom ko‘p yillar izlanish olib borib, ijodiy zavq-shavqqa to‘la, har tomonlama kamol topgan shoir, davlat arbobi siymosini yaratdi. Portretdagi deraza oldiga qo‘yilgan gul, shoir ijodining gullagan davrini anglatuvchi mazmunni bildirib turadi. XV asrda Kamoliddin Behzod, M. Muzahhib tomonidan miniatyura usulida, XX asrda V. Kaydalov, K. Basharov va boshqa rassomlar tomonidan grafika va rangtasvir usulida yaratilgan Alisher Navoiy siymosini, O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev ham o‘n yillik izlanishlari natijasida o‘ziga xos tarzda muvaffaqiyatli yarata oldi. Portret asarlari tahliliga oid bilimlar bevosita o‘ziga xos tizimda o‘rganiladi. Bilimlar manbai esa asaming o‘zida mujassamdir. Asardagi muhim tomonlar ko‘rib chiqilib, shular asosida rassom o‘ylab umumlashtirgan badiiy obraz belgilanadi. Rassom asarlarini idrok etish va tahlil qilish, asar haqidagi g‘oyani anglab olib yaxlit tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi. Mavzuga oid reproduksiya va slaydlami ko‘rish, kuzatish, tahlil qilish, kuzatgandan so‘ng yozma yoki og‘zaki ravishda takrorlash mashqlarini bajarish o‘rganuvchida asarlami idrok etish va tahlil qila olish malakalarini rivojlantiradi. Kartinani idrok etish tizimi asar bilan dastlabki tanishish jarayonini o‘z ichiga oladi. Portret asarini idrok etish taxminan uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda - suratning umumiy ma’nosi bilan tanishish obraz va obrazlami hissiy sezish, kompozitsiya markazini, detallami, fazoviy joylashishini aniqlash kabi vazifalami o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqichda - asar yana bir marta sinchiklab o‘rganiladi. Tahlil ma’lumotlari umumlashtiriladi. Asar tili, obrazli tuzilishi, g‘oyaviy mazmuni o‘rganiladi. Bunda rassom fikri, g‘oyasi, tahlil qiluvchining fikriga aylana boshlaydi. Uchinchi bosqichda - asami to‘liq va atroflicha idrok etib baholanadi. Asar keng ijodiy tahlil qilinib, idrok etuvchi g‘oyaviy, axloqiy, estetik ta’sir etuvchi omilga aylanadi. Portret o‘rganilar ekan, undan kishilarning turmushi, axloqiy odatlari, ijtimoiy munosabatlari, davrga xos boshqa narsalar yoritilganligini ko‘rish mumkin. Shu kabi umumiy savollar berilib, keyin asar g‘oyasi, rassom fikrini yorituvchi tasvir va ifoda vositalariga to‘xtab o‘tiladi. Kompozitsiya - asosiy obraz va uning atrofidagi narsalarning joylashishi, suratdagi predmetlar, ularning o‘mi va ahamiyati, detallar, ularning vazifasi. Chizgi tasvirlanadigan narsalar shakli, hajmi, joylashishi, xarakteristikasini ochishdagi ahamiyati. Perspektiva - asosiy figuraning kompozitsion holatida uning ahamiyati. Qadrli o‘ quvchilar, siz avvalgi darsda portret, uning turlari, tarixiy va mifologik portret ishlashda rassomlar qanday izlanganliklari haqida bilib oldingiz. Bugungi tarixiy portret ishlash darsida tarixiy obrazlardan biri - 1455-yil Hirotda tavallud topgan, XV asr Sharq miniatyura san’atining yirik vakili miniatyurachi rassom Kamoliddin Behzodning tarixiy portretini kuzatishingiz mumkin. Tarixiy portret chizishda darslikdan foydalanasiz. Portretni ishlashdan avval tarixiy portretning bosqichli namunaviy tasvirida ko‘rsatilgan chizish bosqichlarini diqqat bilan o‘rganing. Chizish ketma-ketligini kuzatib o‘rganganingizdan so‘ng, shu qoidalar asosida tarixiy portretni ishlang. Harakatdagi holat bo‘yicha yordamchi o‘q chizig‘ini o‘tkazmg. O‘q chiziqqa bosh o‘lchamini 5 barobar joylashtiring. Ikkinchi bosh o‘lchamining o‘rtasidan bo‘yin, yelka va qo‘l uchun yordamchi chiziq chizing. Bosh qismi, bosh kiyimi, tana chegarasi, qo‘l qalinligi, qo‘ldagi kitobni xomaki tarzda yengil chiziqlar bilan chizib oling. Portret ishlash qoidalari asosida bosh shaklini 3 qismga bo‘lib, ko‘z, qosh, burun, lab kabi a’zolami chizib joylashtiring. Qo‘ldagi qog‘oz, kitob, libos kabi buyumlar chegarasini aniqroq qilib chizing va orqa fondagi qo‘shimcha to‘ldiruvchi narsalami chizing. Surat tayyor bo‘lgandan keyin unga rang tanlang. Mifologik (afsonaviy) janr-xalq og‘zaki ijodi asosidagi tasviriy san’at asarlarini aks ettiradi. Masalan, dev, ajdar, suv parisi, qor malikasi kabilar shular jumlasidandir. Mifologik mavzularda yaratilgan asarlar asosan rangtasvir va haykaltaroshlikda ishlanadi. "Alpomish", "Go‘ro‘g‘li" kabi dostonlardagi, shuningdek, Alovuddinning sehrli chirog‘i, Semurg‘, Bunyod va Parizod kabi asar qahramonlari afsonaviy mifologik obrazlar hisoblanadi. Rassomlar tomonidan ishlangan mifologik portretlami kuzating. Rassom V. Kaydalov tomonidan ishlangan "Alpomish" mifologik portretini o‘ziga qarab ishlash V. Kaydalovning ishlagan mifologik portretini kuzating. Portret chizish qoidalariga rioya qilgan holda portretni o‘ziga qarab chizing. Inson bosh tasvirini chizishda, biroz yon tomonga burilgan yuzni chizish uchun quyidagi chizish sxemalaridan qaysi biri mos kelishini o‘rganing. Qadrli o‘quvchilar, siz tarixiy portretlarning rassom tomonidan qanday murakkab mehnat, izlanish natijasida yaratilishi haqida avvalgi darslardan ma’lumotlarga egasiz. Rassom individual portret chizar ekan, suratni asliga o‘xshatish uchun barcha manbani (ko‘z-qoshni joylashishi, burun, lab, quloq, yorug‘ soya, harakteri) chiziluvchining o‘ziga qarab yuz tuzilishidan oladi. Portreti chiziluvchiga qarab bir necha eskiz variantlarini chizadi. Rassom tarixiy portret yaratish uchun tarixiy obraz haqida manbalami qo‘lyozma adabiyotlardan, u haqida ishlangan surat va fotolardan izlaydi. Shu ma’lumotlar asosida eskiz variantlarini ishlaydi. 116-rasmdagi "Sulton Ali Mirzo" tarixiy portreti rassom Malik Nabiyev tomonidan mahorat bilan ishlangan. 117-rasmdagi "Ulug‘bek Mirzo" tarixiy portreti esa rassom A. Ikromjonov mo‘yqalamiga mansub. 118-rasmdagi "Pushkin" tarixiy portreti rassom Orest Kiprenskiy tomonidan ishlangan bo‘lib, tahsinga sazovordir. Bugungi darsda siz tarixiy portretni O‘zbekiston va jahon rassomlari tomonidan darslikda berilgan tarixiy obrazlar suratiga qarab ishlaysiz. Tarixiy obrazlami kuzating. Ular ichidan birortasini tanlang va portret ishlash qoidalari asosida o‘ziga qarab chizing. Suratni yengil chiziqlar bilan och tusda chizing Simmetriya chizig‘ ini och tusda chizing, chiziq yuqorisiga katta va pastki qismiga kichik yoy chizing. Katta yoydan kichik yoygacha bo‘lgan masofani teng uch bo‘lakka bo‘lib nuqta belgilang. Ikkita yoyni birlashtirib tuxum shaklini hosil qiling. Shaklni yordamchi chiziq bilan teng uch bo‘lakka bo‘ling. Bo‘yin qismini chizing. Quloq yuqori va pastki qismini birinchi va ikkinchi yordamchi chiziq ichiga belgilash: Quloqning pastki qismi yordamida chizig‘ini o‘rtasida burun uchun nuqtalar belgilang. Birinchi chiziqda qosh va quloqning yuqori qismi, ikkinchi chiziqda, burun va quloqning pastki qismi chiziladi. Qosh bilan burungacha va burundan dahangacha bo‘lgan oraliqni teng ikkiga bo‘lib yordamchi chiziq chizing. Boshning yuqori chegara chizig‘ini qosh bilan burun oralig‘ini yanm o‘lchamida belgilab nuqta qo‘ying. Qosh bilan burun oralig‘i o‘lchamini teng yarmini yana teng ikkiga bo‘lib ko‘zni chizish uchun yordamchi chiziq chizing va ko‘z tasviri uchun nuqta belgilang. Xuddi shunday burun bilan dahan oralig‘i o‘lchami teng yarmini yana teng ikkiga bo‘lib lab uchun yordamchi chiziqcha chizing. Belgilangan nuqtalarga ko‘zni va labni chizib joylashtiring. Boshning yuqori qismini chegara chizig‘ini birlashtirib qo‘ying. So‘ngi bosqichda chizmoqchi bo‘lgan tarixiy portret sur’atiga qarab, qosh, ko‘z, burun, lab, bosh kiyim yoki soch soqol kabi qismlarini ko‘chirib chizib so‘ngi sxemaga joylashtiring. Qadrli o‘quvchilar, siz avvalgi darsda natyurmort va natyurmort kompozitsiyasini tuzishda nimalarga e’tibor berishni bilib oldingiz. Shuningdek, rassomlar tomonidan ishlangan natyurmort kompozitsiyalarini tahlil qilib o‘rgandingiz. Bugungi darsimiz xotiradan mavzuli natyurmort ishlash bo‘lib, siz berilgan mavzulardan birortasiga natyurmort kompozitsiyasini xotiradan tuzishingiz kerak bo‘ladi. Natyurmortni xotiradan tuzayotganingizda o‘rgangan bilimlaringizga asoslaning: buyumlami chizishda simmetriya chizig‘idan foydalanish; tasvirlayotgan buyum va narsalar fazoviy holatini ko‘rsatish uchun ulami ufq chizig‘idan pastroqda chizish; katta buyum va narsalami orqaroqda, kichik narsalami esa oldinroqda tasvirlash; to‘q buyum va narsalami och fonda, och tusdagi narsalami esa to‘q fonda tasvirlash; natyurmortdagi birinchi reja stol yuzasini ko‘rsatish; natyurmortni 3-4 ta buyum yoki narsadan tuzish; natyurmortdagi buyumlar hajmini ko‘rsatish uchun yorug‘ soyadan foydalanish. Qadrli o‘quvchilar, siz avvalgi chorakda adabiy asar sujeti asosida, bahorgi ishlar mavzusi bo‘yicha sujetli kompozitsiyalar eskizlarini ishladingiz. 4-nazorat ishidan oldingi darsda esa tarixiy mavzuda sujetli kartina kompozitsiyasini yaratishni o‘rgandingiz. Bugungi darsda siz afsonaviy mavzuda sujetli kartina kompozitsiyasini tuzishni o‘rganib olasiz. Mifologik mavzuda ishlangan sujetli kartinalarda dev, ajdar, suv parilari, qor malikasi kabilar tasvirlanadi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi asosida yaratilgan dostonlardagi Alpomish, Go‘ro‘g‘li kabi obrazlarning tasviri yaratiladi. Rassomlar tomonidan ishlangan mifologik mavzulardagi asarlami kuzating. Asarlardagi afsonaviy voqea va obrazlardan rassom tuzgan kompozitsiyani tahlil qiling. Rassom g‘oyasi va :fikrini o‘rganing. Mavzu asosida afsonaviy obraz va voqea aks etgan sujetlarning xomaki chizgilarini ishlang. Misol uchun, Semurg‘, Bunyod va Parizot afsonasi uchun sujet tanlashimiz mumkin. Sujetda afsonaviy obrazlar harakatini aks ettiramiz. Bunyod bilan devning jangi chizadigan kartinamiz uchun bir sujet bo‘la oladi. O‘quvchilarning tasviriy san’at faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda, ularning ijodiy ishlarini rag‘batlantirishda, o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlashda yakuniy dars jarayonida tashkil etiladigan ko‘rgazmalarning ahamiyati kattadir. O‘quvchilar ishlaridan ko‘rgazma tashkil etishning bir necha turlari bor: O‘quvchilarning dars jarayonida bajargan eng yaxshi ishlari bo‘yicha umumiy tanlab olingan rasmlar ko‘rgazmasi; Tasviriy san’at to‘garagiga qatnashadigan maktabdagi iqtidorli bir necha o‘quvchilar ishlaridan tashkil topgan rasmlar ko‘rgazmasi; Maktab miqyosida tasviriy san’atdan mavzu bo‘yicha tanlov e’lon qilinib, tanlovga yig‘ilgan namunali rasmlardan tashkil topgan ko‘rgazmalardir. Qog‘ozga yaxshi joylashtirilgan, bo‘yalgan ishlar tanlab, ajratiladi. Suratning yon tomonlariga eni I sm hoshiya chizib olinadi. Saralab ajratilgan ishlarning har birini to‘rt chekkasiga eni 2 sm oq qog‘ozdan hoshiya yelimlanadi. Hoshiyasi yelimlangan suratning hajmi kattaroq ko‘rinadi, shuningdek, estetik jihatdan rasmni chiroyli ko‘rsatadi. Stend suratlami joylashtirishda surat ranglariga e’tibor beriladi. Och rangda ishlangan rasm ko‘rgazma stendining yuqori qismiga, to‘q rang gammasida ishlangan suratlar stendning pastki qismiga joylashtiriladi. Har bir chizilgan suratning pastki o‘ng burchagiga surat mavzusi va o‘quvchining ism-familiyasi yozib qo‘yiladi. O‘qituvchi yozuv taxtasiga stendning xomaki eskizini chizadi. Sarlavha yozib o‘quvchilar tayyorlagan ishlami yig‘ib, skotch bilan yozuv taxtasida stendning eskizini hosil qiladi. O‘quvchilar ko‘rgazma stendini tomosha qilib, o‘z tengdoshlari ijodi bilan tanishadilar. Olingan taassurotlar esa o‘quvchilami yangi ijodiy izlanishga yo‘naltiradi. Qadrli o‘quvchilar, siz 6-sinfda tasviriy san’atdan san’atshunoslik asoslari, naturaga qarab tasvirlash, kompozitsion faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha juda ko‘p mavzulami o‘rganib, o‘zlashtirib oldingiz. Choraklarning asosiy mavzularidan bo‘lgan I chorakda "O‘rta asrlar san’ati", II chorakda "Sharq miniatyura san’ati", III chorakda "Dastgoh rangtasviri", IV chorakda "Tasviriy san’atda sujetli kartinalar" haqidagi san’at sirlari bilan tanishdingiz. Ko‘rgazmaga olingan ishlaringizdan 6-sinf vazifa va topshiriqlarini qanchalik o‘zlashtirib olganingizni anglash mumkin. Siz 7-sinfda hozirgacha olgan bilimlaringizni yanada boyitib, I chorakda "San’atda oqim va yo‘nalishlar", II chorakda "Amaliy bezak va dizayn san’ati", III chorakda "Me’morlik san’ati", IV chorakda "Kitobat san’ati" kabi asosiy mavzular bo‘yicha yangi bilim va malakalami egallaysiz.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiTasviriy san’at: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik
Muallif(lar)i Q. Mirahmedov , B. Karimov , I. Nurullaev
Yaratilgan vaqti27.02.2017
Nashr yili2017
Nashr parametri-
NashriyotiG‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Qo‘llanish sohasi axborot texnologiyalari
Adabiy turiMaxsus tur
Janriadabiy maktub
Voqea vaqti va joyi-
Matn tipitavsifiy
Uslubi Ilmiy
Auditoriya yoshi18 yoshgacha
Auditoriyaning salohiyat darajasisan’atshunoslik
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiAmonturdiyev Nurali Rashidovich