Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

ALPOMISh Burungi o‘tgan zamonda, o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elida Dobonbiy degan o‘tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o‘g‘il farzand paydo bo‘ldi. Alpinbiydan tag‘i ikki o‘g‘il paydo bo‘ldi: kattakonining otini Boybo‘ri qo‘ydi, kichkinasining otini Boysari qo‘ydi. Boybo‘ri bilan Boysari – ikkovi katta bo‘ldi. Boysari boy edi, Boybo‘ri esa shoy(shoh) edi, bul ikkovi ham farzandsiz bo‘ldi. Ana endi o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elida bir chufuron(xatna to‘y) to‘y bo‘ldi. Xaloyiqlarni, elatiyalarni to‘yga xabar qildi. Shu to‘yga barcha xaloyiqlar yig‘ildi. Biylar ham to‘yga keldi. To‘ydagi kattalar ilgarigiday izzat qilib, qadimgiday otini ushlamadi. Biylar: «Mazmuni bu odamlar bizning kelganimizdan bexabar qoldi», – deb otini o‘zi boylab, ma’raka-maylisga kelib o‘tira berdi. Biylarning ko‘nglini xushlamadi, otini ushlamadi, ostiga libos tashlamadi; osh tortdi, so‘zgan tovoqni choshlamadi; osh tortganda, oshning ketini-ko‘tini tortdi. Bu qilgan xizmatni biylar ko‘rib, ilgari izzat ko‘rib yurgan odamlar – biylar aytdi: – Bizlar o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irotning boyi ham shoyi bo‘lsak, bizlar kelsak, otimizni ushlar edinglar, ko‘nglimizni xushlar edinglar, ostimizga libosni tashlar edinglar, bu daf’a bizdan nima ko‘tohlik o‘tdi, bizni bunday behurmat qildinglar. Bu so‘zni eshitib, o‘n olti urug‘ Ko‘ng‘irot elida payga betdan turib bir chapanitob boybachchasi aytdi: – Ey, Boybo‘ri bilanBoysari! Bul to‘y o‘g‘illining o‘g‘lidan qaytadi, qizlining qizidan qaytadi, sening nimangdan qaytadi?! O‘zing o‘lsang, molingga har merosxo‘r chiqadi, og‘ziga odam kirib ketadi. Sening bundan bu yoqdagi yeydiganing oshning keti-ko‘ti bo‘ladi. Biz sening davlatingdan bo‘lib olamizmi?!Biylar bulardan bu gapni eshitib, xafa bo‘ldi. Xafa bo‘lib, sakson tilla chufuronga tashlab, turib ketdi. Borib chechib mindi bedov otdi, ikkovi uyiga yetdi. Ikkovi qildi maslahatdi, bu so‘z bu ikkoviga juda botib ketdi. Boybo‘ri turib aytdi: – Boysari uka, qariganda bizning molimiz besohibga chiqdi, endi bizlar bir farzand taraddi qilmaymizmi? Boysari turib aytdi: – Tortib olib bo‘lmasa, o‘g‘irlab olib bo‘lmasa, sotib olib bo‘lmasa, xudo bizga bermasa, qayoqdan qilamiz taraddi?! Boybo‘ri aytdi: – Shu yerdan Shohimardon pirning ravzasi uch kunchilik yo‘l kelar ekan, har kim borib tunar ekan: davlat talab davlat tilar ekan, farzand talab farzand tilar ekan, oxirat talab imon tilar ekan, qirq kun tunagan kishi murodiga yetib qaytar ekan. Biz ham borsak, narzi-niyozimizni bersak, Shohimardon pirning ravzasini tunab, biz ham bir farzand tilab ko‘rsak. Shunda bu gap biylarning ikkoviga ham ma’qul tushib, bir-biriga: «Rost aytasan», – deb narzi-niyozini olib, biylar ikkovi Shohimardon pirning ravzasiga qarab jo‘namoqchi bo‘lib, mindi bedov otdi, narzi-niyozini olib, uch kun tinmay yo‘l tortdi. Uch kun yo‘l yurib, Shohimardon pirning ravzasiga yetdi, olib borgan narzi-niyozini shayxlarga berib, biylar ravzani tunab yotdi. Oradan bir kam qirq kun o‘tdi, bir kam qirq kun deganda, ravzadan ovoz keldi: «Ey, Boybo‘riman Boysari, sen bir kam qirq kundan beri tunab yotibsan. Xudoning yaratgan sheri men bo‘lsam, bir kam qirq kundan beri bir oyog‘im bilan turib, sizlar uchun oraga tushib, yaratgan xudolaringdan farzand tilayman, yaratgan xudolaring farzand bermayman, dedi». Biylar bu ovozni eshitib: «Bizlar bir kam qirq kundan beri kelib, sizni tunab yotsak, xudoning yaratgan sheri siz bo‘lsangiz, bizlar uchun oraga tushib, biror farzand tilab olib bermasangiz, bizga pirligingiz yolg‘on, xudoga sherligingiz yolg‘on. Bor, unday bo‘lsa, biz ham dunyoning bahridan o‘tdik», – deb tappa tushib, ravzada turbatning ostida yotdi. Qirq kun o‘rtadan aniq o‘tdi, boz ravzadan ovoz keldi: «Boybo‘ri, senga xudoyim bir o‘g‘il, bir qiz berdi, yolg‘iz emas, egiz berdi; Boysari, senga xudoyim bir qiz berdi, egiz emas, yolg‘iz berdi. Bundan borsang, farzandlarni ko‘rsang, xaloyiqlarni yig‘sang, to‘y-tomoshalar bersang, to‘yda qalandar bo‘lib borib, bolalaringning otini o‘zim qo‘yib kelaman». Bu so‘zni eshitib, biylarning juda vaqti xush bo‘lib, «tilaganimiz qabul bo‘ldi, – deb ko‘ngli to‘lib, mindi bedov otdi, qistab mazgiliga qarab yo‘l tortdi. Vaqti xushligi bilan uch kecha-kunduz yo‘l yurib, Boysin-Qo‘ng‘irot elatiga yetdi. Vaqti xushligiga xaloyiqni, elni yig‘ib, qirk kechayu qirq kunduz to‘y-tomosha berib yotdi. Ana shunda oradan qirq kechayu kunduz o‘tdi, to‘y tarqab, har kim o‘z mazgiliga qarab ketdi, qolgan mehmonlar yotdi. Mehmonlarni yotqizib, biylar uyiga qarab qaytdi. Uylariga yetsa, boybichalar to‘shakni sop qo‘yibdi. Biylar chechinib dirday-qirday bo‘p, ko‘rpaga kirib ketdi; boybichalar uni-buni elaslab, ish qilib, o‘choqning mo‘risida aynalib turibdi. Biylar har qaysilari o‘z to‘shagida, o‘z uylarida xotinlariga qarab: – Kel-chi, – deyapti, boybichalari: – Kun sovuq, qo‘y-chi, – deyapti… Shunda biylar qo‘lini uzatdi, boybichalarning qo‘lidan ushlab, shunday bag‘riga tortdi, bular ham chechinib ko‘rpaga kirib ketdi. Ko‘ring darveshdi, yoydi qulochdi, biylar bilan boybichalar topishdi... Shuytib bular ham homilador bo‘lib qoldi. Oydan oy, kundan kun o‘tib, to‘qqiz oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat oradan o‘tib qoldi. Boybichalarning oyi-kuni yaqin yetdi, biylar ikkovi aytdi: «Bizlar ham bir shohlik shavkatini qilsak, ovga chiqib ketsak, farzandlar yer yuziga tushsa, suyunchi, deb bir nechalar oldimizga yo‘lga chiqib, bizlardan tilla-tanga in’om olsa», – deb o‘ylarni o‘ylab, biylar ovga jo‘nab ketdi. Boybichalarga shunda to‘lg‘oq vaqti yaqin yetdi; ne kampirlar kelib, boybichani aylanib, tulkini inlatgan toziday bo‘lib, boybichalarni angnib, o‘rtaga olib turibdi. Biylar shul vaqtda ovdan qaytdi; bu yoqdan shul vaqtda farzandlar yer yuziga tushdi. Bir nechalar biylarning oldiga chiqib, suyunchi oldi. Biylar ziyoda vaqti xush bo‘lib, mazgiliga kelib joy olib, vaqti xushligidan har tarafga xabar yuborib, xaloyiqlarni chaqirib, to‘y-tomosha qilmoqchi bo‘lib, chog‘lanib, sozlanib, o‘n olti o‘rug‘ Ko‘ng‘irot elining kata-kichik biylarini, oqsoqol, arboblarini yig‘dirib, to‘y qilamiz, deb maslahat qildi. Hamma mamlakatga ovoza bo‘lib, elining, yurtining kata-kichiklari qulluq bo‘lsinga kelib, do‘stlar shodmon bo‘lib, dushmanlar g‘amgin bo‘lib, g‘amgin bo‘lsa ham, ilojini topolmay, hech kimga (yuragini) yorolmay, bular ham qulluq bo‘lsinga kela berdi. O‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot urug‘ining odamlari, eshitgan xaloyiqlar guros-guros bo‘lib kela berdi. Shunda kata-kichiklar kelib, biylarning og‘zidan to‘y qilamiz, deganini eshitib, to‘yning asboblarini tuzatib, qancha so‘qim mollar so‘yib, osh-palovlarni damlab, fuqaro, beva-bechoralar to‘yib, shu ajnosda o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irotning odambori to‘yni qilib, hammalari jam bo‘lib, qirq kechayu kunduz to‘y berib yotdi. Qirq kechayu qirq kunduz bo‘lgandan kay(keyin) to‘y tarqaydigan kuni bo‘ldi. Bir vaqt shunda biylar qarasa, uzoqdan bir qalandar ko‘rinib kela berdi. Biylarning esiga (tushdi): Ravzada «Qalandar bo‘lib borib, o‘zim otini qo‘yib kelaman» degan ovozni eshitgan edi. Shunday qarasa, yaxshi nurli bir qalandar mast bo‘lib, qalandarday bo‘lib, shul majlisga qarab kela berdi. Xaloyiqlar ham ko‘rdi: tarzi gul yuzli, shirin so‘zli, bir siyosatli kishi qalandar bo‘lib kelayotir, o‘zga kishilarga bu qalandarning holi-ahvoli ma’lum emas. Ravzadagi so‘zlagan ovozni eshitgan sababli Shohimardon pirim shul kishi bo‘lmasa, – deb biylar o‘rnidan turib, oldiga peshvoz chiqib, salom berib, ziyorat qilib, majlisxonaga boshlab olib keldi. Shunda farzandlarning uchovini ham olib kelib, Shohimardon pirning etagiga soldi. Shohimardon piri Boybo‘rining o‘g‘lining otini Hakimbek qo‘ydi, o‘ng kiftiga besh qo‘lini urdi. Besh qo‘lining o‘rni dog‘ bo‘lib, besh panjaning o‘rni bilinib qoldi. Qizining otini Qaldirg‘ochoyim qo‘ydi. Boysarining qizining otini oy Barchin qo‘ydi. Ana shunda Shohimardon piri Hakimbekka oy Barchinni atashtirib, beshkirti qilib: «Bu ikkovi er-xotin bo‘lsin, Hakimbek bilan hech bir kishi barobar bo‘lolmasin, omin ollohu akbar», – deb fotihani betiga tortdi. Shohimardon piri turib jo‘nab ketdi, odamlarning ko‘zidan g‘oyib bo‘lib ketdi. Shu yerda o‘tirgan xaloyiqlar: «Biylarga xudo bergan ekan, pirning duosin olgan ekan», – deb gaplashib qoldi. Balki shu yerda o‘tirgan katta-kichiklarning ham mehri qadimgidan ziyoda bo‘ldi. Ana shuytib, biylarning to‘ylari ham tarqab ketdi. Hamma yurtdan, eldan kelgan odamlar ham ketdi, o‘z mazgiliga yetdi. Biylarning o‘z-o‘zlari, o‘ziga qaraganlari qoldi. Shunda bolalar kundan-kun o‘tib, oydan-oy o‘tib, birdan ikkiga kirib, ikkidan uchga kirib, bularning tili chiqib, elga enib, tili chiqqandan kay, elga engandan kay, tutib uchovini ham maktabga qo‘ydi. Bular maktabda o‘qib yurib yetti yoshga kirdi. Burro(hoshiyada burro so‘zidan keyin savodxon so‘zi qo‘shib qo‘yilgan.) savodi chiqib, xat o‘qib-yozadigan mulla bo‘ldi. Shunda Boybo‘ribiy: «Endi o‘g‘lim savodi chiqib, mulla bo‘ldi, o‘g‘limga endi shohlik, sipohilik ilmini o‘rgatayin», – deb mulladan chiqarib oldi. Boysari ham Boybo‘riga taassub (qildi)( qo‘lyozmada soldi.). Bul ham oy Barchin qizini maktabdan chiqarib oldi. Chiqarib olib, «Qizimga Ko‘kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvadorlik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin», – dedi. Shunda Hakimbek yetti yoshiga kirgan. Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birichdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. Ana shunda Hakimbek shul o‘n to‘rt botmon yoyni qo‘liga ushlab, yetti yashar bola ko‘tarib tortdi, tortib qo‘yib yubordi. Yoyning o‘qi yashinday bo‘lib ketdi. Asqar tog‘ining katta cho‘qqilarini yulib o‘tdi, ovozasi olamga ketdi. Buni eshitgan dushmanlar: «Bu bola zo‘r bo‘pti, nazar topibdi, bularga hech kim barobar bo‘lolmaydi, yetti yashar bola shunday ishni qilami?» – deb xafa bo‘lib yotdi. Do‘stlarning vaqti xush bo‘lib yurdi. Shunda barcha xaloyiqlar yig‘ilib kelib aytdi: «Dunyodan bir kam to‘qson alp o‘tdi, alplarning boshlig‘i Rustami Doston edi, oxiri bu Alpomish alp bo‘lsin. To‘qson alpning biri bo‘lib sanaga o‘tdi», – dedi. Oxiri Alpomishbek alp bo‘lib, to‘qson alpning biri bo‘lib sanaga o‘tib, alplik otini ko‘tarib, yetti yoshida Alpomish ot qo‘yildi. Ana shundan yetti yoshida yoyni ko‘tarib otgani uchun Alpomish alp atandi. Ana shunday bo‘lib, bu yerdagi odamlar ham tarqab ketdi, har kim o‘z mazgiliga yetdi. Kunlardan bir kun Hakimbek kitob o‘qib o‘tirib, baxildan, saxiydan gap chiqib qoldi. Boybo‘ribiy shunda o‘g‘li Alpomishdan: – Kishi nimadan baxil bo‘ladi, nimadan saxiy bo‘ladi? – deb so‘radi. Unda o‘g‘li turib aytdi: – Vaqti-bevaqt birovnikiga mehmon kelsa, otini ushlab, joyi bor bo‘lsa, ko‘nglini xushlab jo‘natsa, bul ham saxiy; agar joyi bor turib, joy yo‘q, deb qo‘ndirmay jo‘natsa, bul odam baxil. Vaqt-bevaqt kishi bir mozorotning qabatidan o‘tsa, chap oyog‘ini uzangidan chiqarib, mozordagi odamlarning haqiga duo qilib o‘tsa, bul ham saxiy, agar har kim mozordan o‘tganda, chap oyog‘ini uzangidan chiqarmay, mozorotning haqiga duo qilmay o‘tsa, bul ham baxil. Kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa, bul ham saxiy ekan. Agar zakot bermasa, bul ham baxil ekan. Bu so‘zni Boybo‘ribiy Hakimbekdan eshitib, fikr qilib: «Men o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elining ham boyi bo‘lsam, ham shoyi bo‘lsam, men kimga zakot beraman. Mening davlatimda yolg‘iz inim Boysari baxillikka chiqib ketmasin», – deb, o‘z ko‘nglida: «Boysaribiy ukam menga zakot bersa kerak ekan», – deb o‘yladi. O‘ylab: – Boysariga boringlar, Boysari o‘zi rozichiligi bilan bir chichqoq uloqni zakot deb menga bersin, zakot o‘rniga o‘tar-da, Boysari baxil bo‘lib, baxillikka chiqib ketmasin, – deb o‘n to‘rt mahramni buyurdi. Boysaribiy Yartiboydan bu so‘zni eshitib, tag‘in o‘zi bu turgan odamlarga qarab, bir so‘z dedi. Boysaribiy o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot eli bilan ko‘chib borib, Ko‘kqamish ko‘lida eliboylik qilib, mollarini semirtirib, yaylovda yaylab yotib edi. O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot elining sop degan boybachchalari bilan yig‘ilib, bir yerga jam’ bo‘lib, bir baxmal o‘tovni tikib, shul o‘tovning ichida hamma boybachchalar bilan qimiz ichib, shag‘al mast bo‘lib, o‘z kayfu safosi bilan o‘tirib edi. Ana shunda (otining bo‘yniga) tilla qutos taqilgan o‘n to‘rt mahram Boybo‘ridan Boysarini so‘rab borib qoldi. Shundagi boybachchalar bularning kelganini ko‘rib-bilib, eshikka chiqib, mahramlarning otini ushlab qoldi. Mahramlarni ichkariga olib kirdi. Boysaribiy bularga joy ko‘rsatdi. Mahramlar kelib javob-savol qilib o‘tirdi. Boysaribiy bulardan yo‘l bo‘lsin qilib, savol so‘radi. Mahramlar savolga javob berib aytdi:– Biz akangdan kelgan zakotchi bo‘lamiz, bugun bizlar sening molingni zakot qilamiz. «Zakot qilinglar, bersa, zakotini olib kelinglar», deb yuborgan», –dedi. Bu so‘zni mahramlardan Boysari eshitib, ko‘ngliga og‘ir olib aytdi: – Ey, bizning molimiz shu vaqtgacha zakot bo‘lmagan, endi akamiz o‘g‘illi kishi bo‘lib, darrov bizning molimizni zakot qiladigan bo‘libdi-da! Zakot degan gapni eshitib, bu gap botib ketib, oldidagi o‘zining odamlariga buyurdi: – Ushla, bachchag‘arlarni, – dedi. Boybachchalar mahramlarni bitta-bitta ushlab qoldi. Yettovining qorniga qoziq qoqib o‘ldirdi. U yettovining quloq, burnini kesib, o‘zlariga yegizib, otiga chappa mingizib, otning ustiga tortib boylab: «Mana buni zakot deb aytadi», – deb Qo‘ng‘irot tarafiga qarab haydab yubordi. Shunchalik ishni qilsa ham Boysaribiyga zakot degan gap nihoyatda o‘tib ketgan ekan: – Endi bizning o‘z elimizda sig‘indi bo‘lib, o‘z akamizga o‘zimiz zakot berib (yuradigan bo‘lsak), bul elda bizning turg‘iligimiz qolmadi, –deb o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot eliga qarab: –Endigi maslahat nima bo‘ldi? –deb so‘rab, bir so‘z deb turgan yeri ekan. Boysari so‘zi: Oh urganda ko‘zdan oqar selob yosh, Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh, Barchinoyim bo‘y yetgandir qalamqosh, Zolim bilan hargiz bo‘lmanglar yo‘ldosh, Qo‘ng‘irot eldan molga zakot kelibdi, Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh! Qursin Hakimbegi mulla bo‘libdi, Bezakot mollarni harom bilibdi, Ko‘ng‘irot eldan molga zakot kelibdi, Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh. Dardli qul dardimni kimga yoraman, Ayroliq o‘tiga bag‘ri poraman, Muna elda sig‘indi bo‘p turaman, O‘z akamga qanday zakot beraman?! Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh! Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘libdi, Shum falak boshima savdo solibdi, Boybo‘ridan molga zakot kelibdi, Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh! Xudo deyin, yaratganga jilayin, O‘z akama qanday zakot berayin, O‘z akama o‘zim zakot berguncha, Boshqa yurtda juz’ya berib yurayin, Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh! Boybo‘ridan bizga mahram kelibdi, Zakot debdi, bir bidahat qilibdi. Muna elda men ham bekman, to‘raman, Har na qismat yozilgandan bilaman, Azaliy taqdirga nima ish qilaman, O‘z akama qanday zakot beraman?! O‘z akama o‘zim zakot berguncha, Qalmoq borib juz’ya berib yuraman. Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh! Xudoy deyik, yaratganga jilayik, Yaratgan rahmondan maqsad tilayik, Omin desa farishtayu maloyik, Katna-kichik, turgan endi xaloyiq, O‘z akama qanday zakot berayik. Sen eshitgan Boysarining tilini, Akam bizga minnat qildi ulini(o‘g‘lini), Sabil qilib ketay Boysin elini, Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh! Jafo tig‘i bugun jondan o‘tadi, Boybo‘rining so‘zi bizni o‘rtadi, Zakotchilar jabr ko‘rib ketadi, Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh! Zakot degan bir shumlikni qilibdi, Boybo‘ridan o‘n to‘rt mahram kelibdi, Zakot degan gapni ma’lum qilibdi. Ustima kiyganim yashil-ko‘k edi, Bunday so‘zlar ilgarida yo‘q edi, Boybo‘ridan bunday so‘zlar kep edi, Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh! Zakot degan bo‘l ellarda yo‘q, edi. Bodom bikach: O‘lan aytib Qultoy sen ko‘pni o‘yla, yoy-yoy, O‘z tilingdan sen yozib qolma, yoy-yoy, Ne bo‘lsa-da tilingni toytib so‘yla, yoy-yoy. Ana shunda Boysaribiy bu so‘zlarni aytdi. Shu turgan xaloyiqlardan hech bir sazo chiqmadi. Shu majlisda bir Yartiboy oqsoqol degani bor edi. Majlisli kun bo‘lsa, to‘rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo‘sag‘aning oldida kovushga joy bermay, kovush bilan aralashib, it yiqilish bo‘lib, poyga betda yotar edi. To‘rda o‘tirgan kattaman deb yurganlarning hech bir qaysisidan gap, sazo chiqmagandan kay, poyga betdan Yartiboy o‘rnidan turib, maslahat shulda, – deb Boysarining so‘ziga javob berib, Boysariga qarab, bir so‘z deb turibdi. Yartiboy so‘zi: Maslahat bermaymiz Boysariboyga, Osilmaymiz Boybo‘rining doriga, Biring aka, biring uka, Boysari, Maslahatni, shohim, o‘zing bilasan. Xudo deyik, yaratganga jilayik, Nor kesar olmosni belga cholayik, Shohim, sizga ne maslahat berayik?! Lodon ko‘ngling har xayolga bo‘lasan, Muna elda o‘zing ulug‘, to‘rasan, Har na qilsang, shohim, o‘zing bilasan. Maslahat deb o‘zing xafa bo‘lasan, Har na gapni, shohim, o‘zing bilasan. Boysaridan elga zakot kelibdi, Bu gap senga qattiq savdo bo‘libdi, Yartiboy der shunday javob beribdi, Odamlar ko‘ngliga og‘ir olibdi, Zakot degan gapi o‘sal bo‘libdi. Maslahatni, shohim, o‘zing bilasan, Bu turgandan so‘rab nima qilasan, Biring aka, biring uka, Boysari, Nima bo‘lsa bizdan yaxshi bilasan. Sen eshitgan Yartiboy nolishini, Ko‘zdan to‘kma bunda selob yoshini, Yig‘ibsan oldingga qancha kishini, Bilolmadik Boybo‘rining ishini. Maslahatni, shohim, o‘zing bilasan. Biz ham bu gaplarni og‘ir olamiz, Og‘ir olgan bilan nima qilamiz, Shohim, sizga ne maslahat beramiz?! G‘am bilan sarg‘ayib guldayin diydor, Bir nechalar o‘z holidan bexabar, Javob berolmayin katta-kichiklar, So‘z aytib turganni Yartiboy derlar, Avval bizdan so‘z so‘ramoq ne darkor?! Javob berolmaydi turgan odamlar, Nima desang, o‘zingdadir ixtiyor, Maslahatni, shohim, o‘zing bilasan. Biz bilmaymiz Boybo‘rining ishini, Maslahatga yig‘ib shuncha kishini, Kim maslahat bersa kesar boshini, Maslahat bermaymiz Boysariboyga, Osilmaymiz Boybo‘rining doriga. Qasd aylasa bilmaganni bildirar, Do‘st yig‘latib, dushmanini kuldirar, Kim maslahat bersa tayin o‘ldirar, Qizil gulin xazon qilib so‘ldirar, Xanjar chekib qora bag‘rin tildirar, Ajal yetsa paymonasin to‘ldirar, Maslahatni bilsa tayin o‘ldirar, Har na desang, o‘zingdadir ixtiyor. Bu so‘zni aytib, aytganiga ko‘ndirib, aldab-suldab Barchinoyni bul yo‘rg‘aga mindirib, ana shunda Barchinoy enasidan bu so‘zni eshitib, ilojini topolmay, noiloj, nochor bo‘lib, elning ko‘chib borayotganini ko‘rib, necha kaniz- qizlarni o‘ziga hamroh qilib, qirqin kanizlari bilan har qaysilari o‘zlariga yarasha otlariga mindi. Barchinoyim to‘riq tulpor bedov otiga mindi, o‘n ming uyli elat ko‘chib jo‘nay berdi. Ana bularning – o‘n ming uyli Boysin-Qo‘ng‘irot elining jo‘nashini Fozil shoir Yo‘ldosh o‘g‘li shunday jo‘natadi. Fuqarosi juda abgor bo‘libdi, Bir nechasi uzoq yo‘ldan kelibdi, Boylarning zarbidan dod deb turibdi, Ekindan ayrilib bunda kelibdi, Bu boylardan osha jabr ko‘ribdi, Chuvullashib hamma arz qip turibdi: «Juda bizlar bunda abgor bo‘ldik, deb, Ekishdan ayrilib, sizga keldik, deb, Bola-chaqa yig‘lab qoldi, o‘ldik, deb, Hamma dehqon sizga arzni qildik», – deb. Kampirning yalang‘och bo‘p qolganini ko‘rib, boybicha uyiga borib, yangi kiyimlar olib kelib, kampirning ustidagi kuchuk yirtgan kiyimlarini chechib olib, yangi kiyim kiydirib, boybicha kuchuklarini urib, kampirning dimog‘ini chog‘ qilib, uyiga ergashtirib bordi. Barchin qirqin kanizaklari bilan o‘tirib edi, bu kampirni ko‘rib, qanday bo‘lsa musofirchilik yurt-da, kampirni izzat qilib, o‘rnidan turib, ta’zim qilib o‘tirdi. Barchinni kampir ko‘rib: «Bizning Qorajonga lozim qiz ekan», –deb o‘tirdi. Boysarining ikkinchi so‘zi: Quloq soling Boysarining tiliga, Ko‘chib ketay men ham Kashal eliga. Davlat qo‘nsa bir chibinning boshiga, Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga, Banda ko‘nar tangri qilgan ishiga, Quloq soling Boysari nolishiga, Qalmoq borib, qo‘nsam Chilbir dashiga. Kalma shahodat musurmonning tiliga, Azamat bosh berar dinning yo‘liga, Turarim yo‘q Boysun-Qo‘ng‘irot eliga. O‘z elim deb yana bunda turgancha, O‘z akama o‘zim zakot bergancha, O‘z akamdan bundoq xo‘rlik ko‘rgancha, Qalmoq borib juz’ya bersam bo‘lmaymi? G‘arib bo‘lib ko‘zdan yoshim tizildi, Diyda giryon bo‘lib bag‘rim ezildi, Ichim kuyib, yurak-bag‘rim ezildi, Zakot deydi, mening ko‘nglim buzildi. Boysari der bilmaganim bildirdi, Do‘st yig‘latib, dushmanini kuldirdi, Zakot degan gapni akam chiqarib, Mening toza ulsizligim bildirdi. O‘z akama qanday zakot berayin, O‘z akama o‘zim zakot bergancha, Boshqa yurtda sig‘indi bo‘p yurayin, Qalmoq borsam, juz’ya berib ko‘rayin. Zakot desa men yonaman, o‘chaman, Zakotni bermayman, Kashal ko‘chaman. Avval ollo, duyum nabi bo‘lsa yor, Qarindoshlar, menda bo‘lsa ixtiyor, Qalmoq elga ko‘chib ketmagim darkor. Bildinglarmi mening qattiq kunimni, Biy og‘amdan ko‘rdim qattiq zulmni, Sabil qilib ketay Boysin elimni. Ko‘plik qilsa bundan turmay ketayin, Musofirlik yurtda qonlar yutayin, O‘z akama men sig‘indi bo‘lgancha, Bu o‘lkadan boshimni olib ketayin. Tanho yoylab qolsin Qo‘ng‘irot eliga, Men borayin qalmoqlarning qo‘liga, Bu ohimni bir olloga yetkarib, Musofirlik yurtda umrim o‘tkarib, Akam qo‘ydi menga zulm o‘tkarib. Men ketayin bundan boshimni olib, O‘rtangan o‘tlarga jonimni solib, Ulsizman-da, ketay Qalmoq yurtin axtarib, Musofirlik yurtda kunim o‘tkarib, Men ketayin o‘z boshimni qutqarib. Tanho davron surib Boysin eliga, Meni soldi ayroliqning hiliga, Kun ko‘rarman borib qalmoq qo‘liga. Xazon bo‘lsa bog‘da gullar so‘lmaymi, O‘z elimda sig‘indi bo‘p yurguncha, Bo‘lak yurtda kun o‘tkazib bo‘lmaymi?! Jahonni sayil(sayr) etsam, yurib ko‘rarman, O‘z akama o‘zim zakot bergancha, Qalmoq borib juz’ya berib yurarman. Asqar tog‘ning boshin chalgandir tuman, Endi mening bunda turmog‘im gumon, Qalmoq elga men ketarman bul zamon. Ulsizligim akam bunda bildirib, Akam ta’na qildi mening qizimni. Boysaridan bu so‘zni Yartiboy eshitib, Yartiboy ham Boysaribiyga qarab, bir so‘z dedi. Yartiboy oqsoqol bu so‘zni aytdi. Yartiboy oqsoqolning aytgan so‘zi o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot elining katta-kichigining bariga ma’qul tushdi. Hammasi: – Yartiboy oqsoqol rost aytadi, – dedi, – Boybo‘rining fe’li ketdi, o‘n inisini bilmadi, Boysariga zakot soldi, bu o‘z inisidan zakot olsa, bizlardan tortib olsa ham oladi, buning fe’li qaytgani ma’lum bo‘ldi. Boysari ko‘chib ketsa, bizlarni sira qo‘ymaydi, tortib olsa ham zakotni oladi; endi Boysari ko‘chsa, bizlar ham ko‘chib ketayik, Boysari o‘lik yerda – o‘lik, tirik bo‘lsa – tirik; endi Boysin-Qo‘ng‘irot yurtini Boybo‘riga bo‘shatib berayik, Boysin-Qo‘ng‘irot yurtini bir o‘zi yoylab olsin, – dedi. Ana shunda Barchinoyning enasi Barchinoyni ham jo‘natmoqchi bo‘lib, Barchinoy uchun bir to‘ruq yo‘rg‘a otni tabladan olib kelib, uzangilari tilladan, ayillari ham tilladan, hamma asboblarini yaxshi sozlab, egarlab, ustiga tilla jabduqlardan solib, ayil-pushtanlarini tortib, ustiga mayin, toza, muloyim baxmal parquvlardan solib, tilla yuganlarni boshiga solib, juda otni choqlab, otning jilovidan enasi ushlab, olib keldi. Ana shunda Barchinoy enasining bul otni yetaklab olib kelganini ko‘rib, Barchinoy shunday qarasa, o‘n ming uyli qo‘ng‘irot elining hammasi ko‘chib, taloto‘p bo‘lib, shovqin qilib, jo‘nab ketib borayotibdi. Boysin-Qo‘ng‘irot elining jo‘nashi shul: Chechanlar eplaydi gapning epini, Shul zamonda oltmish norni cho‘garib, Orta berdi Barchin suluv sepini. Qo‘ng‘irot elning shundayg‘acha ko‘pi bor, Boysarining ikki jildav to‘pi bor, Har ko‘chganda to‘p bo‘shatib jo‘nadi, Qatorga tirkalgan lo‘k bilan norcha, Ustiga yuklagan qirmizi parcha, Kamlikni ko‘rmagan satta boybachcha, Yo‘l-yo‘lakay uloq chopib boradi. Oshiqning fahmidir qorong‘i kecha, Yig‘lasam, holima yig‘lar bir necha, Xafa bo‘lib borar Barchin oyimcha, Jafo tortib borayotir bir necha. Boyligidan bedov otni boylagan, Tangqa yurib Ko‘kqamishni yoylagan, Cho‘ponlar qur haytlab qo‘yni haydagan, Boysindan Kashalga qarab jo‘nagan. Kalma shahodat musurmonning tiliga, Azamat bosh berar dinning yo‘liga, Yetsak deb boradi Qalmok eliga. G‘am bilan sarg‘ayib guldayin diydor, Ko‘rgani yo‘q qanday eldir qalmoqlar, Orasida to‘qson dovon tori bor, Bellardan oshadi ul zamon boylar, Qalmok yurtga yetsak deya o‘y o‘ylar, Sabil bo‘lib qoldi bu o‘sgan joylar. Qaba falak boshga soldi zulm, deb, Eliboylar bundan ko‘chib boradi, Qoldi endi o‘ynab o‘sgan elim, deb. Ayroliq o‘tiga bag‘rini dog‘lab, Borayotir Qalmoq elni so‘roqlab, Eliboylar bundan turmay jo‘nadi, Necha adir, beldan oshib boradi, Kuni bilan yursa, oqshom qo‘nadi, Har kuni bir tog‘dan o‘tib boradi. Tayrilmay boshidan toji-davlati, Boylar izlagani Qalmoqning yurti, Uzoq yerda qoldi o‘sgan elati. Yana bahor bo‘lsa ochilar gullar, Qavatiga hamroh bo‘lgan qirqinlar, Elat bilan birga Barchin zulfakdor, Xafa bo‘lib borar gul yuzli dilbar, Har zamon so‘z aytib necha kanizlar, Suqsur kaniz birga bo‘lib muqarrar, Kecha-kunduz yo‘l olgandir bu boylar, Borayotgan har qaysisi turadi(r), Ko‘kqamish ko‘lidan chiqib boradi. Qalmoq yurtin izlab bular boradi, Har na qismat, yozilganin ko‘radi, Horigan yo‘llarda bular qo‘nadi, Ko‘kqamishdan keti uzilmay boradi. O‘tar dunyo o‘tarini o‘yladi, Tangqa taylab Olatovni yoyladi, Qalmoqning yurtiga talab ayladi, Yursak yetarmiz, deb boylar o‘yladi, Ko‘kqamishdan boylar chiqib jo‘nadi, Har na qismat, yozilganin ko‘radi. Qalmoq yurtga borsak deyshib boradi, Boybachchalar bedov otni minadi. Ot chopib boylar chulni ko‘radi, Moli-davlatini yo‘lga soladi, Yo‘l tortib, shu zamon chiqib jo‘nadi, Bedov mingan ot-abzalin shayladi, Cho‘ponlar qur haytlab qo‘yni haydadi. Bahorda ochilar tog‘ning lolasi, Boysaridir bu elatning to‘rasi, Uzoq yerdir bu Qalmoqning orasi, Qalmoq yurtga talab qilib jo‘nadi. Bir nechalar ko‘rib aqili shoshib, Bir nechalar yurur yo‘ldan adashib, Boybo‘riman bul Boysari o‘rlashib, Adadsiz molini haydab boradi, Fuqaroning ekinini talashib. G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor, Ko‘ch bilan birgadir bul zamon boylar, Mamlakatni bosib adadsiz qo‘ylar Yetgan joyga bul ajab talon tushdi, Bu boylar dengu-dushdan adashdi, Qalmoqning yurtini bular izlashdi, Necha dovon, baland tog‘lardan oshdi. Jafo tortib borayotir bir necha, Qalmoqni bilmaydi, tillari gachcha, Xafa bo‘lib borar Barchin oyimcha. Boysun-Qo‘ng‘irot eldan men ham ketdim, deb, Qalmoqlardan balki jafo tortdim, deb. Barchinning o‘yini bilmaydi boylar, Uzoq yerda qoldi bu mazgil-joylar, Musofir bo‘ldik deb necha o‘y o‘ylar, Dahmarda, sardorlar molini haydar. Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi, Botirni ingratar nayza yarasi, Oltoychilik yo‘ldir Qalmoq orasi, Borayotgan Boysun-Qo‘ng‘irot to‘rasi. Boshida bor edi zardan jig‘asi, Yoz bulsa yaylovi Amu yoqasi, Musofir bo‘p Qalmoq ketib boradi, O‘n ming uyli Boysun-Qo‘ng‘irot to‘rasi. Yomon bilib Boybo‘rining so‘zini, Bermas bo‘lib bunda Barchin qizini, Cho‘llarda sarg‘aytib gulday yuzini, Yosh to‘ldirib biylar jodu ko‘zini. Ayroliq o‘tiga bag‘rini dorlab, Oltoychilik yo‘lga ketdi bu boylar, Musofir bo‘p, Qalmoq yurtin so‘roqlab. Bular ham bir o‘z yurtiga to‘radi (r), Boysarining ikki jildav tupi bor, Namoyishga to‘p bo‘shatib boradi. Necha bir joylarga talonlar tushdi, Molning oldi Qalmoq yurtga yetishdi, Tuqson tog‘dan keti uzilmay mol oshdi, Molning oldi Chilbir cho‘lga yetishdi. Mol boshqarib boylar ketib boradi, Ko‘z yubortib har tarafga qaradi, Adadini kishi bilmas bu molning, Ko‘kqamishdan keti uzilmay boradi. Jafo tig‘i bugun jonidan o‘tib, O‘n ming uyli elat borar yo‘l tortib, Mamlakatni bir g‘ovur-to‘zon tutib, Borayotir uzoq yo‘lni changitib. Nechovlar bularni ko‘rib hovliqib, Bir nechalar eldan chiqib dovriqib: «Bizning elga qanday odam keldi, deb, Bul o‘lkaga bejoy talon soldi», – deb. Borayotgan shundayin boylar edi, Qalmoq yurti bundan bexabar edi, O‘n besh kunlik yo‘lda maysa bor edi, Ekinni sira ko‘rmagan boylar edi. Yartiboy oqsoqolning ikkinchi so‘zi: Ushbu damning damlarini dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema, Sen ketar bo‘lsang Qalmoq yurtiga, Bul elatni qolar deb ham g‘am yema, Qayda ko‘chsang, bizlar birga boramiz, Qayda borsang, sening bilan bo‘lamiz, Qaysi elga borsang, birga yuramiz, Jahonni sayl etib o‘ynab-kulamiz, Bolalarni jahongashta qilamiz, Qayda borsang, birga-birga boramiz, To o‘lgancha sizing bilan bo‘lamiz, Boybo‘rini bizlar nima qilamiz. Hamma ham sendayin ko‘zini yoshlab, Zakot deb chiqardi bir ishni boshlab, Qaysi elga borsang, yurgin sen boshlab, Ketarmiz Boysinni bularga tashlab, Boybo‘ribiy qolsin ko‘nglini xushlab. Ayroliq o‘tiga bag‘ri poramiz, Qayda ko‘chsang, birga-birga boramiz, Sen qanday bo‘lsang, biz ham shunday bo‘lamiz, Qalmoqborsang, yura bergin, boramiz. Xazon bo‘lib borda gullar so‘ladi, Bunda qolgan odam tayin o‘ladi, Fe’li ketib zakot deb ham turibdi, Qolganning molini tortib oladi, Bul Boybo‘ri ajab ishni qiladi, Bul elat sening bilan bo‘ladi, Qayda borsang, birga-birga boradi. Qayda borsang, birga ko‘chib boramiz, Har na qismat yozilganin ko‘ramiz, Qalmoqing yurtida birga yuramiz, G‘am yemagin birga-birga boramiz. Boybo‘rining bunda ko‘nglini xushlab, Ko‘ng‘irot yurtini o‘ziga tashlab, Ketar bo‘lsang, yura bergin yo‘l boshlab, Ko‘char bo‘lsang, ko‘cha ber ko‘nglingni xushlab. O‘n ming uyli elat birga boramiz, Sen nima bo‘lsang, biz ham shunday bo‘lamiz. Yaratgan rahmondan maqsad tilayik, Omin desa farishtayu maloyik, Qayda ko‘chsang, biz ham birga borayik, Eldan elni xo‘b bir yurib ko‘rayik, Bundan turib endi birga jo‘nayik, Qo‘ng‘irot elni Boybo‘riga berayik, Eldan elni bizlar kezib ko‘rayik, Har yurtlarda musofir bo‘p yurayik, Bizlar senga xizmatkor bo‘p turayik, Qayda borsang, birga-birga borayik, O‘n ming uyli elat birga jo‘nayik, Qo‘ng‘irotni biz bo‘shatib berayik. Oh tortib, ingranib Boysari shunqor, Boybo‘ridan ko‘ngli og‘rib odamlar, O‘n ming uyli elat senga xizmatkor, Qalmoq ketsang, birga borar bul ellar. Bundan barcha bizlar birga boramiz, Qalmoqning davrida davron suramiz, Qalmok elda jaylov olib yuramiz, Qursin Boybo‘rini nima qilamiz? Sen eshitgin Yartiboy nolishini, Yolborib xudoga soldi ishini, Ergashtirgin bundan qancha kishini, Yomon bildik Boybo‘rining ishini. Birga ko‘chsak, birga-birga boramiz, Sen qayerda bo‘lsang, shunda bo‘lamiz. Bu so‘zni eshitib, boybicha ham bir so‘z deb turgan ekan: Erisin, tog‘larning qori erisin, Yer ostida dushman tani chirisin, Iloyim Qorajon o‘g‘ling qurisin. Sen eshitgin mening aytgan so‘zimni, O‘g‘ling ololmaydi Barchin qizimni. Mening so‘zim ola berding qiyoma, Qo‘lingdan kelganin qilgin, ayama! Qorajonni menga ulgu qilasan, O‘zing ayyor, bir imonsiz, o‘lasan, Nosoqi so‘z bunda aytib turasan, Bu mazgilda, kashmir, nima qilasan?! Bu so‘zlarni aytdi unga boybicha, Quloq sop eshitib Barchin oyimcha, O‘rlashma, deb ora tushdi bir necha. Boybichaman kampir ancha o‘rlashdi, Bir-biriman tura kelib ushlashdi, Ikkovi tura kep shunday tirashdi, To‘qqiz kampir turib oraga tushdi. Alpomishning ahmoq, badbaxt, degan so‘zi Qarajonga juda o‘tib ketdi, g‘ayrati yetib, o‘tday to‘tanib ketib, badanining tuklari sovut-qalqonini teshib o‘tib, tagi o‘ziga tasalli berib, bu so‘zni aytib turibdi: «Injilma, ko‘nglim, sabr ochar, Besabrdan davlat qochar, Davlat eshigin sabr ochar, Injilma, ko‘nglim, sabr ayla. Kelma meni, mal’un, bosib, Qilma jannatni benasib. Ochilmayin guling so‘lsin, Mal’un shayton, bo‘yning sinsin, Meni buncha sherdil qilma, Do‘st bo‘lganimni ne bilsin. Kelmagin, mal’un, yanashib, Ketibman aqilim shoshib, Menman bo‘libman adashib, Bu so‘zlarga aqlim shoshib, Ketmayin daryoday toshib, Injilma, ko‘nglim, sabr ayla». O‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elidan o‘n ming uyli ekin ekmoqni bilmaydigan eliboylar ayrilib, Boysariga qo‘shildi. Bular hammasi boy, qo‘yli, tuyali, molining soni yo‘q edi; bularning ichidan moli yo‘q degan kambag‘alining qirq ming tuyasi bor, qo‘yining soni adadsiz, o‘zlari ham bilmas edi. O‘ra-o‘ra, bir qo‘ra, ikki qo‘ra, o‘n qo‘ra qo‘y, deb sanagani shul edi. Yilqi, mollarini bir uyur falon to‘qayda yuribdi, ikki uyur falon to‘qay yerda yuribdi, der edi. Sonini sanamoqni hech qaysisi bilmas edi. Bular qishdan yozga ekin ekmay, mol boylik qilar edi. Shuning bilan ovqatlarini o‘tkazar edi. Boysariboyning yilqisining soni shul edi: to‘qson to‘qay yilqisi bor edi. To‘qson to‘qay degani yilqisi har yerlarda, to‘qaylarda, tog‘larning darasida, to‘qayli yerlarda yoylab yurar edi. To‘qaylarda yilqisi yoyilib yurgani uchun Boysariboyning to‘qson to‘qay yilqisi bor, der edi. Lekin yilqisining, molining sonini hech bilmas edi. Shul o‘n ming uyli Boysin-Qo‘ng‘irot elining hammasi ham boy edi. Moli ko‘p edi. Bularning hammasi Boybo‘rining Boysariga zakot ber deganini eshitib, bu boylarga bu ish juda og‘ir keldi. «Endi Boysari ko‘chsa, biz ham ko‘chamiz», –deb hammasi cho‘ponlariga, yilqichilariga, tuyachilariga, hamma dahmardalariga ko‘chamiz, deb odam buyurdi. «Bu yerdan, bu Boysin yaylovidan, bu to‘qaylardan, bu yaylovlardan qo‘ylaringni, tuyalaringni, yilqilaringni – hammasini haydanglar. Qalmoq yurtiga, Kashal eliga qarab yo‘l, boshlab yura bersin», – deb xabar yubordi. Hammasi Boysun-Qo‘ng‘irot elini tashlab, o‘zlari Boybo‘riga berib ketmoqchi bo‘lib, hammalari maslahat qilib, Kashal eliga qarab, Qalmoq yurtiga jo‘nab ketmoqchi bo‘lib, dobirlashib, ko‘chib ketmoqchi bo‘lib, hammasi birdan – katta-kichik, yosh-qari – bari bir-biriga xabar qilib, ko‘cha ber, deb vag‘ir-shag‘ir qilib, uylarni buzib, tuyalarga ortib, ayollari ham o‘z yuki-yobini bo‘g‘ib, bo‘g‘cha-bo‘ylarini chog‘lab, tuyalarga ortib, to‘polon bo‘lib, shovqin-g‘alag‘ul bo‘lib qoldi. O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot taloto‘p bo‘lib, hamma Kashal eliga, Qalmoq yurtiga qarab, ha, deb ko‘cha berdi. Mollarni, qo‘ylarni, yilqilarni, tuyalarni – hammasini o‘z odamlariga haydattirib, jo‘natib yubora berdi. Ana shunda o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot eli Boysaribiy boshliq – hammasi yuki-yobini, tanga-tillalarini, xazina-dafinalarini ham tuyalarga yuklab, ortib jo‘nay berdi. Hammasi birdan ko‘chib, qaqqayib, o‘n ming uyli el Boybo‘ridan araz urib, Qalmoq yurtiga, Kashal eliga qarab, Boysin-Qo‘ng‘irot elini tashlab, Boysari bilan birga ko‘chib jo‘nay berdi. Ayollariga ham yaxshi otlarni olib kelib tortdi. Bu ayollar – xotinlar ham otlarni minib, chorlanib, bo‘lar ham junamoqchi bo‘lib, Barchinoyga, enasiga qarab turdi. Qorajonning enasining ko‘zi tushib, Qorajonga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Qorajonbek, bolam, bejo qilibsan, Zo‘r o‘zbakni qaydan topib kelibsan, Anglamayin, bolam, duchor bo‘libsan, Dushmanni uyinga mehmon qilibsan. Nega, bolam, bunday ishni qilasan, Odamxo‘r o‘zbakni topib kelasan, So‘ngra, bolam, ko‘p pushaymon qilasan, Bu ishingdan naf topmayin qolasan. Lodon ko‘ngling har xayolga bo‘lmagin, Bul o‘zbakka mehribonlik qilmagin, Do‘st tutib sen bul qoshida turmagin. Osha yurtdan kelgan ekan zo‘rabor, Bunday mehmon, bolam, senga ne darkor! Achchig‘lansa, bolam, seni o‘ldirar, Bu enangning nasihati shu bo‘lar, Har na desa, aytganiga ko‘ndirar. Surxayil der eshit aytgan so‘zimni, Qorajonbek, ahmoq bildim o‘zingni. Ko‘sa sinchi degan sinchisi bor edi, sinchisiga aytdi: – Tushib o‘zbakning otini ko‘r qani. Tushib Boychiborni ko‘rdi; qarichlab ko‘rdi: sag‘risining ustidan qulog‘ining o‘rtasigachayin to‘qson olti qarich chiqdi, ayil tortuvi oltmish uch qarich chiqdi. Sag‘risini silab, burnidan naycha qo‘yib, durbin bilan qarab ko‘rdikim, qo‘ltig‘ida to‘rt yarim gaz qanoti buklam-taklam bo‘lib yotir. – Qanday ekan o‘zbakning oti? – dedi. – Bu nima gap, nima uchun ko‘chib borayotibdi, menga nimaga bu otni olib keldingiz? – deb enasiga qarab, Barchinoy bir so‘z deb turibdi: Abzallab keltirding hayvon to‘ringdi, Bul ko‘chishing, ena, mening sho‘rimdi(r), Boy otamman biy boboma ne bo‘ldi? O‘yilmay kuymasin kulbai xonam, Oh urib yig‘laydi mendayin sanam, Qalmoqda qolar-da guldayin tanam. Xo‘ja kelsa chiqar murid naziri, Xotin bo‘lmasmikan erning vaziri?! Er deganning aqlin olmas bo‘lurmi, Aldab-suldab yo‘lga solmas bo‘lurmi, Boy otamman biy boboma ne bo‘ldi? Ena, eshit, mening aytgan so‘zimni, Za’faronday so‘ldirmagin yuzimni, Qalmoq borib qo‘ldan berma qizingni, Boy otamman biy boboma ne bo‘ldi? Xudoyim saqlagay bandani omon, Tushib boshimizga qayg‘uli tuman, Ot abzallab olib kelding, enajon, Yana qaytib elni ko‘rmagim gumon. Yig‘latding, enajon, menday sanamni, Kelib ko‘rolmayman maktab jo‘ramni. Bunda turmay, Qalmoq elga borarsan, Qalmoqlardan ko‘p zulmni ko‘rarsan, Borib so‘ngra ko‘p pushaymon qilarsan. Yana bahor bo‘lsa ochilar gullar, Gulni ko‘rsa, mast bo‘p sayrar bulbullar, Mungg‘ayib yig‘laydi menday gajakdor, Ko‘p jafoni solar bizga qalmoqlar. Boy otamman biy boboma ne bo‘ldi, Nasihat qilmabsan, ena, mushtipar. Ana shunda boylar ko‘chib jo‘nadi, mollari Ko‘kqamish ko‘lidan chiqib borib, to‘qson tog‘dan o‘tib, yurtu jahonni to‘zon, chang qilib, molning oldi necha kun yo‘l yurib, bul oradan olti oy o‘tib, olti oy deganda, boylar to‘qson tog‘dan mollarini o‘tkazib, Qalmoq yurtiga yetkazib, o‘zlarining bir xil boylari shul mollarning oldini olib, yo‘l boshqarib kelayotgan edi, bir vaqtida boylar Qalmoq yurtiga necha dovonlardan oshib yetib keldi, Qalmoq yurtiga, Chilbir cho‘liga yetishdi. Shu cho‘lda, Toychixon mamlakatida, Qalmoq yurtida, Toychi viloyatida, Chilbir cho‘lida, o‘n besh kunlik yo‘lida ekinning maysasi bor edi. Bul boylar yotgan eliboy, ekinni bilmaydi. Bu boylar bu ekinni ko‘rib: «Qalmoqlarning yerlari qo‘ng‘ursalqin bo‘lar ekan», – deb shu maysalarga, ekinning ustiga Turkistondan oshgan mollarni ro‘para yog‘dirib, boshqarib, ekinlarni yedirib yubora berdi. Shul vaqtda mollar bilan birga kelayotgan qora uylar Chilbir cho‘lini, Oyna ko‘lini yoqalab qo‘na berdi. Bul boylarning kelishidan Qalmoqshohi bexabar edi. – El uxlagandan keyin qil, – dedi. – Mabodo bir yerdan osholmay qolsam, egasi bilib qolsa, men kimga sig‘inaman, – dedi. Alpomish aytdi: – O‘g‘rining piri hazrati Joltong deguchi edi, hazrati Joltonga sig‘ina qolgin. Bu so‘zni eshitib, Tovka aytdi: – Otamning Alpomish degan bandisi bor emish deb eshitaman, Alpomish shu odamlarday odammi, yo bir burgutday narsami? Kayqubod aytdi: – Alpomishni ko‘rsang, sening ostingdan suving oqib ketadi. – Esa meni ergashtirib borsang, Alpomish qanday odam ekan, bir ko‘rsam, – dedi. Kayqubod aytdi: – Ergashtirib borar edim, ko‘p tayoq yeb kallam g‘uvullab qolibdi, ko‘p tayoq yeb nimkushta bo‘libman. Agar malol kelmasa, ko‘tarib keta bersang, mana shu yo‘l bilan boradi, deb ko‘rsatib keta beraman. Shohning qizi aytdi: – Agar gapirsang, g‘ijinim keladi. Bu so‘zni eshitib, Alpomish ham bir so‘z aytib turgan ekan: Menday beklar elda yurgan turami, So‘radim ko‘nglingga bir gap kelami, Hech zamonda beega mol bo‘lami? Sen eshitgan mening aytgan tilimni, Sen ko‘ribsan cho‘lda bunday zulmni, Hech zamonda beega mol bo‘lami? Savobi egasi bordir molingni. Bu so‘zlarni aytdim, yosh o‘g‘lon, ag‘an, Egam bo‘lsin har g‘aribga mehribon, Savobi egasin bildir bu zamon. Ayroliq o‘tiga bag‘ri poraman, Yo‘llarni, ko‘llarni kezib ko‘raman, Yangi kelib senga duchor bo‘laman, Savobi egasin so‘rab turaman. Xazon bo‘lmay bog‘ning guli so‘lmaydi, So‘lgan gulga sira bulbul qo‘nmaydi, Hech zamonda beega mol bo‘lmaydi, Bu yo‘lovchi aniqlamay qo‘ymaydi. Men ham qolmay o‘tay yurgan yo‘limdan, Ne so‘z kelsa qaytarmagin tilingdan, Menga xabar bergin siru holingdan. Ana endi Barchinoyning enasi Barchinoydan bu so‘zni eshitib, Barchinoyga tasalli berib, Barchinoyga qarab, nasihat berib, bir so‘z dedi: Na sababdan, bolam, ko‘ngling bo‘lasan, Jahonni sayl etib o‘ynab-kulasan, Yaxshi, yomon elni yurib ko‘rasan, Axir bir kun Boysin elga kelasan, Maktab jo‘rang bilan o‘ynab-kulasan. Ko‘p yashagin, ko‘p yilgacha o‘lmagin, Lodon ko‘ngling har xayolga bo‘lmagin, Mungg‘ayib enangni xafa qilmagin. Avvalo ollo, duyum nabi bo‘lsa yor, Ko‘nglingni bo‘lmagin, bolam, mushtipar, Haddi bormi zulm qilib qalmoqlar, Mungg‘ayib yig‘lama, bolam, gajakdor. Jonim bolam, eshit aytgan dotimdi, Sen kelib ko‘rarsan o‘sgan yurtingdi. Elat bilan birga-birga borasan, Necha vaqtlar qalmok elda yurasan, Axir bir kun yana qaytib kelasan, Xafa bo‘lib, bolam, ko‘ngling bo‘lasan. Bolam, eshit mening aytgan so‘zimdi, Xafa qildim, bolam, senday qizimdi, Otlantiray senday sarvinozimdi, Elat bilan birga yurmok lozimdi(r). Mungg‘ayib yig‘laydi senday zulfakdor, Bir nechalar o‘z holidan bexabar, O‘ynatib mingsang-chi, bundayin tulpor, Senga hamroh o‘n ming uyli elat bor. Bu elatda bordir qancha sanamlar, Senga hamroh bo‘lib ketar ko‘p qizlar, Ko‘nglingni bo‘lmagin, gul yuzli dilbar, Otlangin sen, jonim bolam, gajakdor. Ko‘p xafa qildim senday bolamni, Obod qilib yurgin kulbaxonamni, Diqqat qilma, bolam, menday enangni. Bolam, sening bilmaganing bildiray, Xol bo‘lsin deb oq yuzingni tildiray, Har na desam, aytganima ko‘ndiray, Kelgin, bolam, bul yo‘rg‘aga mindiray, Bolam, seni shodu xurram kuldiray. Kokillaring eshilgandir tol-tol, Har toliga bersa yetmas dunyo mol, Magar dushman kelsa bo‘lg‘ay-da poymol, Bu so‘zlarga, jonim bolam, quloq sol. Sening ko‘nglingdagin otang bilmadi, Ko‘p gapirdim otang qabul qilmadi, Jonim bolam, otlanmasang bo‘lmadi, O‘n ming uyli elat ko‘chib boradi, O‘n ming uydan hech qaysisi qolmadi. Elat bilan bolam, birga borasan, Taqdiringda nima borin ko‘rasan, O‘lmasang, bir kuni qaytib kelasan, Qo‘ng‘irot elda o‘ynab davron surasan. Oh urib to‘karsan ko‘zdan yoshingni, Kelib ko‘rarsan-da dengi-dushingni, Qo‘ng‘irot elda qolgan qarindoshingni, Bir kun kelib qilarsan o‘tirishingni. Uchqur kabi qanotingdan qayrilib, Yugruk eding, tuyog‘ingdan tayrilib, O‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot eldan ayrilib, Sen borarsan Qalmok elga yo‘l yurib, Necha kun tuz nasib qalmoqda ko‘rib, Axir bir kun yana Boysinga kelib, O‘z elingda chalqib davronni surib. Sen bir go‘rga o‘xshaysan, sening o‘xshaganing bilan qachon ishim bor, senday necha odamlar Alpomish kelayotir, suyunchi ber, deb necha sarkalarimni aldab yeb ketgan. Alpomish deb borsak, Qultoy ahmoq bo‘p bizga bir nima beradi, aldab bir sarkasini olamiz, deb kepsan, – dedi. Bu so‘zni eshitib: – Xayr bobo, meni tanimadingiz. Alpomishning nima belgisi bor edi? – dedi. Tovoqda bor nimarsalarning barini yeb, qurutib, dastarxon, tovoq qoldi. Podachining qilgan tezagidan olib kelib, o‘zlarinikiday qilib tovoqqa solib, ko‘piga ko‘p, oziga oz o‘rab, qadim orqasiga solganda qanday bo‘lsa, shunday qilib, barini qatorlashtirib, o‘zi ketdi jo‘nab. «Qultoy»: Andiringdan, yengajon, mandiringdan, yor-yor, Qo‘lcha yopib non yegan tandiringdan, yor-yor, Duppa-durust odamni ko‘pak deysan, yor-yor, Ko‘pak itlar tortsin–-a, chandiringdan, yor-yor, Oq changalning tubiga siyib kelsang, yor-yor, Oq changalning putog‘i qichuvini qondirama, yor-yor. «Qultoy»: Men ham aytar so‘zimni bilib so‘ylab, yor-yor, Gunohkorman tilimni tortib so‘ylab, yor-yor, Qultoyqulga, yengajon, tegib qo‘yma, yor-yor, Men so‘rayin ko‘nglingdi, tobing bormi, yor-yor. Kampirdan bu so‘zni eshitib, boybicha ham bir so‘z deb turgan ekan: Qozonda qaynagan shirboz go‘sh emas, To‘rda o‘tirgan qizning boshi bo‘sh emas. Qizim domot bobosining uliga, Mol bergani Boysin-Qo‘ng‘irot elida. Xabar borsa, bek Alpomish kelmaymi, Kelsa Qorajonday o‘g‘ling o‘lmaymi, Qurg‘ur kampir, tek o‘tirsang bo‘lmaymi?! Har kim o‘z elida bekmi, to‘rami, Qarchig‘ay qarg‘aga yemtik berami, Qaysar kelsa, alplar omon qolami?! Bir kuni bu yerdan xabar bormaymi, Bo‘lgan gapni Qo‘ng‘irot elda bilmaymi, Oltoychilik yo‘ldan shunqor kelmaymi, Qalmoqning eliga qirg‘in solmaymi, Qurg‘ur kampir, tek o‘tirsang bo‘lmaymi?! Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘libdi, Oblo sening aqli-hushing olibdi, Xayolingga shunday so‘zlar kelibdi, Qalmoqlardan bilsang Hakim g‘olibdi(r). Hakimbek kirgandir o‘n to‘rt yoshiga, Qalmoqtob bermaydi bul savashiga, Chiday olmas Hakimbekning ishiga, Bir baloni sotib olma boshinga. Oti Hakim, bilsang o‘zi zo‘rabor, Dushman chiqib bo‘lolmaydi barobar, Qorajon o‘g‘lingni sening o‘ldirar, Bu so‘zlarni aytib senga nima bor, O‘z yo‘lingga yursang bo‘ymi(bo‘lmaydimi.) mushtipar?! Obod bo‘lar, bilsang, Boysinning yurti, Uchar qushdan o‘tar bul mingan oti, Mingni chopar qo‘lda keskir po‘lati, Ko‘rsa dushmanlarning qolmas toqati, Asli o‘zi Qo‘ng‘irot elning bekzodi, Shul qizimning bul atashgan domoti, Shul bo‘ladi bir yurtning vallamati. Sendan zulm ko‘rsak, bunda kelmaymi, Dushmanlarga bir qiyomat qilmaymi, Ish ko‘rsatib, kelib yorin olmaymi, O‘z yurtiga borib davron surmaymi, Mastonmisan, jo‘n o‘tirsang bo‘lmaymi?! Bu so‘zni eshitib, kampir ham boybichaga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Mehmon bo‘ldim sendayg‘achoq nosoqqa, Put ko‘tarding islomdagi... Oltoychilik yo‘ldan kuyov bo‘lami, Shundan kelib sening qizing olami, Kelsa bul alplardan omon qolami?! Boybicha, bilmading aytar so‘zingdi, Termiltmagin bunda ikki ko‘zingdi, Tortinmay bera ber Barchin qizingdi, Barchin qizing Qorajonga lozimdi(r), Hazil bilma mening aytgan so‘zimdi. Qorajonni kuyov qilib olsana, Muna elga erkin bo‘lib yursana, Holing bilib yaxshi so‘zlab ko‘rsana, Qorajonni o‘zingniki qilsana, O‘ylanmay biz bilan quda bo‘lsana, Yaxshi so‘zman Qorajonga bersana. Bermasang, enasi aytib bormaymi, Aytgan so‘zing ul Qorajon bilmaymi, Gapingni ko‘ngliga og‘ir olmaymi, Achchig‘lanib ot o‘ynatib yurmaymi, Mahramiman kelib qizing ko‘rmaymi, Siyosatman kelib tortib olmaymi, Undan keyin yuzing tuman bo‘lmaymi, Tortib olmoq ul qo‘lidan kelmaymi?! Ustida turgan devonbeklar buni ko‘rib: – «Qultoy» qurg‘ur qo‘yda yurib qoyim aytmoqni mashq qilgan ekan, bekning enasini beobro‘ qilib, yengib, bosmalata berdi. Qanday bo‘lsa, bekning enasi beobro‘ bo‘lmasin, yosh bola-da, yengilsa ham bilinmaydi, Barchin bilan aytishtirsak, qanday bo‘lar ekan? Mabodo Ultonbekning ko‘ngliga gap kelib yurmasa? – dedi: Bir nechasi aytdi: –Borib oldidan o‘tib kelsak, qanday bo‘lar ekan? Barchin: Muna elda davlatli deb suyamanmi, yor-yor, Tegmak tuva izuviga siyamanmi, yor-yor, Fig‘on qilib qamli qullar ko‘p qaqshaydi, yor-yor, O‘lan aytgan, Yodgorjon, kimga o‘xshaydi, yor-yor. Bobosining oldiga borar bo‘lur, yor-yor, Bobosiga qing‘irlik qilar bo‘lur, yor-yor, Tumog‘ini boshidan olar bo‘lur, yor-yor. «Qultoy»: Bizdan qolgan qo‘zilar Qo‘y bo‘libdi, yor-yor, Bunda qolgan Barchinoy Bo‘y bo‘libdi, yor-yor, Bo‘y qiz bo‘lib juda ham To‘y bo‘libdi, yor-yor, Bizdan qolgan qulunlar Ot bo‘libdi, yor-yor, Bizdan qolgan Barchinoy Yot bo‘libdi, yor-yor. Kampirlar bularni ayirib qo‘ydi. Mehmonlar o‘tirdi. Mehmonlarni bular o‘tqizib, qo‘lini yuvdirib, dastarxon soldi. Uch tovoqqa oshni so‘zib, op kep mehmonlarning oldiga qo‘ydi. Bir tovoq to‘rtovara bo‘p qoldi. Bog‘ona Qorajonning enasi zehni koyigan, ikki guruch olib og‘ziga soldi. Bu yoqdagi kampirlar agar uch guruch olib og‘ziga solsa, haddi yo‘q, boshini kesadi. Qorajonning enasidan qo‘rqqanidan bular ham ikki guruchdan olib og‘ziga soldi. Uch tovoq oshdan yigirma guruch kamib qoldi. Bo‘ldik, deb uzata berdi. Tovoqni berib, fotihani yuziga tortdi, mehmonlarni jo‘natdi. Qorajonning enasi qaramay ilgarida qichab ketdi. To‘qqiz kampir qorama-qora, bular ham ketib borayapti, o‘zavonida to‘ng‘illashib ketib borayapti: «Alla nima yeydigan osh bo‘lgan ekan. Xudo olgur, o‘g‘lingni uylantirmay o‘lgur, oshni yegandan keyin ham urush qilmadi. Xo‘p ko‘rganli, boylar ekan. Bul bo‘lmay, o‘zimiz qidirib kelsak ham shulla qip siylar ekan, esiz osh qoldi, xudoy olgur oshning ustida ko‘ngli qoralik qildi. Unga bildirmay, tag‘i bir qidirib kelamiz-da», – deb borayapti. Qorajonning enasi ilgarida ketdi. Qorajon yo‘lga qarab yotibdi. Qarasa, enasi kelayapti, enasini ko‘rib Qorajon: – Qalay, qalay, ena? Bo‘ri bo‘p kelayapsanmi, tulki bo‘p kelayapsanmi? – dedi. Enasi aytdi: – Bolam, men borgan yerdan ham tulki bo‘lamanmi, bo‘ri bo‘p kelayotibman, seni uylantirib, bu ko‘ylaklarni quda-andalikka kiyib kelayotibman. Qorajon aytdi: «Enam bizni ko‘rganli yerdan uylantiribdi. Enamning bosh-oyoq sarpoyini qilib yuboribdi». – Ena, bo‘ri bo‘lganingdan gapir, – deb turibdi. Qilgan ishidan bildirib, kampir Qorajonga qarab, bir so‘z deyapti: Quloq solgin menday enang tiliga, Oraladim musofir mazgiliga, Mehmon bo‘ldim Boysariboy uyiga. Nazar qilib mazgiliga qaradim, Kelin qilayin deb avval so‘radim. Boysarining yaxshi qizi bor ekan, Oti Barchin, o‘zi zulfakdor ekan, Bir necha ko‘rmakka intizor ekan, Atlas ko‘ylak xo‘b bir yengi tor ekan, Qirqin qizlar unga xizmatkor ekan. O‘n to‘rt yashar ekan, ayni kamoli, Boshida pirpirlar lovdon ro‘moli, Oydayin barq urar aning jamoli, Odamni balqitar tegsa shamoli, Boysarining shunday qizi bor ekan. Boybichani ko‘p ag‘darib so‘radim, Boshi bo‘sh ekanin toza sinadim, Senga atashtirib ro‘mol o‘radim, Shu bugun qaliqqa borgin, Qorajon. O‘zbakning rasimi shunday bo‘ladi, Atashtirgan kuni kuyov boradi. Shu bugun uyalib, bolam, bormasang, Ertan sening vajing o‘tmay qoladi, O‘zbak qizi tayin aynib qoladi, Rasimini menga aytib beradi, Bolam, senga enang xabar qiladi. Kechga qolma, jonim bolam, erta bor, Suqsuroy degan bir sening yangang bor, Kuyov kelsa, bo‘larmiz deb xabardor, Juda ham tayinlab qoldi ko‘p qizlar, Qanday bo‘lsa, jonim bolam, erta bor. Oti Barchin ekan, o‘zi gajakdor, O‘ynab-kulib tarqar ko‘nglingdan g‘ubor, Baxmal uyda senga qarar sanamlar, O‘zbak qizlar bari bular xizmatkor, Mahramingni olib bolam birga bor, Kechga qolma, nima bo‘lsa, erta bor. Enangning so‘zini hazil bilmagin, Sen panalab qorong‘ida yurmagin, Kuyovman deb sen uyalib turmagin. Baxmal uy belgili, bolam, tikka bor, Oting ushlab bari bo‘lar xabardor Qo‘ng‘irot qizining bari yig‘ilar, Hammasi ham xotiningga xizmatkor, Bolam, sening yoring bir mohi dilbar, Jamollari aning oyga barobar, Qanday bo‘lsa, kechga qolmay, erta bor. Bu so‘zni enasi aytdi, enasidan Qorajon eshitdi, Qorajon turib aytdi: –Ena, sening bu gaping qanday bo‘p ketdi, nahoyati bir ro‘mol o‘ratib kelgansan, uning keyinidan biz zingkiyib qalliqqa borganimiz ayb bo‘lmaymi, yurt kulmaymi bul qilgan ishingga? Enasi turib aytdi: – O‘zbaklarning o‘zining rasmi ekan, rasmi-ka’dasini o‘zlari bildirdi. Atashtirgan kuni kuyov boradi ekan. Agar mol berganim yo‘q deb shul kuni o‘ylanib bormay qolsa, qizini aynib oladi ekan, uyalgan odam xotindan quruq qoladi ekan. Ularning zangi-rasmi shunday bo‘ladi ekan. Qanday bo‘lsa, kechga qolmay, ertaroq, bor, – deb enasi o‘tib ketdi. Qorajon mahramlariga aytdi: – Bir nechang jahonni sayl etib yurgan, bir nechang ro‘zg‘or ko‘rgan, bir nechang jahongashta ham bo‘lgan, biz o‘zbakka kuyov bo‘ldik, o‘zbaki rasm qilib borayik, o‘zbakning kuyovi ne tartib bo‘ladi ekan, hech qaysing ko‘ribmiding? Mahramlar aytdi: – Hayit-arafada o‘zbakning kuyovini ko‘rar edik. Shiydam bo‘lib yurar edi. Salla o‘rab, kiyinib turar edi. Xotinlar kuyov, deb bir nimasini olar edi, haytovur o‘zbakning kuyovi shunday bo‘lar edi. Bu so‘zni eshitib, Qorajon: – Esa o‘zbaki rasm qilayik, – deb telpakni tashlab, yangi liboslar kiyib, boshiga salla o‘rab, chotayotir, sira shiydam bo‘lmaydi, g‘arpayib ketayotir, sira o‘zbak xohlaydigan bo‘lmayotir. Burun-so‘ng salla o‘ragani yo‘q, shiydamlab o‘ramoqqa o‘ng‘ayi kelmayotir. Qorajon aytdi: – Biz o‘zbak xohlaydigan bo‘lmadik. Mahramlar: – Sizni o‘zimiz sozlaymiz, – deb to‘qson botmon temirdan sovut kiygan alp Qorajonni mahramlar otga mindirib, o‘n to‘rt otning yakka jilovini olib, tip-tikka qilib zingkiytib, chorib tashladi: – Ana endi o‘zbak xohlaydigan shiydam bo‘ldingiz, – dedi. Samarqandning minoriday zingkiyib, buti selanglab, otning ostiga aymashib, o‘n uch mahramini birga olib, Qorajonning qalliqqa jo‘nab borayotgan yeri: Qorajon bek yo‘lga kirdi, Mahramlarin birga oldi, Chilbir cho‘liga yo‘l yurdi. Bilgan enasin so‘zini, Ko‘rmakchin sarvinozini, Olmakchin biyning qizini. Boradi shunday zo‘rabor, Ostida pishqirib tulpor, Mahramlar bo‘lib xizmatkor, Bundan bexabar o‘zbaklar, Enasidan bilib shunqor, Borib ko‘rsam deydi dilbar, Bundan bexabar ko‘p qizlar, Oyna ko‘lni yoqaladi Qorajon bekday aydahor. Sira ko‘rgan yo‘qdir munday, Bu qanday yurgan zurabor, Hayron qoldi o‘zbak ellar. Bedov otga qamchi chotdi, Uylariga burilmay o‘tdi, Ko‘p elni oralab ketdi, Boysarining mazgiliga Qorajon yaqinlab yetdi, Hali kuyov borayapti, Boysarining o‘yin ko‘rib, Har yoqqa tengsalib o‘tdi. Tomoshaga elu halqni qaratdi, Enasin so‘ziga ahmoq bo‘libdi, Boysarining mazgiliga boribdi, Hech kim xabar olmas buning holidan, O‘z sha’niga kuyov bo‘lib yuribdi. Kiygani gulgun qirmizi, Qaramaydi ko‘p kanizi, Bexabar o‘zbakning qizi, Uylandim deb halak bo‘lgan, Sarson Qorajonning o‘zi. Bunda o‘ynab-kularman, deb, O‘zbak qizin olarman, deb, Kelib edi halak bo‘lib, Suluv qiz-da, ko‘rarman, deb. Ul enasi ahmoq qilgan, Chandib o‘zni bog‘lab olgan, Juda shiydam bo‘larman, deb Dami qaytib bunda kelgan. Yuribdi Qorajon polvon, Qizlar ko‘rib alvon-alvon, Har yoqdan yig‘ilib kelgan: «Bunday yurgan qanday polvon, O‘zin boylab ahmoq qilgan, Bilmaymiz ne ishda yurgan». Qorajonbek otin burar, Uyni aylanib ko‘p yurar, «Yangamiz topmadi xabar, Agar bilsa chopib kelar, Otni ushlab xizmat qilar, Biy qiziga olib borar». Bu so‘zni Ko‘kaman alp eshitib, hech kimdan bunday katta gap eshitgan yo‘q edi, otning boshini burib, yo‘lga kirib, achchig‘iga chiday olmay, otning ustida ayiqday chinqirib ketib borayotir. Borib, alplarning ichida, Kashal g‘orida ko‘zini yoshlab, o‘zini otdan tashlab, otasiga qingg‘irlik(qiyiqlik) qilgan boladay, oyog‘ini tipirchilatib, yig‘lay berdi. Buni ko‘rib, Ko‘kaldosh akasi: – Mening esonligimda senga kimdan taaddi o‘tdi. Agar podshoman, deb Qalmoqshoh taaddi qilsa, ot ustidan borib, shohning qizini senga olib berayin, – deb ko‘nglini so‘rab, bir so‘z aytib turgan ekan: O‘, kimdan taaddi o‘tdi, Ko‘kaman, Yolg‘on aytma, rostin aytgin Ko‘kaman, Yolg‘on aytsang… «Qultoy»: Xatning boshi alif bilan be bo‘ladi, yor-yor, Ol deganda bolangni sen olmaysan, yor-yor, Shu tuhmati bo‘lmayin ne bo‘ladi, yor-yor. «Yangamiz ko‘rmay qoldi. Mazmuni qizlar bexabar bo‘ldi», – deb ko‘p aylanib yurdi. «Ana, bir qalmoq o‘zini chorib boylab yuribdi-yu», deb kuldi. Qorajon ko‘p halak bo‘ldi. Anaday pasqam yerga borib, otdan tushib, mahramlarga aytdi: – Meni chechib qo‘yinglar, juda damim qaytib ketdi. Enasi tushkur bizni aldab ketgan ekan. Otlanib Kashal g‘orga qarab ketdi. Alplarning qoshiga yetdi. Alplarning ichiga borib, otdan tushib turibdi. Alplarning zo‘ri, to‘qson alpning zo‘ri Ko‘kaldosh polvon: – Qorajon, sen qayoqdan kelding? – dedi. Qorajon aytdi: –Biz o‘zbakning qizidan, qallik o‘ynab kelayotirmiz. Ko‘kaldosh alp turib aytdi: – Juvormak, o‘larmisan, bir balo qilarmisan, akangning ko‘zi tirik turganda chechangga qanday qalliqqa borasan?! Qo‘shquloq degan alp turib aytdi: – Biz qalinidan qutulib ko‘ygan qizga turtinib borib nima qilasan, bekor ahmoq bo‘lasan, og‘aynini bilmay, tiyina bersang, juvormak o‘lasan, ahmoq bo‘p nimaga borasan?! Bu so‘zni aytib, alplar o‘tirib, aroq-sharob ichib o‘tirish qildi. Fayzi sahar vaqtida aroqqa shag‘almast bo‘lib, (Ko‘kaman alp) Ko‘kdo‘nonni minib, bir o‘zi ayrilib, ko‘lga ovga chiqib ketdi. Ko‘lda yurib choshkada ovdan qaytdi. Ko‘lni yoqalab kelayapti. Barchin Suqsuroy degan kanizi bilan qurut yoyadigan so‘rining ostida o‘tirib edi. Barchin shunday qaradi: ko‘rdi, Ko‘kdo‘nonni o‘ynatib, bir Qalmoqkelayotir. Samarqandning minoriday zingkiyib, buti aymashib ketgan zo‘r qalmoq. Barchin: – Haddili zo‘r qalmoq ekan, bizni ko‘rib, aylanishib yurmasin, – deb o‘rnidan turib, xirom bo‘lib, uyiga kirib borayotib edi. Ko‘kaman alpning o‘zi Barchinning sag‘risiga tushib qoldi. Ko‘kaman alp otning. jilovini tortdi, o‘z ko‘nglida bu so‘zni o‘ylab borayapti: «Bular yotgan eliboy, bu qizlarga burilib borayin, bulardan borib qimiz so‘rayin. Qimiz bersa, shu qizning birovini olaman, suv bersa, quruq qolaman, peshonamni shu yerdan sinab ko‘raman, qanday bo‘lsa, bir yoqli bo‘laman», – deb burilib borib, qizlarga qarab, qimiz so‘rab turgan yeri ekan: Ustingga kiyganing gulgun qirmizi, Aqlimni oladi jodugar ko‘zi, Ko‘p bo‘ladi eliboyning qimizi, Bor bo‘lsa, yo‘q dema, o‘zbakning qizi. Yana bahor bo‘lsa ochilar gullar, Gulni ko‘rsa mast bo‘p sayrar bulbullar, Maloyik suvratli, gul yuzli dilbar, Qimiz so‘rab menday polvon intizor, Albatta yo‘q dema, turgan sanamlar, Davlatimdan sholi-sholdam o‘rayman, Gul tarzim sarg‘ayib senga qarayman, Bor bo‘lsa, yo‘q dema, o‘zbakning qizi, Bir kosa qimizni sendan so‘rayman. Shovqimga irg‘iydi arabi tulpor, Qimiz so‘rdim, yuragimda dardim bor, Qimiz dori dedi menga tabiblar, Albatta yo‘q dema, qaddingdan dilbar. Qimiz so‘rab mahtal bo‘ldi zo‘rabor, Eliboyda qimiz degan ko‘p bo‘lar, Albatta yo‘q dema, turgan mushtipar. Ko‘kaman der Kashal g‘ordan kelaman, Ko‘llarni sayr etib bunda yuraman, Yoqalagan eliboyni ko‘raman, Eliboyda qimiz bor deb bilaman, Sizlarga aylanib bunda kelaman, Qimiz deyman, mahtal bo‘lib turaman. Ustingga kiyganing yashilman ko‘kdi(r), Dardimning dorisi qimiz bo‘libdi, Ul sababdan mahtal bo‘lib turibdi, Hayallatmay junat mendayin bekdi, So‘raganda qimiz bermay ne bo‘pti?! Sendayin oyimni yaxshi ko‘raman, Ko‘nglim tortib qimiz so‘rab kelaman, Qimiz bersang, juda duo qilaman. Dardmanman, dardimdan forig‘ bo‘laman, Qimiz so‘rab ko‘p aylanib turaman. Barchin: Kecha-kunduz men tortdim ohu voydi, yor-yor, Yod etaman, yig‘layman bir xudoydi, yor-yor, Sag‘ir degan shundayin zig‘ir moydi(r), yor-yor, Bir soatda bul ham bezor bo‘lg‘aydi, yor-yor. «Qultoy»: Oy Barchinim, yor-yor, Gul Barchinim, yor-yor, Aqling bo‘lsa, o‘yla-da, Bil Barchinim, yor-yor, Ultontozga tekkancha, O‘l Barchinim, yor-yor. Barchin: Uy demayin qaynag‘a, Buy deysana, yor-yor, Bulbul qo‘nar to‘qayning Jiydasina, yor-yor, Ultontozga tekkancha, Qora yerga tey deysana, yor-yor. Bu so‘zni eshitib, Barchin ham Ko‘kamanga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Maydon bo‘lmay, bedov otlar chopilmas, Ko‘p chopilsa, xasa tulpor sobilmas, Ketgin, qalmoq, mundan qimiz topilmas. Har kim o‘z elinda bekmi, to‘rami, Sumbulaning yarmi o‘tib boradi, Ahmoq qalmoq, endi qimiz bo‘lami?! Qalmoq, eshit endi so‘ylagan tilni, Egam onsot qilgay bunda mushkulni, Bilsang, otam ko‘yabergan qulunni. Dardli qul dardimni kimga yorayin, Qimiz so‘rab men ham qayda borayin, Yo‘q qimizni qaydan topib berayin?! Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘lmasa, Egam mening aqli-hushim olmasa, Senga beray desam qimiz bo‘lmasa, Ketgin, qalmoq, qaydin topib berayin. Qimiz so‘rab ko‘p hayallab turasan, Bo‘lak yerdan so‘ra, nima qilasan, Necha so‘zni menga lopi urasan, Ketgin, qalmoq bekor halok bo‘lasan, Otam davlatida o‘ynab-kulaman, Yolg‘onchi dunyoda davron suraman, So‘zingga qaytarib javob beraman, Yo‘q qimizni qaydan topib beraman?! Ko‘p aynalib endi bunda turmagin, Qimiz yo‘qdir, o‘zingni halak qilmagin. Bu so‘zni eshitib, Ko‘kaman ham bir so‘z deb turgan ekan: Maydonda minardim bul to‘bichoqti, Xafa qilma, oyim, menday g‘o‘chchoqti, Chayib bergin saba bilan ko‘nakti. Qimiz so‘rab keldim mendayin nomdor, Qimiz dori degan necha takkonlar, Chayib bergin saba bilan ko‘nakni, Yaxshilikman aytgan so‘zim shul bo‘lar. Sen ham bir-birovning ko‘rar ko‘zisan, Balki shirin tilda so‘ylar so‘zisan, Men bilaman Boysarining qizisan, Qimiz bermay, ko‘nglim naza qilasan, So‘z eshitgin mening aytgan tilimdan, Achchiqlansam har ish kelar qo‘limdan, Musofir bo‘p kelding Boysin elingdan, Chiqib endi qimiz bergin qaddingdan, Vaqti xo‘sh bo‘p ketsin Ko‘kaman polvon. Menday mard qolmasin kelgan yo‘lidan, Qimiz ichib ketsin qizning qo‘lidan. O‘zbakning qizisan, turgan gajakdor, Qimiz uchun ko‘p bo‘lganman intizor, Qimiz bersang, mening ko‘nglim topilar, Berag‘oysang, oyim, bizga ne bo‘lar, Ko‘nglingga og‘ir olma sendayin dilbar, Senga aytgan gapning salti shu bo‘lar, Yo‘q demagin, sendan qimiz topilar. Qalmoqelda men belgili to‘raman, Dushman ko‘rsam sho‘r ish – g‘avg‘o solaman, G‘animlarning ko‘rsam boshin olaman. To‘qson alpning men ham biri bo‘laman, Dardim bor-da, qimiz so‘rab kelaman. Mendayin shunqorni xafa qilasan, Qanday bo‘lsa sen ko‘nglingni bo‘lasan, Ketmayman, bir kosa qimiz berasan! Bu so‘zni Ko‘kaman alpdan eshitib, Barchin kaniziga aytdi: – Bu qimizni bizdan irim bilan so‘rayapti. Bir jom suv bergin, bizdan suvday sovib ketsin, umidini uzib ketsin. Bu so‘zni eshitib, kanizi o‘rnidan turib, jomni olib, tiniq suvni solib, Ko‘kaman alpga uzatdi. Ko‘kaman alp kosani ko‘rib, qimizmi, deb qaradi, suv ekanini bilib, o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, achchig‘i kelib, kanizning bilagiga qamchi bilan soldi. Jom jingirlab yerga tushib qoldi. Suqsur kaniz Ko‘kaman alpdan bu zulmni ko‘rdi. Ko‘ngli buzilib, o‘z holiga bir so‘z deb turgan ekan: Erisin, tog‘larning qori erisin, Yer ostida dushman tani chirisin, Iloyim musofir yurti qurisin. Quloq solmas mening aytgan tilima, Achchiq qamchi urdi badbaxt qo‘lima, Mushtiparman, qaramadi holima, Musofirmiz qalmoqlarning elida, Eldan ko‘chib bizlar bunda kelganmiz, Qalmoqlardan ko‘p taaddi ko‘rganmiz, Xudo kilganiga rozi bo‘lganmiz, Qamchi o‘tib qonlar yig‘lab qolganmiz, Mung‘ayib yig‘laydi menday mushtipar, Bu yurtlarda balki bizlar xoru zor, Achchiq qamchi meni urdi qalmoqlar. Qutilmadik bunday qayg‘u zulmdan, Mushtiparman, ne ish kelsin qo‘limdan, Bir gap bilan chiqib o‘sgan elimdan, Quloq solmas hech kim aytgan dodima, Qalmoqlar qamchisi tegdi etima, Ko‘nglim bo‘lib bunda yig‘lab turaman, Yig‘laganman nima iloj qilaman, Har gap bo‘lsa, taqdirimdan ko‘raman, Mungluqman-da, nima iloj qilaman. Kanizdan bu so‘zni eshitib, Ko‘kaman bir so‘z deb turgan ekan: Arzim eshit o‘zbak qizi, Aqlimdolar jodu ko‘zi. Men seni olarim bordir, Sening Boysari otangni Bul dorga ilarim bordir, Sening ham tuqqan enangning Boshini yularim bordir, To‘qson alpni quda qilib, Ergashtib kelarim bordir. Men seni zo‘rlikman olarim bordir, Do‘lanib qo‘yningta kirarim bordir, Novvosday bo‘p seni surarim bordir. Bilgin, Ko‘kamanning ko‘ngli qabardi. Agar bilsang, alplar xabar topadi, Ot o‘ynatib, bari yig‘ilib keladi, Qora kunni o‘zbaklarga soladi, O‘zbakning qo‘lidan nima keladi?! Zo‘rlik bilan seni tortib oladi, Seni olib tayin menga beradi, Alp Ko‘kaman bilganiday qiladi, Undan keyin holing qanday bo‘ladi?! Ko‘kamanday alpning ko‘nglin bo‘lasan, Surxayil enamga kelin bo‘lasan, Mazgilimda chalqib davron surasan, Shunda mening zo‘rligimni bilasan, Qalmoqelda xo‘p bir o‘ynab-kulasan, Bizning bilan endi birga borasan. Achchiqlansam otga qamchi chotarman, Qilichimga qirmizi qon qotarman, Eliboyning barin izillatarman, Zo‘rlik bilan seni olib ketarman. O‘ynab-kulib borib birga yotarman. Bu so‘zni eshitib, Barchin bul Ko‘kaman alpga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Har so‘zimni ola berding qiyoma, Qo‘lingdan kelganin qilgin, ayama. Meni olmoqqa hadding bormi, almoqlar, O‘z yulingga bora bergin, badbaxtlar. Oti Alpomish yorim bordir, Chakasda shunqorim bordir, Elda zo‘raborim bordir, Qatordagi norim bordir. Chilla kirganda mast bo‘lgan, Xatapga boshini urgan, Ne zo‘rlarning dodin bergan, Qo‘ng‘irotda qaysarim bordir. Xabar borsa, bek Alpomish kelmaymi, Xonim kelsa, senday Qalmoqo‘lmaymi, Holing bilib to‘g‘ri yursang bo‘lmaymi?! Kelsa kelar Qo‘ng‘irot eldan Alpomish, Kelmasa, men taqdirimdan ko‘rarman, Erkak libosini o‘zim kiyarman, Bor kuchimni bilagima jiyarman, Qirq mingini bir deb sanab qirarman. Meni olmoq hadding bormi, badbaxtlar! Barchin suluv deydi mening o‘zimdi, Lof urgan qalmoqqa o‘lim lozimdi(r). Qilarman, qalmoqlar, sening ishingni, Mungluq dema, men kesarman boshingni, Sulatay, dushmanlar, gavda-loshingni, Qilolmay qolarsan bunda ishingni. Bul ohimni bir olloga yetkarib, Bunday kunda hojatimni bitkarib, Bora bergin o‘z yo‘lingga, qalmoqlar, Men olarman o‘z boshimni qutqarib. O‘zbakning qizi deb bunda turmagin, Ketgin, badbaxt, kelgan yo‘ldan qolmagin, Achchiqlandim, armon bilan o‘lmagin, Ketgin, badbaxt, bunda hayal qilmagin. O‘tirik so‘z so‘ylamagin bul zamon. Achchiq bilan men otimni minarman, Nor kesar olmosni belga bo‘g‘arman, G‘ayrat bilan Qalmoqshohga borarman, Podshohman deb shohing qilsa taaddi, Qalmoqshohning tandan boshin yularman, Zo‘rligimni borib ma’lum qilarman. Shohning qizin senga olib berarman, Shohning Tovka qizin olib berarman, Kim taaddi qilsa, turmay borarman, Unday zo‘rni bilganimday qilarman. Yolg‘on aytmay, rostin aytgin bo‘l zamon, Taaddi qilganga bermasman omon, Borib solay unga qorong‘i tuman, Qizi bo‘lsa, olib beray shul zamon. Oh urib, to‘kilib ko‘zingdan yoshing, Nega xafa bo‘lib kelding emikdoshim, Qanday gapga sening gangigan boshing. Bunday kunda sening holing so‘rayin, Akangman-da, qarindoshlik qilayin, Qanday odam bo‘lsa men ham borayin, Moli-mulkin borib talon qilayin, Qizi bo‘lsa, senga olib berayin, Tug‘ri gapir, ko‘nglingdagin bilayin. Bu so‘zni eshitib, Ko‘kaman Ko‘kaldoshga qarab, sir-ahvolini bildirib, bir so‘z aytib turgan ekan: Quloq sop eshitgin aytgan nolaga, Banda ko‘nar haqdin kelgan choraga, Bedov chopsang suvsiz qoyim dalaga, Begunoh shohimni qo‘shma oraga. Sen eshitgin Ko‘kamanning so‘zini, Sarg‘aytirma menday ining yuzini, O‘layin, olmayman shohning qizini. Jafo tig‘i bukun jondan o‘tibdi, Ayroliq xanjari bag‘rim yirtibdi, O‘zbak qizdan bir taaddi o‘tibdi, Menday ining juda qonlar yutibdi. Qiz holiman necha lopi so‘zladi, Gapi o‘tib, bag‘rim kesib tuzladi, Ul sababdan menday ining bo‘zladi. Ko‘nglim so‘rab mehribonlik qilasan, Ko‘nglim so‘rab menga rahbar bo‘lasan, Shul o‘zbakning qizin olib berasan. O‘zbak qizin olib bergin, ko‘rayin, Sening rahbarliging men ham bilayin, Bo‘lmasa bu yurtda qanday yurayin?! Boshimdolib, aka, bundan jo‘nayin. So‘z so‘zladim, avval quloq solgandir, Ul qiz so‘ngra menga izza bergandir, Menday ining shunga xafa bo‘lgandir, Ko‘nglin xursand qilsang menday polvondi, O‘zbak qizin ining olmoq bo‘lgandir. Endi Boysari semiz qo‘ylarni so‘yib, o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot elining odamiman deganini jiyib, sho‘rvasiga to‘yib, go‘shtini korsonga sop, oldiga op kep qo‘yib: – Burungi kunimiz ham tuzuk ekan, ishimiz sop zo‘rga tushdi. Ertan choshka alplar kelsa, nima javob beramiz? – deb qarindoshlariga qarab, Boysari maslahat so‘rab, bir so‘z deb turgan ekan: Oh tortganda ko‘zdan oqar selob yosh, Barchinoyim bo‘y yetgandir, qalam qosh, Maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh. Alplar kelsa, nima javob beraman, Azali taqdirga nimish qilaman, Tong otgancha muhlat olib turaman, Qalmoqlarga qizim qanday beraman?! Yuragim to‘lgandir diydai g‘amda, Barchinoyni tengquriga qo‘shmasam, Mahshar kuni Barchin qo‘li yoqamda. Ko‘rdim bunda alplar juda zo‘rabor, Buning bilan bo‘lolmasam barobar, Erta choshka bunda keladi alplar, Bir maslaxat, karindoshlar, beringlar. O‘z elimda men ham yurgan to‘raman, Bunda kelib musofirlik ko‘raman, Bu alplarga qanday to‘g‘ri bo‘laman, Qalmoqlarga nima javob beraman? Qattiq bo‘ldi bo‘l mening ko‘rgan ishim, Falakka yetgay-da yig‘lab nolishim, Musofirman, endi gangidi boshim, Kata-kichik, turgan bul qarindoshim, Zahar bo‘ldi bul mening ichgan oshim, Hammang mening elda yurgan sirdoshim. Maslahat ber, endi sendan so‘rayin, Badbaxtlarga qanday javob berayin, Azal qismat taqdirimdan ko‘rayin. Qalmoqlar: «Yo birovimizga tegar, yo barimizga tegar, o‘zidan bir so‘z chiqar», – deb to tushning oldigachayin tengsalib ko‘rikdan o‘tib yuribdi. Necha marta ko‘rikdan o‘tdi, to‘qson alpning zo‘ri Ko‘kaldosh: – Bir ahmoq qilmaganing bizlar qolibmidik, yo birimizga teg, yo barimizga teg, bir javob ayt, biz shuytib tengsalib yuramizmi? – dedi. «Bizda ko‘ngli bor ekan», – deb Ko‘kaldosh alp vaqti xush bo‘lib: «Alplarning ichida meni xohlaganday bo‘ldi, balki mening zo‘rligimni ham bildi, bizga ko‘ngil qildi», – deb. – Bor olti oyga muhlat, – deb yubordi. Haddi yo‘q, o‘zga alplar ham «0lti oyga muhlat», – deyapti. Ko‘kamanni qo‘ya berdi, bul ham o‘rnidan turib: «Olti oyga muhlat», – deb borayapti. Olti oygacha alplar burulmas bo‘p qaytdi, yo‘lda alplar chaqchaqlashib borayapti. Bir nechasi aytadi: – Qalay, Ko‘kaman, shu o‘zbakning qizini olib bersak, olarsanmi, shuning bilan ham vatan-ro‘zg‘or qilarsanmi, chap tizzasi ko‘kragingga tegsa, og‘zi-burningdan qoning ketib o‘larsanmi? Bu so‘zni eshitib: – Ey, zakot olmay o‘ling siz bir, – deb o‘tib junay berdi. Boybo‘ri: «Obbo, bu juvormakka birov bildirgan ekan», – dedi. Soyma-soy urib ketdi. Boybo‘ri uyiga yetdi. Kelib sandiqni ko‘rdi, sandiq ochilib qopti, bog‘anag‘i qo‘ygan xati yo‘q. Tag‘i mindi bedov otdi, soy bilan panalab yo‘l tortdi. Alpomishga ko‘rinmay ketdi. Alpomishdan burun Qultoyga yetdi. Qultoyga turib aytdi: – Alpomish kelyapti, Kashaldan kelgan xabarni birov bildiribdi, bul ish yomon bo‘pti, lekin o‘zi zo‘r-ku, zo‘r bo‘lsa bul, juda qo‘rqoq, sal do‘qdan ham qo‘rqadi o‘zi, urib-so‘kib, yilqi bermay, do‘qlab qaytarib yuborgin. Qultoy aytdi: – Sendan amr bo‘lmasa, Alpomishga yilqi beraman-. mi?! – Albatta shuyta ko‘r, – deb Qultoyga Boybo‘ri tayinlab qaytdi. Barchin ham kanizlariga kulib o‘tiribdi: – Biy bobomning o‘g‘li tushima kiribdi, ikkovimiz bir yerda o‘tiribmiz, pok bo‘lmasa, it yiqilish bo‘laylik deb qoppiz, ancha gaplashibmiz, – deb vaqti xush bo‘p o‘tiribdi. Alpomish tushida yorini ko‘rib, yo‘lda qichab borayotgandagi so‘zi: Boychibor otini minib, Ketdi shunday yo‘lga kirib, Chiltanning suxbatin ko‘rib, Boradi vaqti xush bo‘lib, Bedov otga qamchi urib, Barchinoyim deb axtarib, Yorini olmoqqa tolib, Har zamonda g‘ayrat qilib, Adir yo‘llar havor bo‘lib, Olis yurtni yaqin qilib, Borayotibdi yo‘l yurib, Har zamon cho‘lda oh urib, Qalmoq yurtini axtarib, Yetsam deb Chilbir cho‘liga, Olmos po‘lati belida, Ko‘p qichar olis yo‘liga, Yetmoqqa yor mazgiliga, Dushman chiqolmas yo‘liga. Qayda bo‘lur yor mazgili, Yaqin qoldi qalmoq eli, Ko‘rinadi Chilbir cho‘li. Chilbir cho‘lga nazar solar, G‘ubor-qoralar ko‘rinar, Yaylab yotgan eliboylar, Aniq emas mazgil-joylar. Bedov otga qamchi urib, Har yerda mollarni ko‘rib, Yaqin deb vaqti xush bo‘lib: «Endi yetib keldim, deydi, Qalmoq yurtin ko‘rdim, deydi, Men yorimni oldim, deydi, Agar dushman do‘chor kelsa, Qaytmay savash qildim, deydi. Jazosini berdim, deydi, Ketgan elga keldim, deydi. Chilbir cho‘lin bildim, deydi, Cho‘ponlarga keldim, deydi, Endi yetib qoldim», – deydi. Qalmoq elida, Chilbir cho‘lida borayotib edi. Bir yerda to‘qson qo‘ra qo‘y yoyilib yotibdi. Bu to‘qson qo‘ra qo‘y Boysarining qo‘yi edi, to‘qson qo‘ra qo‘yning chuponining mahmadanasini Kayqubod kal der edi. Kayqubod sarishin-qiltob kal edi. Kayqubodga qarab, shul oraga bir eliboy keldimi, deb Alpomish so‘rab turibdi: Assalom alaykum, cho‘lda cho‘ponlar, Ustiga kiygani eski choponlar, Qag‘anoqqa to‘yib yotgan gupponlar, Shul oraga bir eliboy keldimi? Bir obloga yetkay aning nolasi, Qirq mingcha bor haydab yurgan galasi, Unda edi Qo‘ng‘irot elning turasi, Shul oraga bir eliboy keldimi? G‘amli qulning o‘ylaydigan o‘yi bor, Davlatmandning gurgumador to‘yi bor, Bir belgisi baxmal yopgan uyi bor, Changg‘arog‘i g‘o‘la, abjush chiyi bor, Shul oraga bir eliboy keldimi? G‘am bilan sarg‘aygan gulday yuzi bor, Qo‘tonida qo‘y-qo‘zining izi bor, Bir belgisi oy Barchinday qizi bor, Shul oraga alp qizli boy keldimi? Har gapimning bordir shukrilillosi, Besh yuz norga yuk bo‘ladi tillasi, Shunday boyning bizmiz kuyov bolasi, Bu elga tortimli boylar keldimi? Olis yo‘ldan kelib bunda qarayman, Davlatim bor, sholi-sholdam o‘rayman, Shul boylarni, cho‘pon, sendan so‘rayman. Xazon urmay borda gullar so‘ldimi, Sulgan gulga bulbul kelib qo‘ndimi, Qilgan ishim haqqa qabul bo‘ldimi, Menday beklar savol so‘rab turdimi, Xabar bergin, bunda boylar keldimi? Bu so‘zni eshitib, Alpomishga qarab, Kayqubod ham bir so‘z deb turgan ekan: Quloq solgin cho‘pon aytgan nolishiga, Yaxshi ko‘nar tangri qilgan ishiga, Chopar ketdi Qo‘ng‘irot Alpomishiga, So‘raganing Boysariboy bo‘lmasin. Qirq mingcha bor haydab yurgan galasi, Unda ekan Qo‘ng‘irot elning to‘rasi, Endi bo‘ldi odamning bechorasi, So‘raganing Boysariboy bo‘lmasin. G‘am bilan sarg‘aygan gulday tarzi bor, Qo‘tonida qo‘y-qo‘zining izi bor, Belgisi shul Barchinoydan qizi bor, So‘raganing Boysariboy bo‘lmasin. Oshiqning fahmidir qorong‘i kecha, Yig‘lasa, holiga yig‘lar bir necha, Talashib yotibdi to‘qsonta gachcha, Talash bo‘lib yotir Barchin oyimcha, So‘raganing Boysariboy bo‘lmasin! Har gapingning bo‘lsa shukrilillosi, Besh yuz norga yuk bo‘ladi tillasi, Shunday boyning bizlar cho‘pon bolasi, Sen bo‘lmagin o‘zbek elning to‘rasi?! Suraganing Boysariboy bo‘lmasin. Bunda Boysarini so‘rab turasan, Har na desang, gapga javob berasan, Seni bildim, olis yo‘ldan kelasan, Boysarinikini so‘rab borasan, Boysarining bir yaqini bo‘lasan. Olmos po‘lat ayrilmaydi belingdan, Qahrlansang har ish kelar qo‘lingdan, Boysari deb kepsan o‘sgan elingdan, Sozandalar sozin chertar qo‘l bilan, Yomon odam kuydiradi til bilan, Seni bildim, Boysarini so‘rading, Bora bergin yolg‘izoyoq yo‘l bilan. Har tarafga ko‘z yubortib qaraysan, Bunda kelib Boysarini so‘raysan, Boysarini ko‘rmoqqa tolib bo‘lasan, Shul yo‘l bilan ketsang, to‘g‘ri borasan. Tarzingga qarayman bir lochin shunqor, Ostingga minibsan nazari tulpor, Sen bo‘libsan yo birovga xaridor, Boysariga yo‘liqquday ishing bor, Yo‘l ko‘rsatar senga turgan cho‘ponlar. Shu yo‘ldan burilmay to‘g‘ri borasan, Ko‘lni yoqalagan elni ko‘rasan, Hech yoqqa chiqmasang, to‘g‘ri borasan, Boysarining baxmal uyin ko‘rasan, Kech bo‘lsa ham yursang, yetib qolasan, So‘rab borib baxmal uyga qo‘nasan, Boysari qarindoshni borib ko‘rasan. Bu so‘zni cho‘ponlardan eshitib, Alpomish aytdi; – Kun bevaqt bo‘ldi, bemahal borgan mehmonning izzati, obro‘yi bo‘lmaydi, bugun men sizlarning qo‘shxonalaringda yotayin, ertangi so‘ng turib ketayin. Bu so‘zni eshitib: – Shu yo‘lovchi bizga aylana berdi, Qo‘ng‘irotdan kelayotgan Alpomish yeznamiz chiqib qolsa ham ajab emas, – debcho‘ponlar ko‘nglini xushlab, Boychiborning jilovidan ushlab, yeznasini mehmon qila boshlab, ostiga shim bilan kebanakni to‘shab tashlab, ziyofatga qo‘yni so‘ydi. Charchab kelgansizdir, yezna, suyanib o‘tiring, – deb xurjuni bilan unni op kep qo‘ydi. Yeznasini mehmon qilib siyladi. Boychiborni oq shuvoqqa boyladi, Alpomish bu gapni aytdi: –Kayqubod, Chibor otim senga omonat, omonatga qilmaysan xiyonat. Men yotib uxlayman, ertangi so‘ng topish qilasan sog‘u salomat. Kayqubod ham otga xabardor bo‘p o‘tirdi. Alpomish cho‘ponlarning qo‘shxonasida uxlab yotdi. Kechasi fayzi sahar vaqtiga yetdi, sahar vaqti cho‘ponlarning qushxonasida yotib bir tush ko‘rdi. Izlab borayotgan Barchin yori, bul ham baxmal o‘tovda yotib, subhi sodiq tuqqan vaqtda bir tush ko‘rdi. Kashal g‘orida, to‘qson qalmoqning ichida Qorajon alp ham bir tush ko‘rdi. Uchovining tushi oldin-keyin, do‘g‘ilish ko‘rdi. Avval Alpomishning tushi: Bir qusarmas piri tushida bu so‘zlarni aytib bildirdi: Hakimbek kirgandi o‘n to‘rt yoshiga, Mehmon bo‘ldi cho‘ponlarning qo‘shida, Ul kechasi fayzi sahar bo‘lganda, Rasuli xudoni ko‘rdi tushida, Mast uyquda yotib edi bu shunqor, G‘aflatdan ko‘zini ochdi Iskandar, Ko‘ziga ko‘rindi rasul payg‘ambar, Bu so‘zlarni rasul payg‘ambar aytdi: «Adashgan ummatin shafqatdoringman, Tanib qolgin, rasul payg‘ambaringman, Ummatlarni mudom yo‘lga solurman». Bu so‘zlarni eshitib Hakim shu zamon: «Payg‘ambarim, eshiting ohu zorimni, Sabil qilmam elda kirdikorimni, Hali ololmayman Barchin yorimni, Qo‘rolmadim Shohimardon pirimni». «G‘am yema, ummatim, – dedi payg‘ambar, Ostida dulduli, belda zulfiqor, Jilovida Bobo Qambar jilovdor, G‘amingda otlandi Shohimardon pirlar, G‘ayratingdan bo‘zlab ketar qalmoqlar, Hech kim bo‘lmas sening bilan barobar, Senga taqdir qildi Barchin zulfakdor». Bu so‘zni eshitdi yotgan Iskandar, «Rahm aylab yubordi xol qilgan jabbor, Hamma pirlar bo‘ldi senga madadkor, Ko‘nglindan ketadi bir zarra g‘ubor», Bu so‘zlarni aytib rasul payg‘ambar. Bu so‘zni yotgan yerida ma’lum qilib ketdi. Erta-mertan tong otdi. Barchin ham ko‘rgan tushini Suqsuroy kaniziga aytib turibdi: Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘lganda, Jon jasaddan bir beqaror bo‘lganda, Ziyon yotib, rahmat toshar bo‘lganda, Rahmat daryo ayni toshib kelganda, Tush ko‘ribman fayzi sahar bo‘lganda. Qibla betdan bir oy turib keladi, Oyning gardin to‘rtta yulduz oladi, Tushimning tabgiri qanday bo‘ladi? Bu tushni ko‘rgandir menday mushtipar, Yer yuzini tutib ketdi aydahor, Yomon demang, yaxshi jo‘rang, kanizlar. Bul tushni kurgandir menday qalamqosh. Qo‘rqqanimdan ko‘tardim uyqudan bosh, Kelayotir mast tuyaman(tuya bilan) aydahorlar aralash, Yomon demay, yaxshi jo‘rang, kanizlar. Cho‘llarda ko‘rindi qirqta aydahor, Qirk aydahor bir burgutni ko‘tarar, Shul burgut kelib tushdi qoshima, Qanotining uchi tegdi boshima. Bir nechalar ushlab turdi qo‘limnan, Aydahorlar tishlab turdi tilimnan, Qaysar yo‘lbars paydo bo‘ldi keyinimnan, Qochsam, qo‘ymay mahkam qisdi belimnan, Yomon demay, yaxshi jo‘rang, kanizlar. Baxmal uyning changg‘arog‘i o‘yildi, Mendayin oyimning zulfi yoyildi, Orqamdagi chochbovmatim tuyildi(tugildi), Solib qo‘ygan bul to‘shagim jiyildi, O‘ylab ko‘rsam, ko‘rgan tushim qiyindi(r), Bul tushning tabgiri, qizlar, ne bo‘ldi? Yomon demay, yaxshi jo‘rang sabildi. Bul so‘zni Barchindan eshitib, Suqsuroy kanizi tushining tabgirini aytib turibdi: Xafa bo‘p mung‘ayma, senday mushtipar, Bu tushingga bo‘lmaysanmi xaridor, Qibla betdan bir oy turib kelsalar, Oy emasdir, ul ham rasul pyg‘ambar, Oy girdinda to‘rtta yorug‘ yulduz bor, Yulduz emas, to‘rt choriyor muqarrar, Yer yuzini tutib ketsa aydahor, Makkadin Mashriqqa kulli eranlar. Bul tushni ko‘rgandi senday qalam qosh, Qo‘rqqaningdan uyqudan ko‘tarsang bosh, Kela yotsa mast tuyaman aydahorlar aralash, Madinada o‘ttiz uch ming sahoba, Fotma der, Zuhra der, kanizi darg‘a, Rahm aylab yubordi xol qo‘ygan oblo, Bul tushingga bo‘lmaysanmi xaridor. Cho‘lda ko‘rgan bo‘lsang qirqta aydahor, Qirq aydahor qirq chiltan pirlar bor. Ko‘targan burguti bobong Chibori, Ustida qarchig‘ay Hakim shunqori, Shul bo‘lar, buvishim, tushing tabgiri, Ertan choshka kelar bobongning uli. Boychibori yem yemaymi qo‘lingnan, Vakillari savol so‘rar tilingnan, Qochseng, nega seni qo‘ysin Alpomish, Baxmal uyda mahkam qisar belingnan. Baxmal uyning changg‘arog‘i o‘yilsa, Men biluvda to‘qson qalmoq so‘yilsa, Sendayin oyimning zulfi yoyilsa, To‘qson alpning qoni yerga quyilsa, To‘rang kelib dushmanning dodin bersa. Xafa bo‘lmay, mudom o‘ynab-kulgin-chi, Qaddingdan, buvishim, berman kelgin-chi, Shukrilillo, yaxshi tushni ko‘ribsan, Bu tushingga, oyim, bergin suyunchi. Tushingning tabgiri shunday bo‘ladi, Ertan choshka qaysar to‘ram keladi, Sening ko‘nglingdagi bo‘lib qoladi, Senday oyim bunda o‘ynab-kuladi. Tushin aytib suyunchini so‘radi, Suyunchiga Barchin tilla beradi, Suqsuroyning vahti xush bo‘p qoladi, Tushining tabgirin shunday jo‘radi, Hammasi ham o‘ynab-kulib turadi, Kelmasa ham kelganday bo‘p qoladi. Endi kelar deydi, umid qiladi, Uydan chiqib shunday yo‘lga qaradi, Tushni jo‘rab vaqti xush bo‘p turadi, Barchinoyning vaqti xush bo‘p boradi. Alpomish cho‘ponlarning qo‘shxonasidan otlanib kelayotib edi. Toychi viloyatida, Qalmoq muzofotida, Chilbir cho‘lida Murodtepa degan tepasi bor edi, haddili baland tepa edi, ustidan qanotli qush uchib o‘tolmas edi, har qanday odam chiqib, oyoq osti qilib ketolmas edi. Shul tepani ko‘rib, Alpomish irim cheqib: «Shu tepaga otimni solayin, irkilmay tepaga otim chiqib ketsa, borgandan yorimni olaman, chiqolmasa, borib nima qilaman, borgan bilan bekor ahmok bo‘laman, peshonamni shu yerdan sinab ko‘raman», – dedi. Otni tepaga to‘g‘ri» qildi, tuyog‘idan chiltanlar hami berdi, qirq ming otning dubiri paydo bo‘ldi. Alpomish ko‘nglida yorini olmasa ham olgancha bo‘lib qoldi. Tepaning ustiga chiqib qarasa, o‘n ming uyli Qo‘ng‘irotning eli ko‘rinib turibdi, otni qovdonga qo‘ya berib, tepaning boshida yonboshlab, Boysarining uyiga tiqlab yota berdi. Bog‘onag‘i tush ko‘rgan Qorajon qalmoq nomoz vaqti o‘rnidan kalima aytib turdi. Qorajonning kalima aytib turganini bir kam to‘qson alp ko‘rib: «Oshpichoq, kalampir, Qorajon tentak bo‘p qopti», – deb bir kam to‘qson alp: – Ot tort, – dedi. Ko‘lga qarab ovga chiqib ketdi. Qorajon o‘n uch mahrami bilan cho‘lga qarab ovga chiqib ketdi. Bul Alpomish tarafga qarab borayapti. Qovdon yeb yotib, xonning Chibor oti shunday qaradi: Bul tarafidan o‘n to‘rt qora otning ko‘ziga ko‘rindi. Bul qorani ko‘rib, otning chaynab yotgan qovdoni ham tomog‘idan o‘tmay qoldi. Otning ko‘nglidan kechgani shul bo‘ldi, ko‘ngliga shunday keldi: «Bu kelayotgan otlar tulpor bo‘lsa, ustiga mingani dushman-qofir bo‘lsa, Alpomish meni minib qochsa, keyinimdan qo‘vib yetsa, bir sho‘rning yolg‘iz o‘g‘li o‘ladigan bo‘ldi-da». Xonning Chibor oti toza tingnab qaradi. Qarasa, o‘n to‘rti ham taypanglab yo‘rtib kelayotir, tuyog‘i yerni turtib kelayotir. Bul otlarni ko‘rib: «Qo‘vsam, yetaman ekan, qochsam, qutulib ketaman ekan, ustima mingan mardimni, chin ajal qamsab kelmasa, falokatdan ozod qip ketaman ekan», – deb qarsillatib qovdonni ura berdi. Qorajon Murodtepaning ostiga kelib qoldi. Shunday tepaning boshiga qaradi. Tepaning boshida Yusuf tal’atli, Rustam sifatli, bir chovkar otli birov yonboshlab yotibdi. «Bu bizning Qalmoq viloyatining odami emas, bunday yigitlar Qalmoq yurtida bo‘lsa, beklikda, podsholikda bo‘lar edi. Ilgaridan ham birdi-yarim ko‘zima tushar edi. Magar qirq chiltan bilan rasul payrambar meni musurmon qilib, qavm-qarindoshini tushimda ruhima ko‘rsatib, meni do‘st qilgan, Qo‘ng‘irotdan kelayotgan Alpomish degan komilbachcha shul bo‘lmasa», – deb Alpomishga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Ostingda yuz alvon uynaydi oting, Dushmanni o‘rtaydi shohlik shavkating, Yo‘l bo‘lsin, bekbachcha, qayda borasan? Ostingda bedoving halloslar qushday, Achchig‘ing chillali muzlagan qishday, Norkalla kelgansan chuyda qo‘shmushday, Norkalla polvonim, qaydin bo‘lasan? Yuragingda bordir g‘ussa-alaming, Xurjuningda balki qur’on-kaloming, Sipohi satangim, qaydin bo‘lasan? Mudaris eshonim, qayda borasan? Qiyg‘ir degan qush o‘tirar qiyoda, Jasading bor Rustamdan ham ziyoda, G‘ayratingdan shohlar yurar piyoda, Xabar ber, bekbachcha, qayda borasan? Tepaning boshida senga qarayman, Borar joying men ham sendan so‘rayman. Jamoling o‘xshaydi osmonda oyg‘a, Qoshingni o‘xshatdim egilgan yoyg‘a, Jasading o‘xshaydi bo‘z qarchig‘ayg‘a, Yonboshlab yotishing ming qo‘yli boyg‘a, Boybachcha sifatlim, qaydin bo‘lasan? Bino bo‘lding qaysi gavhar donadan, Senday yigit bino bo‘lmas enadan, Parvoz qilding qaysi mazgilxonadan, Baland parvoz xonim, qaydin kelasan? Munday bo‘ldi menga haqning farmoni, Seni to‘qqanlarning bormi armoni, Dushman ko‘rsa ketar endi darmoni, Asling odam desam, behisht g‘ilmoni, Qarchig‘ay changallim, qaydin bo‘lasan? Men bilmadim o‘ynab-o‘sgan yurtingni, Anglamayman kelgan mamlakatingni, Yangi bunda ko‘rdim senday mardimni, Qorajon deydilar mening otimni, Baland bildim sening siyosatingni, Xabar ber, bekbachcha, qayda borasan? Qorajondan bu so‘zni eshitib, Alpomish bo‘l Qorajonga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Meni bilsang, Qo‘ng‘irotlarning og‘asi, Boshimda bor edi zardan jig‘asi, Yoz bo‘lsa, yaylovim Amu yoqasi, Meni bilsang, Qo‘ng‘irot elning to‘rasi. Ko‘qamish ko‘lidan suqsur uchirdim, Suqsurni izlagan lochin bo‘laman, Bog‘larim zumratdan, changalim po‘lat, Boysindan quyulgan shunqor bo‘laman. Boyligidan bedov otni boylagan, Tangqa taylab Olatovni yoylagan, Kambag‘ali qirq ming gala haydagan, Shul galada bizning bir moya kelgan, Moyaning yo‘qchisi, nori bo‘laman. Hasratidan g‘amga to‘ldim oh urib, Oltoychilik yo‘ldan keldim axtarib, Chilla kirmay, chirqillarman mast bo‘lib, Chayqarman xatapga boshimni urib. Jafolar solarman tandagi jonga, Xazon bo‘lsa zog‘lar ko‘nar gulshanga, Ajalli kasratki tegar ilonga, Indan chiqib pishak bilan hazillar Magar ajal qamsab kelsa chichqonga, Qalmoq ko‘rsam otaman-ku osmonga, Qalmoqlarga kelgan balo bo‘laman. Boysin-Qo‘ng‘irot deydi o‘sgan elimni, Badbaxt qalmoq, eshit aytgan tilimni, Solarman boshingga qattiq zulimni, Ko‘p so‘rading sen mening mazgilimni. Asli Qo‘ng‘irot deydi mening yurtimdi, Laqabim Alpomish, otim Hakimdi(r), Ne bilasan, sen so‘raysan yurtimdi, Qorajon deb xabar berding otingdi. Qorajon Alpomishdan bu so‘zni eshitib, Qorajon musurmon bo‘lgan, Alpomishning so‘zini ko‘ngliga og‘ir olgan, Qorajon aytdi: «Qanday bo‘lsa, ko‘tarilma, loppi o‘zbak ekan». Qalmoqlarga kelgan balo bo‘laman» degani Qorajonga botib ketgan edi. Alpomishga qarab, Alpomishni sinab, bir so‘z deb turgan ekan: Uchirgan suqsuring Oyko‘l qo‘nibdi, To‘qson g‘ajir o‘rtaga olib turibdi. Yosh o‘g‘lonsan, bekor halak bo‘lasan, G‘ajirlar ilojin qanday qilasan? Bekor halak bo‘lib bunda kelasan, G‘ajirlar changida tayin o‘lasan, Xoling bilmay, sen ham sarson bo‘lasan. Har bir so‘zni bunda loppi urasan, Ular yo‘lga yurgan tentak bo‘lasan, Osmondan tushganday bo‘lib kelasan, Anglamaysan, ko‘tarilib turasan, Lof urib sen ham menga qarading, Moyacham deb so‘ngra mendan so‘rading, So‘rading, moyangdan darak berayin, Bilganimni senga aytib berayin. Nor, moyang yuribdi Chilbir dashida, Ming besh yuz tillalik ovsar boshida, Qo‘rdim to‘qson alpning toy-taloshida, Nor, moyang shu kunda dovrik ustida. Mundayg‘achok shung‘ut o‘zbak bo‘lasan, To‘qson alpdan xonazodni olasan, Juda ham bir o‘zbak yo‘lli bo‘lasan, Nor, moyangni ko‘rsang, zavq, qip qolasan, Nor, moyangni bolalatib borasan. Alplar bilan, ko‘rsang, savash qilasan, Ayrilib moyangdan sarson bo‘lasan, Bul alplarni nima iloj qilasan, Yo‘liqqan so‘ng sen zo‘rligin bilasan, Bekor halak bo‘lib bunda kelasan. Bu so‘zni Qorajondan eshitib, Alpomish ko‘ngliga og‘ir olib: To‘qson tog‘dan o‘tib, buning uchun mehnat tortib, bel qalmoqlarning alpi bilan aralashib qolib, baloga yo‘liqib yurgan ekan, bu qalmoq menga bilib gapirgandir, borib sharmanda bo‘lguncha, bormay, shu yerdanok qaytib keta bersammikan», – dedi. Alpomish ko‘ngliga og‘ir olganini bilib, tanimagan kishi bo‘lib, men seni birovga o‘xshatib turibman, deb (Qorajon) bir so‘z aytib’ turgan yeri: Bildim qo‘ng‘irotlik zotingni, Malakdayin suratingni, Qovdon yegan otingni Men birovlarga mengzadim. Moyacham deb so‘rganingni, Galman javob berganingni, Rustam kabi mujgoningni Men birovlarga mengzadim. Shirin suxanli tilingdi, Bilagingdagi zo‘ringdi Panjasi uzun qo‘lingdi Men birovlarga mengzadim. Kallasi katta boshingni, Haq, deb chiqqan nolishingni, Burgutday o‘tirishingni Men birovlarga mengzadim. Jasadu tana, tushingni, Imo bilan kulishingni, Qiyilgan qalam qoshingni Men birovlarga mengzadim. Bu so‘zni eshitib: – Ahmoq qalmoq, ilgari meni ko‘ribmiding, yo mening bilan hamsuhbat bo‘libmiding, yo bizing qo‘zini boqib, biznikida yetim-metim yuribmiding? Boysarini o‘z elingda ko‘rgansan, meni bu yerda ko‘rib turibsan, otamni ham dala-dashtda ko‘rsang, ko‘rgansan, sen yetim yurmasang, uydagi enamni, singlimni qayoqdan bilding? – dedi. Qorajon aytdi: – Men seni ko‘rganim yo‘q, sening bilan hamsuhbat bo‘lganim yo‘q, men ham xotiningga talashib yotgan to‘qson alpning biri bo‘laman. Kulfi dilimni xudo ochdi, musurmon bo‘ldim. Qirk chiltan bilan rasul payg‘ambar qavmu qarindoshingni tushimda ko‘rsatib, sening bilan meni do‘st qildi. Ul sababdan bilaman. – Do‘st bo‘lgan bo‘lsang, esa yaqin bo‘p qolgan ekansan, tepaning ustiga chiqqin, ko‘rishayik. Qorajon aytdi: – Bu tepaning ustiga chiqadigan kamolga yetishganim yo‘q, sen tepadan tushgin, men ko‘rishayin. Otni yetaklab, tepadan tushib kela berdi. Qorajon mahramlariga amr kildi: – Do‘stim bilan ko‘rishgin, – deb. Mahram xalqi nozik keladi, qo‘l uchidan ko‘rishayotir. Qalaysan, deb siqinqirab yubordi, mahramlarning panjasi bir-biriga yopishib, qapishib, yanchilib ketdi. Qorajon bilan Alpomish yoydi, qulochdi, ikkovi xulqi muhabbat bilan kurishdi: – Qalaysan, do‘stim, omonsanmi, – deb siqinqirab yubordi, Qorajonning yetti qobirg‘asi sindi, ishi tindi, tappa tushi yotib qoldi. Alpomish aytdi: – Nima qildi, do‘stim? Qorajon sir bermagan kishi bo‘lib: – Bola kunda tutadigan quyonchiq kasalim bor edi, shul shu vaqt tutib qoldi, – dedi. Alpomish aytdi: – Belgili kasal bo‘lsa, tuzalib ol esa. Qorajon aytdi: – Rostingni aytgin, shul ko‘rishganingmi, yo urishganingmi? Alpomish aytdi: – Nima qildinglar, urishaman, ko‘rishganim edi. – Ko‘rishganing shul bo‘lsa, urishganing qanday ekan, – deb Qorajon bir so‘z deb turibdi: Qo‘lin qisib mahramimni qochirding, Belim qisib qovurg‘amni shishirding, Armon bilan . . . Do‘stam, sening zo‘rlig‘ingga qoyilman. Senday beklar Qo‘ng‘irot eldan keladi, Sho‘ri qisgan senga duchor bo‘ladi, Bu senga yo‘liqqan qalmoq o‘ladi, Sening bilan kim barobar bo‘ladi? Ostingda irg‘iydi arg‘umog‘ing, Egarning qoshida oltin sadog‘ing, Borgandan tegadi bodom qobog‘ing. Irg‘itsang Boychiboringni, Borgandan olasan Barchin yoringni, O‘ldirasan bunda dushmanlaringni, Men ham ko‘rdim senday zo‘raborimni. G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor, Bir nechalar o‘z holidan bexabar, Hech kim bo‘lmas sening bilan barobar, Yangi bo‘ldim senday polvonga duchor. Bekor ahmoq bo‘lib yurur qalmoqlar, Senday zo‘rga sira bo‘lolmas duchor, Duchor bo‘lsa, o‘lib ketar sho‘rlilar. Ular har qaysisi yurur lof urib, Ahmoq bo‘lib, bekor elni kuldirib, Seni ko‘rsa qolar holini bilib. Mehnat tortib bizning yurtga kelasan, Qanday dushman bo‘lsa, dodin berasan, Zo‘rlikni o‘tkazib yoring olasan, Achchiqlansang, har bir ishni qilasan. Oting Hakim ekan, o‘zing zo‘rabor, Bizning yurtga kelgan senday aydahor, Hech bir alplar bo‘lolmaydi barobar. Men eshitdim, do‘stim, sening tilingdi, U tegmasa, sen qilmaysan zulimdi, Borgandan olasan Barchin gulingdi, O‘ynab-kulib, do‘stim, davron sur endi. Men ham edim to‘qson alpman barobar, Yaxshi ishman men ko‘rishdim muqarrar, Yo‘q edi ko‘nglingda bir zarra g‘ubor, Senga qoyil bo‘ldim mendayin nomdor. Bizning yurtda senga yo‘qdir barobar, Ahmoqlikda o‘lib ketar qalmoqlar. Kanizlariga Qorajon: – Otdan tushirib ol, – deb amr qildi. Kanizlar qo‘ltig‘idan hamin(homi) berib, otdan tushirib olmon bo‘lib, Alpomishning sho‘xligi kelib, kanizlarga salmog‘ini solib, kanizlarning o‘n beshi mayib bo‘lib, o‘n beshining buti ayrilib, zaif bo‘lib, bari ham shunday bo‘lib qoldi. Qorajonnikida Alpomish mehmon bo‘lib o‘tirdi. Bu so‘zni eshitib, Alpomish bir so‘z deb turgan ekan: Bu so‘zlarni menga aytib turmagin, Alp Qorajon, menga hiyla qilmagin. Kofirmisan, sening o‘zing musurmon, Sen diningdan bayon ayla bu zamon. Sendayin nochorning ko‘nglin bo‘larman, Hiyla qilsang, sening doding berarman, Shumlik qilsang, balki boshing olarman, Bir kalmani joriy aytgin, Qorajon, Hiyla qilsang, qaboxat kun solarman. Tangri bir, rasul barhak, deb kalma aytsang, Kaliti shul: ochar jannati rizvon, Imon hamroh qilib o‘tsang dunyodan, Xizmat qilar senga hur bilan g‘ilmon. Kofir bo‘lsang, borar joying jahannam, Kalma aytib darrov bo‘lgin musurmon, Hiyla qilsang, men ham boshing olarman. Holing bilib, menga hiyla qilmagin, Ayyorlik qip, kofir bo‘lib yurmagin, Bu so‘zimni, qalmoq, hazil bilmagin. Ajal kelsa, tebranadi tanda jon, Ketgay boshimizdan qayg‘uli tuman, Mo‘min qulga egam bo‘lgay mehribon, Bekoriga o‘lib ketma, Qorajon, Kalma aytib bildir menga bu zamon. Sen bilmaysan mening qilar ishimni, Ko‘zdan to‘kay munda sening yoshingni, Dushman bo‘lsang, men kesarman boshingni, Kalma aytib sen chiqargin dovshingni. Qalmoqni ahmoq, deb ahmoq bo‘lmagin, Hiyla qilib bul oldimda turmagin, Behuda o‘zingni abgor qilmagin, Bir kalmani joriy qaytar, Qorajon, Sen behuda kofirlikda o‘lmagin. Bu so‘zni eshitib, Qorajon kalma joriy aytib, ikkovi bo‘lakdan ko‘rishib, do‘st bo‘lib, Alpomishni mehmon qilmoqchi bo‘lib, chodiriga ergashtirib borayotgandagi so‘zi: Azamatlar olmos boylar dastiga, Beklar mindi bedov otning ustiga, Davlatli shunqorni olib jo‘nadi. G‘amli qullar tortadikan ohu voy, O‘n to‘rt botmon birinchdandir parli yoy, Egarning qoshiga solib boradi, Ko‘rgan qalmoq bunga hayron qoladi. Qorajon yugurib xizmat qiladi, Mahramlari yo‘l boshqarib boradi. Davlat qo‘nsa bir chibinning boshiga, Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga, Yetsam deydi yana gul buvushiga, Beklar rozi bo‘lar taqdir ishiga. Eshitgandir Hakimbekning so‘zini, Kuchuk bosmas yo‘lbars-sherning izini, Esi bor biladi gapning tuzini, Izlab kelgan Boysarining qizini. Borayotgan Qo‘ng‘irot elning botiri, Qorajonning qirq aymoqli chotiri. Shovqimg‘a irg‘iydi arabi tulpor, Borayotgan shunday davlatli shunqor, Ot chopadi yo‘l boshqarib mahramlar, Chodirga boshladi Qorajon qaysar, Billa bo‘lgan Hakimbekday do‘sti bor. Har tarafga qo‘shday bo‘ylab qaradi, Qalmoq yurtin nazar solib ko‘radi, To‘qayiston yerda ketib boradi, To‘qayni oralab yo‘lni yuradi, Qorajonbek boshlab ketib boradi. Ne gap kelar odamzodning o‘yiga, Ostidagi Chiborini o‘ynatib, Yetdi Qorajonning mazgil-joyiga. Qorajonbek mazgiliga yetadi, Yugurib bekka xizmat kilib yotadi, Kanizlar yig‘ilib bari yetadi. Mehmon bo‘lmoq bo‘ldi o‘zbakning o‘zi, Keldi Qorajonning qirqta kanizi. Bu so‘zni eshitib, Alpomish ham momosiga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Meni bilsang Qo‘ng‘irot eldan kelaman, Qo‘ng‘irotning qo‘chqori o‘zim bo‘laman, Sardorlarni hamroh qilib kelaman, Qalmoqshoh ustiga ketib boraman. Qalmoqman bir do‘g‘ilib ko‘raman, Qalmoqlar quvvati qancha, ko‘raman, Qo‘ng‘irot yurtdan qalmoqni izlab kelaman, Izlaganga so‘raganing bo‘laman, Qalmoqshohdan o‘chingdolib beraman. Momo, bilgin cho‘lda g‘arib holingni, Qalmoqlar o‘ldirsa sening ulingni, Men olarman Qalmoqshohdan xuningni, Ko‘rolmaysan o‘lgan joni-dilingni. Qartayibsan, duo qilib tur endi, Qalmoqlarga qilgan ishim ko‘r endi. Bek Alpomish deydi mening o‘zimdi, Xunini to‘latay o‘lgan qo‘zingdi, Qalmoqlarman qon to‘kishmoq lozimdi(r), Qalmoqshoh ustiga ketib boraman. Qalmoqshohga boradigan ishim bor, Mening ham bir g‘arib bo‘lgan kishim bor, Ko‘p jafoni unga solgan qalmoqlar, Oti Boysaridir, yurtida nomdor, Shuni izlab kelgan mendayin qaysar, Bul ishida jabr ko‘rar qalmoqlar. Ot o‘ynatib Qalmoq yurtga kirarman, Qalmoqshoh ustiga tikka borarman, Qayda bo‘lsa, uni topib olarman, Ko‘rmagan kunlarni unga solarman, Shu kunda seni ham xursand qilarman, Yig‘lamagin, shohni izlab borarman, Jami qasosingni yig‘ib olarman. O‘ldi, deb ovozasini eshitib, bularning qandayini bilmay, hech kimdan so‘rab anig‘ini bilolmay, Barchin hech kimga bildirmay, sir bermagan kishi bo‘lib, hammasi ham o‘z holiga yig‘lab, bu so‘zlarni aytib turibdi: Ayriliq o‘tiga bag‘rimni dog‘lab, Borolmayman men turamni surog‘lab, Firoqida qoldim bunda qon yig‘lab. O‘ldi, deb ovoza bunda kelgandi(r), Otamni izlab Kashal elga borgandi, Anig‘in bilmadim ketgan sultondi. Odamlar gapirib elda yurgandi, Malomat gap elda ovoza bo‘lgandi, Avbaholam mening to‘ram o‘lgandi(r), Elu xalqqa shuytib gap bo‘p yurgandi(r), Bilmayman ahvoli qanday bo‘lgandi(r). Men yig‘layman, to‘ram deyman mug‘oyib, Hozirgi ketishi tiriklay g‘oyib, Kecha-kunduz men yig‘layman sarg‘ayib, Buning molu mulki hozir besoyib; Ota-enasi qoldi bunda oh urib, Borolmasa hech kim bekni axtarib, To‘ram o‘lib unda qolgandir g‘arib, Kimga aytib yig‘lay dardimni yorib, Bek Alpomish o‘ldi, bo‘lmasi g‘arib. O‘zoq yurt-da, yetolmasa yo‘l yurib, Kim borib keladi anig‘in bilib, Parvo qilmay bir necha o‘ynab-kulib, Bizlar qoldik g‘am loyiga bulg‘anib. Bir nechalar shodu xurram bo‘lgandir, Bir nechaga navbat yaqin kelgandir, O‘lganin anig‘in qullar bilgandir, Ul sababdan ko‘tarilib yurgandir, Kashal borib shunday polvon o‘lgandir, Mulki qo‘ldan ketayin deb qolgandir. Bu so‘zni eshitib, kampir yana bir so‘z aytib turgan ekan: Bu cho‘llarda mehribonlik qilding sen, Ko‘nglini ko‘tarding menday mushtipar, Qayta boshdan, bolam, aytar arzim bor. Bir kecha bo‘layin senga xizmatkor, Bir kechaga taom bermak haqim bor. Olis yo‘ldan mehnat tortib kelasan, Biznikiga bugun mehmon bo‘lasan, Men enangman, sen-ku o‘g‘lim bo‘lasan, Mening qilgan xizmatimni ko‘rasan. O‘g‘illarim o‘lib ketdi xoru zor, Hozir o‘g‘lim yo‘qdir, qirqta qizim bor, Qizlarimning bari bo‘lar xizmatkor, O‘g‘limning o‘rnini qizlarim bosar. Akamday deb bari xursand bo‘ladi, Sizlarni ko‘rganda ko‘ngli to‘ladi, Barisi bo‘y yetgan, xo‘p barkamoldi(r). Xizmatidan, ko‘rsang, ko‘ngling to‘ladi, Nima desang, aytganingga ko‘nadi, Barisi ham o‘rta bo‘yli boladi(r), Qizlar bilan menday enang qoladi, Tong otgancha qo‘ymay xizmat qiladi, Tong otgan so‘ng senga javob beradi. Qalmoqlar tilini enang biladi, Boshqaradi, yaxshi yo‘lga soladi, Qalmoqlarga ham boshqarib boradi, Qancha qalmoq bo‘lsa, sendan o‘ladi, Ko‘rdim seni kim barobar bo‘ladi, Shunday qilsang enang ko‘ngli to‘ladi. Shu so‘zdaytib bekning aqlin oladi, Hammasiga bul so‘z xush kep qoladi. Qalmoqman va’dalash, ayyor balodi(r), Beklar buning aytganiga ko‘nadi, Shuytib barisining aqlin oladi. Bul beklarni ergashtirib jo‘nadi, Ang o‘zbaklar bila ketib boradi, Bu kampirning vaqti xo‘sh bo‘p qoladi, Ul beklarni olib endi jo‘nadi, Hammasi ergashib ketib boradi. Quvongandan kampirning aqli shoshib, Yo‘l boshlar piyoda oldiga tushib, Ena deydi, borayotir gaplashib. So‘z aytib boradi, ko‘nglini xushlab, Ot bilan barobar kampir angg‘ishlab, Borayotir har qaysiga so‘z tashlab, Har alvon gapirib, vaqtini xushlab. Aqlin oldim deydi, ayyor boradi, Nazar solib o‘ngu so‘lga qaradi. Bir munglik deb beklar pisand qilmadi, Bu kampirdan hech bir hadik olmadi, Ko‘ngilida nima borin bilmadi. Ena deyshib, birga ketib boradi, Yarqillagan bul makonni ko‘radi, Ullari qilgan deb ko‘ngliga keladi. «O‘g‘lining borida kampir shoy ekan, Xo‘p beklikday o‘xshatgan mazgil-joy ekan». Darvozani ochib ichkari kirdi, Bul makonni ko‘rib tabassum qildi. «Podsho bilan o‘g‘li taraf bo‘lgan-da, Shohlardan kam emas, buni qilgan-da, Taraf bo‘lib buning o‘g‘li o‘lgan-da, Hozir bul joy qizlarniki bo‘lgan-da». Bir orasta mazgil-joyni ko‘rganda, Shunday gap buning ko‘ngliga kelgan-da. Bu so‘zlarni aytib, urushdan qaytib, Surxayil mastonning qoshiga kelib, otlarni boylab tashlab, qizlar bilan beklar o‘tirish boshlab, beklarning vaqtini xushlab: «Bugun bunda turarmiz, ertan tong otgan so‘ng Qalmoqshohning ustiga borarmiz», – deb o‘tirish-suhbat boshlab, oltin kosalarni qizlar qo‘liga ushlab, aliyor tortib, beklarga kosa uzatib, qizlarning aytayotgan so‘zi: Qo‘ng‘irot eldan kelgan xonim, Bir fasl bo‘ldi maydoning, Sizga qurbon mening jonim, Bul kelgan aziz mehmonim, Hech bo‘lmasin pushaymoning, Yakson bo‘lg‘ai-da dushmaning, Zarra qolmasin armoning, Shu bugun kosa davroning, Oling, allayor-allayor, Xonim, allayor-allayor. Kiyganim gulgun qirmizi, Bizlar bu kampirning qizi, Qo‘ng‘irot elning dobilbozi, Bizlar qalmoq sarvinozi, Bekka yoqqay qizning so‘zi, Aqlingdolgan jodu ko‘zi. Berdim kosa sharob solib, Mahtal bo‘lsam qo‘lim tolib, Qizlar bir-biridan g‘olib, Ust-ustiga kosa berib, O‘tirishdan ko‘ngil to‘lib, Oling, allayor-allayor. Hali yosh, bo‘lar kamoli, Boshida lovdan ro‘moli, Oyday yarqillar jamoli, Olib ichar Qo‘ng‘irot xoni, Qizlarman bo‘lib davroni. Xizmat qilar sanam dilbar, Birday o‘tiribdi beklar, Mashriqa ko‘ylak, yengi tor, Xusnin ko‘rsa, ketar g‘ubor, Jamoli pari, hurcha bor, Qaddingdan aylanay, beklar, Oling, allayor-allayor. Tishi gavhar durday bo‘lib, Behishtdagi hurday bo‘lib, Bari shunday kosa berar, Qirqin qizlar birday bo‘lib, To‘rda o‘tirib ichayotir, Er yigitlar sherday bo‘lib, Berganin qaytarmay olib, Bul beklarning ko‘nglin xushlab, Uyin qilar zulfak tashlab, Nechovlari kosa berar, Noz bilan belini ushlab. Bu beklarning yo‘li bo‘lar, Juda bekni izzat qilar, Behush dorilardan solib, Uzmay qo‘yib berar qizlar, Ko‘ring endi sarvinozlar, Bu qizlardan ko‘ngli to‘lar, Beklar ko‘ngli shodmon bo‘lar. Bir-biriga yo‘qdir arzi, Yoqali qizlarning so‘zi, Allayor tortgan ovozi. Bul hiyladan xon bexabar, Uzmay kosa berar qizlar, Boshida kampiri ayyor, Badani qizigan beklar, Bir nechasi mast bo‘p yotar, Bir xili qaytarmay yutar, Oqshom bo‘ldi misli sahar, Uzmay kosa berar qizlar, Mast bo‘p qoldi qirq bir sardor. Uncha-muncha kor qilmaydi, Qizigan Hakimday shunqor, Qirq qiz so‘zgan sharobini Ko‘tin uzmay bunga berar, Yolg‘iz ichayotir qaysar. Bilmaydi Hakim bechora, Qilsam deb ayyor masxara, Ichayotir shunday to‘ra. Hiyla bilan aqlin olar, Qancha bo‘lsa ortmay qolar, Bilmaydi shundayin nomdor, Sulab yotir qirq bir sardor, Necha xum aroqni ichib, Endi mast bo‘p qoldi qaysar. Bu suhbatni oxir qilar, Kosalarni olib qizlar, Bul beklar qoldi bexabar, Ish ko‘rsatib bunday ayyor, Mast bo‘lib qirq ikki nomdor, Qalmoqshohga bordi xabar, Ko‘ringiz kampir jodugar, Bu kulfatga qoldi beklar. Keraklisin yig‘ib olib, Ustiga o‘t qo‘ydi ayyor, Bul olovning yorug‘iman, Qalmoqshohman keldi lashkar, Kelib ko‘rdi-ku qalmoqlar, Kuyib ketgan qirq bir nomdor. Kampir ishni o‘sal qipti, Qirq bir odam o‘libdi. Alpomishga asar qilmay, Qoldi bu olovda kuymay. Qalmoq podsho ko‘rdi kelib, Qirq biri kuyib kul bo‘lib, Bek Alpomish tirik qolib, Qalmoq bari qilich solib. Alpomish yotar bunda mas, Urayotir, qilich, olmos, Hech bir isfihon kor qilmas, Qilich qaytar, iloji bo‘lmas. Alpomish masti beixtiyor, O‘qqa tutadi qalmoqlar, O‘qi botmay bundan qaytar, Bari sargardon qalmoqlar, Surxayildan gina qilar: – Sening o‘zing yomon ayyor. Nega, badbaxt, olov qo‘yding, Qirq bir odamin kuydirding? Qurg‘ur ayyor, yangi ko‘rding, Juda bejo ishni qilding, Tig‘i olmos kor aylamas, O‘lmasini endi bilding. Mast bo‘p besh kun, o‘n kun yotar, Bir kun masti tarqab ketar, Bizning yurtni yakson etar. Bul odami o‘lmaganda, Sahal ishman o‘zi ketar, Yig‘lay bergin endi ayyor, Vayron bo‘ldi qalmoq shahar, Bizning yurtda jonzod qo‘ymay, Hammani o‘ldirib ketar. Bu ishdan sen ham bexabar, Hiyla qilmay, o‘lgin, ayyor, Vayron bo‘lar qalmoq shahar, Bir o‘y topgin, qurg‘ur ayyor. O‘z ahvoliga bu so‘zlarni aytib, zindonda yig‘lab, bul o‘tgan ishlarga pushaymon qilib, o‘zini zindonda ko‘rib, Alpomish bu so‘zlarni aytib turibdi: Xaq taolo meni qildi sargardon, Ko‘zima ko‘rinmas yer bilan osmon, Mazgilim bo‘libdi qog‘onri zindon, Necha vaqt men edim Qo‘ng‘irotda sulton, Suv bilan olamni yaratgan rahmon, Endi mendan o‘tib ketdi bu davron. Chiqmog‘im gumondir mening zindondan, G‘arib bo‘lib tor zindonda o‘ldim man. Hech kim kelib mendan xabar olmasa, O‘li-tirim (o‘lik-tirikligim) qarindoshlar bilmasa, Yer ostida qolganimni ko‘rmasa, Qo‘ng‘irot eldan birov yo‘qlab kelmasa, Qalaysan deb mendan xabar olmasa, Ahvolimni ota-enam ko‘rmasa, O‘li-tiri ekanimni bilmasa, Uchib chiqay desam, qanot bo‘lmasa, Chiqmoqqa tangirim yo‘lni bermasa, G‘arib o‘ldim, hech kim meni bilmasa. Armon bilan qalmoqqa bo‘ldim giriftor, Bu qalmoqlar meni qildi xoru zor, Mast bo‘libman, men zindonga sazovor, Ahvolimdan mamlakatim bexabar. Azob ko‘rib shirin jonim bu tanda, Kalmaguy bandaman, bo‘ldim sharmanda, Armon bilan o‘lib ketdim zindonda, Bilmay suhbat qurdim shunday makonda. Haddan oshib men menmanlik qilibman, Bir badbaxt kashmirga duchor bo‘libman, Har na desa aytganiga ko‘nibman, Uniman birga mazgiliga kelibman, Ayyorligin bilmay angda qolibman, Aroq-sharoq ichib mast bo‘p qolibman. Bu qurg‘urlar bilganini qilgandir, Behush dorilardan menga bergandir, Azamatlar qalmoq qo‘lida o‘lgandir, Menga ham ko‘p tashvishni qilgandir, O‘ldirolmay bari hayron bo‘lgandir, Axir op kep bu zindonga solgandir, Mazgilim qorong‘i zindon bo‘lgandir, Ahvolimni Qalmoqzabun qilgandir, Shunday qip o‘ldirdi menday sultondi. Hech kimga kelmaydi mening quvvatim, Beega bo‘lgandir toju davlatim, Vayron bo‘ldi mening o‘sgan elatim, Balki ilon, chayon bo‘lib ulfatim, Zahar-zaqum bo‘ldi yegan ovqatim, Shunday bo‘ldi mening taqdir-qismatim, Ziyoda bo‘p oshib ketdi mehnatim, So‘ylashmoqqa yo‘qdir mening ulfatim, Axir shunday qildi ko‘rgan suhbatim, Bu zindonda chirib ketar jasadim. Men yotibman o‘z holimdan bexabar, Xoru zor bo‘lganman, zindonda nochor, Qarindoshlar bu yo‘lima intizor, Bul ishni boshqargan haq parvardigor. Bek Alpomish tor zindonda qoladi, Har zamon zindonchi xabar oladi, Ishqilib qalmoqlar xursand bo‘ladi, Bu Surxayil ishni o‘rin qiladi, Endi qalmoq bari tinib qoladi, Ulganini hamma ellar biladi, Uldi deydi, yurtga ovoza bo‘ladi. Emish-emish Qo‘ng‘irot elga boradi, Har yerda odamlar gap qip yuradi. Rosti-o‘tirigin hech kim bilmadi, Ko‘rgan odam yo‘qdir, so‘rab bo‘lmadi. Bir malomat ovozasi boradi, Eshitganlar unda hayron qoladi, Bilmaymiz bul ishlar qanday bo‘ladi. Yo‘q, bo‘lmay, ovoza bo‘lib yuradi, Bir-biridan qarindoshlar so‘radi, So‘raganman anig‘ini bilmadi. Boybo‘rining qulog‘iga tegadi, Har kimdan yugurib-yelib so‘radi, Bilmaymiz deb elat javob beradi, Darhayron bo‘p endi gangib qoladi, Boybichaga sirin aytib ko‘radi. Elu xalqqa shul ovoza bo‘ladi, Uyqusi ochilib oqshom jiladi, Barchinoyni bilmasin deb turadi, Bilmayman, bul ishlar qanday bo‘ladi, Har oqshom ikkovi o‘ylab ko‘radi, Bularning o‘lganini kim biladi, Hech kim bilmas, elga ovoza bo‘ladi. Shul gap elatning og‘zida yuribdi, Bu so‘zni bir kuni Barchin bilibdi, Qaldig‘rochga sirin aytib turibdi, Xotinlardan Barchin so‘rab ko‘ribdi, So‘rasa, o‘lgani aniq bo‘libdi. Kashal borib Alpomish o‘lib ketdi. Endigi navbat Ultontozga yetdi. Alpomishning bor vaqtidagi amaldorni Ultontoz xizmatga solibdi, Qorajonni ko‘rib: «Bunday besunaqay, katta odam elda yursa, odamlarni oyoq osti qilib bosib ketadi», – deb Qorajonni qishloqdan chiqarib, elga qo‘shtirmay, Olatog‘ degan tog‘dan joy berib qo‘ydi. Qorajon ham taqdiriga tan berib, Olatog‘da yura berdi. Bektemir boybachcha Alpomish bilan, qirq yigit bilan birga borib, u yurtda o‘lib ketdi, endi hamma Ultontozga tobe bo‘libdi. Qaldirg‘ochoyim ham Ultontozning qo‘lida qolib ketdi. Qaldirg‘ochoyimni Ultontoz Bobir ko‘liga buyurib, tuya boqtirib qo‘ya berdi. «Endi Barchin ham faqirning tani-da, ikki boshdan bizga tegadi», – deb yuribdi. Alpomish bandi ketganiga necha vaqt o‘tgan, hammaning ham ko‘nglidan chiqib ketgan. Bor degan bilan ham hech kim ishonmaydi. Alpomish bandi ketgan vaqtda Barchinning bo‘yida homila gumon qolgan, bul paydo bo‘lgan, Alpomishning joyini tutar, deb otini Yodgor qo‘ydi. Shunday zamon bo‘lib necha vaqt o‘tdi. Barchin o‘g‘lini oldiga olib o‘tirib, bu so‘zlarni aytib, o‘ziga tasalli berib o‘tiribdi: O‘lmasa Yodigor bolam er yetar, Omon-eson bolam o‘lmay er yetsa, Boybo‘rining yuragidan cher ketar, Otasin o‘rnini Yodgorjon tutar. Ota yurtin Yodgor qo‘zim tebratar, G‘anim bo‘lgan dushmanlarni bo‘zlatar, Otasi er edi, erday bo‘p o‘tar, Otasining yurtin shunday bo‘p tutar. Shunda ketar mening ko‘nglimdan g‘ubor, Hozirgi kattamiz cho‘riman qullar, Hozir benavbatga tegdi ixtiyor, Ne go‘zallar mamlakatda xoru zor, Quldan jabr ko‘rdi elda kattalar, Davlat shunda, har ne desa ixtiyor, Ne qilmoqqa bu badbaxtning haddi bor, Qul ham bo‘lsa qo‘rg‘ur yomon muhrdor, Hech bir odam bo‘lolmaydi barobar. Oyimlarni qilib qo‘ydi xizmatkor, Bobir ko‘lda oy Kaldirg‘och mushtipar, Tuya boqib yurgandir-da xoru zor. Esimga olsam, ko‘zda yoshim sel bo‘lar, G‘arib bo‘lib qoldi shundayin nochor, Hali yoshlik qilar sag‘ir Yodigor. Yodgor bolam kamoliga kiradi, Dushman qulni ko‘rsa dodin beradi, Enasining ko‘nglidagin biladi, G‘anim bo‘lgan dushman bunda o‘ladi. Barchin shunday bo‘lib ko‘nglin ko‘tarib, O‘z ko‘ngliga xo‘p tasalli beradi, Xudo qilgan ishga banda ko‘nadi, Goh yig‘laydi, gohi oyim kuladi. Yodgor ham yo‘l yurganday bo‘p qoladi, Bobir ko‘ldan oy Qaldirg‘och keladi, Yodigorni kelib endi ko‘radi. Necha marta Yodigordan aylanib: – G‘arib bo‘p ezildi mening yuragim, Akamning o‘rniga qolgan, chirog‘im, Bu so‘zdaytib oy Qaldirg‘och turadi, Yodigorni bag‘riga bosib suyadi, Oy Qaldirg‘och ancha xursand bo‘ladi, Qaldirg‘ochoy tuyaga olib jo‘nadi. Goh ko‘tarib, gohi cho‘lda yurgizib, Bobir ko‘lga qarab ketib boradi, Xudo deydi, yaratganga jiladi, Talabini bir oblodan tiladi, Bek Alpomish kelganday bo‘p qoladi, Yodigorni ham tasalli qiladi, Bobir ko‘lda tuya boqib yuradi, Yodigor ikkovi birga bo‘ladi. Har zamonda gapirtirib ko‘radi, Tili yangi chiqqan, Yodgor boladi(r), Suylatib ko‘rganda xursand bo‘ladi. Shuytib bular bunda yura berdi. Necha vaqt, necha zamon orada o‘tdi. Alpomish zindonda yotibdi. Qarasa, zindonning boshida bir g‘oz qanotini yozib aylanib turibdi. G‘ozni ko‘rib, Alpomish, bu so‘zni aytib turibdi: E, jonivor, Qo‘ng‘irot eldan keldingmi, Humoyunday menga soya soldingmi, Tor zindonda mendan xabar oldingmi, Qarindoshdan elchi bo‘lib keldingmi? Zindonda gangigan bu bekning boshi, Oh tortsam to‘kilar ko‘zimning yoshi, Ilohim ko‘risin podsholar ishi, Kajga aylangan shum falakning gardishi, Zindonni aynalgan g‘oyibning qushi, So‘rog‘imni bilmas mening hech kishi. G‘arib bo‘lib qoldim bunda zindonda, Azob ko‘rar shirin jonim bu tanda, Ilgari yurib edim qancha davronda. Menday mardni bu zindonda ko‘rasan, Zindonni aylanib parvoz qilasan, Men bilmasam qaysi eldan kelasan, Nega sen aylanding, o‘zing bilasan. Mendan o‘tib ketdi ul necha davron, Men qilarman o‘tgan ishga pushaymon. Pushaymon qilganman hech naf qilmayman, Qutulmadim Yusuf kabi zindondan. Zindonni aylanib parvoz qilasan, Sog‘misan sen yo, shikasta balosan. Necha so‘zni shunqor g‘ozdan so‘radi, So‘z aytmakka g‘ozning tili bo‘lmadi. Davlatli xon endi shunday qaradi, Yolg‘iz g‘ozni bul yaqinda ko‘radi, Aylanib zindonga yaqin keladi. Muni ko‘rib Hakim ko‘nglin xushladi, O‘zin kelib g‘oz zindonga tashladi. Shunda g‘ozni ushlab ko‘rdi. Bu g‘ozni bir kampirning o‘g‘li otgan edi, yiqilmay yarador bo‘lib ketgan edi, yiqilmay ketganiga alam qilib, necha yildan beri o‘lasi bo‘lib yotgan edi. Bu tog‘ni Shakaman tog‘i der edi. Odamining bo‘lmasi yegani qushning go‘shti edi. Merganchilikni ko‘p oriyat bilar edi. Hech qaysisining otgani xato ketmas edi, hech bir qushga omon bermas edi. Merganlikka shunday qo‘ship, kilgan xalq edi. Bir shu g‘ozgina kampirning o‘g‘lidan yiqilmay ketgan edi. Alam qilganidan kasal bo‘lib yotgan edi. G‘ozning g‘anqillagan dovushi kampirning o‘g‘lining qulog‘iga borib, dardi bo‘shalib, boshini ko‘tarib, enasiga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Bu o‘lkadan o‘tmagay-da nishonim, Ko‘p bular ko‘nglimda ham pushaymonim, Shakaman tog‘iga keldi dushmanim, Ena, o‘qlab bergin o‘qu yoyimni. Shakaman tog‘iga borayin yakka, Oqsoq g‘ozning go‘shti dori chichqoqqa. Jon borinda bir harakat qilayin, Shakaman tog‘iga yolg‘iz borayin, Yolg‘iz g‘ozni men ham urib kelayin, Ena, o‘qlab bergin o‘qu yoyimni. Bu dushmandan ko‘p azobni ko‘raman, Hayallasam, men bilmay qolaman, G‘ozdan quruq qolsam, tayin o‘laman, Endi borsam, buni otib kelaman. Hayallama, toqqa yolg‘iz borayin, Yolg‘iz g‘ozni qo‘lga bersin xudoyim, Men ham borib nobud qilib kelayin, Ena, o‘qlab bergin o‘qu yoyimni. Hafa qilma, ena, menday ulingdi, Bu yolg‘iz g‘oz so‘ldirgandi gulimdi, Hayallama, jonim ena, tur endi, Ena, olib kelgin o‘qu yoyimdi. Hayallasang, g‘oz parvoz qilmasin, Bu dushmandan o‘g‘ling quruq qolmasin, Bu g‘am bilan menday o‘g‘ling o‘lmasin, Taqal qilma, bu g‘oz jo‘nab qolmasin, Boray pisib o‘sal-shumni bilmasin, Qanday bo‘lsa borishimni ko‘rmasin, Endi bu g‘oz sira omon qolmasin, Erta kunin kechga tortib yurmasin, Ena, o‘qlab kelgin o‘qu yoyimni. Bu so‘zni eshitib, kampirga qarab, o‘g‘li bir so‘z deb turgan ekan: Mendayin o‘g‘lingning ko‘nglin bo‘lasan, Yolg‘iz g‘ozning tarafini olasan, Munday bo‘lsang, sen imonsiz o‘lasan. Oh urganda ko‘zdan oqqan yoshingmi, O‘tirishda sening ko‘ngil hushingmi, Shu yolg‘iz g‘oz, yo ena, o‘ynashingmi? Hadik berib mendayin farzandinga, Meni solib ayriliqning o‘tiga, Yolg‘iz g‘ozning tarafini olasan, Eshaklar hangrashib. . . Bu so‘zdaytib ko‘p achchig‘i keladi, Kampir o‘g‘li bu o‘rnidan turadi, Parli yoy o‘qini qo‘lga oladi, G‘ozga qarab kampir o‘g‘li jo‘nadi, Pasqamman panalab ketib boradi. «Juda shum g‘oz, bul ham meni bilmasin, Borayotganimni sira ko‘rmasin, Angda qolsin, uray, omon bo‘lmasin». Bu so‘zni o‘ylab g‘ozga yaqin boradi, Dardli qul dardini kimga yoradi, Ayriliq o‘tiga bag‘ri poradi(r), Qo‘lidan kelgancha pisib boradi, Har zamonda shunday angnib qaradi, G‘ozni juda qulayga olib boradi, Qanday bo‘lsa xo‘p angnib ko‘radi, Enkayib, qiyalab ketib boradi, Shu zamonda yaqin borib qoladi. Dushman kelganini bu g‘oz bilmadi, Charchab edi, sira parvo qilmadi, Pisib yotir, hech odamni ko‘rmadi. Shunda ketgan tomoshamon bari yig‘ilib: «Kechagidan ham bugun qiziq bo‘lar, alplarning zo‘ri olishar», – deb turdi. Kecha qanday bo‘lsa, bugun ham shunday bo‘p o‘tirdi. Qorajonga Alpomish turib aytdi: – Bugun tushmaysanmi maydonga, bugun talab qilmay turibsan? – Bunga ham tush desang, tushaman, tushgan bilan bundan omon topmayman, lekin bu haddili zo‘r, bunga tushsam, ikki boshdan o‘laman. O‘zim o‘lgandan keyin sening bergan davlatingni nima qilaman. Bizning siri-holimiz bir-birimizga ma’lum, ilgaridan ham to‘qayda ayiqday olishib yotgan odam edik, ularni ilgari ham yiqitar edim, endi kalmaning shafohati – ushlagandan otib yuborayapman, qanday bo‘lsa, bir qalmoq qopti, bunga tushib o‘lgandan bir nima chiqarmi, g‘ayrating bo‘lsa, ko‘rsat endi, – deb turibdi. Alpomish chechinib: – Xayr, o‘nday bo‘lsa, – deb maydonga talab qila berdi. Ko‘kaldosh alp turib aytdi: – O‘zbak! Sen bunday bo‘yni yo‘g‘onlik qilma, g‘aribi go‘riston bo‘lib o‘lma, hali ham qo‘ygin, yoringdan umid qilma, halak bo‘p kelgan yo‘lingdan qolma, shu alplar o‘lsa, o‘lsin, o‘zbakning qizi bechatoq. bo‘p yolg‘iz o‘zima qolsin, deb turib edim, seni ilgaridan ham hisob qilganim yo‘q edi. G‘ozning bir oyog‘i singan, bir qanoti mayib bo‘lgan, o‘q tegib, xolati ketib, shu yerga yiqilgan. Hakimbek turib aytdi: «O‘z elimda, Bobir ko‘linda yurgan vaqtlarimda shu g‘oz menga yo‘liqsa, butun yo‘liqar edi. Hozir zindonda yarim odamman-da, bu g‘oz menga yarim yo‘liqdi». Necha kunlar g‘oz bilan suhbat qurib yotdi, g‘ozning yaralari, bitdi. Parvoz qilib, ko‘tarilib uchadigan bo‘ldi. Hakimbek: – Elu xalqimga mening o‘lik-tirik xabarimni sen yetkazsang, – deb xat qilib, g‘oz qanotining shopariga muxtasar qilib, g‘ozga qarab, bir so‘zni tayinlab turgan ekan:Belimga boylagan zarrin po‘tam bor, Xudoyim kechirgay qilgan xatom bor, Qo‘ng‘irot elda Boybo‘riday otam bor, Albatta otama arzamni yetkar. Men yig‘layman, yuragimda alam bor, Vayron bo‘lgan elda kulbaxonam bor, Qo‘ng‘irot elda oq sut bergan enam bor, Albatta enama arzamni yetkar. Men edim necha vaqt elda dobulboz, Tul bo‘p qoldi Barchinoyday sarvinoz, Arzamni yorima yetkaz, yolg‘iz g‘oz. Oh urganda ko‘zdan oqar selob yosh, Zolim bilan hargiz bo‘lmanglar yo‘ldosh, Bir singlim bor, mening bilan emikdosh, Bobir ko‘lda hala deydi, yig‘laydi, Singlimga arzamni yetkar, yolg‘iz g‘oz. Senga aytgan necha alvon tilim bor, Xafa falak boshga solgan zulm bor, Qayda borsam bir boshimga o‘lim bor, Xazon bo‘lib, tar ochilgan gulim bor, Paydo bo‘lgan sag‘ir, Yodgor o‘g‘lim bor, Albatta o‘g‘limga arzamni yetkar. G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor, Bir nechalar o‘z holidan bexabar, Olatog‘da alp Qorajon do‘stim bor, Albatta do‘stimga arzamni yetkar. Qaytayin ezildi bag‘rim chegasi, Ko‘tarolmay sindi boshim jirasi, Avbaholam Ulton yurtning egasi, Albatta inimga arzamni yetkar. Quloq sol, jonivor, aytgan nolishima, Xafa falak zahar qo‘shgan oshima, Qo‘ng‘irot elda qovmu qarindoshima, Arzamni yetkargin dengu dushima. Bu so‘zlarni aytar mendayin shunqor, Esiz umrim bu zindonda xoru zor, Kunduz yotib, oqshom uchgin, jonivor, Salomat arzamni Boysinga yetkar. Yana yo‘lda seni lochin ko‘rmasin, Lochin ko‘rib boz changiga olmasin, Yurishingni olg‘ir qushlar ko‘rmasin, Oqshom yurgin, seni lochin bilmasin, Bekning arza xati zoye bo‘lmasin, Ehtiyot bo‘l, tuyg‘un qushlar ko‘rmasin, Xizmat qil, arzamni Boysinga yetkar. Bu so‘zlarni g‘ozga tayin qiladi, Bekning so‘zin bu yolg‘iz g‘oz biladi, Bu jonivor turib parvoz qiladi, Alpomishning arzachisi jo‘nadi. Bek Alpomish qoldi bunda zindonda, Bu yolg‘iz g‘oz ko‘tarildi osmonga. Tor zindonda qolib duo qiladi, Alpomish hurmati shunday bo‘ladi, Bekning arzasini olib boradi, Qo‘ng‘irot yurtin ko‘zlab uchib jo‘nadi, Kunduz yotsa, oqshomiga yo‘l tortdi, Oqkshom yotsa, kunduz qichadi ketdi, Necha qorli tog‘lardan o‘tdi, O‘n to‘rt kecha-kunduz bunda g‘oz uchib, Shakaman tog‘iga yaqinlab yetdi. Qichov qilib g‘oz qanoti tolibdi, Qarab tog‘da o‘ngu so‘lni ko‘ribdi, Bu yolg‘iz g‘oz ehtiyotin qilibdi, Shakaman tog‘iga charchab qo‘nibdi, Endi qo‘nib, bu g‘anqillab turibdi. Bu so‘zni o‘g‘lidan epshtib, kampir ham bir so‘z aytib turgan ekan: Podsholarning qatnab yurar elchisi, Elchilarning bo‘lar ekan tilchisi, Bu yolg‘iz g‘oz Alpomish arzachisi, Qo‘ygin, bolam, arzachiga o‘lim yo‘q, To o‘lgancha tirik qulga tinim yo‘q. Bandi bo‘lgan bekni hurmat qiladi, Shunday bekni ham g‘oz hurmat qiladi, Bobir ko‘lga xat ko‘tarib boradi. Falak urib sening guling so‘lmasin, Bekning arzachisi bunda o‘lmasin, Bekning arza xati zoye bo‘lmasin, Qo‘ygin, bolam, arzachini o‘ldirma. Jonim qo‘zim, bilmaganim bildirma, Do‘st yig‘latib, dushmanimni kuldirma. Qaldirg‘ochga xat ko‘tarib boradi, Qanday bo‘lsa yolg‘iz g‘ozni o‘ldirma. Musulmonsan, bunday ishni qilmagin, Bekning elchisiga dushman bo‘lmagin, Xat ko‘targan g‘ozni, bolam, urmagin, Bekoriga bilmay ahmoq bo‘lmagin. Uchar qush parvoz qip bundan borgandi, Tor zindonga borib bekni ko‘rgandi, Qarindoshin ul arzaga solgandi, Necha so‘z arzaga tayin qilgandi, Qanotlari tolib bunda qo‘ngandi(r), Buni otib, ishing qanday bo‘lgandi, Bu so‘zdaytib o‘g‘lin yo‘ldan urgandi(r), Necha so‘z tusmoldan aytib bergandi(r). Ko‘p yashagin, jonim bolam, o‘lmagin, Bu rayingdan qaytgin, nobud qilmagin, Arzachini, bolam, otib kelmagin, Bu ishingni, ko‘zim, yaxshi bilmagin, G‘oz go‘shiga, bolam, intiq bo‘lmagin. Bu so‘zni ko‘nglingga og‘ir olmagin, Yaxshilik qil, yomonlikni qilmagin, Qo‘ygin, qo‘zim, yolg‘iz g‘ozga bormagin. Domlasi vakillaridan so‘rab, bular ham guvohligiga bir nima olib, mulla xutbasini o‘qib, nikoh qilib, mullaning so‘ragan so‘zini vakillar ham qabul qilib qaytdi. Hakimbekdan ham ne shartlar so‘rab, sharti, sharoiti bilan qabul qilib, hamma dimog‘i chog‘ bo‘lib, mazgiliga qaytib ketdi. Baxmal o‘tovda chimildiq tutib, kuyov no‘karlari bilan kuyovni kirgizmoqchi bo‘lib, bir necha xotinlar «kampir o‘ldi» bo‘lib, o‘lganiga bir nima, olib, «it irillar» degan rasmini qilib, bunga ham bir nima berib, har zamon salom solib, uydan ichkari kirib, chimildiqda o‘tirib, oldiga dastarxon solib, qo‘ylarning to‘shini pishirib olib kelib, bularning oldiga qo‘yib, xo‘p yeb to‘yib, kuyov no‘karlarga to‘ppi, ro‘mol, sarpoylar berib, hammasi o‘z rasmi-qa’dasini qilib, kuyov no‘karlar chiqib ketdi, bular ham mazgiliga joy-joyiga qarab ketdi. Barchinni bekning qoshiga op kelmoqchi bo‘lib, ko‘p qizlar o‘rtaga olib, baxmal koplagan oq kigizga solib, «qadimgi rasmimizni qilamiz», – deb qizlar ko‘tarib, ko‘targani quvvati kelmay halak bo‘lib, uytib-buytib olib kelib, Hakimbekning qoshiga olib kirib, xotinlar rasmini qilib, «choch siypatar», «qo‘l ushlatar» ini qilib, bir necha yangalar sho‘xlik qip turib: «Nima qilsangiz, ixtiyor o‘zingizda», – deb sho‘xlik bilan bir nechasi javob berib, har qaysisi o‘z mazgiliga ketdi. Bul o‘tov ikkoviga tanho tegib qoldi. Bu so‘zni eshitib, Alpomish Ko‘kaldoshga qarab, bul ham bir so‘z deb turgan ekan: Har kim o‘z eliga bekmi, turami, O‘zi o‘lmay kishi yorin berami? Buncha so‘zni lof urmagin, sen qalmoq, Kel endi maydonda turgin, yo ahmoq. Bilmayman maydonda kimlar o‘ladi, Ko‘tarilma arzon bo‘lib qoladi, Barchinoyim bul o‘rtada turadi, Biyning qizi kimga taqdir qiladi. Meni sen o‘zingdan kam deb turasan. Ko‘tarilma, juda ahmoq balosan, Olishgan so‘ng qanchaligim bilasan, Ko‘tarilib, qalmoq, nima qilasan. Bog‘bon bo‘lsam, qizil gulni terayin, Har na qismat yozilganin ko‘rayin, Kelgin, qalmoq, birga maydon qilayin, Nasib etsa, sening doding berayin, Sening bilan maydon qilib ko‘rayin, Zo‘rlik qilsang, taqdirga tan berayin, Ko‘tarilma, bir olishib ko‘rayin! Bildirasan menga zo‘rliklaringni, O‘ldirib olasan Barchin yoringni, Olishsang, sinaysan o‘zing holingni, O‘z joningga sen qilmagin zulmni. Bir arosat bunda maydon bo‘ladi, Turgan barcha tomoshani ko‘radi, Kimning kuni bitsa, bunda o‘ladi, Qolgan odam boyning qizin oladi. Bu so‘zni Alpomish aytib turadi, Achchiqlanib bul Ko‘kaldosh turadi, Chechinib, shu zamon belini bo‘g‘ib, Minorday bo‘p bu maydonga kiradi. Ko‘rgan odam bari hayron qoladi, Biz bilmaymiz qanday zamon bo‘ladi. Ikkovi maydonda aylanib turdi, Tomoshamon ko‘z yubortib tikildi. Hamma bu alplarga tiklab turadi, Sherday qaysar qo‘l bulg‘ashib keladi, To‘rpoqlar changiydi, to‘zang bo‘ladi, Ikkovi kep belma-bel bo‘p oladi, Belma-bel olishsa ayrit bo‘ladi, Zo‘r deganing ma’lum bo‘lib qoladi. Shunday bo‘ldi anga haqning farmoni, Ko‘p bo‘ladi g‘amli qulning armoni, Harchandki chirpindi Boysinning xoni, Yiqmoqqa kelmadi bekning darmoni, Zo‘r ekan Ko‘kaldosh, juda bema’ni. Zo‘r qilib, ingranib shundayin shunqor, Ko‘kaldosh ham bo‘ldi xonga barobar, Shudgordayin bo‘lib qoldi bu yerlar, Juda ham olishdi bu ikki qaysar. Ikkovi qaytmasdan maydon qiladi Jon bozori ko‘p olishib turadi, Ikkovi barobar kelib qoladi, Elda yolg‘iz bek Alpomish turadi(r), Kurashda quvvatin sarf qip yuradi, Yiqmoqqa quvvati bekning kelmadi. Ko‘kaldosh ham Alpomishdan kam emas, Meni o‘zbak yiqadi deb g‘am yemas, Olishar maydonda ikki shag‘al mas, Ikkovi ham bir-biriga sir bermas, Bularning ishini xaloyiq bilmas, Ikkovi bir-birin hech parvoy qilmas. Ana endi Barchinoyni nikoh qip olgan so‘zi: Eshitingiz, beklar, ohu zorini, O‘lib ketgan necha dushmanlarini, Nikoh qiyib oldi Barchin yorini, Ko‘ngildan chiqarib ko‘p g‘uborini, O‘ynab-kulib tarqatgandir cherini, Olgandir shundayin zulfakdorini, Ko‘nglin xushlab bunda bul beklarini. Banda ko‘nar tangri qilgan ishiga, Ul kechasi borib aning qoshiga, O‘ynashib, qo‘l solib qorday to‘shiga, Ul kechasi fayzi sahar bo‘lganda, Bek Hakim qo‘shildi gul buvushiga. Namoz vaqtigacha o‘ynab-kuladi, Tong otgan so‘ng bul o‘rnidan turadi, Ikkovlari ikki joyda bo‘ladi, Ovloq joyga o‘tov tikib qo‘yadi, Bek Hakim o‘tovga borib yotadi. Har zamonda qizlar xabar oladi, Yangalar yig‘ilib bunda keladi, Bir xil yanga «kuyov tovoq» qiladi, Tanga-tilla tovog‘iga soladi, O‘zbaklar rasimi shunday bo‘ladi: Choshka-tushda sop yigitlar keladi, Hakimbekdan «kuyov uloq» so‘radi, So‘ragan odamlar quruq qolmadi, Bularga ham bitta sarka beradi, Vaqti xush bo‘p bular ketib boradi. Qorajon ham kelib birga turadi, Qorajonni yaxshi izzat qiladi, Qorajon ko‘ngliga hamma qaradi, Alpomishning biri bo‘lib turadi. Qorajon ham izzat-hurmat ko‘radi, Har kuni bu yerda davron so‘radi, Kun aylanib yana kech bo‘p qoladi. Hakimbekni yangalari oladi, Barchinoy qoshiga qo‘yib keladi. Qizu juvon bari bunda jam bo‘lib, Turur Qorajonga xizmatni qilib, Necha kunlar bunday davronda o‘tdi, Bu mazgilga kelib Hakim joy tutdi, Boysariga endi gapni jo‘natdi. Boysariga endi xabar boribdi, Elatidan kata-kichik kelibdi, Elat bilan maslahatni qilibdi, Barchinni uzatib qaytmoq bo‘libdi, Boysariboy bormaymanda turibdi, Bo‘lak el ketmoqni ixtiyor qilibdi, Boysariga harchand zo‘rlab ko‘ribdi, Eli-xalqi ko‘p nasihat qilibdi, Bir nechalar ko‘p so‘z aytib turibdi: – Qizing ketar, sen ham ganib qolarsan, Qalmoqlardan ko‘p jafoni ko‘rarsan, Bul ko‘rganing hali ozlik qilami, Qalmoqning yurtida nima qilarsan. Sen qolarsan, ketar bundan elating, So‘ngra uchmoqqa yo‘qdir qanoting, O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot sening quvvating. Et qizuvman bunda yolg‘iz qolasan, Yolg‘iz qolib ko‘p pushaymon qilasan, Albatta birga borsang, sen ham yaxshi bo‘lasan. Avval bir gap bilan bunda kep eding, Toychixonni panoh berar deb eding. Bunda kelib necha kunlar turgansan, Qizing talash, qancha izza ko‘rgansan, Qalmoqlardan ne yaxshilik ko‘rgansan. Kattamizsan, bunday o‘rlab turmagin, Qanday bo‘lsa eldan yolg‘iz qolmagin, Qizingdan ayrilib g‘arib bo‘lmagin, Qiyin bo‘lar so‘ngra elni ko‘rmaging. Kelib edik, birga-birga boramiz, Hakimbekka shu javobni beramiz, Bundan borsak, Ko‘kqamishga qo‘namiz, Boysin elni borib yoylab yuramiz, Qo‘rsin qalmoq yurti, nima qilamiz?! Hakimbekka nima javob beramiz? Ketar qizing Barchin zulfakdor, O‘rlab senga yolg‘iz qolmok ne darkor, Qalmoqning yurtini qilma ixtiyor, Musofirlik yurtdan ketmog‘ing darkor. Bu so‘zni eshitib, qavmi-qarindoshining gapiga qarab, Boysari ham bir so‘z aytib turgan ekan: Akam izza qildi Boysin elida, Turolmadim Ko‘kqamishning ko‘lida. Zakot dedi, o‘n to‘rt mahram buyurdi, Mahram kelib menga berdi xabardi, Zakot degan gapga ko‘nglim qabardi. Ulsiz edim ko‘p gap yodima keldi, Akamning so‘zlari qattiq ko‘rindi. Men ham aytgan so‘zga menmanlik qildim, O‘n to‘rt mahramini ushlab o‘ldirdim, Kashalga ko‘chmoqni ixtiyor qildim, Sizlar hamroh bo‘lib unday kunlarda, Necha kunlar Kashal qarab yo‘l yurdim, Ko‘kqamishdan chiqib Oyko‘lga qo‘ndim, Qalmoqlar alpidan ko‘p izza ko‘rdim, Qanday bo‘lsa taqdirima tan berdim. Qarindoshlar, eshit aytgan so‘zimni, Kerak bo‘lsa, olib ketsin qizimni, Borib men akama ta’na bo‘lgancha, Qalmoqlar o‘ldirsin mening o‘zimni. Meni bilsang, sira Qo‘ng‘irot bormayman, Borsam ham men burungiday bo‘lmayman, Akamning diydori qursin, ko‘rmayman. Ko‘nglim siniq edi, holim bilmadi, Akam meni elda izzat qilmadi, Zakot degan odatini qo‘ymadi. Akamning zarbidan sarson bo‘lganman, Elimdan ayrilib bunda kelganman, Ko‘p so‘rasang, tirik emas, o‘lganman, Qarindoshlar, gapni ado qilganman, Ketmoq bo‘lsa, Barchinga javob berganman. Bu ellarda menga o‘lmoq lozimdi(r), Har zamonda so‘rab turing Barchin qizimdi. Bul javobni qarindoshlariga berdi. Ular harchand zo‘rlab ko‘rdi, ketmoqni ixtiyor qilmadi. Qarindoshlarining aytgani bo‘lmadi, Hakimbekka borib qarindoshlari shunday bildirdi: – Boysaribiy bilan kelib, qaytib elga borolmay, sarson bo‘lib qolganmiz, birga ketsak, – deb biyga ko‘p gapirib ko‘rganmiz, kata-kichik juda zo‘rlab turganmiz. Ketmoqni hech ixtiyor qilmadi, qariganda ham buning bo‘yni yo‘g‘onligi qolmadi. Bul odamlar harchand zo‘rlab ko‘radi, odamning esida yo‘q gaplarni gapiradi: «Qaytib borsam, ko‘chib borib o‘l, bachchag‘ar, o‘g‘lim borib ham o‘zingni olib keldi, ham qizingni olib keldi, – de6 betimga ta’na qiladi, o‘lsam ham bormayman», – deb o‘rlaydi-da, turadi, – dedi. Hakimbek eshitib: – Bu musofirlikda, suyagi qolib ketmasin, deb necha marta odam yuborib ko‘rdi. Hech so‘z kolmadi, hech kimning gapini qulog‘iga olmadi, o‘zining bilganidan qolmadi. Shunday bo‘p bul orada qirq kun o‘tdi, qirq kungacha maslahat qip yotdi. Qirq kundan keyin maslahatni bir yerga qo‘yib, Boysari qoldi. O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot Barchin bilan ketmoqchi bo‘ldi. Barchinni uzatmoqchi bo‘lib, kuyovga «Erga ko‘rsatdi» degan rasmlarini qilib, bir qo‘yni so‘yib, choshka vaqtida uyiga chaqirib yaxshi sarpoylar Hakimbekka yopib, qavatida Qorajonga ham yopib, Barchinni uzatmoqchi bo‘lib, uzatayotganda so‘zi:Chechanlar eplaydi gapning epini, Shul zamonda besh yuz norni cho‘ktarib, Ortadi Barchinning qilgan sepini. Barchinoy yig‘laydi, ko‘nglin bo‘ladi, Enasiman otasiga qaradi, Qarab tursa elat ko‘chib boradi, Suyanchi yo‘q, ota-ena qoladi, Bular qolishiga Barchin jiladi, «Ota ne bo‘ldi?» – deb zo‘rlab ko‘radi, Quloq solmay Boysari o‘rlab turadi. Bir yo‘rg‘a ustiga Barchin minadi, Barchinoyim endi ketib boradi. Ko‘ngili buzilib, o‘pka to‘ladi, Ko‘ngili buzilib, mo‘nglik jiladi, O‘n ming uyli elat ko‘chib boradi, Otasi, enasi sho‘rning qoladi, Esiz otam ulsiz dedi, jiladi, Yig‘laganman nima iloj qiladi, Sepin ortib endi yo‘lga soladi, Boychiborni Hakimga olib keladi, Qorajonman Hakimxon otlanadi. Bedov mingan ot-abzalin shayladi, Kelganlar eliga talab ayladi, Cho‘ponlar qur haytlab qo‘yni haydadi. Eliboylar qilib yotir dovriqni, Haydadi cho‘ponlar chori, sovliqni. Kashaldan Boysinga talab ayladi, Kelgan elat bundan ko‘chib boradi. Boysari qizini uzatib, ko‘ngli buzilib, yana Barchinga tasalli berib, bir so‘z aytib turgan ekan: Jonim bolam, Barchin, ko‘ngling bo‘lmagin, Otam qoldi deb sen xafa bo‘lmagin, Ko‘p yashagin, ko‘p yilgacha o‘lmagin, Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin, Sen borasan qarindoshning ichiga, Yolg‘izman deb, bolam, yig‘lab yurmagin. Muna elda boylik davron surarman, Har gap bo‘lsa taqdirimdan ko‘rarman, Har zamonda, bolam, seni ko‘rarman, To o‘lgancha duogo‘ying bo‘larman. Elu xalqni bundan borib ko‘rasan, Men qolganga, bildim, xafa bo‘lasan, Bizga qarab, bolam, yig‘lab borasan. Quloqqa tut, bolam, aytgan so‘zimni, Qaytayin, jo‘natdim senday qizimni, Yosh to‘ldirma sen ham narkas ko‘zingni, Juda xafa qildim senday qo‘zimni. Yig‘lama, jon bolam, ko‘nglim buzildi, Ketishingni ko‘rib bag‘rim ezildi. Xafa qilib bunda senday sanamni, Qo‘yib ketma menga dog‘i-alamni, Tengquringga qo‘shdim senday bolamni. Bu yurtlarga kelib rohat ko‘rmading, Qalmoqlardan emin-erkin yurmading, Shukrulillo, qalmoqlarda qolmading. Ketding, bolam, qavmi-qarindoshingga, Ko‘p savdolar tushib bunda boshingga. Jon bolam, otangni holin bilgansan, Otam deb ham mehribonlik qilgansan, To‘qson alpga yolg‘iz javob bergansan, Boysarining holin bilgan bolamsan. Qiyg‘ir degan qo‘sh o‘ltirar qiyoda, Ne ko‘rib-kechirding foniy dunyoda, Qiz ham bo‘lsang, qilgan ishing bir nechadan ziyoda Rustamdayin ish ko‘rsatib borasan, Sog‘insang otangni, bolam, ko‘rasan, Elu xalqman birga ketib borasan, Boysin-Qo‘ng‘irot elda davron surasan, Har zamonda meni esingga olasan, Bildim seni, osha xafa bo‘lasan, Bundan borsang, biy bobongni ko‘rasan, Bo‘lgan ishni unga ma’lum qilasan. Toyrilib boshimdan toji davlatim, Boyburiga tanho qoldi elatim, Qiz ham bo‘lsang, men suyangan farzandim. Yuragimda bordir g‘amli kulfatim, Endi til bilmagan qalmoq ulfatim, Kunma-kun ziyoda bo‘ldi hasratim, Ko‘rar ko‘zim, omonda bo‘l, farzandim. Qorajonning enasi bul ishlarni bilib, alplarning makoniga kelib, zo‘r qalmoqlarning o‘lganini ko‘rib, Qorajondan tirik ayrilib, o‘zga o‘g‘illaridan o‘lik ayrilib, ko‘ngli buzilib, bir so‘z deb turgan ekan: Bolalarim elda zo‘rabor edi, Qalmoq yurtda yurgan bir qaysar edi, Qatorda gurkirab turgan nor edi, Har qaysi yuz mingga barobar edi, Mening ham bir yetti o‘g‘lim bor edi, Bir-biridan juda zo‘rabor edi, Men bilmayman ne falokat doridi. Armon bilan bilmaganim bildirdi, Xanjar chekmay bag‘rim qonga to‘ldirdi, O‘zbak kelib o‘g‘illarim o‘ldirdi. Kesilibdi esiz alplarning boshi, Mayda-mayda bo‘pti gavdayi loshi, Ko‘rib to‘kiladi ko‘zimning yoshi, Farzandlari edi Surxayilning sirdoshi. Yig‘lab qoldim endi men ham mug‘oyib, Qorajondan tiriklayin ayrilib, Uchqur edim qanotimdan qayrilib, Yugruk edim tuyog‘imdan tayrilib, Armon bilan men alplardan ayrilib, Men yig‘layman g‘arib bo‘lib, sarg‘ayib, Alplardan ayrildim sochimni yoyib, Kimga aytay endi ko‘ksimni yorib, Qayda boray men qo‘zimni axtarib?! Shul qismatni taqdirimdan ko‘rayin, Qalmoqshohga endi o‘zim borayin, Ko‘rganimni yig‘lab arz qip turayin. Bu so‘zlarni aytib, alami ziyoda bo‘lib, sochini yoyib, betini yuli6, Qalmoqshohning davlatxonasiga borib, o‘g‘illarining vaqtida podshohlikda hukmi zo‘r kampir edi, amaldor, jig‘ador, tug‘dorlar oldiga tushib, Qalmoqshohning oldiga iyartib bordi. Surxayil mastonning Qalmoqshohga aytib turgan so‘zi:Olmadayin so‘lgan gulday tarzim bor, Toychixonim, senga aytar arzim bor, Senday shohim bul ishlardan bexabar, Seni yakson qilib ketdi o‘zbaklar. Taxt ustida senday shohim turami, Yolg‘iz o‘zbak shunday ishni qilami?! Hech zamonda shunday gaplar bo‘lami, Bir o‘zbak shundayin ishni qilami, Shunday alplar bul beyo‘qlov o‘lami, Bevahm senday shoh elda turami?! Bunday bo‘lsang, shohim, elni so‘rama, Sening joning bo‘lsa, shunday qilama? Bildim, o‘zbak ketsa sening dalangdan, Hech bir sen chiqmaysan ko‘rg‘on-qal’angdan. Bilmadingmi ul o‘zbakning ishini, Kesibdi-ku zo‘r alplarning boshini. Podsho degan bul ishlarni bilmaymi, Bilib eldan og‘ir lashkar olmaymi, O‘zbaklarga qiyomatni qilmaymi. Podsho bo‘lgan nomus-orni bilmaymi, Maydon bo‘lsa ish ko‘rsatib kelmaymi, Moli-holin, borin talon qilmaymi, Qizu juvon ot ostinda qolmaymi, Qasd qilganga shunday kunni solmaymi?! Shunday alplar o‘lgan bunda bilasan, Bilsang ham bilmamish bo‘lib turasan, Uyati yo‘q, qanday katta bo‘lasan?! Aytgan so‘zim qulog‘ingga olasan, Gap kelganda sen uyalib qolasan, Bu so‘zima nima javob berasan. Sen bormasang, yurib xabar qilayin, Bu elatdan odam yig‘ib olayin, Qichov qilib men keynidan borayin, Balo tekkan Qorajonni ko‘rayin, Uning bilan bir shekilli bo‘layin, Yo o‘ldirib, yo bir o‘lib kelayin, Javob ber so‘zima, shohim, jo‘nayin, Endi senga gapni ko‘toh qilayin. Qalmoqlarning kelayotganini ko‘rib, eliboylar chuvullab, besaramjon bo‘lib, mollarini to‘plab, har qaysisi o‘z boshiga bo‘p qoldi. Alpomish ham ko‘rib: – Qalmoqlar bir gap o‘ylabdi, bizning ustimizga qasd qilib lashkar yuboribdi, baydoq-baydoq lashkar ko‘rinadi, mazmuni lashkar kelayapti, – dedi. Bu so‘zni eshitib, Qorajon Alpomishga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Qani kelsin qalmoq, deb, Kelsa oshirib solmoq, deb, Halak bo‘lsa o‘lmoq, deb, Jazosini bermoq, deb, Qalmoq boshin olmoq, deb, Barin o‘lja qilmoq, deb, Ot asbobin olmoq, deb, Kelsa bizni ko‘rmoq, deb, Qaytmay savash qilmoq, deb, Qonni kechib yurmoq, deb. Bekor halak bo‘ladi, Urush havas qiladi, Bu qalmoqlar o‘ladi, Ajal haydab keladi, Biri emas, yozganlar –Bari ahmoq bo‘ladi. Ko‘rguligin ko‘radi, Xo‘p sharmanda bo‘ladi, Bekoriga yozganlar Urush izlab keladi. Qorajondir zo‘rabor, Qaytib bo‘lar barobar?! Men kirsam maydon izlab, Qo‘yarman barrini tuzlab, Bir nechasi ketadi Bunda bo‘taday bo‘zlab. Bu so‘zni Surxayildan eshitib, Qalmoqshoh ham bir so‘z aytib turgan ekan: Amaldorlar barin chaqirtib oladi, Tug‘dorlarman ko‘p maslahat qiladi, Surxayilning so‘zin bari biladi, Amaldordan maslahat qip so‘radi, O‘zbaklar ustiga lashkar qiladi, Namoyishga karnay-surnay qo‘yadi, Baydok-baydok lashkarini jiyadi. Otga solib arpa bilan iyirdi, Qor yoqqanda karvon solar chiyirdi, Qalmoqshohi askarini buyurdi. «Surxayilning so‘zi ma’qul bo‘lgan, deb, Rost aytadi o‘zbak anday qilgan, deb Jabr o‘tib bunda yig‘lab kelgan, deb, Yurtimning obodi alplar o‘lgan, deb, Qorajonni tiriklayin olgan, deb, Hiylaman o‘ziga yo‘ldosh qilgan, deb. Bunday turmay lashkar tortib borarman, Borsam o‘zbaklarni o‘lja qilarman, Nechovini tandan boshin yularman, Qizi xotinini haydab kelarman, Alplarning lotini shuytib olarman». Jo‘nadi bundan jam bo‘lib, Baydok-baydoq lashkar to‘lib, Botirlar bedovni minib, Tug‘u baydoq qo‘lga olib, Dasta-dasta yo‘lga kirib, Shohining aytganin qilib. Lashkar ketdi dasta-dasta, Odam to‘lib baland-pastda, Junayotir chaparasta. Tug‘ ko‘targan yo‘lni olib, Har bayroqqa sardor bo‘lib, Toychixonning amrin qilib, O‘zbak beklarni axtarib, Ko‘p lashkar shahardan chiqib, To‘qayistonda yo‘l yurib, Alplar o‘lgan yerga borib, Nechovi pushaymon qilib, Lashkar bundan qichab ketdi, To‘qayistondan o‘tdi, Oynali ko‘liga yetdi. Chilbir cho‘lga ravon bo‘lib, Borar lashkar yo‘lni olib, Urushmoqqa bari tolib, Urush yarog‘i choq bo‘lib, Borayotir bu so‘zni aytib: «Eliboyga borarmiz, deb, Ko‘p o‘ljali bo‘larmiz, deb, Bir siyosat qilarmiz, deb, O‘zbaklarda yaroq qayda, Anchasini qirarmiz, deb, Molin tortib olarmiz, deb, Qon to‘kishib ko‘rarmiz, deb Bizlar yetib qolarmiz, deb, Bundan borib urush qilsak, O‘zbaklarni ko‘rarmiz, deb. Bizlar mingandi tulpordi, Eliboyda ne jon bordi(r), Anglamaydi borayotgan –Urush ko‘rgan qalmoqlardi». Bu so‘zni aytib lof urdi, Qorajon esiga keldi, Bir-biriga gapirdi: «O‘zimizdan bila ketgan Qorajonday balo bordi(r), Alp Qorajon zo‘rabordi(r), Tanho qirar ko‘p lashkardi, Ul ham misli aydaxordi(r)». Qorajon esiga kelib, Qalmoqlarni vahm oldi. «Yurishimiz bo‘ldi yomon, O‘zbakman birga Qorajon, U bizlarni ko‘rib qolsa, Sira bermas bizga omon. Solar bizga qayg‘u-tuman Alpdan qolgan zo‘r Qorajon, Bu lashkaring nima bo‘lar, Tingilsa, qiladi yakson». Kelganiga bu qalmoqlar Yo‘lda qiladi pushaymon. «Alpdan qolgan bor Qorajon». Bir-biriga so‘zlar aytib, Borayotir yo‘lni tortib. «Bahodirlar ham bizda bor, Yaray bermaydi o‘zbaklar, Tortinmay, lashkar, yuraber, Yolg‘iz odam nima qilar. Bunday gapirma ajab so‘z, Ko‘p emas, Qorajon yolg‘iz, Bunday tortinmay borarmiz, Elning aqlini olarmiz. Alp Qorajon ot qo‘ygan so‘ng, Bizlar nayzani solarmiz, Ko‘p bo‘p o‘rtaga olarmiz Qanday bo‘lsa bir odam-da, Uning korini qilarmiz. Qalmoqshoh buyurgan bizni, Sira aytma nomard so‘zni». Bu so‘zdaytib ne qalmoqlar Bedov otga qamchi chotar, Chilbir cho‘lni to‘zang tutar, O‘z holiga sherday bo‘lib, Ot chopar cho‘lda qalmoqlar. Yaqindir boylar orasi, Ko‘rindi kuchning qorasi, Qichov qilib borayotgan Ko‘ring qalmoqlar to‘rasi. «Mana endi keldik, deydi, O‘zbaklarni qo‘rdik, deydi. Qancha elat yo‘lda borar, Birdan ot qo‘ysak ne bo‘lar, Qaytib bo‘lar urush qilar?! O‘z holiga bari abgor, Molini haydagan boylar, Hali bizlardan bexabar». Bir-biriga sherdillik berib, Mast bo‘p boradi qalmoqlar. «Qaytmay ot qo‘ygan so‘ng lashkar, Ot ostinda kalla qolar, Aqli shoshadi o‘zbaklar, Urushmay molini berar». Bu so‘zni aytib qalmoqlar, Borayotir ko‘p ahmoqlar. Bu so‘zni Qorajondan Alpomish eshitib, bul ham bir so‘z aytib turgan ekan: Xayolingga boshqa gaplar kelmasin, Bul so‘zim sha’ningga nomard bo‘lmasin, Qasd qilma, bek do‘stim, qalmoq o‘lmasin. Qalmoq kelar ahvolidan bexabar, Kelib qirg‘in topmasin-da sho‘rlilar, Bizda bordir besaranjom ko‘p boylar, Qorajon, boylardan bo‘lgin xabardor. Qo‘yi yurmay, bular keyin qolmasin, Yana qalmoq qo‘lga tushirib olmasin, Behuda qalmoqqa o‘lja bo‘lmasin, Siyosat ko‘rsatgin ular o‘lmasin, O‘qli-qizi yebir-yesir bo‘lmasin, Vatani beega bo‘lib qolmasin. Bular emas, kelib bizga gunohkor, Qalmoqshoh amrini tutgan ko‘p askar. Xizmatkor-da, shoh amrini tutadi, Har xizmat buyursa bular ketadi, Bu yozganlar agar bormay netadi, O‘ldirsang, bexuda o‘lib ketadi. Umid tortib g‘ayrat bilan keladi, Sening bilan meni bular biladi, Bu lashkar bizlarni nima qiladi? Qalmoqshoh buyrug‘i shunday bo‘ladi, Shoh so‘ziga halak bo‘lib keladi. Bu so‘zdaytib ikkovi shunday turadi, Endi ko‘chdan ancha keyin qoladi. Ko‘z yubortib o‘ngu so‘lga qaradi, Molin haydab boylar o‘tib boradi, Qalmoqlar lashkari yaqin keladi, Eliboyning bari o‘tib bo‘ladi, Qorajonman Alpomishni ko‘radi, Qalmoqning askari to‘xtab qoladi. Ikkovi bir-birini ko‘rib, ikki yerda turib, boylarning oldi-ortini yig‘ib to‘plab, yo‘lga soldi. Qorajon bilan Alpomish ikkovi urush yarog‘ini g‘amlab turdi. Qalmoqning lashkari ham yaqinlab bosib keldi. Qorajon yolg‘iz o‘zi ayrilib, bu lashkarga ro‘para bo‘lib, bir so‘z deb turgan ekan: Qorajonbek deydi meni, Kim ahmoq qildiyo seni? Qurilar urush maydoni, To‘kilar qalmoqning qoni, Jahannamga borar joni, Qayt endi, kelgan bema’ni! Sen eshitgin aytgan tildi, Qorajon, yo‘lingda turdi, O‘ldirar senday dushmandi, Senday qalmoq halak bo‘ldi. Senga yaxshiligim shuldi(r), Bilib ketgin to‘g‘ri yo‘ldi, Bu so‘zni aytgan Qorajondi(r), Qilarman qonli maydondi, Sen ham menga bir dushmandi(r), Sulatarman sonsiz tandi, Ko‘p qilasan pushaymondi. Maydonda jondan kecharman, Kafan to‘ningni bicharman, Qilichdan qonlar socharman. Bunda kelib qilsak maydon, Hech ketmaysan mendan omon, Solay senga oxir zamon. Bunda kelib borolmaysan, Sira omon qololmaysan, Qaytib yurting ko‘rolmaysan, O‘z holingni bilolmaysan, Bola-chaqang ko‘rolmaysan, Elga omon borolmaysan. O‘g‘lining borganini ko‘rib, kampir g‘ozga qarab, bu so‘zni aytib turgan ekan: Erisin, tog‘larning qori erisin, Yer ostida dushman tani chirisin, G‘anqillamay sening dovshing qurisin. Hayallama, ko‘tarilgan osmonga, Ko‘zing tushmadi-ku kelgan dushmanga. Anglamaysan, seni otib ketadi, Olib borib go‘shting shishga tortadi, Pisib bordi, darrov seni otadi, Endi urib nobud qilib ketadi, Hayallama, ko‘tarilgin osmonga! Daming olib buncha bunda turasan, Tura bersang, armon bilan o‘lasan, Arza xati qarz bo‘p qolgan bo‘yninga, Mahshar kuni nima javob berasan, Bekoriga javobgar bo‘p yurasan. Nima bo‘lsa sen ham angda qolmagin, Ko‘tarilgin, ko‘p hayallab turmagin, Menday kampir sho‘rni xafa qilmagin. Alpomish deb bor edi e’tiqodim, Qaytardim, ko‘nmadi mening farzandim, Seni otsa, bunda qolmas toqatim, Senga dushman bo‘lib keldi farzandim, Shuldir senga mening aytgan bul pandim. Bu so‘zlarni mo‘nglik kampir aytadi, Kampir o‘g‘li qulaygolib yetadi, Shiqirlatib yoyni shunday tortadi, Yoyning o‘qi yashinday bo‘p ketadi, Shu zamonda g‘ozga yaqin yetadi. G‘oz falakka ko‘tarilib ketadi, Bu yoyning o‘qidan omon o‘tadi,Muning dardi yomon bo‘lib yotadi, Kampir buni ko‘rib endi qaytadi, G‘oz falakka parvoz qilib ketadi. Kampir o‘g‘li dardman bo‘lgandir nochor, Ushbu g‘ozni otolmadi muqarrar, Dardmand bo‘lib bunda qoldi intizor, G‘oz ham bo‘ldi bulut bilan barobar, Ko‘zlab uchar Qo‘ng‘irot elni jonivor. Baland parvoz qilib ko‘kda boradi, Necha olg‘ir qushdan hadik oladi, Nazar solib har tarafga qaradi, Bul paridan terlar oqib boradi, U havoda qichab parvoz qiladi, Qo‘ng‘irot elga yetsam dedi, qaradi. Borayotir necha tog‘lardan oshib, Endi yetdi Qo‘ng‘irot elga yonashib. Shundayin aylanib yerga qaradi, Yarqillagan Bobir ko‘lni ko‘radi, Tuyaning ichiga kelib qo‘nadi. Bul g‘oz Qaldirg‘ochning tuya boqib yurgan yerida, tuyalarning ichiga tashladi, donlab turdi, Qaldirg‘ochoyim bundan bexabar, Yodgorni ergashtirib, tuyani qaytarib, o‘z sha’niga bu so‘zlarni aytib yurib edi: Avvali ayladi bizlarni xandon, Oxirida bunday bo‘ldik sargardon, Otingdan aylanay, qudratli rahmon, Sen otangdan men og‘amdan ayrilib, Ikkovimiz cho‘lda g‘arib, Yodgorjon. Armon qilib menday mungliq jiladi, Qo‘ng‘irot elning shoh chinori quladi. Bizning ahvolimiz kimlar so‘radi, Ikki g‘arib cho‘lda yurib jiladi. Bunday kunda eziladi yuragim, Akamning o‘rniga qolgan chirog‘im. Ikkovimiz cho‘llarda g‘arib, Yodgorjon, Xudo qildi bo‘ldik shundayin sarson. Kumushdandir qarchig‘ayning chegasi, Oltindandir kirovkaning yoqasi, Sening otang bo‘lsa yurtning egasi, Sen bo‘larding-ku elning to‘rasi, Vayron bo‘ldi bunda kulbaxonasi, G‘arib bo‘lib bunda yurgan bolasi. Ketmadi boshimdan qorong‘i tuman, Bizlarga bermadi shum falak omon, Ikkovimiz cho‘llarda g‘arib, Yodgorjon. Ikkovimiz birday bo‘lib mug‘oyib, Akam bo‘lgan 6u eldan tirik g‘oyib, Har zamon yo‘qlayman chochimni yoyib, Ikkovimiz cho‘llarda g‘arib, sarg‘ayib. Bu cho‘llarda hech kim holim so‘rmasa, Qo‘ng‘irot elda hech kim rahbar bo‘lmasa, Bir musulmon bizdan xabar olmasa, Bizday g‘ariblarning ko‘nglin bilmasa, Biz yig‘laymiz hech bir iloj bo‘lmasa. Yig‘laganman nima iloj bo‘ladi, Mushtipar qo‘limdan nima keladi, Yodgorjon sag‘ir-da, qanday qiladi, Ikki g‘arib yig‘lab sarson bo‘ladi, Shunday bo‘lib cho‘lda kunni ko‘radi. Iloyim chiqsin deb cho‘lning chiyasi, Yomon bo‘lar baland yo‘lning qiyasi, Oldida bor edi qirq ming tuyasi, Buzilgandir bunda mardning uyasi, Sag‘ir Yodgor shunday mardning bolasi, Iyartib yurgani sho‘rning ammasi. Bir-biriga bular rahbar bo‘ladi, Birov-birovining holin so‘radi. Goh kunlarda cho‘lda bo‘zlab jiladi, Goh vaqtida Yodgor ko‘nglin ko‘tarib, Tuyani qaytarib munglik keladi. Tuyani qaytarib, Qaldirg‘ochoyim g‘ozning ustiga kelib qoldi. G‘oz falakka ko‘tarilib uchdi. Xudoning qudrati, bekning bitgan xati uzilib yerga tushdi. O‘qib ko‘rsa, necha marta o‘ldi, deb xabarini eshitgan Hakim og‘asining xati. Xatida shunday aytibdi: «Kashal yurtida, zindonda, yolg‘izlikda, xabar oladigan kishim bo‘lmadi» degan xat. Buni ko‘rib, Qaldirg‘ochoyim bir so‘z aytib turgan ekan: Azob ko‘rdi shirin jonim bu tanda, Kalmago‘y bandaman, bo‘lmay sharmanda, Tirik ekan mehribonim zindonda, O‘lgan yo‘q ekan-ku, akam omonda. Yolg‘izlik gapini xatga solibdi, Orqavarot Yodgorni ham bilibdi, Xabar olib bunda bir g‘oz kelibdi, Yolg‘izligi osha aksar qilibdi, Elu halqdan unda umid qilibdi, Hammamizni yo‘qlab xatga solibdi, Akamning borligi ma’lum bo‘libdi, Yodgorga bildirib yig‘lab turibdi, Aytgan so‘zin ko‘p to‘tiyo qilibdi, Birga borgan boybachchalar o‘libdi, Zindon ichida akam buni bilibdi, Yolg‘iz o‘zi ko‘p azobni ko‘ribdi, O‘lgan emas, akam omon turibdi. Zindon bo‘lganini endi biladi, Bilmayman uzoqqa kimlar boradi, Men ayolman, borolmayman u yurtga, O‘ylasam, Yodgorjon yoshlik qiladi. Birov sherday bo‘lib xabar olmasa, O‘ziman tug‘ishgan aka bo‘lmasa, Bu ish har kimning qo‘lidan kelmasa. Bu so‘zdaytib ko‘p o‘ylanib turadi, Shu otangning bitgan arza xati, deb Ul zamon Yodgorga ham bildiradi. Yodgorga bildirib, tuyaning qoshiga Yodgorni qo‘yib, o‘ylab ko‘rdi: «Bu olti oychilik yo‘lda bo‘lsa, qalmoqning elida bo‘lsa, zo‘r yovning qo‘lida bo‘lsa, uncha-muncha odam izlab borolmasa, do‘st degan xudoning oti, agar Qorajon izlab bormasa, uncha-muncha odam izlab borolmaydi», – deb Olatoqqa, Qorajonnikiga qarab yurdi. Yo‘lda bu so‘zni aytib borayotir: Yodgor shunda turgin, xafa bo‘lmagin, Men kelgancha sen ham yig‘lab qolmagin. Otangning Qorajon degan do‘sti bor, Men borib berayin unga bul xabar, Yurishim bilmasin bu badbaxt qullar, Men kelgancha, jonim bolam, tura bor. Qorajon ham xafa bo‘lib yurgandir, Do‘stining o‘tida g‘amgin bo‘lgandir, Bu qullardan ul ham azob ko‘rgandir. Qorajonni borib xursand qilayin, Har gap bo‘lsa men ham borib kelayin. Bu so‘zdaytib oy Qaldirg‘och jo‘nadi, Olatoqqa qichab ketib boradi, Har tarafga alanglashib qaradi. «Borayotganimni qullar ko‘rmasin, Ko‘rib Ultontozga xabar bermasin, Yurishimni do‘stu dushman bilmasin». Bu so‘zdaytib borar shunday mushtipar, «Yurganimni ko‘rsa qullar o‘ldirar, Har gap bo‘lsa, badbaxtlarda ixtiyor, Bo‘lolmasam ular bilan barobar, Ko‘rinmay panalab yurmagim darkor». Oy Qaldirg‘och shunday ketib boradi, Qorajon mazgilin qaydan biladi, So‘ragani har kimdan hazar qiladi, Hech kimga yonashmay o‘tib boradi. Bobir ko‘lning usti Olatog‘ edi, Olatoqqa endi yetib boradi. Qorajonning mazgilini ko‘radi, Shu yerga kep oy Qaldirg‘och turadi. Shunda makonidan chiqib, Qorajon Qaldirg‘ochni ko‘rib, bir so‘z aytib turgan ekan: Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘lmasin, Oblo mening aqli-hushim olmasin, Kelganingni badbaxt qullar bilmasin. Agar bilsa, bilmaganing bildirar, Do‘st yig‘latib, dushmaningni kuldirar, Badbaxt qullar bilsa, seni o‘ldirar, Ne sababdan bunda kelding, mushtipar?! Dod aylasang, eshitmaydi so‘zingni, Zulm bilan o‘yar ikki ko‘zingni, Bilsa qullar o‘ldiradi o‘zingni. Agar ko‘rsa seni haydab ketadi, Badaningga achchiq qamchi chotadi, Boshing kesib seni dorga tortadi, Suyaklaring pora-pora etadi, Senday munglik bu dunyodan o‘tadi, Ne sababdan bunda kelding, mushtipar?! So‘z eshitgin mening aytgan tilimdan, Hazar etmay hakdan kelgan o‘limdan, Qo‘rqmaysanmi qullar qilgan zulmdan? Men so‘ylasam, ko‘zingga yosh olasan, Qullar o‘ldiradi, nega kelasan? Lodon ko‘ngling har xayolga bo‘lasan, Mungliqsan-da, bir lodonlik qilasan, Menikiga sen nimaga kelasan, Qullar ko‘rag‘oysa, tayin o‘lasan. Shum falak boshingga savdo solmasa, Ayirib olmoqqa akang bo‘lmasa, Qorajon musofir, ilojin qilmasa, Kelganingni shu badbaxtlar bilmasa, Emikdoshing bek Alpomish bo‘lmasa. Shu vaqtinda bul Ultontoz zo‘rabor, Uning bilan hech kim bo‘lmas barobar, Ultontozni bilsang, bunda muhrdor, Ultontoz bo‘lmasa u senga rahbar. Katta-kichik shuning gapin gapirar, Shuytib dushman qullar seni o‘ldirar, Bu mazgilga bekor kepsan, mushtipar. Qorajon der, eshit so‘ylar tilimdan, Musofirman, hech ish kelmas qo‘limdan, Sen ayrilma o‘ynab-o‘sgan elingdan, Hali ham qolmagin kelgan yo‘lingdan. Meni sen o‘zingga hamdam bilgansan, Qadimgiday akam deb ham kelgansan, Mungliq singlim, mehribonlik qilgansan, Akamni ko‘rsam deb bunda kelgansan, Kelganingni badbaxt qullar bilmasin. Bu so‘zni Qorajondan eshitib, ko‘ngli buzilib, Qaldirg‘ochoyim Qorajonga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Jafolarga tushib endi tanda jon, Bu g‘ariblik suyak-bag‘rim o‘rtagan, G‘amli qulga egam bo‘lgay mehribon, So‘zimni eshitgin, aka, Qorajon. G‘ariblikda mening so‘lgan tarzim bor, Jonim aka, senga aytar arzim bor. Bir g‘ozda kelibdi bunda arza xat, Yig‘layman, qolmadi hech menda toqat, Tirik ekan Kashal elda vallamat, Zindonda yotgandir sog‘u salomat, Yuboribdi seni yo‘qlab arza xat. G‘ozni elchi kipti, bunda borsin, deb, Olatog‘da qolgan do‘stim ko‘rsin, deb, Bu xatlarni toza o‘qib bilsin, deb, Qo‘lidan kelgancha xizmat qilsin, deb. Azob tortib shirin joni bu tanda, Emikdoshim tirik ekan zindonda, Kelsa, dushman bo‘lar edi sharmanda. Dushmanlarga solar oxirat zamon, So‘z aytayin, aka, sizga bir alvon, Do‘st degan xudoning oti, Qorajon, Bek og‘angni izlab borsang, mehribon, Sen chiqarib olib kelsang zindondan, Dushman bo‘lib qolsa yer bilan yakson. Shu xizmatni bajo qilsang, Qorajon, Sen ham mening akamsan-ku, mehribon. Bu ish dushvor, bizga qiyin bo‘lmasin, Sen esonda mening akam qolmasin, Borganingni bul Ultontoz bilmasin, Do‘st degan xudoning oti, bek og‘am. Boraman deb bundan talab qilsang-chi, Mendayin mungliqning ko‘nglin olsang-chi, Jonim aka, yaxshi xizmat qilsang-chi, Kashal elga sen ham borib kelsang-chi. Sendan boshqa odam borib bo‘lmaydi, Balki borgan zindonini ko‘rmaydi, Bundan borsa uning o‘zi bilmaydi, Bilgandan so‘rasa, omon kelmaydi, Har kim borib ishni o‘rin qilmaydi, Mehribonim, sen bormasang bo‘lmaydi. Egam gangitgandi mening boshimni, Qanday bo‘lsa olib kel emikdoshimni. O‘z yo‘lingda yurgan elda to‘rasan, Shu xizmatni, aka, bajo qilasan, Har gap bo‘lsa, yaratgandan ko‘rasan, Nima bo‘lsa Kashal elga borasan. To o‘lgancha yaratganga rost bo‘lding, Shul vaqtida cho‘pu xasdan past bo‘lding, Xudoni o‘rtaga solding, do‘st bo‘lding. Bu so‘zni eshitib, Qorajonning ko‘ngli buzilib, ko‘zidan yoshi tizilib, jigar-bag‘ri ezilib, «Do‘stim mard-da, hali ham ko‘ngli cho‘gargan yo‘q ekan», –deb o‘zini bildirib, bir so‘z aytib turgan ekan: G‘amli qullar ohu voyda, Bu yerlarda jonsiz qayda, Xudoni o‘rtaga solgan, Shu tepada do‘st bo‘p qolgan, Poygadan oting o‘zdirgan, Joni-dilman xizmat qilgan, Dushmanlarning dodin bergan, Olatog‘ni mazgil tutgan, To‘qsarini birdan yutgan, Qalmoq yurtini bo‘zlatgan, Alp Qorajon do‘sting o‘zim. Bir g‘ozdan bordi arza xat, Ko‘rib qolmas menda toqat, Ko‘rdim zindonda salomat, Boshimda qancha alomat, Ketdi mendan armon, do‘stim. Hamisha xizmating qilgan, Seni izlab ko‘p yo‘l yurgan, Yo‘llarning zahmatin ko‘rgan, Ko‘rib seni ketdi armon, Alp Qorajon do‘sting o‘zim. Josussan deb so‘zlar aytding, Balki sen meni uyaltding. Mazgiling, bek do‘stim, zindon, Albatta qilmagin gumon, Izlab kelgan alp Qorajon, Sening bilan davron, do‘stim. Men zindonga arqon solay, Belga bog‘la, tortib olay, Birga yo‘lga ravon bo‘lay, Yo‘lingga intiq Barchinoy, Borsang, yorman davron, do‘stim. Ko‘rmakka hamma havasda, Oy Qaldirg‘och boshikasta, Dushman desang dasta-dasta, Ota-enang ko‘p shikasta, O‘z ko‘zingman ko‘rsang, do‘stim. Seni izlab ko‘p yo‘l yurdim, Qo‘ng‘irot o‘lkasidan keldim, Sening uchun boshim berdim, Qalmoq ko‘rsa, endi o‘ldim, Kechib jondin bunda keldim, Juda senga oshiq bo‘ldim, Birga ketsak ravon, do‘stim. Mening bilan Qo‘ng‘irot borgin, Yaxshi-yomon yurting ko‘rgin, Qaytadan sen yoring olgin, Yoring bilan o‘ynab-kulgin, Mazgilingni obod qilgin. Shuldir senga aytgan tilim, Qaytadan ochilsin guling, Xizmatkori, qulu cho‘ring, Hozir shunda o‘sgan eling, Bildirmaydi Barchin guling, Borsang qaytadan davroning, Bizman birga yurgin, do‘stim, Borib yurting ko‘rgin, do‘stim. Arqon solay, ko‘ngling bo‘lma, Xayolingga og‘ir olma, Meni ham sen nomard bilma,Bizman birga yurgin, do‘stim. Birga-birga Qo‘ng‘irot borsak, Dushmanlardan obro‘y olsak, Elga borib ega bo‘lsak, Bundan borsak davron, do‘stim. Bu so‘zni eshitib: – Ha, bunday xat kelgan bo‘lsa, menga berib keta ber, kelganingni hech bir qullar bilmasin, – deb, qaytarib yubordi. Xatni Qorajon olib qoldi, Qorajon avom, xatda nima degan gapni bilmaydi. «Shu yoqdan kelgan xat ekan», – deb beliga to‘gib oldi. Arqon-parqonni g‘amlab, zindonda bo‘lsa, ikki vajdan tortib olaman, deb telpagi qayqayib, Qalmoq tarafiga qarab, yo‘lda o‘zavoniga bu gaplarni aytib, ketib borayapti: Qiyg‘ir degan qush o‘ltirar qiyada, Ne ko‘rib kechirib foniy dunyoda, Chiqib ketdi bundan poyu-piyoda, Juda alamlari bo‘lib ziyoda. Qalmoq yurtga Qorajon ketib boradi. Mehnat tortib ko‘p jafoni ko‘radi, Xudo kilgan ishga banda ko‘nadi, Xudo deb yayovlab ketib boradi, Har gap bo‘lsa yaratgandan ko‘radi. Qorajonbek qichab yo‘lni oladi, Bek do‘stini izlab ketib boradi. «Jabr qilsam, ko‘p yo‘llarni yuray, deb, Qayda bo‘lsa so‘rab topib olay, deb, Borayotir men do‘stimni ko‘ray», – deb. Goh yerlarda yurar o‘tday tutashib, Borayotir necha darbantdan oshib, Tog‘larda chashmalar bo‘yniga tushib, Borayotir xo‘p salqinlab, suv ichib. Shunday bo‘p Qorajon oshib boradi, Ne suvsiz cho‘llardan o‘tib boradi, Yetarman deb qichab ketib boradi, Har gap bo‘lsa yaratgandan ko‘radi, Do‘stam deydi, yo‘lda xizmat qiladi. Piyoda yurgani asari tegib, Bek Qorajon borar ko‘nglini bo‘lib, «Tomoshalar qilib toqqa chiqardim, Tozilar yugurtsam, har yon boqardim, Shunqor chuysam, tilla tablim qoqardim, Necha beklar bilan sharob ichardim, In’om bersam, tanga-tilla sochardim, Hukm aylasam, men qizlardan quchardim. Shuncha ham bor edi izzat-hurmatim, Bir bois-bahona bo‘ldi qismatim. Talxi bor deb yemas edim navotdi, Gardi bor deb tushamadim banotdi, Bir takabburligim boshimga yetdi, Endi bo‘ldim parcha nonning gadoyi. Men borarman uzoq yo‘ldan oh urib, Piyodalab men do‘stim deb axtarib», Necha adir, suvsiz cho‘llarda yurib, Xudo qilgan ishga bul rozi bo‘lib, Borayotir bek do‘stini axtarib. Alp Qorajon necha mo‘ljal yuradi, Qalmoqning yurtiga yaqin boradi, Uzoq yo‘ldan o‘tib ketib qaradi, Uzoq yo‘ldan Murod tepani ko‘radi. Yurgan joyin ko‘rib o‘tib boradi, O‘ynab-o‘sgan yerlarini ko‘radi, To‘qayiston ko‘llariga qaradi, Kashal g‘orni ko‘rib o‘tib boradi. Alpomishning zindonini bilmadi, Albatta shaharda deydi boradi, Qalmoqshohning bul shahriga kiradi. Qorajon kelganin hech kim bilmadi, Dushman yurt, birovdan so‘rab bo‘lmadi, Telpagi qayqayib har yoq qaradi. Har ko‘chada halak bo‘lib yuradi, Suramoqqa bul ham hazar qiladi. Do‘stining zindonin sira bilmadi. Undan keyin Kayqubodni bir tolga boylab qo‘ydi, sayil bog‘da qirqin qizlari bilan Tovka oyim yotdi, issiqda terlab, qizlar charchab qolgan ekan, ko‘zi uyquga ketdi. Tovka oyim turib kelayapti. Kayqubod kelayotganini ko‘rib: «Endi ursa, o‘ldiradi, ursa, aytaman», – deb turibdi. Kayqubod et qizuvda ko‘p tayoq yegan ekan, endi badani sovib, hamma yeri og‘rib turibdi. Shohning qizi borib: – Kayqubod, bu chanqovuzni kim qildi? dedi. – Zindonda Alpomish qildi, – dedi. – Tayoq yeb yurgancha ilgaridan aytsang, bo‘ymidi? – dedi. Kayqubod turib aytdi: – Murtini buraganni bilmaysan, qoshini kerganni bilmaysan, ovloqda aytaman deganni bilmaysan, o‘zing imga tushunmaydigan, qandayin sen g‘ar eding?! Qorajon har ko‘chalarda sarson bo‘lib, birovdan so‘ray olmay, o‘zi bilmay, dushman yurt, hammadan hadik olib yurib edi. Bir ko‘chada uch-to‘rt bola oshiq o‘ynab yotibdi. Bir ikki bola bir bolaning oshig‘ini tortib olayotibdi. Bu bola aytadi: – Yolg‘izlik shunday narsa, ham urding, ham oshirimni tortib olding, necha yildan beri Qo‘ng‘irotning xoni ham zindonda yotibdi, buning bilan tug‘ishgan yo akasi, yo ukasi bo‘lsa, shunday odamning yo‘lida boshi ketsa ham, bir yo‘qlab kelar edi. Bu so‘zni Qorajon bul boladan eshitdi, unga bolalardan buning oshig‘ini tortib olib berdi. U boladan so‘radi: – O‘g‘lim, Alpomish deb gapirding, Alpomishning zindoni qayerda? Bola aytdi: – Bobo, biz Alpomishning zindonini aytolmaymiz. Qalmoqshoh podshomiz chaqirtib qo‘ygan: «Alpomishning zindoni deb gapirgan kishining boshi – o‘limda, moli – talonda». Ul sababdan biz aytolmaymiz. – Unday degan bo‘lsa, astagina ayta qo‘y, – dedi. Ul bola, aytdi: – Astagina aytsam, bundan Chilbir cho‘liga borsang, Chilbir cho‘lida Murod tepa degan bir tepa bor, tepaning qoshiga borsang, Murod tepaday bir yangi tepa bor. Shu yangi tepaning ustiga chiqib qarasang, past beti chuqur zindon, misli go‘riston. Qorajon bu so‘zni eshitib, Qalmoqshahridan chiqib ketdi. Chilbir cho‘liga qarab yo‘l tortdi, o‘zi ko‘rib yurgan Murod tepaning qoshiga yetdi. Qarasa, bir yangi tepa turibdi, bu yangi tepaning ustiga chiqib karadi. Past beti chuqur zindon, harchand qarab Alpomishni ko‘rmadi. Zindonda yotib, Alpomish Qorajonni ko‘rdi. Qorajon ekanini bilmadi. To‘qson botmon temirdan sovut kiygan, zindonning boshida qarg‘aday buldurab ko‘rinadi. «Bu Qalmoshoh xabar olib yurgan jonsizlari-da(josus), Alpomishning juda ko‘ngli cho‘kib ketgan ekan, demasin», – deb Qorajonga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Zindonchilar, mendan xabar olasan, So‘zimni shohingga aytib borasan, Men Alpomish, nazarkarda botirman, Botirlikdan bu zindonda yotirman. Omon-eson o‘lmay chiqsam zindondan, Toychixon yurtini izillatirman, Jonsiz bo‘lsang, aytib borgin shohingga. Zindon kilgan bunda menday kishini, Bizlarga o‘tkizgan qalmoq ishini, Xudo meni shu zindondan qutqarsa, Kesar edim Qalmoqshohning boshini, Jonsiz bo‘lsang, aytib borgin shohingga. Bul ohimni bir olloga yetkarib, G‘ariblikda hojatimni bitkarib, Xudo meni shu zindondan qutqarib, Qalmoq ko‘rsam tig‘i damdan o‘tkarib, Jonsiz bo‘lsang aytib borgin shohingga. Soya solib bunda zindonga kelding, Meni g‘aribligim juda ham bilding, Har zamonda xabar olib sen yurding, Ne ishlarni, qalmoq, sen menga qilding. Hozir bandiman-ku, fig‘on qilarman, Taqdirda yozilgan qismat ko‘rarman,Ko‘rmagan kunlarni senga solarman, O‘lmay omon-eson chiqsam zindondan, Bu yurtingda jonzod qo‘ymay qirarman, Jonsiz bo‘lsang, aytib borgin shohingga. Men yotirman tor zindonda g‘am tortib, Men qaradim senga ko‘zim yubortib, Falak ohim bunda bag‘rimni yirtib, Bilmayman umirim zindonda o‘tib, Har na jafo solib menga qalmoqlar, Mazgilim qorong‘i zindon bo‘ldilar, Oxir xudo bu zindondan qutqarar. Qalmoqlarning zulumiga ko‘naman, Ko‘nmaganda nima iloj qilaman, Ko‘ngilda borimni aytib turaman, Jonsiz bo‘lsang, aytib borgin shohingga. Alpomishman, kelgan Boysin elimdan, Xudoyim qutqarsa bunday zulmdan, Qalmoq, sen omon qolmaysan qo‘limdan, Jonsiz bo‘lsang, aytib borgin shohingga. Aytib borgin menday bandi so‘zini, Har bop bilan o‘yay ikki ko‘zini, O‘lja qilib ketay ulu qizini. Qayda qochsa, uni ushlab tutarman, Kattalarin to‘pga solib otarman, Shaharini havorlatib ketarman, Qizu juvonlarin haydab o‘tarman, Cho‘ri qilib qozoqlarga sotarman, Jonsiz bo‘lsang, aytib borgin shohingga. Bu so‘zni Alpomishdan eshitib, Qorajon ham zindonning boshida bir so‘z aytib turgan ekan: Oh tortganda ko‘zda yoshim selmidi, Bek do‘stim, umidim sendan shulmidi? Senday bekni bunda tirik ko‘raman, Ne bet bilan Qo‘ng‘irot elga boraman? Oy Qaldirg‘och so‘rab chiqsa oldima, Bek do‘stim, qandayin javob beraman? Senday do‘stim Qo‘ng‘irot elda to‘rami, Xayolingga shunday gaplar kelami, Sha’ningga Qorajon nomard bo‘lami, Qilgan xizmatini ulgi qilami? Xayolingga Qorajon nomard bo‘libdi, Ko‘ngilingga shunday gaplar kelibdi, O‘ylagan shumliging bekor bo‘libdi. Bek do‘stim, umidim sendan shulmidi? Seni olmay, men ham qayda boraman, Taqdirda bor qismatimni ko‘raman, Ajal yetsa, men ham bunda o‘laman, Seni tashlab, do‘stim, qayda boraman. Bilaman-ku qalmoq bermaydi omon, Seni izlab bo‘lib keldim sargardon, Seni ko‘rdim, yolg‘iz ketmas Qorajon, Bek do‘stim, umidim sendan shulmidi? Yaxshi, javob berding elga boraman, Kata-kichik qarindoshing ko‘raman. Hammasi ham kelib so‘rasa mendan, Nima deb javob beraman sendan, Bek do‘stim, umidim sendan shulmidi? Bunday qilib mening ko‘nglim bo‘lmagin, Yaxshi o‘yla, meni yomon qilmagin, Bu zindonni o‘zing vatan bilmagin, Mard bo‘lsang, nomardning ishin qilmagin, Kelgin, do‘stim, menga hamdam bo‘l endi. Men ketgan so‘ng sen ham yolg‘iz qolmagin, Mundaygacha keyintortar bo‘lmagin, Yolg‘iz o‘rlab sen zindonda qolmagin, O‘yla, do‘stim, meni xafa qilmagin, Kelgin, do‘stim, menga hamroh bo‘l endi. Bu so‘zni eshitib, Qorajon ekanini bildi, Alpomishning ko‘ngliga keldi: «Boyqish bekor kelibdi, buning nima quvvati, nima g‘ayrati bor ekan meni zindondan tortib olib ketadigan», – deb turdi. Ipak arqonni zindonga tashladi. Alpomish beliga bog‘lab oldi, Qorajon chirpinib tortdi, qarasa, tortib olib ketguday g‘ayrati. Alpomish turib aytdi: «Bu zindondan tortib olib ketib qoladi shekilli. Zindondan chiqarib olib borar, elda u ma’raka-majlis bo‘lar, bir toshib gapirib o‘ltirgan vaqtimda, zindonda chirib ketadigan odam eding, falokatdan qutqargan faqir-da», – deb betimga kulgu qilib yurar», – deb orqasini berib, oyog‘ini tirab turdi. Alp Qorajon chirpinib tortdi, ipak arqon uzilib ketdi, Alpomish zindonga tushib ketdi. Qorajon arqon uzildi, deb uchini tugib tashlay berdi. Shunda Qorajonga, qarab, Alpomish bir so‘z deb turgan ekan: Xudoyim saqlagay bandani omon, G‘arib qulga egam bo‘lgay mehribon, Chiqardan chiqmasim zindondan gumon, Keta ber, Qorajon, sendan roziman. Haq taalo meni qilgan sargardon, Izlab kelib sen qilmagin pushaymon, Ko‘rmasin-da seni qalmoqi dushman, Keta ber, Qorajon, sendan roziman. Ko‘p aylanib bu yerlarda turmagin, Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin, Ko‘p yashagin, ko‘p yilgacha o‘lmagin, Ko‘p aylanib, xatarli yer, turmagin, Do‘stim, ketgin, kelgan yo‘ldan qolmagin. Qalmoq bilsa seni, kelib qoladi, Yolg‘izsan-da, seni boylab oladi, Ko‘rmagan kunlarni senga soladi, Undan keyin ishing yomon bo‘ladi. Qalmoq zo‘r yov, tozagina balodi(r), Sen yolg‘iz, qo‘lingdan nima keladi, Ot-yaroq, asbob senda bo‘lmasa, Er yigit xotindan xarob bo‘ladi. Lashkar kelsa, odam qanday qiladi, Yolg‘izsan-da, holing zabun bo‘ladi, Ko‘p turmay, ketganing o‘ng‘ay keladi. Navoda qalmoqdan birov ko‘radi,Bilsa, Qalmoqshohga xabar beradi. Xatarli joy, shohdan lashkar keladi, Seni o‘ldirib pora-pora qiladi. Azob ko‘rib shirin jonim bu tanda, So‘z aytarman men ham yotib zindonda, Albatta, bek do‘stim, bo‘lma sharmanda, Sen qolmagin yana bunda armonda, Keta ber, bek do‘stim, bo‘lma darmonda. Qalmoq, degan shunday johil, balodi(r), Buning zarbi yuragimni oladi, Ayyorlari meni zindon qiladi, Do‘stim, turmay, ketsang, yaxshi bo‘ladi. Quloq solgin menday do‘sting tiliga, Bosh beribsan bek do‘stingning yo‘liga, Borib turgin Boysin-Qo‘ng‘irot eliga, Duchor bo‘lma zolim qalmoq qo‘liga. Bu qalmoqlar bilmaganing bildirar, Xanjar urib bag‘ring qonga to‘ldirar, Do‘st yig‘latib, dushmaningni kuldirar, Ket, Qorajon, qalmoq ko‘rsa, o‘ldirar. Sen ham o‘z davringga yurgan zo‘rabor, Sen bilasan bu qalmoqlar anjomdor, Anjomsiz kishida nima quvvat bor, Menmanlikman turib o‘lmak ne darkor, Keta ber, bek do‘stim, senda ixtiyor. Bu so‘zni eshitib, Alpomish ham Qorajonga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Baland tog‘ning boshin chalgandir tuman, Chiqardan chiqmasim zindondan gumon, Hakimbekni o‘ldi degin, Qorajon, Qonlar yig‘lab men zindonda qoldimman. Sen ko‘rmagin bu elda qalmoqlarni, Bu yerda sen turmay qilgin safarni, Qarindoshlar yig‘lab chiqsa oldinga, Alpomish o‘ldi deb bergin xabarni. Tirikman, zindonda yotgan o‘liman, Agar bilsang, o‘liklarning biriman, O‘lmasam bir kuni chiqib borarman, Kunim bitsa, bul zindonda qolarman, Har gap bo‘lsa taqdirga tan berarman, Xudo qilganiga rozi bo‘larman. Xudo qozi, payg‘ambarlar noyibi, Urushda pand berar otning mayibi, Ulton bo‘pti hozir elning soyibi. Meni izlab kelding zindon ustiga, Quloq solgin so‘zimning payvastiga, Qalmoq tushmasinda sening qastingga, Baland yerda turma, tepa ustiga. Durbun olib Qalmoq seni ko‘radi, Ko‘zi tushsa, Qalmoq kelib oladi, Roziligim mening shunday bo‘ladi, So‘zingga bek do‘sting javob beradi. Qanday bo‘lsa izlamagin zulmdi, Mening uchun suygin Yodgor ulimdi, Xush kelibsan, do‘stim, yaxshi bor endi. O‘ynab-kulib bundan yurish qil endi, Omon borib mazgilingni ko‘r endi, Qo‘ng‘irot elda qarindoshni ko‘r endi, Og‘ayniga shunday javob ber endi: Shum falak boshiga savdo solgandi, Borma deb bek otam yo‘ldan urgandi, Otam menga ko‘p rahbarlik qilgandi, Javob bermay, qaytardi menday polvondi, Ota tilin olmay, do‘sting kelgandi, O‘liklarning biri bo‘lib qolgandi, Hozirgi mazgilim chuqur zindondi, Albatta so‘ragin ota-enamdi. Barchin gulga shunday aytgin salomni, Yig‘latmasin mening Yodgor bolamni, Obod qilib tursin kulbaxonamni, Borib so‘ra Barchinoyday sanamni. Bu so‘zni aytib, qaytarib yubordi: – Hech bir odamni do‘st bilib, og‘zingdan chiqarma, mening borib-kelganimni qullar bilmasin, qadimgiday elda gap bo‘lmasin, hayr, – deb bular qadimgiday bo‘lib yura berdi. Alpomish o‘lib ketgan degan ovoza bilan zindonda yotdi. Toychi viloyatida, Qalmoq muzofotida Yangibozor degan bir kichkintoy bozori bor edi. Qalmoqshohning Tovka degan qizi bor edi. Tovkaoyimning Yangibozorga raislik amali bor edi. Shunda qirqin qizlarini buyurib, Tovkaoyim bir so‘z aytib turgan ekan: Qirqin qizlar abjir bo‘lib turinglar, Bugun bozor bo‘lganini bilinglar, Sirli tayoq bunda ushlab ko‘ringlar, Hayallamay Yangibozor boringlar, Kosiblarning tarozisin ko‘ringlar, Toshini to‘g‘rilab bunda kelinglar, Qizim, oyim baring unda boringlar. Bu so‘zlarni aytdi Tovka gajakdor, Sipohi libosni kiydi kanizlar, Sirli tayog‘ini qo‘liga ushlab, Amaldor bo‘p borayotir bu qizlar. Buvushimning aytganini qilay, deb Juda ham bozorni tergab ko‘ray, deb Ko‘chada boradi shunday kanizlar, Qirqini ham o‘z holiga amaldor, Har qaysisin so‘rayotgan ishi bor, O‘ynab-kulib bunday yo‘lda boradi, Bozor qiziganda yetib qoladi, Bir rastadan qizlar kirib ko‘radi. Avval borib bazzozlikni tergadi, Qalami bozorga endi boradi, Qalamisin bunda o‘lchab ko‘radi, O‘lchovdan qochganga tashvish beradi, Shunday qilib tergab o‘tib boradi. Bundan o‘tib kassoblikni ko‘radi, Toshini to‘g‘rilab qizlar turadi, Toshi yengil chiqsa, ta’zir beradi. Bir xil kassob ko‘zi alanglab turadi, Qassob bozorini qattiq tergadi, Toshi yengil kelsa, durra uradi, Qassob bozorini tamom qiladi. Qo‘y bozoriga endi o‘tib boradi, Odamlarning aqli shoshib qoladi, Oluv-sotuvini bundan so‘radi, So‘rasa, odamlar javob beradi, Olibdi, ozroq foyda qo‘yadi, Ko‘proq aytganini ul qizlar bilsa, Ul odamni gunohkor qip boradi, Shunday qilib bu qo‘ylarni ko‘radi. Qo‘y ichida bir sarkaga qaradi, Bu sarkaga ko‘p ishqiboz bo‘ladi, Hech nima deyolmay qizlar jo‘nadi. Bu tergovni tamom qilib boradi, Tovkaning qoshiga yetib boradi, Tovkaoyim kanizlardan so‘radi, Tovkaoyimning aytganiday qiladi, Tovkaning so‘ziga javob beradi. Bu so‘zni eshitab, Qorajon o‘ylanib, telpagi bilan aqllashib, bir so‘z aytib turgan ekan: Zindonga to‘rt bo‘ldi Qorajon ko‘zi, Shu bo‘ldi-ku do‘stimning aytgan so‘zi, Ko‘zimga surtardim ko‘rsam bu izi, Menga javob berdi do‘stimning o‘zi. Yuragimda qoldi alamli dog‘im, Ostimda yo‘q minmakka to‘bichog‘im, To‘ramizni, ketamizmi, telpagim? Ustimga kiyganim yashil ko‘k edi, Mening izlaganim Hakimbek edi, Arqondan boshqa yaroq yo‘q edi, To‘ramizmi, ketamizmi, telpagim? Boshimda bor mening necha alomat, Ko‘rsa dushman qilar menga qiyomat, Yolg‘izman, telpagim, bergin maslahat, O‘ylandim, qolmadi tanimda toqat. Bek Qorajon ko‘p o‘ylanib turadi, Telpagidan maslahatni so‘radi, Telpak bunga ne maslahat beradi?! Ketolmay Qorajon bunda turadi. Odam bor ekanin Qalmoq biladi, Taqdiri ilohiy deydi Qorajon, Do‘sti bilan rozilashib qoladi. Qaytadan bir-birin holin so‘radi, Bir-birini yig‘lab duo qiladi, Xushlashib Qorajon endi jo‘nadi, Qo‘ng‘irot tarafga ravon bo‘ladi, Esiz, do‘stim qoldi deydi, boradi. Axir g‘arib bo‘ldi ko‘rgan kunim, deb, Olatog‘i mening bul mazgilim, deb, Juda zabun bo‘ldi mening holim, deb Alp Qorajon yo‘lda ketib boradi, Xudo qilganiga rozi bo‘ladi, Qorajon kelganin Qalmoq biladi, Qalmoqshohga borib xabar beradi. Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘ldi, deb, Qalmoq yurti bul bexabar qoldi, deb, Zindonning boshiga birov keldi, deb. Elaslaydi, ko‘p aylanib qoldi, deb. Bu so‘zlarni shohga ma’lum qiladi, Aytgan so‘zin poyomini biladi, Qalmoqshoh buyurdi, askar jo‘nadi, Qalmoq yurtdan askar chiqib keladi, Chilbir cho‘lga qarab endi jo‘nadi, Tug‘-baydoq bilan qichab boradi, Ko‘z yubortib har tarafga qaradi, Murod tepani xo‘p aylanib ko‘radi, Alpomish ketdi, deb gumon qiladi. Zindonga bir necha Qalmoq qaradi, Choh tubinda bek Alpomish turadi. Ko‘rgan so‘zin noma-simo qiladi, Uning gapi yolg‘on bo‘lib qoladi, Dushman topmay, Qalmoq qaytib jo‘nadi, Yana Qalmoq o‘z yurtiga boradi: «Jonzod yo‘q, deb xonga xabar beradi, Bu oraga qanday dushman keladi, Aytgan so‘zi o‘tirik bo‘p qoladi, Bir nechasi buning hadik qiladi, Pana yerda tursa, qanday bo‘ladi, Odam bo‘lsa tag‘i aylanib keladi». Har kuni zindondan xabar oladi, Necha kunlar shunday bo‘lib qoladi. Alp Qorajon olis yo‘lda boradi, Gumon qilib ko‘p qalmoqlar qaradi, Qorajonning daragini bilmadi. Necha tog‘u necha bellardan oshib, Bordi shunday mazgiliga yetishib. Necha kun Qorajon joyida turdi, Bir kuni so‘ray, deb Qaldirg‘och keldi, Akasi tarafdan bu xabar berdi, Qanday bo‘lsa Qaldirg‘ochga bildirdi. Yodigorga mehribonlik qil, dedi. Xafa bo‘lmay, yo‘lga qarab yur, dedi, Birovga so‘ylama, holing bil, dedi, Qullarga bildirma, to‘g‘ri yur, dedi, Nima bo‘lsa, burungiday bo‘l, dedi. Dushman qullar bu so‘zimni bilmasin, Bu yurishim elga ovoza bo‘lmasin, Ehtiyot bo‘l, Ulton hadik olmasin, Ko‘rib keldim, do‘stu dushman bilmasin, Bilib Ulton yomon kunni solmasin, Gapirmagin, menday akang o‘lmasin. Bir kun kelib qolar davlatli shunkor, Og‘zingdan chiqarma, mungliq mushtipar. Bu so‘zni Tovkadan eshitib, kanizlar aytdi: – Rost aytasiz, yer rizqli mol-da, qo‘ldan berganingizga qanoat qilmaydi, endi, ko‘klam chiqib kelayotir, bundan buyoqqa ozgani-ozgan. Bu so‘zni eshitib, qirqin kanizlari bilan sarkani yetaklab, Kayqubodning qoshiga kelib qoldi. Kayqubod ilgari Boysarining qo‘yini boqar edi. Alpomishni mehmon qilib, jezna-qayin bo‘lib qolgan edi. Bu vaqtlari Toychi qalmoqning qo‘yini boqib yurib edi. Bu so‘zni eshitib, Kayqubodga qarab: – Hali Tovka oyimning yarim molini berganing yo‘q, qaytaman deysan. Kuniga kelib turasan, – dedi. Kayqubod aytdi: – Beradigan hech nimam qolmadi. – Hech nimang qolmasa, sho‘rlik esa, o‘g‘riliq qil, – dedi. Kayqubod: – Quvib kelib tashlay bersam, o‘g‘rilikdan onson narsa yo‘q: o‘g‘rilikni qay mahal qilaman, – dedi. Qizlar Tovkaga: – Baqqol, kosiblarning tosh-tarozisini to‘g‘rilab, qo‘y bozoriga o‘tdik, uni ham tergab ko‘rdik, jalloblarga ozroq foyda bilan sot, deb gapirdik, bir oh sarkani ko‘rdik, junlari yerga tegib turibdi, shohlari aymashib, zingkiyib, osmonga chiqib ketibdi. Juda yaxshi ko‘rdik, – dedi. Bu so‘zni eshitib, Tovkaoyim kanizlari bilan sarkaning boshiga keldi. Ko‘rib bul ham ishqiboz bo‘ldi. Sakson tangaga sarkani savdo qilib oldi, o‘rdasiga olib bordi. Juni sayin bir qo‘ng‘iroq taqib, o‘rdada yetaklab boqib, o‘ynatib yura berdi. Sarka jun tashlab, ozayin dedi. Shunda kanizlariga qarab, Tovka bir so‘z aytib turibdi: Qirqin qizlar bahor-ko‘klam bo‘ladi, Juni tushib sarka ozib boradi. Qaysi kaniz bu sarkaga qaradi, Nega bu jonivor xafa bo‘ladi? Kim qaradi, menday oyim so‘radi. Qaramay jonivor o‘tdan qoldimi, Yo bo‘lmasa sarka kasal bo‘ldimi, Yolg‘iz o‘zi ko‘p diqqatlik qildimi, U sababdan gushti qochib qoldimi? Tili yo‘q-ku, bundan so‘rab bilmadim, Ko‘p kun bo‘ldi, men ham xabar olmadim, Ilgaridan ahvolini ko‘rmadim, Hayvonzod-da, ko‘nglidagin bilmadim. Yangi kelib ahvolini ko‘ribman, Ko‘p ozibdi, buning holin ko‘ribman. Bu so‘zlarni aytar gul yuzli dilbar, Bu gapimga javob bergin, kanizlar. Yolg‘iz bo‘lsa ko‘nglidagin qilayik, Shoh otamning cho‘poniga berayik, Buni eltib qo‘yga qo‘shib kelayik. Ahvolini ko‘rib bo‘lganman diqqat, Otamning cho‘poni, qizlar, Kayqubod, Haq bersak, boqib berar bemillat. Bu so‘zlarni aytdi Tovkaday dilbar, Ma’qul tutdi qoshidagi kanizlar, Albatta jinsiga qo‘shmoqlik darkor, Qo‘ldan yeb qanoat qilmas jonivor. Avlodini ko‘rsa bunday sarkalar, O‘yin qilib kunda vaqti xush bo‘lar, Et olib, jonivor so‘ngra semirar, Qo‘yda bordir o‘zidayin echqilar, O‘z yo‘liga jonivor o‘tlab yurar. Tovka oyim so‘radi: – Otamning qo‘yini qanchadan boqib yurib-san? Kayqubod aytdi: – Otangning qo‘yini olti oyga sakkiz tilladan boqib yuribman. – Men ham bir sarkamga sakkiz tilla berayin, menikini ham qo‘shib boqqin, – dedi. Kayqubod aytdi: – Sen naqd bermasang, qo‘shtirmayman. Tovka oyim aytdi: – Oying bitgandan keyin olasan, otamdan naqd olib yuribsanmi? Kayqubod: – Otangdan hamma vaqt haqimni olaman, sendan haqimni olayin deb o‘rdaga borsam, bosqinchilik qilib kelding, deb meni o‘lguncha ursang, sarkaning haqini ham ong qilsang, naqd bermasang, qo‘shtirmayman, – dedi. Darding naqd olmoq bo‘lsa, naqd ola qol, – deb yonidan sakkiz tilla chiqarib berdi. Kayqubodning ham dumog‘i chog‘ bo‘ldi. «Shu bachchag‘arning qizi pulni turtib berdi, shuning ko‘ngli bizda bor ekan, sarkasini semirtirsak, bizga tegar ekan», – deb qoldi. Shunda sarkasini tayinlab, ikki og‘iz so‘z aytib turgan ekan: Kokillarim eshilgandir tol-tol, Har toliga bersa yetmas dunyo mol, Magar dushman kelsa bo‘ladi poymol, Kayqubod, sen bu so‘zima quloq sol, Har zamon ko‘rib sarkamdan xabar ol, Ehtiyot bo‘l sen ham bo‘lgin xabardor. Haqim deysan, sakkiz tilla olasan, Sarkamni yo‘qotsang, yozgan, o‘lasan, O‘tga boqib xo‘p semirtib berasan, Xizmat qilsang, tag‘i mendan olasan. Cho‘pgun yerni sening o‘zing bilasan. Bog‘bon bo‘lmay qizil gulni terasan, Lolazor, bahrli yerda yurasan, Bu sarkamni xo‘p ehtiyot qilasan, Birovga oldirsang, tayin o‘lasan, Qashqirlardan sen xabardor bo‘lasan, Tog‘da, adir, buzuq joyda yurasan. Eshitgin sen Tovka aytgan so‘zini, Mangratibsan qancha qo‘yu qo‘zini, Qavatinda birga qirqin qizini, Xafa qilma menday sarvinozini, Ehtiyot qil shu sarkamning o‘zini. Bu sarkamni senga qo‘shib ketaman, Bilgan so‘zim endi senga aytaman, Bul sarkadan ko‘zing pana bo‘lmasin, Sen ko‘rmay, bir yerda yotib qolmasin, Yolg‘iz qop bo‘riga duchor bo‘lmasin, Xabardor bo‘l, mening sarkam o‘lmasin. Tayin qilib qaytdi gul yuzli dilbar, O‘yin-kulgi bilan aytgan so‘zi bor, Qavatida buning qirqin qizi bor, O‘rdaga to‘p bo‘lib qaytdi u qizlar, Tovkani o‘rtaga olib kanizlar, Mast bo‘lib qolgandir Kayqubod nochor. Shunda sarkani qo‘yga qo‘shib, mast bo‘lib, dimog‘ini chog‘lab, Kayqubod o‘z sha’niga bu so‘zlarni aytib turibdi: Sarka olib keldi bir mohi anvar, Qavatida saf-saf turdi kanizlar, Men ham bildim Tovka oyim ko‘ngli bor, Shoh qiziga bo‘lib qoldi xaridor. Pulni turtib berib o‘zi suykanar, Ko‘rganda ko‘nglimda qolmadi g‘ubor, Men bilmabman, ul ham menga intizor, Noz bilan aytgandir ul necha so‘zlar. Men tegishsam, qobog‘ini uyadi, Sarkasi semirsa tayin teyadi, Yaxshi ko‘rib menga ko‘ngil qo‘yadi. Kulimsib har zamon menga qarali, Bildirmayin qosh qoqqanday bo‘ladi, Buning ko‘nglidagin qizlar bilmadi, Nima bo‘lsa bizga ko‘ngil qiladi. Yaxshilab sarkasin boqib berayin, Jonivorni xo‘p parvarish qilayin, Men semirtib, Tovkaoyimni olayin, Kanizlarni xizmatima solayin, Bu qizlarni bizga berdi xudoyim, Bu shaharda o‘ynab davron so‘rayin. Bu so‘zni aytib er Kayqubod yotadi, Xasta ko‘nglin bunda shodmon etadi, Qo‘y yoyilib Murod tepa yetadi, Tepani aylanib o‘tlab yotadi. Yolg‘iz bo‘lib bul oq sarka ayrilib, Bo‘sh tuproq ustiga chiqib ketadi, Tuproqning ustiga shunday chiqadi, Bo‘sh tuproqda o‘yin qilib yotadi, Gumburlab zindonga tushib ketadi. Qo‘y yoyilib endi bundan qaytadi, Kayqubod ustiga qo‘ylar yetadi, U qizlardan so‘zni aytib yotadi. Olatoy – ikkovi bul yerda qolgan, Ko‘ylari yoyilib, boz qaytib borgan. Turasop Kayqubod shunday qaradi, Qo‘y ichida bu sarkani ko‘rmadi, Kayqubod alanglab endi qaradi, «Xotin olmay o‘lay, qanday bo‘ladi, Toza bizni falak urib qoladi». Bu so‘zdaytib xo‘p chopqillab qaradi, «Singlig‘ar boshima balo bo‘ladi». Qo‘y yoyilib qaytgan yerga yetadi. Harchand qarab hech daragin bilmadi. Tuproqda echkining izin ko‘ribdi, Murod tepaday tepa bo‘lib turibdi, Iz quvib boshiga chiqib boribdi, Naryoq beti chuqur zindon ko‘ribdi, Toyib tushgan yeri belgili turibdi. Zindonning boshiga yotib qaradi, Pastda odam qo‘zg‘alganday bo‘ladi, Odam bormi dedi tiklab qaradi. Birov sarkani bag‘riga olib qoladi, Bo‘g‘ni bo‘shab choh boshida turadi, Anig‘in bilay deb toza qaradi, Juda chuqur, elaslab ko‘rinadi, Sarkani suyganday bo‘p bilinadi Er Kayqubod shunday qilib ko‘radi. Shunda Kayqubod zindonning boshida sarkani ko‘rib, zindonning ichida birov bag‘riga bosib, qozonsiz osib, sarkani qo‘rqitib yotir. Buning anig‘ini bilib, zindonning boshida turib, bir so‘z deb turgan ekan: Bahorda ochilgan toza lolasan, Yer ostida yotgan qanday balosan, Armonman sarkani nobud qilasan, Sen ajab boshima balo bo‘lasan. Sarkaning egasi Tovka zulfakdor, Meni qilma Tovkaoyimga gunohkor, Senga shunday aytadigan arzim bor, Sarka uchun shohning qizi o‘ldirar, Juda ham tayinlab aytgan sharti bor, Senga qaydan duchor bo‘ldi jonivor?! Shoh qiziga meni qilma javobgar, Shu sarkamni qo‘ya bergin, bachchag‘ar, Olib kep qo‘shganda o‘zin ko‘ngli bor, Sening menga osha zararing tegar, Xabar bersang, ahvolingni bilayin, Go‘shtin ye, terisin sendan so‘rayin, O‘ldiribsan, endi qanday qilayin, Terisin eltib shoh qiziga berayin, Qashqir yedi, deyin, do‘qlab ko‘rayin, Har na bor so‘zimni aytib turayin. Hozir o‘zim gunohkor bo‘p qolaman, Bersang, terisini olib boraman, Qizlar bilan ko‘p o‘rlashib ko‘raman, Sen kim ekaningni nima bilaman, Xabar bersang, men ham aytib boraman. Sarkaning egasi sarvinoz dilbar, Men qolibman bilmay buni bexabar, Qabatida kanizlari amaldor, Hozir bilmay, men ham bo‘ldim gunohkor. Bilmayman, men nochor ko‘nglim bo‘lami, Terini ko‘tarib borsam urami, Sarson bo‘ldim menga azob berami,Men bilmayman, ishim yomon bo‘lami, Aytgan so‘zim yo bir ma’qul qilami?! Bu so‘zni Alpomish eshitib, Kayqubodga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: O‘lmay chiqsam senday kalning baxtiga, Mindirarman Toychixonning taxtiga. Boshing eson, sen Kayqubod, g‘am yema. Sen eshitgin bek yeznangning tilini, Bera ber Tovkaning qalin molini, Qaysi kuni qalinidan qutulsang, Olib beray Tovka zulfakdorini. Qoyil bo‘lgin menday yeznang ishiga, Chiqaray Tovkaning qorday to‘shiga. Sen eshitgin Alpomishbek so‘zini, Bu zindonda to‘rt qilgandir ko‘zini, Qaysi kuni qalinidan qutulsang, Chiqib olib beray shohning qizini. Qalinni bergancha qarab turaman, Sen qutulgan kuni chiqib boraman, Qalmoqshohga seni kuyov qilaman, Tovkaoyimni senga olib beraman. Qalmoq yurtda Tovka oyimni olasan, Tovkaning qalinin menga berasan, Tovka bilan o‘ynab-kulib yurasan. Bilasanmi qalmoqlarning qizini, Op beray Tovkaday sarvinozini, Zindon qilgan Qo‘ng‘irot dobilbozini, Zindonda horitgan bekning o‘zini, Men kesarman Qalmoqshohning bo‘g‘zini, Yig‘latayin necha sarvinozini. Shu shaharga seni podsho qilarman, Tovka oyimni senga olib berarman. Bu so‘zni eshitib, Alpomish ham bir so‘z aytib turgan ekan: Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘lmadi, So‘lgan gulga bulbul kelib qo‘nmadi, Bu bergan molingga ko‘nglim to‘lmadi, Tovka oyimning yarim moli bo‘lmadi, Nima bo‘ldi, bosh otlari kelmadi, Ul sababdan chiqar ko‘nglim bo‘lmadi. Mendayin shunkorning ko‘nglin bo‘lasan, Oz tashlab, ko‘p mol deb chatoq qilasan, Qutulmayin sen kuniga kelasan, Bosh ot berganing yo‘q, qanday qilasan, Shu molman Tovkani qaytib olasan, Bu moling oz ekanin o‘zing bilasan. Ustiga kiygani gulgun qirmizi, Aqlingni oladi jodugar ko‘zi, Atrofda sap-sap turar kanizi, Juda ham suluvdir qalmoqning qizi. Bu mol bilan sen ham ahmoq bo‘lmagin, Behuda o‘zingni garang qilmagin, Qalin olar, bilsang, menday zo‘rabor, Hali ham berasan bizga ko‘p mollar, Ozroq bilan tegmas Tovka zulfakdor, Shoh qizining qalin moli ko‘p bo‘lar, Bu ishlardan senday yozgan bexabar. Qalinini xo‘p aniqlab olaman, Hisob qilsang, qutulganing bilaman, Qutulsang, men chiqib olib beraman. Hali beri qutulmaysan, Kayqubod, Taraddi qil, qila bergin ko‘p xizmat. O‘z yurtimda men belgili to‘raman, Hozir men ham zindon bo‘lib turaman, Sen Tovkaning qalinidan qutulsang, Bilgin, men senga olib beraman, Hozir men bosh oting so‘rab turaman. Bu so‘zni Alpomishdan eshitib, Kayqubod aytdi: – Sen nima qilib yotibsan bu yerda? – Men qalmoqlarning qo‘liga bandizindonman. – Bilmabman-da sening bu yotishingni shu vaqtgachayin. Hayr, endi unday bo‘lsa, qalinning boshi – oq sarka-da. Sarkani qo‘shgan vaqtda o‘zining ham ko‘ngli borday edi, tegadiganday edi, – deb qaytib borib, qo‘ylarni qaytarib, uch-to‘rt qo‘y tashlab ketdi. Kayqubod har kun Murod tepani aylantirib qo‘y yoyadi. Kuniga besh qo‘y, o‘n qo‘y tashlab ketib borayotir. Kerakli narsasini olib kelib berayotir. Nima desa, aytganini qilayotir. Bu mollarning egasi so‘raydi demaydi, yegan odam bir nima qilar, deb berayotir. Necha vaqt oradan o‘tdi. Qalin molni berib yotdi, boqqan moli sop bo‘lib ketdi. Olatoy bilan ikkovi qayqayib qolibdi. Alpomishning chiqar kuni bo‘lmabdi. Olatoyni yetalab, zindonning boshiga kelib, Kayqubod bu so‘zni aytib turibdi: G‘amli qulman o‘ylaydigan o‘yim bor, O‘ynab-kulsam xo‘p bir Tovka oyim bor, Yezna, qalin bergan besh yuz qo‘yim bor, Endi qolgan bitta olatoyim bor, Qalmoqshohga meni qilma gunohkor. Boqib yurgan molning bari sop bo‘lar, Bir kuni holimni qalmoqlar so‘rar, So‘rasa, Kayqubod ne javob berar. Yezna, seni chiqar kuning bo‘lmadi, Agar bilsang, qo‘y-echkidan qolmadi, Yeb qo‘yding, qalmoqlar buni bilmadi. Men boqqanman Qalmoqshohning qo‘yini, Har zamon ko‘raman Tovka bo‘yini, Sen chiqib qilmading yorning to‘yini, Bilolmading Kayqubodning o‘yini, Tovka deb yo‘q kildi boqqan qo‘yini. Yezna, menga mehribonlik qilsan-a, Yegan mollaringni haqlab tursan-a, Tovkani ertaroq olib bersan-a, Sen mening ko‘nglimni xursand qilsan-a, Nima topsam, senga op kep beraman, Qalmoqlarga men bildirmay yuraman, Yugurib-yelib tinmay xizmat qilaman, Umidim shul: «Tovka oyimni olaman, Qalmoq bilsa, nima javob beraman, Senga, yezna, so‘zimni aytib ko‘raman. Bir Qalmoq yurishimni bilmasin, Bilib Qalmoqshohga xabar bermasin, Qalmoq podsho meni haydab bormasin, Ketgan molni so‘rab, nobud qilmasin, Chiqqin, yezna, er Kayqubod o‘lmasin, Bu qilgan xizmatim zoye bo‘lmasin. Aytgan so‘zim g‘ariblikda bil endi, Buytib yotma, bir harakat qil endi, Sen chiqmokning harakatda bo‘l endi, Nima bo‘lsa, yezna, chiqib qol endi. Bu so‘zni eshitib, Kayqubod ham bir so‘z aytib turgan ekan: Qalin bergan mening qancha qo‘yim bor, O‘ylasam ko‘nglimda qancha voyim bor, O‘ynab-kulsam mening Tovka oyim bor, Xurjun-quloq ortib yurgan toyim bor. Toy ham bo‘lsa bosh otiga bo‘lami, Shuni bersam, yezna, ko‘ngling to‘lami?! Nima desang, aytganingni qilayin, Ma’qul tutsang olatoyni berayin. Oblo mening aqlu xushim olmadi, Olatoydan bo‘lak narsa qolmadi. Berib qo‘ydim men ham har na borimni, Endi olib bersang Tovka yorimni, Men o‘ynab tarqatsam bu xumorimni, Berdim senga bisotimda borimni, Bilding, yezna, mening xizmatlarimni. Bu so‘zlarni aytdi turib Kayqubod, Choh tubinda eshittanda vallamat. Kayqubodning aytgan so‘zin biladi, Kayqubodga qarab so‘zlab turadi: – Men ham senga qarindoshlik qilayin, Qaynimsan-da, men suyashib turayin, Toy ham bo‘lsa ot o‘rniga ko‘rayin, Qarindoshlik qilib men ham olayin. Bu so‘zlarni aytdi yotgan vallamat, Olatoyga ko‘ndirdim deb Kayqubod. Er Kayqubod xasta ko‘nglin xushladi, Olatoyning jilovidan ushladi, Xurjun-qulog‘in olib tashladi. Zindonning boshiga olib keladi, Olatoyni endi yiqib oladi, Shuytsam Tovkani olarman deb o‘yladi, Olatoyning oyog‘ini boyladi. Olib bordi Tovkaning bosh oti, deb Olatoyni bu zindonga tayladi. Choh tubinda davlatli xon qaradi, Ostin-ustin bo‘lib endi aylanib Tovka oyimning bosh otlari keladi, Alpomishning vaqti xush bo‘p qoladi, Bunda Alpomish olatoyman bo‘ladi, Qutuldim deb bu Kayqubod jo‘nadi. Necha kunlar o‘z ishida yuradi, Tayog‘ini sudrab tag‘i keladi, Kelib tag‘i boz zindonga qaradi, Yezna, nima qilding, deydi, turadi. So‘ra endi Kayqubodning holini, Bosh ot bilan berib qo‘ygan molini, Olib bergin Kayqubod dilbarini. Yezna, meni munday halak qilasan, Kunda kesam, shu zindonda turasan, Men qutuldim, nima javob berasan. Tomning boshida turib, pastga tushmakka qulaylab qaradi, bir yer qorayib ko‘rindi. «Bu tomning oldida ham qoraygan nuri to‘da ekan. Yo Joltong», – deb o‘zini tashlab yubordi. Bu qorayib turgan – quduqning og‘zi edi, quduqka tushib ketdi. Shunda quduqka tushib, bir so‘z aytib turgan ekan: Ko‘zidan to‘ktirar selob nurini, Ukasini …. Joltong pirini. Oh o‘rganda xasta ko‘nglin xushladi, G‘animga duch bo‘lmay, sirim foshladi, Joltong dedim, bu quduqqa tashladi. Alpomishning aytganini qilmayman, Mundan bo‘lak o‘g‘rilikka kelmayman, Joltong pirni sira pirim demayman. Mendayin nochorning ko‘nglin bo‘ladi, Ko‘rmagan kunlarni menga soladi, Bilsa, egasiga ushlab beradi, Joltong pirni sira pir qilmayman. Rahmi kelmay ko‘zda qonli yoshima, Xafa falak og‘u qo‘shib oshima, Bunday ajab savdo tushib boshima, Hayron qoldim, Joltong, sening ishinga. Pirim, deb men bul o‘g‘rilikka kelganman, Joltong deb ham bu mazgilda turganman, Senga ishonib men quduqda qolganman, Seni pirim dedim, sarson bo‘lganman. Quduqka sop mening ishim qilasan, Mol egasin bilsang, xabar berasan, Pirim, desam, bir baloni qilasan, Meni egasiga ushlab berasan. Seni pirim deb men ahmoq bo‘lmayman, Volloh billoh seni pirim qilmayman, Senga ishonib men o‘g‘rilikka kelmayman, Mundayg‘achoq ahmoq bo‘lib yurmayman, Ukangni . . . . . . . . seni Joltong demayman. – A, yezna, sening piring qursin, sening suyanganing shu Joltong pir bo‘lsa, sira ham zindondan chiqmaysan, hali ham bu pirni qo‘yib, bo‘lak pirga sig‘insang, chiqasan, – dedi. Alpomish suyakdan ikki chanqovuz qilib qo‘ygan edi. – Bu chanqovuzni sotib kel, – deb Kayqubodga berdi. Bu chanqovuzni Kayqubod olib, Yangibozorga ketdi. Yangibozorning ixtiyori qizlarda, qizlar ko‘p yig‘iladi. Bu so‘zlarni aytib, chanqovuzni na’ma qilib o‘tiribdi: Men bo‘lib usta nag‘magar, Bormi bu yerda xaridor, Sozim ko‘rsang, kelgin qizlar, Tor biqinli sarvinozlar, Sozdir juda chanqovuzlar, Baring kelgin, sanam qizlar. Baring kelgin hurday bo‘lib, Oh badaning qorday bo‘lib, Tishi gavhar, durday bo‘lib, Hammang kelgin birday bo‘lib. So‘ylar qo‘limdagi sozlar, Chanqovuzim nag‘ma qilar, Ko‘rgan qizning ko‘ngli to‘lar, Er Kayqubod usta bo‘lar. Shuldir Kayqubod ishlari, Qalmoq yurtning buvishlari, Qizlarning ko‘nglin xushlari, Kelib ko‘r qalmoq qizlari, Chanqovuzim biyu-biyu. Oq olma, qizil olma, Olar bo‘lsang, quruq qolma, Yig‘ilishgan beli tolma, Bu sozimdan quruq qolma, E, olmoqqa ishqing borma?! Chanqovuzin bozor soldi, Ko‘p qizlar atrofin oldi, Bir nechasi chalib ko‘rdi, Qancha xaridor bo‘ldi. Shunday bo‘ldi ko‘ngil xushlar, Kayqubodman o‘ltirishlar, Chanqovuzim na’ma qilib, Talashib oladi qizlar. Nag‘maga ko‘ngli choq bo‘ldi, Necha puldan dedi, so‘rdi, Ko‘ring endi Kayqubodni, Ikki nondan narxin aytdi. Ikki nondan olib berib, To‘rt nonning egasi bo‘lib, Oldi chanqovuzni sotib, Kayqubodni alanglatib, Narxiga yetkazmay sotib. Shunda qizlarga qarab, Kayqubod bir so‘z deb turgan ekan: Qizlar ursa ilon-chayon chaqadi, Tovkaning tayog‘i moyday yoqadi. Oshiqni qo‘ydirsa, qoshin qoqadi, Kayqubod Tovkaning molin boqadi, Urgan tayoqlari juda yoqadi. Menday oshig‘ingga qilma zulmni, Burilib so‘ragin mening holimni, Berib yuribman-ku qalin molingni, Zulm qilib urma xaridoringni, Men qucharman sening nozik belingni. Achchiqlanib menga zulm qilasan, Ilgaridan o‘zing va’da berasan, So‘zlar so‘ylab juda aqlimdolasan, Kanizlarman muncha meni urasan, Ilgaridan va’da qilib yurasan, Sarkani qo‘shganda ishni qilasan, Kayqubodning, qizlar, ko‘nglin bo‘lasan, Aynaltirib o‘rtaga olib turasan. Senga bu Kayqubod xaridor edi, Sarkani qo‘shganda ko‘ngling bor edi, Avval-oxir senga intizor edi, Sening uchun juda giriftor edi, Sening ishqingda yurgan xoru zor edi, Er Kayqubod nega gunohkor edi. Qizlaringman bunday azob berasan, O‘zim qildim desam, qo‘ymaysan, urasan, Nega menga bunday ishni qilasan, Kayqubodni juda g‘arib bilasan, O‘zingning ko‘ngling bor, nega urasan, Qizlaringman meni boylab turasan, Juda ham sen menga azob berasan. Kayqubod qizlarga nolish qiladi, Undan say sho‘xlik qip qizlar uradi. Shunda qirq qiz yig‘ilgan ekan. – Usta aka, bizga ham qilib kelib bering, – deb ikki nondan olib kelib berdi. Sakson non bo‘ldi. «Endi qolgan qalindan chanqovuz sotib ham qutulib qo‘yaman», – deb ko‘tarib olib kelib zindonga tashladi. Yana suyakdan o‘ymalab yana bir chanqovuz tuzatib qo‘yib edi. Bu chanqovuzni Kayqubodga berib buni tayin qildi: – Yangibozorga olib borib, ikki nondan sotmagin, Tovkaning sayil bog‘iga olib borib chalgin. Qizlarga ko‘rsatmagin. Mabodo qizlar ko‘rsa, quvsa ushlatmagin; mabodo ushlab olsa, «bu chanqovuzni kim qildi» desa, o‘zim qildim degin, mening daragimni aytmagin. Qizlar quvsa, qochib qutularsanmi? Kayqubod turib aytdi: – Semizi irkillab, orig‘i echkiday dirkillab yurgan qizlardan qutulmay, menga bir gap bo‘ldimi, – deb zindonning bu yog‘iga, u yog‘iga juppay bo‘lib irg‘ib o‘ta berdi. Alpomish aytdi: – Yozgan kal, sen ham tushib ketarsan. Chanqovuzni olib ketdi, Tovkaning sayil bog‘iga yetdi. Bir gul butaning ostida nag‘ma qilayapti. Bu nag‘mani eshitib, Tovka oyim sayil bog‘ida kanizlari bilan borib, gul butani shunday ko‘tardi. Kim deb qarasa, Kayqubod, Kayqubod qochib berdi. Bu so‘zni aytib, Tovka oyim kanizlari bilan quva berdi: Bu Kayqubod hilla qildi, Ushlar edik, qochib berdi, Quva bering, sanam qizlar, Qo‘lda ajab chanqovuzlar, Oldindan chiq, qirqin qizlar. Ko‘ring endi qurg‘ur kalni, Yetay deganda chap soldi, Ilkisdan burilib ketib, Necha qizlar o‘tib ketib. Quvayotir ko‘nglin xushlab, Tovka oyim zulfak tashlab, Kayqubod irg‘ir angg‘ishlab, Ne qizlarni burib tashlab. Ko‘ring Tovka zulfakdorni, Charchatdi-ku ko‘p qizlarni, Ushlamoqchi bunday kalni. Necha qizlar yetay deydi, Yetayin deb qo‘l uzatdi, Bul Kayqubod burib ketdi, Ne qizlarni hilla bilan Do‘staman qilib yiqitdi. Toza charchadi kanizi, Turib qoldi qirqin qizi. Kayqubodni quvib yurib, Tovka oyim yolg‘iz o‘zi, Yeb yotgan ul shohning qizi. Bu Tovka ham yetay dedi, Kadimgiday burib ketdi. Shuldur Kayqubodning dog‘i, Kayqubod burilgan choqda Toyib ketgandir oyog‘i. Bu yozganning aqli shoshdi, Do‘staman bo‘p yerga tushdi. Shohning qizi oyday Tovka ushlashdi. Qirqin qizi bir-biriga yonashdi, Shur Kayqubod bul o‘rtaga tushdi. Chanqovuzni kim qildi deb so‘radi, O‘zim qildim, deydi, yozgan turadi. Rostin aytgin, deb siyosat qiladi. Yolg‘on so‘z aytmoqni qaydan bilding, deb, Xudoy olg‘ur qachon usta bo‘lding, deb, Aytgin, chanqovuzni kimdan olding, deb, Muncha qochib, bizni halak qilding, deb. Bizlarni charchatib tashvish berasan, Qurg‘ur, sen tayoq yeb bizdan o‘lasan. Shunda gapirmas qilib, Tovka oyimning beliga minib, gapirmasa ham gapirgisi kelib, bu so‘zni aytib ketib borayotir: Azamatlar olmas boylar dastiga, Dushman yurar kam davlatning qasdiga, Minib oldi Tovka oyim ustiga, Qaramas Kayqubod baland-pastiga. Ko‘kragim muloyim bo‘ldi, xudoyim, Yo‘lning uzog‘ini bergin iloyim. Yo‘rg‘alagin, yurishingni ko‘rayin, Yoqib ketsa sening bilan bo‘layin. Qaddingdan aylanay qalmoqning qizi, Meni ko‘p bolqitar so‘ylagan so‘zi. Har na desa aytganiga ko‘ndirdi, Xaridorni sag‘risiga mindirdi. Qirqin qizi unda bilmay qoladi, Xillaman Kayqubod muni minadi, Zindon betga qarab ketib boradi, Yurish qilsang, xaridoring oladi. Yana bahor bo‘lsa ochilar gullar, Bulutlar mast bo‘lsa chalqiydi ko‘llar, Mushki anbar, o‘zi gul yuzli dilbar, Xaridoring sag‘ringdadir muqarrar. Shohning qizi bilmaganim bildirding, Aldab-suldab, dilbar, seni ko‘ndirdim, Shohning qizi ko‘p g‘ayrating bor ekan, Kayqubodni och belingga mindirding. Ko‘rsatib ustingda Kayqubod nochor, Kayqubod der juda senga intizor, Gap bilan bolqitgan sendayin dilbar, Zindon deganing ko‘p bir uzoq yo‘l bo‘lar. Shundayin oyimning ko‘nglin bo‘ladi, Burilib ko‘p yurdi, halak bo‘ladi, Tovka oyimning zehni koyib boradi. Kayqubodga qarab, Tovka bir so‘z aytgan ekan: Kayqubod ne chog‘li bordir iliming, Orqama botadi g‘updor tuyuning, Kissangda bormidi suyak chiliming Gapirma, Kayqubod, keldi g‘ijinim. Mendayin oyimga jabr qilasan, Uzoq yo‘ldir, meni burib minasan, Elda yo‘q ishlarni nega qilasan, Achchiqlansam, armon bilan o‘lasan, Meni muncha sen ham halak qilasan, Qalmoqshohning qizin ahmoq bilasan. Alpomish deb eshitib bo‘ldim intizor, Buncha menga jabr qilmoq nedarkor, Holing bilib to‘g‘ri yo‘lga yura ber, Choh boshiga endi boshlab bora ber. Yaqinlasak birga-birga borayik, Qanday odam ekan borib ko‘rayik, Tuzuk bo‘lsa, uning holin so‘rayik, Yaxshi ko‘rib unga xizmat qilayik, To‘g‘ri yur, yo‘llarda halak bo‘mayik, Ko‘rsa kular ahvolimni xaloyiq, Kanizlar uyg‘onmay borib-kelayik. Yurishimiz qirqin qizlar bilmasin, U qurg‘urlar gap yetaklab yurmasin, El ichinda malomat so‘z bo‘lmasin, Bu ishimni ota-enam bilmsin, Sening ko‘nglingga so‘zlar kelmasin, Buytib yurganimizni birov ko‘rmasin. Bu so‘zni eshitib, shohning qizi qaytib jo‘nay berdi: – Kayqubod, bu Alpomishing o‘zingta nasib qilsin. Men og‘a, tog‘a, qarindosh topmay, buning oldiga kelganim yo‘q, o‘zimning ham qarindoshim ko‘p, – dedi. Kayqubod aytdi: – Yezna, ering bo‘laman desang, bo‘lmaymi? Alpomish: – Sening ko‘nglingga gap kelar deb turibman, – dedi. – Bu yog‘ing to‘g‘ri bo‘lsa bo‘ladi, ayta ber, – dedi, –Shunda: – Esa aytib kel, – dedi. Kayqubod Tovkaning keyinidan yetdi: – Qayt, ering bo‘laman deyapti, – dedi. Shunda bu so‘zni eshitib, Qalmoqshoh turib aytdi: – «O‘zingdan chiqqan baloga, qayda borarsan davoga». Tovka borib uytib yursa, sen bizga Alpomishni mast qilib bermading, bir baloni mast qilib berding, chirib o‘lib ketadi, deb zindonga solding, hammaga ham tashvish berding, shu ishlarni bekor qilding. Bundan chiqadi, bul o‘lmaydi ekan. Surxayil maston turib aytdi: – Sen podshosan, sen nima qilaman desang, hukming yetadi, besh yuz aravani qo‘shsang, Zil tog‘iga buyursang, tosh yuklab kelsa, Alpomishning zindonini tosh bilan ko‘msa, ustidan tosh bosar, har yeridan yer qisar, shunda o‘lmasa, bul o‘lmaydi ekan, – dedi. Bu so‘zni eshitib, Qalmoqshohga ma’qul tushib, besh yuz aravani toshga jo‘natdi. Hakimbek otning kelganini ko‘rib, azizlarni shafe keltirib, bu so‘zni aytib turgan ekan: Azamat mard edim, bo‘lmayin nochor, Do‘stga zor aylama, dushmanlarga xor, Shohimardon, shohi Kavsar yo‘l boshqar, Alining shogirdi Boboi Qambar, Ali bilan yo‘ldosh Moliki ajdar, Rahmat daryo toshar ul fayzi sahar, Rahmatingdan menday miskin umidvor, Rahmat daryong tosha tilar darvishlar, Sadag‘ang bo‘layin imom, chiltanlar, Rahm aylab yor bo‘ling nochor qullarga. Dunyodan o‘tdilar o‘n ikki Ahmad, Jonu dilman qildi xudoga xizmat, Sadag‘ang bo‘layin Rasul Muhammad, Otingdan aylanay Qoziyul hojot, O‘limning kechin ber, imonga quvvat, Avval bergan bosh davlating – tansahat, Shaytondan imonni saqlang salomat, Hazrati No‘g‘oy, Er Baxshoyish yo madad, Mazgiling G‘azira shayxi Xudoydod, Merganlarning piri Jamshidu Ahmad, Rahm aylab, yor bo‘ling nochor qullara. Ummatim deng, yo Muhammad Mustafo Birovlaring sheri dargoh, Bosafo, Sadag‘ang bo‘layin kanizi dargoh, Mazgiling Mashhadda imomi Rizo. Parpi ota madadkor, bir himmat guzar, Bersa Novka bunda madad Bog‘mozor, Oqtosh tirg‘ishlidir, biri Yormozor, Hazrati Mirkulol, biridir Qo‘chqor, Avliyo, anbiyo bo‘ling madadkor, Bu so‘zni aytib shunkor hojatin tilar, Bir karomat aylang, aziz chiltanlar. Tor zindonda xudo dedi, jiladi, Quloch yoyib hojatini tiladi. Xoliqsan, karimsan, qahringdan qutqar, Qodir oblo, o‘zingdadir ixtiyor, Shohizinda, er Doniyor, payg‘ambar, Xo‘jai Zumrati, Xo‘jai Ahror, Bobo yakka pirsiz, er Xo‘jamozor, Eshoni sulik So‘fi Olloyor. Manchil bilan Xo‘ja Ishoq, bo‘ling yor, Qadamjoying deydi Shahrisabz shahar, Sadag‘ang bo‘layin, Xazrati Langar, Xo‘ja Yusuf Hamadoniy, bo‘ling yor, Xo‘ja Ahmad, Bashir, Xo‘jayi Chorchinor, Komil pirlar, bo‘ling endi madadkor, Bir nazar aylasa aziz chiltanlar. Bu so‘zdaytib Hakim o‘g‘lon turadi, Buning yig‘lagani qabul bo‘ladi, Jam’i azizlarning ruhi keladi, Chiltan kelib ko‘p tarbiyat qiladi. Zindon bo‘lganiga yetti yil o‘tdi, Endi oldi boshdan g‘amu kulfatdi, Bekning oti bir ag‘anab turibdi, Qo‘l ochib chiltanlar duo qilibdi, Ot quyrug‘i boz qirq quloch bo‘libdi. Ot quyrug‘in u zindonga solibdi, Hakimbek beliga boylab olibdi. Jonivor zo‘r urib shu zamon tortdi, Boychiborga pirlar berdi quvvatdi, Hakimbek u zamon zindondan chiqdi. Dunyoni ko‘rganday bo‘lib qoladi, Hakimbek otini tavof qiladi. Ikkovi ayrilib yetti yil o‘tgan, Ustida abzali eskirib bitgan, Abzali bir-biriga qovib ham ketgan. Ayil-pushtanini otning bo‘shatdi, Teri, shiltasini endi ushatdi. Yalang‘ochlab jonivorni qashlabdi, Qashlagani otga yoqib qolibdi, O‘qranib bul aylaib turibdi, Ot bilan topishib shukur qilibdi, Qalmoq xalqi bul uzoqdan ko‘ribdi, Ot oldinda ko‘rdi, birov turibdi. Qalmoqlar botmaydi, bo‘ylab qaradi, Borolmaydi, bul uzoqdan ko‘radi, Bir-biridan ko‘rdingmi deb so‘radi. «Ot oldindagi odamday balodir, Mazmuni Alpomish chiqib qoladi, Chiqmasa, otning oldidagi kim bo‘ladi?!» Qalmoqlar to‘ligib qo‘rqib qoladi, Shaharda to‘plig‘ib ancha yuradi, Ko‘rmaganga ko‘rgan xabar beradi, Aravakash yaqin kelib qoladi. Mehnat ko‘rib juda azobni tortgan, Besh yuz aravaga toshini ortgan, Qichab yurib bari yo‘lni to‘zitgan, Yaqinlasa Alpomish chiqib yotgan, Ko‘rdi shunday otini egarlayotgan. Omon-eson chiqibdi shunday polvon. Choh boshida Alpomishni ko‘radi, Bilsa, Zil tog‘ida degan aydahor, Zindonning boshidan paydo bo‘ladi. Birdan ko‘rib g‘aljirashib qoladi, Otni tashlab bari qochib boradi, Qalmoqshohga borib xabar bermakchun, Aytar so‘zin bilolmayin boradi. Ot-arava cho‘lda qolib ketadi, Piyodalab shoh qoshiga yetadi. Endi o‘ldik dedi, shohga boradi, Qalmoqshohga bular xabar beradi: – Zindondan Alpomish chiqib qolibdi, Ko‘rdik bizlar ot egarlab turibdi, Aravakash ko‘rib xabar beribdi, Qalmoo‘ yurti g‘alag‘ul bo‘p yuribdi. Qarasang, bir damda kelib qoladi, Bilgin, qalmoq, yurting vayron bo‘ladi, Aydahordan cho‘rtta yomon balodi(r), Harakat qil, kim barobar bo‘ladi. Uni ko‘rib kelgan bizday xizmatkor, Bevahm bo‘p turma, shohim, muqarrar. Bu so‘zni eshitib qancha amaldor, Karnay-surnay bo‘ldi yurtiga xabar, Yig‘iladi shohdan in’om olganlar. Shohiga aytar u zindondan chiqibdi, Chiqqanini xaloyiqlar ko‘ribdi, Ko‘rganlari kelib xabar beribdi, Qalmoqshohi anjom tuzab turibdi. Shu zamonda qalmoq podsho buyurdi. – Lashkar tuzib endi yo‘lga solinglar, Bu shaharning atrofini olinglar. Siyosatman keyinga qaytaringlar, Kelsa qaytmay turib urush qilinglar, Qolmay, lashkar, endi ravon bo‘linglar, Mening amrim tutib bundan boringlar, O‘zi ketsin, yurtni qo‘rib turinglar. Bu so‘zlarni aytdi qalmoqning shohi, Otlandi anjomdor qancha sipohi. Qalmoq yurtga shu ovoza bo‘ladi, Baydoq-baydoq lashkar chiqib jo‘nadi. Namoyishga karnay tortib, Siyosatga to‘plar ortib, Shaharlarni gumburlatib, Qalmoq lashkari jo‘nadi. Bari qalmoq, ko‘nglin buzib, Har tarafga noma yozib, Jo‘nadi qalmoq, jam bo‘lib, Har ko‘cha askarga to‘lib. Jo‘nayotir baland-pastda, Saf-saf bo‘lgan, dasta-dasta, Xabar bo‘lib chaparasta. Otli lashkar ilgarida, Piyoda askar keyinida. O‘ngu so‘lni lashkar opti, Bu shahardan chiqib bo‘pti. Keyin qulog‘iga tekkan, So‘g‘in kelib qo‘shilayapti. Hali kelgan yo‘q-ku botir, Lashkar qo‘nib, tikib chotir. Saf-saf bo‘lib lashkar turdi, Shahar qo‘rimoqchin bo‘ldi. Alpomishni ko‘rib, Alpomish ham bu lashkarni bilib, yov-yarog‘ini ilmi karomat bilan chiltanlar berib, urush-yarog‘ini g‘amlab, otlanib, qalmoqlarning ustiga bu so‘zlarni aytib kela berdi: Ikki dunyoda rahbarim, Mardi maydonim, yo Ali, Izlaram sizdan shafoat, Chobuk suvorim, yo Ali. Yigit piri Shohimardon, Madad bersa sheri Yazdon, Tilarman qodir xudodan, Bu maydonda bergin omon. Ochilgaymi mening baxtim, Buzarman qalmoqlar raxtin, Sening chiqqan toju taxting, Yo seniki, yo meniki. Yo‘qdir, qalmoq poyimlaring, Ko‘p yurakda voyimlaring, O‘rdadagi oyimlaring, Yo seniki, yo meniki. Xafa falak solma zulm, Bemaxal yetmasin o‘lim, So‘rab yotgan katta eling, Ye seniki, yo meniki. Ko‘rganda qolmas toqatim, Ko‘p bo‘ldi mening mehnatim, So‘rab yotgan sening yurting, Yo seniki, yo meniki Bek Hakim zindon bo‘ladi, Egam bizni qutqaradi, Maydonda kimlar o‘ladi, Bu savashda kim qoladi, Qolgan bu ishni ko‘radi. G‘amingni yegin, qalmoqlar, Yurting o‘rtada qoladi. Bu so‘zlarni aytib qaysar, Saf-saf bo‘p turdi qalmoqlar, Bedov otga qamchi urib, Ot qo‘ydi shunday aydahor. Yarashiqqa tikib chotir, Yolg‘iz ot qo‘ygandir botir, Xitoychalar patir-putur, Otilib maydon ichinda. Ko‘rganlarning aqli eltib. Boz ko‘rsam deb bo‘lib intiq, Bu maydonda qora miltiq, Otilib maydon ichinda. Bedovga zarrin ayillar, Bu ishga dushman qoyillar, Shobron miltiq, jazoyillar, To‘p buzar maydon ichinda. Ot chopadi alvon-alvon, Bandam desa qodir mavlon, Shunday qilib bek Hakimxon, Qon to‘kar maydon ichinda. Qilich kelib alab-alab, Oltin kosa gulgun sharob, Ichilib maydon ichinda. Bu maydonda bedov otlar, Aydahorday katta to‘plar, Ishqirar maydon ichinda. Bir-biriga kelib g‘olib, Botir urishmoqqa tolib, Hakim yolg‘iz urush qilib, Chiqqan zindondan qutulib. Ko‘ring bunday vallomatdi, Mingandir Boychibor otdi, Hakim bekdir, tikka chopsa Og‘ir safni uzib ketdi. Nechovga solib qilichdi, Chaparasta kesib boshdi, Yolg‘izman deb qarab turmas, Alpomish tanho savashdi. Bir nechaning aqli shoshdi, Ota boladan adashdi, Ko‘p qalmoq bilan urishdi. Zaxmat o‘tib jondan kechgan, Qilichidan qonni sochgan, Ko‘p qalmoq bilan sanchishgan, O‘liklarga g‘ajir tushgan, Qalmoq bilan ko‘p surishgan, Yolg‘iz yuribdi Hakimxon, Yon-yorida ko‘pdir dushman, Sira parvo qilmas sulton, Bermasman deydiku omon. Qalmoq kelar tugib bosib, Qaytmas maydonda savashib, Mard yigit daryoday toshib, Bir nechaning aqli shoshib. Qaytma deydi qalmoq bari, O‘rtaga olar chuvullashib, Qaytmay savash qiling, deydi, Ot qo‘ya ber baring, deydi, Agar qaytsang sho‘ring, deydi, O‘lasan bunda baring, deydi. So‘z aytib qalmoqning shoyi, Ajab qirg‘in bo‘ldi joyi. Ilgarida sop botirlar, Sovut-qalqon kiygan qaysar, Urush maydonin axtarib, Bular bekka duchor bo‘lar. Ko‘ring Alpomish ishini, Qanday botir chiqib qolsa, Qo‘ymay kesadi boshini. Ot ostida kalla qoldi, Balki qalmoq o‘lja bo‘ldi, Qora yerga qon to‘kildi, Qalmoqlar o‘ylanib qoldi, O‘ngu so‘lni tuman oldi. – Bilmaymiz bu qanday kundi(r), Omon qolmoq gumon bo‘ldi, Bizga oxir zamon bo‘ldi, Yolg‘iz o‘zbak yomon bo‘ldi, Tanho soldi bu qirg‘indi. Yolg‘iz, ko‘p lashkardan qaytmas, Bunga o‘tmas tig‘u olmos. Hech parvo qilmaydi shag‘almas(t), Hech odam barobar kelmas, Ado qilmay sira qo‘ymas, Barimizni qirmay tinmas. Shuytib titraydi ko‘p dushman, Har dara o‘likka to‘lgan, Bu oraga qon to‘kilgan, Qon bilan qorilib qolgan, Qaytmay Hakim qilib maydon. Kesildi dushmanning boshi, Sel bo‘ldi qalmoq ko‘z yoshi, Shuldir Hakimbekning ishi. Qalmoq ko‘pdir, tob berolmas, Bunga ro‘baro‘ kelmas, Qo‘lida bor keskir olmos, Sermaganda jon qutulmas. Nechovlarin chopib o‘tdi, Qalmoq yurtini bo‘zlatdi, Bunday yurtni izillatdi, Juda qalmoqni qo‘rqitdi, Ushlaganin berkitdi, Hakim shunday chopib o‘tdi, Nechovlar yarador yotdi, Bir xili bo‘linib ketdi. Maydon bo‘lsa ko‘nglin xushlar, Qo‘lida o‘tkir qilichlar, G‘animning sirini foshlar, Shunday bo‘ldi bu urushlar. Ot qo‘yishar yakka-yakka, Tutuni chiqib falakka, Sirinib karim samadga, Tanxo chopar ko‘p qalmoqqa. Har tarafdan qamsab kelar, Kelganiga qilich solar, Qanchasini oldiga solib, Yetganining boshini olar, Qochib-quvib urush qilar, Bunda ajab qirg‘in bo‘lar. Necha vaqtlar urush bo‘ldi, Juda maydon turush bo‘ldi, Botirlarga xo‘b ish bo‘ldi, Ko‘ring bundayin polvondi, Sulatgandir necha tandi, Qalmoqlarni to‘plab oldi, Ko‘p qalmoqlar qochib berdi. Tob bermas siyosatiga, Toqat qilib turolmaydi, Hakimbekning g‘ayratiga. Qochib borayotir shoshib, Shoshgandan bir-birin bosib, Keyin qolsak o‘ldik, deyishib, Bir baloga qoldik, deyishib, Qochqinchi shahar bordi. Do‘kondorlar ang-tang qoldi, Old-ortiga qaramayin, Qochqinchilar o‘ta berdi, Bir nechalar so‘rab qoldi, «Urushlaring qanday bo‘ldi?» Bir nechalar javob aytib, «Bizdayin qochgan qutuldi, Keyin qolgan bari o‘ldi. Qaramay yiqqin do‘kondi, Toza quvib kelib qoldi». Ko‘ring endi Qalmoq yurtdi, Bir to‘polon bo‘lib qoldi, Qochqinchiga shahar ichi, Qolmay ko‘cha to‘lib qoldi. Aytganiday qaysar Hakim Ortin to‘plab kelib qoldi, Qochganini solib qoldi, Tekkan qalmoq o‘lib qoldi, Jazosini ko‘rib qoldi. Qo‘lda qilich yalang‘ochdi (r), Shaharga yaqin yetishdi, Tag‘in kelib qalmoq bilan Shahar ichra aralashdi. Oshiq fahmi oqshom kecha, Holin bilmaydi bir necha, Qonga to‘ldi har bir ko‘cha, Bek Alpomishning zarbidan Qolmadi rastalarda kosibbachcha. Tosh ko‘rmagan goh ko‘chalar, Tosh o‘rniga bosh ko‘rgandir, Suv ko‘rmagan goh ko‘chalar, Suv o‘rniga qon ko‘rgandir. O‘lik ayqashib qolgandir, Adadsiz qalmoq o‘lgandir, Juda ham to‘plab qirgandir, Achinib bunda kelgandir, Yetti yil azob ko‘rgandir, Shuytib o‘chini olgandir. O‘ldirgandi ko‘ringandi, Chorsi, registon borgandi, Murdalar kash-kash bo‘lgandi (r). Qilib maydonda xurushni, Ko‘rsatadi shunday ishni, Qaytmayin qilib urushni. Maydonda irg‘itdi otdi, Ko‘p qalmoqni izillatdi, Yovga otini qaratdi, Rabbim dedi, qilich tortdi, Alamlarni kesib o‘tdi, Necha tug‘larni yiqitdi, Qalmoqqa ishni ko‘rsatdi, Yurak-bag‘rini dog‘latdi, Xotin-qizini izillatdi, Zo‘rligin polvon ko‘rsatdi. Quloq song bekning tiliga, Dushman chiqolmas yo‘liga, Oralaydi qaysarday bo‘p Bunda qalmoqning eliga. Qalmoqlar qolmasini bildi, Adadi yo‘q, qiyrab qoldi, Shunday o‘sal o‘yin bo‘ldi. Surxayil yo‘liqib qoldi, Ena, dedi bu bek Hakim, U ayyorni ushlab oldi. Necha so‘zni undan so‘rdi, Ularini kampir bildi, Gapirmakka tili bo‘lmay, Iyagi shaqirlab qoldi. Qilich bilan boshga soldi, Urib ikki bo‘lak qildi, Shohning darvozasiga ildi, Hakim shuncha qirg‘in qildi, Alplarning avlodidan, Registonga birov keldi. Otini o‘ynatib turdi. – O‘zbak shunday qilasanmi, Sen hammani qirasanmi, Qo‘yar deb ham indamasam, Sira ketmay yurasanmi?! Anqa polvon deydi meni, Jazongni berarman seni. Men alplarning avlodiman, Senga bermasman-ku omon, Men endi maydonga keldim, Qutulib ketmaging gumon. O‘lmay turib ilgaridan, Keta bersang bo‘ymi sen ham. Chiqib qalmoqning elidan, Qutulmog‘ing mushkul bo‘ldi Anqa polvonning qo‘lidan. Bu so‘zni eshitdi Hakimxon, Yaqinlab bordi shu zamon. – Nima deysan ahmoq dushman? Tentak bo‘p chiqding elingdan, Hech ish kelmaydi elingdan. Bek Alpomish deydi meni, Kim tentak qip yubordi seni. Holing bilib jo‘n yurmagan, Umrida maydon ko‘rmagan, O‘z o‘yinda lofchi bo‘lib, Sen bachag‘ar el kuldirgan. Jondan kechsang, mana maydon, Ot chachasidan qizil qon, Armon bilan o‘lding dushman, Xohi yur, xohi pushaymon. Botirman deb elda yurgan, Ko‘chada odam kuldirgan, Botirsan sen, tentak qilgan, Ular vaqting yaqin kelgan, Ajal seni sherdil qilgan, Shuytib sen maydonga kelgan. Bu so‘zni aytdi Hakimxon, So‘z aytadi qalmoq dushman: – O‘zbak, sendan kam emasman, Sira damingni yemasman, Men seni odam demasman, Holing bilgin, ketgin, o‘zbak, Men senga omon bermasman, O‘ldirmay sira qo‘ymasman. O‘z yurtingni ko‘rolmassan, Mendan omon qololmassan. Avvaldan indamay turdim, Qorajon do‘stisan bildim, Shuytib seni hurmat qildim. Bekor ko‘p odamni qirding, Holing bilib ketgin, o‘zbak, Bu Anqaga duchor bo‘lding, Qochmasang, bil, tayin o‘lding. Bu so‘zni aytdi Anqa polvon, So‘ziga kuldi Hakimxon, Boychiborga qamchi o‘rib, Qoshiga bordi ul zamon. Anqa otga qamchi chatdi, Kaltak bilan solib o‘tdi, Hakimga kor qilmay ketdi. Sug‘urib keskir po‘latdi, Otni qimsib sermab o‘tdi, Oning boshin olib ketdi, Anqa polvonni sulatdi, Do‘staman bo‘p yerda yotdi, Bir lof bilan o‘lib ketdi. Ko‘p o‘lgandir qalmoq gachcha, Holin bilmay o‘ldi necha. Nechovlar maydonda turdi, Qilichning damida o‘ldi, Qalmoqshohi yaqin keldi. Toychi qalmoq yurish qildi, O‘zi tushib urush qildi, Botirlari gardin oldi, Bir-biriga nayza soldi. Necha nayza g‘orat berdi, Shunday ajab urush bo‘ldi, Qalmoqshohning bilmaganin bildirdi, Qalmoqning shohini Hakim o‘ldirdi, Qolganini aytganiga ko‘ndirdi. Bu so‘zni eshitib, shohning qiziga qarab, Kayqubod bu so‘zni aytib turgan ekan: Bu yurishim, dilbar, senga o‘tadi, Xudo bergan yakka mixim botadi, Juda seni bezovta ham etadi, Har zamon xayolim olib ketadi, Shohning qizi, ishqing meni o‘rtadi. Avval-oxir bo‘ldim senga intizor, Sening jamolingga bo‘lib giriftor, Jamoling to‘lishib menga barq urar, Qaraganda mening aqlimni olar, Bo‘lib mudom men ham senga xaridor. Necha yil kuyingda bo‘lib yuraman, Umrim o‘tib xasta bo‘lib boraman, Olis edi, men yaqinlab qolaman Men sening sag‘ringga minib boraman, O‘lmasam, sening bilan birga bo‘laman. Bu so‘zni aytib shunda ketib boradi, Tovkaning achchig‘i keldi, biladi, Zindonning boshiga to‘g‘ri boradi, Tovka oyim bu zindonga qaradi, Zindon ichida bir shunkorni ko‘radi. Jamoli oqshomni yorug‘ qiladi, Bu husniga zindon yorug‘ bo‘ladi, Tovka ko‘rib bekning ko‘nglin so‘radi. Tovka Alpomishni ko‘rib, bir so‘z aytib turgan ekan: Sizga qurbon bu mening shirin jonim, Zindon ichida g‘arib bo‘lgan mehmonim, Men bildim, yangitda so‘rab turaman, Sizni bilib men ham xizmat qilaman, Choh ichinda ko‘rib so‘rab turaman, Zindondan chiqarsam, nimam bo‘lasan? Sizni so‘rab men ham xizmat qilaman, Ko‘nglingda ne gap borin bilaman, Qalmoqning yurtidan halak bo‘laman, Sizni eshitib mehnat tortib kelaman, Otim Tovka, shohning qizi bo‘laman, To o‘lguncha senga xizmat qilaman, Zindondan chiqarsam, nimam bo‘lasan? Davlatim bor, sholi shaldam o‘rayin, Jamolim balx urib senga qarayin, Seni loyiq ko‘rsa qodir xudoyim, Menday oyim senga cho‘ri bo‘layin. Zindon bo‘lgan begim, sendan so‘rayin, Zindondan chiqarsam, nimam bo‘lasan? Sen so‘ylasang, ko‘nglim bo‘lar barqaror, Sen zindonda ko‘p yotibsan xoru zor, Sendan so‘z so‘ragan Tovka gajakdor, Har na so‘zing bo‘lsa bizga ayta ko‘r, Xizmatingni oyim bajo keltirar, Zindondan chiqarsam, nimam bo‘lasan? Bu so‘zni eshitib, Alpomish ham bir so‘z degan ekan: Shohning qizi, choh boshidan qarading, Nima talab, nima bo‘lar muroding, Ne sababdan kelib holim so‘rading? Azob ko‘rib shirin jonim bu tanda, Yetti yildir umrim o‘tdi zindonda. Ustingga kiyganing yashil ko‘k edi, G‘ariblikda senga ko‘ngil to‘q edi, Ne sababdan kelib, dilbar, o‘rading? Mening holim hech kim so‘ragan yo‘q edi, Qalmoq yurtda yurgan odam ko‘p edi, Zindonga qaragan odam yo‘q edi. Burilib kelding, men ham holing bilayin, Men ham senga bir yaxshilik qilayin, So‘zim bilgin, sening tog‘ang bo‘layin. Qaytayin zindonda gangigan boshim, Qiyomatcha bo‘lar edi savashim, Tor zindonda shohning qizi so‘rasa, Men bo‘layin sening qovmi-qardoshing. Ko‘nglingni bo‘lma sen, gul yuzli dilbar, Senga qancha aytadigan so‘zim bor, Meni so‘rab kelgan bul mohi anbar, So‘rab kepsan o‘zingdadir ixtiyor. Qalmoq qizi, sening ko‘ngling bilarman, Zindondan chiqarsang, yo‘ldosh bo‘larman, Xizmatingga loyiq ishni qilarman. So‘z eshit, gul yuzli, aytgan tilimdan, Lochin edim, parvoz qildim elimdan. Qoyil bo‘ldim xudo qilgan taqdirga, Yo‘liqib qolganman o‘zimdan zo‘rga, Armon bilan kelib tushganman to‘rga, Xizmat qilib, shohning qizi, chiqarsang, Qarindosh bo‘p yuray sen bilan birga. Shunda Tovka kelib, Alpomishga qarab, yana bir so‘z aytib turgan ekan: Xudo deyin, yaratganga jilayin, Yaratgan xolikdan madad tilayin, Qayta boshdan, begim, sizdan so‘rayin, Zindondan chiqarsam, nimam bo‘lasan? Men yig‘layman qattiq shunda dodi-dod, Meni yo‘ldan qaytargandir Kayqubod, Choh tubinda yotgan endi vallamat, Zindondan chiqarsam, nimam bo‘lasan? Quloq soling, begim, aytgan so‘zima, Javob bergin menday sarvinozinga, Yosh to‘lgandir mening jodu ko‘zima, Qora zulfim yarashgandir yuzima. Menday oyim bo‘lib sizga ko‘p mahtal, Bilmam, ko‘nglingda nima gaping bor, Har na o‘ylaganing bo‘lsa, ayta ko‘r, Zindondan chiqarsam, nimam o‘lasan? Obod bo‘lar muna o‘sgan elatim, Sening bilan bo‘lar mening suhbatim, Qaddingdan aylanay, lochin bekzodim, Zindondan chiqarsam, nimam bo‘lasan? Nazar solib sog‘u so‘lga, Gap bo‘lmayik qalmoq elga, Yo‘qsa bizning bilan birga, Davron sursak o‘sgan elga, Zindondan chiqarsam, nimam bo‘lasan? Bu so‘zni eshitib, Alpomish ham bir so‘z deb turgan ekan: Sen so‘rading, men ham javob berayin, Qayta boshdan vaqting xushlab ko‘rayin, Ikkovimizni qo‘shsa qodir xudoyim, Rostin aytsam, sening ering bo‘layin. O‘ynab-kulib yursak sayli chorvoqqa, Gohi olchi bo‘lsak, gohlarda chikka, Olib borsak seni el bilan xalqqa, Senga yo‘ldosh, men ham ering bo‘layin. Kecha-kunduz bo‘lay sening ulfating, Ketsin boshdan sening g‘amu kulfating. Zindondan chiqarsang birga bo‘larmiz, Jahonni sayl etib o‘ynab-kularmiz, Dushman ko‘rsak qamsab boshin olarmiz, G‘animlarga qattiq kunlar solarmiz. Dilbar, qilgan xizmatingni ko‘rarmiz, Necha kun qalmoqda davron so‘rarmiz. Navoda sen xizmatingni ayama, Mening so‘zim sira qiyomga olma, Enang bilan bul otangga bildirma. Otang bilib qattiq zulm qilmasin, Qilgan xizmatlaring zoye bo‘lmasin, Choh tubida menday xoning o‘lmasin, Qanday bo‘lsa, otang johil bilmasin. Tag ostidan bo‘lib yurgin xizmatkor, Biz zindondan chiqsak, ko‘ngling topilar, Maydon bo‘lsa, bedov otlar chopilar, Chopib kelsa, baxmal jullar yopilar, Oshiqib ish qilmoq bunda nedarkor, Oshiqmagin, har narsaning vaqti bor, Albatta, gul yuzli bo‘lgin xizmatkor. Bunday deb aytdi, deb hayo qilmagin, Sen ham sira lodon ko‘ngling bo‘lmagin, Bu so‘zimni sen ham og‘ir olmagin, Zindondan chiqarsang, ering bo‘laman. Kampir ikkovini ko‘rib, aytib turgan so‘zi: Aytgan so‘zning poyomini bilgin-chi, G‘ar bo‘libsan, Tovka bolam, o‘lgin-chi. Ustingga kiyganing yashil, ko‘kmidi, Munday kunda senga ko‘ngil to‘qmidi, O‘z yurtingda bunday bandi yo‘qmidi?! Sen eshitgin menday momong so‘zini, Tuman qipsan bek otangning yuzini, Bandilarman ko‘rdim shohning qizini, G‘ar bo‘libsan, Tovka bolam, o‘lgin-chi. Boshdin toji, qo‘ldan berib davlatdi, Zindonda bandiman ko‘rib suhbatdi Munday ishlar, bolam, senga uyatdi(r). Bir bandiga bunday intiq bo‘libsan, O‘rdangdan g‘or qazib bunda kelibsan, Alpomishman suhbat ko‘rib turibsan, Bildim, bolam qiymir jalab bo‘libsan, Elda yo‘q rasmni sen ham qilibsan, Men aytayin, sen juvormak, o‘libsan, G‘ar bo‘libsan, Tovka bolam, o‘lgin-i. Bu so‘zlarni aytdi Surxayil maston, Bul ishdan xabardor bo‘p bu zamon, Alpomishga endi bu kampir dushman, Kampir bildi deb Tovka qildi pushaymon, Dushman bildi, endi ish bo‘ldi yomon. Davlatli xon Surxayilni ko‘radi, G‘or og‘zida u gapirib turadi. Surxayil mastonga bermay deb omon, Ushlasam solay deb oxiri zamon, Chirpinib intildi unga bu zamon. Bo‘lmadi Hakimning ayttan bu ishi, Bu g‘orga sirmadi shunkorning boshi, Qoshida bor Tovka oyday buvishi. Ushla dedi, Tovka oyimni buyurdi, Burilib qochadi Surxayil ayyor, Quvib borayotir Tovka zulfakdor, Ushla, deb chirpinib turar bu nomdor, Bukilib irg‘idi Surxayil ayyor, Yosh-da, quvib yetib oldi gajakdor. Oyday Tovka yetib ko‘nglin xushladi, Ikki qo‘llab etagidan ushladi, Zo‘r ayyordir juda silkib tashladi. Tovka oyim o‘tirib bunda qoladi, Kuylagidan bir en yulib oladi, Kampirning qorasin ko‘rmay qoladi. Bu Surxayil omon-eson qutulib, Shu zamonda g‘ordan chiqib boradi. Bir o‘limdan qutuldim, deb jo‘nadi, Surxayilni qirqin qizlar ko‘radi, Hammalari qo‘rqib chetda turadi, Qaramay Surxayil o‘tib boradi. Ort-sirtidan qirqin qizlar ko‘radi, Kuylagi yulinib ketib boradi, Ko‘p kanizlar – bari hayron qoladi, «Qurg‘ur ayyor bir baloni qiladi», Burilmayin kampir ketib boradi. Bu zindonda bo‘lgan ishni biladi, Har na gap bo‘lganini o‘ylab yuradi, Qalmoqshohga kampir borib qoladi. Tovka oyim bu so‘zni eshitib qaytdi, kanizlarining oldiga yetdi. Kanizlar bilan maslahat qilib, to‘rt odamni mardikor solib, o‘zining o‘tirgan o‘rdasidan laxm qazdirib, bu so‘zlarni aytib, yerning osti bilan zindonga tushirmakchin bo‘ldi: Mardikorga bu so‘zlarni aytadi, To‘rttovini ishga solib yotadi. Tovkaning oshiqlik fe’li ozadi, Bu to‘rt odam tinmay laxm qazadi. Tovka oyimning aytganini qiladi, Tupg‘orini bildirmay to‘kib keladi, Alpomish deb shul mehnatni qiladi, Qazgan g‘orda odam tikka yuradi, Mardikorga ko‘p so‘z tayin qiladi: – Xazon urmay bog‘da gullar so‘lmasin, Pinxon saqla, hech bir odam bilmasin, Tuprog‘ to‘ksang, hech bir jonzot ko‘rmasin. Odam bilmas yerga to‘kib kelinglar, Bu ishimni el odami bilmasin, Bilib bu so‘zimni ayb qilmasin. Har na deb so‘ylasam, oni qilinglar, Xizmatiga ishlab haqni olinglar, Nima desam aytganimni qilinglar, Bildirmay, bul ishni pinhon qilinglar, So‘zing bo‘lsa menga aytib turinglar, Shul ishimni o‘rin qilib beringlar. Bu so‘zni tayinlab Tovka qaytadi, To‘rt mardikor laxm qazib yotadi, Zindonga to‘g‘rilab qazib ketadi. G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor, Shahar xalqi bul ishlardan bexabar, Tinmay ishlab yotir to‘rtta mardikor, Tovka oyim ustidan bo‘lib xabardor, Ish boshqarib ketar bunda kanizlar, Kanizlarga tayin qilgan bu dilbar, Hech kima sirini aylamas qirqinlar. Xizmatkorni qo‘ymay ishga soladi, Nima kerak bo‘lsa mavjud qiladi, To‘rttovi ishlaydi pulning ishqida. Nima darkor bo‘lsa Tovka bersin, deb, Tovkaning bu ishi o‘rin bo‘lsin, deb, Xalq odami hech kim bilmay qolsin, deb, Tovka oyim bizdan rozi bo‘lsin, deb. Hech kim bilmas buning qilgan ishini, Pul bilan ishlatgan to‘rtta kishini, Shunday ishni bosh bo‘p Tovka qiladi, Irkilmayin qazgan g‘orda yuradi, Mardikorlar shunday ishlab boradi, Tovka oyim ko‘rib xursand bo‘ladi, Yaxshi xizmat qilib pulni oladi, Xizmat qilib bular qazib ketadi, Necha kun, necha oy bunda o‘tadi, Endi mazmuni chohga yaqin yetadi. Bek Alpomish chohda yotgan to‘radi, Shuning uchun ko‘p mehnat qiladi, Ishqibozlik shunday narsa bo‘ladi. Mardikorlar endi zindonga yetdi, Qilgan xizmatlari-ishlari bitdi, Mardikorni olib Tovkaoyim qaytdi, Ko‘nglida bor gapni ularga aytdi: – Bundan ketib xayolingni bo‘lmanglar, Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmanglar, Uzoq yashab, ko‘p yilgacha o‘lmanglar. Bu sirni birovga ma’lum qilmanglar, Yoru do‘stim, deb aytib yurmanglar, Birovga aytib ko‘p pushaymon qilmanglar, Ehtiyot bo‘l, hech oshkoro qilmanglar, Tovkaning so‘zini hazil bilmanglar, Ko‘rsanglar ham hech bir ishni ko‘rmanglar, Xush keldinglar, endi yo‘ldan qolmanglar. Bu so‘zni aytib xizmatkorni jo‘natdi, G‘orga qarab endi Tovka oyim qaytdi, G‘or bilan Tovka oyim u yurib ketdi, Zindondagi bekdan xabar olibdi, Alpomish qoshiga Tovka boribdi. Shunday bo‘ldi munda Tovkaning ishi, Xizmat qilar Tovkadayin buvishi, Bu g‘orga sig‘maydi shunkorning boshi. Chiqarsam deb Tovka umid qiladi, O‘zi tugul bekning boshi sig‘maydi. Balki Tovka ko‘ngli norizo bo‘ladi, Alpomish bo‘yniga qo‘lin soladi. Har kuni bir marta bunda keladi, Alpomish ham ruhbozlik qip to‘radi, Tovka necha ishni umid qiladi, Buning ko‘nglidagi ishin qilmadi. Qanday bo‘lsa vaqtin xushlab to‘radi, Tovka juda yugurib xizmat qiladi, Nima topsa bekka olib keladi, Shunday bo‘lib xabar olib yuradi. Tovkaning ishin qizlar biladi, G‘orning og‘zi ul o‘rdada bo‘ladi, Bildirmay ustidan xaspo‘sh qiladi. Ul kuni Tovka oyim zindonda edi, Surxayl kampir bunda kelib qoladi, Qalmoq yurtda bu belgili balodi(r), Barcha qizlar bul o‘rnidan to‘radi, Bu kampirni yuqori o‘ting qiladi. Kampir bilib bu zamon turga o‘tdi, Kampir bilmay endi xaspushga yetdi, Anglamay xaspushni bosib olibdi, Xaspush o‘yilib kampir yumalab qolibdi, Kampir bilmas ne alomat bo‘libdi, Ancha yo‘lga u yumalab boribdi. Hech bilmaydi, bu gap qanday bo‘libdi, O‘zini o‘ngg‘arib g‘orman yuribdi, Bu kampir ham u zindonga boribdi. Alpomishman Tovkaoyimni ko‘ribdi, Endi kampir bir so‘z aytib turibdi, Tovka qilganini endi bilibdi. Shohning qoshiga borib, kampirning gapirib turgan so‘zi: Armon bilan o‘ldim g‘aming ye, dedi, Qaddingdan, podshohim, berman ke, dedi, Ko‘rganini Qalmoqshohga ne, dedi. Shohim, eshit mening aytgan so‘zimni, Tuban qilgan elda sening yuzingni, Alpomishman ko‘rib keldim qizingni, Kuyovlisan, shohim, bergin suyunchi, Hazil bilma mening aytgan so‘zimni, Tiyib ololmading Tovka qizingni, O‘ldirayozdi-ku mening o‘zimni, Jalab bildim sening Tovka qizingni. Har kun borib quradikan suhbatdi, Bunday ishlar, shohim, senga uyatdi(r). Bu so‘zimni xo‘p bir o‘ylab ko‘rsang-chi, Har na aytgan poyomimni bilsang-chi, Kuyovlisan, shohim, bergin suyunchi. Muna elda qizing bejoy bo‘libdi, O‘rdasidan laxm qazib boribdi, Juda ham qizingning aqlin olibdi, Ikkovi zindonda birga turibdi, Bandining ishiga qizing tolibdi(r), El kuldirib, yomon ishni qilibdi. Hech zamonda shunday ishlar bo‘lami, Shohning qizi bandini teng ko‘rami, Esi bo‘lsa, bandi bilan yurami?! Elda, shohim, qizing shunday ish qilar, Podsholar sha’niga bu ish nedarkor, Shunday ish qilibdi qizing mushtipar, Omon-eson ko‘rib keldim muqarrar. Sendan o‘zga odam bo‘lsa bu ishga, Rahm qilmay bunday qizni o‘ldirar. O‘zing bilib sen bir ishni qilgin-chi, Ko‘rib keldim, kuyovlisan, suyunchi. Tovka bu xabarni bilib, aravakashlarning oldiga chiqib, bu so‘zlarni aytib turibdi: Chechanni so‘ylatgan qizil til bo‘lsin, Senga aytgan mening so‘zim shul bo‘lsin, Dushmanning shavkati kelib el bo‘lsin, Baring birday oting qo‘shib borasan, Halak bo‘lgan qarindoshim, yo‘l bo‘lsin? Hali ham qaytinglar, bunday qilmanglar, Meni desang, toqqa-toshga bormanglar, Surxayilning yetagiga yurmanglar. Xizmatkorsan, ko‘p ishlardan bexabar, Zil tog‘ida bordir bitta aydahor, Borsang, aydahorga bo‘larsan duchor, Qaytgin endi toqqa-toshga bormanglar. Aydahor damiga duchor bo‘lmanglar, O‘z joningga bekor jabr qilmanglar. Sen borsang, aydahor yutar o‘zingni, Qaytib ko‘rolmaysan ulu qizingni. Mening aytgan so‘zim hazil bilmagin, Hali ham qaytib, o‘zingni halak qilmagin, Sen bola-chaqangni ko‘rmay o‘lmagin, Baring to‘p bo‘p chuvlab yo‘lga kirmagin, Qarindoshlar, bilmading-ku ishingni, Egam gangitdimi sening boshingni, Tog‘dagi aydahor yeydi go‘shingni, Ko‘rolmaysan elda dengi-do‘shingni. Aydahordir, ul ishqirgan zo‘rabor, Tortganda ketadi damiga tog‘lar, Shunday zo‘rga borib bo‘lmagin duchor, Qaytgin endi sening nima joning bor, Bekor borib unda o‘lmak nedarkor?! Surxayil so‘ziman ketib borasan, Borsang kelmay, Zil tog‘ida qolasan, Baring birday yakka mozor bo‘lasan, Bola-chaqang yebir-yesir qilasan, Hali ham qayt, ikki boshdan o‘lasan, Bundan borsang, ko‘p pushaymon qilasan, O‘z boshingni qutqarolmay qolasan, Qayt endi, behuda g‘arib o‘lasan. Bu so‘zni eshitib, aravakashlar ham bir so‘z aytib turgan ekan: Bizlar Surxayilni nima bilamiz, Shoh buyurdi, bizlar qanday qilamiz, Qalmoqshohning xizmatkori bo‘lamiz, Ajal yetsa, armon bilan o‘lamiz, Qaytolmaymiz, har gap bo‘lsa boramiz, Bu taqdirda ne yozilgan ko‘ramiz, Agar qaytsak, Qalmoqshohdan o‘lamiz. Shoh so‘zini biz muxtasar bilamiz, Qaytarma, o‘lsak ham bizlar boramiz, Azali taqdirga nimish qilamiz. Otga solib arpa bilan iyirdi, Qor yoqqanda karvon solar chiyirdi, Zil tog‘iga shohim bizni buyurdi. Besh yuz kishi anjom chog‘lab boramiz, Qalmoqshohning aytganini qilamiz, Sening so‘zing bilan qaytsak, o‘lamiz, Qayda borsak, biz tutulib qolamiz, Qaytarmagin, shohning qizi, boramiz, Tavakkalni bir xudoyga qilamiz. Ustingga kiyibsan gulgun qirmizi, Shunday bo‘ldi senga xizmatkor so‘zi, Bizni sen qaytarma, o‘l shohning qizi. Ot haydayik, Zil tog‘iga borayik, Omin desa parishtayu maloyik, Sayl etib dunyoni bizlar ko‘rayik, Nima bo‘lsa, bizlar borib-kelayik. Qaytarmagin, bizlar tog‘da yuramiz, Qalmoqshoh so‘zini o‘rin qilamiz, Bizlar qaytsak, qanday shohga boramiz, Aydahor yo‘liqsa, qanday qilamiz. Bir xudoga bizlar yig‘lab ko‘ramiz, Qaytarmagin, ajal yetsa o‘lamiz. Bu so‘z bilan qaytmay, aravakashlar jo‘nab ketdi. Tovka oyim bo‘larni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, qaytib zindonga kelib, Alpomishga qarab, bu so‘zni aytib turgan ekan: Ko‘zdan yoshim munchoq-munchoq tizildi, Diyda giryon bo‘lib bag‘rim ezildi, Yolg‘onchi dunyodan rizqing uzildi, Senga qarab mening ko‘nglim buzildi. Boshingdan ketgandir toji davlating, Ajal yetib, endi to‘ldi muhlating, Bir ish bilib qolmas mening toqatim, G‘ariblik ellarda qoldi jasating, Kunba-kundan ziyod bo‘ldi mehnating. Sening bilan birga Qo‘ng‘irot bormadim, Cho‘ring bo‘lib xizmatingni qilmadim, O‘z yurtingga borib davron so‘rmading, Menday oyim bilan o‘ynab-kulmading, Hozir bo‘lgan ishni, xonim, bilmading, G‘ariblikda g‘arib o‘lgan, sultonim! G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor, Eli-xalqing senday shohga intizor, Bu qalmoqlar, bildim, seni o‘ldirar, Qavmi-qarindoshing elda bexabar. G‘ariblikda qazong yetib boradi, Dushman senga qattiq azob beradi, Yig‘lay bergin umring oxir bo‘ladi. Dod deganda eshitmaydi so‘zingni, Badbaxtlar to‘rt qilar ikki ko‘zingni, Sarg‘aytadi bunda sening yuzingni, O‘ldirar badbaxtlar sening o‘zingni. Mushtiparman, ne ish kelsin qo‘limdan, Armonda ayrilding o‘sgan elingdan, Armonman ayrilding menday gulingdan, Umidingni uzgin shirin joningdan, Taqdiring bo‘lmadi o‘sgan elingdan, Sen bandisan, hech ish kelmas qo‘lingdan, G‘ariblikda g‘arib o‘lgan, sultonim! Bu so‘zni eshitib, Alpomish: – Qalmoqlar bir zulm qilaman deganini eshitgansan, ul sababdan bu so‘zlarni aytding sen, – deb bu so‘zlarni aytib, tasalla berib turibdi:Xudodan beamr ishlar bo‘lama, Ajal yetmay bunda chibin o‘lama, O‘ldirar otangning qo‘lidan kelama, Ular deb sen ko‘ngling bo‘lib jilama. Xizmatingga qurbon bul shirin joni, Xafa bo‘p yig‘lama, lodon, bema’ni, Ajal yetmay o‘lmas Boysinning xoni, Beamr chiqmaydi chibinning joni, Bizni o‘ldirolmas Qalmoq sultoni, Hozir bizga makon shohning zindoni, Bu so‘zingning yo‘qdir, dilbar, poyoni. U qalmoqlar bir lopini urgandir, Shunday qilarmiz deb gapirib turgandir, Aytgan so‘zin senday oyim bilgandir, O‘ldiradi deb ul ko‘nglingga kelgandir, Qalmoq so‘zi seni diqqat qilgandir, Qalmoq o‘ldirolmas menday polvondi, Xayolingga necha so‘zlar kelgandir, Dushman so‘zi seni diltang qilgandir, Ular deb g‘am yema menday o‘g‘londi, Xudo qilganiga rozi bo‘lgandi. Necha yillar bu zindonda turarman, O‘lmasam bir kuni ozod bo‘larman, Qalmoqlarning tandan boshin yularman, Xafa bo‘lma, dilbar, shodmon qilarman. Bir changg‘irib qalmoqday yurting, Zarbimdan titrasa muna elating, Ochilar bir kuni o‘lmasam baxtim. Esga oldim o‘sgan mamlakatimni, Men so‘rayman minib kelgan otimni. Yetti yil zindonda xor bo‘lgan boshim, Hech xabar bilmadi qavmi-qardoshim. Jilva qilar bu esimda elatim, Yetti yil zindondir mening muhlatim, Qalmoqlar qo‘lida bormikan otim? Jonivor bor bo‘lsa mening qanotim, Borin bilsam tosha kelar g‘ayratim. Eshitgin, gul yuzli, aytgan dodimni, Otang o‘ldirganmi mening otimni? Yosh to‘ldirma, bunda jodugar ko‘zi, Banda bo‘p bormikan Boychibor o‘zi? Bilsang, xabar bergin, qalmoqning qizi. To‘tiyo aylaram izingni tavof, Ko‘p ishlarni qilding bizlarga savob, Sen bilsang, so‘zima bergaysan javob. Bu so‘zni eshitib, shohning qizi ham bir so‘z aytib turgan ekan: Ko‘rganim yo‘q, xonim, o‘sgan yurtingni, Nishonini aytay, bilgin, otingni. Otamning qo‘lida bir ot turibdi, Oyog‘iga temir parchin uribdi, Ul bo‘yniga cho‘yandan g‘ul solibdi, Dushman deyishib otga azob beribdi, Yetti yildan beri azob ko‘ribdi, Yotib turolmaydi, shunday bo‘libdi, Xafa bo‘lib boshin yerga solibdi, Juda ham jonivor g‘amgin bo‘libdi, Qalmoq ko‘pi shundan hadik qilibdi, O‘zbakning oti deb bari yuribdi, Xonim, oting shu Chibor ot bo‘ladi, Shunday bandda azob ko‘rib turibdi. Hech bir odam uni parvarish qilmas, Qarab hech kim uning ko‘nglini bilmas, Hech kim qarab uning oldiga bormas, Ul azobdan, xonim, oting qutulmas, Bildim, unga hech kim yemu o‘t bermas, U banddan chiqmoqqa quvvati kelmas. Ko‘rdim o‘zi hayvon ekan zo‘rabor, Qalmoq yurtda ot bo‘lmaydi barobar, Yetti yildan beri shunday bo‘p o‘tar, Azob tortib yotir oting Boychibor. Kimniki ekanin nima bilaman, Guzarim tushganda ko‘rib qolaman, Ko‘rganimni, xonim, aytib beraman. O‘z yurtingda sen ham beksan, to‘rasan, Yetti yildan beri azob ko‘rasan. O‘zing qanday bo‘lsang, oting ham shunday, Qalmoqlar qilgandi otingni anday. Shul fikrda ul jonivor turadi, Yetti yildan beri azob ko‘radi. Shunda Alpomish bu so‘zni eshitib, Tovkaga bu so‘zni tayinlab turgan ekan: U qalmoqlar meni bandi qilgandir, Mast qilib qaboxat kunlar solgandir, O‘z otima sudiratib urgandir, Olib kelib choh boshinda turgandir, Chohga tashlaganin otim ko‘rgandir, U jonivor meni o‘ldi bilgandir, Mening uchun aza tutib turgandir, Hech kim bilmas aza tutgan hayvondi! Quloq sol, gul yuzli, aytgan tilima, Isriq nishon beray sening qo‘linga, Borib tutat otim turgan yerina, Isim borsin Boychiborning burnina. So‘ngra mening tirikligim biladi, U otning zarbini qalmoq ko‘radi. Aytganin bu Tovkaga beradi. Turib Tovka endi shunday yo‘l tortdi, Isiriqni olib tablaga yetdi, Qalmoqlarga bildirmadi, tutatdi, Tutagan bul is borib Chiborga yetdi, Otning ko‘ngli ancha ravshan bo‘libdi. Ko‘nglida Hakimbek kelganday bo‘lib, Yerga solgan boshin balandga olib, Jonivorning ko‘ngli ravshan bo‘ladi, Bu tablada duvlab hayvon kishnadi. G‘ulu zanjir mayda-mayda bo‘ladi, Bu parchindan o‘zin ozod qiladi, Bu shahardan kishnab ketib boradi, Murod tepa qarab endi jo‘nadi. Qalmoq ko‘rib bari hayron qoladi, O‘zbak oti nega bunday qiladi? Choqdan bu ot quturdi deb yuradi, Jondan to‘ygan bunga duchor keladi. Qalmoq bari hayron bo‘lib qoladi, O‘rdasiga Tovka kelib turadi, Bu ishni qalmoqlar kimdan ko‘radi?! Bu bezavon duvlab kishnab boradi, Zindonning boshiga borib qoladi. Havolanib uchgan suqsur shaylandi, Qalmoqlar ichiga g‘amlar joylandi, Sarosima bo‘lib bari o‘ylandi, Ko‘ring nazarkarda bekning Chibori, Yetti marta bu zindonni aylandi. Hovirini past qilib shunday qaradi, Choh tubinda Hakimbekni ko‘radi, Bekni tirik ekanini biladi, Quyrug‘in ko‘tarib, o‘yin qiladi. Nazarkarda ko‘ring endi hayvondi, Qancha azob, g‘amdan qutulib kelgandi, Hech azobni ko‘rmaganday bo‘lgandi(r). Bek Alpomish Qalmokshoxni o‘ldirib, qalmoqlarning zahrasini olib, siyosat qilib yurib edi. Bir yerda Kayqubod yo‘liqib qoldi: – Kayqubod, sen zindonda bizga ko‘p xizmat qilding. Qalmoqshohni o‘ldirdim, shu yurtga seni podshoh qilib, Qalmoqshohning qizi Tovkani senga olib berib ketaman. Qalmoqlardan davlat qaytdi, navbat bizga yetdi. Sening o‘ldirganing o‘rol, so‘yganing halol. Qalmoqlarning ko‘zicha sen mendan zo‘r bo‘lgin, qanday siyosat qilib gapirsang, men ko‘nglimga og‘ir olmayman, – dedi. Bu so‘zni aytib, qalmoqlarni zamlab turdi, bilmagan kishi bo‘lib, tayog‘ini sudrab, Kayqubod borib qoldi. Bularning va’dasidan qalmoqlarning xabari yo‘q edi. Kayqubod siyosat qilib, Hakimbekka qarab, bir so‘zni aytib turibdi: Yosh o‘g‘lonsan, sening ishlaring bekor, Qalmoqshoh nimaga bo‘ldi gunohkor, Armon bilan o‘lgan qancha qalmoqlar, Har bilagim yengga sig‘mas, zo‘rabor, Mening bilan hech kim bo‘lmas barobar, Muncha g‘avg‘o bir o‘zingga ne darkor?! Yolg‘izsan-ku, qiladigan ishim bor. Kayqubodning aytgan so‘zi bul bo‘lar, Achchig‘lansam men qilarman ishingni, Tanimaysan mendayg‘achchoq (mendayin, mendaychangi) kishingni, Tayoq bilan qilayinmi ishingni?! Shunday qilib yotir endi siyosat, Bilsa ham bilmamish bo‘ldi vallomat. Gapiga qalmoqlar hayron qoladi, «Sho‘rli cho‘pon nega bunday qiladi, Bir ursa bu boyqish tayin o‘ladi, Holin bilmay siyosat qip keladi». Ko‘tarilib Kayqubod do‘qlab turadi: Odamman deb o‘z boshingga yuribsan, Odamingga yo‘liqmay mast bo‘libsan. Bu so‘zlarni aytar Kayqubod nochor, Nima gunoh senga qildi qalmoqlar. To‘kibsan ko‘zidan selob yoshini, Sen kesibsan Qalmoqshohning boshini, Sulaytib talayning gavda-loshini, Sen ko‘rgin-da menday cho‘pon ishini. Achchig‘lansam bilganimday qilarman, Otingni olib seni boylab olarman, O‘lmay ketgin, sening ishing qilarman. Qalmoqning yurtida senga nima bor, Senga juda hazil bo‘pti qalmoqlar, Yangi xabar bilib keldi menday zo‘rabor, Yaxshilikman aytgan so‘zim shul bo‘lar. Kayqubod sening holing biladi, Yolg‘iz deydi, jombosliging qiladi, Bo‘lmasa qo‘lingdan nima keladi, Bu Kayqubod qattiq kunni soladi. Tovka poytaxt ostiga, Alpomishning qoshiga keldi. Alpomish Tovkaga qarab, bu so‘zni aytib turibdi: So‘zimni eshitgin gul yuzli dilbar, Necha vaqt zindonda bo‘lding xizmatkor, So‘raganim xizmatingning hurmati, So‘ramasam, senda qancha ixtiyor?! Hurmat qilib senga aytar arzim bor, Yurt egasi ko‘rgan Kayqubod nomdor, Otangning o‘rniga podsho bo‘ldilar, Qanday bo‘lsa shohni qilgin ixtiyor. O‘z joningga zinhor qilma zulmni, Unutma avvaldan xaridoringni, Berib yurgan ul ham qalin molingni, Kabul tutgin avval ko‘rgan yoringni, Mindirib ushlatgan sag‘irlaringni, Qarab ko‘rgin podsho bo‘lgan zo‘ringni, Qabul qilgin qo‘y boqar cho‘ponlaringni. Serkani op borib, va’da qilasan, Ko‘ngli bordi, pulni turtib berasan, Ul olmoqchin, sen tegmokchin bo‘lasan, Bir-biringga yetolmayin yurasan, Endi bildim, sen uyalib turasan, Biring qochsang, biring quvib ko‘rasan,Bek Kayqubod xonning aqlin olasan, Endi nega sen indamay turasan, Ota davlatinda o‘ynab-kulasan, Gapning tozasini shunday bilasan. Kayqubodga sening tegmaging darkor, Ikkoving ham bir-biringga intizor, Oshiqlarning so‘zi shunday japs kelar. Seni izlab kelgan olis elidan, Chiqib kelgan Chin-Mochin mazgilidan. Sening ishqing buni cho‘pon qilgandi (r), Qabul qilib so‘ra bergin davrondi. Shunda bu so‘zni Alpomishdan eshitib, Tovka oyim o‘pkalab, bir so‘z aytib turgan ekan: Kecha-kunduz yaratganga fig‘on qip, Zindon ichra o‘lar dedim g‘aming yeb, Sening uchun quyrug‘ima ko‘sov yeb, Begijon, umidim sendan shulmidi? Dol gardanga tilla haykal toqqanim, Oshikni quydirib qoshim qoqqanim, Kuyib ketdi zindon ichra boqqanim, Begijon, umidim sendan shulmidi? Rahming kelmay ko‘zda qonli yoshima, Xafa falak og‘u qo‘shdi oshima, Ponza ro‘mol pirillaydi boshima, Mashat o‘sma xo‘p yarashar qoshima, Begijon, chiqmading qorday to‘shima, Men qoyil bo‘lmadim sening ishingga, Begijon, umidim sendan shulmidi? O‘z yurtingga olib borsang, bo‘lmaymi, Bir xizmatkor menday oyim yurmaymi, Meni eltib cho‘ri qilsang, bo‘lmaymi, Yo‘qsa, xonim, boshimni olsang, bo‘lmaymi, Begijon, umidim sendan shulmidi? Tovka oyim sening holing biladi, Yomon kunda ko‘p xizmatlar qiladi, Oxirda xizmati tuhmat bo‘ladi, Senday xonim yomon kalga unadi. Turib o‘ylang, shunga teksam bo‘lami, Shuni bilan Tovka umr ko‘rami, Xonim, shu gap o‘zingga ep bo‘lami?! Bu so‘zni aytib Tovka xafa bo‘ladi, Alpomishdan gina qilib turadi. Er Kayqubod podsho bo‘p shunday qaradi, Oyday Tovka qabul qilmay turadi, So‘ylasa, so‘ziga quloq soladi, Bu ishlarni er Qayqubod biladi, Bek Alpomish buni zo‘rlab turadi, Tegmayman, deb Tovka xafa bo‘ladi. – Zo‘rlamagin, qanday qabul qilayin, Shu kalga tekkancha men ham o‘layin, O‘ldirmasang, sira bunga ko‘nmayman. Bu ishlarni bildi nomdor Kayqubod, Podsho bo‘lib muna yurtda turadi, Biror korson issiq suv keltiradi, Boshini korsonga solib turadi. Qotgan jumur ivib tushib qoladi, Asli kal emasdi, shunday bo‘ladi. Jumur qoplab surati kal yuradi. Asli o‘zi Chin-Mochindan keladi, Tovkaning ishqida kal bo‘p yuradi, Jamoli oqshomni yorug‘ qiladi, Kokillari och beliga keladi. Tovka oyim ko‘nmay shunday qaradi, Kayqubodning jamolini ko‘radi, Ko‘rgan vaqtda bu ishqiboz bo‘ladi, Tovka oyimning ongi ketib qoladi, Tovkaning ko‘ngliga shu gap keladi: «Qursin Alpomish, qo‘pol, balodi(r), Ko‘nglimdagi Kayqubodday turadi(r). Ustima kiyganim yashil-ko‘k edi, Meni deb o‘z yurtidan keb edi, Avvaldan-oxir ko‘zima bosganim, Rostin aytsam, Kayqubodday bek edi. Davlatimdan adras-kimxob, kiyaman, Haqdan kelgan ishga bo‘ynim iyaman(Egaman), Alpomishga tekkin desa, kuyaman, Yurt egasi Kayqubodga teyaman(tegaman). Bog‘bon bo‘lib qizil gulni teraman, Davlatidan sholdam kiyib yuraman, Rostin aytsam Kayqubodga tegaman, Ota yurtda o‘ynab-ko‘lib yuraman. Ilgaridan o‘zim oshiq bo‘laman, Noz qilib necha so‘z aytib ko‘raman. Hazillab aytganim og‘ir olmasin, Gina qilib mendan ko‘ngli qolmasin. Bu so‘zlarni aytar menday oyimcha, Izimni ko‘ziga surtar bir necha, Ko‘nglimdagi Kayqubodday bekvachcha, O‘ynab-kulsak ikkovimiz har kecha. Jilva qilsak, bekning aqlin olamiz, Qo‘l ushlashib sayil boqqa boramiz, Qochib-quvgan yerlarimiz ko‘ramiz, Shunday bo‘lib o‘ynab davron so‘ramiz, Dunyoning ko‘tiga shuytib uramiz, Kanizlarni biz xizmatta solamiz, Kayqubodday bekni qabul qilamiz». Bu so‘zni shul zamon Hakimbek bildi, Kayqubod jamoli aqlini oldi, Kayqubodga Hakimbek to‘g‘ri qildi, Qirqin qizi bilan Tovka o‘tirdi. Podsho bo‘lib unda Kayqubod turdi, Bilsa ham bilmamish bo‘lib o‘tirdi. Shunday qarab endi qizlarni ko‘rdi, Alpomishga qarab endi gapirdi: – Bu qizlar nima sababli keldi, Ne hojati bordir, nega o‘tirdi? Xayol qip so‘radim bir arzga keldi, Xon Alpomish anga dardin gapirdi: – Shohning qizi sizga intiq bo‘libdi, Sizni ixtiyor qip bunda kelibdi, Aytganini er Kayqubod bilibdi, Tovkayimni bazur qabul qilibdi, Bek Alpomish nikoh qiyib beribdi. Er Kayqubod bunda davron so‘radi, Nikoh qiyib Tovkayimni oladi, Shu kun o‘tib endi kech bo‘p qoladi, Kech bo‘ldi, o‘rdaga birga boradi, Bek Alpomish poytaxtda turadi. Tovkaman Kayqubod suhbat quradi, Tong otgancha birga o‘ynab kuladi, Joyi orastada shunday turadi, Bir-biridan buning ko‘ngli to‘ladi, Ikkovining ko‘nglidagi bo‘ladi. Xudoning taqdiri shunday keladi, Cho‘pon bo‘lib shohning qizin oladi. Shoirlar aytadi shunday ma’rifat, Tag‘i kelgan bunga ayyomi davlat, Tovka bilan o‘ynab-kulib ko‘p suhbat. Banda ko‘nar xudo qilgan ishiga, Kayqubod qo‘l solar qorday tushiga. Erta-mertan tonglar otib keladi, Oyday Tovka bu o‘rdada qoladi, Er Kayqubod poyxtaxtta jo‘nadi, Kelib poytaxtga chiqib turadi, Alpomishman bir yerda o‘tiradi. Katta-kichik qolmayin jiydiradi, Nog‘ora-surnayin ham qo‘ydiradi, Har tarafga chopib jarchi boradi, Endi zamon Kayqubodga qoladi. E’lon qilib yurtga xabar beradi, Yurt Kayqubodniki bo‘ldi, biladi, Hammaga xaloyiq ma’lum beradi, Qalmoqshoh, o‘rnini cho‘pon so‘radi, Mamlakatni bibishchilik qiladi, Alpomishdan odamlar xavf qiladi, Kayqubod ishiga rozi bo‘ladi. Hammani chaqirtib yig‘ib oladi, Tovkoyimga to‘y boshlamoq bo‘ladi, Xaloyiq, yurtlarga xabar boradi. Yurt-umaro keldi shunday yig‘ilib, Kelganlar shul zamon bir-birin ko‘rib, Oyoq ostda qolib edi Boysari, Har na bori davlatidan ayrilib, Odamlarman bu ham qo‘shilib keladi, Boysarini bek Alpomish ko‘radi, Quloch yoyib taxtdan tushib jo‘nadi, Bir-birini ko‘rib bo‘zlab jiladi. Kayqubod Boysari xizmatin qilgan, O‘g‘li bo‘lib makonida ko‘p yurgan, Necha yil qo‘y boqib uyida yurgan. Boysarini ko‘rib ko‘zin yoshladi, Ota dedi, oyog‘iga tashladi, Boysarining bilagidan ushladi, Ota dedi, buning ko‘nglin xushladi. Alpomishni bosib endi bag‘riga, Boysarining yig‘lab ko‘ngli buzildi, Qayta boshdan jigar-bag‘ri ezildi: – Yetdi bir obloga mening nolam, deb, Yana obod bo‘lar kulbaxonam, deb, Shukrilillo, ko‘rdim senday bolam, deb. Xudoyim bergayda barchaga darmon, Ish bo‘lmas qudratli haqdan befarmon, Omon-eson seni ko‘rdim Hakimxon, Ketdi yuragimdan mening yuz armon. Sen ketgan so‘ng qonlar yig‘lab qolganman, Barcha davlatimdan judo bo‘lganman, Ko‘p yig‘lab ko‘zimni xasta qilganman, Shukrilillo, murodimga yetishib, Qayta boshdan, bolam, seni ko‘rganman. Shunday bo‘ldi menga haqning farmoni, Endi ketdi Boysarining armoni. Bu so‘zlarni xon Boysari aytadi, Necha yillar menda yo‘qdi ixtiyor, Hamma narsam mening oldi qalmoqlar, Men ham senday bu yurtlarda xoru zor. Talon qilib olgan harchand molimni, Hech qalmoq so‘ragan yo‘qdi holimni, Ko‘rdim men ham senday jonu dilimni, Esima olmayman kirdikorimni. Elda qolgan unda qarindoshlarimni, Ko‘rsam bir mushtipar Barchinday nochorimni. Musofir bo‘p bu ellarda yurarman, Men ham nasib etsa, borib ko‘rarman. Bu so‘zlarni xonga Boysari aytdi, Bir-biriga aytgan so‘zi bas bo‘pti. Boysarini poytaxtga chiqarib, Er Kayqubod izzat bilan turibdi, Tong otgancha yugurib xizmat qilibdi. Boysarining shunday holin bilibdi, Olib u Kayqubod xatni ko‘ribdi, Podsholikka o‘tgan sho‘rli molini, Ul xatdan o‘chirib unga beribdi. Shu Boysari qadimgiday bo‘libdi, Mol boqar bariga xabar beribdi, Moliga Boysari ega bo‘libdi, Bor davlati bu qo‘liga kelibdi, Xudo tag‘i bu yozganga beribdi, Qariganda shodmonlikni ko‘ribdi, Eli-xalq yig‘ilib bunda turibdi. Necha kun to‘y berib bu yerda turdi, Eli-xalq Kayqubod ishini ko‘rdi. To‘y tarqadi, elat mazgiliga qaytdi, Boysari ham turib uyiga ketdi, Shahar ichi xizmatida turibdi, Bek bo‘lib Kayqubod ishni qilibdi. Xalq eshitgan bunday beklar so‘zini, Kuchuk bosmas yo‘lbars-sherning izini, Sarg‘aytirgan dushmanlarning yuzini, Kayqubod olgandir shohning qizini. Munda suhbat oxir bo‘lib qoladi, Kunning o‘zi ayni peshin bo‘ladi, Kayqubod o‘rnidan sachrab turadi, Alpomishning qo‘lin boylab oladi. Yur buyoqqa, dedi, turtib haydadi, Peshin vaqtda boz zindonga tayladi. Muni ko‘rib hamma hayron qoladi, Cho‘ponxonning ishi qanday bo‘ladi?! Shuncha yurtning dodin bergan Alpomish, Kayquboddan bunday zarbni ko‘radi, Shuytib hukmini jori qiladi. «Bu xonimiz juda mug‘um, balodi(r), Qanday dushman bo‘lsa dodin beradi». Hech bir odam buni sinab bilmadi, Shu hillani bunda beklar qiladi. Qolgan qalmoq mazgiliga boradi. Yana oqshom sahar vaqtda yetishib, Qalmoqlar bu ishga aqli shoshib, Ketdi mazgiliga bari o‘ylashib. Hayron qoldi, mazgilida maslahat: «Kayqubodning ishi ajab alomat. Hech buni odam sinab bo‘lmadi, Alpomish bu xonga harba qilmadi, Qayta boshdan yana chohga tayladi». Qalmoq yurti bari qoyil bo‘ladi. Sinosib bo‘p endi odamlar yotdi, El tinchidi Kayqubod turib ketdi, Zindonning boshiga u zamon yetdi, Borib chohda Hakimbekni ko‘ribdi. Ot-anjomi bilan borib u xonni Zindondan chiqarib endi olgandir, Qalmoq bari so‘ngra seni qo‘ymas, deb Maslahatman shu hillani olgandir. Bu qalmoqlar yana dindan qaytar, deb, Bular ko‘pdir, xo‘p zo‘rlikni qilar, deb, Zo‘rlik qilib sendan yurtni olar, deb, Shunday qilsang bari botmay qolar, deb, Senga qasd qilolmas, qoyil bo‘lar, deb Shu hillani munda beklar qip edi, Qalmoq bari aytganiday bo‘p edi, Dushman bo‘lsa toza qo‘rqib qop edi, Alpomishdan Kayqubod baland deb edi. Kayqubod podsholik qilib, bu mamlakatlarni so‘rab turdi. Qalmoq kattalari necha martaba maslahat qilib ko‘rdi, Alpomish, zindonda, deb xavfsirab yurdi. Podshodan amr bo‘lmasa, xaddi yo‘q borib zindonni ko‘rmakka, borib-borib bular ham bosilib ketdi. Bu so‘zni eshitib, Alpomish Kayqubodga bir so‘z aytib turgan ekan: Muncha ham qilmagin menga siyosat, Seni ko‘rib qolmas tanimda toqat, Zo‘rliging olamga mashhur, ayqubod, Sening zo‘rligingni qalmoq bilmadi, Bilib seni bunda pisand qilmadi. Sening zo‘rligingni o‘zim bilaman, Zo‘rligingga qoyil bo‘lgan to‘raman, Seni orqa qilib bunda yuraman, Ort-sirtingdan ko‘p himoyat qilaman, Bu xizmatni seniki deb turaman. Nima deb zarb qilsang, men ham ko‘nayin, Zo‘rligingga sening qoyil bo‘layin, Nima desang aytganingni qilayin, Shoh qizi Tovkani olib berayin, Shul shahriga seni podsho qilayin, Men ham sening xizmatingda turayin. G‘animni o‘rtaydi bul siyosating, Har kimcha bor bul Kayqubod g‘ayrating. Shomiyon qaytarib, do‘qlab kelasan, Achchig‘lansang tog‘ni talqon qilasan, Siyosatman bejoy do‘qlab kelasan. Bu so‘zlarni aytib turgan vallomat, Qalmoqlar ustida necha alomat, Bu so‘zdaytib turi nomdor Kayqubod: – Yosh o‘g‘lonsan, sen ham meni bilasan, O‘zingni sen menga yaqin qilasan. Sening so‘zing qulog‘imga olayin, Tovka oyimni darrov op ber, ko‘rayin, Bo‘lmasa men bilganimday qilayin, Hozir senga omon berib turayin, Qancha qalmoqlarni nobud qilibsan, Qani sening oxiringni ko‘rayin. Bu so‘zlarni aytibdi Kayqubod, Alpomish yugurib qiladi xizmat, Hayron qoldi qarab turgan jamoat. «Bu qanday gap bo‘ldi, cho‘pon azamat, Yurtdan o‘tgan botir qiladi xizmat. Tovba denglar, bu ish qanday alomat. Ilgaridan Kayqubodni bilmabmiz, Zindondan chiqqanda xabar bermabmiz. Biz burundan shohga kuyov qilmabmiz, Kayqubodni oldimizga solmabmiz. Cho‘pon deb bilmabmiz bunday kishini, Endi ko‘rdik Kayqubodning ishini. Kayqubod bunchalik, anglamay qoldik, Biz ishni o‘tkazib pushaymon qildik, Aytganiga ko‘nib o‘lmayin qoldik. O‘zbak bizga o‘zbakligin qilibdi, Kayqubod oldinda zabun bo‘libdi, Xo‘p deydi, yugurib xizmat qilibdi». Bu so‘zni o‘ylab shivirlashib yuribdi. Kayqubodning aytganini biladi, Kayqubodni podsho qilmok, bo‘ladi, Hammasi xush ko‘rib, ani holadi, Kayqubod zo‘r deydi, ahmoq, bo‘ladi, Bek Hakimning aytganini qiladi. Bilmay turganiga ani bildirdi, Maydon qildi, ko‘p qalmoqni o‘ldirdi, Qolganini ixtiyorga ko‘ndirdi, Kayqubodni munda podsho ko‘tarib, Qalmoqning yurtida taxtga mindirdi. Er Kayqubod munda podsho bo‘ladi, Yetim-novcha qancha cho‘pon keladi, Kelib Kayqubodni shunday ko‘radi, Jo‘ralari qulluq bo‘lsin qiladi, Taxtga chiqib bir-birini so‘radi, Tovkani aytdirib Hakim keladi, Alpomishday bekdan xabar borgan so‘ng, O‘rdada Tovkada toqat qolmadi, Borgan xizmatkorman birga jo‘nadi. Bek Alpomish yo‘lga qarab turar, deb, Hayallasam menga intiq bo‘lar, deb, O‘z ko‘nglida yurar meni olar, deb, Hayallasam balki ko‘ngli qolar, deb. Xabar eshitgandan turib jo‘nadi, Kanizlarman birga-birga keladi. Kelayotir ko‘nglin xushlab, O‘n kanizi yo‘lni boshlab, O‘n kanizi po‘sh-po‘shlab, O‘n kanizi zulfak tashlab, O‘n kanizi belin ushlab, Necha qizlar o‘yin boshlab, Bir-birining vaqtin xushlab. Shuytib zindondan chiqarib olib, bir-birining holini so‘rashib, xo‘shlashib, Alpomish bu so‘zni aytib turgan ekan: Men ketarman endi yurtimni izlab, Bu jarohat mening bag‘rimni tuzlab, Goh yerlarda ketsam bo‘taday bo‘zlab. Necha oy, necha kun yo‘lda yurarman, O‘lmasam bir kuni elga borarman, Elda bo‘lsam seni so‘rab turarman, Qalmoq qaytsa, xabar bersang, kelarman. Ko‘p qilgan qalmoqlar menga zulmni, Men bilaman sening bunda holingni, So‘rab turgin adolatman elingni. Burilmayman, men yurtimga ketaman, Ko‘nglimda borini senga aytaman. Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘lmasin, Oblo sening aqli-hushing olmasin, Men ketgan so‘ng aytgan so‘zim qolmasin. Bir kun borgin Boysarining qoshiga, Nasihat qil, ketsin dengi-do‘shiga. U qurg‘urning gapman aqlin olgaysan, Aldab-suldab uni yo‘lga solgaysan, Mening aytgan so‘zim shunday bilgaysan. O‘z yurtima men ham bekman, to‘raman, Ota-enam men esima olaman, Yetti yil bandilik zahmin ko‘raman. Kim bor, kim yo‘g‘ini borsam bilaman, Elidan ayrilgan lochin bo‘laman, Parvoz qilib mazgilima g‘o‘naman, Har na bor so‘zimni aytib beraman. Mard tushmasin ayriliqning hiliga, Boysarini yubor Qo‘ng‘irot eliga, Borib yursin yana o‘zin tengiga. Ketsin, Boysarining bunda kimi bor, Er Kayqubod senga so‘zim shul bo‘lar, Albatta Boysarini eliga yubor. Oh tortganda ko‘zdan oqqan yosh endi, Uzoq yo‘lda bordir qarindosh endi, Biz ketarmiz Boysin muzofotiga, Er Kayqubod, kadrdonim, xo‘sh endi. Bu so‘zni Alpomishdan eshitib, Kayqubod ham bir so‘z aytib turgan ekan: Falak urmay bog‘da gullar so‘lmasin, Ketganingni bu qalmoqlar bilmasin, Oqshomlab ket, sira qalmoq bilmasin. Qalmoq bilsa, bilmaganim bildirar, Qavatimda ko‘p qalmoqdan amaldor, Dindan qaytib, meni badbaxt o‘ldirar, Oqshom yur, ko‘rmasin sira badbaxtlar. Podsho bo‘p so‘rayman qalmoq elini, Bilmas qalmoq musofirning holini, Men bilaman qalmoqlarning fe’lini. Bu so‘zlarni aytdim senga vallomat, Qalmoqlar ittifoq, qilar maslahat. Bu hiylani bilsa aqlimni oladi, Qayta boshdan qattiq kunni soladi, Menga ma’lum, ko‘p maslahat qiladi. Meni bilar, sendan qo‘rqib turadi, Bilmasa, zindonda deydi, yuradi. Sog‘-salomat borgin senday azamat, Elingni ko‘rgaysan sog‘u salomat. Xudoyim kechirgay qilgan xatongni, Borib ko‘rgin sen ham ena-otangni. Zindon ichida qora qilgan dilingni, Begim, borib ko‘rgin Barchin gulingni. Boshingda pirpirlab sholdan jelaging, Qarchig‘ay changalli, yo‘lbars bilaging, Maydonga kirganda qoplon yuraging, Sen yondirib mening o‘chgan chirog‘im. Omon-eson o‘ynab-kulib elga bor, Elu yurting obod bo‘lar kirdikor, Jilovdoring bo‘lsin imom, iltanlar, Avval oblo, duyum nabi bo‘lsin yor, Ketar bo‘lding, o‘zingdadir ixtiyor. Omin oblo dedi, oblohu akbar, Shu zamon xo‘shlashib ul fayzi sahar, Ko‘rinmayin qaytdi Kayqubod nochor, Rozilashib jo‘nab ketdi zo‘rabor, Alpomish zindonda, dedi qalmoqlar. Ikkovi birikib hilla ishlatdi, Alpomish oqshomlab yurtiga ketdi, Kayqubod podsho bo‘p yurt so‘rab yotdi. Har zamon qalmoqlar qilar maslahatdi: «Bul ham bir o‘lchovli Kayquboddi, Qo‘ldan olsak muna qalmoq elatdi». Qiladi qalmoqlar bul maslahatdi, Bir nechasi shundayin javob aytdi: «Bil endi Alpomish zindonda yotdi, Qilmanglar avvali bu maslahatdi. Maslahating bul Kayqubod biladi, Zindondan chiqarib olib keladi, Undan keyin jonzod qolmay o‘ladi». Ana endi Alpomishning elga qaytib, yo‘llarda bu so‘zlarni aytib borayotgani: Yetti yil zindonda yotdim, Tinmay yilab jafo tortdim, Shukur haqning dargohiga, Ko‘rmaganday bo‘lib ketdim. Men zindondan ozod bo‘lib, Qalmoqlarga qirg‘in solib, Kayqubodni podsho qilib, Endi o‘z elima qaytdim. Ilgarida g‘amsiz boshim Necha yil g‘amxona bo‘ldi, Xafa falak zulmidan Yetti yil g‘amlikni ko‘rdi. Hozir g‘amdan ozod bo‘lib, Boraman yurtim axtarib, Gohi xafa, gohi toshib, Dushmanman qaytmay savashib, Goda diqqatligim oshib, Boraman o‘tday tutashib. Yo‘lni yurib, aqlim eltar, Qanday bo‘ldi o‘sgan ellar, Ko‘rganim yo‘q ul mazgillar. Tushda ko‘rgandayin bo‘ldi Bek bo‘p yurgan Ko‘ng‘irot ellar. Ostimda nazari Chibor, Siltab yurgin sen jonivor, Olis yo‘lda o‘sgan ellar. Bu so‘zdaytib qichar shunqor, Qalmoqning yurtidan chiqib Ketgandi shundayin qaysar. Esiz, mening g‘amsiz boshim G‘amxona bo‘ldi, naylayin, Xafa falak, zulming bilan Gul yuzim so‘ldi, naylayin. Ustimizdan o‘tgan oylar, Yuragimda ohu voylar, Sarjig‘ali mahin joylar Jig‘ador bo‘ldi, naylayin. Qolib kishining yurtiga, Kuyib ayroliq o‘tiga, Ikki ko‘zim elatima Termulib bordi, naylayin. Men boraman yurtim yo‘qlab, Kecha-kunduz bag‘rim dog‘lab, Boraman elni so‘roqlab, Oh urib yurdim, naylayin. Tog‘lar aziz bo‘lar tuman bo‘lmasa, Yo‘llar aziz bo‘lar karvon yurmasa, Bog‘lar aziz bo‘lar bog‘bon bo‘lmasa, Mulki xarob bo‘lar sulton bo‘lmasa,Menda qaror qolmas elni ko‘rmasa, So‘ragani hech bir odam bo‘lmasa. Boraman oh tortib uzoq yo‘llarda, Yuraman men ham bu suvsiz cho‘llarda. Gul ketar bo‘lsa guliston emranar, Shahar vayron bo‘lsa sulton tebranar, Mol borida hamma odam do‘st edi, Boshdan davlat qaytsa tuqqan emranar. Eli-xalqim, qanday bo‘ldi kirdikor, Shoh edim, bundayin bo‘lganman nochor. Asqar tog‘i tumanmikan, Men bilmayman bu yo‘llarda, Ota-ena omonmikan?! Ko‘rganim yo‘q Qo‘ng‘irot eli, Qadimgiday zamonmikan?! Qadrdon beklar bormikan, Barchin gul bizga zormikan, Ko‘rgani intizormikan, Hamma qadrdon bormikan?! Bu yo‘llarda bo‘lib xurram, Qadrdondan o‘lgan bo‘lsa, Ko‘rmay qolsam menga motam. Bu so‘zlarni aytar shunqor, Gumburlaydi tog‘u toshlar, Surib boradi Boychibor. Goh izillab olib ketdi, Chochasidan yerga botdi, Tekkan tosh chaqilib ketdi, Tuproqni tuyoqdan otdi, Bir o‘zida ko‘p odamday, Orqasini to‘zon tutdi. O‘ynatdi Boychibor otdi, Necha ul tog‘lardan o‘tdi, Boychiborga qamchi chotdi, Izladi Boysin elatdi, Yo‘llarning tanobin tortdi. Hayvonzot qilib g‘ayratdi, Esiga olar yurgan yurtdi, Kecha-kunduz birday ketdi, Ko‘rsam deydi elu yurtdi, Shuytib Alpomish yo‘l tortdi, Mingan oti qoqib ketdi. Yurib kelgan uzoq yurtdi, Necha tog‘dan turmay o‘tdi, Necha oy, necha kun yo‘lda, Tinmayin endi yo‘l tortdi, Olatoqqa bugun yetdi,Ko‘rgandir Boysin elatdi, Toqqa chiqib shunday qarab turibdi, Yoylab yotgan Boysin yurtin ko‘ribdi. Elatini ko‘rib ko‘ngli buzildi, Ko‘zdan yoshi munchoq-munchoq tizildi: «Yetti yil bu yurtdan rizqim uzildi, O‘lmab edim, tag‘i ko‘rdim bu eldi». Bu so‘zni aytib tog‘ boshida turadi, O‘z yurtini ko‘rib ko‘nglin bo‘ladi. Eli-xalqi qanday bo‘lgan bilmadi, So‘ray desa hech bir odam bo‘lmadi, Bu so‘zni o‘ylab asta-asta boradi. Bir to‘p karvon Qo‘ng‘irot betdan keladi, Yuk tashlashib toqqa karvon qo‘nadi, Karvondan so‘ray deb otni buradi, Necha gapni o‘ylab ketib boradi, Karvonlar qoshiga yetib boradi. Bu so‘zni eshitib, Alpomish: – Esa men o‘zimni tanitib qo‘yayin, – deb olmos po‘latga qo‘l uzata berdi. Karvonlar bir-biriga alanglashib: – E, bu yo‘lovchi bir balo qilami? Bu bachchag‘arga bir gap bo‘lami? – deb to‘p-to‘p bo‘lib, xayoli qocha berdi. Shunda bu so‘zni aytib, Alpomish ham yaqinlab bora berdi: Nima deb chiqarding, karvon, dovshingni, Tanitib qo‘yaymi Alpomishingni, Qilich urib men kesaymi boshingni, Sulatay, karvonlar, gavda loshingni?! Azob ko‘rib shirin jonim bu tanda, O‘z tilingdan endi bo‘lding sharmanda, Yetti yildan beri yotdim zindonda. Xudoyim saqlagay bandani omon, Mo‘min qo‘lga egam bo‘lgay mehribon, Yetti yil bo‘lganman men ham sargardon, Yangi chiqib keldim bunda zindondan, O‘zga emasman-ku, bilgin Hakimxon, Armon bilan ular bo‘lding bul zamon, Endi senga sira bermayman omon. Zarbimdan titradi qalmoqi dushman, Bu karvonlar qilayotir pushaymon, Pushaymonga naf topmaydi ul zamon, Juda ham tutashib ketdi bu sulton. Shu zamon qimsidi Boychibor otdi, G‘ilofdan sug‘urdi keskir po‘latdi, Bu qilichni karvonlarga ko‘rsatdi, Karvonlarning joni chiqib ham ketdi, Qimsinib Hakimxon yaqinlab yetdi, Bu so‘zlarni o‘ylab ko‘nglida aytdi: «Xazon urmay borda gullar so‘lmasin,Karvonlarning birovi ham qolmasin, Qolgani Ultonga xabar bermasin, Kelganimni badbaxt qullar bilmasin, Yana bilib bekligini quymasin. Omon bersam, bular elga boradi, Borgandan Ultonga xabar beradi, Qadimgiday u xizmatkor bo‘ladi» Bu so‘zdaytib o‘ynatdi Boychiborni, Ko‘ngliga olib qancha g‘uborni, O‘ldirmoqchin bo‘ldi karvon qullarni. Karvonlar bilmadi, bundan bexabar, Vaqti yetib necha so‘zni lof urar. O‘larini bilib karvon yig‘ladi, Bilmay so‘ylab gunohkor bo‘p qoladi, Har qaysi har yoqqa qochib boradi, Boshin olib borar ko‘zini yoshlab, Qochib borayotir pasqamga tashlab, Karvonlarning juda aqili shoshdi, Ajal yetsa, ular vaqti yetishdi, Bir nechasi ajab jarlarga tushdi, Shunday bo‘lib bu yozganlar jilashdi. Gap botib Hakimbek pisand qilmadi, Qochgan sho‘rni o‘z holiga qo‘ymadi. Karvonlarga shunday g‘azab qiladi, Ko‘ringanin yetib boshin oladi. Karvonlarga zo‘rligini bildirdi, Ko‘ringanin sira ko‘ymay o‘ldirdi. Karvonlar o‘ligin bul sanab ko‘rdi, Jiranda-jarlardan topib o‘ldirdi, O‘z tilidan gunohkor bo‘p o‘lgandi, Qirq bir karvonni nobud qilgandi, Bilmay so‘ylab bul boyqishlar o‘lgandi, Tuya-anjom bul beega qolgandi. Anglamaydi bunday mardi maydondi, Sherday bo‘lib endi yo‘lga kirgandi. Kim dushman bo‘lsa, boshin oladi, Hammaning ko‘nglidan chiqqan to‘radi(r), Yaxshi so‘ylaganga omon beradi, Buning kelganini elda kim biladi, Mazgili esiga tushib boradi, Buni o‘ldirib to‘ra yo‘lga yuradi. Borayotir shunda davlatli shunkor, Yo‘l yuradi, oy qorong‘i, kun g‘ubor, Kistab yursa baland yo‘llar xonavor, Yaylov joylarini ko‘rdi Boychibor, Suvluq tishlab kishnay berdi jonivor. Hayvonzodning shunday vaqti xush bo‘lar, Yurgan yerlarini ko‘rib muqarrar, Surib tashlab, endi kishnab jonivor, Boychiborning dovushini eshitib, To‘p-to‘p bo‘lib to‘qaydagi yilqilar, Davr olishib kishnay berdi hayvonlar. Boychibor dovushini bo‘lar biladi, Kishnaganda to‘qay sado beradi. Borayotgan Qo‘ng‘irot elning to‘rasi, Obod bo‘lsa mardning kulbaxonasi, Tarlon biya Boychiborning enasi. Chiborning dovushin to‘qayda bildi, Bandi ketgan Chibor esiga keldi. Hayvonzod kishnadi, yo‘llarga kirdi, Qaytarsam deb bir xizmatkor iyardi, Qaytmay yo‘ldan biya ketib boradi, Qaytarolmay osha nochor bo‘ladi, Qur hayt tortib bu iyarib boradi. Ko‘p yugurib juda charchab qoladi, Keynidan yugurib yo‘lda toladi, Ot ustidan davlatli xon qaradi, Boychiborning enasini ko‘radi. Kishnab shunday Tarlon biya keladi, Hayvonlar shundayin mehribon, deydi, Diyda giryon bo‘lib o‘pka to‘ladi, Hakimbekning ko‘z yoshi sel bo‘ladi, Bu so‘zdaytib ot ustida boradi: - Mening bilan hamro bo‘lgan Boychibor, Mendan burun sen topishding, jonivor. Solma yuragima dog‘u alamni, Mendan burun sen ko‘rgansan enangni, Men ham borib ko‘rsam senday enamni. G‘am bilan sarg‘ayib guldayin diydor, Bir nechalar o‘z holidan bexabar, Mendan burun sen topishding, jonivor, Bu so‘zdaytib borar davlatli shunkor, Bir-biriga yetishgandi hayvonlar. Havolanib uchgan suqsur shaylandi, Dushmanning ichiga g‘amlar joylandi, Ko‘ring nazarkarda Tarlon biyani, Boychiborni yetti marta aylandi. O‘qranib topishib endi qoladi, Hayvonning tarziga Hakim qaradi, Boychiborni ko‘rib shunday iysinib, Biyaning o‘rpiga sutlar keladi. Buni ko‘rib Hakim otdan qo‘nadi, Ot boshidan endi yugandoladi, Hayvonlarga xo‘p tomosha qiladi. – Azamat mard edim, bo‘lmayin nochor, Do‘stga zor bo‘lmayin, dushmanlarga xor, Enangni iydirib emgin, Boychibor. Yetti yil bandilik zahmin ko‘rgansan, Enangman topishib bunda qolgansan, Omon-eson sen enangni ko‘rgansan, Iydirib enangni emgin, jonivor. Menga yo‘ldosh bo‘lding Qalmoq ellarda, Yaqin qilding yurib suvsiz cho‘llarda, Enang bilan sen topishding yo‘llarda, O‘kranib enangni emgin, Boychibor. Men ham borsam senday kulbaxonama, Senday bo‘p topishsam g‘arib enama, Seni ko‘rib o‘t tutashdi tanama, Iydirib enangni emgin, Boychibor. Oh urib to‘kadi ko‘zdan yoshini, Yolborib xudoga solgan ishini, Yana ham bu mardning ko‘ngli cho‘kar, deb Boychibor emchakdan oldi boshini. Ot boshiga bu yuganni soladi, Chiborning ustiga minib oladi, Kelgan yo‘lga Tarlon biya soladi, Kelgan yo‘lga haydab ketib boradi, To‘qayiston qarab shunday jo‘nadi. Jilovdor qul halak bo‘lib keladi, Biyaga yetolmay charchab qoladi, Biyani xaydab bul yo‘liqib turadi. Bu so‘zni eshitib, ul xizmatkor qul ham Alpomishga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Ey yo‘lovchi, bilmaganim bildirma, Do‘st yig‘latib, dushmanimni kuldirma, Davlating bor, adras-kimxob kiydirma, Mol egasin so‘rab, meni kuydirma. Falak urib bog‘ing guli so‘lgandi, Shum falak boshiga savdo solgandi, Bu mollar egasi yo‘q bo‘p qolgandi. Mol egasi deding, qoldim sarg‘ayib, Kimga aytay men ham dardimni yorib, Bu mollar aslini bilsang besoyib, So‘rab kelsang mol egasi o‘lgandir, Bu mollar beega bo‘lib qolgandir. Oblo mening aqli-xushim olmasa, Munojotim xaqqa qabul bo‘lmasa, G‘ariblikda hech kim xabar olmasa, Aytay desam molda ega bo‘lmasa. Ot o‘ynatib bu ustima kelasan, Yilqining sohibin so‘rab turasan, Yo‘q narsani so‘rab nima qilasan? G‘arib bo‘lib bizlar jafo ko‘rganmiz, Egasiz mollarni boqib yurganmiz. Karvonlar yangi yukni tushirib, oyog‘ini uzatib, bir xili yonboshlab yotib, shu vaqti Alpomish ustiga yetib, karvonlarga bu so‘zni aytib turibdi: Ko‘p bo‘ladi g‘amli qulda armonlar, Har shaharni kezib yurgan karvonlar, Mard yigit maydonda qiladi xurush, Mudom beklar bilan qilsang o‘tirish, Jahazi abjo‘shdan, xatabi kumush, Bezab qo‘ygan norii-norchang kimniki? Jafo tig‘i ul kun jondan o‘tadi, Xaftada Hashtarxon(astraxon) borib qaytadi, Jabr qilsang o‘n botmonni tortadi, Bejab qo‘ygan nori-norchang kimniki? Bu jahazni ko‘rib bundan kaytadi, Meni taqdir shu kulfatga eltadi, Mol boqqanni dahmarda deb aytadi, Dahmardalar, norii-norchang kimniki? Davlatim bor, sholi-sholdam o‘radim, Yo‘l ustida burilib sendan so‘radim, Og‘ir olma, men sizlarga qaradim, Bu tuyaning egasin sendan so‘radim. Kumushdandir qarchig‘aning chegasi, Oltindandir kirovkaning yoqasi, Kim bo‘ladi norchalarning egasi? Javob bergin mol egasin bilayin, Ko‘p hayallab men ham yo‘ldan qolmayin, Eshitay, karvonlar, buni bilayin, Necha vaqtlar g‘arib qilgan xudoyim, Javob ber, karvonlar, turmay jo‘nayin. Senga yetgay mening so‘ylagan tilim, Yaqin yamas, uzoq yo‘lda mazgilim. Mazgilima men ham ketib boraman, Mol egasin bilsam, yo‘lga kiraman, Hayallasam, men ham yo‘ldan qolaman. Bu so‘zni eshitib, karvonlar ham Alpomishga qarab, javob, aytib turgan ekan: Yurgan yo‘ling adir emas, jo‘nag‘ar, Nayza teksa oq badandan qon oqar, Birov o‘nga, birov so‘lga yuradi, Savol so‘rab bizda nima ishing bor? Qatorga tirkadik lo‘k bilan norcha, Ustiga yukladik qirmizi parcha, Bizdan gapni so‘rab ishlaring qancha? O‘z yo‘lingga bora bergin bir necha. Halak bo‘lib sen burilib kelasan, Yo‘ldan qolsang, bunda nima qilasan, Mol egasin sen ham nima bilasan, Keta ber, mard o‘g‘lon, yo‘ldan qolasan. Ostingda o‘ynaydi arabi tulpor, O‘zing aytding, yuradigan yo‘ling bor, Keta bergin, bizda nima ishing bor? Bekor odam yo‘qdir senga gapirar, Bizning qoshimizda senga nima bor? Mol egasin burilib so‘rab kelasan, Biz bilmaymiz, qaysi yurtdan bo‘lasan, Avvalasi so‘rab nima qilasan? Er yigitsan, bundayg‘achoq bo‘lmagin, O‘zimiz charchagan, gapga solmagin, Keta bergin, endi yo‘ldan qolmagin. Sen ham bir-birovni yurgan farzandi, Biz bilmaymiz qay shaharning jo‘mardi, Biz bilan bo‘lmasin yo‘lovchi dardi, Karvonlar bunga qattiq gapirdi. Biz charchagan, buncha halak qilasan, Ne ishing bor, ko‘p aylanib turasan, Qayda joying bo‘lsa, endi borasan, Buncha so‘ylab bizni nima qilasan, Tuyaning egasin qaydan bilasan? Bu so‘zni eshitib, Alpomish yana bir so‘z deb turgan ekan: Qozining oldinda shabgir noyibi, Yigitga pand berar otning mayibi, So‘raganning hech bo‘lmaydi ayibi, Kim bo‘ladi nori-norcha soyibi? Mol egasin menga xabar berasan, Tiling tortgin, sen gunohkor bo‘lasan. So‘rasam, ko‘nglingga og‘ir olasan, Mol egasin menga ma’lum qilasan. Karvonlar, ko‘nglingga og‘ir olmagin, Yaxshi yurgin, aslo yomon bo‘lmagin, Joning borda yomonliqni qilmagin, Holing bilmay, bunday menman bo‘lmagin, Birov so‘z so‘rasa, ayb bilmagin. Olmos po‘lat belga qayrab chalaman, Meni bilsang osha yurtdan kelaman, Elni kezgan bir yo‘lovchi bo‘laman, Kim yaxshi, kim yomon anglab bilaman, Menman kishini men ham boshin olaman, Tuyaning egasin so‘rab bilaman. Cho‘lni kezgan men boybachcha bo‘laman, Kim yo‘liqsa shunday so‘rab ko‘raman, So‘zimni qaytarsang, boshing olaman, Aytsang mol egasin, o‘zim bilaman, Yaxshi javob aytsang, ketib boraman. Bu so‘zni eshitib, karvonlar bir-biriga qarab, shuning bilan o‘rlashib yotmog‘imizni xudo buyurdimi, to‘g‘ri javob aytib, o‘tkazib yuborayik, deb bu so‘zni aytib turgan ekan: Xavo yog‘sa chiqar yerning miyasi, Karvonni horitar yo‘lning qiyasi, Bedavlatning boshga urar kiyasi, Yori o‘lgan qizning chiqar chiyasi, Buzilmasin azamatning uyasi, Nori-norcha Ultonbekning tuyasi. Shunday bo‘ldi bizga haqning farmoni. Ko‘p bo‘ladi jafoli qul armoni, Biz bo‘lamiz Ultonbekning sarboni, Ulton shohim Qo‘ng‘irot elning sultoni, Aylantirib so‘ray berding bema’ni, Tuyaning egasi Qo‘ng‘irotning xoni. So‘rading, so‘zingga javob beramiz, Ultonbek Qo‘ng‘irotda bizning to‘ramiz, Nima ishni qilganingni ko‘ramiz, Molning egasidan xabar beramiz. Adadsiz elatni so‘rab turibdi, Qancha odam xizmatida bo‘libdi, Har kimdan begimiz juda g‘olibdi(r), Ovozasi yurt-olamga boribdi, Eshitgan yetolmay, intiq bo‘libdi, Hamma eli xohlab katta qilibdi. Bu so‘zni karvonlardan eshitib, Alpomish ham karvonlarga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Kalma shahodat musulmonning tiliga, Azamat bosh berar dinning yo‘liga, Unolturug‘ Boysin-Qo‘ng‘irot eliga, Ilgarida paydo bo‘ldi Dovonbiy. Dovonbiydan paydo bo‘lgan Alpinbiy, Alpinbiyning o‘g‘li edi Boybo‘riman Boysari, Boybo‘rining o‘g‘li Hakim qaysari, Bek Alpomish edi Qo‘ng‘irot beklari, Ul sababdan men so‘radim, karvonlar. Necha marta Qo‘ng‘irot elga kelganman, Yaxshi-yomonini anglab bilganman, Alpomishman billa-billa yurganman, Shunday bekman men qadrdon bo‘lganman, Katta kichisini anglab qolganman, Hech xabarim bo‘lmadi Ulton degandan, Yo yerdan chiqdimi, tushib osmondan? Ul sababdan men so‘rayman, karvonlar. Ustima kiyganim yashil-ko‘k edi, Bunday kunda mag‘an ko‘ngil to‘q edi, Xon Alpomish chalqib yurgan bek edi, Ulton degan sira begi yo‘q edi. Men so‘rayman qaysi eldan kelibdi, Qaysi yurtdan kelib beklik qilibdi, Qo‘ng‘irot odamiga bir gap bo‘libdi, U Ultonni qaytib katta qilibdi, Mendayin yo‘lovchi hayron bo‘libdi, Karvonlar Ultonni ta’rif beribdi. Unga qurbon menday yo‘lovchi joni, Olis yurtda menday mardning makoni, Hamisha Alpomish Boysinning xoni, Bu gaping, karvonlar, bo‘ldi bema’ni. Ulton degan elga katta bo‘lami, Alpomish bekligin shunga berami, Shu gaping aqlga to‘g‘ri kelami, Hech zamonda Ulton katta bo‘lami?! Bu gapni Alpomish aytdi, karvonlarga picha botib ketdi. Karvonlar aytdi: – Juda ham garang qildi, endi shuni so‘kib-po‘kib qutulmasak, gapi ado bo‘lmaydigan baloga yo‘liqdik, o‘zimiztun qotib, yo‘l yurib kelib edik. Bu gapni o‘ylab, karvonlar yana bir so‘z aytib turgan ekan: Unday deb chiqarma sen ham dovshingni, Tanimaysan undayg‘achoq kishingni, Ulton shohim bilsa kesar boshingni, Ko‘p so‘ylab sen chiqarmagin dovshingni, Ukasini ………… Alpomishingni,Bilsa, Ulton shohim qilar ishingni. Ko‘p yashasin, Ulton shohim o‘lmasin, Alpomish otiman o‘chsin, kelmasin, Yaxshi odam aslo yomon bo‘lmasin, Ket, yo‘lovchi, so‘zingni xon bilmasin. Bu so‘zingni bilsa odam buyurar, Qayda borsang, seni quvib yetadi, Agar ko‘rsa, boylab haydab ketadi, Boshing kesib seni dorga tortadi, Holing bilib to‘g‘ri yursang, qaytadi?! Shundayin tukkushlab so‘rab yurmagin, Karvonlar so‘zini hazil bilmagin. Sen bilmaysan xon Ultonning ishini, Odam demas kelsa yuz lak kishini, Kesib turi gunohkorning boshini, Tanimaymiz bizlar Alpomishini, Alpomish deganning qilar ishini. Alpomish bu boqib turgan yilqilar kimniki, deb so‘rab turibdi: Xudoyim saqlagay bandani omon, G‘arib qulga egam bo‘lgay mehribon, Bu yo‘llarda qur hayt tortgan yosh o‘g‘lon, Ne sababdan bunday bo‘lding sargardon? Shovqimga irg‘iydi arabi tulpor, Azamat mard asli bo‘lmasin nochor, Yolg‘iz o‘zing bunday yo‘llarda abgor, Bu yilqing soyibi asli kim bo‘lar? Kumushdandir qarchig‘aning chegasi, Oltindandir kirovkaning yoqasi, Yilqilar egasin sendan so‘rayman, Kim bo‘ladi yilqilarning egasi? Xudo qozi, payg‘ambarlar noyibi, Urushda pand berar otning mayibi, Yo‘lovchiman, senga burilib qarayman, Kim bo‘ladi yilqilarning soyibi? Bu mollar egasin sendan so‘rayman. Senga yetgay mendayin mardning doli, Ostida o‘ynaydi yuz alvon oti, Yurgan yering Boysinning mamlakati, Xabar berging o‘zing kimning avlodi? Avlodi-ajdoding so‘rab bilayin, Yilqingning egasin aytgin, ko‘rayin, Kim bo‘lar, anig‘in toza bilayin, Yosh o‘g‘lon, javob ber sendan so‘rayin. Bu so‘zni Alpomishdan eshitib, ul xizmatkor qul ham bir so‘z aytib turgan ekan: Hakim degan mening mirzam bor edi, Qatorda gurkurab yurgan nor edi, Elatida belgili qaysar edi, Dah deganda qirq mingiga doridi, Ul g‘ayrati har kimsacha boridi, Yurtdan o‘tgan shunday zo‘raboridi. Kashal elda u Boysari qolgandi, Boysarini izlab safar qilgandi, Armon bilan qalmoq qo‘lga olgandi, Eshitdik qalmoqlar zindon qilgandi(r), Zindon ichra chirib xonim o‘lgandi(r), Necha marta bunda xabar kelgandi, O‘lganini eli-xalqi bilgandi(r), Ko‘rolmadik Kashal ketgan polvondi, Shu polvondan biror sag‘ir qolgandi(r), Hali ul farzandi yoshlik qilgandi, Shul vaqtida qullar ega bo‘lgandi(r), O‘g‘li yosh, quvvati kelmay turgandi, Hamma ham hisobin topmay qolgandi(r), Hamma davlat Ultontozga borgandi, Elga bekning qadri o‘tib qolgandi(r), Ne odamlar attang deyishib yurgandi, Ne go‘zallar qattiq jafo ko‘rgandi(r), Attang ko‘rolmadik shunday polvondi. Yo‘lovchi, eshitgin so‘ylagan tildi, Egam oson qilgaymikan mushkuldi, Yolg‘iz sag‘ir hali ko‘p yoshlik qildi, Besohib deganim ma’nisi shuldi(r), Qulga berib qo‘ydi shundayin eldi, Katta-kichik qulning so‘zin gapirdi. Bahorda ochilgan bog‘ning guliman, Men ham bir-birovning jonu diliman, Otimni so‘rasang, Jilovdor deydi, Asli o‘zim Qultoy qulning uliman. Kashal borib Alpomish o‘lib ketdi, Bu vaqtda navbat Ultonga yetdi, Alpomishman qadrdon bo‘p yurganning Barin opkep Ulton xizmatga sopti. Bu yurtni Ultontoz so‘rab turadi, Barcha odam aytganiga ko‘nadi, Nima desa yugurib xizmat qiladi, Ko‘nmaganda nima iloj qiladi, Taqdir-qismat shunday bo‘lib qoladi, Hozir bekning mulki vayron bo‘ladi, O‘g‘li yoshdir, joyin tutmay qoladi, Qadrdonlar holin ko‘rib jiladi, Yo‘liqqanda Ulton azob beradi, Sag‘ir-da, tan berib elda yuradi, Besohib deganim shunday bo‘ladi. Bu so‘zni Jilovdor quldan eshitib, hech nimani bilmagan kishi bo‘lib: – Alpomish o‘lgan bo‘lsa, ajab bo‘pti, Ultontoz bek bo‘lsa, o‘zlaringdan bo‘pti. Juda sizlarga joydi, qanday bo‘lsa, o‘z-o‘zing-da! – dedi. U qul turib aytdi: –Mening otam Qultoy Alpomish bilan ko‘p qadrdon edi, bilgan odam aytar edi. Qultoy Alpomishning quli der edi, bilmagan odam Alpomish Qultoyning o‘g‘li der edi. Shunday odam Qalmoq yurtda o‘lib ketdi, navbat Ultontozga yetdi, bu bo‘lsa bizlarni xizmatga urmay jo‘natmaydi, keyinidan nolib yuribmiz, baloga qolib yuribmiz, gapning rosti ukag‘arni ko‘rolmay o‘lib yuribmiz, – dedi. Bu so‘zni eshitib, Alpomish: – Duoda bo‘l, mirzang kelib qolar, – deb o‘ta berdi. Ko‘lni yoqalab bora berdi, qarasa, oq chodir, ko‘k chodir, zangori chodirlar tikib, yilqi boqadiganlarning ustidan qaraydigan, to‘qson to‘qaydagi yilqining ustidan xabar oladigan har qullar yotir aymashib, bir xillari yonboshlab, bir xillari do‘staman bo‘lib yotibdi. Bularga ham bir to‘qilib o‘tayin, deb burilib borib, ular ham bull yo‘lovchini ko‘rib, uzatgan oyog‘ini yig‘may, bekni odam o‘rnida ko‘rmay, qanday odam, deb parvo qilmay turdi. Shunda bo‘larga qarab, Alpomish bir so‘z aytib turgan ekan: Yarashiqqa tikkan bunda chotirlar, Oyog‘in uzatib yotgan botirlar, Biror kosa qimiz bersang qo‘lingdan, Ichib men ham qolmay yurgan yo‘limdan. Tashna bo‘ldim osha yurtdan kelaman, Necha kundan beri yo‘lni olaman, Biror kosa qimiz so‘rab turaman. Yo‘lovchidan eshit so‘ylagan so‘zni, Biror kosa bizga bersang qimizni. Ostimda horigan mingan bul otim, Ko‘p yo‘l yurib oshib ketdi mehnatim, Qiziq ekan, botir, sening suhbating, Suvsaganman, qolmas mening toqatim. Diltang bo‘lib men ham otimni burdim, Sizlarni ko‘rib ham burilib keldim. Hammang yotgan xo‘p yilqichi nomdorsan, Menday yo‘lovchining ko‘nglin olarsan, Albatta bor, menga qimiz berarsan, Bu yerlarda shohlik shavkat qilarsan, Har qaysing ham chodir tikib turarsan, Xizmatingga qancha odam solarsan, Qimiz berib mening ko‘nglimdolarsan, Har qaysing sherdayin davron surarsan. Men otima achchiq qamchi chalaman, Men sizlarni ko‘rib shodmon bo‘laman, Hayallatsang, men ham yo‘ldan qolaman, Qimiz bersang, ichib o‘tib boraman. Yarqillab ko‘ringan beklar chotiri, Sizlar ham bir bu mamlakat botiri, Qimiz so‘rab menday yo‘lovchi turi. Bu so‘zni eshitib, Ko‘kaldosh polvon: – A juvormak, akangning ko‘zi tirik turganda, chechangga borib teginsang, shunday taaddi qiladi-da, po‘q yeysanmi unga borib, – (dedi). Shul vaqtda Qorajon kelib: – Biz qalliq o‘ynab yurgan qizga sen turtinib borib (yuribsanmi? – dedi). Qo‘shquloq alp (aytdi): – Biz qalinidan qutulib, qalin molini berib, olmoqchi bo‘lib yurgan qizga har qaysing nimaga borasan urinib?! Ko‘kqashqa degan alp kelib, Ko‘kamanni bir mushtladi: – U qiz bilan biz va’da qilib, ul tegmoqchin, biz olmoqchin bo‘lib, har qaysing nimaga borasan urinib?! Alplarning har qaysisi ko‘tarilib: «Senmi, o‘zbakning ini oladigan», – deb har qaysisi bir mushtlab o‘tayotir. Har alpning mushti tekkanda, Ko‘kamanning ustiga tog‘ning cho‘qqisi qulaganday bo‘lib yotir. Alplar yana bir ko‘tarilib bosildi. Ko‘kaldosh alp turib aytdi: – Bunday dalada chatoq qilib yurganimiz bo‘lmas, yuringlar, to‘qsonimiz ham borayik, o‘zbakning qizini yo birimiz olayik, yo barimiz olayik. O‘rtada jovlik xotinli bo‘p qolayik, – deb jovlik otlandi. Otini minib, Kashal g‘oridan jo‘nab, To‘qayistonni oralab, Chilbir cho‘liga chiqib, ko‘p elga qarab, Boysarinikini so‘rab, alplar borib qoldi. Hammasi Boysarining uyining tevaragida jam bo‘ldi. Alplar to‘planib turdi. To‘qson alpning zo‘ri Ko‘kaldosh: – Kelgan boy! – deb chaqirdi. Boysari uyda o‘tirib edi: «Obbo, kelgan boydanoq kulorimiz tinmadi», – dedi. – Labbay, – deb uyidan chiqdi. To‘qson alpning zo‘ri Ko‘kaldosh turib aytdi: – Kelgan boy, sening bir qizing bor ekan, qani, birimizga berasanmi, barimizga berasanmi? Birimiz olayikmi, yo barimiz olayikmi, yo o‘rtada xotinli bo‘p qolayikmi? Shu so‘zga nima javob aytasan? Bu so‘zni eshitib, Boysari nima javob aytarini bilmay, xayoli qochib, nash’asi uchib, o‘ylanib: – Hoy alplar, ertan choshkagachayin muhlat beringizlar, ertan choshkada aylanib kelingizlar, yo biringizga berayik, yo baringizga berayik, bir bir o‘ylashib ko‘rayik, – dedi. Ertan choshkagachayin muhlat berib alplar qaytdi. Bora turib alplar aytdi: – Bu to‘qsonimiz bir yerda yotsak, tong otgancha men olaman, men olaman, deb to‘balashib chiqarmiz. Birovi: – O‘nta-o‘nta bo‘p ketayik, – dedi. Birovi aytdi: – Beshta-beshta bo‘p ketamiz. Birovi aytdi: – Uchta-uchta bo‘p ketamiz. Birovi: – Ikkit-ikkita bo‘p ketamiz, tong otgancha hangama qip yotamiz, – dedi. Birovi: – Xo‘p bilasan ekan. Bitt-bitta bo‘p ketamiz, ikkit-ikkita bo‘p ketsak, ora ochar qiladigan odam yo‘q, zo‘ri kam zo‘rini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘yadi, bita-bitta bo‘p ketamiz, – dedi. Bu gap hammasiga ma’qul tushdi. Qog‘oton tog‘i der edi. Qog‘oton tog‘ining to‘qson darasi bor edi. To‘qson alp Qog‘oton tog‘ining to‘qson darasiga kirib ketdi. Har qaysisi bir darada bir-biriga yonashmay, ayiqdan chinqirib yuribdi. Bu so‘zni eshitib, turgan xaloyiqlardan hech sazo chiqmadi. Bir Yartiboy oqsoqol degani bor edi. Boysariga qarab, Yartiboy bir so‘z deb turgan ekan: Xon Boysari, eshit aytgan so‘zimdi, Bul ellarga boshlab kelgan o‘zingdi, Tortinmay bera ber endi qizingdi, Hazil bilma mening aytgan so‘zimdi. Bu alplarni kuyov qilib olamiz, Muna elga toza erkin bo‘lamiz, Bolalarni tog‘a-jiyan qilamiz, Qarindosh bo‘p biz qatnashib yuramiz, Elning zo‘ri alplar ekan, bilamiz, Muna elda bizlar davron suramiz, Maslahatni senga shunday beramiz. Bu yurtda belgili ekan bul alplar, Alplarga munosib sening qizing bor, Bul alplarni kuyov qilmog‘ing darkor, Tortinmay qizingni, shohim, bera ko‘r. Jahonni sayl etib bunda kelgansan, Alpning so‘zin bilib xafa bo‘lgansan, Ko‘nglingga og‘ir olib yurgansan, Sening nafing alplar qilgan, bilmaysan. Agar alplar olag‘oysa qizingdi, Zur qiladi bu elatga o‘zingdi, Bu alplarga bera bermoq, lozimdi(r). Muna yurtda katta bo‘lib yurasan, Xayolingni har alvonga bo‘lasan, Ne sababdan, shohim, xafa bo‘lasan, Bu zo‘rlarga sen qizingni berasan, Chin bermasang, ikki boshdan o‘lasan, Sen qo‘rqqan so‘ng ayttanini qilasan, Bekor sen o‘zingni abgor qilasan. Achchig‘lansa o‘yar ikki ko‘zingni, Zurlik bilan olar sening qizingai, Yuz dod qilsang, eshitmaydi so‘zingni. Ko‘rdingmi sen, alplar shundayin qaysar, Har qaysi ishqirgan shunday aydahor, Bul elatda kim bo‘lar senga rahbar, Barchinni alplarga bermog‘ing darkor, Yartiboyning nasihati shul bo‘lar. Bu so‘zni Yartiboydan eshitib, Boysarining ko‘ngli buzilib, bu ham bir so‘z deb turgan ekan: Yuragim to‘lgandir diydai g‘amda, Musofirlik elda bo‘ldim sharmanda, Azob tortdi shirin jonim bu tanda, Huzur ko‘rmay musofirlik makonda. Yuragimda ko‘pdir alamli dardlar, Mening qizim – sening singling, nomardlar. Qizing ber deb mening ko‘nglim bo‘lasan, Suyagimni yongan o‘tga solasan, Qalmoqlardan badtar izza qilasan. Xafa falak soldi boshimga zulm, Musofirman, qirq gaz cho‘kdi ko‘ngilim, Bemahal yetmadi qaytayin o‘lim, Xarobat qip men guliston mazgilim. So‘z so‘zlashib men barobar kelmasam Men o‘rlashib unga javob bermasam, Qazom yetib bunday kunda o‘lmasam, Qarindoshdan hech bir najot ko‘rmasam, Xafa bo‘ldim, so‘zga bo‘l solmasam, Bermayman deb men barobar kelmasam. G‘arib bo‘ldim kelib Boysin elidan, Hech ish kelmas menday biyning qo‘lidan, Xafalikdan diqqat bo‘lib o‘ldimman. Tong otgan so‘ng bitar alplar muhlati, Ziyodadir Boysarining kulfati, Maslahat bermadi turgan ulfati, Qolmadi Boysaribiyning toqati. Bu so‘zni Boysari aytdi. «Shu qarindoshlardan nima maslahat chiqar ekan», – deb Barchin kelib, tinglab turib edi. Qarindoshlarining gapirgan so‘zlarini eshitib, otasining ko‘ngli buzilganini bilib, Barchin ham bir so‘z deb turgan ekan: Juda ham gangidi, boy ota, boshing, Maslahat berdi-ku qavmi-qardoshing, Ko‘p yig‘lama, jonim otam, darvishim. Eshitmagin qarindoshlar so‘zini, Kuyov qilsin to‘qson alpning o‘zini, Qarindoshlar bera bersin qizini! Sen yig‘lading, ota, ko‘nglim buzildi, Diyda giryon bo‘lib bag‘rim ezildi, Xafa qilma, ota, menday qizingdi, Qo‘ya ber alplarga mening o‘zimdi. Qalmoqlarga javob bermog‘im darkor, Xafa bo‘lsang, mening ko‘nglim buzilar, Ul alplarga men bo‘larman barobar, Xafa bo‘lma, ota, o‘zimga boshqar, Jazosini ko‘rib ketsin qalmoqlar. Yarashiqqa men zulfimni tararman, Qalmoqlarga gapirmoqqa yararman, Nima desa, ota, javob berarman, Xafa bo‘lmang, ota, ko‘ngling so‘rarman. Mening uchun ko‘p jafoni ko‘rasan, Bulardan maslahat so‘rab turasan, Xo‘b maslahat berdi, ota, bilasan, Gapiga qandayin quloq solasan, Izza bo‘lib endi ko‘ngling bo‘lasan. Xayolingga qiyin bo‘lgandir ishing, Men bilaman juda gangigan boshing, Xafa bo‘lma, jonim otam, darvishim. Har na deb amr etsang, ani qilayin, Qayerda amr etsang, borib turayin, Bul alplarga o‘zim javob berayin. Bul so‘zni Barchindan eshitib, o‘n ming uyli Qung‘irot hazar qildi: – Bu ham o‘zboshimcha juvormak, alplarga baland-past gapirar, buning kasofatiga hammizni oyoq-osti qip bosib ketar. Javob bergich bo‘lsa, bizning ichimizdan chiqib, xolis yerda turib javob bersin, – dedi. O‘n ming uyli Qo‘ng‘irotdan chiqarib, Barchinning o‘tovini ko‘tarib, ho‘, anaday ovloq tepaning bopishga tiqib qo‘ydi. Bul o‘tovda qirqin kanizlari bilan Barchin o‘tirdi. Kunning burni bilan Qog‘oton tog‘ining to‘qson darasidan to‘qson alp yig‘ilib, jam bo‘lib, choshkada zinkiyib, Boysarinikiga yig‘ilib kep turibdi: – Qani kelgan boy, maslahatni qayerga qo‘yding, birichmizga bermoqchi bo‘ldingmi, barimizga bermoqchi bo‘ldingmi? Boysari turib aytdi: – Biz maslahat qip, yil ag‘darib ko‘rdik, qizimizning yili chichqon ekan, yoshi o‘n to‘rtga chiqqan ekan, bizning o‘zbakning rasmi shunday bo‘ladi: o‘n to‘rtga chiqqan so‘ng o‘z ixtiyori o‘zida qoladi, bizning aytganimizga ko‘nmay, tepaning boshiga o‘tovini tikib o‘tiribdi, o‘ziga boringizlar, o‘zidan so‘rangizlar, biringizga tiyami, baringizga tiyami, o‘zidan so‘rab bilingizlar. Shunda qalmoqlar do‘g‘ilib, Barchinning ustiga qarab bora berdi. Bora bergandagi so‘zi: Boradi otlari o‘ynab, Bir nechasi chechan so‘ylab, Menga tegarmi, deb o‘ylab, Bir nechasi murtin burab, Uzangiga oyoq tirab, Boradi Barchinga qarab, Biyning qizin ko‘rarmiz, deb, Hammasi ham olarmiz, deb, Borayotir bu qalmoqlar, Biz xotinli bo‘larmiz, deb. Biyning qizi bizni ko‘rar, Agar tegsa huzur qilar, Birovimizni xohlab olar. Barchin turur hurday bo‘lib, Tishi gavhar durday bo‘lib, Jamollari oyday bo‘lib, Misli asov toyday bo‘lib, Sag‘rilari yoyday bo‘lib, Bir ming qo‘yli boyday bo‘lib, Ko‘zi quralayday bo‘lib, Ko‘rganlarning ko‘ngli to‘lib, Kanizlar bilan jam bo‘lib, O‘yin, qo‘lgi, davron surib, Ko‘ngildan g‘uborin olib, Kanizlar ko‘p xizmat qilib, Biy qizi deb hurmat qilib, Suqsuroyim ko‘nglin olib. Hammalari birday bo‘lib, Bog‘dochilgan gulday bo‘lib, Chamanda bulbulday bo‘lib, O‘tirib edi suhbat qo‘rib, Qalmoq bordi sherday bo‘lib. Barchinoy qalmoqni ko‘rdi, Kanizlar ko‘p shoshib qoldi, Qalmoq alplari to‘plandi. «Biyning qizi o‘tirgandir, Kelganimizni bilgandir, Bizni ixtiyor qilgandir. O‘zidan bir so‘z chiqar», deb Qalmoq so‘zlamay turgandir. Iymanib buncha kanizlar, Parvo qilmas Barchin dilbar, «O‘zi bizga so‘z qotar», – deb Umid qilgandir qalmoqlar, Qaramaydi sanamlar qizlar, Holin bilmaydi badbaxtlar. «Birovimizni xohlar», – deydi, Tengsalib yurur qalmoqlar, Halak bo‘lgandir badbaxtlar, Pisand qilmay o‘tiribdi, O‘zbak qizi Barchin dilbar. Bu so‘zni eshitib, Barchin bir so‘z deb turgan ekan: Eshitgin, qalmoqlar, aytgan tilimman, Meni olar kelmas sening qo‘lingnan, Badbaxt qalmoq, qolma kelgan yo‘lingnan. Meni olmoqqa hadding bormi, qalmoqlar, O‘z yo‘lingga bora bergin, ahmoqlar. Meni olarman deb xayol qilmagin, Ketgin, qalmoq, kelgan yo‘ldan qolmagin. Unga qurbon menday oyimning joni, Mening to‘ram, bilsang, Boysin sultoni, Oti Hakimbekdir, elda davroni, Ko‘p aylanma bunda, qalmoq, bema’ni. Xabar yetsa alp Alpomish kelmaymi, Qalmoqlarga qiyomat kun bo‘lmaymi, Armon bilan senday alplar o‘lmaymi, Holing bilib, to‘g‘ri yursang bo‘lmaymi?! Menmanlikman baring bunda kelasan, Kelgan bilan meni nima qilasan?! So‘z aytqichi senga menday mushtipar, Bilsang, men ham, qalmoq, senga barobar. Lochinday aynalma bunda, ahmoklar, Bora bergin o‘z yo‘lingga badbaxtlar. Har zamon to‘planib bunda kelasan, Ahmoq, qalmoq, meni nima qilasan! Bu so‘zni eshitib, Ko‘kaldosh alp turib aytdi: – Bu o‘zbakning qizining dami baland ekan. Ko‘kaman! Tushib sudrab chiq bu yoqqa! Ko‘kaman alp otdan tushib, otni uyning beldoviga ildirib, bog‘ana qimiz so‘rab alamzada bo‘lgan, uyning ichkarisiga kirgan, Barchinning kanizlari qo‘rkib, uyning to‘rida to‘planib turgan. Barchin ibo qilib teskarib qarab turib edi, Ko‘kaman alp Barchinning burumidan ushlab, poygaga qarab torta boshladi. Barchin o‘zini o‘ngg‘arib, qo‘lini uzatdi, bir qo‘li Ko‘kamanning yoqasiga yetdi, bir qo‘li bilan belbog‘idan tutdi. «Yo, Shohimardon pirim», – deb ko‘tarib, chalqaramon qilib yerga qo‘ydi. Chap tizzasini ko‘kragiga qo‘yib turdi. Og‘zi-burnidan Dirak-dirak qon keta berdi. Ko‘kaldosh alp turib aytdi: – Ko‘kamanga qaranglar, bu ko‘rinmay, bu yoqqa chiqmadi. O‘zbakning qizi bilan aylanishib qoldimi? Shunday kelib, birovi ot ustidan qarab, Ko‘kamanni ko‘rib: – Ey, o‘zbakning qizi Ko‘kamanni bosib o‘ldirib qo‘yibdi», – dedi. Bu so‘zni eshitib, bir kam to‘qson alp otdan tashlay berdi. Barchin alplarning achchiq bilan otdan tushganini bilib, qarab ko‘rdi, alplarning zo‘ri Ko‘kaldosh ekanini bildi: zo‘rlik nomiga boshida tilla jig‘asi bor, ostida suvoraga minib yurgan saman yo‘rg‘asi bor. Boshidagi sarjig‘ani ko‘rib, alplarning zo‘ri ekanini bilib, alplarga qarab, olti oyga muhlat so‘rab, bir so‘z deb turgan yeri ekan: Ustima kiyganim mening yashil ko‘k, G‘ariblikda bo‘larmikan ko‘ngil to‘q, Saman otli, sarjig‘ali bek yigit, Bir oltoyga sizdan muhlat so‘rayin. Kalma shahodat musurmonning tiliga, Bizlar qoldik ayriliqning hiliga, Musofirmiz muna qalmoq eliga, Hozir muztar bo‘ldik qalmoq qo‘liga, Mol berganim Boysin-Qo‘ng‘irot eliga. Bir oltoyga sizdan muhlat so‘rayin, Qo‘ng‘irot elga arza berib ko‘rayin, Oltoygacha men yo‘liga qarayin, Kelsa kelar Qo‘ng‘irot eldan Alpomish, Kelmasa, men taqdirimdan ko‘rayin, So‘ngra men ham birovingman bo‘layin, Bir oltoyga sizdan muhlat so‘rayin. Olmadayin so‘lgan gulday tarzim bor, Mushtiparman sizga aytar arzim bor. Sizga hamroh bo‘pti necha yigitlar, Muhlat so‘rab menday oyim arz qilar, Bir nechalar o‘z holidan bexabar, Sen ekansan, qalmoq elda zo‘rabor, Menday qizning aytgan so‘zi shul bo‘lar. Avval oblo, duyum nabi bo‘lsa yor, Musofirmiz muna elda xoru zor, Muhlat so‘rab turgan menday gajakdor, Oltoy muhlat bering davlatli shunqor. Bu gap endi Ko‘kaldoshga xush kelar, Bul alplarning dimog‘i ko‘p chog‘ bo‘lar, Alplarga yoqimli Barchinning so‘zi, «Odamni angladi o‘zbakning qizi, Aqlingni oladi bu jodu ko‘zi, Chirpillab o‘tirdi so‘ylagan so‘zi, Qoshida xizmatkor necha kanizi. Aytar so‘zin bilmas edi bir necha, Tar xinali kelgan, o‘zi oyimcha, O‘ynab-kulsang bular bilan o‘lgancha, Hasratidan jafo tortar bir necha. So‘z so‘zlasa, odam aqlin olgandi, Nechovlar yetolmay halak bo‘lgandi, Aytgan so‘zi bizga ma’qul kelgandi, Balki yaxshi bildi menday polvondi, Shunday oyim bilan qilsang davrondi, Balki so‘zi ko‘ngli borday bo‘lgandi». Bu so‘zni eshitib, ul qullar ham bir so‘z deb turgan ekan: Bizlar ko‘rdik, osha yurtdan kelasan, Bir ishning boshida sen ham yurasan, Oting terli, uzoq yo‘ldan kelasan. Sabosh ko‘rsang, shirin jondan kecharsan, Dushmanlarga kafan-tunin bicharsan, Qimiz desang, otdan tushib icharsan. Bu yotganlar seni pisand qilmaydi, Otingni ushlab, senga qimiz bermaydi, Sening uchun bu odamlar turmaydi, Hech qaysisi senga xizmat qilmaydi. So‘z aytasan bunda yotgan botirga, Qimiz ichsang, tushgin ana chotirga. Yo‘lovchi bilmaysan xo‘p so‘ylar so‘zni, Uncha-muncha deb aytmagin sen bizni, Kerak bo‘lsa, tushib ichgin qimizni. Seni bildik, bunda charchab kelasan, Qorningning o‘lchovin o‘zing bilasan. Bilmaymiz biz kelayotgan yurtingni, So‘rab halak bo‘p yurmaymiz otingni, Qaysi eldan bo‘lsa xo‘p elatingni, O‘zing boyla minib kelgan otingni. Qimiz so‘rab halak bo‘lib turasan, Qorningning o‘lchovin o‘zing bilasan, Qimiz ichsang, kayfing to‘g‘ri qilasan, Bu so‘zlarni aytdi shunqorga qullar, Alpomish moliga bari xizmatkor, Bularning so‘ziga tabassum qilar, O‘ylab tursa gohda ko‘ngli buzilar. Otdan tushib Boychiborni boyladi, Shunday bir chodirga kirib qaradi, Chodirga kirdi-da, shunkor qaradi, Sava-ko‘nak bari shunday to‘ladi(r), Barini bir boshdan ichib bo‘ladi. Otin minib endi qaysar jo‘nadi, O‘zlariga qimiz kerak bo‘ladi, Qimiz turgan ul chodirga keladi, Savva-ko‘nak bari bo‘shab qoladi: – Bilmaymiz, yo‘lovchi qanday balodi(r), Shuncha ham qimizni ichib boradi, Yilqichilar bari hayron qoladi, Odam nasli muni ichsa o‘ladi. Hech idishda qimizdan nishon qolmadi, Suvsagan deb bo‘lar parvoy qilmadi, Ellarini, ko‘ring endi, Hakimbek Yaylovlarin ko‘rib ketib boradi. Cho‘lu ko‘lda yotgan molni ko‘radi, Barining egasin shunday so‘radi. O‘z mulkida hech bir odam bilmadi, Yo‘lovchi deb hech kim tanib qolmadi, Bir nechalar ko‘rib pisand qilmadi. Azamatlar olmos boylar dastiga, Dushman tushar kam davlatning qasdiga, Yaqinladi Bobir ko‘lning ustiga. O‘zining bu o‘sgan ellarin ko‘rib, Borayotir nechovlarga yo‘liqib, Yarqillagan Bobir ko‘lini ko‘rib, Bobir ko‘lda, yaylov joylarda yurib, Borayotir shunday shunqor oh urib, Hozir bilmas eli qandayin bo‘lib, Bek Alpomish nazar solib qaradi, Bobir ko‘ldan endi o‘tib boradi, Etagida ko‘p tuyani ko‘radi. Singlisin ustiga yaqin boradi, Tuya boqqan yerlarini ko‘radi, Behad yotgan ko‘p galani ko‘radi, Singlisin ustiga yaqin keladi, Singlisi ekanin bilmay boradi. Bu so‘zni eshitib, cho‘ponlar bir so‘z deb turgan ekan: Avval mollar Boybo‘riday biyniki, So‘ngra bilsang, Alpomishday bekniki, Hozirgisi Ultontozday qulniki. Bilmaymiz Ultonning nima o‘yi bor, Bizlar cho‘pon, Ultontozga xizmatkor, Ukag‘arning juda ham ko‘p qo‘yi bor. Ultontozning o‘zi shunday balodi (r), Muna elda ko‘p gaplarni biladi, Qo‘y egasi bek Alpomish o‘ladi, Shuncha qo‘y barisi Ultonga qoladi. Ulton xo‘jayinimiz, bek bo‘p so‘rar, Ko‘p hisobdon, mahmadana bachchag‘ar, Qo‘ylarning hisobin bizlardan olar, Qultoy bo‘lar ustimizdan xabardor, Bizdan so‘rab xonga javob shul berar, Anig‘in bilsang, shul boboma bor. Bu so‘zni eshitib: – Mening yig‘laganim o‘g‘lim emas edi, Boybo‘rining o‘g‘li edi, ikkovimiz shunday qadrdon edik, bilmaganlar Alpomish Qultonning uli der edi, bilganlar Qultoy Alpomishning quli der edi, shul Kashal borib o‘lib ketdi. Shuncha davlat qullarga qolib ketdi. Shu esimga tushib, yig‘lab, turib edim, – dedi. Alpomish turib aytdi: – Bobo, Alpomishni ko‘rsatsam, nima berar edingiz?Qultoy aytdi: – Ukangning qornini berar edim, ko‘rsam, o‘zim ham tanib olar edim. Alpomish aytdi: – Men kimga o‘xshayman? Qaldirg‘och oyimning tuya boqib yurgan yeriga yetishdi. Alpomishning o‘ziga enchi bir qora nori bor edi, yetti yildan beri cho‘kib, aza tutib yotar edi,bekning kelayotganini bilib, galadan chiqib, bo‘zlab yo‘lga ravona bo‘ldi. Bul tuya boqib yurgan Qaldirg‘roch oyim, bekning singlisi, ustida jaramli kiyimi yo‘q, a’zoyi badani ko‘rinadi, tuyaning keyinindan ergashib, hala, deb tuyani qaytarolmay, bu so‘zlarni aytib borayotir: Hala, deyman, besohibning tuyasi, Qachon kelar bu tuyaning egasi, Kumushdandir qarchig‘ayning chegasi, Oltindandir kirovkaning yoqasi, Besohib degani og‘zim bormaydi, O‘lmasa Yodgorjon bo‘lar egasi. Hala, deyman, manglayimdan kun o‘tdi, Meni tag‘dir shunday kulfatga eltdi, Badbaxt qullar meni cho‘lda xor etdi, Hala, deyman, tovonimdan yer o‘tdi, Falak jabri mening bag‘rimni yirtdi. Podsholarning qatnab yurar elchisi, Elchilarning bo‘lar ekan tilchisi, Hala, deyman, bek oramning enchisi, Ayronliq o‘tiga bag‘rim dog‘ladi, Tuyaga iyarib bo‘zlab yig‘ladi, Qo‘ng‘irot elning shoh chinori quladi. Hala, deydi, oy Qaldirg‘och boradi. Tuyaga yetolmay munglik yig‘ladi. Xudo deb yig‘laydi cho‘lda mug‘oyib, Yuri akasining ko‘kini kiyib, Hala, deyman, hov qora nor, besoyib. Qora nor ul zamon yo‘lga kirdimi, Kashal ketgan bekning isin oldimi, Shular og‘a, emikdoshim keldimi, Yo bo‘lmasa birovning isin oldimi, Shuytib cho‘kib yotgan sabil yo‘lga kirdimi?! Oyog‘in bosolmay mungliq boradi,Bormay desa, ul qullardan qo‘rkadi, Har tarafga ko‘z yubortib qaradi, Chochlari yoyilgan ketib boradi. Armon qilib yaratganga jilayin, Ketgan akam keldimikan xudoyim. Boshindagi zarrin nobot jig‘am, deb, Bedovga yarashgan oltin to‘qam, deb, Hakim og‘am holim ko‘rib yig‘lasa, Men oldiga chiqsam shunday og‘am, deb. Hakim og‘am mening holim so‘rardi, Dushmanlarning jazosini berardi, Polvon akam Qo‘ng‘irot elda bo‘lganda, Meni nega cho‘lda sarson qilardi. Bu so‘zdaytib yig‘lab ketib boradi, Hala, deb tuyaga shunday qaradi, Kelayotgan yolg‘iz otlini ko‘radi, Yo‘lovchi deb muni gumon qiladi. Shu yo‘lovchi meni ko‘rmasin, deydi, Changalning ostiga o‘zin oladi. Ustixon emranib, bag‘ri silinar, A’zoyi badani sho‘rning ko‘rinar, Changalning ostiga o‘zi yashinar, Bul ahvolda bo‘lib qoldi mushtipar, Yaqinlab kelgandir Hakimbek shunqor, Alpomish oldiga chiqqan qora nor. Kelayotib edi shunday vallomat, Eli-xalqim ko‘rsam deydi salomat. Yetti marta bu qora nor aylanib, Bo‘zlab qildi bek Hakimni ziyorat. Hayvonning mehrini shunkor ko‘radi, Ko‘ngli buzilib norni qaytarib, Kelgan yo‘lga haydab ketib boradi. Qaramas mard yigit baland-pastiga, Borib qoldi singlisining ustiga. Singlisini bu ahvolda ko‘radi, Eli-xalqim shunday bo‘lgan ekan, deb Ko‘ngli buzilib shunkor yig‘ladi. Diydi giryon bo‘lib o‘pka to‘ladi, Singlisiga qarab savol so‘radi: – Tanimaysan bu yo‘lovchi kishini, Olayinmi shu tuyaning boshini, Sen eshitgin menday bekning nolishini, To‘qarman sel qilib ko‘zdan yoshingni, Yolborib xudoga solgan ishini, Shu tuyang-g‘u juda seni horitdi, Olayinmi qora norning boshini. Senga sopti ayroliqning hilini,Eshit sen ham yo‘lovchining tilini, Tuya egasi dovlab kelsa xunini, Yo‘lovchi beradi norning pulini. Bu so‘zni singlisi changalning ostida yotib eshitib, Qaldirg‘och oyim Alpomishga qarab, bu so‘zni aytib turgan ekan: Qo‘y, yo‘lovchi, bilmaganim bildirma, Xanjar urmay bag‘rim qona to‘ldirma, Qo‘y, yo‘lovchi, qora norni o‘ldirma. Ayronliq savdoga bag‘ri poraman, Nor o‘lgan so‘ng gunohkor bo‘p qolaman, Ultontozga nima javob beraman, Yig‘lab cho‘lda o‘z kunimni ko‘raman, Bu dunyodan shuytib o‘tib boraman. Nor o‘lgan so‘ng to‘kar ko‘zdan yoshimni, Ulton kesar zulm bilan boshimni, Yig‘latadi qavmi-qarindoshimni, Quzg‘unlarga yemish qilar go‘shimni. Nor o‘lgan so‘ng bilsa haydab ketadi, Bu boshima achchiq qamchi chatadi, Boshim kesib, meni dorga tortadi, Menday mungliq qonlar yig‘lab o‘tadi. Zulm bilan bilmaganim bildirar, Har na desa aytganiga ko‘ndirar, Qo‘ng‘irot yurtda hech kim bo‘lmas barobar, Tuyaning egasi Ulton zo‘rabor, Tuya uchun bilsa meni o‘ldirar, Albatta elatda birov bildirar, Sen, yo‘lovchi, bundan ketmaging darkor. Men qo‘rqaman Ultontozning zulmidan, Ne ish kelsin menday mungliq qo‘lidan, Bu cho‘llarda men ham yurgan xoru zor, Hech kim bo‘lmas bunda elatda rahbar, Hamma odam Ultontozga xizmatkor, Nor uchun bo‘lmayin men ham gunohkor, Gunohimni tilay olmas odamlar. Mungliqman, g‘aribman, aytar arzim bor, Keta bergin, Ulton bilsa o‘ldirar. Bu so‘zni singlisidan eshitib, bildirmagan kishi bo‘lib, singlisiga qarab, bu so‘zni aytib turibdi: Sen ham bir yaxshining ko‘rar ko‘zisan, Balki ko‘rar ko‘zi, so‘ylar so‘zisan, Changalning ostiga yotgan munglig‘im, Qo‘ng‘irot elda o‘zing kimning qizisan? Ustingga kyiganing yashil-ko‘kmidi, Qo‘ng‘irot elda hech rahbaring yo‘qmidi. Ko‘k kiyibsan, sen birovni yo‘qlaysan, Ultonbekdan nega qo‘rqib jilaysan. Hazon bo‘lib bog‘da gullar so‘lganmi, Ulton Qo‘ng‘irot elga to‘ra bo‘lganmi, Abgor bo‘lib qora kiyib yuribsan, Sening biror suyanganing o‘lganmi? Mungliqsan, mushtipar, xozor qilasan, O‘zing to‘xtatolmay o‘ksib turasan, Ulton deb ko‘nglingni vayron qilasan, Buncha yig‘lab, xayolingni bo‘lasan, Bir mungliqsan, qattiq kunda qolasan, Asli o‘zing qaysi urug‘dan bo‘lasan, Ulton deysan, sen ham xozor qilasan, Gapirsang, ko‘zingga yoshni olasan, Muncha yig‘lab cho‘lda jabr ko‘rasan. Ulton senga osha jabr qilganmi, Qo‘ng‘irotning yurtida davron surganmi, Ilgarigi Qo‘ng‘irot begi o‘lganmi, Ultontozga navbat tegib qolganmi, Qo‘ng‘irotning egasi shular bo‘lganmi, Barcha odam ayttanini qilganmi, Barcha odam yetagiga yurganmi?! Seni ko‘rib mening ko‘nglim buzildi, Ko‘p yig‘lama, mening bag‘rim ezildi Juda, mungluq, xafa bildim o‘zingdi, Turib sendan gap eshitmak lozimdi(r). Bu so‘zni eshitib, singlisi bir so‘z aytib turgan ekan: Men ham bir-birovning ko‘rar ko‘ziman, Og‘zindagi so‘ylaydigan so‘ziman, Aslim bilsang, chin deganning o‘ziman, Qo‘ng‘irot elda Boybo‘rining qiziman. G‘arib bo‘lib bu cho‘llarda yuribman, Tuya boqib, taqdirimdan ko‘ribman. Bek Alpomish degan akam bor edi, Kashalning yurtiga safar qilgandi, Eshitamiz borib zindon bo‘lgandi, O‘ldi deb xabari bunda kelgandi, Borib ko‘rolmadik unda zindondi. Yana bir tirik deb xabar kelgandi, Shuvaqqacha hech bir xabar bo‘lmadi, Endi bildik, emikdoshim o‘lgandi(r). Ulmay omon bo‘lsa munda kelardi, Kelib bu yurtidan xabar olardi. Tirik bo‘lsa dushman bunday qilarmi, O‘zi bo‘lsa yurtin qo‘lga berarmi?! Sen eshitgin menday mungliq so‘zini, Ulton bosdi shunday sherning izini, To‘y berib olmoqchi sarvinozini, Hozir ko‘ndirolmay checham o‘zini. Barchin suluv kecha-kunduz jiladi, To‘ram deb akamni esga oladi. Har kuni qoshiga odam boradi, Barchinoy deb ko‘p nasihat beradi, Ultontozni qabul qilmay turadi, Ketgan bekdan hali umid qiladi. Ulton bek bo‘p yurtda zulm qiladi, Akamning o‘lgani ma’lum bo‘ladi, Ko‘nmaganda Barchin nima qiladi, Borib-borib aytganiga ko‘nadi, Bul ish bo‘lsa, kunimiz qanday bo‘ladi?! Bu so‘zni eshitib, singlisiga qarab, Alpomish bu so‘zni aytib turgan ekan: Meni bilsang Qalmoq eldan kelaman, Shu akangning bir xabarin bilaman. O‘lgani yo‘q, hali akang omonda, Necha yillar birga edik zindonda, Sen qolibsan munda qayg‘u-tumanda, Akang kelar, qullar bo‘lar sharmanda. To o‘lgancha yaratganga rost bo‘ldim, O‘z fe’limdan cho‘pu xasdan past bo‘ldim, Akang bilan men zindonda do‘st bo‘ldim. Akangning xabarin shunday bilaman, Kim so‘rasa, xondan javob beraman, Akang emas, uning do‘sti bo‘laman. Akang ham zindondan ozod bo‘lgandi(r), Qalmoqlarning juda dodin bergandi(r), Yig‘lama, ko‘rarsan shunday polvondi. Akang meni ul xabarchi qilgandi, Akangning elchisi, do‘sti kelgandi. Ko‘p bo‘libsan bunday yig‘lab darmonda, Azob ko‘rgan shirin joning bu tanda, Akang kelar, qullar bo‘lar sharmanda. Ko‘p yig‘lama, sening akang omondi(r), Solar dushmanlarga oxir zamondi, Sen ko‘rarsan Kashal ketgan polvondi. Har kim o‘z sha’niga bekdi, to‘radi(r), Shu yo‘l bilan sening akang keladi, Akangning xabari shunday bo‘ladi, Kech qolganda ikki kunda keladi, Yo‘lovchi shundayin javob beradi. Akangning yurtini avval ko‘raman, Kelarini toza aniq bilaman, Elni ko‘rib, Qo‘ng‘irot elga boraman, Do‘st-dushmanin bilib javob beraman. Bu so‘zni eshitib, singlisi bu so‘zlarni aytib turgan ekan: Qaysi yurtdan bunda qilding safarni, Kashalda akamdan berding xabarni, Xafa qilma mendayin mushtiparni. Mard bo‘lsang, nomardning ishin qilmagin, Ko‘p yashagin, bu dunyoda o‘lmagin, Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin, Akam bo‘lsang, menga xilla o‘lmagin. Ilohim qurisin yo‘lning qiyasi, Buzilmasin elda mardning uyasi, Chiqib qoldi Boybo‘rining chiyasi, Kelarmikan tag‘in elning egasi?! Bu so‘zni, yo‘lovchi, xazil bilmagin, Akam bo‘lsang, menga xilla qilmagin, So‘z aytib sen azmoyish qip turmagin. Akam bo‘lsang, so‘ra mening holimni, Xazon qilma tar ochilgan gulimni, Yur, borib ko‘rsatay Yodgor ulingni, Sag‘ir qolgan sening joni-dilingni. Mening g‘arib yurishima qaragin, Akam bo‘lsang, ahvolimni so‘ragin, Akam bo‘lsang, ko‘rar ko‘zim, chirog‘im, Akamni aytding, ezilgandir yuragim. Bu so‘zni Qaldirg‘och aytib turadi, Ot ustida Hakim o‘ylab ko‘radi. Akangman, deb agar o‘zin bildirsa, Yuragi yorilib tayin o‘ladi. Biror maydon fikr qilib turadi, Singlisiga bu javobni beradi: – Akam dema, akang kelib qoladi, Otning boshin shunday yo‘lga buradi, Shu yo‘l bilan sening akang keladi, Shu gapdaytib shunqor ketib boradi, Singlisiga qaramayin boradi. Yo‘lovchi ketdimi, deb Qaldirg‘och oyim changalning ostidan chiqib qaradi, ko‘z ko‘rim yerda ketib boradi, qarasa, ostidagi minib borayotgan oti, ort-sirtidan ko‘rdi: «Akamning minib ketgan Chibor otiga o‘xshaydi». Ko‘rib, tanib, keyinidan poyu piyoda yugurib, bu so‘zni aytib borayotir: Yo‘llardan o‘tgan yo‘lovchi, Ot tizginin tortib menga qara-chi, Saqlab turib mening holim so‘ra-chi. Qalmoq yurtdan munda qilsang safarni, Yo‘l yurib ko‘rmagin sira xatarni, Yig‘latmagin mendayin darbadarni, Bek akamdan berib o‘tding xabarni. Mening ko‘zim o‘yilmasa, tanidim, Polvon akam minib ketgan Chiborni. Yo‘lovchi, eshitgin so‘ylagan tilni, Egam bunda onson qilsin mushkulni, Mening ko‘zim ko‘r bo‘lmasa, tanidim, Barchin checham tikib bergan shol julni. Qiyg‘ir degan qush o‘ltirar qiyada, Ne ko‘rib kechirib foniy dunyoda, Otni tanib chopdi poyu-piyoda. Borayotir shunday aqili shoshib, Chopib borayotir o‘pkasi shishib. Bek Alpomish shunday burilib qaradi, Kelayotgan singlisini ko‘radi, Ot jilovin tortib qarab turadi, Oy Qaldirg‘och endi yetib boradi. Ot tizginin bul bo‘yniga soladi, Uzangiga boshin urib jiladi, Shul mening akamning mingan oti, deb Oyog‘iga ko‘p o‘ralib jiladi. Ul Hakimbek turib o‘ylab ko‘radi, Akangman, deb agar o‘zin bildirsa, Bu ham sira ayrilmayin qoladi. O‘ylab turib shunday ishni qiladi, Jilovin qo‘lidan silkib oladi. – Bu chibor ot o‘zimizga xonazod, Asta-asta menga qilasan tuhmat. Buni bilib mungliq bo‘zlab jiladi, «Akam bo‘lsa, nega bunday qiladi?! Akam bo‘lsa, albatta ma’lum beradi», Boshqa odam deydi, ko‘nglin bo‘ladi, Xafa bo‘lib tuyaga qaytib jo‘nadi. Singlisining bunday ahvolin ko‘rib, Boradi bek Hakim ko‘ngli buzilib, Ot yoliga ko‘zning yoshi to‘kilib. Rozi bo‘lib xudo qilgan ishiga, Falak titrar yurganda nolishiga, Ostidagi Chiborini o‘ynatib, Borib qoldi ko‘p qo‘yning boshiga. Shunda cho‘ponlarga qarab, bu qo‘y kimniki, deb so‘rab turibdi: Dahmardalar, men bilmayman o‘yingni, Xabar bergin boqib yurgan qo‘yingni. Ot o‘ynatib bul ustingta kelayin, Chulni yoylab yotgan, cho‘pon, so‘rayin, Qo‘yingning egasi kimdir, bilayin? Har qaysing behaddan molni boqasan, Davron shul, deb bu cho‘llarda yurasan, Qo‘y egasin menga xabar berasan. Jafo tig‘i bu kun jondan o‘tadi, Falak zulmi shu kulfatga eltadi, Chorvadorni dahmarda, deb aytadi, Chorvadorlar, boqqan qo‘ying kimniki? Savlat bilan o‘ngu so‘lga qaradim, Bu cho‘llarda qo‘y semirtmak muroding, Mol bilan cho‘llarda sening quvvating, Men bilmayman yotgan qo‘yning adadin. Men so‘rayman boqib yurgan molingni, Bilmayman, cho‘ponlar, sening holingni, Elda yurgan sening kirdikoringni, Elda nom ko‘targan zo‘raboringni. Ostimda o‘ynaydi bul mingan otim, Oldingda yaqindir Boysin elating, Sendan so‘rar mendayin vallamating, Dahmardalar, boqqan qo‘ying kimniki? Men bul bir yurtlarning yurgan to‘rasi, Qanday boydir bu qo‘ylarning egasi? Cho‘lda yurib gang bo‘p o‘zim kelaman, Bilmayman, sizlardan so‘rab turaman, Egasini aytsang so‘ngra bilaman, Kim bo‘ladi boqqan qo‘yning egasi? Yo‘lovchiga osha malol kelmasin, Ko‘p turib bu yerda yo‘ldan qolmasin, Xabar bergin, bul yo‘lovchi jo‘nasin. Beadad yoyilib yotgan ko‘p qo‘y, uchu quyrug‘ini kishi bilib bo‘lmaydi, cho‘ponlar bunda yotdi, qo‘yni yoqalab yurib ketdi, qo‘y cho‘lni tutib yotibdi, bu beadad qo‘yga hayron qolib borayotibdi. Yetti yil zindonda yotib, bu davlatlar esdan chiqib ketgan edi. Bu adadsiz qo‘ylarni ko‘rib: «Bir odamda shuncha mol», –deb hayron qolib, yo‘l yurib borayotib edi, qaradi, bir mardi kalon, mo‘ysafid kishi qo‘ylarning chetida: «Armon bilan farzandimdan ayrildim», – deb yig‘lab turibdi. Ko‘rib Alpomish tanidi. Qultoy degan qadrdon quli. Bobosiga qarab, tanimagan kishi bo‘lib, bu so‘zlarni aytib turgan ekan: Ne sababdan, bobo, bo‘zlab yig‘laysan, Qariganda bo‘tadayin bo‘zlaysan, Oh urasan, jigar-bag‘ring tuzlaysan, Bolam deysan, sen birovni izlaysan. Shum falak boshingga savdo soldimi, Xayolingga necha gaplar keldimi, Yaqin holda sening qo‘zing o‘ldimi, O‘lgan bolang yo esingga keldimi?! Toza ochilib sening guling so‘ldimi, Qariganda bir qiyomat bo‘ldimi, Xabar bergin, sening uling o‘ldimi?! Ne sababdan, bobo, so‘zlab yig‘laysan? Yo‘lovchiman, men burilib so‘rayin, Yig‘lading, boyisin, bobo, bilayin. Qariganda, bobo, abgor bo‘libsan, Ko‘zing yoshli, bejoy yig‘lab turibsan, Suyanchidan ayrilib, g‘arib bo‘libsan, Yig‘laganing, bobo, sendan so‘rayin. Olis yurtdan ko‘pdir mening mehnatim, Charchab kelayotir bul mingan otim, Sen jilading, qolmadi-ku toqatim, O‘ldimikan bir suyangan farzanding, Kung‘irot muzofotida ko‘rgan kulfating, Yoningda hech kishing, yo‘qdir ulfating. Qultoy aytdi: – Alpomishning belgisi shul edi, o‘ng egnida. Shohimardon pirning besh panjasining dog‘i bor edi, chap egnida o‘zimning besh panjamning belgisi bor edi. Egnini ko‘rsatdi, siypalab panjaning dog‘ini bilib, farzandim sen ekansan, deb ayrilmay qolib, bu so‘zni aytib, ikkovi topishib yotir:Bu so‘zni aytib Qultoy ko‘zin yoshladi, Bolam deb ustiga o‘zin tashladi. Muna tog‘da bo‘ktarilgan qormisan, Qatorga tirkalgan lo‘kcha-normisan, Eli-yurtga, bolam, intizormisan, Ko‘rar ko‘zim, yurt egasi bormisan? Xudoyim saqlagay bandani omon, G‘arib qo‘lga egam bo‘lgay mehribon, Yurt egasi kelding, endi, Hakimxon, Bolam, deb bag‘riga bosdi ul zamon, Ketganday bo‘p qoldi g‘am bilan tuman. Ko‘zlarimdan ketdi ravshan, Topilmadi saroyi bo‘ston, Do‘stlar bo‘ldi menga dushman, O‘tgan ishga men qilmayin pushaymon, Ko‘rar ko‘zim, jonim bolam, bormisan? Ota-onang qattiq kunda qolgandi, Ultontoz suyagi buzuq bo‘lgandi, Ul qurg‘ur nasliga tortib qolgandi(r), Shularni ham xizmatiga solgandi, Shukur qilay, ko‘rdim senday polvondi. Omon-eson senday qo‘zim kelgandi, Endi ko‘rgin o‘z yurtingda davrondi, Necha marta Hakimbekdan aynaldi, Yurt egasi, jonim bolam, bormisan? Sen ketding, bizlar bo‘taday bo‘zlab, Borolmadik Qalmoq yurtini izlab, Endi yurgin dushman bag‘rini tuzlab, Mehribonim, jonim bolam, ormisan? Xudoyim bergayda barchaga darmon, Ish bo‘lmas qudratli haqdin befarmon, Seni ko‘rib ketdi mendan yuz armon, Quvvat endi, menga kelgandi darmon, Bu yurtingda dushman qilar pushaymon, Dushman qullar bo‘lar yer bilan yakson, Sog‘-salomat elga kelgan sen sulton. Yaxshi kunlar bo‘lib xor-a, Yuragim necha sadpora, Ahvolimni, bolam, so‘ra, Ko‘r bo‘lgan tarzima qara. Bu so‘zdaytib yig‘lab bosib bag‘riga, Yetishding, jon bolam, qullar davriga, Sen ham mundan o‘z elingga borasan, Ul qullarning qilgan ishin ko‘rasan, Bolam, ko‘rsang chidayolmay qolasan. Sen bilmaysan qullar osha zo‘rabor, Hammasi ham bo‘lib ketdi hukmdor, Ultonning gapiman zo‘r bo‘ldi bular. Bu so‘zlarni aytishib, ikkovi bir-biri bilan topishib: – Qani, bobo, elda qanday gap bor? – dedi. Qultoy aytdi: – Seni qatayib kelgan desam, hali ham shu yerdagi bo‘shliging qolgan yo‘q ekan. Endigi gap shul, o‘ttiz kuncha bo‘ldi. Ultontoz to‘y berib, xotiningni olmoqchin bo‘lib yotir. Endi borib o‘ldira berasan-da, endigi gap shul-da! – dedi. Bu so‘zni eshitib, Alpomish aytdi: – Bobo, siz men bo‘lib boring, men siz bo‘lib borayin, kim do‘st, kim dushman, o‘z ko‘zim bilan ko‘rayin, birovning chorig‘iga birov toyib, o‘lib ketmasin, – dedi. Qultoy aytdi: – Shuytsang, shuyt, o‘g‘lim, sening kelgan vaqti xushligingga qullarning to‘yiga borib, bir ko‘pkari chopib qolayin. Shunda tushib Boychiborni Qultoyga berdi, Qultoy Alpomishning kiyimlarini kiyib, Boychiborni minib, cho‘pka libosda, duppa-durust mo‘ysafid bo‘lib, otlanib, qullarning to‘yiga jo‘nab ketdi. Alpomish Qultoyning kiyimlarini kiyib, yelkasiga janda-jundani qo‘yib, kebanakni ustidan yelbagay kiyib, sirtidan belini bo‘g‘ib, tumoq, choriqlarini kiyib, oq sarkani so‘yib, go‘sht bilan sho‘rvasiga to‘yib, terisidan kesib soqol, burun qilib, uchini qaychilab qo‘yib oldida, ko‘l bor edi, ko‘lning yokasida edi, shunday enkayib ko‘lga qaradi, suvning ichida o‘zini ko‘rdi: xuddi-muddi jasadi bukurtob Qultoyning o‘zi bo‘pti. Tayog‘ini ushlab, Qultoy jasadli bo‘lib, to‘yga keta berdi. Bir qator uyning oldidan o‘tib borayotib edi, shunda bir kelinchak chiqib qaradi, Qultoyni ko‘rib, bul uchta echki qo‘shib qo‘yib edi, shu echkilarimni so‘rayman, deb chopib borayotir. Kelinchakning Alpomishga qarab, aytib turgan so‘zi: Bobo, eshit mening aytgan so‘zimni, To‘yga borayapsan, bildim o‘zingni. Sabr qilsang, bobo, aytar arzim bor, Charchab chopib keldi mendayin nochor, Sizga tayinlagan uchta echkim bor, Omon-eson yuribmikan jonivor? Yarashiqqa lovdon ro‘mol o‘rayman, Bobo, kunda men ham yo‘lga qarayman, Sizni ko‘rib, men echkimni so‘rayman. Menday sanam munda fig‘on etdimi, Echkilar semirib, qochib ketdimi? Bobo, qayting, uyga mehmon qilayin, Uyga sizni ergashtirib borayin, Bobo, yuring sho‘rva qilib berayin, Echki so‘rab, haqqatiga qonayin. Cho‘ponlar ustidan sardor bo‘lasan, Echkilarni kunda ko‘rib yurasan, O‘lsa-yitsa, bobo, xabar berasan, Malaroyning aytgan so‘zin bilasan, Xizmat qilganini juda ko‘rasan, Qayting, bobo, bir dam so‘ngra borasan, Yugurib men halak bo‘ldim, bilasan, Echkimdan aniqlab xabar berasan. Baxmal o‘tovga uloqni tashlab, qaytgan vaqtida ort-sirtidan Boychiborni ko‘rib, Barchin tanib, Yodgor o‘g‘liga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Men yig‘layman yaratganga zori-zor, Ne qilsa, hukmi bor qudratli jabbor, To‘yxonaga otang kelgandir, Yodgor. Suvda bo‘lar suluv o‘tning suyrug‘i, Biz bilan bo‘larmi haqning buyrug‘i, Cho‘ltonglab ko‘rindi Chibor qo‘yrug‘i. G‘amli bo‘may ohu fig‘on etmaydi, Yobi ot tuyoqdan otgan turpog‘i Sira ham bir chatanidan o‘tmaydi, Boronada bir Chibor ot kep edi, Uy girdidan, bolam, to‘zang ketmaydi. To‘yxonaga, bolam, otang kelgandi(r), Kim yaxshi, kim yomon, anglab bilgandi(r), Inshoollo, ko‘rarmiz shunday polvondi. Mard yigit maydonga kirsa jellidir, To‘qayda yo‘lbarsning izi bellidir. Otang yo‘lbars, to‘yxonada yurgandir, Kim yaxshi, kim yomon, anglab bilgandir, Do‘stu dushmanlarni sinab ko‘rgandir, Otang shuytib bildirmayin yurgandir, Kashal yurtga ketgan otang kelgandir. Xazon bo‘lsa bog‘da gullar so‘lgandir, Bu o‘chgan chirog‘im yonib qolgandir, Men biluvda dushman qullar o‘lgandir, Bolam, elga qaysar otang kelgandir, Otang kelib oti munda yurgandir, Hozir o‘zin bildirmayin turgandir. Kepti Qalmoq eldan sog‘u salomat, Bilmaganlar qilar edi malomat, Dushman ko‘rsa endi solar qiyomat, Bek otang kelibdi sog‘u salomat. Bu so‘zni eshitib, Alpomish bildi: «Qultoyning oldiga bu kelinchak echki qo‘shgan ekan. Meni Qultoy fahmladi», – deb sho‘xligi kelib: – Echkilaring semirib, bahrini ochib yurur, takani qo‘yib, qo‘chqordan qochib yurur, yilda egiz-segiz tug‘ib, uch echking yuz o‘n to‘rtta bo‘ldi, – dedi. Kam fahm, hech narsaga tushunmaydigan ayol yuz o‘n to‘rtta deganiga dumog‘i chog‘ bo‘lib, ko‘ngli ko‘tarilib: – Og‘zingizga moy, uyga yuring, – deb tarmashib qo‘ymay, uyiga ergashtirib bordi. Borsa, uyida non yo‘q. – Bobo, o‘tiring, non yo‘q ekan, men muna qo‘shninikidan elak olib kelib, men sizga bir patir qotirib, ustiga moy solib beray, – dedi. Elakka jo‘nab ketdi, borsa, besh-olti xotinlar uni-buni gapirib o‘tiribdi. «Elakka borgan xotinning ellik og‘iz gapi bor», degandayin, u xotinlar bilan o‘rlasha ketdi. Gap ko‘payib, Qultoy esidan chiqib ketdi. Qultoy qorindagi moyni, qopdagi qurtni, uydagi kerakli narsasining barini ermak qip yeb qaytdi. Kelinchak ham elakni olib kelayotib edi, Qultoyni ko‘rib qoldi: – Ha, kayting, bobo, – deb port bo‘lib qoldi. «Qultoy» aytdi: –Endi to‘yga kech bo‘ldi, uyingdan uni-muni yeb, tuzingni tortdik, – deb qaytdi. –Esa, qaytarda keling, – deb tayinlab qoldi. Elakni olib uyiga bordi. Borsa, uyida ayon-jins bo‘lib, hech nima qolmapti. O‘ylanib qoldi: «Qultoy bo‘lsa, Qultoyning muncha ovqatni hal qiladigan quvvati yo‘q edi, bu bir alpning ishida. Nima bo‘lsa, Alpomish keldimikan?» – deb fikr qilib qoldi. Ana endi Qultoy bo‘lib, to‘yga Alpomishning ketib borayotgan yeri: Tayog‘ini sudrab «Qultoy» boradi. Xudo nasib qilsa aning uyini, Men ko‘rayin Barchin suluv bo‘yini, Tomosha qilayin yorim to‘yini. Kim biladi «Qultoy qulning» o‘yini, Qiziq bo‘lar qilib yotgan to‘yini, Borsak bo‘lar u yerlarda o‘yini. Bu so‘zni aytib «Qultoy» boradi, Qizu juvon bari yo‘lga to‘ladi, Xotinlarman birga ketib boradi. Ko‘p xotinlar dastarxonin orqalab, Yo‘lda «Qultoy» bilan hamroh bo‘ladi, «Qultoy» qulga ko‘p minnatdor bo‘ladi, Alamjon yo‘l to‘yxonaning orasi, Xomsemiz xotinlar charchab qoladi: – Bobo, xizmat qilsang qanday bo‘ladi. Yaxshi xotin yo‘liqsin deb duo qilayik, Dastarxonni biz rqangga solayik. Bobojon, ko‘targin salt bo‘p yurayik, Sizman yo‘ldosh bo‘lib to‘yga borayik, Minnatdor bo‘p juda duo qilayik. Qariganda adras-kimxob kiysin, deb Haqdan kelgan ishga bo‘ynin eysin, deb, Bobomning dushmani o‘tday kuysin, deb Jam’i xotin chuvlab duo qilayik, Kindikkinang issiq yerga teysin, deb. Bu so‘zdaytib ko‘p minnatdor bo‘ladi, Xotinlar «Qultoy»ning aqlin oladi, Dastarxonning barin yig‘ib ul zamon, «Qultoy» qulning orqasiga soladi, Kebanakka yig‘ib ani ko‘tarib, Xotinlarman birga-birga boradi. Xotinlarman xangoma qip yo‘l tortdi,Biror maydon iyarib qichab ketdi. Ro‘paray xotinlar keyin qoladi, «Qultoy» shunday xo‘p halloslab yuradi, Yugurib-yelib, harchand qichab ko‘radi, Ang‘ishlab bu «Qultoy» ketib boradi. Ko‘ring endi «Qultoydi», Necha qirlardan oshdi, «Qultoydan» toza adashdi, Yetolmay xotinlar juda qarg‘ashdi. Xudoy o‘rdi «Qultoydi», Ikki enagi bultaydi, Yig‘latgan Malaroydi, Yeb kelgan u yerda qurutman moydi, Bu xotinlar hech qorasin ko‘rmaydi, Qaytib quruq boramiz deb o‘ylaydi. Shu oynasda «Qultoy» qichab boradi, Necha qirdan nari xotinlar qoladi, «Qultoy» borayotib shunday qaradi, Bir podaning yotog‘ini ko‘radi, Chashmaning bo‘yniga borib qoladi, Endi borib «Qultoy» shunda qo‘nadi, Dastarxonni «Qultoy» ochib ko‘radi. To‘yga qilgan bari qatlama, quymoq Barisini yeyib ado qiladi. «Qultoy» quldan bo‘g‘irsok ham qolmadi. Xotinlar goh qaytar bo‘lib, goh borar bo‘lib, shul chashmaning bo‘ynigachay keldi, dastarxon, tovoqlarini ko‘rib, bobosini duo qilib qoldi: – Iloyim bir yaxshi semiz kampir yo‘liqsin, bizni uyalmasin, deb shu yerga qo‘yib ketibdi, – deb chashmadan suv ichib, har qaysisi o‘z tovog‘ini olib, qadimgiday boshiga qo‘yib, bu bo‘loqning suvidan irg‘ib o‘tayotib edi, birovi qattiqroq irg‘idimi, tars etib dastarxondan tezak tushib qoldi. Bu xotinning dastarxonidan tezak tushganini ko‘rib, o‘zga xotinlar aytdi: – Buning kundoshi bor-da, to‘yga borib, dastarxondan tappi chiqib, sharmanda bo‘lsin, deb qo‘shib o‘ragan-da. Bir xotin: «Bizniki ham tappi bo‘lib yurmasin», – deb ochib ko‘rdi, ochib ko‘rsa, bariniki tappi. «Qultoy»ni qarg‘ab, sarosima bo‘lib, tovoqlarni qaytarda olib ketamiz, deb ariqning yoqasiga ko‘mib, dastarxonlarni ko‘ylakning ichidan beliga boylab: «To‘yga quruq kelibsizlar degan odam bo‘lsa, «Qultoy» shunday qildi, deb aytamiz», – deb (yo‘lga tushdi). Endi bular ham to‘yga bora bersin, endigi gap bog‘onag‘i Boychiborni minib ketgan ko‘hna Qultoydan. Qultoy Boychiborni minib, to‘yga bordi. Borsa, Ultontoz Alpomishning bor vaqtiga taassib solgan, Barchinga baxmal o‘tov tikib bergan, har kim uloqni olib borib solsa, Barchinning baxmal o‘toviga olib borib soladi. Shuncha Boychiborni kalta qantarib, otning soyasiga tashlab: – Qullar, ulog‘ingni chiqar, – deb yonboshlab, qullar uloq chiqardi, qullarning to‘yiga aralashib, Qultoyning ko‘pkari chopib yotgandagi so‘zi: Oshiq fahmi oqshom kecha, Holin bilmaydi bir necha, Yig‘ilishgan satta norcha, Ko‘pkarini chopib yotir O‘n ikki mingcha boyvachcha, Sanab ko‘rgan odam yo‘qdir, Taxminan o‘n ikki mingcha, (Ust)-ustiga tashlab turur Ko‘sam sarka, olapocha. Ko‘ring endi Qultoy marddi, Chibor otga qamchi chatdi, O‘rgan qamchi simday botdi, Yig‘inni qoq yorib ketdi, Yig‘in-to‘dani nuratdi, Bu bobong qildi g‘ayratdi, Ne odamlar hayron qopti, Uloqni olib jo‘nab ketdi, Bolalar, hisob bo‘ldimi, deb Chang‘aroqdan tashlab qaytdi. Munday kunda ko‘nglin xushlab, Urdi qamchinni qulochlab, Boychibor bordi angishlab, Boz ustiga uloq tashlab. Haqqa yetgay aytgan dodi, Ultontozning jiyron oti Uloqni olib jo‘nay berdi, Qultoy faqir boshin burdi, Boychiborga qamchi urdi. Japs bo‘lib yonboshdan yetdi, Ushladi keyingi putdi, Uzangi tashlab berkitdi, Yonbosh tushib birni tortdi, Ultontozning jiyron otin O‘mma qip nuratib ketdi, Jam’i qullar yig‘ilib yetdi. Mehmon, qaydan kelasan, deb, Nima urug‘ bo‘lasan, deb, Buytib chopma, o‘lasan, deb, Kechga solim olasan, deb, Bekning otin sen yiqitding, Qariganda o‘lasan, deb, Zo‘rning to‘yin bilasan, deb, Bunday ishni qilasan, deb Chopdi Qultoyning ulog‘in. Dushmanlar meni bilsin, deb, Solganim sovrin bo‘lsin, deb Damba-damda uloq tashlar, Marraga yetib qaytarar. Chatoqlashib yuru Qultoy, Hech solim bermaydi qullar. Qultoy otini buradi, Yig‘inda surib yuradi, Qullarman taraf bo‘ladi. Ultonni parvoy qilmadi, Sira ko‘ziga ilmadi, Chatog‘in Qultoy qo‘ymadi. Damba-dam uloqni olar, Qultoy uzangi qaytarar, O‘lasan dedi ko‘p qullar. Qultoy ko‘pkarida dongdor, Ostiga mingani tulpor, Tir kelolmaydi odamlar, Uloqdolib Qultoy ketar, Yulduzday bo‘p oqib o‘tar, Hech kim qo‘l sololmay ketar, Qultoy shunday ish ko‘rsatar, Bir nechalar hayron qolar. Ustida yaxshi liboslar, Gap qib yotadi odamlar: «Qaysi eldan kelgan bu chol, Ostidagi oti tulpor, Chol ham bo‘lsa ko‘p zo‘rabor, Ko‘p chatoq qiladi qullar, Parvoy qilmaydi bachchag‘ar». Qultoy yig‘inda shag‘almas, Aytganini qilmay qo‘ymas, Gapirganman quloq solmas, Gap deganni ko‘ngliga olmas. Boychiborga qamchi urdi, Alpomish kelgani shuldi(r), Qultoy ay-haylab mast bo‘ldi, Ko‘p uloqni Qultoy oldi, Hech kim buni bilmay qoldi. Yig‘inda o‘zar Boychibor, Ustida Qultoy zo‘rabor, Ay-haylab chiqardi nomdor. Bu so‘zni enasidan eshitib, Yodgor: – Bu qullarining bir joniga tegayin, agar otamning kelgani rost bo‘lsa, qullarni o‘ldirayin, yotgan vaqtida ham ingransa, ayirib oladi, agar otamning kelgani yolg‘on bo‘lsa, bu qullardan bunday zulm ko‘rib yurgancha, o‘lganim ham o‘ngg‘ay keladi, – dedi. Shunda ko‘nglini xushlab, bir qayqi tayoqni qo‘liga ushlab, qullarning ko‘pkariga tashlab yotgan sarkalarini quvib, chetga chiqarib ketdi. Sarkani, quvib borayotib edi, Alpomish Qultoy suratli bo‘lib kelayotib edi, oldidan chiqa ketdi, Yodgorni ko‘rib, bir so‘z aytib turgan ekan:Bahorda ochilgan bog‘ning gulisan, Sen ham bir-birovning joni-dilisan, Sarka haydagan bolam, kimning ulisan? Bu ellarda qaysi urug‘dan bo‘lasan, Sarka haydab, bolam, qayda borasan? Jamoling o‘xshatdim osmonda oyga, O‘zingni mengzayman bo‘z qarchig‘ayga, Qoshingni o‘xshatdim egilgan yoyga, O‘zingni mengzayman ming qo‘yli boyga, Boyvachcha sifatlim kimning o‘g‘lisan? Bino bo‘lding qaysi gavhar donadin, Senday farzand bino bo‘lmas enadin, Parvoz qilding qaysi mazgilxonadin, Baland parvoz qo‘zim, kimning o‘g‘lisan? Shunday bo‘ldi menga haqning farmoni, Seni tuqqanlarning bormi armoni, Seni ko‘rib ketdi bobong darmoni, Nasling odam desam, behisht g‘ilmoni, G‘ilmon sifat bolam, kimning o‘g‘lisan? Qariganda xudo deyman, jilayman, Ko‘z yuborti atrofima qarayman, Avlodi-ajdoding sendan so‘rayman, Xabar bergin, bolam, kimning o‘g‘lisan? Qiyg‘ir degan qush o‘lturar qiyada, Ne ko‘rib kechirding foniy dunyoda, Tarzing ko‘rsa, shohlar yurar piyoda, G‘ayrating bor Rustamdan ham ziyoda, Qaysar sifat bolam, kimning o‘g‘lisan? Bu so‘zni eshitib, Yodgorning ko‘ngli buzilib, bu so‘zni aytib turgan ekan: Jafolarga tushgan tanda jon eding, Qul ichinda mehribonim sen eding, Sen ham meni unutdingmi, bobojon? Tog‘u toshning boshin chalgan tuman-a, Menday sag‘ir-sho‘rga oxir zamon-a, Bek otam Kashalga ketgan vaqtinda, Enamning bo‘yida kopman gumona, Sen ham meni unutdingmi, bobojon? Bahorda ochilgan bog‘ning guliman, Men ham bir-birovning joni-diliman, Sen ham meni unutdingmi, bobojon, Kashal ketgan Alpomishning uliman. Bu so‘zdaytib sag‘ir Yodgor qaradi, Ko‘pkaridan ikki otli keladi, Kelayotgan otlilarni ko‘radi, Ko‘ngli buzilib Yodgor yig‘ladi. Armon bilan o‘ldim, g‘aming ye, dedi, Qaddingdan, bobojon, berman ke, dedi, Sag‘ir Yodgor bobosiga ne dedi: – Bobo, rahbar bo‘lgin menday go‘dakka, Meni olgin, bobojon, kebanakka, Meni berma bu ikki badirakka. Gap eshitgin, bobo, aytgan tilimdan, Qariganda hazar qilma o‘limdan, Jon bobojon, meni berma qo‘lingdan, Ayirib qol muna ikki qo‘lingdan. Jon bobojon, meni bersang qo‘lingdan, Bu badbaxtlar qilar mening ishimni, Ko‘zdan to‘kar bunda selob yoshimni, Zulm bilan kesar qullar boshimni, G‘azab bilan dorga tortar loshimni, O‘rni o‘chib qolar Alpomishingni, Jon bobojon, meni berma qo‘lingdan. Bu so‘zdaytib sag‘ir Yodgor turadi, Ko‘pkaridan ikki otli keladi. Siyosatman bu Yodgorga yetishdi, Bu sag‘ir Yodgorning aqili shoshdi, – Bobo, – dedi, «Qultoy» qulning belbog‘iga tarmashdi. Achchig‘i kep ular otidan tushdi, Bu enag‘ar osha haddidan oshdi, Bizlar bilan bu beklikka talashdi, Qullar kelib Yodgor bilan ushlashdi. Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘libdi, Ollo buning aqli-hushin olibdi, Ajal yetib, paymonasi to‘libdi. Farzand-da, ko‘rib «Qultoy»da tobu toqat qolmadi, qullarga turib aytdi: – Muning ham bir zamonda otasi bor edi, xudo qildi, yetim bo‘ldi, yetim bilan sag‘irni ura berarmikan? Muni qo‘y, o‘z vaqti xushligingni ko‘r, – deb bilagidan ushlab turdi. Alp-da, panjasi bilagini yanchib borayapti, ko‘zi yoshga to‘lib, bilagini ayirib ololmay yotibdi. «Qultoy»ning ko‘ngliga keldi: «Maboda zo‘rligimdan anglab yurmasin», – deb bilagini bo‘shatdi, bular ham mindi bedov otdi, ikkoviga ikki sarkani, o‘ngartdi. «Odam odamni sinab bo‘lmaydi ekan, «Qultoy»ning zo‘rligi har kimsacha bor ekan», deb jo‘nab ketdi. «Bobosiga» qarab, Yodgor bu so‘zni aytdi:Gap eshitgin, bobo, aytgan tilimdan, Hazar qilmading-ku, bobo, o‘limdan, Ayirib qolgansan ikki qo‘lingdan, Qultoy bo‘lsang,Munday ishlar kelmas edi qo‘lingdan. Kashal ketgan mening otam bo‘lmagin, Otam bo‘lsang, menga hilla qilmagin. Baland tog‘ning boshin chalgandi tuman, Xudoyim saqlagay bandani omon, Yomon kunda menga bo‘lding mehribon, Otam dedim, sendan qildim men gumon, Otam bo‘lsang, menga hilla qilmagin, Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin, Ko‘p yashagin, ko‘p yilgacha o‘lmagin, Dushmanga bildirib, siring bermagin, Otam bo‘lsang, menga hilla qilmagan. Oldingda jilanib menday farzanding, Boshimda ko‘p g‘amu kulfatim, Qultoyga kelmaydi, bobo, jasading, Askar tog‘ni otquday bor g‘ayrating, Har kimsacha bordir bul hukumating, Kashal ketgan mening otam bo‘lmagin. To‘karman ko‘zimdan selob yoshimni, Bobo, bejoy bildim qilgan ishingni, Sen eshitgin yig‘lagan nolishimni. Kashal ketgan mening otam bo‘lmagin, Otam bo‘lsang, meni xafa qilmagin, Bilmamish bo‘p, ota, bunda turmagin. Bu so‘zni eshitib, «bobosi» ham Yodgorga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Ko‘zdan yoshim munchoq-munchoq tizildi, Ustixon emranib, bag‘rim ezildi, Xafa qildim, qaytay, senday ko‘zimdi, Otam dema, mening ko‘nglim buzildi. Haq taolo meni qilgan sargardon, G‘amli qo‘lga egam bo‘lsin mehribon, Otam deb bobongni aytma, Yodgorjon, Otangning mazgili qorong‘u zindon, Otang emas, bolam, Qultoy bobongman. Yoshlik qilib xayolingni bo‘lmagin, Lodon ko‘ngling har bir yo‘lga solmagin, Otam deb bobongdan gumon qilmagin. Otang Kashal yurtda g‘arib qolgandir, Qalmoqlar qo‘lida zindon bo‘lgandir, Otang qayda, g‘ariblikda qolgandir, Qalmoqlar yurtida otang o‘lgandir, Lodon bolam mendan gumon qilgandir, Otam desang, ko‘nglima gap kelgandir. O‘lib ketgan otang qaydan keladi, Qultoy bobong qanday otang bo‘ladi. Qariganman, bolam, qaddim bukilib, Oh tortganda ko‘zda yoshim to‘kilib, Otang ketgan osha yurtga Bilmayman qanday bo‘lib, Senday lodon bolam bul gumon qilib. Otang bo‘lsa, senga rahbar bo‘lmaymi, Seni suyib bu bag‘riga olmaymi, Ul ko‘tarib to‘yxonaga bormaymi, Er qip yotgan Barchin gulni ko‘rmaymi, Dushman qullar bunday to‘yda o‘lmaymi?! Bek otangni qalmoq aylagan zindon, Chirib o‘lgan qalmoq yurtda sargardon, Otang ham haddili juda zo‘r polvon, Otam deb sen gumon qilma, Yodgorjon. Otam desang, otang yodima kelar, Ko‘hnargan dardlarim yangirar, Otam deb gapirma, sag‘ir Yodgor. Bu so‘zni eshitib: «Men ham bilmayman ekan. Qultoy bobomning adaptovur kuchi bor ekan. Muning bilan ovloqda bir sirlashib ko‘rayin, qanday bo‘lsa, enamni bermayman, Ultontozga o‘zim qancha chatoq qilib yotibman, muning bir ko‘nglini bilib qo‘yayin», – deb bu so‘zni aytayotgan ekan: Oh urganda ko‘zda yoshim bo‘lar sel, Sirlashayin, jonim bobo, berman kel Ultontoz der bilmaganim bildirdi, Xanjar urmay, bag‘rim qona to‘ldirdi, Nechovlarni aytganiga ko‘ndirdi. Qancha qo‘yni, qancha so‘qim so‘yadi, Bevayu bechora qolmay to‘yadi, Bu orada o‘ttiz kuncha bo‘libdi, Gul enama uzmay sovchi qo‘yadi. Asli o‘zim dobonbiylik to‘raman, Gul enamni qanday bunga beraman, Gul enamni Ultontozga bergan so‘ng, Ne bet bilan Qo‘ng‘irot elda yuraman?! Solma yuragima dog‘u alamni, Xafa qilma, bobo, menday bolangni, Ultontozga qanday beray enamni. Ultontoz zo‘rligin ma’lum qiladi, Uzilmay enama odam keladi, Enam qabul qilmay, o‘rlab turadi, Hamma qulning so‘zin ma’qul qiladi, Enam kunmay, juda o‘rlab turadi, Hisob bergin, bobo, qanday bo‘ladi? Bu so‘zni eshitib, «bobosi» bir so‘z degan ekan: Ultontozdir Qo‘ng‘irot elda zo‘rabor, Muni bilan hech kim bo‘lmas barobar, Anglagin albatta, bolam, muhrdor, Muhrdorman o‘rlashmaklik ne darkor? Solma yuragingga dog‘u alamni, Kuning uchun berasan-da enangni. Men bilaman dobonbiylik to‘rasan, Kuning uchun shul enangni berasan, Shul enangni Ultontozga bermasang, Bilgin, bolam, qiynov bilan o‘lasan. Mundayg‘achoq, qo‘zim, lodon bo‘lmagin, Ultonbekman ko‘p o‘rlashib yurmagin, Ultonning qo‘lida g‘arib o‘lmagin, Bermayman, deb sira ayta ko‘rmagin. Bilasan Ultontoz elga turadi(r), Hukumi hammaga ma’lum bo‘ladi, Zo‘rlik bilan shu enangni oladi, Sag‘irsan, qo‘lingdan nima keladi, Ultonning so‘ziga hamma ko‘nadi, Ko‘pdan chiqqan odam ahmoq bo‘ladi. U Ultontoz bilgin endi aydahor, Zarbidan titraydi Boysinday ellar, Taqal qilmay sen enangni berako‘r. Mehribon bo‘p Ulton aqlin ola ber, Qavatida birga beklik qila ber, Nima desa, aytganiga kuna ber, Senga aytgan nasihatim shul bo‘lar. Sen buzmagin, enang qilar ixtiyor, Enangni ham shunga tegmagi darkor. Qo‘ng‘irot elda unab turgan odamlar, Katta-kichiq, bari bu so‘zni bilar, Enang Ultontozga tegsa, tinch bo‘lar. Bir chekkasi senda ham bor ixtiyor. Shunda Yodgordan bu so‘zni eshitib: – Barakalla, o‘g‘lim, enadan bo‘lsang, shunday bo‘l, – dedi. – Men ham qo‘ydan kelayotirman, men ham shu bachchag‘arning to‘yiga borayin, qo‘limdan kelgancha buzib ko‘rayin, deb kelayotirman, sen norasta go‘dak, biz yoshi yetgan «chol», ikki yorti biriksa, butun degan gap bor. Nima bo‘lsa, bolam, borlashib to‘y buzmoqni «bobongdan» ko‘r, – dedi. Yodgor hech kimdan munday iliq so‘z eshitgan emas edi, «bobosidan» bu so‘zni eshitib, juda xo‘rozlanib, ayrilmay qoldi. «Qultoy» turib aytdi: –Ikkovimiz daladan borsak, Qultoy bilan Yodgor va’dalashgan deb yurar, sen ko‘pkari tarafdan bor, men to‘yxona tarafdan borayin, hamma vaqt men chatoq qilayin, – deb ikkovi ikki tarafdan borayotir. «Qultoy» bu so‘zni aytib, to‘yxona tarafga borayotgani: Chechan banda gapni gapga uladi, Qultoydaydan Yodgor quvonib boradi, Ikkovi va’dani shunday qiladi, Har na desa, aytganiga ko‘nadi. «Qultoy» ham bu zamon bundan jo‘nadi, Tayog‘i qo‘lida ketib boradi, To‘yxonaga «Qultoy bundan jo‘nadi, Ko‘rgan odam «Qultoy» deyishib boradi, Alpomish ekanini kim biladi?! Ultontoz xonni borib ko‘ray, deb, Qilib yotgan shavkatini bilay, deb, Bolam deyin, uning aqlin olay, deb, Bildirmayin toza sinab ko‘ray, deb, Ultonbekka qulli bo‘lsin qilay, deb Bu so‘zdo‘ylab «Qultoy» ketib boradi. Quloq soling so‘zining mazasiga, Jahon titrar «Qultoy» ovozasiga, Shu zamonda tayog‘ini sudirab, Endi bordi Qo‘ng‘irot darvozasiga. Darvozadan ichkariga kiradi, Katta-kichik xaloyiqqa qaradi, Oq sut bergan enasini ko‘radi. Bu so‘zni eshitib, Yodgor bir so‘z aytib turgan ekan: Dardli qul dardimni kimga yorayin, Xasratimdan eldan el axtarayin, Gul enamni Ultontozga bergancha, Ultontozning qiynovinda o‘layin, Har na bo‘lsam, jonim bobo, bo‘layin, O‘lganimcha to‘yni buzib ko‘rayin, Gar qo‘limdan kelsa, o‘rlab turayin. Men ham endi bermaymanda turaman, Boshimni kesgancha o‘rlab ko‘raman, Jonim borida Ultontozni demayman, Aytgan so‘zin qulog‘imga olmayman. Men ham sira bilganimdan qolmayman. Men ham qaytay, hali yoshlik qilaman, Sag‘irligim yaratgandan ko‘raman, Ajal yetsa, axir bir kun o‘laman, Men enamni qanday bunga beraman. Mayli Ulton ko‘zdan to‘ksin yoshimni, Zo‘rlik qilsa, kessin tandan boshimni, Yig‘latsin elimda qarindoshimni, Zo‘r bo‘lsa, qilag‘o‘ysin ishimni. O‘ldirmasa, men bermayman enamni, Boshim kesib, dorga tortsin tanamni. Ulton juda bizga izza beradi, Ko‘rmagan kunlarni menga soladi, Hozir bildim, yurtga ega bo‘ladi, Sag‘ir deb bachchag‘ar qachon ko‘nglim so‘radi, Bizni juda yerman yakson qiladi. U bizlarni odam sonda ko‘rmadi, G‘arib deb holimni sira bilmadi, Nokaslik qildi-da, pisand ilmadi, Yaxshi qarab, bizga nazar solmadi, Bachchag‘arning kattaligi qolmadi, Yodigorning ko‘nglidagin bilmadi. Enasi ariqning bo‘yida to‘yga so‘ygan qo‘ylarning qorin-g‘ajoq, ichak-chavoq, kallalarini tozalab o‘tiribdi. Shunda enasini tanib, tanisa ham tanimagan kishi bo‘lib: – Kuntug‘mush yenga, omonsizmi? – dedi. Enasi munday qaradi, qarasa, Qultoyning dovushi Alpomishning dovushiga o‘xshadi. Qultoyga qarab, bu so‘zni enasi aytib turgan ekan: Hoy deding bandi-bo‘g‘nim bo‘shadi, Sog‘ suyagim joy-joyidan bo‘shadi, Dovushginang Alpomishga o‘xshadi, Qultoyman deb, bolam, meni aldama. Seni ko‘rib ichim o‘tday kuyadi, Quvrab ketgan emchaklarim iyadi. Oh urganda ko‘zdan yoshim sel bo‘ldi, Bolam, ketganingga yetti yil bo‘ldi, Sendan qolib ko‘rgan kunim shul bo‘ldi, Ko‘z yoshima yoqalarim ho‘l bo‘ldi, Qultoyman deb, bolam, meni aldama. Qozilar oldinda shabgir noyibi, Yigitga pand berar otning mayibi, Keldingmi, jon bolam, elning soyibi? Kumushdandir qarchig‘aning chegasi, Oltindandir kirovkaning yoqasi, Keldingmi, jon bolam, yurtning egasi? Yetti yillik bandilik zahmin ko‘rdingmi, Shukur qilay, bolam, ozod bo‘ldingmi, Tuya boqqan Qaldirg‘ochni ko‘rdingmi, Mungliqning holidan xabar oldingmi? Bobir cho‘lda sho‘rli yig‘lab yurgandi, Bir burilib shundan xabar oldingmi? Qultoy bo‘lib meni aldab turdingmi, Hiyla bilan, bolam, aqlimdoldingmi, Ko‘rar ko‘zim, omon-eson keldingmi, Do‘stu dushman, elatingni ko‘rdingmi? Qultoyman deb, bolam, meni aldama. Seni ko‘rib qolmas mening toqatim, Yolg‘iz bolam, sensan mening rohatim, Qultoy qulga o‘xshamaydi kelbating, Shunday bo‘ldi beklik qilgan elating, Yolg‘iz qo‘zim, boshimdagi davlatim. Qullar menga muncha qilgan zulm, deb, Endi mening tar ochilgan gulim, deb, Shukrilillo, keldi joni-dilim deb, So‘z aytaman seni ketgan ulim, deb. Qultoy bo‘p enangga rahbar bo‘lasan, Sen mening holimni so‘rab turasan, Jonim bolam, menga hiyla qilmagin, Hiyla qilma, mening bolam bo‘lasan. Xafa qilma alam ko‘rgan enangni, Yongan o‘tga solma, bolam, tanamni, Sen borib ko‘rgaysan Barchin sanamni, Qultoyman deb, bolam, meni aldama. «Qultoy» bu so‘zni eshitib: – Yenga, ishingiz bo‘lmasin, yo‘liqib uni o‘zim sozlayman, – dedi. – Qadrdonsan-da, sozlay ko‘r, –deb enasi ham tayinlab qoldi. To‘yxonaga o‘tib bordi, Ultontozni ko‘rdi. Ultontoz taxt ustida o‘tiribdi. Otasi Boybo‘ri sulton xizmat qilib, egnida qora mesh, to‘yda suv tashib turibdi. Bir nechalar xushomadga Boybo‘rini Ultontozga yomon yetkazib, suvlik meshi bilan koyib-so‘kib, g‘ijib turibdi. Buni «Qultoy» ko‘rib, Ultontozga nasihat berib, bu so‘zni aytib turibdi: Ustingga kiyganing yashil ko‘k bo‘lar, Podsholar bo‘shatgan xurma to‘p bo‘lar, Har o‘lkada senday beklar ko‘p bo‘lar, Otasini o‘rgan farzand oq bo‘lar, Urma deyman Boybo‘riday biyingni. Qariganda gangitmagin boshini, Ko‘zdan to‘kma muning selob yoshini, Azob berma bunday katta kishini, Eyniga ortibsan suvli meshini, Xudo olgan polvon Alpomishini. Qariganda qilgan ekan xizmatdi, Ko‘hna biyga ta’zir bermak uyatdi(r), Sabil qilgan muna Boysin elatdi. Polvoni Kashalda o‘lib ham ketdi. Qariganda shuytib qildi xizmatdi, Qariganda yig‘latma vallomatdi, Qariganda xizmatingni qiladi, Azob bersang, hamma senga kuladi, Otasini o‘rgan qanday bo‘ladi. Qora(qarol) bo‘libdi-ku, senga xizmatkor, Bir nechalar o‘z holidan bexabar, Bunga azob bermaqliging ne darkor, «Qultoy» qulning aytgan so‘zi shul bo‘lar, Yaxshi so‘zman buni bilmaqlik darkor, O‘g‘lidan ayrilib bo‘pti xoru zor. Bu so‘zni enasidan eshitib: – Yenga, siz miyon xatanamoy bo‘p qolibsiz. Alpomish kelsa, Alpomish bo‘p kelar edi-da, nainki Qultoy bo‘p kelsa, – dedi. Bu so‘zni eshitib enasi: – Ne bilayin, mening ham ko‘zim xasta bo‘lib qolgan, –dedi. Enasi buning bilan bir sirlashayin, deb bu so‘zni aytib turgan ekan: Oh urganda ko‘zdan yoshim bo‘lar sel, Sirlashayin, jonim qaynim, berman kel. Jon qaynim, eshitgin ayttan tilimdi, Hech xabari bormi yolg‘iz o‘limdi? Dala-dashtda sen yurasan, Qultoyjon, Alpomish o‘lgani endi bilindi. Yolg‘iz farzand oyog‘idan yitarmi, Boybo‘ridan shunday davlat qaytarmi, Yolg‘iz bolam bedarak bo‘p ketarmi, Bunda yurti vayron bo‘lib yotarmi, Barchin kelin qulga tegib ketarmi, Ne kattalar qonlar yutib yotarmi?! Davlatidan adras-kimxob kiymasin, Davlatli deb Ultontozni suymasin, Qariganda biy bobosin yig‘latib, Barchin kelin Ultontozga tiymasin. Sen ham bundan to‘yxonaga borasan, To‘yda yurib Barchinoyni ko‘rasan, Mening so‘zim unga ma’lum qilasan, Barchin gulga nasihatni berasan. Yaxshi odam ko‘nar tangri ishiga, Quloq sol yengangning bul nolishiga, Men qo‘rqaman Ultontozning zulmidan, Borolmayman Barchin kelin qoshiga. Barimiz suyanib bunga qolganmiz, Alpomish o‘rniga Barchin deganmiz. Qaysi yurtda ul Alpomish o‘ladi, Ketib barimizni sarson qiladi, Bu Barchin ham qo‘ldan ketib boradi. Har na desang, aytganingga ko‘ndirgin, Xafa qilmay Barchinoyni kuldirgin, Qanday bo‘lsa Ultontozga tegmasin, Shu so‘zimni Barchinoyga bildirgin. Ayronliq o‘tiga bag‘rim dog‘latib, Alpomish deb firog‘inda yig‘latib, Ultontozni sira qabul qilmasin. Elda yurib bo‘tadayin bo‘zlaydi, Qariganda u qayerni izlaydi?! Alpomish deb jigar-bag‘rin tuzlaydi. Yolg‘iz uldan judo bo‘lib qolgan-da, Barchinga suyanib kunlar ko‘rgan-da, Qariganda uldan judo bo‘lgan-da, Ulton uni xizmatiga solgan-da! Hozir Ulton elimizga to‘radi(r), Barimizga ko‘p bir azob beradi, Zo‘rlik bilan Barchinoyni oladi, Barchin ketsa, bobosi yig‘lab qoladi, Yig‘laganda nima iloj qiladi, Bir obloning qilganiga ko‘nadi, Taqdiriga banda rozi bo‘ladi, Bu so‘zlarni yengang aytib to‘radi. Sen ham, bildim, bugun qo‘ydan kelasan, O‘z-o‘zingda to‘yda chalqib yurasan, Deganimni Barchinga bildirasan, Chaqirib op ko‘p nasihat berasan, Barchinni so‘zingga ko‘ndirasan. Qayta boshdan biy bobosi o‘lmasin, Alpomish o‘lgani ma’lum bo‘lmasin, Ultontozga sira ixtiyor qilmasin, Nasihat kil, zo‘rlaganman ko‘nmasin. Bobosining yetagida bo‘ladi, Xizmat qilib biyning ko‘nglin oladi, Barchinni ham zo‘rlab yo‘lga soladi. Bu so‘zni aytib, bir katta ilikni olib, Yodgorga ushlatib yubordi. Yodgor ilikni qo‘liga ushlab, bir yog‘ini og‘ziga tishlab, enasining qoshiga ketdi. Bir necha devonbegilar aytdi: – «Qo‘ltoy» juda yurtni buzdi, Yodgorning qo‘lidan ilikni olib qo‘yinglar. Bir nechasi aytdi: – Kel-ye, «Qultoy» ham o‘zimizning kattamiz-da, kattalik qilib bir ilikni olib berdi. Bir ilikni Yodgoroq yeyaqo‘ysin. Bu so‘zni Ultontozga aytib, otasiga qarab ham bir so‘z aytib turgan ekan: Mirzamsan, eshitgin aytgan so‘zimdi, Ko‘p yeb edim men ham sening tuzingdi, Sen turgin, menga xizmat lozimdi(r), Xudo olgan sening polvon qo‘zingdi, Qariganda xizmat qilgan o‘zingdi(r). Senga so‘z aytadi Qultoyday nochor, Men turganda, Sizga xizmat ne darkor, Qo‘lingman-da, men bo‘layin xizmatkor, Qultoy qo‘lning e’tikodi shul bo‘lar, Mirzamsan, meshingni bergin, ko‘taray. Ko‘targan meshingni sendan tilayin, Bu azobdan seni xalos qilayin. Ko‘p yeganman, tuzingdoqlab turayin, To‘yxonaga men ko‘tarib borayin, Sening uchun o‘zim xizmat qilayin. Azamat mard eding, bo‘lgansan nochor, Suvli meshing menga bermog‘ing darkor, Qariganda abgor qilgandi qullar, Qartayganda bejoy qipti xizmatkor. Yana bahor bo‘lsa ochilar gullar, Gulistonda mast bo‘p sayrar bulbullar, Bulutlar mast (bo‘lsa), chalqiydi qo‘llar, Sening uchun men bo‘layin xizmatkor. Men ham Qultoyidim, holim bilayin, Qariganda sening ko‘ngling so‘rayin, Meshni bergin, men ko‘tarib yurayin. To‘yxonaga o‘zim eltib berayin. Yuragingda bordir alamli darding, Yurtdan ketgan bir suyangan farzanding, Seni ko‘rib qolmadi-ku toqatim, Sen turgin, bo‘lsin mening xizmatim, Qariganda shunday bo‘pti mehnating. Bu so‘zni eshitib, Boyburi ham «Qultoy»ga qarab, bu so‘zni aytib turgan ekan: Falakning gardishi, obloning ishi, Obloning ishiga ko‘nmaymi kishi, Haq deb chiqar, g‘amli qulning dovushi, Eynima ortilgan bu suvli meshi. Xudoning taqdiri shunday bo‘ladi, Nima qilsa, banda bunda ko‘nadi, Ko‘nmaganda, nima iloj qiladi, Senday Qultoy kelib meshni so‘radi. Qariganda men bilmayman ishimni, Shum falak gangitdi aziz boshimni, Senga bersam men ham suvli meshimni, Turgan qullar menga ta’zir beradi. Azob berib, balki meni uradi, Bir nechalar ahvolima kuladi, Azali taqdirim shunday bo‘ladi. Qo‘ygin, Qultoy, o‘zim qilay xizmatdi, Yolg‘iz farzand o‘z oyog‘idan yitdi, Suyganin op edi, ul yo‘q bo‘p ketdi. Rahbar bo‘lib, Qultoy, qilma xizmatdi. Xudo soldi bizga bunday kulfatdi, Hozir bizdan qaytgan qancha davlatdi. Oh urganda ko‘zda yoshim sel bo‘ldi, Ko‘z yoshima yoqalarim ho‘l bo‘ldi, Necha vaqt so‘radim bek bo‘lib eldi, Oxirida ko‘rgan kunim shul bo‘ldi. Qultoy, o‘z urug‘imni mendan so‘rama, Ko‘pning biri bo‘lgin, menga qarama, Meshni senga bersam, bular qo‘yama?! Ketgin, Qultoy, lodon ko‘ngling bo‘lmagin, O‘z-o‘zingdan gapni sotib olmagin, Ko‘p aynalib mening ko‘nglim bo‘lmagin, Meshni so‘rab sen ham ishdan qolmagin. Bu so‘zni eshitib, «Qultoy» yana bir so‘z aytib turgan ekan: Chechanlikdan gapni gapga ulayin, Ko‘ngilda borini ayib turayin, Meshingni ber, bu qullarni sinayin, Ta’zir bersa, o‘zim javob berayin. Kecha-kunduz haqqa firon etarman, Umrim o‘tib men ham qo‘yda yotarman, Mehnat qilib yurib bunda yotarman, Ta’zir bersa, o‘zim javob aytarman. Ahvolingni ko‘rib ko‘nglim buzildi, Diyda giryon bo‘lib bag‘rim ezildi, Shu so‘zlarga javob aytmay ne bo‘ldi?! Bu so‘zdaytib meshni endi tiladi, Boybo‘ri injilib bazo‘r ko‘nadi, Bilmaydi bu qullar qanday qiladi, Qultoy qo‘ymay minnatdor bo‘p so‘radi, Noiloj o‘ylanib meshni beradi. Shu zamonda «Qo‘ltoy» ko‘nglin xushladi, Ikki qo‘llab endi meshni ushladi, U meshni eyniga qoqib tashladi. Bu meshni ko‘tarib «Qultoy» jo‘nadi, Kim do‘st, kim dushmanin shuytib biladi, Otasiga mehribonlik qiladi. To‘yxonada xaloyiqlar qaradi, «Qultoy» juda shunday xizmat qiladi, Boybo‘rining meshin olib keladi, Bu to‘yda odamlar gap qip turadi. «Bu «Qultoy»ga ne bir balo bo‘ladi, Boybo‘rining meshin olib keladi. Bekning so‘zin na’ma-sima qiladi, Bek Ultontoz bilsa, «Qultoy» o‘ladi, Jun yurmay, bachchag‘ar bunday qiladi, Baloni o‘ziga sotib oladi, Ulton bilsa, bilganiday qiladi. Barcha odam shunday so‘ylab turadi, Qariganda Qultoy aynib o‘ladi, Xon ko‘rsa, qattiq azob beradi». Borayotib «Qultoy» buni biladi, Bilsa ham bir bilmamish bo‘p boradi, Eshitmagan kishi bo‘lib jo‘nadi, To‘yxonaga endi yetib qoladi. G‘animlar sirini bunday foshladi, Kim g‘arib bo‘lsa, ko‘nglini xushladi, To‘yxonaga endi meshni tashladi. Xizmatkorlar o‘rtaga olib qoladi, Meshi bilan ko‘p suv olib boradi, Oshpazlar qozonga suvni soladi, Har qaysisi o‘z ishida bo‘ladi, Balli, bobo, deydi, savol qiladi, «Qultoy» qaramaydi, bundan jo‘nadi, Ultonbek oldiga qaytib keladi. Kelib, to‘yni qulluq bo‘lsin qildi. Ultontoz qulluq bo‘lsinini olib: –Bobo, qo‘ydan kelgan ekansiz, – dedi. «Qultoy» turib aytdi: – O‘g‘lim, qo‘yda yurib, seni to‘y berayotir, Alpomishning xotinini olayotir, deb eshitdim, nima bo‘lsa, zamon o‘zimizniki bo‘lib qoldi, deb qo‘yda ham turgim kelmadi. Ultonbekning to‘yiga borayin, inqillab paloviga to‘yayin, o‘ngg‘ayi kelsa, to‘ppi, ro‘molini olayin, deb sola berdim. Ultontoz turib aytdi: – Bobo, kelsangiz, yaxshi kelibsiz, oshpazlarning ichiga boring, bir qozonga o‘t yoqqich bo‘ling, oshning ko‘tini-betini yeb, xo‘b qorningizni to‘yg‘izib oling. «Qultoy» turib jo‘nab ketdi. Oshpazlarning ichiga oralab ketdi. Qirq oshpaz qirq qozonni osib oshni pishirib yotibdi. Har yigitlar o‘t yoqqich bo‘lib turibdi. «Qultoy» har qaysiga teginayotibdi. – Bobo, senga bir gap bo‘ldimi? – desa, – Zamon o‘zimizniki bo‘p qoldi, – deydi. Bir yigitning yelkasidan oldi, olib turib yerga bir urdi. – Men nima qildim, – deb entikib qoldi. – O‘g‘limning to‘yida o‘zim o‘t yoqaman, – deb siriqni qo‘liga oldi. Bir qozonga o‘t yoqqich bo‘ldi. Hamma oshni pishirmak bilan bo‘lib yotdi. Bul bu yoqqa o‘tdi, u yoqqa o‘tdi, bir qozon oshni pishmay turib quritdi. Alpomish bor vaqtida ozod qilgan Farmonqul degan quli bor edi. Ko‘rdi, bu qul to‘yga bakovul bo‘lib turibdi. Bu vaqtida Yodgor to‘yxonani oralab kela berdi. Bakovul kapkirni sermab yubordi: – Enag‘ar, to‘yxonada senga nima bor? Kapkir Yodgorning beti-og‘ziga tegib, og‘zi qonab, chirqillab yig‘lab qoldi. Muni ko‘rib, «Qultoy» bakovulga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Shamol tursa, shobirlaydi shoterak, Yodigorga zulm qilma, badirak, Bir ilikman go‘shting ado bo‘lami?! Alpomish borinda rahbar bo‘lgandi, O‘ylagin otasi ozod qilgandi. Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘lami, Oblo sening aqli-xushing olami, Alpomish arvohin hurmat qilmading, Bir ilikman go‘shing ado bo‘lami?! «Qultoy»qo‘lning so‘zin sen ham bilasan, Yodigorga nega zulm qilasan, Pisand qilmay, bunga azob berasan, Go‘shtga to‘yib, ko‘tarilib turasan, Yodigorni juda bejoy urasan, Bu yerda sen bir nokaslik qilasan. Kattalikning ishi shunday bo‘lami, Behuda yetimga azob berami, Bergan bilan go‘shting ado bo‘lami? Yodgorning qo‘yini so‘yib olasan, Shuning orqasidan katta bo‘lasan, Mol egasini sen ham nega urasan, «Qultoyning» so‘zini shunday bilasan. Bu so‘zni eshitib, bakovulning xotini kelib, bakovulga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Senday boyqish nega menman bo‘lasan, Men biluvda erta choshka o‘lasan, Yodigorga nega zulm qilasan? Ertan sen ham ko‘p azobni ko‘rasan. Sen eshitgin menday mungliq tilini, Nega urding Alpomishning ulini? Tanimaysan munda kelgan kishini, Kim ko‘tardi Boybo‘rining meshini?! Bilsang qullar beribyotir oshini, Ertan choshka kesar qulning boshini. Bilmay ko‘tarilib, menman bo‘lasan, Hozir go‘shta to‘yganingni bilasan, Men biluvda ertan choshka o‘lasan, Elga yo‘lbars oraladi, bakovul. Ertan senday sho‘rli bundan o‘tadi, Qilgan ishing bu oldingga qaytadi, Qo‘ling boylab, seni haydab ketadi, Boshing kesib, seni dorga tortadi, Sho‘rli yozgan, to‘g‘ri yursang netadi, Menmanliging bu boshingga yetadi. Ertan seni bilganiday qiladi, Bola-chaqang yebir-yesir bo‘ladi, Senday menmanlarning boshin oladi, Qul bitganga qiyomat bo‘p qoladi, Yo‘lbars kelib, yurtiga oraladi. Bu so‘zni eshitib, bakovul ham bir so‘z aytib turgan ekan: Sen, singlig‘ar, yosh vaqtingdan shum bo‘lding, Alpomish kelganin qayoqdan bilding?! Dovshingni astaroq chiqar, singlig‘ar, Ulton shohim bilsa, sen tayin o‘lding. Magar bilsa ko‘zdan to‘kar yoshingni, Yig‘latadi qovmi-qarindoshingni, Bilsa qilar endi sening ishingni, Zulm bilan Ultonbek kesar boshingni, Ukasini. . . Alpomishingni, Singlig‘ar, astaroq chiqar dovshingni. Ko‘p yashasin, Ulton shohim o‘lmasin, Alpomish otiman o‘chsin, yelmasin, Sening bu so‘zingni shohim bilmasin, O‘zi yaxshi, yomonlikni ko‘rmasin. Agar bilsa, bilmaganing bildirar, Do‘st yig‘latar, dushmaningni kuldirar, Yosh boshingdan to‘yxonada nima bor, Tur yo‘qol, singlig‘ar, endi uyga bor, Ulton shohim bilsa, seni o‘ldirar. Yosh boshingdan gap yetaklab yurasan, To‘yxonada necha gap gapirasan, Singlig‘ar, sen bir baloni qilasan, Bilib qolsa, Ultonbekdan o‘lasan, O‘lgan Alpomishni og‘zingga olasan. Bilsa agar, o‘tta solib quydirar, Og‘zingga qo‘rg‘oshinlar quydirar, Alpomish deb gapirsa, o‘ldirar, Bu gaplardan sen, singlig‘ar, bexabar. Yo‘q gapni bor qilib olib kelasan, Yo‘qolgin qoshimdan, nima olasan, Necha so‘zni bunda boshlab turasan, Yurt so‘ragan Ultonbekni bilasan, Keta ber, singlig‘ar, tayin o‘lasan. Bu so‘zni bakovuldan eshitib, tag‘i xotini bir so‘z aytib turgan ekan: Xudo deyin, yarattanga jilayin, Kichiklikdan g‘arib qilgan xudoyim, Alpomish kelganin qaydan bilayin. O‘z elinda shohlik g‘amin yeb edi, Boybo‘riga qaysing rahbar bo‘b eding? Kim ko‘tardi Boybo‘rining meshini, Ul sababdan bildim Alpomishini. Eshitgin sen menday mungliq tilidan, Mesh ko‘tarar kelmas Qultoy qo‘lidan, Shuytib umid qildim biyning ulidan. Hech kim bilmas elga kelgan sultondi, O‘z ko‘ziman bilar elda dushmandi, Eli-yurtin shunday qilib ko‘rgandi(r), Qultoy bo‘lib hiyla bilan kelgandi(r), Tanimaysan elda yurgan polvondi. Kelibdi yurtiga sog‘u salomat, Ustida bor necha turli alomat, Erta choshka dushmanlarga qiyomat, Bilmading, elga kelgan azamat. Qultoy bo‘lib yurgan ketgan polvondi(r), Hozir bilsang jonsiz(josus) bo‘lib yurgandi(r), Turib o‘yla, Ultontozing o‘lgandi(r), Bu yurtning sohibi yetib kelgandi(r), Ertan choshka qilar bejoy maydondi. Bilgan dushmanlarga bermaydi omon, Shoshmay ko‘rib yurgan, bilsang, bul sulton, Ertan choshka bo‘lar qorong‘i tuman,Changalidan qutulmaysan sen omon, Har ishdan Yodgorni urganing yomon, Toqat qilib turolmaydi musulmon, Ertan qilar bunda oxirat zamon, Eliga salomat kelgan u sulton. Bu so‘zni xotinidan eshitib, bakovul ham yana bir so‘z aytib turgan ekan: Ko‘zingdin to‘kilgan selob nur bo‘ldi, Qultoy bobong tanimayin ko‘r bo‘lding, Sen, megajin, yosh vaqtingdan o‘r bo‘lding, Ketgin endi, o‘ladigan shur bo‘lding. Qora zulfing eshilgandir tol-tol, Har toliga bersa yetmas dunyo mol, Aytgan so‘zga sen, singlig‘ar, quloq sol, Magar dushman kelsa bo‘ladi poymol. Yosh vaqtingdan to‘yxonada nima bor, Sen o‘lib, men bo‘lmayin chiqimdor, Tur yo‘qol, singlig‘ar, endi uyga bor. Mendayin nomdorning ko‘nglin bo‘lasan, Ketmaysan, hali ham so‘ylab turasan, Muncha so‘ylab, to‘yda nima qilasan, Ket endi, singlig‘ar, tayin o‘lasan. Ultonbekdir Qo‘ng‘irot elda zo‘rabor, Bularning qo‘lida qancha ham yurtlar, Elning kattakoni shunday muhrdor, Osiladi kunda qancha gunohkor, Sen gapni ko‘paytma, turgin, singlig‘ar, Ayab qo‘ymas, bilsa, seni o‘ldirar. Ayolsan-da, bir lodonlik qilmagin, Gap quvib sen bu yerlarda turmagin Darkor emas, bunday so‘zni bilmagin, Uyga ketgan, o‘z yo‘lingdan qolmagin. Sen ayolsan, yurgan bitta mushtipar, Bilmasa, shohima birov yetkirar, To‘ygarchilik, juda odam ko‘p bo‘lar, Eshitgan so‘ng seni ham haydab borar, Poyxatxtda seni qamab ko‘p so‘rar, O‘z tilingdan bo‘lma endi gunohkor, Ket, singlig‘ar, qanday bo‘lsa, uyga bor. Bu so‘zni bakovul aytib, xotinini koyib yubordi. Yodgor enasining oldiga ilikni ushlab kulib kirib bordi. Enasi kulib borganini ko‘rib, vaqti xush bo‘lib, bir so‘z aytib turgan ekan: Men yig‘ladim yaratganga zori-zor, Zorimni eshitsa qudratli jabbor, Duogo‘ying(menman), enang mushtipar, Ne sababdan kulib kelding, Yodigor? Yo‘qsa, bolam, bir lodonlik qildingmi, Yo birovdan bir ilik, so‘z bildingmi, Ul sababdan lodon bolam, kuldingmi? Havolanib uchgan suqsur shaylansin, Har yerda dushmanning qo‘li boylansin, G‘animning ichiga g‘amlar joylansin, Jasadingdan menday enang aylansin. Ne sababdir, kulib kelding, Yodigor, Seni ko‘rib mening ko‘nglim bo‘linar Qizlarning ichida menman o‘dag‘a, Qarchig‘a qush erkin qo‘nar xodaga, Bachchalar molini haydar podaga, O‘lim navbat yetar shohu gadoga, Jasadingdan menday enang sadag‘a. Ne sababdan kulib kelding, Yodgorjon? Men bilmayman, bolam, kulgan o‘yingni, Ko‘rib quvonaman sening bo‘yingni. Yarashiqqa ponza ro‘mol o‘rayman, Gul tarzim sarg‘ayib senga qarayman, Kulganingni, bolam, sendan so‘rayman. Sening otang Qo‘ng‘irot elda bek edi, Senga hech kim rahbar bo‘lgan yo‘q edi, Necha yil kiyganim bekning ko‘kidi, Senday bolam sira kulgan yo‘q edi, Aziz boshing, bolam, sarson bo‘p edi, Har ko‘rganda enang hayron qop edi. Sensan ko‘rar ko‘zim, bolam, mehribon, Sening ahvolingni enang so‘ragan, Ne sababdan kulib kelding, Yodgorjon? Bu so‘zni eshitib, Yodgor ham enasiga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Enajon, quloq sol aytgan tilima, Balki erkin bo‘ldim Qo‘ng‘irot elima, «Qultoy» bobom ilik berdi qo‘lima, Ul sababdan kulib keldim oldinga. Necha yildan beri men ham sargardon, Boshimdan ketganday qayg‘uli tuman, Ko‘nglima qo‘rqqanday bo‘ldi ko‘p dushman, «Qultoy» bobom menga bo‘ldi mehribon. Ul bakovul urib ta’zir beradi, Qarab turib «Qultoy» bobom ko‘radi, Bakovulni koyib izza beradi, Yig‘lama deb manglayimni siladi, Barcha odam indayolmay turadi, Menga go‘shtli ilik olib beradi, Vaqtim xush-da, ena, kulgim keladi, El ichinda menga rahbar bo‘ladi. Manglayimni silab, ko‘nglim so‘radi, Boshdan oyog‘imga juda qaradi, «Qultoy» bobom shunday ishni qiladi, Yodgoring ko‘ngli shodmon bo‘ladi, Shuytib vaqti xushdi, kulib keladi. Xayolima «Qultoy» bobom zo‘rabor, Boboma botmadi-ku ko‘p qullar, Indamadi necha turgan amaldor, Bobom «Qultoy» shunday ishlarni qilar, Mehribon bo‘p ko‘p ko‘nglimni ko‘tarar. Bolam deydi, menga rahbarlik qilar, Qo‘lganim boisi, ena, bul bo‘lar, Vaqti xushdir, kulib keldi Yodigor. Bu so‘zni Yodgordan eshitib, enasi bir so‘z aytib turgan ekan: Qultoy bobong o‘z kunini ko‘rolmas, Qultoy bobong senga ilik berolmas. Qultoy bo‘lib bolam, otang kelgandi, Mungg‘ayganda ahvolingni ko‘rgandi, Qultoy bo‘lib to‘yxonada yurgandi, Ko‘rib senga mehribonlik qilgandi, Bolam, senga otang ilik bergandi, Inshoollo, ko‘rarmiz shunday polvondi. Xazon bo‘lsa bog‘da gullar so‘lgandi, So‘lgan gulga bulbul kelib qo‘ngandi, Kashal yurtta ketgan otang kelgandi, Yetti yil Qalmoqda bandi bo‘lgandi, Omon-eson undan ozod bo‘lgandi, Eli-yurtin hozir kelib ko‘rgandi, Inshoollo, ko‘rarmiz shunday polvondi. Sening otang elda zo‘rabor edi, Bu yurtda belgili bir qaysar edi, Qatorinda chirqillagan nor edi, Qo‘ng‘irotda bir tanho shunqor edi, Dushman ko‘rsa, och bo‘riday doridi, O‘zin bilsang, misli aydahor edi, Bolam, sening shunday otang bor edi. Davron surar edi Boysin eliga, Dushman qirqib chiqolmaydi yo‘liga, Olmos qilich olar edi qo‘liga, Qon quyardi dushmanlar mazgiliga. Bilsang, otang shunday zo‘rabor edi, Shul erning bolasi bul Yodgor edi, Necha yildan beri elda xor edi, Shu zo‘rning qadami bunda doridi, Menday enang unga intizor edi, Jonim bolam, qaysar otang bor edi. Qadrdon beklar bu so‘zni eshitib, endi qanday bo‘ldi, deb barini vahm bosib qoldi. Uyda turib, qadrdon beklarga qarab, Ultontozning zulm qilganini bilib, bul beklarning diltang bo‘lganini ko‘rib, Barchin bir so‘z aytib turgan ekan:Eshit, beklar, mening aytgan nolamni, Vayron qilmay bunda kulbaxonamni, Sizlar uchun beray sag‘ir bolamni, Qaytay, xafa qilma menday sanamni. Qadrdonsan, beklar, eshit tilimni, Qullar qattiq qildi senga zulmni, Sizlar uchun beray sag‘ir o‘limni. Haydab boring parli yoyning qoshiga, Egam rahm qilsin ko‘zda yoshiga, Bolam rozi bo‘lar tangri ishiga. Xazon bo‘lsa bog‘da gullar so‘ldirar, So‘lgan gulga bulbullarni o‘ndirar, Norimning yukini norcham keltirar, Nor yuki har qanday otni o‘ldirar, Er bolasi Sher-da, sag‘ir Yodigor, Otasining yoyin Yodgor keltirar. Mungliqman, eshitgin so‘ylar tilimdan, Yoyga borsang, umid uzgin joningdan, Yoy op kelmak kelmas sening qo‘lingdan, Xudoyim saqlasin nohaq o‘limdan. Yarashiqqa men zulfimni tarayin, Sizlar uchun Yodgorjonni berayin, Behuda baringni nobud qilmayin, Yodigorni o‘ldirganin ko‘rayin, Og‘ir yoydir, bilsang ul ham zo‘rabor, Haybati, salmog‘i uning ancha bor Sizlarning qandayin quvvating kelar, Qo‘zg‘ay olmas to‘rt yuz, besh yuz odamlar, Yoyga borib zulm bilan o‘lmanglar, Yodgorni op bor, o‘z boshinga bormanglar. Bu so‘zni aytib, Yodgorning vaqtini xushlab turdi. (Endi) bu to‘yda qullarning yoyandozlik o‘yin boshlab yotgan yeri: Qullarning bari yig‘ilar, Xo‘p gurgumali to‘yni qilar, Barcha xaloyiq yig‘ilar, Katta-kichik kelgan ellar, Elni duvlatib to‘y berar, Necha qullar sardor bo‘lar, Qirq kungachayin osh berar. Nishona boyladi qullar, Mast bo‘lib yotir bachchag‘ar, Elga tomosha ko‘rsatar, Har qaysisi yoyni otar, Nishonani ko‘zlab tortar. Bu yig‘inni «Qultoy» ko‘rib, Odamlarman borib turib, Xo‘p zamon deb hayron qolib, Qizu juvonlar yig‘ilib, To‘ygarchilik o‘yin qilib, Hamma birday o‘ynab-kulib. Eli-xalqning aqlin olar, Hamma «Qultoy»dan bexabar, Barchinoyga odam kelar, Tekkin deb nasihat qilar, Tegmayman deb o‘rlab turar. «Bilgin, Ultonbek zo‘rabor, Qo‘lda qancha mamlakat bor, Barchinoy, qilgin ixtiyor Sening bu o‘rliging bekor». So‘z aytar necha odamlar, Quloq solmaydi zulfakdor. Qaytib bundan odam borib, Ultontozga to‘g‘ri bo‘lib, Tegadi deb javob berib, «Ustidagi yashil ko‘kdi, Barchinoy sizni xohlabdi». Aytib yurur bekor so‘zni, Ahmoq gapga ko‘tarmalab, Sherday qilib Ultontozni, Barchin bilmas bunday so‘zni, Teng ko‘rmaydi Ultontozni. Barchinoyning ko‘nglin bildi, Uzilmasdan odam keldi, Kelganlarga ozor berdi. «Kim sizlarni ahmoq qildi, Qo‘lidan kelganin qilsin, Xohlamayman unday quldi, Eli-xalq, sizga ne bo‘ldi?» Bu so‘zni Barchin aytdi, Bir necha uyalib qaytdi. Odam shunday bo‘lib yotdi, «Qultoy» mard ishni ko‘rsatdi. Qullarning yoyini olib, Ko‘zlab nishonani otdi, Shiqirlatib yoyni tortdi, Bu o‘yinga yig‘ilgan yey, Hammasi ham sinib ketdi. Ko‘p odam hayron bo‘p yotdi. «Qultoyda bu qanday g‘ayratdi, Tortgan yoyi sinib ketdi, Qultoyda yo‘q bu quvvatdi(r). O‘zimizga ma’lum Qultoy, Yaqinda kuch berdimi xudoy? Bu Qultoyda bir balo bor, Hech kim bo‘lolmas barobar». Yangi ko‘rgan xaloyiqlar Hayron qolib bari so‘rar. «Bobo, ishing qanday bo‘lar, Yoy tortuvni qaydan bilding? Qancha yoylarni sindirding, Sen kimdan ta’lim olding? Yoyandazlikni ne bilding?» Hamma «Qultoy»ning qoshiga, So‘rab yotir o‘z boshiga, Qoyil bo‘p «Qultoy» ishiga. «Qultoy» bobom javob berar, Shunday qip anga gapirar. «Bilmaysan, «Qultoy» zo‘rabor Ilgaridan xo‘p havaskor, Dobonbiyning parli yoyini Tortib bul «Qultoy» o‘rganar, Arpa ko‘lda birga yurgan, O‘n to‘rt botmon yey tortganda, Alpomish ham hayron qolar». «Qultoy»: O‘rga tortib yoyilar qo‘ying, Bodom, yor-yor, Nov terakday ulashgan bo‘ying, Bodom, yor-yor, Qariganda kelinli bo‘laqobsan, yor-yor, Qulluq bo‘lsin, yengajon, to‘ying, Bodom, yor-yor. Bodom bikach: Soyi-soyi saykalay qo‘ydi boshlay, yoy-yoy, Qalam qoshli yengalay o‘lan boshlay, yoy-yoy, Qiziq-qiziq aytinglay, qiz-kelinlay, yoy-yoy, Qizib ketsa, Ultonbek tenga tashlay, yoy-yoy. «Qultoy»: Sari ko‘sam sarkalar qo‘yni boshlar, yor-yor, Qalam qoshli yengalar o‘lan boshlar, yor-yor, Qiziq-qiziq aytmanglar, qiz-kelinlar, yor-yor, Alpomishdan qolgan molni Ultontoz kimga tashlar, yor-yor. Bodom bikach: Uyning ko‘yki tuvuylik, uzuk bo‘lay, yoy-yoy, Qizning ko‘yki bilazuk, uzuk bo‘lay, yoy-yoy, Qiziq-qiziq aytinglay, qiz-kelinlay, yoy-yoy, Bu o‘lanning oxiyi qiziq bo‘lay, yoy-yoy. «Qultoy»: Uyning ko‘rki tuvurlik, uzuk bo‘lar, yor-yor, Qizning ko‘rki bilazuk, uzuk bo‘lar yor-yor, Qiziq-qiziq aytmanglar, qiz-kelinlar, yor–yor, Bu o‘lanning oxiri buzuq bo‘lar, yor-yor. Bodom bikach: – «Qultoy», senga biy balo bo‘ldimi, gapni aynitib aytasan, – dedi. «Qultoy» aytdi: – Yenga, ko‘nglingga og‘ir olma-da, men qoyim aytayotirman. – Unday bo‘lsa go‘yga, – deb tag‘in boshlay berdi. Bodom bikach: Qaydang kelding, Qultoyqo‘l, qaydan kelding, yoy-yoy, Ko‘k qayg‘aday qangqillab qo‘ydan kelding, yoy-yoy. «Qultoy»: Hovi sening, yengajon, ravishingga, yor-yor, Zebodayin bu mayin dovushingga, yor-yor, Duppa-durust odamni qarg‘a deysan, yor-yor, Ko‘k qarg‘alar uya qo‘ysin quvushingga, yor-yor. Bodom bikach: Andiyama, Qultoyqul, mandiyama, yoy-yoy, Sakkuch degan ko‘pakday sandiyama, yoy-yoy, Oh changalning tubiga chiyib keldim, yoy-yoy, Ichib olsang, chuvchuning qondiyama, yoy-yoy?! «Qultoy»: – Men sizlarga burungi kuchimni aytay, Alpomishning Alpinbiy bobosidan qolgan, o‘n to‘rt botmon birichdan, bo‘lgan (yoyi bor edi). Arpalining ko‘lida yotib, Alpomish bilan ikkovimiz yoy tortishar edik. O‘n to‘rt botmon yoyni ko‘tarib tortar edik, yoyining o‘qi yashinday bo‘lib ketar edi. Asqar tog‘ning katta cho‘qqilarini yulib o‘tar edi. Alpomishning yoyining o‘qidan mening yoyimning o‘qi o‘tar edi, – dedi. Bu so‘zni eshitib, turgan odamlar aytdi: – Bobo, siz qariganda aynibsiz, endi ko‘tarilma-loppi bo‘psiz, o‘n to‘rt botmon deganingiz, bir og‘ir narsa. «Qultoy» aytdi: – Aytovur biz og‘ir-yengilini bilmas edik, biz uni chivincha ham ko‘rmas edik. Qullar aytdi: – Shu Alpomishning yoyining qayerda qolganini bilmaymiz, bilsak, olib kelib berib, torttirib ko‘rar edik. «Qultoy» turib aytdi: – Sizlar bilmasanglar ham, men bilaman, yetti yil bo‘ldi Alpomish borib bandilikdan o‘lib ketganiga. Alpomish ketganda, Arpalining ko‘lida qolib edi, shundan beri ajriq bosib yotgandir. Shunda qullar odam buyurdi. Yoyning bor ekanini ko‘rdi, ko‘p qo‘sh ho‘kizlarni haydab bordi, yoyni qimirlata olmadi. Shunda Ultontoz siyosat qilib, bu so‘zlarni aytdi: Baring ham Qo‘ng‘irotda davron surgansan, Alpomishman bir suhbatda turgansan, Shuning bilan xo‘b o‘tirish qilgansan, Alpomishman elda birga yurgansan, Beklik qilib baring in’om olgansan, Ko‘hna beklar, sherning ishin ko‘rgansan. Ultonbekning aytgan so‘zin bilasan, Ko‘hna beklar, baring xizmat qilasan, Bu yoyning xadisin baring bilasan, Biring qolmay, Arpaliga borasan, O‘n to‘rt botmon yoyni tortib kelasan, Shunday Ultonbekka xizmat qilasan, Xabar qilib baring qolmay yurasan, Ultonbekning hukumini ko‘rasan, Elda qolgan ko‘hna beklar, o‘lasan. Qo‘ng‘irot elda davron surib yotarman, Qilichima qirmiz qonlar qotarman, Hammangni Arpali haydab ketarman. Arpali ko‘liga haydab borayin, Qani sening tortmaganing ko‘rayin, Ko‘rmagan kunlarni senga solayin, Zo‘rligimni men ham ma’lum qilayin, O‘n to‘rt botmon yoyni olib kelayin, Qultoyga tortqizib yoyni ko‘rayin. Mening so‘zim xo‘b muxtasar bilinglar, Biring qolmay chakqon bo‘lib yuringlar, E’tiqodman juda g‘ayrat qilinglar. Menday bekning gapin hazil bilmagin, Baring borgin, biroving ham qolmagin, Bekoriga bunda qolib o‘lmagin, Azob ko‘rib qattiq kunda qolmagin, Yoyga bormay, sira uyda turmagin. Alpomish Kultoyning qoshidan qaytdi, ko‘tarinib borayotibdi, «Bo‘lay-shulay, deb Qultoy do‘qlasa, akam qaytib kep qo‘yardan ham toymas; o‘z ko‘zimiz bilan jo‘natib yuborayik», – deb qirqin kanizlari bilan Qaldirg‘ochoyim kelayotib edi, oldidan chiqib qoldi. Alpomish yerga qarab borayotib edi. Shunday boshini ko‘tarib qaradi, qarshi manglayiga kanizlari bilan singlisi kep qopti, qizlarni ko‘rib, uyalgan kishi bo‘lib, egar-abzalni tashlab yuborib, yo‘l ustida yonboshlab yotdi. Qaldirg‘och oyim ustiga borib, bu so‘zni aytib turibdi: Aytgan so‘zning poyomini bilsang-chi, Ko‘z kuyugi, ey, nar-moda o‘lsang-chi. Kecha-kunduz haqqa fig‘on etmagan, Qllichiga qirmizi qon qotmagan, O‘z moliga o‘zin vaji o‘tmagan. Qul deganga qahr qilmas bo‘lurmi, Yilqichidan bedov minmas bo‘lurmi, Qul deganning boshin olmas bo‘lurmi? Qultoyning do‘qidan qaytib kelasan, So‘raganda nima javob berasan, Sen ham odamman deb qanday yurasan, Uyalib yonboshlab yo‘lda qolasan. Bilsang, Qultoy yilqi boqar xizmatkor, Ko‘p do‘qlabdi ahvolidan bexabar. Sen so‘rasang, ular senga javobgar, Bu yurishing, bek aka, qanday bo‘lar? Odam ko‘rsa, yurishingga kuladi, Bu yurishing elga gap bo‘p qoladi, Jo‘natmoq bo‘p menday singling keladi, Bu yurishing, aka, ayib bo‘ladi. Yotmayin o‘rningdan endi tursang-chi, Buytib turmay endi g‘ayrat qilsang-chi, Bizi minan birga-birga borsang-chi. Bu so‘zlarni aytdi shunday mushtipar. Urnidan turgandir davlatli shunqor Oh urganda xasta ko‘nglin xushladi, Egar-abzalini yig‘ib ushladi, Shul zamon egniga qoqib tashladi, Qultoy qulga tag‘i yo‘lni boshladi. Yo‘lga tushib Qultoyqulga qaradi, Urgan yerda hali Qultoy turadi, Qaytay desa, bul singlisi keladi, Tag‘i urarmikin deb ketib boradi, Bu qizlar bilmaydi Hakimbek o‘yin, Hakimbek ilgari, singlisi keyin. Qultoyqulga birga ketib boradi, Hakimbek qizlardan ilgari o‘tar, Ilgari halloslab endi yo‘l tortar, Tavakkal qip borayotir muqarrar. «Qanday bo‘lsa, Qultoyqulga boray, deb, Qayta boshdan tag‘i so‘ylab ko‘ray», deb. Qultoy tagi do‘qlab, bu so‘zni aytib kela berdi: Bobongning so‘zini hazil bilasan, Sen g‘arbachcha, nega aynalib kelasan, Sen enag‘ar, bildim tayin o‘lasan, Nimishing bor, tag‘i nega kelasan?! Yana birov yo‘lda ko‘ngling bo‘ldimi, Tag‘i sening tayoq yeging keldimi? Siyosat qip Qultoy yaqin keladi, Bek Alpomish indamayin turadi, Har gap bo‘lsa, taqdiridan ko‘radi, Tag‘i kelib Qultoy buni uradi, Alpomishga tayoq o‘tib boradi. Tayoq o‘tdi, xasta ko‘nglin xushladi, Kutargan narsasin yerga tashladi, Qultoyqulning belbog‘idan ushladi. Jafolar solgandir tandagi jonga, Xazon bo‘lsa, zog‘lar qo‘nar gullanga, Tayoq o‘tib edi bunday sultonga, Qultoyqulni chirpib otdi osmonga. Otib kep yubordi davlatli shunqor, Qultoyqul havoda ko‘rinmay ketar. Davlatli xon shunday ko‘kka qaradi, Olchi-chikka bo‘lib endi aylanib, Qultoyqul osmondan tushib keladi. Ko‘kdan kelarinda Qultoy ne deydi: – Armon bilan o‘ldim g‘aming ye, – deydi. Yerga tushib Qultoy bobong o‘lmasin, Yilqilaring boz boquvsiz qolmasin. Har ne deb amr etsang, ani qilayin, Juda ildamidan ushlab berayin, Yerga tushib men ham nobud bo‘lmayin. Bu so‘zlarni aytib havodan yetdi, Uzalib Qultoyning belidan tutdi, Chalqaramon qilib yerga qo‘yibdi, Tizzasin ko‘krakka qo‘yib turibdi. – Bobo qani ushlab bering! – Qo‘ya ber, o‘g‘lim, ushlab berayin, – dedi. – Yo‘q, yotgan yeringda ushlab berasan! – dedi. – Turmasam, qaytib ushlab beraman, – dedi. – Esa meni nimaga buncha urasan? Qultoy ham zahar chol edi. Yotgan yerida bir qurhayt tortdi, to‘qson to‘qaydagi yilqi yig‘ilib qoshiga yetdi, hamma yilqilar jam bo‘lib turibdi. Dobonbiy bobosidan qolgan qo‘riqni Hakimbekning qo‘liga berdi. Hakimbek qo‘riqni qo‘liga oldi. Bu qo‘riqni yilqilarga solmoqchi bo‘ldi. «Saman sariga tush, yo olapocha to‘riga tush, shapaqning zo‘riga tush», – deb qo‘riqni soldi, yollari eshilgan ipakday bir chipor otning bo‘yniga tushdi. Ko‘nglidagi bo‘lmay, otdan ko‘p ko‘ngli to‘lmay: «Ko‘p nozik uchradi», – (deb) bu otni qo‘yib yubordi; yana qo‘riq soldi, tag‘i shuning bo‘yniga tushdi. «Bir balo qilasanmi, yo yomonlab o‘lasanmi, menga dardisar bo‘p qolasanmi», – deb qo‘yib yubordi. Qaytarib tag‘i qo‘riq soldi, tag‘i shu chiporning bo‘yniga tushdi. «Taqdirdagi shul ekan-da», – deb belbog‘ini otining bo‘yniga solib, egar-abzalining qoshiga yetaklab kela berdi, egar abzalining qoshiga borib, uyoq-buyog‘ini ko‘ra berdi. «Qanday bo‘lar ekan», – deb o‘ylanib turib edi, Qaldirg‘ochoyim ham kanizlari bilan kela berdi. Akasining tarziga qaradi. Qaldirg‘ochoyim akasiga bu so‘zlarni aytib, otni egarlab berayin, deb turgan yeri: Osha elga oshgan totar xo‘rlikni, Bek Alpomish qilar bugun erlikni, Bismillo, deb soldi otning ustiga Qimxobi mayindan bo‘lgan terlikni. Mard bo‘lganlar qaraydakan durbini, Ustalar ishlatar po‘lat qirg‘ini, Shul zamonda soldi otning ustiga Zarliyu zarbobdan bo‘lgan chirgini. Chirgining ustidan qo‘ydi bellikni, Boz ustidan soldi jahaldirikni. Mullalar o‘qiydi zeru zabarni, Ustalar chopadi tesha-tabarni Tilla korson, qoshi oltin egarni. El ko‘chirib Olatovdan oshirdi, Sirin aytmay dushmanlardan yashirdi, Ikkovi ham tilladandir uzangi, Yarqillatib ikki yoqqa tushirdi. Qishman yoz o‘rtasi hishshay savrdi(r), Yomon odam mudom qilar g‘ovurdi, Lof aytganga botmondan ham ovirdi(r)( og‘irdir) Bismillo, deb soldi otning ustiga Chochog‘i zumratdan zarli davirdi. Gana-gana bandalaring joyildi(r)( johildir), Xudo qilgan ishga banda qoyildi(r), Oy G‘aldirg‘och tortdi otning belidan Sirti ipak, ichi mayin ayildi. Chuv, desang, uzadi osmonda qushdan, Hech kamlik bo‘lmasa yo‘rg‘a yurishdan, Bismillo, deb tortdi otning belidan O‘n sakkiz qubbali chag‘atoy pushtan. Abzalining bari ola qayishdan, Sag‘risiga tashlab karki quyushqon, Har qubbasi kelgan katta tarkashdan. Otlantirmok bo‘ldi shundayin bekni, Gardaniga tashlab muldirikni. Abzallagan otni ko‘rib quvondi, Ot boshiga soldi tilla yugandi. Otni silab ko‘p parvarish qiladi, Paraqqos qip oti o‘ynab turadi. Ot sag‘risin bul kanizlar siladi, Boychiborni xo‘b abzallab bo‘ladi, Oy Qaldirg‘och olib kelgan libosni Kiygin, deydi, Xakimbekka beradi. Qiz bola shum bo‘lar, shunday uylabdi, Shul zamon kiygizdi mayin ko‘ylakdi, Boz bostirib kiydi bul kish telpakdi. Yurakdan kechirib oh bilan voyni, Kiygizdi ustiga yaxshi sarpoyni. Akasining aytgani bo‘lmay, otdan ko‘ngli to‘lmay, xafa bo‘lib turganini bildi. Otning tizginini akasining qo‘lidan olib, sag‘risini silab, o‘yoq-buyog‘iga qarab, «Yilqida yurgan har otlar bor, yulduzni ko‘zlagan, ne otlardan qo‘riqqa kemay, mening taqdirim shunday yomon otga qolgan», – deb turganini Qaldirg‘ochoyim bilib: – Xafa bo‘lma, bu oting balki tulpor chiqar, yomon dema, bul oting nazarkardadir, buni mingan odam ko‘p yerlarni ko‘radi, maqsadini haqdan topib qoladi, – deb akasining ko‘nglini ko‘tarib, qullu bo‘lsin qilib, bir so‘z aytib turgan ekan: O‘zi shunday kelgan ekan chovkar ko‘k, Quyrug‘idan berisinda kiri yo‘q, Minganlarga bo‘ladakan ko‘ngil to‘q, Buni minsang, aka, senga dushman yo‘q. Minganda irg‘iydi bu arg‘umog‘ing, Egar qoshga solsang oltin sadog‘ing, Borgandan tegadi bodom qobog‘ing, Qullu bo‘lsin, akajon, arg‘umog‘ing, Chopar ot o‘ynatib bundan borasan, Buni minsang, aka, yo‘lli bo‘lasan, Qalmoqlarning juda dodin berasan, Borgandanoq Barchinoyni olasan, Yana qaytib o‘ynab davron surasan, Bu otingdan ko‘p xosiyat ko‘rasan, Qullu bo‘lsin, akajon, arg‘umog‘ing. Yomon dema, aka, Boychiboringni, Ko‘ngildan chiqargin sen g‘uboringni, Sen bilmading bu asl tulporingni, Ot uchun bo‘lmagin sira ko‘nglingni. Borgandan olarsan ketgan yoringni, Nazarkarda bilgin bu tulporingni. Minsang, tangrim berar maqsadlaringni, Obod qilsang kelib kirdikoringni, Manglayin silagin bul tulporingni. Oting asli nazarkarda bo‘ladi, Bir nechalar sinamayin qoladi, Qamchi ursang uchar qushni oladi, Bunday ot har kimda qaydan bo‘ladi?! Minib ko‘rsang, aka, ko‘ngling to‘ladi, Sening oting juda beldor to‘ladi(r), Qichov bo‘lsa, olis yo‘lni oladi, Bul otdan, akajon, ko‘ngling to‘ladi, Qaldirg‘ochning so‘zi shunday bo‘ladi, Befarosat odam nima biladi, Uzoq yo‘lni yaqin qilib yuradi, Axir borib otdan ko‘ngling to‘ladi, Tulporman deganlar keyin qoladi, Sening izlaganing shul ot bo‘ladi. Ostingda o‘ynasa shundayin tulpor, Hech bir dushman bo‘lolmasin barobar, G‘animlarning dodin berar jonivor, Nazarkarda bilgin, aka, Boychibor, Qolmaydi ko‘nglingda zarracha g‘ubor, Barchin checham bul yo‘lingga intizor, Qichasang, yetkazar nazari Chibor, Shunday tulpor minib bormog‘ing darkor. Hech bir ishni qilolmaydi qalmoqlar, Ko‘rganlarning ko‘ngli to‘lar jonivor, Biyning qizi, borsang, bo‘lar xizmatkor. Shunday qilib, kiyintirib, keskir qilichlarni beliga boylab; Arpali qo‘lidan otlana berdi. Alpomishning Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birinchdan bo‘lgan parli sari yoyi bor edi. «Maboda dushmanning yurtida yoy tortishadigan kun bo‘larmi, odam bilmaydi, kerak bo‘p kolarmi», – deb yoyni egarning qoshiga solib oldi. (Qaldirg‘och ) akasini otlantirib, ot-anjomini choqlab, yaxshi bor, deb bul so‘zni aytib turdi: Qayda borsang, Shohimardon yor bo‘lsin, O‘nikimom, chilton jilovdor bo‘lsin, Dushmanlaring ko‘rsa seni zor bo‘lsin, Sog‘ borib, salomat kelgin, bek og‘a. Men mungluqman, ko‘zda selob yoshimdi(r), Bundan borib olgin gul buvishingdi, Qo‘ng‘irot elda qilgin o‘tirishingdi, Esga olgin menday emikdoshingdi. Eshitgin quloq sop aytgan nidoga, Ishingni solganman qodir xudoga, Sog‘ borib, salomat kelgan, bek og‘a. Xudoyim saqlagay bandani omon, G‘arib qulga egam bo‘lgay mehribon, Xonasillo(xolisanlillo) duo qildim bul zamon, oy borib, salomat kelgin, Alpinjon. Emikdoshim, eshit aytgan tilimdi, Sog‘-salomat qalmoq borib kel endi, Kelib obod qilgan kirdikoringdi, Yig‘latmagin ena, g‘amxo‘rlaringdi, Sen borib olarsan izlab yoringdi, Kelib obod qilgin o‘sgan shahringdi. Ostingda irg‘isa arabi tulpor, Bu yo‘lda ko‘rmagin, akajon, xatar, Sening duogo‘ying menday mushtipar. El ko‘chirib Olatovdan oshirdim, Ulug‘lanib ostonaga bosh urdim, Borgin, emikdoshim, haqqa topshirdim. Bu so‘zni eshitib, Hakimbek Qultoy bobosi bilan, Qaldirg‘och singlisi bilan xo‘shlashib, bir so‘z deb turgan ekan: Men ketarman yorim izlab, Bu jarohat bag‘rim tuzlab, Yolg‘izman, bo‘taday bo‘zlab, Bobom Qultoy, xush qol endi. Ketsin mendan ohu voyim, Obod bo‘lsin mazgil-joyim, Duo qilgan qiblagoyim, Otam Qultoy, xush qol endi. Yor savdosi keldi g‘olib, Men ketarman boshim olib, Bilmam necha kun yo‘l yurib, Qalmoq borarman axtarib, Qalmoq borib yorim ko‘rib, Otam Qultoy, hush qol endi. Bizman birga hamdam bo‘lgan, Bir emchakni birga emgan, Akam deb ergashib yurgan, Umid tortib bunda kelgan, Munglik singlim, xush qol endi. Senga yetgay akang so‘zi, Cho‘llarda to‘rt narkas ko‘zi, Sarg‘aymasin gulday yuzi, Izlaganim biyning qizi, Jonim singlim, xush qol endi. Jahonni sayl(sayr) etib yursam, Dushmanlarning dodin bersam, Yana qaytib elga kelsam, Emishdoshim, seni ko‘rsam, Kep yurtima ega bo‘lsam, Bunda kelib davron sursam, Emikdoshim, xush qol endi. Bundan ketsam bedov minib, Oshsam tog‘lardan yo‘l yurib, Yaxshi, yomon elni ko‘rib, Dushman ko‘rsam savash qilib, Dushmanlarning dodin berib, Necha kun qalmoqda turib, Qalmoqlarga kelsam g‘olib, Shahriga g‘alag‘ul solib, Men ketsam yorim axtarib, Ketgan yurtlarini ko‘rib, Karindoshlar holin so‘rib, Meni ko‘rsa shodmon bo‘lib, Kata-kichik xursand bo‘lib, Barining vaqti xush bo‘lib, Bir nechasi yordam berib, Bunda qoling duo qilib, Mehribonlar, xush qol endi. Bu so‘zni eshitib, Qaldirg‘ochoyim ham bir so‘z deb turgan ekan: Bir nechuk nomardga ko‘ngil bermagin, Lodon ko‘ngling har xayolga bo‘lmagin, Ko‘p yashagin, ko‘p yilgacha o‘lmagin, Yo‘lda nomardlarni hamroh qilmagin. Quloq solgin menday singling nolishiga, Egam rahm aylasin ko‘zda yoshiga, Yomonni yo‘latma otning qoshiga, Banda ko‘nar tangri qilgan ishiga, Achchiq qilib urma otning boshiga. Quloq son eshitgin ayg‘on nidoga, O‘lim navbat yetar shohu gadoga, Sog‘ borib, salomat kelgin, bek og‘a. Yoring bilan bo‘lsin elda suhbating, Toymasin boshingdan toju davlating, Sen kelgancha obod bo‘lsin elating, Sen ketgan so‘ng qolmas mening toqatim, Yuz alvon o‘ynaydi minganda oting, Yarqillar belingda keskir po‘lating, Qo‘lga tegsin izlagan parizoding. Senday akam mehnat tortib boradi, O‘lmagan dunyoning ishin ko‘radi, Ketgan elning bari xizmat qiladi. Barchin checham har kun yo‘lga qaradi, Oltoygacha senga intiq bo‘ladi. Sen yetmasang, qabohat kun bo‘ladi, Agar yetsang, bari hurmat qiladi, Sening bilan birga bo‘lib turadi. Bir bo‘p tursang, dushman nima qiladi?! Qasd qilsa ham ul angqayib qoladi, Jami o‘zbek bir og‘iz bo‘p ko‘radi, Menday singling duo qilib turadi, Sog‘ borib, salomat kel, deb qoladi. Ul yoriqdan chiqqan kishi: – Bu yerda otingizga joy bor, o‘zingizga joy yo‘q, – dedi. Hakimbek: – Otimizga joy bo‘lsa, o‘zimizga joy bo‘lmasa, bekor ekan-da, – deb turib edi, yana bir kishi chiqib: – Berman hayday bering, o‘zingizga ham joy bor, otingizga ham joy bor, – (dedi). Bu yer chiltanlarning mazgilgoh joyi edi. Shohimardon piri chiltanlarning suhbatida edi, shu vaqtda ravzaga jo‘nab ketib borayotib edi. Shohimardon piri chiltanlarga aytdi: – Bul bachcha bizning muridimiz bo‘ladi, bugun sizlarga mehmon bo‘ladi, ko‘nglini naza qilmay, vaqtini xushlab jo‘natingizlar. Shu gapni aytib Shohimardon piri jo‘nab ketdi. Chiltanlar ko‘nglini xushlab, otning jilovidan ushlab, Boychiborni tablaga tortib tashlab, Hakimbekni chiltanlar suhbatiga boshlab, bekning vaqtini xushlab o‘tirdi. Ot qoqib, yo‘l yurib borgan odam, chiltanlar suxbatida o‘tirib-o‘tirib uyqu olib ketdi. Chiltanlar: – Bu bachcha Shohimardon pirning muridi ekan. Bizning suhbatimizda bo‘ldi, vaqtini xushlay olmadik, – dedi. Chiltanlar ilmi karomat bilan Chilbir cho‘lidan, Oyna ko‘lidan, baxmal o‘tovda uxlab yotgan yeridan, Barchinning ruhini olib keldi tanidan. Alpomish munda uxlab yotibdi, uxlab yotgan yeridan buning ham ruxini tanidan oldi. Alpomishning ruxi bilan Barchinning ruxini o‘rtada bir yerga qo‘ydi. Bir kosa sharobi antahur chiltanlardan Barchinning ruhiga tegdi. Har qaysisi bilgan so‘zini aytib, omonlashib, xo‘shlashib, yo‘lga kirib, yo‘lda aytib borayotgan so‘zi: Dubulg‘a boshda do‘ngullab, Kark qubba qalqon qarqillab, Tilla poyanak urilgan, Uzangilarga shirqillab. Bedov otlari dirkillab, Olg‘ir qushdayin charqillab, Qo‘lda nayzasi so‘lqillab. Yurmakchin uzoq yo‘liga, Qaramay o‘ngu so‘liga, Yetsam deb yorning eliga. Siltab yuradi Boychibor, Yaqin bo‘lar uzoq yo‘llar, Yo‘l yurar davlatli shunqor, Qalmoq yurtini axtarar, Yolg‘iz ketdi bundan shunqor. Hakimbek qildi g‘ayratdi, Qiladi otga shiddatdi, Chu, ha, dedi, qamchi chotdi, Izg‘or cho‘lni to‘zon tutdi, Yo‘lning tanobini tortdi. Qir kelsa qilpillatdi, Arna kelsa irqitdi; O‘r kelsa o‘mganlatdi, Shuytib Hakim yo‘l tortdi. Ko‘rsam deb ketgan elini, Izlab yorning mazgilini. Torlarda bordir zarangi, Egnida bordir parangi, Oylar ham toshday qorong‘i. Ohi chekib har dam kunduz, Yo‘l yurgandir ko‘p qulotuz, Yo kecha tinmaydi kunduz. Hay, ravshan ko‘zlarin yoshlab, G‘animining sirini foshlab, Qamchi uradi qulochlab, Ostidagi Chibor oti Olib qochdi suvluq tishlab, Surib boradi angg‘ishlab. Ayroliqqa bag‘rin dog‘lab, Yorning yurtini so‘rog‘lab, Shunqor belin mahkam boylab, Necha gapni yo‘lda o‘ylab, Yolg‘iz bordi ayhaylab. Bek Hakimning bag‘rin ochdi, Oti surib olib qochdi, Necha bir tog‘lardan oshdi, Yo‘llarda mavj urib toshdi, Har tarafga alanglashdi, Ko‘rganlarning aqli shoshdi. Qalmoq elga borsam, deydi, Biyning qizin ko‘rsam, deydi, Labdan bolin so‘rsam, deydi, Borganimdan olsam, deydi, Kuyov bo‘lib tursam, deydi, Qichab yo‘lni yursam, deydi, Men otimni ursam, deydi,Hayallamay borsam, deydi, O‘ynab davron sursam, deydi, Talash qilgan u zo‘rlarning Jazosini bersam, deydi, Ish ko‘rsatib kelsam, deydi, Borib anday qilsam, deydi, Barchinoyman yursam, deydi, Borganimdan ko‘rsam, deydi, Qaytib elga kelsam, deydi, Yurtga ega bo‘lsam, deydi. Boradi elning turasi, Gumburlar tog‘ning darasi, Urushli kun bo‘lgan vaqtda Ingrantar nayza yarasi, Borayotib xon qaradi, Ko‘rindi bir to‘p qorasi. Bul qorani Hakim ko‘rdi, Ko‘ringani uzoq yo‘ldi(r), Bo‘ljayolmas(mo‘ljallay olmas) maydon cho‘ldi(r), Ko‘ringan qora kim bo‘ldi? Qistaydi Boychibor otdi, Qilar otga siyosatdi, Kun peshin haddiga yetdi, To‘rt kecha-kunduz yo‘l tortdi, Ko‘ring shunday vallamatdi, Ul qoraga yaqin yetdi. Ko‘n pora-pora bo‘lgan vaqtda Bek Hakim yetib boribdi. U qora bog‘onag‘i kelgan o‘n chopar edi. O‘n chopar Hakimbekni ko‘rib: «Oq yuzli-obro‘li bo‘ldik», – deb otdan tushib, ta’zim qildi. Bul choparlarni ko‘rib: – Sizlar asta-asta keta beringlar, – deb o‘ta berdi. Hakimbek ilgari o‘tib ketdi, choparlar keyin qoldi. O‘z ixtiyoricha yurib, ko‘nglida «Biror kecha oqshomlaydigan yer bo‘lsa», – deb borayotib edi, qarasa, bir yerda yorug‘ chiqib turibdi. Otning boshini burib yubordi. Yorug‘ chiqib turgan yerga bordi. Borsa, bir ko‘hna mozorot ekan. Bu chiltanlarning bir mazgilgoh joyi edi. Hakimbek chiltanning mazgilgoh joyi ekanini bilmadi. «Kech qolgan odam mozorotda yotadi, degich edi. Shul mozorotda yotsammikan, yo shu yerdan ketsammikan?! Behuda odami yo‘q mozorotda yotishligim qanday bo‘ladi ekan, behuda yotsam, bu o‘liklarning men bilan ishi bo‘lmasa, mehmon keldi, deb mendan xabar olmasa. Shu yorug‘ chiqib turgan yerga bir savol qilayin. Men bo‘larga uzimni bildirayin», – deb savol kilib turgan ekan: Meni bilsang qo‘ng‘irotlarning og‘asi, Boshimda bor edi zardan jig‘asi, Yoz bo‘lsa, yaylovim Amu yoqasi, Men bo‘laman Boysin-Qo‘ng‘irot to‘rasi. Assalom alaykum, ahli quburlar, Bir kecha mazgil-joy sizdan so‘rayman, Osmonda arvohlar, ko‘kda malaklar, Bir kecha mazgil-joy sizdan so‘rayman. Bedovimning badaninda ter bormi, Davlatlining yuragida cher bormi, Biror kecha qo‘nib o‘tar yer bormi? Xoridi ostimda tulpor, bedov ot, O‘z elimda men ham yurgan vallamat, So‘z so‘radim bunda yotgan mozorot, Yotsam men bir kecha sog‘u salomat. Ko‘p yo‘l yurib mening so‘lgan tarzim bor, Izlab yurgan elda sarvinozim bor, Ahli qubur, senga aytar arzim bor. To‘ra bo‘lib o‘z yurtimni so‘rayman, Siyosatman elu xalqqa qarayman, Kuygan qulman gapni gapga ulayman, Bir kecha mazgil-joy sizdan so‘rayman. Kecha-kunduz haqqa fig‘on etayin, Falak sarson qildi meni, qaytayin, Mozorotga savol qilib o‘tayin, Bir kecha bu yerda qo‘nib yotayin. Uzoq yo‘lda mehnat tortib yuraman, Ruxsat bersang, mozorotlar, qo‘naman, Surasang, gapingga javob beraman. Meni bilsang, qalmoq elga boraman. Ruxsat bersang, bu mazgilga qo‘naman, Biror kecha farog‘atni olaman, Eldan chiqqan men ham shunqor bo‘laman, Parvoz qilib bunda uchib kelaman, Qayerda joy bo‘lsa borib qo‘naman, Yolg‘iz yurib ko‘p yo‘llarni olaman, Xorib-charchab bemahalda kelaman, Bir kecha yotmoqqa tolib bo‘laman, Bu sababdan mazgil so‘rab turaman. Yolg‘iz yurib bo‘tadayin bo‘zlayman, G‘anim ko‘rsam, kesib bag‘rin tuzlayman, Aslim sherdir, bir mazgil-joy izlayman. Assalom alaykum, ahli quburlar Menday to‘ra mahtal bo‘lib turadi, Tun qorong‘i, bevaqt bo‘lib boradi, Qo‘nar fursat endi yaqin keladi, Go‘ristondan bu mazgil-joy so‘radi, Bo‘l yoriqdan birov chiqib keladi, Kelayotgan odamzotni ko‘radi. «Qanday odam?» – deb bunga qaradi, Necha so‘zni Hakim bundan so‘radi: – Xudoyim saqlagay bandani omon, G‘arib qulga egam bo‘lgay mehribon, Mozorotda yurgan odam sargardon, Yotoq joy so‘ragan men ham sarsonman, Bu so‘zlarni aytib turgan Hakimxon, Qanday odam sen, kelasan bul zamon? Menga xabar bergin sen ham naslingdan. Davlatimdan sholi-sholdam o‘rayin, Qanday jonzot ekaningni bilayin, Agar dushman bo‘lsang, boshing olayin, Seni mozorotning biri qilayin, Xabar bergin siru holing bilayin. Rozi bo‘lib men ham taqdir ishina, Odam bo‘lsang, beri kelgin qoshima, Dushman bo‘lsang, qilich solay boshinga. Barchinning ruhi sharobni qaliga olib, Alpomishni ko‘rib, bir o‘zi ichgani kungli bo‘lmay, Alpomishning ruxiga oling-oling qilib, bu so‘zni aytib turgan ekan: Oling, allayor-allayor, Keling, allayor-allayor, Bo‘ling, allayor-allayor. Kosa ushlab qo‘lim toldi, Biyning qizi mahtal bo‘ldi, Ko‘nglingiz qimdan qoldi, Boqolmay yurdik sabildi, Xon to‘ram, sizga ne bo‘ldi, Oling, allayor-allayor. Shunday bo‘ldi Barchin so‘zi, Kiyganim gulgun qirmizi, Aqlingdolar jodu ko‘zi, Qavatida yo‘q kanizi, Kosa berar biyning qizi, Qo‘ng‘irot bekning sarvinozi, Boysin elning dobulbozi, Keling, allayor-allayor, Kosa berar oyimchalar, Bog‘dochilgan gulg‘umchalar, Jafo qildi ko‘p gachchalar, Halak bo‘lgan bekbachchalar, Kosa bergan oyimchalar. Uzatdim kosa oz-to‘lmas, Olmasangiz sira bo‘lmas, Ichmasangiz oyim qo‘ymas, Bo‘ling, allayor-allayor. Qo‘lim toldi, kosani oling, Uzok turmay yaqin keling, Kelib mening holim biling, Taqdir etsa, davron suring, Bu so‘zimni, xonim, biling. Yaqin kel mening qoshima, Ponza ro‘molim boshima, Qo‘l uzatgin oq to‘shima, Bo‘ling, allayor-allayor. Qo‘ng‘irot eldan bundan kelgan, Yorin izlab halak bo‘lgan, Hali yoring duchor kelgan, Qaddingdan aylanay, polvon, Qalmoqlardan jafo ko‘rgan, Yoring ham intizor bo‘lgan, Barchinoyim yangi ko‘rgan, Bo‘ling, allayor-allayor. Bahorda ochilgan gullar, Gulga sayragan bulbullar, Qo‘ng‘irot eldan kelgan shunqor, Kosa berib menday dilbar, Yangi sizga keldim duchor. Buncha bizni halak qilmang, Bachchaday ko‘ngilni bo‘lmang, O‘zingizni olis bilmang, Yer ovloqdir, hadik olmang, Bo‘ling, allayor-allayor. G‘amli kun tortdim ohu voy, Bandam desin qodir xudoy, Xo‘b bir ovloqdir mazgil-joy, Bu yerda o‘ynab-kulguday, Bul kecha davron surguday, Xayallamay tez bo‘lguday, Bo‘ling, allayor-allayor. Barchinning ruhidan bu so‘zni eshitib, Alpomishning ruhi ham bir so‘z aytib turgan ekan: Sening ko‘ngling bizda bo‘lsa, Qo‘ng‘irot eldan Qalmoq elga Kelmam, allayor-allayor. Sening bergan sharobingni Olmam, allayor-allayor. Sening uchun abgor bo‘lib, Men o‘tlarga jonim solib, Yangi men ham seni ko‘rib, Bu mazgilda do‘chor kelib, Sen gajakdor kosa berib, Ichmayman kosangni olib. Senga yetkay bekning so‘zi, Arzim shuldir biyning qizi, Aqlimdolgan qora ko‘zi, Olmam, allayor-allayor. Sening bergan sharobingni Ichmam, allayor-allayor. Tarxinali, nozik beling Quchmam, allayor-allayor. Men ham Qalmoq elga borib, Dushmanlarning dodin berib, Qalmoq elda ishlar qilib, Mard bo‘lib maydonda turib, Qilgan ishim barcha ko‘rib, Do‘stu dushman qoyil bo‘lib, Shul kuni sharobing olib, Shungachayin, biyning qizi, Ichmam, allayor-allayor. Shul kun bo‘lsa, bo‘lar davron, Hozir ish qilmayman pinhon, Ko‘p meni qichama, jonon, Olmam, allayor-allayor. Bu so‘zlarni ikkovining ruhi bir-biriga aytdi, kechasi fayzi sahar vaqtiga yetdi. Chiltanlar Barchinning ruhini olib ketdi, Chilbir cho‘lida, Oyna ko‘lida, baxmal o‘tovda, uxlab yotgan yerida Barchinning ruhini ham taniga qirgizib qaytdi. Alpomishning ruhini ham taniga kirgizdi. Erta-mertan tong otdi. Oqshom ko‘rgan odamlar yo‘q, bir o‘zi qopti. Qadimgidan sertaraddud bo‘lib, biyning qizini to‘shida ko‘rib: «Oq qubba kelgan, qizil chiroyli, xo‘b barkamol, yaxshi ekan», – deb otlanib yotibdi. Suqsur kanizi ertan choshkada bobongning o‘g‘li kelar, deb tushining tabgirini jo‘radi, Barchinning ham juda dimog‘i chog‘ bo‘p qoladi, kelmasa ham kelganday bo‘p, kulib-o‘ynab turadi. Alpomish bu so‘zni eshitib, ahmok bo‘l, meni sen kimga mengzading, – deb, bul ham bir so‘z so‘rab turgan ekan: Bilsang qo‘ng‘irotlik zotimni, Malakdayin so‘ratimni, Qovdon yegan otimni Qalmoq, sen kimga mengzading? Badbaxt, sen kimga mengzading? Moyacham deb surganimni, Galman javob berganimni, Rustam kabi mujgonimni Axmoq, sen kimga mengzading? Shirin suxanli tilimdi, Bilagimdagi zo‘rimdi, Panjasi uzun qo‘limdi Qalmoq, sen kimga mengzading? Burgutday o‘tirishimni, Kallasi katta boshimni, Mening yurgan yurishimni Ahmoq, sen kimga mengzading? Jasadu tana, tushimni, Imo bilan kulishimni, Qiyilgan qalam qoshimni, Oh tortganda nolishimni, Sen kimga mengzading? Ahmoq, sen kimga mengzading? Barchindan bu so‘zni eshitib, Ultontoz aytdi: – Endi bizga ko‘ngil qo‘ydi, enasini shu juvormak Yodgor buzib yurib edi, buning o‘zboshimchaligi ko‘ngliga urdi. Bul Yodgorni o‘limga buyurdi, – dedi. Yodgorning boshiga qamchi urib hayday berdi. Ultontozga qarab, Barchin bu so‘zni aytdi: Sen eshitgin mening aytgan so‘zimni, Olmaday so‘ldirma gulday yuzimni, Ham qaynimsan, ham mirzamsan, Ultonjon, Zulm qilib urma sag‘ir qo‘zimni. Quloq sop eshitgin aytgan nolaga, Xudoyim yaratmish bag‘ri poraga, Mungliq chechang yig‘lab tushdi oraga, Zulm qip bolamni urma, sadag‘a. Bu sag‘irga bunday qilma zulmni, Zulmman haydama jonu dilimni, Xafa qilib, urma sag‘ir ulimni. Men yig‘layman yaratganga zoru zor, Otasi bek edi-ku, Yodgor xoru zor, Bu zulmga kungan sag‘ir Yodgor. Zulmman boradi shu zamon Yodgor, Duo qilib yig‘lar enang mushtipar, Otangning pirlari bo‘lsin madadkor, Otangning kuchini bersin parvardigor. Hulkar borib taroziga tayaldi, Xizmat qilgan xon oldidan joy oldi, Duo qilib yig‘lagan enang ayolidi(r), Yig‘la, bolam, tor siynangning dog‘iga. Gapga quloq solmas bu zamon qullar, Bu ishni boshqargan mendayin dilbar, Jonim bolam, bo‘lib kelgin xizmatkor, O‘lmasin otangman qadrdon beklar, G‘ayrat qilib yoyga borgin, Yodgor, Sening bilan birga qancha amaldor. Bu so‘zlarni Barchinoyim aytadi, Yodgorning boshiga qamchi chatadi, Siyosat qip Ulton haydab ketadi. Barchin bu so‘zni Ultontozga aytadi:– Quloq sol, yengangning aytgan nolishiga, Bolam rozi bo‘ldi tangri ishiga, Achchiq qamchi urma Yodgor boshiga. Achchiqlanib qaramagin betiga, Achchiq qamchi urma Yodgor etiga, Kashal yurtdan bek otasi kelgan so‘ng, Qur haytlab tusharsan qo‘yning ketiga. Bahorda ochilgan bog‘ning gulisan, Hozir bir-birovning jini-dilisan, Yaxshilikni teng ko‘rmaysan o‘zingga, Rostin desam, shu sag‘irning qo‘lisan. Shamol tursa shobirlaydi shoterak, Enang cho‘ri, asli o‘zing badirak, Nozanin boshimda pir-pirlar jelak, Muncha g‘alva ham siyosat ne kerak, Yaxshilikni teng ko‘rmaysan o‘zinga, Muncha ham haddingdan oshma, badirak. Yaxshi so‘zman qancha so‘ylab ko‘raman, O‘zim xafa, lodon ko‘nglim bo‘laman, Muna beklar uchun o‘g‘lim beraman, Shuytib senga minnatdor bo‘p turaman. Men yaxshi gapirdim, sira bilmading, Yodigorni uraringni qo‘ymading, Yomonlik qip, yaxshilikni bilmading, Otasin arvohin hurmat qilmading, Beting-ko‘zim degan gapni bilmading, Asling buzuq, menmanlikdan qolmading. Bu so‘zlarni aytar shunday gajakdor, Siyosatman hayday berdi bu qullar. Qullar juda Yodigorni ko‘p urar. Enasining so‘zi bilan sherdil bo‘lib, Yodgor ham bir so‘z aytib turgan ekan: Biz avloddan davlat qaytgan, Davlat endi qulga yetgan, Zarbingdan yer bilan yakson, Yodgor bo‘ldi juda sarson, Ura ber, ura ber, navbat sendadir. Men yig‘layman g‘amli kunda zori-zor, Ne qilsa, hukmi bor, qudratli jabbor, Qo‘lingda qolgandir sag‘ir Yodgor. Shu vaqtida bilganingni qilib qol. Nima bo‘lsa navbatingni olib qol. O‘lmasam men kamolimga kelarman, Otamning taxtiga bir kun minarman, Birin-birin baring dorga ilarman, Shunday kunda qasosimni olarman, Ura ber, ura ber, navbat sendadir. Bu so‘zlarni sag‘ir Yodgor aytadi, Aytgan bilan yosh bola-da, qaytadi. Rahmi kelmas ko‘zdan oqqan yoshiga, Qor-yomg‘irday qamchi urdi boshiga, Rozi bo‘ldi xudo qilgan ishiga, Yig‘lab tushdi bu qullarning qoshiga. Qullar bu Yodgorni haydab jo‘nadi, Yodgor ahvolini ko‘rgan jiladi, Qadrdonlar bu so‘zdaytib boradi: «Sening otangidi Qo‘ng‘irot to‘rasi, G‘arib bo‘lgan qadrdonim bolasi, Shu yerlar otangning maylisxonasi». Bu so‘zdaytib birga-birga boradi, «Bu azobga enang sabab bo‘ladi. Davlat qo‘nsa bir chibinning boshiga, Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga, Banda ko‘nar xudo qilgan ishiga». Yodgorni qullar haydab jo‘nadi, Bobo «Qultoy» birga-birga boradi, Qo‘lning qilgan zulumini ko‘radi, Yodigorga ko‘p tasalli beradi. «Qultoy» bobom, deydi qullar birgalab: «Qultoy» bilan birga-birga borsak, deb, Kattamiz, deb buni izzat qilsak, deb, Ko‘na amaldorning dodin bersak, deb, Haydab borib parli yoyga solsak, deb, Keyin qaytganini boshin olsak, deb Bir nechasi Arpa ko‘lin ko‘rsak, deb, Ultonbek davrida davron sursak, deb, Ultonbekni juda izzat qilsak, deb, Hamisha shunday bo‘lib elda yursak, deb, Barchinoyni xonga olib bersak, deb, Bekning to‘yin juda qiziq qilsak, deb, Bir nechamiz tuppi-ro‘mol olsak», deb. Bu so‘zdaytib vaqtin xushlab boradi. Hozirgi Ultontoz elning turasi, Ancha yerdir Arpa ko‘lning orasi, Ot chopsa gumburlab tog‘ning darasi, Hali ko‘rinmaydi ko‘lning qorasi, G‘arib bo‘lgan Alpomishning bolasi. Hech kim quloq solmas mardning tiliga, Borayotir shunday uzoq yo‘liga, Yo‘l tortib boradi Arpa ko‘liga. Qullar juda ko‘p shumlikni o‘yladi. Yodigorni solgandir shunday oldiga. Hech kim qaramaydi baland-pastiga, Sipohilar mingan otning ustiga. Yodgor borar bunda bag‘ri ezilib, Goh yerlarda ketar ko‘ngli buzilib, Otli bilan yo‘lda barobar yurib, Borayotib ne go‘zallar oh urib, Xudo dedi, yaratganga yig‘ladi, Arpa ko‘lga endi yaqin boradi, Yarqillagan Arpa ko‘lni ko‘radi. Falak titrar Yodgorning nolishiga,Haydab bordi parli yoyning qoshiga. G‘amli kunda tortar edi ohu voy, Bandam desin, rahm aylasin bir xudoy, O‘n to‘rt botmon brichdandir parli yey. O‘n to‘rt botmon brich yoyni ko‘radi, Otasi esiga endi keladi, Shul-ku bul otamning parli yoyi, deb Ko‘ngili buzilib Yodgor jiladi. Diyda giryon bo‘lib o‘pka to‘ladi, Otasin esiga Yodgor oladi. Har kimning betiga sag‘ir qaradi, Tortgin deydi, qullar zulm qiladi, Yodgorning boshiga qamchi uradi. Yodigorga tayoq o‘tib boradi, Rabbim deydi, yoyga changal soladi, Girishin egniga endi oladi. O‘n to‘rt botmon brichdandir parli yoy, Chirpillab girishi botib boradi, Yodigor sag‘ir ko‘p bezovta bo‘ladi. Tortmoqqa Yodgorda darmon qolmadi, O‘z holiga badbaxt qullar qo‘ymadi, Yodgorning boshiga qamchi tashladi. Shunday bo‘ldi bunga haqning farmoni, Ko‘p bo‘ldi yurakda g‘ami, armoni, «Qultoy» – qarab turgan Qo‘ng‘irotning xoni, Ko‘p zulmni qildi qullar bema’ni. Tort deydi, Yodgorga jabr qiladi, Tortmoqqa Yodgorda darmon bo‘lmadi, Qullar juda ko‘p siyosat qiladi, Har kimga termilib turib qoladi. Yodgor har kimga qarab, termila bergandan keyin, Yodgorga, qarab, «Qultoy» bu so‘zni aytib turibdi: Er bolasi shersan, sag‘ir Yodigor, Har kimga termilib turmog‘ing ne darkor?! Har na bo‘lsa pirga qilgan e’tiqod, Xudo, deb ingranib tortgin, Yodigor, Otangning kuchini bersin haq parvardigor, Madadkoring bo‘lsin imom, chiltanlar, Do‘stu dushman ichida bo‘lding sharmisor, So‘g‘iningdan yaratgan qudratli jabbor, O‘zing panoh bersang, bunga na gap bor, Dono egam o‘zingdadir ixtiyor, Shu go‘dakdan bo‘lgin, egam, xabardor, O‘zingga topshirdim, haq parvardigor. Bu so‘zlarni «Qultoy» aytib to‘radi, Hojatini bir oblodan tiladi, Xudo qilganiga rozi bo‘ladi. Ko‘p zulm Yodgorga ayladi qullar, Farzandi-da, «Qultoy» juda intizor, Avval oblo, duyum nabi bo‘ldi yor, Imom, chiltan kelib bo‘ldi madadkor. Shohimardon piri nazar soldilar, Komil pirlar bunga quvvat berdilar. Homillashdi kelib o‘n ikki Ahmad, Yodigorga xudo berdi ko‘p quvvat, Pirlardan yetishdi shunday karomat. Yodgor shu zamonda qaddin rostladi, Qarab turgan mo‘min ko‘nglin xushladi. Pirim, dedi Yodgor tortdi chirpinib, O‘n to‘rt botmon yoyi bunda qo‘zg‘aldi, Parli yoydan ajiriqlar uzildi, Qarab turgan mo‘min ko‘ngli buzildi. O‘zin rostlab ko‘ldan tortib jo‘nadi, Bu sag‘irga qullar hayron qoladi, Nechovlari gumon qilib boradi. «Muning o‘zi shunday sag‘ir boladi(r), O‘g‘li otasidan baland bo‘ladi, O‘ldirmasak, bu davlatni oladi, Muning bilan kim barobar bo‘ladi, Sag‘al kunda bizga balo bo‘ladi, Ultonbeging muni nima qiladi?! Hisobin qilmasa, o‘zi o‘ladi». Maslahatni qullar qilib boradi. Jafo tig‘i jondin o‘tib, Ayronliq bag‘rin yirtib, O‘n to‘rt botmon yoyni tortib, Qaysarning o‘g‘li jo‘nadi. Bog‘dochilgan gulday bo‘lib, Chamanda bulbulday bo‘lib, Ko‘rganlarning ko‘ngli to‘lib, Dushmanlarga kelib g‘olib, O‘n to‘rt botmon yoyni olib, O‘zini bul yo‘lga solib, Qaysarning o‘g‘li boradi. Tog‘ Asqarin chalib tuman, Egam berdi bunga omon, Necha dushman bo‘lib hayron, Yodgor sherday bo‘lib shul zamon, Qaysarning o‘g‘li jo‘nagan. O‘n to‘rt botmon yoyni tortib, Ovoza olamga ketib, Orqasiga qamchi botib, Yodgor yolg‘iz yo‘lga kirib, Bir necha hisobin yitirib, Yodgor ishini bitirib, Otasin yoyin keltirib, Qaysarning o‘g‘li boradi. Jahon titrar Yodgor ovozasiga, Quloq soling bu so‘zning mazasiga, O‘n to‘rt botmon parli yoyni sudirab, Kelib qoldi Qo‘ng‘irot darvozasiga. Oh urganda xasta ko‘nglin xushladi, Necha dushmanlarning sirin foshladi, To‘yxonaga olib kelib tashladi. To‘yxonaga shul ovoza bo‘ladi, O‘n to‘rt botmon yoyni olib keladi, Shu zamon Barchin gul kelib qoladi. Bolasining qilgan ishin ko‘radi, Yodigordin necha marta aylanib, Yodgorning betidan Barchin suyadi. Bir obloga yetdi mening nolam, deb, Obod bo‘lar munda kulbaxonam, deb, Bo‘yingdan sadag‘a menday enang, deb, Otasin o‘rnini bosar o‘g‘lim, deb. «Qultoy»ning ko‘ngliga so‘zlar joy tutib, Qo‘ng‘irot elda ko‘p tomosha ko‘rsatib, Bu yoyning qoshiga kelgandir yetib, Shul zamon parli yoyni tebratib, Ko‘pdir tomoshamon, yon-yoqni tutib, G‘ayratini odamlarga ko‘rsatib, Ko‘ring endi «Qultoy» marddi, Ul chinorni o‘qqa tutdi. Bek «Qultoy» qildi g‘ayratdi, G‘ayrati g‘ayratga yetdi, To‘kirlini tuman tutdi, O‘tdayin tutanib ketdi. Shiqirlatib yoyni tortdi, Yoyning o‘qi chiqib ketdi, Yashinday bo‘p shu zamonda, Ko‘ring u chinorga yetdi, Bu chinorning bir shohini Yoyning o‘qi yulib ketdi, O‘qqa uchgan chinor shohi Dahsarilik yerni tutdi, Balki shu so‘zlar bo‘p ketdi. Ko‘rib qullar hayron qopti, «Qultoy» ishini ko‘rsatdi, Ovozasi yurtga ketdi. Emish-memish gap bo‘p yotdi, «Qultoy» qanday yoyni otdi», Bir nechalar yo‘q bo‘p ketdi. «Qultoy» emas, bu balodi(r), Bul bir balo qiladi, Qursin Ultontozning to‘yi, Bu yerda turgan o‘ladi». Bir nechasi gumon qilar, «Alpomish tayin keladi, Qultoyda ne jon bo‘ladi». Tag‘i har qaysisi har ishda bo‘lib yotdi, choqdan o‘lan kechasi bo‘layapti. Ilgari Ultontozning enasini Bodom cho‘ri der edi, bu vaqtlarda Bodom bikach deydi. Haddi odam yo‘q, Bodom cho‘ri degan kishining tilini qirqadi. Ilgari Alpomishning bor vaqtida qovun qo‘rib, qo‘chqor boqib, har yerda uxlab qolib, tilini alahaqqa cho‘qib, soqovtob bo‘lib qolgan edi. Bodom bikach: – Men qayiganda ko‘ygan bolamning to‘yi, o‘zim biy xizmat qilayin, – deb bir ayri ingan tuyani minib, bu so‘zlarni aytib, qizlarni o‘langa xabar qilib yurur: Pas-pasgina pas ko‘chalay, Pastlab uchay musichalay, Qo‘ng‘iyotda chechan bachchalay, Biznikiga qolmay to‘yga. Mayd yigitning bo‘lsa uyi, Jiyin bo‘lay qilgan to‘yi, Xabaychidi duvoguyi, Biznikiga qolmay to‘yga. To‘y qip yotgan dobilbozlay, Toy biqinli saybinozlay, Hayip biy-biyini izlay, Qolmay boying chechan qizlay. Boyabeying huyday bo‘lib, Hammalaying biyday bo‘lib, Tishi gavhay duyday bo‘lib, Qolmay boying yo‘lga to‘lib. Kiygani guygun kiymizlay, Ko‘zi cho‘lpon yulduzlay, Qo‘ng‘iyotning chechan qizlayi, Aqli yaso tamizlayi, Qolmasin-da yoshi-qayi, Boysindi hotin-qizlayi, Biznikiga qolmay to‘yga. Aytolmaydi boyqish tildi, Oraladi Boysin eldi, Yurib shunday xabar qildi O‘nolturug‘ Qo‘ng‘irot eldi, Bir necha tushunib qoldi, Bir xili so‘zini bilmay, Qanday deb angrayib qoldi, Bir necha bildirmay kuldi, Bir nechalar mazaq qildi. Bekning enasi aytuvchi, Oraladi yotgan elni, Hamma yerga qo‘ymay bordi. Elga ma’lum muning so‘zi, To‘yga aytib yuru o‘zi. Har elning ustiga borib, Qizu juvonlarni ko‘rib, To‘yga deydi soqovsirab, Hammasiga xabar qilib: «O‘g‘limdiy elning tuyasi, Xabaychi biyding enasi». Bu elni oralab yurib, Qaytib keldi elni ko‘rib, Qiz-juvonga xabar qilib. – Bog‘da ochilay gul-gumchalay, Gulga yayashgan nechalay, Oyday bo‘lgan bachchalay, Balx uyib boyinglay to‘yga. Katta-kichik qolmay boying, Xon Ultonning to‘yin ko‘ying. Bugun nikoh qiyay kecha, Yig‘ilib satta oyimcha, Qolmay boying chechan bachcha. Olay bugun Baychin guldi, Boymagan aymonda qoldi, Bodomning xabayi shuldi, Bul tomosha qiziq bo‘ldi, Biznikiga qolmay to‘yga. Shunda o‘lan kechasi bo‘ldi, har qizlar kelayotir, orig‘i echkiday dirkillab, semizi irkillab. Tuya boqib yurgan yerdan Qaldirg‘och oyim ham keldi. Qaldirg‘ochning kelgani: «Bugun nikoh oqshomi emish, men cho‘lda tuya boqaman, qul ham bo‘lsa, balo-da. Nikoh qiyib olgandan keyin o‘rdaga kirib ketadi, undan keyin ko‘rmak qayda, shu bugun bir ko‘rib qolayin», – deb kelgan edi. Bodom bikach o‘lan aytiladigan uyga, qizlarning o‘rtasiga o‘tqizib, ikki qo‘liga ikki chiroqni berib, boshiga ham bir chiroq qo‘yib, Qaldirg‘och oyimni shunday qilib turib edi, Yodgor daladan kirib keldi. Yodgorga Qaldirg‘och bir so‘z aytib turgan ekan:Quloq sol, Yodgorjon, aytgan nolishima, Kelib edim qavmi-qarindoshima, Bu yig‘inda chiroq turar boshima, Ne sababdan kulib kelding qoshima? Birovlardan bir iliq so‘z bildingmi, Yo‘qsa mening ahvolima ko‘ldingmi?! Oh ursam ezilar g‘arib yuragim, Akamning o‘rniga qolgan chirog‘im. Jonim bolam, endi yoshlik qildingmi, Bul yig‘inda turishimni ko‘rdingmi, Jonim qo‘zim, ey, lodonlik qildingmi, Ne sababdan kulib kelding, Yodgorjon?! Qo‘ng‘irot eli – bari mening elatim, Kelib bunda hosil bo‘lmas murodim, Sag‘ir Yodgor, bor suyangan quvvatim, Qaytadan ko‘zraldi-ku ko‘nargan dardim, Ne sababdan kulib kelding, farzandim?! Tuya boqdim, cho‘lda yurdim zor yig‘lab, Ayronliq utiga bag‘rimni dog‘lab, Men ham keldim ko‘ygan joyni so‘rog‘lab. Keldim bunda hech kim rahbar bo‘lmadi, Qalaysan deb mendan xabar olmadi, Sendan o‘zga hech suyanchim bo‘lmadi, Ne sababdir kulib kelding, Yodgorjon? Xafa qip ammangning ko‘nglin bo‘lasan, Tarzing ko‘rsam vaqti xushday yurasan, Yaxshilik so‘z xabarini bilasan, Xabar bergin, bolam, nega kulasan? Bu so‘zni eshitib, Yodgor enasiga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: So‘zimni eshitgin, enam, mehribon, Ustimizda ko‘p gap bo‘ldi har alvon, Shu ammamdan xabar olsang bo‘lmaymi? O‘lib ketgan bek otamning arvohin, Jonim enam, hurmat qilsang bo‘lmaymi. Chirog‘in ko‘klarga ursang bo‘lmaymi, Biring o‘lsang, baring o‘lsang bo‘lmaymi? O‘zing o‘lmay qulga ixtiyor bergancha, Qullar kelib sening boshing olgancha, Jonim enam, xizmat qilsang bo‘lmaymi? Xazon urib bog‘da gullar so‘ldimi, Oblo sening aqlu xushing oldimi Zamon juda qulniki bo‘p qoldimi Bor ixtiyor qullarniki bo‘ldimi?! Qulu cho‘ri ajab ishni qilibdi, Ena, qara, bu ish qanday bo‘libdi, Ammamning boshida chiroq turibdi, Biring o‘lsang, baring o‘lsang bo‘lmaymi?! Bu so‘zlarni aytdi sag‘ir Yodigor, O‘rnidan turgandir Barchin zulfakdor. Jafolar solgandir tandagi jonga, Xazon bo‘lsa zog‘lar qo‘nar gulshanga, Chirog‘ini olib otdi osmonga. Barchin suluv shunday ishni qiladi, Uyning ichi qorong‘i bo‘p qoladi, Jami qizlar shibir-shibir qiladi: «Bodom bikach kirib kelsa daladan, Qaldirg‘och chochini bir-bir yuladi, Ko‘rmagan kunlarni bunga soladi, Bodom kelsa bilganiday qiladi». Bu so‘zni eshitib mungliq jiladi, Xudo qilganiga rozi bo‘ladi, Taqdirga tan berib bunda turadi. – Yuragimda ko‘pdir qayg‘u-voyimlar, Kimning aqli bo‘lsa gapni poyimlar, Men edim-ku o‘rdadagi oyimlar, Cho‘lda bo‘ldim tuya boqar darbadar, Shibirlashma, tovba degin yo qizlar. Bizdan davron o‘tdi, biz ham ko‘rganmiz, Joyimizga biz sig‘indi bo‘lganmiz, Taqdirda borini shunday bilganmiz, Bir gap o‘ylab bu to‘ylarga kelganmiz, To‘yga kelib qattiq kunda qolganmiz, Yodgorjonni ko‘rib xursand bo‘lganmiz. Bodom bikach daladan kirib keldi. Qarasa, uyning ichi qorong‘i bo‘lib qolibdi. Bo‘lay-ulay koyish qilayin desa, Barchinning zehni koyib turibdi, kelin bo‘lar degan umid bilan bo‘lakdan chiroq yokib, sozigarchilik qo‘ldan ketmasin, deb: – Qizlay, o‘lan boslanglay, – deb o‘tira berdi. Shu vaqtda «Qultoy» daladan kirib keldi. Bodom bikach: – «Qultoy» sen nima qip juyipsan, – dedi. «Qultoy»: – Yenga, sen haripdoshsan-da, Ultonbekning to‘yida sen bilan uch-to‘rt og‘iz o‘lan aytishayin deb kelib edim, –dedi. Bodom bikach: – O‘lan aytishsang, sening tengging bizlay bo‘pmizmi? Qulmi, qo‘tonmi, podachimi, cho‘ponmi, somonxonadami, tezakxonadami, aytishabiy-da, – dedi. «Qultoy» aytdi: – Yenga, sen tengingni tanimaysan ekan, sening tenging menda, sen yenga bo‘lsang, biz qayni. Men ortingdan kumbalov bersam, kimning ishi bor. Yengasi bilan qaynisi olg‘i-bergi qip yotir deydi, qo‘yadi. Bodom bikach: – Jasovlon qizlayding ichinda aynimay o‘l, – deb koyinib qoldi. Bu so‘zlarni «Qultoy» bilan Bodom bikach aytib turdi. Ikkovi bir-biri bilan juda hazilkash edi. Ul Bodom yozgan muning Alpomish ekanini bilgan yo‘q. Qadimgi hazillashib yurgan o‘zimning Qultoyim, deb ko‘ngliga kelgan yo‘q. «Qultoy» jasadli bo‘lib bu ham o‘zini bildirgan yo‘q. Shuytib ikkovi o‘lan aytishmoqchin bo‘lib, Bodom bikach: –Qayiganda ko‘ygan, olamning to‘yining o‘lanini o‘zim boshlayin, – deb o‘lan boshlab turgan yeri: Bodom bikach: Qo‘y yoyilaykan deyding doboninda, yoy-yoy, Don qolmaydi oq bo‘g‘doy somoninda, yoy-yoy, Aytqang‘inang kelsin-da Qultoy qaynim, yoy-yoy, O‘lan aytqin Ultonbek zamoninda, yoy-yoy. Bu so‘zni eshitib, turgan xaloyiqlardan Hakimbekning so‘ziga javob berdi: – O‘, siz ketgandan keyin Ultontoz yurtta ega bo‘ldi, siz bilan birga yurgan odamlarning barini xizmatga soldi. Qorajonni ham elga qo‘shtirmay, Olatog‘dan joy berdi. Kelib odamlarga ko‘rinish berib, aralashmoqqa Qorajonning haddi yo‘q edi. Ulton bek bo‘lganda amri shul edi, muhrlab qo‘liga qog‘oz qilib bergan edi. Bir odamga yonashib, gaplashganingni ko‘rsam, o‘z gunohing o‘zing bilan, boshingni kesib, dorga tortaman, degan edi. Shu xat Qorajonning qo‘lida bor. Ul sababli hech kimning ko‘ziga tushmaydi, makonida ajali yetsa, o‘lgandir, ajali yetmasa, shu Olatog‘da yurgandir. Bu so‘zni odamlardan eshitib, Alpomish bir so‘z aytib turgan ekan: Endi bildim do‘stim g‘arib bo‘libdi, O‘zi sarson, meni bilmay qolibdi, Esa diltang bo‘lib unda yuribdi, Kallasi gang bo‘lib yozgan qolibdi. Hayallamay bir bedovni mininglar, Yolg‘iz bormay, uchta-to‘rtta bo‘linglar, Qorajonga otu sarpoy olinglar, Shunday qilib Qorajonga boringlar, Borib Qorajonga xabar qilinglar, Mening kelganimni xabar beringlar. Bu so‘zlarni aytar davlatli shunqor, Albatta bu so‘zni bildirmak darkor, Bilmay yurgan qayg‘u-g‘amda bexabar, Qoshima yetishsin Qorajon nomdor. Qorajon ham birga o‘tirgan qurdoshim, Mening juda holim bilgan sirdoshim, Ulug‘dir, xo‘p mening uzangi yo‘ldoshim, Qorajonni ko‘rsam bitadi ishim, Ultontozni bek qilgan qarindoshim. Bu so‘zlarni qaysar Hakim aytadi, Bir necha beklarga so‘zi botadi. Qilar ishni bunda har kim biladi, Qorajonga otu sarpoy oladi, To‘rt odam bo‘p Olatoqqa jo‘nadi, Qaramaydi, qichab ketib boradi, Bekning so‘zin borsa o‘rin qiladi, Mol boqar ko‘rib hayron qoladi, Ne gap ekanin hech kim bilmadi, Olatoqqa qichab o‘tib boradi. Yurtga kelgan elning vallamati, Shunday bo‘lgan Alpomish siyosati, Qolmadi-ku xizmatkorlar toqati, Terlab borayotir ostinda oti. Olatoqqa endi borib qoladi, Qorajonning mazgilini ko‘radi, Qorajon joyiga shunday boradi, Alp Qorajon ul bularni ko‘radi. «Ultontozdan menga yasovul kelib, Bir balo qiladi bular ham turib. Ultontoz amrini tutib kelgandi, Bir ishning boshida bular yurgandi, Bir xizmatga ot terlatib kelgandi». Qorajon bilmadi bunday yurgandi, Qorajonga endi yetib borgandi. Qorajon bularni ko‘rib, nima gap, deb so‘radi. Borgan odamlar Alpomishning kelganini bildirib, bir so‘z aytib turibdi: Haq taolo bergay omon, Bir egam bo‘ldi mehribon, Kelib qoldi Hakim sulton, Darrov otlangin, Qorajon. Kelib seni ko‘p so‘radi, Alpomish yo‘lga qaradi, Xon senga intiq bo‘ladi, Shuytib ot chopib keladi. Sening bilan sirdosh bo‘lgan, Qalmoq yurtida ko‘p yurgan, Bir-biringning holin bilgan, Bek Alpomish elga kelgan, Bekning do‘sti, xon Qorajon. Ko‘rinmaydi baland-pasing, Ko‘nglingdan ketar shikasing Ot-sarpoy bergan do‘sing, Otlangin, turma, Qorajon. Eshitgin sen aytgan so‘zni, Hayallab to‘xtatma bizni, Borib ko‘rsang dobilbozni, Senga bizlar aytdik arzni. Bu so‘zni aytdi xizmatkor, Chorlandi Qorajon shunqor, Qaytadan ko‘ngli ochilar, Kiyib sarpoy, otin minar, Qorajon bunga qo‘shilar, To‘rtov edi beshov bo‘lar, Boradi Qorajon qaysar. Boshdan kettan alomatdi, Qorajon qilib g‘ayratdi, Juda qistar mingan otdi, Ko‘rsam deydi vallamatdi. Olatog‘da umri o‘tgan, Alpomish deb jafo tortgan, Yig‘laganda qonlar yutgan. O‘zin yurtidan ayrilgan, Islomning diniga kirgan, O‘z-o‘zidan yuz o‘girgan, Alpomishman Qo‘ng‘irot kelgan, Oxir kuni shunday bo‘lgan. Keldi, deydi Alpomishxon, Borayotgan Qorajon polvon. Jafolarga tushib endi tanda jon, G‘arib qulga egam bo‘lgay mehribon, Olatog‘da ko‘p vaqt bo‘lib sargardon, Sarpoy kiyib kelayotir Qorajon. Qorajonbek shunday bo‘ylab qaradi, Ko‘ziman ko‘rmasa, nima biladi, Qo‘ng‘irot yurti obodday ko‘rinadi, Qorajon kep Boysinga oraladi, Qorajon borishi ma’lum bo‘ladi, Alpomishga birov xabar beradi. Taxtidan shul zamon bul pastga tushib, Ko‘hna bo‘lgan amaldorlar yetishib, Peshvoz chiqib shunday shunqor qaradi, Kelayotgan Qorajonni ko‘radi, Qorajon otidan yerga qo‘nadi. Qirg‘iy degan qush o‘ltirar qiyoda, Ko‘p ishni o‘tkazdi foniy dunyoda, Bir-biriga yurdi poyu piyoda. Ikki alp bir-birini shunday ko‘radi, Ayronliq o‘tiga bag‘ri poradi, Bir-biriga quloch yoyib jo‘nadi. G‘arib qulga egam bo‘lgan mehribon, Bir-biriga endi yaqin boradi. Boshidan ketganday qorong‘i tuman, Ko‘rishgandi ikki polvon shul zamon: – Yetti yil mazgilim qorong‘i zindon, Mendan battar sen ham bo‘libsan sarson, Seni ham qo‘ymabdi bu elda dushman, Eshitib so‘ngra ko‘p qilganman pushaymon, Seni ko‘rib ketdi yurakdan armon, Do‘stim eding, juda menga mehribon, Yomon kunda xabar olgan Qorajon, Omon-eson kelib seni ko‘rdim men, Hamdam bo‘lgan Qorajonbek bormisan?! Bir-birini ko‘rib ko‘zin yoshladi, So‘rashib shul zamon vaqtin xushladi. Yig‘ilishgan bunda Qo‘ng‘irotday ellar, Qorajon, Alpomish birga bu nomdor, Poytaxtga olib jo‘nar odamlar, Qancha odam po‘sht-po‘shtlaydi, xizmatkor. Elu xalqlar shunday zo‘rni ko‘radi, Taxt ustiga endi beklar jo‘nadi, Qancha sarkardaman bul o‘tiradi, O‘tirib bir-birin holin so‘radi, Aytmasa ham aytgancha bo‘p qoladi, O‘tgan ishni ikkovi ham biladi, Boybo‘rini so‘rab odam keladi, Kelgan odam qulluq bo‘lsin qiladi, Kelgan odam bunda ketmay turadi, Xudoning ishiga rozi bo‘ladi, Endi bugun kunlar kech bo‘p qoladi. Kun kech bo‘lib, yig‘ilib qildi maslahatdi, qulluq bo‘lsinga kelgan odamlarning oldiga taom tortdi. Qildi ziyofatdi, yugurib qilib xizmatdi, shuytib oqshom o‘tdi. Erta-mertan tong otdi, to‘y taraddusida bo‘p yotdi: Oltin otib, oltin qovoq ottirib, Shu zamonda oq o‘tovlar yoptirib, Namoyishga katta to‘plar ottirib, Elu xalqqa to‘y ovoza bo‘ladi, Alpomish kelganin ma’lum qiladi, Oshpazi, novvoyi qolmay jo‘nadi, Kelib bunda bari jam bo‘p qoladi, Rasta-rasta qilib qozon kuradi. Shu bugun boshladi Qo‘ng‘irotda to‘ydi, So‘yib tashlay berdi so‘qimman qo‘ydi, Har tarafdan chavandozlarni jiydi. Bek Alpomish o‘zi shunday to‘radi, Elu xalqqa to‘kib oshni beradi, Bir alomat, ajoyib to‘y bo‘ladi, Bevayu bechora to‘yib boradi. Oshga to‘yib, ko‘pkariga boradi, Tevarakda yayov ham borib to‘radi, Yetolmagan uzoq yo‘ldan qaradi, Oti zo‘ri tikka surib boradi, Yurt yig‘ilgan, katta yig‘in bo‘ladi, Alpomishman alp Qorajon turadi, Katta-kichik, hamma ham yig‘iladi. Bek Alpomish qarab ko‘nglin xushladi, Har yerda g‘animning sirin foshladi, Chavandozlar juda qiziqib ketdi, O‘rtasiga bakovulni tashladi. Davlatli qul adras-kimxob kiydirdi, Haqdan kelgan ishga mo‘ynin eydirdi, Kimki g‘anim, xoni-monin kuydirdi, Zo‘rligini shuytib ma’lum qiladi. To‘y berib chavandoz vaqtin xushladi, Boz ustidan Bodom cho‘rin tashladi, Chavandozlar qo‘shtaqim bo‘p ushladi. Har qaysi sherday bo‘p otni uradi, Dushman bo‘lgan bari yozgan o‘ladi. Shuytib eli-xalqqa hukmin bildirdi, Qirq kungacha kunda urib Ultonni, Qirq kundan key Ultontozni so‘ydirdi. Ko‘rsatdi shundayin elda ishini, Jallodga kestirib Ulton boshini, Shuytib dorga tortdi aning loshini, Qarg‘a-quzg‘un yeb ketgandi go‘shini. Bek Alpomish elga kelgan to‘radi, Qirq kecha-kunduz tinmay to‘yni beradi, Qirq kundan key to‘ylar oxir bo‘ladi. Javob olib chavandozlar boradi, Bir nechalar ko‘p solimni oladi. Obod qilib kelib yotir shahrini, Omon-emon ko‘rib kirdikorini, Nikoh kiyib oldi Barchin yorini, Ko‘ngildan chiqarib cher-g‘uborini. Shu kuni kech bo‘ldi, yotdi. Erta-mertan tong otdi, tong otganda uch-to‘rt otli Boybo‘rining davlatxonasiga yetdi. Kelib Barchinni so‘rab turibdi. Alpomishni ko‘rib, Alpomishga arzini aytayapti: Ko‘p bo‘ladi aytgan so‘zning xatosi, Xon Boysari Barchin gulning otasi. Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘lgandir, Avval oblo uning aqlin olgandir, Barchin kelib, qalmoq yurtda qolgandir, Qayta boshdan haq mehribon bo‘lgandir, Ketgan davlatining barin olgandir, Qaytib elatim deb izlab yurgandir, Mehnat tortib ko‘p ishlarni ko‘rgandir. Elatim deb yurtin izlab yurgandir, Necha odam unga hamro bo‘lgandir, Qalmoq yurtdan o‘tib munda kelgandir, Ko‘kqamish ko‘liga kelib qo‘ngandir, Burungiday yurtni yoylab turgandir, Barchinoyga juda intiq bo‘lgandir. Oh urganda so‘ylaydigan so‘zim, deb, Balki mening ko‘radigan ko‘zim, deb, Barchin oyim mening yolg‘iz qizim, deb. Boysari amriman bizlar kelamiz, Otasin Barchinga ma’lum qilamiz, Barchinoyni bizlar so‘rab turamiz, Ko‘rsak, bizlar suyunchini olamiz, Boysarining qizin so‘rab turamiz, Mexnat qilib Ko‘kqamishdan kelamiz, Boysari hurmati, xizmat qilamiz, Yo‘liqsak, Barchinga javob beramiz. Bu so‘zni eshitib, bularni otdan tushirib, ziyofat qilib, sarpoy-in’omlar berib, bo‘larni jo‘natdi. Yana kata-kichiklarni yig‘ib, sop nomdor biylardan o‘n kishini Boysarini olib kelgani buyurdi. Bul Ko‘kqamish o‘zining yaylovi, eldan urib chiqadigan yaqin yeri. Bu o‘n kishi Boysarini olib kelgani jo‘nab ketdi, yo‘lga tushib yo‘l tortdi. Borib Boysariga ko‘rinish berib, Boysariga necha nasihatlarni aytib, Boysari ham bularning so‘zini qo‘log‘iga tutib, burungi kek, achchiq ginalarini tashlab, o‘lmay qarindoshiga kelganiga shukur qilib, bularning so‘zini ma’qul bilib, Barchinni ko‘rmakchin bo‘lib, qancha shohlik shavkat bilan o‘n odamni oldiga solib, Qo‘ng‘irotga yaqinlashib keldi. Bularning ham kelayotganini bilib, oldiga odam chiqib, bu nima gap, deb Barchinoy qarab, otasi bilan enasini ko‘rib, poyu-piyoda oldiga chiqib, bu so‘zni aytib borayotir:Yuragimdan ketgan dog‘u alammi, Bu ko‘rganim yo o‘ngimmi, tushimmi, Kelayotgan oq sut bergan enammi?! Beliga bog‘lagan zarrin po‘tammi, Qalmoq yurtda qolgan mening otammi?! Bu so‘zdaytib borar qulochin yozib, Ko‘zidan munchoqday yoshini tizib, Ketdi otasining ko‘nglini buzib, Boysarining munda bag‘ri ezilib. Barchinni ko‘rgandi, bo‘g‘ni bo‘shadi, Yayov bo‘lib bari otdan tushadi. Yolg‘iz qizin bul Boysari ko‘radi, Barchinni quchoqlab nomdor jiladi. – Otam mening uchun jafo ko‘rgan, deb, Qalmoqlar yurtida izza bo‘lgan, deb, Men kelgan so‘ng qonlar yig‘lab qolgan, deb, Eshitganma do‘stu dushmandan bu yurtda, Qalmoqlar yurtida otam o‘lgan, deb. Ko‘nglimning chirog‘i ravshan bo‘libdi, O‘lgan otam qalmoq yurtdan kelibdi, Kelib bunda bul mungluqni ko‘ribdi, O‘chgan chirog‘im qaytadan yonibdi, Dushmanlar yer bilan yakson bo‘libdi, Kecha-kunduz shukur aytay xudoga, Xudo mening tilagimni beribdi. Necha yil yig‘latdi menday sanamni, Bunda vayron qilgan kulbaxonamni, Endi oldi qancha dog‘u alamni, Avval ko‘rdim o‘ldi degan to‘ramni, Boz ko‘rdim otam bilan enamni. Yetti yil quridi tanamdan darmon, Shukrilillo, ko‘rdim yana qaytadan, Qarigancha sursam bu elda davron, Inshoollo, qutuldim g‘amu kulfatdan, Endi bo‘lsam bunda Qo‘ng‘irotda davron. Bu so‘zdaytib bir-birini ko‘radi, Barchinni quchoqlab endi jiladi. Ko‘kqamish ko‘lida kulbaxonasi, Barchinni quchoqlab yig‘lar enasi: – Qo‘ng‘irot qarab qaytding Barchin zulfakdor, Sen ketgan so‘ng vayron bo‘ldi ul joylar, Necha yil sandirab bo‘ldik darbadar, Bu ishlarni soldi haq parvardigor. Necha vaqt bizlarga bo‘ldi qiyomat, Bizga tangri bir kun qildi shafoat, Qayta boshdan keldi qadimgi davlat, Otangman o‘tirib qildik maslahat, Elga keldik tag‘i sog‘u salomat, Necha gapdir, ustimizda alomat. Ko‘kqamishga bir kun kelib qo‘nibmiz, Omon-eson, bolam, seni ko‘ribmiz, Shu azobni ko‘rmaganday bo‘libmiz. Xudoyim bergayda barchaga darmon, Ish bo‘lmas qudratli haqdin befarmon, Omon-eson sen keldingmi, Hakimjon, Hakimni bag‘riga bosib ul zamon. Bir-birini ko‘rib aqili shoshdi, Adashganlar bir-biriman topishdi, Ko‘nglidan ginani qancha so‘rashdi, Boybo‘riman bul Boysari ko‘rishdi. Og‘ayni-da, mehri toblab qoladi, Bir-birining yig‘lab holin so‘radi, Qancha kulfat o‘tib ketgan boshidan, Ul azobni ko‘rmaganday bo‘ladi. Alpomish kelibdi, shukur qiladi, Bo‘lmasiga Hakim sabab bo‘ladi, Katta-kichik qarindoshlar keladi, Hammasi bir-birin kelib ko‘radi, Sabil bo‘lgan elin obod qiladi, Barchin enasini birga oladi, Shu zamon o‘rdaga qarab yuradi. Xizmatkorlar Barchinning xizmatida, Tong otgancha turib izzat qiladi, Bir-birining juda holin so‘radi, Yotmaydi, mehmondan xabar oladi, Barchindan barining ko‘ngli to‘ladi. Barchin suluv aqli raso, donodi, O‘zi ayol, ko‘p ishlarni biladi, Bilmaganni bul ham yo‘lga soladi, Enasi Barchindan rozi bo‘ladi. Ko‘rgan kun esiga tushganda armon, Oh tortsa tanidan quriydi darmon, Esiga olsa ko‘ngli maylis(ma’yus), parishon, Qancha g‘amdan ozod bo‘lgan shul zamon, O‘ynab-kular, sira qolmadi armon, Qaytadan Ko‘ng‘irotda bo‘lgani davron. Poyitaxtga begu xonlar jiyildi, Karnay-surnay tortib qildi o‘yindi, Sozanda, narmagar – bari jiyildi. Har qaysi o‘z mashqiga o‘yin qiladi, Qizu juvon tomoshaga keladi, Poyitaxtda vaqti xushlik bo‘ladi, Tomoshamon saf-saf bo‘lib turadi, Ko‘cha-rasta bul odamga to‘ladi, Ko‘rolmagan baland yerdan qaradi. Bir necha shoirlar aytib turadi, Bekning davlatidan in’om oladi, Qizu juvon aralashib qoladi. Qizik deydi, qochar-pisar bo‘lmadi, Hammasi ham tomoshaga keladi, Bek kelganin shuytib ma’lum qiladi, Bir kecha, bir kunduz o‘yin qiladi, Shu zamonda endi javob bo‘ladi. Bu o‘yinni javob berib tarqatdi, Tomoshamon bari mazgilga qaytdi, Kelgan bari poyitaxtga yig‘ilib, O‘tirib bir o‘pka-ginani aytdi, Ko‘tarib ko‘nglidan qancha ginani, Bular ham turib mazgiliga qaytdi. Shuytib o‘z yurtini shunqor ko‘ribdi, Omon-eson munda elga kelibdi, Gunohkorlar Hakimbekdan o‘libdi. Shunday qilib ko‘rdi o‘sgan shahrini, O‘zi qaytib olgan Barchin yorini, Bu so‘zlarning biri yolg‘on, biri chin, Vaqti xushlik bilan o‘tsin ko‘rgan kun, Eslab-seblab aytgan so‘zim bo‘ldi shul. Xoy desang, keladi so‘zning ma’quli, Shoir bo‘lar biling odam faqiri, Shuytib ado bo‘ldi gapning oxiri. Bu so‘zni eshitib, qalmoq bahodirlari ham Qorajonga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Nomdor polvon deydi meni, Bo‘lar bu yo‘lda maydoni, Keynimizda qalmoq xoni, Qorajon, bo‘lding bema’ni. O‘lar deb bizni g‘am yema, O‘zingdan bizni kam dema, Mehnat tortib bizlar kelgan, Ne ishlarni o‘zbak qilgan, Ne azamat alplar o‘lgan, Biz qaytmaymiz qilmay maydon. Xo‘p bir chopishib ko‘rarmiz, To o‘lguncha biz turarmiz, Moli-zotini olarmiz, O‘zbakni o‘lja qilarmiz, So‘ngra elga borarmiz. Bo‘lar bunda qalmoq ishi, Bugun qattiqdir savashi, Alpning xunin dovlab keldik, Bizga dori o‘zbak go‘shi. Lof urma, savash qilarman, Senday alpni o‘ldirarman, Qiyomat kunni solarman, Boring qaytarib olarman. Seni men odam demasman, Urush kunda g‘am yemasman, Sendayin ahmoq bo‘lmasman, O‘zbak diniga kirmasman. Elu xalqdan ayrilmasman, Senday sarson bo‘p yurmasman, O‘lmasam omon bermasman, Olmay o‘zbakni qo‘ymasman, Askarimni qaytarmasman. Qalmoqlar kelib, bir ozg‘intoy urush qililib, o‘lgan o‘lib, qolgani qochib qutulib, Hakimbek qaytib, Qorajonning qoshita yetib, Qorajon Alpomishga qarab, bir so‘zni aytib borayapti: Men qaytgan so‘ng qalmoqlarda turdingmi, Xabar ber, bek do‘stim, barin qirdingmi, Mening tilim olmay urush qip edi, Bachchag‘arni juda anday qildingmi? Ajal yetib paymonasi to‘ldimi, Qalmoqlarning shohi sendan o‘ldimi, Yo Qalmoqshoh o‘lmay omon qoldimi? Mendan qolib yolg‘iz urush qilasan, Sen qilgan ishingni o‘zing bilasan, Shukrilillo, sog‘-salomat kelasan, Qalmoqlarga ish ko‘rsatgan to‘rasan, Dushmanlarning qaytib dodin berasan, Kelib, do‘stim, bunda meni ko‘rasan, Ne bo‘ldi? – ishingdan xabar berasan, Nor kesar olmosni qo‘lga olasan, Qalmoqlarga qattiq o‘yni solasan, Qanchasin o‘ldirib bunda kelasan, Yana qaytib o‘z yurtingga borasan, Dushman ko‘rsang, yaxshi dodin berasan, Qanday ish ko‘rsatib bunda kelasan. Qilgan ishing qanday bo‘ldi, so‘rayin, U qalmoqlar dushman bo‘ldi, so‘rayin, Qalmoqshohi o‘lsa, xursand bo‘layin, O‘z mazgiling qancha qoldi, bilayin, Sening yurting men ham borib ko‘rayin, Sening mamlakating el qip turayin. Men bormayman qalmoqlarning eliga, Endi qaytmam badbaxtlarning diniga, Umrimni o‘tkazay islom eliga, Men yurarman do‘stimning mazgilida. Necha tog‘dan o‘tib bundan borarmiz, Bul eliboylarga yo‘ldosh bo‘larmiz, Goh yerlarda bizlar borib qo‘narmiz, Bo‘lgan ishni sendan so‘rab turarmiz. Chopag‘onchi kelib, Boybo‘riga Alpomishning kelganini bildirib, bir so‘zni aytib turibdi: Arzim eshit, xon Boybo‘ri, Shul bo‘ldi xizmatkor tili, Senday bekning joni-dili, Bog‘dochilgan guling keldi, Chamanda bulbuling keldi, Bek Alpomish uling keldi. Ruxsat olmay shikor ketgan, Din yo‘lida javlon etgan, O‘z yurtini yod etgan, Qalmoq yurtini bo‘zlatgan, Dushmanlarni izillatgan, Hakimbek qaysaring keldi. Haqqa yetgay aytgan nolang, Obod bo‘lar kulbaxonang, Qalmoq ketgan yolg‘iz bolang, Salomat yurtingga keldi. Ketgan boylar birga keldi, Ko‘kqamishga qo‘nib qoldi. Barchinoyni birga olib, Bek Qorajon yo‘ldosh bo‘lib, Sening jonu diling keldi. Qalmoq eldan yorin olib, Nomus bilan orin olib, Kelayotir sherday bo‘lib, Dushman qolgan yerday bo‘lib, Ishonmasang chiqib qara, Yaqin keldi birday bo‘lib, Bu yurtga ovoza to‘lib, Barchin birga oyday bo‘lib, Qavatida kanizlari Misli quralayday bo‘lib, Kelayotir yo‘lni tortib, Besh yuz norga sepin ortib. Turmagin munda bexabar, Elga kelib qoldi beklar. Bu so‘zni Boybo‘ri bilar, Yaxshi sarpo in’om berar, Suyunchi oldi xizmatkor. Qo‘ng‘irot yurtda bo‘ldi xabar, Otlanib qancha amaldor, Peshvoz ketdi sarkardalar. Mamlakat g‘alog‘ul bo‘ldi, Har ko‘chaga odam to‘ldi, Qizu xotinlar yig‘ildi. Qirqin kanizini olib, Oy Qaldirg‘och endi yurib, Kanizlarman ravon bo‘ldi. – Yuring, qizlar, borayik, deb, Bek akamni ko‘rayik, deb, Chechamdolib kelayik, deb, Qizu xotin borayotir, Yo‘lda baqan solayik, deb, To‘ppi, ro‘mol olayik, deb. Shunday bo‘lib odam ketdi, Beklar elga kelayapti, Bular chuvlab borayapti, Oqsuvga beklar yetdi. Beklar xonni ziyorat qildi, Bir-birini ko‘rib vaqti xush bo‘ldi, Otlanib ilgari ravona bo‘ldi, Ko‘p qiz bilan Qaldirg‘och yetib qoldi. Akasiman bul ko‘rishib qoladi, Ko‘p qizlar kelinni o‘rtaga oladi, O‘tqazmaydi, yo‘lda baqn soladi, Suksur kaniz to‘ppi, ro‘mol beradi. Qo‘ng‘irot mamlakati, barcha yig‘ilib, Bir necha yetolmay halak bo‘ladi. Yo‘lga sig‘mas baland joyda turadi Bir nechalar tomga chiqib qaradi, Elu xalqqa bul ovoza bo‘ladi, O‘n olti urug‘ elga xabar boradi, Dengi-do‘shi, qarindoshi keladi, Shunday qilib bir-birini ko‘radi, Hamma birday o‘ynab-kulib yuradi, Oyday bo‘lib Barchin suluv boradi, Boybo‘rining mazgilini ko‘radi. Ko‘ring Alpomishman Qorajonbekni, Xizmatkorga berdi bul mingan otni. Farzandini xon Boybo‘ri ko‘ribdi, Bolam, deb ikkovin birday bilibdi. Quvongandan ketdi aqili shoshib, Gapirolmay qoldi so‘zdan adashib, Hakimbekni shunday bag‘riga bosib, Qorajonman muhabbatman ko‘rishib: – Xudoyim bergay-da, barchaga darmon, Ish bo‘lmas qudratli haqdin befarmon, Sog‘-salomat seni ko‘rdim, Hakimjon, Ketdi yuragimdan mening yuz armon, Bul o‘g‘limning do‘sti ekan Qorajon. Bo‘lakdan quchoqlab endi ko‘rishgan, Avval bilmabman, deb qildi pushaymon, Ikkovini birday ko‘rib ul zamon. Barchindolib kelgan elning to‘rasi, Kelib qoldi oq sut bergan enasi. Qorajon ikkovin birday so‘radi, Enasi aynalib duo qiladi. Amaldorlar bekni o‘rtaga oladi, Taxt ustiga bularni olib jo‘nadi. Bular taxt ustida mazgilda turdi, Sarkarda, amaldor xizmatni qildi, Bul beklarning vaqtin xushlashib turdi, Barchinoyni o‘rdaga op kep tushirdi. Qizu xotin yig‘ilib o‘rdaga to‘lgan, Kanizlarman qator saf bo‘lib turgan, Barchinning adabin ko‘p qizlar ko‘rgan, Adabman xulqiga tabassum qilgan. O‘zbaklar rasimi shundayin bo‘lgan: O‘rtaga o‘t yoqib salomni solgan. Charchab keldi deb qarab turmaydi, O‘tirgani ko‘p qizlarni qo‘ymaydi, Salom solib ichkariga kiradi, Xotin-qizlar bari rasmin qiladi, Tong otgancha bunda chuvlab yuradi, Ko‘rmagan ko‘rsak deb intiq bo‘ladi, Ko‘rganlarning ko‘ngli to‘lib qoladi. Oy Barchin elga keladi, Ko‘rganning aqlin oladi, O‘zi shunday boy boladi (r), Husni to‘lgan oy bo‘ladi. Ko‘p qizlar xizmat qiladi, Qaldirg‘och yaqin keladi, Biy og‘asini so‘radi, Barchinoy javob beradi: – Qismat shunday bo‘ldi, deydi: Jami boylar keldi, deydi, Ko‘kqamishda qo‘ndi, deydi. Mening otam g‘arib bo‘lib, Qalmoq yurtda qoldi, deydi. Qaldirg‘och ham xafa bo‘ldi, Eshitib pushaymon qildi, Ul biyning holi ne bo‘ldi? Tong otgancha ko‘p sirlashib, Bildirmay elga kulishib, Ul oqshomini o‘tkizdi. Har tarafga xabar bordi, Qulluq bo‘lsinga yig‘ildi, Har elatdan odam keldi. Boybo‘rining vaqti xo‘shdi (r), Katga-kichik to‘y boshlashdi. Pishirib yotibdi oshdi, Hammasining vaqti xushdi (r). Hakimbek yurtiga kelgan to‘radi(r), Qancha mollar so‘yib oshni beradi, Beo‘lchov davlatni nima qiladi?! To‘kib bergan bilan ado bo‘lmadi, Kunda chiqib bul ko‘pkari qiladi Kunda solim, uloq berib turadi. Shul ishlarni qildi Boysinning mardi, Gurgumali obod bo‘ldi elati, Shul ishlarni qildi Qo‘ng‘irot bekzodi, Qalmoq eldan kelgan mardning farzandi. Necha kunlar elda to‘y berib yotdi, Necha kun ul zamon orada o‘tdi, Ul elda bo‘lgan to‘yni tarqatdi. Har kim turib o‘z mazgiliga qaytdi. Shunday qilib ko‘rib o‘sgan elatdi, Xudo bergan bekka munday davlatdi, Shunday bo‘lib topdi murod-maqsaddi. Bul so‘z yig‘ilgan qalmoqlarning hammasiga gap ma’qul tushdi. «Qalmoqshoh rost aytadi, Boysari bo‘lmasa, bul ishlar bo‘lmas edi, buncha odam o‘lmas edi», – deb Boysarining molini talab olmoqqa ancha odam jo‘natdi. Bu so‘zni aytib, jo‘nab borayapti: Bosh bo‘lgan necha sipohi, Buyurdi Qalmoqning shohi, Chilbir cho‘liga bormoqqa, Javob berdi ko‘p qalmoqqa, Boysarining molin tortib olmoqqa, Boysarini boylab haydab kelmoqqa, Javob tegdi sattagina ahmoqqa. Eshitgan shohning dotini, Minib barisi otini. Bul shahardan cho‘lga yurib, Nechovlar piyoda bo‘lib, «Beshta-o‘nta olarmiz», deb Kaltagin eyniga solib. Hech kim chiqolmas yo‘liga, Borgandir Oyna ko‘liga, Otli-piyoda chuvashib, Yetishdi Chilbir cho‘liga. Qaraydi Boysari nochor, Kelayotir ko‘p qalmoqlar, To‘qson to‘qayda yilki bor, Aylanib barini to‘plar, Xo‘p bir to‘plab sanab ko‘rar, Xatlab o‘tkazdi mirzalar, Qalmoqshohga tobe qilar. Boysari ham yurtning shoyi, Ne bo‘ldi sho‘rning gunoyi, Bilmas qanday qalmoq o‘yi, To‘qson qo‘ra bordir qo‘yi. Cho‘ponlarning barin yig‘ib oladi, Boysari qo‘ylardan judo bo‘ladi. Cho‘lda yurgan ko‘rar shunday qiyani, Xatlab oldi bundan qirq ming tuyani. O‘tkazgandir qator-qator norini, Podsholik ayladi hamma zarini, Xatlab oldi pisandida borini, Quritti-ku Boysarining sho‘rini. Barin xatlab mazgiliga keladi, Boysariga ko‘p siyosat qiladi, Xudo qilgan ishga banda ko‘nadi, Yolg‘izligi asar qilib boradi. Qolganiga ko‘p pushaymon qiladi, O‘rlikdan naf topmay endi jiladi, Bu sho‘rli yolg‘iz-da nima qiladi, Bir odam qo‘lidan nima keladi?! Shuncha davlatidan judo bo‘ladi, Boysarini shohga haydab jo‘nadi, Shu zamonda haydab ketib boradi. Dod deganman eshitmaydi so‘zini, Yosh oqizib bunda ikki ko‘zini, Har kimga sarg‘aytib gulday yuzini, Haydab borar Boysarining o‘zini. Achchig‘lansa, bunga qamchi tortadi, Falak jabri buning bag‘rin yirtadi, Piyoda Boysarini haydab ketadi. Boysaridan hech kim xabar olmasa, Qarindoshi, o‘g‘li, qizi bo‘lmasa, Hech kim buning yordamini olmasa?! Siyosat qip haydab ketib boradi. Zo‘rligini qalmoq bunga bildirib, Zo‘rlik bilan aytganiga ko‘ndirib, Ot o‘ynatib ne qalmoqlar boradi, Taqdirida yozilganni ko‘radi, Qalmoqshohga eltib to‘g‘ri qiladi, Yozgan xatni Qalmoqshohga beradi. Boysaridan necha so‘zni so‘radi, Javob berolmaydi, qo‘rqib turadi. Siyosat ko‘rsatdi qalmoqning shohi, Ko‘p ekan, – deb, – Boysarining gunohi. – Boysarini «yaxshi hurmat» etarman, Boshin kesib, buni dorga tortarman. Bizning yurtga ne ishlarni solgandi, Menday shohning osha aqlin olgandi, Ko‘p ishlarni bunda kelib qilgandi, Shu vaqtgacha bilmay menday sultondi, Endi bunga o‘lim lozim bo‘lgandi(r). Boysariga qattiq azob berarman, Jallodlar qo‘liga topish qilarman, Hukmi kushga seni tayin qilarman. Turgan mazgil-joying qalmoqlar joyi, Bu so‘zlarni aytib mendayin shoyi, Qavatida qo‘l kuvshirib sipoyi. Saf-saf bo‘lib turgan qalmoq balodi(r), Nima desa, ul Boysari ko‘nadi, Ko‘nmaganda nima iloj qiladi, Hozir qalmoq juda zo‘r yov bo‘ladi, Boysariga azob berib turadi. Ne ish ekanin xon Boysari bilmadi, So‘ramoqqa bunda holat qolmadi. Qarab turib ko‘zda yoshi tizilar, Boysarining qarab bag‘ri ezilar. Boysarixon xo‘p darhayron bo‘ladi, Bori davlatini qo‘ldan beradi, Qalmoq bari shunday ishni qiladi. Qalmoq xalqi shundayin el bo‘ladi, O‘zbaklarning bir urug‘i bo‘ladi. Boysarini g‘azab qilib so‘radi, Nochor bo‘p Boysari shohga qaradi. Boysari Qalmoqshohga qarab, gunohini so‘rab turibdi: G‘ariblikda mening so‘lgan tarzim bor, Qalmoqshohim, senga aytar arzim bor, Ne sababdan men bo‘libman gunohkor? Musofirman, ko‘rib sening elingni, O‘z jonima men qilganman zulmni, Kimga aytay endi o‘lar holimni, Xatlab tortib oldi bori molimni, Hech kim so‘ramadi munda holimni, Odamlaring qilib qayg‘u-zulmni, Nishon qo‘ymay oldi barcha molimni. Men suylasam ko‘p siyosat qilibdi, Ot hukminda senga haydab kelibdi, Sening so‘ylaganing bunday bo‘libdi, Menday faqir nima gunoh qilibdi?! Barcha davlatimni qo‘ymay olasan, Jallod yo‘qlab, meni topish qilasan, Qilgan gunohimni qaydan bilasan?! G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor, Bu ishlardan qolgan men ham bexabar, Ne sababdan, shohim, bo‘ldim gunohkor? Nohaq qilding endi menga zulmni, Talon qilib olding barcha molimni, Axirinda qilding munday zulmni, G‘azabman chaqirding jallodlaringni, Qalmoqshoh, sen qattiq qilding kunimni, Bir odam deb surmading holimni. Rahm qilmay ko‘zda qonli yoshima, Qartayganda qamchi urib boshima, Yetolmayman ketgan qarindoshima, Haydab keldi zulm bilan qoshinga. Musofir ellarda bo‘ldim xoru zor, Boshim kesib dorga tortsa jallodlar, Boysari der nega bo‘ldim gunohkor? Bu so‘zni Boysaridan eshitib, karvonlar Boysarining siri ahvolini, aytgan so‘zlarini, qalmoqlarning zo‘rlik bilan olgan mollarini o‘z ko‘zicha arzaga solib, karvonlar bitib olib, Boysari o‘z holiga yig‘lab, xo‘shlashib, karvonlar ham yo‘lga ravona bo‘ldi. Bu karvonlarning ketib borayotgandagi so‘zi: Ko‘nglin bo‘lib bul Boysari qoladi, Arza olib bundan karvon jo‘nadi, Tuya oyog‘iman ketib boradi, Boysarining asli-naslin biladi, Bir-biriga yo‘lda aytib boradi: «Ilgari bul Qo‘ng‘irot elda turadi, Bir gap bilan bul yurtlarga keladi, Axirida xo‘p ahvolni ko‘radi». Bu so‘zni eshitib, o‘tday tutashib, Qorajon bilan Alpomish oblohu akbar, deb qalmoq lashkariga qarab ot soldi. Qaramay baland-pastiga, Ot qo‘ydi qalmoq ustiga. Ostiga mingan to‘bichoq, Ot qo‘ygandir shunday g‘o‘chchoq, Bir yoqdan ot qo‘ydi qalmoq, Bunda ajab urush bo‘lmoq. Qalmoqlarga aralashdi, Qaytmay qalmoqlar savashdi, Bir-biriman qilichlashdi, Qalmoq shohning nomdorlari Har tarafdan ot solishdi, Rad berar kelgan qilichdi, Kesadi Qorajon boshdi, Mardlari daryoday toshdi, Nomardlarning aqli shoshdi. Nechov otdan ovib qoldi, Jazosini tovib qoldi, Nechovlar otdan yiqilib, Toza yerni qovib qoldi, Qalmoqlardan ancha o‘ldi, Aqli shoshib qo‘rqib qoldi. Ikki polvon zo‘rabordi(r) Ko‘p qirar kelgan lashkardi, Yig‘latgandir qalmoqlardi, Yubormoqchi boz lashkardi. Qalmoq yurtga xabar bordi, Bu beklardan azob ko‘rdi, Kelib holi zabun bo‘ldi. Falakka yetgay nolishi, Shuldir bu beklarning ishi, Sulab qoldi qalmoq loshi, Kesildi qalmoqning boshi. «O‘lja olarmiz», deb keldi, Bul beklardan azob ko‘rdi, Ikkovi shunday ot solib, Qalmoqni o‘rtaga olib, Qancha qalmoqlardan o‘lib, Qalmoqlarni to‘plab olib, Qorajonbekni qaytarib, – Elga bo‘lgin xabardor, – deb Hakimbek urushda qolib. Yolg‘iz bo‘p bunda yuradi, Ko‘p qalmoqni o‘ldiradi, Qilich-nayza sop ko‘radi. Bu alpga ta’sir qilmadi, Qalmoq aytgani bo‘lmadi, Qalmoqlar fikr o‘yladi, Behuda jonni qiynadi, Qochmoqni talab ayladi. «Tig‘i olmos bunga botmas, Urush qilgan omon ketmas, Bu o‘zbak qanday jodugar, Yo bu kashmiri hiylagar? Hech kim bo‘lmadi barobar, Ursang botmaydi yaroqlar». Qalmoqlarda bordir nomdor, Alpomishga bo‘ldi duchor. Qorajonga so‘zlar aytgan, Qilichiga qonlar qotgan, Ko‘ring Oyqashqa polvonni Hakimbekman savash etgan. Bir-birining aqlin olib, Nayza bilan qilich solib, Unga Hakim g‘olib kelib, Sherday bo‘p ustiga bordi. Siyosatman qilich soldi, Oyqashqani ikki bo‘ldi, Endi qolgan qalmoqlar Qochmoqni ixtiyor qildi. Qalmoqlarni to‘plab oldi, Biror maydon urush bo‘ldi. Oqadi ko‘zining yoshi, Ot ostida qoldi boshi, Shuldir Hakimbek savashi. Talab qilib o‘zing kelding, Holing bilmay urush qilding, Bekoriga anchang o‘lding, Toychi qalmoq, nima qilding? Bek Alpomish deydi meni, Ko‘rsam o‘ldirarman seni, Ko‘p odamni halak qilib, Bunda o‘ldirding bema’ni, Meni bilsang Boysin xoni. Qaytmayman bunda yo‘limdan, Omon bermasman qo‘limdan. Sening aqlingni olarman, Yerni qizil qon qilarman, Biringni qo‘ymay qirarman, Qirmasam nomard bo‘larman. Bu so‘zni aytib yo‘lga soldi, Har na qalmoq qochib berdi, Oz odam ko‘pdayin bo‘ldi, Qochganin Alpomish bildi, Shovqin berib, quvib ko‘rdi, Yetib barin o‘ldirdi. Siyosatga dovush qilib. Ostida o‘ynaydi oti, Bo‘ldi bekning siyosati, Bular Qo‘ng‘irotning jo‘mardi, Qalmoq qochib toza ketdi. Bu so‘zni Qorajondan eshitib, Alpomish ham shunday bo‘ldi deb Qorajonga bildirib borayotir: Sen ketgan so‘ng bir ozroq, urush qildim, Na’ra tortib men ham maydonda turdim. Ot surib birovi maydonga keldi, Menga siyosat qip osha lof urdi, Mening ham qo‘limda shu polvon o‘ldi, Undan kay qolgani ul qochib berdi, Undan keyin tag‘i bir qalmoq o‘ldi, Siyosatga dovush qilib men qaytdim, Qalmoq, qochib bari eliga ketdi. Uynab-kulib, do‘stim, keyningdan yetdim. Bul boylarman, do‘stim, birga bo‘larmiz, Yura bersak, bir kun elga borarmiz. Borayotir elat ko‘chini ortib, Oqshom yurar, kunduz tinmay yo‘l tortib. Boyligidan bedov otni boylagan, Tangqa taylab ne cho‘llarni yoylagan, Sarkashlab cho‘ponlar qo‘yni haydagan. Borayotir qo‘yu qo‘zi mangrashib, Necha Asqar dovon, bellardin oshib, Beklar keldi bul boylarga yetishib. Bek Alpomish Barchinoyni ko‘radi, Ko‘p elatman birga ketib boradi, Qo‘y oyog‘i bilan yo‘lni oladi, Achchiko‘lga kelib bari qo‘nadi. Mollarni haydaydi shunday ahalab, Tushdi boylar Achchiko‘lni yoqalab. Achchiko‘lga qo‘ngan elga qaradi, Necha kundan beri yo‘llar yuradi, Elat juda horib-charchab boradi. Kelib Achchiko‘lga qo‘nib, chodir tikib, Barchinning qirqin kanizlari necha kundan beri yo‘rg‘a minib, yo‘l tortgan, juda charchab mazasi ketgan, nechovi otning ustida juda zingkiyib qotgan. Barchinni otdan tushirib yotgan, besh yuz norga sepini ortgan, norlarni cho‘karib yukini tushirib yotgan, xotinlar baxmal uyni tikib yotgan, qirqin kanizlar Barchinni baxmal uyga olib ketgan, toza liboslarni bul uyga solib yotgan, har qaysisi o‘z ishi bilan bo‘lib yotgan. Hammasi choydish-qumg‘onni qaynatgan, choyni damlab yotgan, dastarxon yozib, xizmatkorlar taom tortgan. Yo‘l qoqib, bir nechasi sulab yotgan, kech vaqti yaqin yetgan, uch-to‘rt kun dam olib yotgan. Barchinning ko‘nglini shod etgan: Qirqin qizlar aqlin olar, Qizlar yugurib xizmat qilar, Barchin oyning ko‘ngli to‘lar, Boylarning vaqti xush bo‘lar, Dam olishib uch kun turar, Tag‘i bundan ko‘chmoq bo‘lar. Bir-biriga xabar qilib, O‘z yurtiga ravon bo‘lib, Achchiko‘ldan endi ko‘chib, Ko‘chlarini norga ortib, Bular yo‘lga ravon bo‘ldi. Bek Alpomish beklik qilib, Qorajon bilan birga davron surib, xo‘p mamlakatni obod qilib, Barchin bilan o‘ynab-kulib yurtiga ega bo‘lib, bular bunda yura berdi. Endigi gapni qalmoqlardan eshiting. Qochqinchi qalmoqlar eliga borib, Qalmoqshohning oldida jam bo‘lib, maslahat qilib, Qorajonning enasi Surxayil maston ham kelib, maslahatning bir chetida bu kampir ham turib, shunda Qalmoqshoh katta-kichik amaldorlariga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Men aytarman bunday kunda dodu dod, Katta-kichik, turgan bunda jamoat, Uylashaylik, bering menga maslahat, Boysaridan tegdi menga kasofat, Kasiridan o‘ldi qancha azamat, Katta-kichik, bering endi maslahat. Baydoq-baydoq bundan lashkar boribdi, O‘rta cho‘lda o‘zbaklarni ko‘ribdi, Qaytmay bular turib urush qilibdi, Bu urushda ancha odam o‘libdi, Qancha odam yarador bo‘p kelibdi, O‘ylanglar, kasofat kimdan bo‘libdi. Men ham muna elda turgan to‘raman, Bu ishlarni Boysaridan ko‘raman, Boysarini men ham nima qilaman? Maslahat ber, katta-kichik qarindosh, Har na bor molini talab olaman, O‘z moliga o‘zin yetim qilaman, Shul ishni qilsam deb o‘ylab-ko‘raman, Maslahat ber, beklar, so‘rab turaman, Nima desang, aytganingni qilaman. Bu so‘zimni yaxshi o‘ylab ko‘ringlar, Qarindoshlar, bir maslahat beringlar, Ma’qul bo‘lsa, bundan turmay boringlar, Har na bor molini tortib olinglar. Eshitgin mendayin shohning tilidan, Ketolmabdi bunda Qalmoq elidan, Hech ish kelmas Boysarining qo‘lidan. Bu so‘zlarni menday shohing aytadi, Boysarini talon qilsak, qaytadi. Boysariga qattiq azob beramiz, O‘zini xizmatkor qilib solamiz, Katta davlat, molin tortib olamiz, O‘ylab turib qaytib omon beramiz. O‘lib ketdi ul necha vallamatim, O‘ylasam, qolmaydi tanda toqatim, Ilgari ko‘p edi qilgan hurmatim, Endi bo‘lar Boysariga bul siyosatim, Qanday bo‘ldi bu mening maslahatim, Javob bergin, katta-kichik elatim. Beklar otlarini egarlab, choqlab, shaylanib, Barchin bilan yo‘lga ravona bo‘ldi. Alpomish Barchinga qarab, bul so‘zni aytib borayotir: So‘zim eshit, mohi anvar, Bizman birga sanam dilbar, Senga hamroh ko‘p kanizlar. So‘z aytar senga bekbachcha, Anglagin so‘zni oyimcha, Lashkar qilib keynimizdan, Quvib keldi qalmoqgachcha, Qalmoqlardan o‘lib ancha, Jabr ko‘rgandir bir necha. Qalmoqlar jazosin berdim, Sening bilan suhbat qurdim, Yo‘lga birga ravon bo‘ldim. Zulfing yuzingga yarashib, Yo‘liqsang bizman talashib, Ketsang bunda tog‘din oshib. Bir-biriga xon yonashib, Uzangilar shirqillashib, Mingan oti dirkillapshb, Borayotir hazillashib. Bedovlarga qamchi chotar, Necha qiya yo‘ldan o‘tar, Qalmoq yurtini bo‘zlatar. Borayotgan shunday qaysar, Qavatinda Barchin dilbar, Gohi kulsa, goh vaqtinda, Otasini esga olar. Barchinning ko‘ngli buzilar. Ko‘p gaplar bordir ko‘nglida, Qoldi deb Qalmoq elida. «Ena-otam qanday, – deydi, —Dushman qalmoqning elida. Otama zulm qildimi, ushmanda g‘arib bo‘ldimi, Molini talab oldimi, Ahvoli zabun bo‘ldimi?» Bu so‘zlar ko‘ngliga kelar, Buni bildi Hakim shunqor: – Ko‘nglingni bo‘lma, gajakdor. Sening bu ko‘ngling bekor, Haddi bormi u qalmoqlar. Sog‘-salomat uyga borsak, Biydan tag‘i xabar olsak, Uytib-buytib olib kelsak, Yura bergin, bizlar ko‘rsak, Ikkovimiz davron sursak, Qo‘ng‘irot elda o‘ynab-kulsak, Dunyoni shuytib o‘tkazsak. Bu so‘zni aytib ketdi beklar, Borayotir jami boylar. Jafo tig‘i jondan o‘tib, Ayriliq bag‘rini yirtib, «Yo‘llarda ko‘rdik zulm, deb. Qaydasan Boysin elim, deb, Obod yurtim, mazgilim», deb Necha ko‘lu cho‘lni yoylar, O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot boylar, Yo‘lning azobini o‘ylar, Charchab qoldi qancha qo‘ylar. Kelar necha tog‘din o‘tib, Tinmayin bular yo‘l tortib, Ko‘kqamishga yaqin yetib, Bir toqqa chiqib naradi, Qo‘ng‘irot elning muzofoti, Ko‘kqamish ko‘lni ko‘radi. Boylar bundan ketgan joyi, Vaqti xush bo‘p jami boyi. Yo‘l yurmoqdan ko‘p azobni ko‘radi, Qalmoqdan chiqqandan yo‘llar yuradi, Jahongashta bo‘lib elni ko‘radi, Jahonni sayl etib yo‘lda yuradi, Ketgan yeri – Ko‘kqamishga keladi, O‘z yurtim deb vaqti xo‘sh bo‘p qoladi, Ko‘kqamishni bul yoqalab qo‘nadi, Burungiday elin yoylab oladi. O‘lmagan dunyoning ishin ko‘radi, Odamlarning barin yig‘ib oladi, Bul boylardan xo‘shlashib jo‘nadi, Qorajonman bul ham birga bo‘ladi, Qirqin qizlar Barchinoyning qoshida, Barchinni uzatib birga boradi. Borayotgan yeri Qo‘ng‘irotning yurti, Borayotgan Qo‘ng‘irot elning bekzodi, Xabarchi qip chopag‘onchi jo‘natdi, Yaqin qolgan bekning Boysin elati. Chopag‘onchi otga qamchi uradi, Kim yo‘liqsa, unga xabar beradi, Shunday borib Qo‘ng‘irotni oraladi, Nima gap deb xaloyiqlar so‘radi, So‘raganga javob berib boradi, Boybo‘rining mazgilini ko‘radi, Alpomishdan borib xabar beradi, Boybo‘ribiy chiqib bundan so‘radi. Bu so‘zni eshitib, Qalmoqshoh bir so‘z deb turgan ekan: Ul hamdamim ketdi mening Qorajon, To‘qson alp edi-ku yurtimda sulton, Shunday zo‘rlar bo‘ldi yer bilan yakson, Kasofat ishini sendan ko‘rdim man. Gunohkorsan, eshit aytgan so‘zimni, O‘ydiraman sening narbas ko‘zingni, O‘rtaga tashlading Barchin qizingni. Men ham senga ko‘p yaxshilik qilganman, Yurtimdan joy berib rahbar bo‘lganman, Shul alplardan judo bo‘lib qolganman, Shuytib bul ishlarni sendan ko‘rganman, Bil, Boysari, men gunohkor qilganman. Sendayin lodonning ko‘nglin bo‘larman, Alplar qasosini sendan olarman, Nima bo‘lsa bilganimday qilarman, Boshing kesib seni dorga ilarman. Bir odamsan, hali o‘lib ketmagin, Yaxshilik qilayin, sen unutmagin, Yana qaytib sen o‘zingdan ketmagin. O‘ldirmayin, to‘g‘ri yo‘lga solayin, O‘z molingga seni sardor qilayin, Men ham senga mehribonlik qilayin. Ko‘p yig‘laysan, bunda fig‘on qilasan, Bir odamsan, achchiqlansam o‘lasan, Mol boqar kattasi bo‘lib yurasan, Taqdiringda nima borin ko‘rasan, Kuning bitsa ajalingdan o‘lasan. Jo‘natgansan talash bo‘lgan qizingdi, O‘ldirmayin men ham sening o‘zingdi, Jon shirin-da, sening ko‘ngling buzildi, Qilgan ishlaringga o‘lim lozimdi(r), Hali ham men ozod qildim o‘zingdi, Mol bokarga sardor bo‘lmoq lozimdi(r). Bu so‘zni eshitib, Boysarining ko‘ngli taskin topib, moli ketsa ham joni qolganday bo‘lib, nima deganiga o‘zini rozi qilib, jam’i mollarini qo‘lidan olib, katta odam edi, o‘z moliga o‘zi yetimlik qilib, mol boqadiganlarning ustidan sardor bo‘lib, shul ishga Boysarini rozi qilib, qalmoqlarning nima deganiga ko‘nib, qo‘l qo‘ydirib, Qalmoqshoh muhrlab olib, mollarning ustidan qaraydigan sardor bo‘lib, shunchalik darajani Qalmoqshox Boysariga berib, Boysariga bul ishlarni topshirib, o‘z mazgiliga qaytarib yubordi. Qalmoq yurtida shu sarsonchilikni ko‘rib qoldi. Shunday bo‘lib molni boqib yura berdi. Surxayil maston, bu kampir hamma ishga aralash, Qalmoqshohning qilgan ishlarini ko‘rib, bul ham o‘z nafsiga tortdi: «Boysarining molini talab opti, o‘z moliga o‘zini yetim qipti, podshohlarning nazdiga shul ham ish bo‘pti», – deb o‘rnidan turib, bir so‘z deb turibdi: Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘lmadi, So‘lgan gulga bulbul kelib qo‘nmadi, Bu qilgan ishingga ko‘nglim to‘lmadi, Sening qilgan ishing ishday bo‘lmadi. Elni so‘rab turgan katta to‘rasan, Boysarining molin talon qilasan, O‘z nafsingga tortib molin olasan, Boysariga omon javob berasan. Qilganing nazlingga ishday bo‘lami, Sen mol olsang, o‘lganning xuni to‘lami?! Qancha molga ega bo‘lib turasan, O‘lganlar xunini qanday qilasan, Moldor kishi bo‘lib yoylab qolasan, Mol egasin sen ham yetim qilasan, Xun dovlayman, nima javob berasan, Bolalarim nobud bo‘lgan, bilasan. Surxayil der, bir ish boshlab turayin, Ko‘ngilda borimni aytib turayin, Qani, sening yaxshiliging bilayin, Ustayu mardikor sendan so‘rayin. Ko‘nglim shuldir: Murod tepa borayin, Chilbir cho‘ldan joy orasta solayin, Shul o‘zbakning yo‘lin to‘sib ko‘rayin, Boysarida nima ishim bor mening, To o‘lgancha Alpomishman bo‘layin. Agar qo‘lga kelsa Boysinning xoni, O‘ldirsam to‘lanar o‘g‘limning xuni, Darkor emas o‘zbakning moli, Shul bo‘ladi Surxayil aytgan savoli. Yoshga to‘la menday nochorning ko‘zi, Qanday bo‘ldi Surxayilning bu so‘zi. Shoh qoshida baring in’om olasan, Shu so‘zima nima javob berasan. Bu so‘zni Surxayildan eshitib, Qalmoqshoh ham Surxayil mastonga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Nochor, aytgan so‘zing men ham bilayin, Nimani xohlasang, shuni qilayin. So‘rasang avvali mendan xizmatkor, Qancha desang, mening bermog‘im darkor, Yana ham so‘rasang ustayu gilkor, Shahar qilsang, qila bergin muqarrar, Obod qilsang, mening bermog‘im darkor. Ustiga qo‘yayin necha amaldor, Bu ishlarga sen bo‘lmagin chiqimdor. Ko‘rsatib bo‘lg‘aysan boshida sarkor, Har na bo‘lsa qilib bermog‘im darkor. Qancha odam sen so‘rasang, berayin, Qayerga buyursang, hozir qilayin, Burungiday hurmat qilib turayin. Quloq solgin menday shohning tiliga, Ko‘zing to‘rtdir Qorajonning yo‘liga. Bir mazgil qilganing o‘g‘ling biladi, O‘zbak yurtdan bir kun o‘g‘ling keladi, Bari bolang tirilganday bo‘ladi, Ko‘nglingdan g‘ubori ketib turadi, Ko‘ngling bo‘lma, shohing xizmat qiladi. Sening ham ullaring bu yurtda sardor, Har qaysisi edi misli aydahor, O‘lib ketdi bunda shunday zo‘rabor, Kelolmas edi-ku hech bir dushmanlar. O‘ylab tursam yuragimda dardim bor, Surxayil, berayin necha xizmatkor, Burungiday tortinmagin, ayta ber. Agar askar so‘rasang ham berarman, Qancha dunyo bo‘lsa hozir qilarman, Qadimgiday izzatingni qilarman. Surxayil maston bu so‘zni eshitib, aytgan so‘zi ma’qul bo‘lib, qancha xizmatkor, qancha usta so‘rab olib, qancha mardikor, bularni ishlatadigan qancha muhrdor, amaldor, sop suluv qirq qiz, shunday qizlar: ko‘rganning aqlin olguday, jamoliga har kim hayron qolguday, bir ko‘rgan odam jamoliga mast bo‘lib, shu o‘rtada aylanib qolguday qizlarni olib, Surxayil mastonning qaytib borayotgandagi so‘zi: Aytgan ishim mavjud bo‘lib, Podsholikdan odam olib, Amaldorlar yo‘lga solib, Bir nechalar yo‘l boshqarib, Surxayil aytganin qilib, Qancha arava jo‘nadi Ovqat bilan anjom solib. Ketdi ustayu mardikor, Boradi Surxayil ayyor, Oro berib necha qizlar, Surxayilga xizmat qilib, Borayotgan sarvinozlar. Shohga yoqqan kampir so‘zi, Atrofida qirqin qizi, Kiygani gulgun qirmizi, Qalmok yurtning sarvinozi. Ko‘rganlarning aqlin olib, Husni bir-biridan g‘olib, Surxayilga hamroh bo‘lib, Bir nechasi na’ma chalib, Shunday bo‘lib borar qizlar, Chilbirning cho‘lini izlar. To‘qayiston ko‘lga ketdi, Oldi Murod tepa yetdi, Ul tepada qo‘nib yotdi. Murod tepaga borib, Murod tepaning yaqinidan, Chilbir cho‘lidan bir joy orasta tuzatdi. Necha vaqtlar ustayu mardikorlarni ishlatdi, ko‘ngiralarini po‘latdan so‘qdirib, bo‘sag‘alarini oltindan choptirib, darvozalariga tillaning suvini yugurtib, yoqut, marvar toshlaridan namoyishga o‘tqizib, ichkima-ichki bul mazgil-joylarni tuzatib, Qalmoqshoh kelib bul joylarni ko‘rib, shunda bu imoratlar tamom bo‘lib, ustayu mardikorlarning hammasiga javob berib jo‘natdi. Sop podsholikdan aroq-sharoq, behush dorilarni g‘amlab qo‘yibdi, o‘ziga oro-toro berib, bul mazgilda yuribdi. Qalmoqshoh har zamon kelib, askarlari bilan xabar olib turibdi. Boysarining ko‘rgan kunini o‘zbak beklar eshitsa, izlab kelar, deb yuribdi. Har kun kampir chiqib, durbunni olib, o‘ngu so‘lga qarab turibdi, shu tashvishlarni Surxayil bilan va’da qilib, Qalmoqshoh ikkovi bir bo‘lib, kelsa o‘zbaklarni qo‘lga tushiramiz, deb yuribdi. Boysari o‘z moliga o‘zi yetimlik qilib yuribdi. Nogahon mol boshida yurib edi, bir qator karvon o‘tib borayapti. Molini qo‘yib, karvonlarning oldiga chiqib, bir so‘z deb turibdi: Shunday bo‘ldi menga haqdin farmonlar, Jahonni sayl etib kezgan karvonlar, Yo‘l bo‘lsin, karvonlar, qayda borasan? Xabar bergin, qaysi eldan kelasan, Borar yurting menga xabar berasan. Jafo tig‘i bul kun jondin o‘tadi, Meni taqdir shu kulfatga eltadi, Katta yo‘ldan senday karvon o‘tadi; Karvonlar ham tuyani to‘xtatadi. Har na dardin karvonlarga aytadi, G‘aribligim suyagimni o‘rtadi, Yo‘l bo‘lsin, karvonlar, qayda borasan? To‘rt qilgandir egam ikki ko‘zimdi, Qartayganda xo‘r bo‘p qolgan o‘zimdi(r), Sen anglagin gulday so‘lgan tarzimdi, To‘xtading, eshitgin aytgan arzimdi. Xabar bergin qaysi eldan kelasan, Rostin aytgin qay shaharga borasan? Azamat mard edim, bo‘lganman nochor, Bu cho‘llarda shunday bo‘ldim xoru zor, Elimdan ayrilib bo‘ldim darbadar, Bul so‘zima javob bering, karvonlar. Ko‘nglim bo‘lib sendan savol so‘rayin, Sening borar yurting men ham bilayin, Borar joying xabar bergin, ko‘rayin, Ul sababdan sendan savol so‘rayin, Dardmanman, dardimni yorib turayin, Dardim bordir, senga arza berayin, Yo‘l bo‘lsin, karvonlar, sendan so‘rayin. Bu so‘zni eshitib, karvonlar ham Boysariga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Har shaharman shul shaharda yuraman, Toychixonning mamlakatin ko‘raman, Yurib o‘zim savdogarlik qilaman, Qalmoqlar shahridan chiqib kelaman, Asli o‘zim qanjirali bo‘laman, Boysin shahariga ketib boraman, Behad molni bu shahardan olaman, Men ham mato, kimxob yuklab boraman, Boysin bozoriga molim solaman, Xudo bersa, ko‘p foydani olaman, Ro‘zg‘orimni borib obod qilaman. Bir xudoning berganiga ko‘naman, Bu cho‘llarda tuni-kuni yuraman, Mehnat tortib Boysin-Qo‘ng‘irot boraman, Men ham bilsang, Qo‘ng‘irot eldan bo‘laman, Bu yurtni kezgan men savdogar bo‘laman, Kashaldan Qo‘ng‘irotga ketib boraman, So‘rasang, gapingga javob beraman, Meni bilsang, asl o‘zbak bo‘laman. Men bilmayman, necha kunda boraman, Elda yurgan men bozorchi bo‘laman, Yuk bosdi tuyamni, yo‘lga kiraman, Ko‘p hayallab, so‘zga quloq solaman, So‘zing bo‘lsa aytgin, yo‘ldan qolaman, Karvonman-da, yursam yo‘lni olaman, Qo‘ng‘irot yurtga men ham kirib boraman, Mundan borsam, elatimni ko‘raman, Hayallamay jo‘namaqchin bo‘laman, Nima desang, so‘zingdolib boraman. Ko‘p so‘rading, aytgin nima ishing bor, Tarzing ko‘rdim, sen bo‘libsan xoru zor, Qo‘ng‘irot elda kimga aytar so‘zing bor? Ahvolingdan sen menga berding xabar, Ul elatda kimga aytar darding bor? Qarab turib ko‘p so‘radi karvonlar. Zamoningda sen ham daryoday toshib, Sen qolganday tabgiringdan adashib, Ko‘p so‘zni so‘ylading aqiling shoshib, Yaqinlab kelgansan menga yonashib. Shunda ul amaldorlarga qarab, qofila boshi bir so‘z deb turgan ekan: Qalmoqlar yurtiga guzarim tushdi, Yukimni to‘ldirib undan kelibman, Boysarining ahvolini ko‘ribman, Ko‘p turishib basti javob qilibman, Ul sababdan men bu yerga kelibman. Men ham savdogarman, aytar arzim bor, Xabar bersa, Barchinoyni ko‘raman, Otasining xabarini beraman, Bo‘lak odamlarni nima qilaman, Oy Barchinni men ham so‘rab turaman. Hazil dema qofila boshin so‘zini, Xon Boysari ko‘p so‘ragan qizini, Beraman otasin aytgan qarzini, Ko‘rib o‘tay Barchinoyning o‘zini. Qofila boshini aylantirib turmagin, Xabar bergin, osha halak qilmagin. Katta yerda aytib turar arzim bor, Barchinoyim hali mendan bexabar, Men karvonman, shahar joyda ishim bor, Buyurgin Barchinga bitta xizmatkor, Qofila boshning aytgan so‘zi shu bo‘lar. Ul saroyda mening behad molim bor, Men borgancha jo‘ralarim intizor, Barchinoyga xabar bermog‘ing darkor. Ko‘p hayallab men ham bunda turaman, Hayallasam men savdodan qolaman, Hayallamay kelsa Barchin mushtipar, Otasining so‘zin ma’lum qilaman. Biy otasi bo‘lib qopti sargardon, Xabar ololmaydi hech kim holidan, Barchinga bildirib o‘tay bul zamon. Bu so‘zni karvonlardan eshitib, karvonlarga qarab, Boysari ham bir so‘z deb turgan ekan:Qarindoshsan, qilay izingni tavof, Sen mening so‘zima bergansan javob, Bir so‘zim bor aytay, qilsang ko‘p savob. Qalmoq elda musofirman sandirab, So‘zimni aytmayman hech kimga qarab, Chiqib edim men akamdan o‘pkalab, Hozir menga qalmoq bo‘lgandir taraf. Qalmoq mening bilmaganim bildirdi, Har na desa, aytganiga ko‘ndirdi. Karvonlar, eshitgin mening tilimni, Qalmoq qildi bir qabohat zulmni, Talab oldi mening bori molimni, Quloq sop, so‘ramas bul ahvolimni, Dodlaganman eshitmaydi tilimni, Qattiq qilib o‘tkizganman kunimni, Hech kim bilmas bul siri-ahvolimni, Ko‘rolmayman Boysin-Qo‘ng‘irot elimni. Kalma shahodat musurmonning tiliga, Men qolganman ayroliqning hiliga, Mustarman-ku qalmoqlarning qo‘liga, Kim burilar Boysarining holiga, Arza beray Boysin-Qo‘ng‘irot xoniga, Eltib bersang Boybo‘ri mehriboniga, Sen burilgin menday miskin holiga, O‘zi yetim, bilsang, o‘zi moliga. Sirii-holim, senga aytar so‘zim bor, Barchin degan bundan ketgan qizim bor, Bergan xabarimni Barchinga yetkar. Barchin qizim bul yo‘lima intizor, Men qolganman bu shaharda xoru zor, Albatta so‘zimni qiziimga yetkar. Bul aytgan so‘zimni hazil bilmagin, Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin, Ko‘p yashagin, ko‘p yilgacha o‘lmagin, Mening gapim aytdi-qo‘ydi demagin. Yanglishib aytibman senga so‘zimni, Esima olmabman Barchin qizimni. Hayallasang, osha og‘ir olmagin, Qizima ber, Boybo‘riga bermagin. Bundan borib elatingga kirgaysan, Barchinning qoshiga tikka borgaysan, Arza bitib Barchinoyga bergaysan. Qiz ham bo‘lsa, bolam bo‘lgaydi omon, Men bo‘libman 6u cho‘llarda sargardon, Ketmadi boshimdan qorong‘i tuman, Yolg‘iz qizim edi menga mehribon, Boysarining aytgan so‘zi shu bo‘lar. Qarindoshsan, yaxshi xizmat qilasan, Munday borib Barchinoyni ko‘rasan, O‘z qo‘limdan bitgan arzam berasan, Nima bo‘lsa shu xizmatni qilasan, Hozir mening ahvolimni ko‘rasan, Ko‘rganing Barchinga aytib borasan, Shunday qilsang, mening ko‘nglim olasan. Xayolingga boshqa so‘zni olmagin, Barchindan o‘zgaga xatni bermagin. Quloq solgin menday nochor tiliga, Omon-eson borgin Boysin eliga, Albatta ber Barchinoyning qo‘liga. Bir nechasi bilib savol qiladi: «Ilgaridan bo‘yni yo‘g‘on bo‘ladi, Zakot desa, bermay o‘rlab keladi, Po‘q yeymi bu yoqda, nima qiladi, Axirida shunday bo‘lib o‘ladi, Millador bo‘p endi arza beradi». Bir-biriga bu so‘zdaytib boradi, Xudo deb karvonlar yo‘lni oladi, Yo‘lda tuyasini tortib boradi. Borayotir bu karvonlar to‘p bo‘lib, Urri, gazandaga juda ko‘p bo‘lib, Bir-biriga aytgan so‘zi ep bo‘lib. Karvonlar boradi bul to‘zon qilib, Har zamonda qo‘nar molga dam berib, Kecha-kunduz tinmay endi yo‘l yurib. Ketar karvon necha darbantdin oshib, Karvon yursa ketar yo‘lga yarashib, Goh kechalar yo‘ldan chiqar adashib, Uyqu olib ketar aqili shoshib, Bir-birin chaqirib, yo‘llarga tushib, Oqshom bo‘lsa, bir-biriga yetishib. Foyda talab karvon ketib boradi, Har tarafga, o‘ngu so‘lga qaradi, Yo‘q foydani hisoblashib boradi, Bir-biriman bu o‘rlashib qoladi. Kunduz shunday bo‘lib bular yuradi, Oqshomiga ko‘p intifoq bo‘ladi, Nima bo‘lsa, ehtiyotni qiladi, Oqshom anjomini qo‘lga oladi, Tong otgan so‘ng farog‘atni qiladi, Har na jabr bo‘lsa, yo‘lda ko‘radi, Suvli yer ko‘rinsa, borib qo‘nadi, Tuyasin o‘tlatib ketib boradi, Shunday mehnat qilib foyda ko‘radi, Yetsam deb karvonlar yo‘lda yuradi. Bundan qichab endi karvonlar ketdi, Necha oy, necha kun orada o‘tdi, Ko‘z yubortib ko‘radi mamlakatdi, Endi ko‘rdi Boysinday muzofotdi, Oralab boradi sonsiz elatdi, Boysin shahariga tikka yo‘l tortdi. Elni ko‘rib vaqti xush bo‘p qoladi, Tuyalarin to‘g‘ri yo‘lga soladi, Boysin shahariga bo‘lar boradi, Uzoq emas, endi yaqin qoladi. Qancha mato bo‘lar yuklab boradi, Xaloyiqlar karvonlarni ko‘radi, Karvon keldi, deyshib odam turadi, Bir nechalar necha so‘zni so‘radi, Taniganlar horma-bor bo‘l qiladi. Bir nechasi ot ustida so‘radi, Bir nechalar so‘rab o‘tib boradi. Kelgani bul yurtga ovoza bo‘ladi, Shaharning ichiga yetib boradi, Karvon borib bir saroyga qo‘nadi. Bugun Boysin elning shunday bozori, Katta-kichik bozor deydi, keladi, Hamma kelib karvonlarni ko‘radi. Qofila boshining esiga keladi, Boysarining arzasini oladi, Barchinga beray deb ketib boradi, Boybo‘rining mazgil-joyin so‘radi. Katta odam belgili joyda bo‘ladi, Bekning davlatxonasiga boradi, Jilovxonada endi to‘g‘ri bo‘ladi, Amaldorlar qofila boshni ko‘radi, Tanigandan kelib xabar oladi, Amaldorlar tanib buni so‘radi, Barchinoyda ishim bor deb turadi. – Ishingdaytgin bizlar ma’lum etayik, So‘zing bo‘lsa, Barchinoyga aytayik. Bul so‘zni eshitib, amaldorlar bir xizmatkorni Barchinga buyurdi. Borib Barchinga xabar berdi. Barchin ichkaridan chiqib, bul karvon qofila boshini ko‘rdi, Barchinga «Yaqinlab kel», – deb turdi. – Bizlar Qalmoq yurtiga bordik, otangni ko‘rdik, seni ko‘p so‘rab bir xat bizga topish qildi, nima borini o‘qib eshitasan, – deb qaytib yo‘lga ravona bo‘ldi. O‘z bozorchilik ishiga karvon ham ketdi. Barchin xatni olib, bul ham uyiga qaytdi, mazgiliga yetdi, o‘tirib bul xatni o‘qib ko‘rayapti. O‘qib ko‘rib, o‘z sha’niga bu so‘zni aytib turibdi: Layli-Majnun edi jahonga ustod, Falakning qavlidan dod bilan bedod, Biy otama unda bo‘pti qiyomat, Bor ekan boshida turli alomat, Bir karvondan yuboribdi arza xat, Bu xatni ko‘ribman, qolmadi toqat, Otam deb qilarman, bul zamon faryod, Buzilsin, yiqilsin ul charxi noshod, Dunyoning g‘amidan bo‘lmadi ozod, Qalmoqlardan qutulmadi salomat, Otama bo‘libdi vahmi qiyomat. Sulton otam unda xor bo‘p qolibdi, Boshidan o‘tganin xatga solibdi, Dunyo molin barin tortib olibdi, Qalmoqlar qo‘lida mustar bo‘libdi, Menday mushtiparga xabar qilibdi, Otamning axvoli qanday bo‘libdi. Buni ko‘rib Barchin suluv jiladi, Yig‘laganman nima iloj qiladi, Termulib har yoqqa Barchin qaradi, Shunday otam juda xor bo‘p qoladi, Men bilmayman kuni qanday bo‘ladi, Otam deydi, ko‘p sarg‘ayib turadi. Xatda borin ta’rif qilib jiladi, Talabini yaratgandan tiladi, Eshikdan Alpomish kirib keladi, Qarasa, Barchinoy yig‘lab turadi, Buni ko‘rib shunqor xafa bo‘ladi, Nima gap deb Barchinoydan so‘radi, Qo‘liga Barchinoy xatni beradi, Xatda borin bul ham o‘qib ko‘radi, O‘qib ko‘rib osha diqqat bo‘ladi, Barchinoyga bul tasalli beradi. – Yig‘lama, gul yuzlim, bundan borarman, Xafa bo‘lma, seni shodmon qilarman, Ot o‘ynatib qalmoqlarga borarman, Yig‘lama, otangni olib kelarman. Menday to‘rang qalmoqlarga boradi, Borsa qalmoqlarga qirg‘in soladi, Xafa bo‘lma, otang kelib qoladi. Hozir ko‘rar taqdirdagi mehnatin, Sening hurmatingdan bo‘lar xizmatim. Bul ellarda yurt so‘ragan to‘raman, Olmos po‘lat qayrab qo‘lga olaman, Nasib etsa qalmoq yurtga boraman, Bu ishlarning qasosini olaman, Ko‘rmagan kunlarni unga solaman, Otangni salomat olib kelaman. Otang hozir shunday bo‘lib turgandir, Ketar vaqtda osha o‘rlik qilgandir, Endi sho‘rli pushaymon qip yurgandir, O‘z ishidan naf topmayin qolgandir. Yig‘lab sening holing abgor bo‘lgandi, Olib kelay Boysariday sultondi. Xatga qarab bunday xafa bo‘lasan, Yig‘lamagin biy otangni ko‘rasan, Qayta boshdan qadimgiday bo‘lasan, Sen otangni ko‘rsang, o‘ynab-kulasan, Qo‘ng‘irotning yurtida davron surasan. Kampir shunday darvozadan kiradi, Qizlariga qattiq dovush qiladi: – Akalaring tirilganday bo‘ladi, Akangning xunini to‘lab beradi. Bu so‘zni eshitib qizlar qaradi, Dilovar beklarni qizlar ko‘radi, Kampirning tilini qizlar biladi. Ayyorligi yurtga ma’lum bo‘ladi, Odati belgili, kampir balodi(r), Hiyla bilan bu mazgilga keladi. Beklar kelib endi qo‘nmoqqa tolib, Chopib kelar qizlar beli buralib. Kampir qizga nasihatni beradi: «Buning bari sening akang bo‘ladi». Yugurib kelib qizlar ko‘nglin xushladi, Bita-bitta kelib otni ushladi, Beklar bunda endi otdan tushadi, Otni boylab bul qizlar ergashadi. Borayotir qizlar shundayin boshlab, Beklarning ostiga libosni tashlab, Bu beklarni majlisxonaga boshlab. Bul beklarni ko‘p parvarish qiladi, Tabassum qip qizlar ta’zim beradi, Adabiga vaqti xush bo‘p turadi. – Jamoli yarqillab aqlin oladi, Ro‘moli pirillab xizmat qiladi, Qo‘l yuvdirib, dastarxonni soladi. Pista-rusta, qandalatni tashladi, Qizlar xizmat qilib, endi bul ishdi, Juda ham beklarning bul vaqti xushdi(r), Taomning ustidan qizlar tortadi Beklarga op kelib qovurma go‘shdi. Beklar juda yaxshi xizmat fahmladi, Qirmizi choynakka choylar damladi, Aroq-sharoplarni kampir g‘amladi, Suhbatga keraklik narsa jamladi. Qirq qiz xizmatida bo‘lib turadi, Qalmoqlarning qizi suluv ekan, deb Jamoliga bunda beklar qaradi, Jamoli barq urib aqlin oladi. Xayoliga qiziq, suhbat keladi, Bularning ko‘ngliga shunday keladi: – «Nima desang, bu qizlar ko‘nadi, Odamning ko‘nglidagi bo‘ladi, Ko‘nmasa, bu yerga nega keladi, Erkakning qoshida nima qiladi?!» Bu beklarning juda ko‘ngli to‘ladi, Nima keraklisin mavjud qiladi, Kunning o‘zi kechga tortib beradi, Beklarning ko‘ngliga shunday keladi: «Oqshom yotsak, bul bir balo qiladi, Bu qizlar bitta-bitta bo‘ladi, Ikkisi shunda ham yotmay qoladi». Bularning ko‘ngliga shunday keladi, Kunning o‘zi ayni peshin bo‘ladi, Beklar chiqib otdan xabar oladi, Darvozani ochib shunday qaradi, Beklar bilmas, kampir xabar beradi, Qalmoqshoh lashkari kelib qoladi, Karnay tortib o‘ngu so‘lni oladi, Qalmoqshohi keldi, deydi Surxayil, Bul mehmon beklarga xabar beradi. O‘zi chiqib bu lashkarni ko‘radi, Qalmoqlar lashkari yaqin keladi, Bu kampirning haqiqati biladi, Beklar enasiday ko‘rib qoladi. Ikki yoqqa kampir xabar beradi, «Bildirmasa, bizni bosib oladi, Angnib qopti, xo‘p yaxshilik qiladi», Juda ham kampirdan rozi bo‘ladi. Ot-asbobin shaylab beklar minadi, Ziyod narsa mazgil-joyda turadi, Darvozadan endi chiqib boradi, Darvozadan chiqib qaysar qaradi. Yaqinladi qalmoq lashkar, Bu so‘zdaytib o‘zbak beklar. Uchrasa yorning mardi, Ko‘zga dori poyi gardi, Bizlar Qo‘ng‘irotning bekzodi, Kirmaganlar nomard bo‘lsin. Mudom bo‘lsa yori qobil, Har mahal va’dadan tobil, Maydonli kun po‘lat dobil, Tuymaganlar nomard bo‘lsin. Yigit piri hazrat Dovud, Oq kirovka, oltin sovut Kiymaganlar nomard bo‘lsin. Bu so‘zni aytadi Hakimxon, Yaqin kelib qoldi dushman, Qalmoq qilib ko‘p pushaymon, Saf-saf bo‘lib ham bu zamon, Yaqinlab bordi Hakimxon, Bir ajoyib bo‘lsin maydon. Sizlar ham Qo‘rg‘rotning xoni, Bugun urush, xun maydoni, Chochilar nechovning qoni, Ot qo‘ying Boysin sultoni. Ot qo‘yinglar har bir yondin, Yuz qaytarmang bu maydondin, Ot qo‘ying dushman ustiga. Quloq song bekning tiliga, Olmosni olib qo‘liga, Qon to‘king Chilbir cho‘liga. Bu so‘zni aytadi shunqor, Sherday bo‘ldi mard yigitlar, Ot qo‘ydi, oblohu akbar. Har qaysisi erday bo‘lib, Har yag‘rini qirday bo‘lib, Tog‘daqirgan sherday bo‘lib, Dushman qolar yerday bo‘lib, Ot qo‘ydi qalmoq ustiga, Hammalari birday bo‘lib. Chuvullab qalmoq ot qo‘ydi, Yulduz uchgandayin bo‘lib, Karvon ko‘chgandayin bo‘lib, Shunday aralashib qolib, Chilbir cho‘lni tuzon olib, Chaparasta urush bo‘lib, Mardlar maydonda oh urib, Bir aydahorday ishqirib. Odam to‘lib baland-pastda, Botirga maydon havas-da, Odam desang dasta-dasta, Nomardlar maydonda xasta, Ot chopadi asta-asta, Urushmoqqa bo‘lib usta. Qilich solib alvon-alvon, Bandam desa qodir mavlon, Shul sifatda bek Hakimxon Qon to‘kar maydon ichinda. Gangidi qo‘rqoqning boshi, Oqadi ko‘zining yoshi, Ot ostida dushman boshi, Shuldir beklarning savashi. Tog‘ askarin chalib tuman, Bermay dushmanlarga omon, Shul sifatda bek Hakimxon, Bosh kesar maydon ichinda. Bir-biriga qilich soldi, Ne qalmoqlar ovib qoldi, Jazosini tovib qoldi, Do‘staman bo‘p yerga tushib, Toza qumni qovib qoldi. G‘urullab qalmoqlar kelar, Po‘lat nayza, qilich solar, Ko‘payib qoldi yarador. Er yigitlar jondan kechib, Maydonda qonlarni kechib, Qo‘rqoqlari pisib ochib, Botirlari bahrin ochib, Qochganin nayzaman sanchib, Bir alomat urush bo‘ldi, Chilbir cho‘lda qon to‘kildi. Munda beklar urush qildi, Qalmoqlarga xo‘p ish qildi, Bul maydonda turish qildi, Qalmoqdardan nechov o‘ldi. Hiyla bilan kelib edi, Bu beklarga duchor bo‘ldi, Shul vaqtda kelgan qalmoq O‘z yurtiga qochib berdi. Munda tursak o‘larmiz, deb, Bir baloga qolarmiz, deb, Jazomizni ko‘rarmiz, deb, Qochsak, omon qolarmiz, deb. Qalmoqlarning aqlin oldi, Bir xil yerda o‘lik qoldi, Bir necha yarador bo‘ldi, Bir nechalar qochib ko‘rdi. Qalmoqlarni to‘plab oldi, Yetganiga nayza soldi, Qalmoqqa siyosat kildi, Quvib yo‘lga olib bordi. Yurtga qalmoq qochib ketdi, Endi beklar mundan qaytdi, Kun haddi namozgar bo‘pti. Bul mazgilga borayik, deb, Bugun oqshom turayik, deb, Qanday bo‘lsa kun kech bo‘ldi, Farog‘atda bo‘layik, deb, Qalmoqshoh ustiga ertan Choshka vaqtda borayik, deb, Boshqavatdan ko‘rayik, deb, Qalmoq yurtin qirayik, deb, Podshosin o‘ldirayik, deb, Qattiq kunni solayik, deb, Qaytib kelayotir beklar Bugun bunda bo‘layik, deb, Enam bilan turayik, deb, Bugun suhbat qo‘rayik, deb, Xizmatini ko‘rayik, deb. Qalmoqshoh Surxayilga turib aytdi: – Alpomishni mast qilmading, bir baloni mast qilib berding, bu qirq bir odamning kuygani kasriga shaharda jonzod qolmay, tig‘i damdan o‘tkazib ketadi. Alpomish enadan to‘g‘ilgan vaqtda Shohimardon piri borgan edi, Shohimardon piri etagiga solgan edi, otini Hakimbek qo‘yib, o‘ng eyniga besh panja urgan edi, Shohimardon pirning tarbiyat qilganidan o‘tga solsa, ko‘ymas edi, qilich solsa, o‘tmas edi, miltiq otgan bilan o‘qi botmas edi, ul sababni qalmoqlar bilmasdan, qanday baloga duchor bo‘lib qoldik, deb alanglashib qolgan edi. Surxayil maston turib aytdi: – Sen podshosan, nima qilsang, hukming yetadi. Muna Murod tepaning kavatidan chuqur – zindon qazdirsang, olib borib zindonga tashlasang, zah yerda besh kun, o‘n kun, bir oy, bir yil yotar, chirib o‘lib ketar. Bu so‘zi Qalmoq yurtining hammasiga ma’qul tushdi. Endi chuvullab bu so‘zlarni aytib, zindon qaziyapti:Xazon bo‘lmay, bog‘da gullar so‘lmasin, Masti tarqab, yana turib qolmasin, Erta bo‘nglar, zindon kechga qolmasin. Har na deb so‘ylasam, buni bilinglar, Bir soat dam olmay xizmat qilinglar, Qirq quloch zindonni qazib bo‘linglar, Katta-kichik – baring urnab ko‘ringlar. Bul aytgan so‘zimni hazil bilmagin, To‘rpoq tort, kattaman deb qarab turmagin, Hech qaysing ham sipoyilik qilmagin, Katta, kichik demay, jovlik o‘rnagin, Masti tarqab, baring o‘lib qolmagin, Xayolingni har tarafga bo‘lmagin, E’tiqodman qazgin, taqal qilmagin, Bekoriga sira qarab turmagin. Qalmoqshohning deganini biladi, E’tiqodman bari xizmat qiladi, Sipoyilar turpoq tortib turadi, Bari alanglab juda xizmat qiladi, Xayolida kep qolganday bo‘ladi, Odam o‘zmay xabar olib turadi, Hakimbekni zindon qilmoq bo‘ladi, Qirq quloch zindonni qazib ko‘radi, Chiqqan turpoq tepaday bo‘p qoladi. Qalmoqlar zindonni tamom qiladi, Baydoq-baydoq qancha qalmoq keladi, Qalmoqshoh askari bilan turadi, Alpomish qoshiga endi boradi. Ko‘zg‘amoqqa hech bir holat kelmadi, Ko‘p zo‘r urib ko‘rd munda qalmoqlar, Quvvati kelmadi yozgan ahmoqlar, Qanday bo‘lar, deydi endi qalmoqlar, Shunday bo‘p almoqlar ko‘nglin bo‘ladi, Zo‘r urganman hech quvvati kelmadi, Qancha bo‘lsa, xonni qo‘zg‘ab bo‘lmadi. Beshta-o‘nta otdan olib keladi, Hayvonzodni op kep qo‘shib turadi. Tortar deb qalmoqlar buni o‘yladi, Shatak qilib shunday otga boyladi, Hayvonlarga achchiq qamchi tayladi. Zo‘r urib ko‘rdi-ku bu otlar, Tortmoqqa bo‘lmadi bunda quvvatlar, Tortib kuzg‘atolmay bul hayvonzodlar, O‘ylanishib qoldi qancha qalmoqlar. Barcha qalmoq taraddudni qiladi, Harchand bul otlarda holat bo‘lmadi. Qancha Qalmoq bul xavfsinib turadi: «Masti ketsa, odam qo‘ymay qiradi, Qilgan ishin qichov qilib ko‘radi, Ertaroq bo‘lsa, deb g‘ayrat qiladi, Hozir o‘lik, mast bo‘p yotgan balodi(r), Turib kelsa, bundan kim qoladi». Mingan oti Boychiborni olib kep, Boychiborning qo‘yrug‘iga boyladi, Atrofida qalmoq yori ayladi. Qiyg‘ir degan kush o‘lturar qiyoda, Hayvonzodning esi bordir Boychibor, Aqli bordir odamzoddan ziyoda. Egasining ahvolini ko‘radi, Kishnaganda ko‘z yoshi sel bo‘ladi, Xudoning irodasi shunday bo‘ladi, Yori berib qalmoq qamchi uradi, Ul hayvonzod endi tortib jo‘nadi, Zindon yaqin, shunday borib qoladi. Banda ko‘nar tangri qilgan ishiga, Borib turdi bul zindonning boshiga. Ko‘rib hayvon bezovita bo‘ladi, Ko‘p qalmoq o‘rtaga olib turadi. Qilich op zindonning chetida turdi, Zindondan irg‘i deb Chiborni urdi. Bukilib jonivor o‘zini otdi, Juppay bo‘lib endi zindondan o‘tdi, Otning quyrug‘iga qilich solibdi, Qilich tortdi, shundayin kesib o‘tdi, Qo‘zg‘alib Alpomish zindonga ketdi, Mastlikda zindonning ostiga yetdi. Hali o‘lik, o‘zin bilmay yotibdi, Ixtiyori bul o‘zidan ketibdi, Alpomishni qalmoqlar zindon qilibdi. Bandi qilib endi Chiborni oldi, «Bul Boychibor bizga ne ishlar qildi», Bo‘lak ot podsholik xizmatkor mindi, Bandi qilib Qalmoqshohga yetkardi, Qalmoq, borib Boychiborni ko‘radi, O‘rtaga olib shunday bandi qiladi, Toychixon qo‘liga bandi bo‘ladi. Zindon bo‘lgan bekni hayvon biladi, Vahm bosib, bo‘ynin yerga soladi, O‘tu yem berganman sira yemadi, Boychiborga qalmoq zulm qiladi. To‘qson botmon cho‘yan g‘ulni keltirib, Boychiborning bu bo‘yniga soladi, Oltmish botmon endi temirni yig‘ib, Oyog‘iga bul parchinlab uradi. Yotolmay, turolmay hayvon qoladi, Endi qalmoq qo‘zg‘almasday qiladi. Shul azobni endi Chibor ko‘radi, Hayvonzod-da, nima qilsa ko‘nadi, Ko‘nmaganda nima iloj qiladi, Shul ahvolda bandi bo‘lib qoladi, Boychiborni shunday bandga oladi, Bandi bo‘lib bu mastlikda qoladi, Qorovullar xabar olib turadi. Qalmoqlarning endi ishi tinadi, Necha kunlar shul ahvolda bo‘ladi. Bir kunlari bekning masti tarqadi, Shunday ko‘zin ochib endi qaradi, Ul o‘zini bu zindonda ko‘radi. «Taqdirim shul», – dedi, – haqqa jiladi, O‘tgan ishni sira bilmay qoladi. Anig‘ini bilmay, bu so‘zlarni aytib o‘tdi, necha oy, necha vaqt oradan o‘tib ketdi. Bular Kashal borib, o‘lib ketgan deb yurtga necha martadan ovoza bo‘lib ketdi. Endi o‘lganini aniq bilib, umidini uzib, ko‘nglini buzib, qora kiyib, bularning qarindoshlari aza tutib qoldi. Aza bilan bir yil o‘tdi, bir yildan keyin yil oshi berib, azasini ochdi. Boybo‘rining Bodom cho‘ridan bo‘lgan Ultontoz degan o‘g‘li bor edi. Alpomish bor vaqtida cho‘ridan bo‘lgan bola deb hech kim pisand qilib gapirmas edi. Xizmatkor qullar qatorinda yurar, edi. Bir ozg‘intoy yilqi boqqaniga kattalik qilib ham turar edi. Qaramasa ham, Boybo‘rining o‘g‘li-da, deb xizmatkorlar hurmat qilar edi. Bu so‘zlarni Barchinga tasalli aytib, Alpomish chiqib, otasining qoshiga borib, otasiga qarab, otasidan javob so‘rab, bu so‘zni aytib turgan ekan: Ota, bir so‘zim bor ma’lum qilayin, Javob bering qalmoq elga borayin, Ota, sizdan bul javobni so‘rayin, Kashal eldan biyni olib kelayin. Qalmoq unga ko‘p zulmni qilibdi, Karvonlardan bunda xabar kelibdi, Bilsang, o‘g‘ling Kashal bormoq bo‘libdi. Bilgin, ota, menday bekning ishini, Borib kesay Qalmoqshohning boshini, Javob berib jo‘nat Alpomishingni. Bizlar tirik, qalmoq shunday qilami, O‘z moliga o‘zi yetim bo‘lami, Biz esonda shunday ishni qilami, Bu izzaga odam toqat qilami?! Eshitib qolmadi, ota, toqatim, Ko‘rib xafa bo‘ldi menday farzanding, Minib ketay bundan Boychibor otim, Xor bo‘libdi Boysariday avloding, Urushli kun tosha kelar g‘ayratim, Javob bergin, Kashal ketar farzanding. Bundan borsam, qalmoqlarni ko‘raman, Yolg‘iz borsam, ko‘p qalmoqni qiraman, Boysariday biyni olib kelaman. Ota, sizdan javob so‘rab turaman, Ruxsat bering, qalmoq elga boraman, Taqdirimda nima borin ko‘raman, Yarashiqqa ot kokilin o‘raman, Dushmanlarman borsam urush qilaman, Boysarini olib elga kelaman. Kelib obod qilay Boysin elimni, Javob berib jo‘nat menday ulingni. Bu so‘zni eshitib, Boybo‘ri o‘g‘liga qarab, bir so‘z dedi: Ko‘rar ko‘zim, quloq solgin tilima, Davron surib yurgin Boysin elinga, Borib kelding, bolam, qalmoq elina, Talab qilma dushmanlar mazgilina. Men qartaydim, bolam, qayda borasan, Yolg‘izsan-da, borib nima qilasan, U yurtlarda, bolam, qanday bo‘lasan, Kelib mendan javob so‘rab turasan, Men javob bermayman, nega borasan. Boraman deb, bolam, sherdil bo‘lmagin, Yigitlik asari – g‘ayrat qilmagin, Baloni o‘zingga sotib olmagin, Xafalimda borib kelding qalmoqqa, Qo‘ygin, bolam, endi talab qilmagin, O‘rtangan o‘tlarga jonim solmagin, Ko‘rar ko‘zim, qalmoq elga bormagin. Eshitgin sen, bolam, aytgan nolamni Men jo‘natmayman-ku senday bolamni, Qariganda solma turli alamni, Jo‘natmayman ko‘rar ko‘zim, bolamni. Tag‘i, bolam, qalmoq talab qilasan, O‘ynab-kulib elda davron surasan, Qalmoq deb og‘zingga, bolam, olasan, Tinchiganda bir baloni qilasan. Boysari ham taqdiridan ko‘rar-da, Kuni bitsa, axir bir kun o‘lar-da, O‘lmasa, bir kuni o‘zi kelar-da, Har ishni bandaga xudo qilar-da, Xudo qilganiga banda ko‘nar-da, Qo‘ygin, bolam, borma Qalmoq yurtiga. Bul ishinga sira xursand bo‘lmayman, O‘zim o‘lmay, senga javob bermayman, Javob berib sendan judo bo‘lmayman, Bolam, zinhor borma Qalmoq yurtiga. Bu so‘zni eshitib, Alpomish ham otasiga qarab, bir so‘z deb, turgan ekan: Ota, mening bormaganim bo‘lami, Sening ining qonlar yig‘lab qolami, Bormasam shul ishga, ota, bo‘lami? Oq kirovka, oltin sovut kiyaman, Bor ko‘chimni bilagima jiyaman, Olmos olsam, qirmizi qon quyaman, G‘animlarning tanasini uyaman, Qarchig‘ayman, dushman boshin qiyaman. Esim olsa, bo‘tadayin bo‘zlayman, Dushman ko‘rsam, kesib bag‘rin tuzlayman, Aslim sherman, o‘zim yo‘lbars izlayman. Bul so‘zimni, ota, og‘ir olmagin, Yolg‘iz-da, deb meni nomard bilmagin, Qanday bo‘lsa, meni yo‘ldan urmagin, Xolisilla duoda bo‘l, bek ota, Men ketsam, otajon, vahm qilmagin. Quloq sop eshitgin aytgan nidoga, O‘lim navbat yetar shohu gadoga, Omonat topshirgin qodir xudoga, Xafa bo‘lmay, javob bergin, bek ota. Men bilaman, ota, sening holingdi, Ko‘p qaytarib yo‘ldan urma ulingdi, Xolisilla duoga och qo‘lingdi, Yaxshi gapman jo‘nat jonu dilingdi, Og‘rinmay, otajon, javob ber endi. Javob so‘rab men sarg‘ayib turaman, Otamsan-da, juda hurmat qilaman, Qalmoqlar ishiga diqqat bo‘laman, Men bormasam, xafalikda o‘laman, Xolisilla javob bergin, bek ota, Duo qil, qalmoqka borib kelaman. Bu so‘zlarni Alpomish aytdi. Boybo‘ri eshitdi. – Ko‘zimning tirikligida javob bermayman, – deb o‘rlab yotibdi. – Boysarining o‘zingga keraklik qizini olib kelding, Boysarini boshingga urasanmi? – deb o‘rlashib yotdi. Alpomish qaytdi, uyiga kelsa, Barchin tinchitmayapti: – «Sulton suyagini xo‘rlamas» – degan gap bor, sening esonligingda otam qalmoq yurtida xor bo‘lib qolami, – deb bu so‘zni aytib turibdi:Mushtiparman, endi nima qilayin, Bormasang, javob ber, o‘zim borayin, Otamning holidan xabar olayin, Endi qolgan umrim sarflab ko‘rayin, Bu shohlik shavkatni nima qilayin, Ayolman, deb qanday qarab turayin, Bel boyladim, endi o‘zim borayin, Qalmoqlarga bir qabohat qilayin, Turarim yo‘q, endi men ham jo‘nayin, Bir otning ustiga yolg‘iz minayin, Erkak libos kiyib, anjom olayin, Qalmoqning yurtiga yolg‘iz borayin. Bu yerda qolmadi sabri-qarorim, Shunday bo‘ldi bul mening ixtiyorim, Otamning yo‘lida qurbondir jonim, Bormasang, javob ber, davlatli xonim, Men qalmoq borarman bundan, sultonim. Biy bobomning men qoshiga borayin, Boboma yo‘liqib o‘zim so‘rayin, Otamning keynidan endi borayin. Xazon cholmay bog‘da gullar so‘lmadi, Harchand aytdim, aytgan so‘zim bo‘lmadi, Begijon, bo‘shliging sira qolmadi. O‘z bilganing qilib bunda yurasan, Har ishga tortinib, bo‘shlik qilasan, Men ketaman, endi o‘zing qolasan. Bu so‘zni eshitib, Alpomishning diqqatligi oshib, o‘ylanib yurdi. Otasidan ham xo‘b javob so‘rab ko‘rdi. Alpomishning Qaldirg‘och degan singlisi bor edi, uning kuyovini Bektemir boybachcha der edi, tortuvli qo‘ng‘irotning begi edi, Alpomish qanjig‘ali qo‘ng‘irotning begi edi, Alpomishning diqqatligi oshib, Bektemir boybachchaning qoshiga borib, ikkovi maslahat qilib, Bektemir boybachchaga qarab, bul so‘zni aytib turgan ekan: Tinchligi yo‘q bek Alpomish kelibdi, Bektemir, maslahat qanday bo‘libdi, Meni yengang juda diqqat qilibdi, Otasidan bunga xabar kelibdi, Bir xatni savdogar op kep beribdi, Shundan beri toqat qilmay yuribdi, Kelgan xatni u ham o‘qib ko‘ribdi, Otasini qalmoq o‘sal qilibdi, Endigi maslahat qanday bo‘libdi? Men otamdan borib javob so‘radim, Necha qayta undan ruxsat tiladim. Javob bermay, mazgilima kelaman, Tinchim yo‘q uyimda, diltang bo‘laman, Otamning ilojin qanday qilaman? Asli men o‘zim bormoqchin bo‘laman, Otam javob bermas, qanday qilaman? Maslahat qilgani senga kelaman. Bezovita bo‘ldi gul yuzli dilbar, Menda hech qolmaydi toqatu qaror, Bormoq maslahati qandayin bo‘lar? Bir maslahat bergin, senda ixtiyor. Maslahat qip, yaxshi o‘ylab ko‘rayik, Bu elda bundayin qarab qomayik, Qanday bo‘lsa, qalmoq yurtga borayik, Yengangning otasin olib kelayik, Shuytib maslahtni sendan so‘rayik. Bu so‘zni harchand Boybo‘ri so‘radi, so‘ziga javob bermadi. «Bul miyasini yegan tentak chol, ilgari qancha millatdor bo‘lganmiz, javob bergani yo‘q, endi bizning oqshomlab jo‘naganimizni qayoqdan biladi, tag‘i baloday bo‘lib, yo‘lga chiqib turadi, gapiga javob bersang, jilovingdan oladi, tarmashib balo bo‘ladi». Shu so‘zni uylab, Boybo‘rining so‘ziga quloq solmadi, ketib borayotgan yo‘lidan qolmadi, Boybo‘rining nasihatini qulog‘iga olmadi. Boybo‘ri ham qaytdi. «Ularning ketishi yomon, bo‘ldi, Qalmoq yurtdan keluvi gumon bo‘ldi», – deb o‘ylanib qoldi. Alpomishning ketib borayottandagi so‘zi: Bedovlarga qamchi chatib, Oqshom yurar shabgir tortib, Jo‘nadi qirq ikki sardor, Har qaysi misli aydahor. Boradi shunday yo‘l yurib, Bedov otga qamchi urib, Qalmoq yurtini axtarib. Bul beklar bahrini ochib Parqinidan ko‘pik sochib, Ostidagi zap mast otlar Goh yo‘llarda olib qochib. Qalmoqqa qildi g‘azotdi, Xon Boysarining hurmati, Vaqti xush bo‘p qolgan elda Barchingul degan farzandi, Borayotir satta beklar, Qayerda qalmoqning yurti. Qalmoq yurtga yetsam, deydi, Boysarini ko‘rsam, deydi, Hol-ahvolin bilsam, deydi, Undan xabar olsam, deydi, Qalmoq dodin bersam, deydi, Bachchag‘arni qirsam, deydi, Juda anday qilsam, deydi. Bular ham shunday turadi(r), Har bir tarafga qaradi. Munday yo‘lda ellardan, Necha suvli ko‘llardan, Zog‘ uchmagan cho‘llardan, Ne bir qiya yo‘llardan, Katta, adir, bellardan, Bir qamishzor ko‘llardan, O‘tib ketib boradi. Shunday bo‘lib yo‘l tortdi, Qalmoqqa yaqin yetdi. Ikkovi maslahat qilib, maslahatni bir yerga qo‘yib, Boysarini izlab bormoqchi bo‘lib: – Qanday bo‘lsa, Boybo‘ri javob bermaydi, Boybo‘ri bilsa, javob bermas, bilib qolsa, bizni yurgizgani qo‘ymas, unga bildirmaymiz, oqshomlab jo‘naymiz, – deb maslahat qildi. Tag‘i birga bormoqchi bo‘lib qirq yigit qo‘shildi. Qirq ikkisi ketmoqchi bo‘lib, kechqurun ovqatlanib, yo‘l yurmoqning harakatini qilib, qirq ikki sardor otini egarlab, el mast uxlagan vaqtda urush-yarog‘ini g‘amlab, jo‘namoqchi bo‘ldi. Shu vaqtda Boybo‘ri dalada yurib edi, bularni ko‘rib qoldi, oldidan chiqib, bo‘larga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: To o‘lguncha so‘ylab qolgan til bo‘lsin, Uzunli-qisqali to‘ning mo‘l bo‘lsin, Bemahalda minib otning beliga, Qirq ikki sardorim, senga yo‘l bo‘lsin? Mening so‘zim qulog‘ingga olmading, Qo‘y deganman Qo‘ng‘irot elda turmading, Otam deb sen meni hurmat qilmading, Mening roziligim sizlar bilmading, Men so‘rayman, turib quloq solmading, O‘zi tuqqan beklar, senga yo‘l bo‘lsin? Belinga boylabsan zarrin po‘tangni, Kechirgay xudoyim qilgan xatongni, Xafa qilib ketding menday otangni. Ot, yaroq, asbobni shaylab olasan, Bemahalda baring otni minasan, Qaysar sifat beklar, qayda borasan? Sensan mening bunda yolg‘iz farzandim, Qalmoqning yurtiga bo‘pti g‘azoting, Bolam, senga bo‘lmay qoldi hurmatim, Boysarini izlab sening xizmating. Boysari deb hammang bundan borasan, So‘ragan so‘zima javob berasan, Quloq solmay, bolam, qayda borasan? Gina qilmay, savolimni bilsang-chi, Ot jilovin tortib qarab tursang-chi, Bul so‘zima, qo‘zim, javob bersang-chi, Bemaxal yurishni, beklar, qo‘ysang-chi! Senday beklar bu elatda turadi(r), Sen qaytsang, otang rozi bo‘ladi, Bul ishingga norozi bo‘p turadi, Ketishingni sendan otang so‘radi. Davlatim bor, sholi-sholdam o‘radim, Gul tarzim sarg‘ayib senga qaradim, Bemahalda, bolam, sendan so‘radim, Yo‘l bo‘lsin, farzandim, qayda borasan? Bunday bo‘lib boshingdolib ketmagin, Bu yurishda bo‘lmas sening maqsading, Hali ham qayt, borma, jonim farzandim, Shuldir senga ko‘p aytgan nasihatim. Kumushdandir qarchig‘aning chegasi, Sensan, bolam, davlatimning egasi, Qaytgin, qo‘zim, borma Qalmoq yurtiga. Qozining oldida shabgir noyibi, Yigitga pand berar otning mayibi, Sen bo‘lasan bu yurtimning soyibi, Ko‘rar ko‘zim, borma Qalmoq shahriga. Qalmoqlar poyingda yurgan bo‘lmasin, Hiyla-makr bilan aqling olmasin, Dushmanlarning aytgan so‘zi bo‘lmasin, Qonlar yig‘lab menday otang qolmasin, Qaytgin, bolam, borma dushman yurtiga. Pandim olmay, beklar, bunday qilasan, Duo olmay, baring ketib borasan, Quloq solmay, otga qamchi urasan, Bul yurishing yomon, qanday bo‘lasan, Har qaysing sherday chopinib borasan, Qaytgin endi, borib nima qilasan?! Bular munda borayapti, hech bir dushmandan bexabar. Endi gapni Surxayil mastondan eshiting. Bularning yo‘lida turib, har yoqni durbin bilan qarab, ko‘rib, kuniga xabar olib yurar edi. Kunlardan bir kun qaradi, qarasa, qirq ikki sardor, har qaysisi misli aydahor, bularni ko‘rib, hiylayu-makrlik qilib, chochini yoyib, betini yulib, bularning oldidan chiqib qoldi. Shunda beklar kampirni ko‘rib, otning jilovini tortib, otni to‘xtatib, kampirdan bir so‘zni so‘rab turibdi: Cho‘llarda yig‘laysan bunday mug‘oyib, Ne sababdan, momo, chochingni yoyib, Bu cho‘llarda g‘arib bo‘lib oh urib, Yuribsanmi sen birovni axtarib? O‘rtangan o‘tlarga joningni solib, Ko‘p siqilib yig‘lar, momo ingranib, Ko‘rdim ahvolingni, bo‘libsan g‘arib. Sen ham yig‘lab qobog‘ingni uyasan, Choching yoyib, momo, qora kiyasan, Yurishingni, momo, sendan so‘rayman, Xabar bergin, kimdan sitam ko‘rasan? Ne sababdan bunday abgor bo‘lasan, Mazgiling qayerda, bunda yurasan? Bizni so‘rsang, o‘zoq yo‘ldan kelamiz, Qistab yurib yo‘l azobin ko‘ramiz, Seni ko‘rib juda hayron qolamiz, Bizlar ham Qo‘ng‘irotning begi bo‘lamiz. Ne sababdan, momo, buytib yurasan? Sen o‘zingni bunday jinni qildingmi, Shul yurishni o‘zing yaxshi bildingmi, Qo‘zimlab ayrilib, bo‘zlab qoldingmi, Ne sababdan, momo, bunday bo‘lasan? Boshdan o‘tgan kulfatingni so‘rayin, Nima ahvol o‘tdi sendan, bilayin, Cho‘lda yurgan momo, sendan so‘rayin. Ne sababdan bul ahvolda yurasan, Qaysi eldan, qaysi yurtdan bo‘lasan, Bul yurishing Majnunday bo‘p turasan, Ne sababdan bo‘zlab, yig‘lab yurasan, Xabar bergin, kimdan sitam ko‘rasan. Bu so‘zni eshitib, kampir ham bir so‘z aytib turgan ekan: Dardmanman, dardimni senga aytayin, Qalmoq xoni shunday qildi, qaytayin? Xazon chalib bog‘da guli so‘lsin-da, Mening munojotim qabul bo‘lsin-da, Duo qilay, Qalmoqshohi o‘lsin-da, Ul ham menday sarson bo‘lib qolsin-da! Qalmoqshohi lashkar tortib kelgandir, Qabohat kunlarni menga solgandir, Qalmoqshoh zulmidan bolam o‘lgandir, Qalmoqshohim menga azob bergandir. Mening ham bir yetti o‘g‘lim bor edi, Qatorda gurkirab yurgan nor edi, Hay qaysisi mingga barobar edi. Armon bilan yetti o‘g‘lim o‘ldirdi, Dushman ko‘rg‘ur bilmaganim bildirdi, Qalmoqshohi cho‘lda sargardon qildi. Ostingda yuz alvon o‘ynaydi oting, Belingda yarqillar keskir po‘lating, Qayerlarda, bolam, o‘sgan elating? Qalmoqshohdan ko‘pdir tortgan zahmatim. Tarzim ko‘rib, mening holim so‘rading, Ot ustidan, bolam, menga qarading, Nima ishda yurgan talab-muroding?Mening holim, bolam, munda so‘rading, Qalmoqdan ko‘pdir mening zahmatim. Ot o‘ynatib qaysi yurtdan kelasan, Qay chaman bulbuli, kimning ulisan, Holim ko‘rib, menga rahbar bo‘lasan, Sen ham bir-birovning joni-dilisan. Aytsam siri-holim, so‘rab bilarsan, Kelish yurting menga ma’lum qilarsan. Tarzingga qarayman, qirq ikki nomdor, Yurtingda belgili yaxshi joying bor, Qay shahardan kelgan sendayin beklar, Qalmoqshohdan kuygan menday mushtipar. Qalmoqshohdan dod deb yig‘lab yuraman, Bir mo‘ngliqman, nima iloj qilaman, Chochim yoyib, men ham tentak bo‘laman, Qalmoqlar zarbidan kuyib-yonaman, Men o‘rtanib, yo‘lda yig‘lab ko‘raman, Sizlarga suyanib, o‘g‘lim qilaman, Ko‘nglim bo‘lib, men ham yig‘lab turaman, Xudo qilganiga, shuytib ko‘naman. Yetti uldan ayrilib menday mushtipar, Qalmoqlar g‘ussasi o‘tdi, xoru zor, Farzandim, deb men bo‘libman intizor, Qalmoqshohdan oladigan o‘chim bor. Yurishingdan xabar bergin, sen beklar, Har na dardin aytdi menday mushtipar, Qaysi eldan bunda yetishding, qaysar. Ko‘kaman alp turib aytdi: – Sizlar tarz ahmoqsizlar, men sizlarning qaysingdan kamman, to‘qson botmon temirdan sovut kiysam, to‘qson shirbozning etini ta’til qilsam, to‘qson alpning biri bo‘lsam, shu o‘zbakning qizi aytadi har so‘zning o‘ralida: Oti Alpomish yorim bordir, Elda zo‘raborim bordir, Qatordagi norim bordir, Shundayin qaysarim bordir. Chilla kirganda mast bo‘lgan, Xatapga boshini urgan, Dushmanlarning dodin bergan, Elda zo‘raborim bordir, — deb o‘zbakning qizi har so‘zining o‘ralida aytadi, lekin buning norining bori ham rost, eldagi zo‘rining bori ham rost, buning moyasi shunday, nori kim qanday?! Bunday tegina bersanglar, bir kunlari shuning nori kelar, boshimizga balo bo‘lar, bizga chichqon ini ming tanga bo‘p qolar. Menga solsanglar, shuning olti oyi ham qursin, hamishagi bo‘ydoqchiligimiz-da, shu o‘zbakning qizini cho‘rtta qo‘ysak deyman, – dedi. Alplar bu so‘zni aytib mazgiliga qaytib ketdi. Barchin o‘n ming uyli Qo‘ng‘irotning yigitidan o‘n yigitni saylab oldi, otasining to‘qson to‘qay yilqisidan o‘n otni saylab oldi, otlarni sovutib, tamom qildi. Shunda shunday arza yozdi Barchin: «Olti oychalik yo‘lga keldim, qalmoqning eliga keldim, zo‘r yovning qo‘lida qoldim, olti oyga muhlat oldim, mendan umidi bo‘lsa, Alpomish kelsin, bo‘lmasa, javobimni bersin». Arzani o‘n boybachchaga topshirdi, otlarni egarlab, choqlab, yaxshi bor, – deb duo qilib, bir so‘z aytib turgan ekan: Kechani munavvar qilar to‘lgan oy, Savashli kun tortiladi parli yoy, Bandam desin, rahm aylasin bir xudoy, Kashalda talashda qoldi Barchinoy. Borsang, salom o‘ynab-o‘sgan ellara, Ko‘kkamishday mazgil joyim, o‘llara. Qalmoqlar yig‘latdi menday sanamdi, Yuragimga to‘lgan dog‘u alamdi(r), Albatta so‘ranglar maktab jo‘ramdi. Mug‘oyib so‘z aytar menday mushtipar, Kecha-kunduz shabgir torting, xizmatkor, Jilovdoring bo‘lsin imom, chiltanlar, Boysin yurtda qolgan qavmu qardoshim, Bul elda sel bo‘ldi mening ko‘z yoshim, Musofirlik yurtda gangidi boshim, Menga hamdam bo‘lolmadi hech kishim. Mendayin munglikning ko‘nglin bo‘ladi, Qalmoqbari qayg‘u, zulm soladi, Olti oyga Barchin muhlat oladi, Qalmoq elda musofir bo‘p jiladi. Bir oltoyga zo‘rdan muhlat so‘radi, Boybachchalar xizmat qilib boradi. Oshiqning fahmidir qorong‘i kecha, Yig‘lasam, holima yig‘lar bir necha, Kecha-kunduz tinmay yuring, boybachcha, Borsang, salom o‘ynab-o‘sgan ellara. Kecha-kunduz tinmay yo‘lni olinglar, Biy boboma bul xabarni beringlar, Kata-kichik hamma duo qilinglar, Elda qolgan qarindoshni ko‘ringlar. So‘z aytar sizlarga mendayin sanam, Qalmoqda qolmasin guldayin tanam, Qalmoqning zulmidan yig‘ladi enam. Xudoyim kechirgay qilgan xatomni, Xafa qildim Boysariday otamni, Sen borib ko‘rarsan Qo‘ng‘irot elimni, Boshimdan ko‘tarsin qayg‘u, zulmni. Qo‘ng‘irot elida bordir necha sirdoshim, Hamdam bo‘lib birga yurgan yo‘ldoshim, Og‘a-inim, elimda dengi-do‘shim, Xizmat qiling, onsot bo‘lg‘ay bul ishim. Bu so‘zni aytib Barchin duo kiladi, Ulug‘-katta bari yig‘ilib keladi, Qo‘l ochib bularga duo qiladi, Elchi bo‘lib Qo‘ng‘irot elga jo‘nadi. Ot beliga chopar mindi, Barchinning arzasin oldi, Hamma duo qilib qoldi, Arzachilar yo‘lga kirdi. Qo‘ng‘irot elga yo‘lni boshlab, Bedov boradi angg‘ishlab, Choparlarning ko‘nglin xushlab, Kamchi urgandir qulochlab, Ostidagi arabi otlar Yo‘lda yurar yashin tashlab. Bedov otga qamchi chotdi, Urgan qamchi simday botdi, Choparlar qistab yo‘l tortdi, Necha adr, beldan o‘tdi, Choparlar qilib g‘ayratdi, Kecha-kunduz shabgir tortdi, Ko‘rsak deydi Boysin yurtdi. Bo‘lib Barchinga xizmatkor, Yaqin bo‘lar uzoq yo‘llar, Borayotgan o‘n dilovar, Shuytib yo‘l tortdi choparlar. Necha darband, beldan oshdi, Goh yo‘llarda aqli shoshdi, Gohlarda yo‘ldan adashdi, Yana qaytib yo‘lga tushdi, Necha bel, tog‘lardan oshdi. Havoda bor yorug‘ yulduz, Daryoda o‘ynaydi qunduz, Yo‘l yuradi kecha-kunduz. Bedovlar seldalang otdi, Chuv-ha, dedi, qamchi tortdi, Ostidagi arabi otlar Kunba-kun bo‘ynin uzatdi, Sovib qorsoqdayin qotdi, Yo‘llarning tanobin tortdi, Ne yo‘llarni to‘zon tutdi, Gohi kechalar yo‘l tortdi, Barchin deb qildi g‘ayratdi, Axtaradi Boysin yurtdi, Tinmayin chopar yo‘l tortdi. Uzoqdir Qo‘nrirot orasi, Yomon tog‘larning darasi. Bilmaydi yurtdan xabardi, Charchatadi choparlardi, To‘qson beldor tog‘i bordi(r). Yurib o‘tib borayotir Necha bir qiya yo‘llardi. Izlagani Qo‘ng‘irot xoni, Charchaydi mingan hayvoni, Dam bermakka fursat qani?! Qalmoqning zulmi bema’ni. Barchin ko‘nglin olsak, deydi, Muddatiga borsak, deydi, Bekka ko‘rinish bersak, deydi, Kecha-kunduz yursak, deydi, Charchasa otni ursak, deydi, Biz ham in’om olsak, deydi, Eli-yurtlar qanday ekan. Yurib borib ko‘rsak, deydi. Qo‘ng‘irotga qarab boradi, Qo‘ng‘irotning yurtin so‘radi, Barchinoyga xizmat kilib, Arza ko‘tarib boradi. Jafo qilgan ko‘p bachchalar, Yo‘l tortadi boybachchalar, «Muddatiga yetkizmasak, Xizmatimiz bekor bo‘lar, Qalmoqlar Barchinni olar, So‘ngra bul ish qiyin bo‘lar. Oltoychilik yo‘l deydilar Qalmoqman Qo‘ng‘irot orasi, Duo qilib qolib edi Boysarining munglik bolasi. Qalmoqlardan jafo ko‘rgan, Qattiq kunda yig‘lab qolgan, Hakimbekka arza bergan, Boybachchalar xizmat qilgan». Shu so‘zni aytib yo‘l tortdi, Suvsiz cho‘lga tushib ketdi, Tashna bo‘p chopar yo‘l tortdi. Ko‘rinmas mazgili, ellar, Odamzoddan yo‘qdir xabar, Suvsiz endi o‘zoq yo‘llar, Shunday qip chopar yo‘l olar. Borayotgan vallamatlar, Boshdan ketsa alomatlar, Biz bilmaymiz eldan xabar, Oqshom-kunduz tinmay yurar. Shunday qip chopar yo‘l tortdi, Qamishzor ko‘llarga yetdi. Bunda otga dam beribdi, Bir dam farog‘at qilibdi, Qashantirib mingan otdi, Ayil, pushtanini tortdi. Mo‘ljal-muddat o‘tmasin, deb Chopar qistar mingan otdi. Qaramas otning betiga, Chiday olmas g‘ayratiga, Qamchi urgandir otiga, Yetsak deydi elatiga. Shuytib choparlar yo‘l tortdi, Jag‘o tig‘i jondin o‘tdi, Ayroliq bag‘rini yirtdi, To‘zon qip yo‘l yurib ketdi, Necha tog‘dan turmay o‘tdi, Ola degan toqqa yetdi, Otlarning mazasi ketdi, Juda tengsalib yo‘l tortdi, Endi ko‘rdi Boysin yurtdi. Ola tog‘dan enkaygandir, Qo‘ng‘irot elatin ko‘rgandir, Vaqtini xushlab yurgandir, Shunday qilib yurib ketdi. To‘qson kecha-kunduz o‘tdi, Otlarning mazasi ketdi, Bular tepsinib g‘ayratdi, Oraladi bul elatdi, Shunday qip qildi mehnatdi. Boybo‘rinikiga yetdi. Otlar qorsoqday qotgan, to‘qson kecha-kunduz yo‘l tortgan, balki choparlar ot bilan bila bitgan, Qo‘ng‘irot eliga Boybo‘rining davlatxonasiga yetgan, ot ustidan turib salom berdi. Bo‘lar ko‘rib, Boybo‘ri aytdi: – Bo‘lar qanday odam ekan, beadablik bilan salom berdi menga. Choparlar bog‘onag‘i arizani chiqarib , berdi. Arizani o‘qib ko‘rib bildi, kelgan Barchinning chopari ekan. O‘n mahramni buyurdi, choparlarni bita-bitta otdan ko‘tarib oldi, choparlarga xizmat qildi, bul arizani hech kimga bildirmay, olib borib sandiqqa solib tashladi. Choparlar yigirma kun yotdi, xo‘b izzat-ikrom qilib, qildi ziyofatdi, ko‘p qildi xizmatdi. Bergan arizasidan hech shobir bo‘lmadi. Choparlar jo‘naymizga tushib, choparlarga zaru zebar in’om berib, xush kelibsan qilib, yo‘lga solib, choparga shunday gap tayin qildi: – Bundan ketgancha, Qo‘ng‘irot muzofotidan o‘tgancha, Qalmoq viloyatiga yetgancha, yo bir o‘tinchiga, yo bir podachiga, yo cho‘lda yurgan cho‘ponga «biz Barchinning chopari bo‘lar edik», – deb og‘zingdan chiqarsang, odam buyuraman, keyiningdan quvib yetadi, boshingga qamchi chotadi, badaningni bo‘zday qilib yirtadi, op kelib dorga tortadi, og‘zingdan chiqarmay ketgin, – deb bu so‘zni tayinlab, choparlarga aytib turgan so‘zi: Hakimbekni so‘rab arza beribdi, Bildim Barchin toy – talashda qolibdi, Qalmoqlardan ko‘p bir azob ko‘ribdi, Unga boybachchalar mehnat qilibdi, Xizmat qilib o‘nta chopar kelibdi. Choparlar, eshitgin aytgan nolamni, Obod qilgan bunda kulbaxonamni, Barchin uchun yubormayman bolamni. Qaytay, qilsa qalmoq qattiq zulmni, Bahor bo‘lsa tar ochilgan gulimni, Barchin uchun yubormayman ulimni. Maydon bo‘lsa bedov otlar chopilar, Chopib kelsa banot jullar yopilar, Bormasin, o‘g‘lima xotin topilar. Hech kimga bermayin ketgaysan xabar, Sen bildirmay to‘g‘ri ketgin, choparlar. So‘zimni ko‘nglingga og‘ir olmagin, Yurishing birovga ma’lum qilmagin. Ko‘p yashasin, bunda beklar o‘lmasin, Kelganingni bek Alpomish bilmasin, Birov bilib yana xabar bermasin, Yurishing hech elga ma’lum bo‘lmasin. Birov bilsa, Alpomishga bildirar, Do‘st yig‘latib, dushmanimni kuldirar, Qo‘ng‘irotning xonin qalmoq o‘ldirar, O‘g‘limga janjalli qizlar ne darkor?! Holing bilib to‘g‘ri ketgin choparlar. Bilgan so‘zim senga fig‘on etarman, Bildirsang, quvalab senga yetarman, Haydab kelib seni dorga tortarman, Holing bil, choparlar, bo‘lgin xabardor! Bu so‘zni eshitib, choparlar «sira ham og‘zimizdan chiqarmaymiz», – deb yo‘lga kirdi. «Xo‘b gapni gapirdi, xohi bor, xohi borma, bizdan bir xizmat-da, bizning borgan - bormaganing bilan nima ishimiz bor, ketsa, sening kelining ketadi, qalmoq olsa, sening iningning qizini oladi, bizdan ketadigani bir yo‘l yurgan xizmatimiz-da», – deb choparlar yulga ravona bo‘ldi. Bular jo‘nab ketdi. Junaganiga bo‘l necha kun o‘tdi. Bular joylashib yotdi. Boybo‘rining Qultoy degan yilqichi quli bor edi. Alpomishga enchi bir tarlon biyasi bor edi. Bir yarg‘oq qulun tug‘di, bul tulpor, deb Boybo‘riga op kep bergan edi. Necha yildan beri tablada boquvli turgan edi. Choparlar kelib ketgandan keyin tabladagi ot sag‘risi toshib, yoli qulog‘idan oshib, yulduzni ko‘zlab, paraqqos boylab o‘ynay berdi. Boybo‘ri: «Shu yomonlagurning o‘ynagani ham yaxshilik emas», – deb sag‘risiga uch-to‘rt tayoq tushirib, tabladan chiqarib, Qultoyning qoshiga yilqilarga op borib, qo‘shib yubordi. Yilqilarga qo‘shib qaytdi. Alpomishning Qaldirg‘och degan singlisi bor edi. Qirqin kanizlari bilan bir sandiqni ochib ko‘rayotib edi, bir xat chiqdi: bul xatni o‘qib ko‘rdi, Barchin chechasining xati. – Tunovgi o‘n chopar bul xatni olib kelgan ekan, buni bildirmay otam sandiqqa solib qo‘ygan ekan. Yuringlar, bek akama borayik, bu xatni berayik, qancha g‘ayrati bor ekan, sinayik, – deb Hakimbekning qoshiga keldi. Bu xatni shunday berdi, bir mahram oldi. Shu vaqtlarda Hakimbek o‘n to‘rt yoshga kirgan, mast bo‘lgan norday ko‘pik sochib o‘tirgan, necha mahramlar xizmatida turgan. Bu xatni o‘qib ko‘rdi, xatda aytibdi: «Oltoychilik yo‘lga keldim, to‘qson alpda toy-talashda qoldim, olti oyga muhlat oldim, mendan umidi bo‘lsa, Alpomish kelsin, bo‘lmasa javobimni bersin» degan xat. Bu xatni o‘qib ko‘rib: «Oltoychilik yo‘lda bo‘lsa, qalmoqning elida bo‘lsa, zo‘r yovning qo‘lida bo‘lsa, bir xotin olamiz, deb sandirib o‘lamizmi», – deb xatni tizzasining ostiga bosib o‘tirdi. Qaldirg‘och oyim akasiga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Mening bilan hamroh bo‘lgan bu qizlar, Birga keldi bunda endi kanizlar, Aka, senga aytadigan arzim bor, Talash bo‘pti biyning qizi zulfakdor. Savashli kun tortiladi parli yoy, Mo‘min qulni bandam desin bir xudoy, G‘amli odam tortar ekan ohu voy, Kechasini yorug‘ qilar to‘lgan oy, Kashalda talashda qopti Barchinoy. Mard yigitning yori talash bo‘lami, Er yigitning yorin qalmoq olami, Barchin checham talash bo‘lib qolami, Senday beklar bul bexabar turami?! Kelar debdi, sendan umid qilibdi, Olti oy qalmoqdan muhlat olibdi, Insof qip badbaxtlar muhlat beribdi, Umid tortib senga arza qilibdi, Xat ko‘tarib o‘n boybachcha kelibdi, Anglamay otama xatni beribdi, Otam xatni bul sandiqqa solibdi, Endi bilib singling olib kelibdi, Mungluq singling senga arz qip turibdi, Qalmoklarda checham jabr ko‘ribdi. Aka, aytgan so‘zim og‘ir olmagin, Nar-moda ishini bunda qilmagin, Bu ishdan bexabar bo‘lib turmagin. Sen bormasang, yoring qalmoq oladi, Barchin yig‘lab nima iloj qiladi, So‘raganda izlab borsang bo‘ladi, Zo‘r bo‘lgan qalmoqlar unda qoladi, Shunday qip er yigit yorin oladi. Bu so‘zni eshitib, Hakimbek nar-moda degan gapni ko‘ngliga og‘ir olib, qizlarga qarab, nar-moda degan gapning ma’nosi, nima, deb so‘rab turgan ekan: Jafo tig‘i bu kun jondin o‘tadi, Ayroliq xanjari bag‘rim yirtadi, Nar-moda deb qizlar kimni aytadi? Davlatimdan sholi-sholdam o‘rayman, Kecha ko‘rgan tushim kunduz jo‘rayman, Gul tarzim sarg‘ayib senga qarayman, Nar-moda ma’nosin sendan so‘rayman. Yuragima tushdi dog‘i-alamlar, Singlim bilan birga kelgan sanamlar. Senga aytgan men ham bundayin so‘zlar, Qo‘ng‘irot elda o‘ynab-kulgan ko‘p qizlar, Singlim bilan birga kelgan kanizlar, Nar-moda deb menga so‘zlading so‘zlar, Nar-moda ma’nisin aytgin, sen sanamlar. Nar-moda deganga xafa bo‘libman, Nima gap ekanin bilmay turibman, Ko‘nglima men ham og‘ir olibman, Yomon so‘z deb juda hadik qilibman. Nar-moda deganga ko‘nglim buzildi, Diyda giryon bo‘lib barg‘im ezildi. Nar-moda deganing ko‘nglima keldi, Ko‘p qizlarlardan akang uyalib qoldi, Emikdoshim, sening gaping ne bo‘ldi? Mendayin akangni xafa qilasan, Nar-moda deb meni silkib solasan, Sen menga nah urib, lopi urasan, Juda ham akangni nomard bilasan, Kanizlarni hamroh qilib yurasan, Bunday bo‘lsang, sen juvormak o‘lasan, Nar-moda ekanim nima bilasan, Nar-moda deb meni aytib turasan. Bu so‘zni akasidan eshitib, Qaldirg‘och oyim bir so‘z aytib turgan ekan: Har kim o‘z elida bekmi, to‘rami, Nar-modalar sendan kamroq bo‘lami, Mardning yori toy-talashda qolami?! Mard bo‘lib maydondi kunda yurmagan, Yilkichidan bedov saylab minmagan, Olmos po‘lat belga qayrab cholmagan, Ot asbobin shaylab Qalmoq bormagan, Qalmoqlarga qattiq kunlar solmagan, Toy-talashda qolgan yorin olmagan, O‘z elida bir xil gapni bilmagan, Jahonim sayl etib bunda yurmagan, Nar-modalar sendan ortiq bo‘lami? Bu so‘zimni nega og‘ir olasan, Yoring ketsa, qanday elda yurasan, Tirik yurmay, aka, sen bo‘l o‘lasan. Yaxshilik shul, gapni og‘ir olmagin, Muhlat yaqin kepti, kechga qolmagin, Sarson bo‘lib, bunda o‘ylanib turmagin, Erta yur, ishingni kechga qo‘ymagin, Xabar kepti, aka, bundan jo‘nagin. Men eshitdim checham arza tilidan, Ajiratib olgin zolim qo‘lidan, Xabar olgin musofirlar holidan, Juna, aka, Boysin-Qo‘ng‘irot elidan, Olis deb qaytmagin bunday yo‘lidan, Nimish kelsin mungluq checham qo‘lidan. Yozgan xati uning shunday bo‘libdi, To‘qson qalmoq kunda yig‘ilib kelibdi, Qalmoqning yurtida ular g‘aribdi(r), Ul alplar ham ko‘p taaddi qilibdi, Ul sababdan bunda xabar kelibdi, Aka, sendan bormoq lozim bo‘libdi. Bu so‘zni eshitib: – Yayov boramizmi esa? – dedi. Qaldirg‘och oyim: – To‘qson to‘qay yilqing bor, yayov borib, mingani oyoq-ulov, topmay yotibsanmi? Egar-abzalni olsang, yilqiga Qo‘ltoyning qoshiga borsang, ko‘nglingga yoqqanini xohlab minib keta bersang, – (dedi). Bu so‘zni eshitib: – Xayr esa, – dedi. Qaldirg‘ochoyim egar-abzalni, sovut-qalqonni, yov-yaroq, asbobni ayil pushtanga solib, o‘xshatib bo‘g‘ib, ko‘tartirib yubordi. Ko‘tarib borayotib edi, boy otasi ovdan kelayotib edi, oldidan chiqib qoldi, qarasa, o‘g‘li ko‘tarinib borayapti, otasi hadik olib, bir so‘z so‘rayapti: To o‘lgancha so‘ylab qolgan til bo‘lsin, G‘animning shavkati kelib el bo‘lsin, Ko‘rar ko‘zim, bolam, senga yo‘l bo‘lsin? Egar, abzal, anjom olib kelasan, Ko‘tarinib bunda halak bo‘lasan, Yo‘l bo‘lsin, jon bolam, qayda borasan? Birovlardan biror so‘zni bildingmi, Yo‘qsa, bolam, ovga talab qildingmi, Olis yurtga, qo‘zim, bormoq bo‘ldingmi, Xabar ber, jon bolam, qayda borasan? Belingga boylabsan zarrin po‘tangni, Xudoyim kechirgay qilgan xatongni, Xafa qilib ketma menday otangii, Xabar bergin, qo‘zim, qayda borasan? Sen eshitgin, bolam, aytgan dodimni, Sabil qilib ketma muzofotingni, Mindirayin senga bedov otimni, Shodu xurram qilay bul farzandimni, Bolam, aytgin menga borar yurtingni. Men bilaman abgor bo‘lib kelasan, Bir nechadan bir yomon so‘z bilasan, Taradding shul, olis yurtga borasan, Halak bo‘lib yo‘lda nima qilasan, Ko‘rar ko‘zim, bolam, qayda borasan? Bul gapdan behabar orqalanib Alpomish borayapti. Qultoyga yaqin yetdi. Qultoy Alpomishni ko‘rib, ko‘nglini xushlab, yilqi boqadigan qayqi tayog‘ini qo‘lga ushlab, juda shamiyon qaytarib, do‘qlab, bu so‘zni aytib, Alpomishga qarab aytib turgan so‘zi: Qayerlarga qilding talab, Haromi polvon o‘pkalab, Momong. . . enang. . . So‘z aytadi menday nochor, Bu yilqilarda nimang bor? Sening bu yurishing bekor, Senga tegmaydi yilqilar, Ket endi senday enag‘ar, Yurishingdan yo‘qdir habar, Bu yilqilarda nimang bor? To‘kayin sening yoshingni, Bilmaysan menday kishingni, Tursang yorarman boshingni, Qilayin sening ishingni, Ket endi turmay, enag‘ar. Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘ldimi, Oblo sening aqli-hushing oldimi, Boybo‘ri o‘lib, moli senga qoldimi?! Gap eshit aytgan tilimdan, Ket endi, qolma yo‘lingdan, Hech ish kelmaydi qo‘lingdan, Ayrilma o‘sgan elingdan. Sen mening qoshima kelma, Halak bo‘lib bunda turma, Bu yerda bir nimang borma? Sen o‘zingni abgor qilma, Bu so‘zimni hazil bilma, Bir zo‘rning qo‘lida o‘lma, Bekoriga sarson bo‘lma, O‘zoq yo‘lga talab qilma, Yoshsan sen, ovora bo‘lma, Ket endi, sen yo‘ldan qolma. Alpomish bu so‘zni eshitib, Qultoyga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Bobo, siru holim ma’lum qilayin, Sizdan endi bir bedovni so‘rayin, Bedov minib qalmoq elga borayin, Qalmoq eldan yorim olib kelayin, Javob bergin, bobo, men ham jo‘nayin. Xabar bildim, yorim talash bo‘libdi, Kashal yurtdan bizga elchi kelibdi, Barchinoyim ul o‘rtada qolibdi, Menday o‘g‘ling, bobo, bormoq bo‘libdi. Qalmoq elga men ham borib kelayin, Borib men ularning ko‘nglin so‘rayin, Qalmoqlarman qaytmay savash qilayin, Biyning qizin ajiratib olayin, O‘ynab-kulib yana elga kelayin, O‘z yurtimda kelib davron so‘rayin, Sen eshitgin menday o‘g‘ling so‘zini, Ajratib kelayin biyning qizini. Sachratib borsam minib bir tulpor, O‘zima yor, bobo, senga xizmatkor, Senga mening aytgan arzim shu bo‘lar, Bunda turmay Kashal bormog‘im darkor. Ruxsat bersang, jafo tortib boraman, Qalmoqlarman qon to‘kishib ko‘raman, Olis yurtga safar qilib boraman, Bundan borsam, biyning qizin ko‘raman, Yilqi bersang, shodu xurram bo‘laman, Bobom deyman, mehribonlik qilaman, Bobo, seni izzat qilib yuraman, Bir yilqi ber, bobo, minib boraman, Taqdirimda nima borin ko‘raman, Ketgan yorim talab aylab boraman, Nasib qilsa, yorim olib kelaman. Bu so‘zni eshitib, Qultoy ham bir so‘z deb turgan ekan: Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘ldimi, Oblo sening aqli-hushing oldimi, Ajal yetib yo paymoning to‘ldimi, Boybo‘ri o‘lib, moli senga qoldimi, Yo, enag‘ar, ajal haydab keldimi? Mendayin bobongning ko‘nglin bo‘lasan, Tur, yo‘qol, enag‘ar, tayin o‘lasan, Bu yerda selayib nima qilasan? Ko‘p turmagin menday bobong qoshiga, Chiday olmassan bobongning ishiga. Bu so‘zni aytib mardning aqlin oladi, Uch-to‘rt tayoq qayqaytirib soladi, Yegan tayoqlaring yilqi bo‘ladi! Hakimbekning ko‘zi alanglab qoladi, Juda ham bir tayoq o‘tib boradi. Bilmadi-ku bobosining ishini, Pok bo‘lmasa yora yozdi boshini. Shunday do‘qlab Qultoy qildi siyosat, Tayoq yegan bekda qolmadi toqat, O‘ldirar qaytmasam, deydi vallamat. Tayoq yeb Hakimbek harba qilmadi, Bobosining qilgan ishin bilmadi, Tayoq o‘tib tanda toqat qolmadi. Bo‘l bobosi ko‘p siyosat qiladi, Juda aynaltirib ancha uradi, Bobom urdi dedi, qaytib jo‘nadi, Ko‘tarinib qaytib ketdi yo‘liga. Iloyim bir Qultoy kuli qursin, deb Ular vaqti xo‘p bo‘kirib o‘lsin, deb, Ketdi bundan bul imonsiz qolsin, deb, Juda menga qattiq azob beradi, Bo‘l imonsiz ayamayin uradi, Men ketmasam tayoq o‘tib boradi. Qultoyning qoshiga yaqinlashib bordi. Singlisi ancha kanizlari bilan keyin qoldi. Qultoy ham Alpomishni ko‘rdi, bog‘onag‘i urgan yerda Qultoy zinkiyib turdi, yaqinlab bordi. «Qultoy»: Yengajon, sen daryo bo‘lsang, toshar eding, yor-yor, Men bilaman tollardan oshar eding, yor-yor, Mendaylarni sen loydan yasar eding, yor-yor, Botbog‘ima kelganda shoshar eding, yor-yor. Oqsoqol, arboblari ham bexabar edi. Lekin Chilbir cho‘liga boylarning moli kelayotir, maysalarni oyoq osti qilib, chigirtkaday bosib, qopqora bo‘lib, yeb ketib borayotir. Maysalarning changini chiqarib, tuprog‘ini osmonga sovurib borayotir. Shunda ham bu Boysin elining boylarining mol, qo‘ylari hali ham Ko‘kqamishdan chiqib kelayotir. Bir yog‘i Qalmoqqa yetdi, keti hali ham Ko‘kqamish ko‘lidan chiqib, oda bo‘lgan emas. Mollari shunday chiqib, ko‘chlari ham mollariga aralashib, Qalmoqqa qarab jo‘nab, necha tog‘lardan, necha qirlardan, necha bir dovonlardan oshib ketib borayotir. Ana shunda oldidagi boylar Qalmoqmamlakatiga, Chilbir cho‘liga, Oyna ko‘liga yetib, ko‘lni yoqalab qo‘nib yotir, mollarini maysalarga, ekinlarga qo‘yib, ekin-maysalarni yegizib, qo‘nib yotayotir. Bular shu Chilbir cho‘lida, Oyna ko‘lida qo‘nib, suvlab, mollari o‘tlab qo‘nib yota bersin, sarishtalarini ola bersin, endigi so‘zni Qalmoqyurtidan eshiting. Ana shunda Qalmoq yurtlarining oqsoqol, arboblaridan besh yuz oqsoqol, arboblari «Bu yilgi ekinlarning niholi yaxshi emish», – deb ekinlarini ko‘rmoqchi bo‘lib, Qalmoqdan chiqib edi. Shunday qarasa, Turkiston eli tarafidan ko‘p mol oshib kelayotibdi, osmonning qora bulutiday bosib kelayotibdi. O‘n besh kunlik yo‘ldagi maysani obdol talaganday, ilon yalaganday qilib, changini chiqarib, oldi yerning o‘tini yeb kelayapti. Oqsoqol, arboblar aytdi: «Bu molning adadi yo‘q, beadad ko‘p mol ekan. Buning oldiga ro‘para bo‘lsak, ravochday qip bizni ham kemirib yeb ketsa ham ajab emas. Shuncha mol, shuncha el bizning elga kelibdi. Oyna ko‘lni yoqalab, ko‘p el qo‘nibdi. Qalmoq podshosi bexabar qolibdi. Kele, Qalmoqshohga borayik, bekorga bu yerda ahmoq bo‘lib to‘planib turmayik, o‘zimizni garang qilmayik, borib Qalmoqshohga bildirayik». Bu so‘zni o‘ylab, oqsoqol, arboblar qaytib ketdi, Qalmoqshohning davlatxonasiga yetdi. Bul ekinni yegizib qo‘ygan boylarning ustidan dotqa bo‘lib, qilgan tirikchiligi –ekishidan ayrilib, Qalmoqshohga qarab bir so‘z deb turgan ekan: Ayo shohim, sizga aytar arzim bor, Olmadayin sulgan gulday tarzim bor, Turkistondan bir boy ko‘chib kelibdi, Bu boylardan, shohim, bo‘lding bexabar. Oblo mening aqli-hushim olibdi, Shum falak boshima savdo solibdi, Bizing elga qattiq talon qilibdi, Davlatini ko‘rdim juda g‘olibdi(r), Aslin bilsang, Turkistondan kelibdi, Ekinning barini nobud qilibdi. Uchqur eding, qanotingdan qayrilding, Yugruk bo‘lsang, tuyog‘ingdan tayrilding, Biz ovqatdan, sen sursatdan ayrilding. Xazon bo‘lsa bog‘da gullar so‘ladi, Bola-chaqa tayin ochdan o‘ladi, Elimizni qimmatchilik oladi, Senday shohim bul bexabar qoladi, Sursatingni qaydan topib beradi?! Choyrakorlar chiqmoqchin bo‘p turadi. Shunday nomdor boylar elga kelibdi, Oyna ko‘lni yoqalab el qo‘nibdi, Chilbir cho‘lni moli bosib qolibdi, Bizing ellar bunda abgor bo‘libdi, Ekindan ayrilib dehqon qoladi, Oqsoqollar bilib xabar beradi, Fuqarongning bari ochdan o‘ladi, Dehqonlarning holi tang bo‘p qoladi, Fuqarolar nima iloj qiladi, Elat chuvlab ekinini ko‘radi, Yeb qo‘ygan so‘ng nima iloj qiladi?! Arz aytgani hamma senga keladi, Chiqimingni qaydan topib beradi, Boylarning hisobi qanday bo‘ladi?! Senday shohim bul bexabar qoladi, Turib o‘yla, yurting xarob bo‘ladi, Oqsoqollar shunday xabar beradi, Chuvullab fuqaro, xalqi keladi, Podsholikka odam to‘lib qoladi, Mehnatkash dehqonning bari keladi, Boylarning ustidan arz qip turadi. Bu so‘zni eshitib, Qalmoqshoh oqsoqol, arboblariga qarab murtini bo‘rab: – Ko‘rdinglarmi, qayoqdan kelibdi? – deb so‘rab, bir so‘z deb turgan ekan: Davlatimnan sholi-sholdam o‘rayman, Siyosat qip arboblarga qarayman, U boylarni men ham sendan so‘rayman. Qaysi eldan kelib talon solibdi, Mening mamlakatim abgor qilibdi, Mendan beixtiyor bunda yuribdi, Bildinglarmi qaysi eldan kelibdi? Elni abgor qipti, zulm qilayin, Qaysi yurtdan kelganini bilayin, Ulug‘, katta-kichi, sendan so‘rayin, Qaysi yurtdan bunda kepti, bilayin, Ul boylarga qattiq azob qilayin, Molini sizlarga olib berayin, Gunohkor qip men zindonga solayin. Har na deb so‘ylasam, ani qilinglar, Mirg‘azab, jallodlar bunda kelinglar, Bundan turmay, Chilbir cho‘lga boringlar, Ul boylarni xo‘b oralab ko‘ringlar, So‘rab kattasini aniq bilinglar, So‘ngra tortib uni boylab olinglar, Davlatimga urib, haydab kelinglar. Dodlaganman eshitmanglar so‘zini, Bilib boylang kattasining o‘zini, Men o‘yayin u boylarning ko‘zini. Ul boylarga qattiq azob berarman, Boshin kesib men ham dorga ilarman, Undayin kishiga azob berarman, Fuqaroning vaqtin xushlab turarman, Moli-davlatini olib berarman. Hayallamay, jallod, endi boringlar, Taqal qilmay tezroq borib kelinglar! Oblo uning aqli-hushin olibdi, Hech kimdan so‘ramay elga kelibdi, Mehnatkashga juda azob beribdi, Davlatiga boylar marg‘ur bo‘libdi, Ekishdan ayrilib hamma qolibdi, Eshitaman yurtga moli to‘libdi, Mendan beijozat bunda kelibdi. Beijozat kepti, bo‘ldi gunohkor, Mehnatkash dehqonlar – bari da’vogar, Hayallamay borib kelgin, jallodlar. Otga soldi arpa bilan iyirdi, Qor yoqqanda karvon solar chiyirdi, Jallodlarni ul boylarga buyurdi, Qilgan ishi dehqonlarga qiyindi(r), Haydab kelgin, men solayin o‘yindi. Obod qilib turay bunda elingni, Gunohkorga solmoq darkor zulmni. Bu so‘zni Qalmoqshohdan eshitib, besh yuz mirg‘azab, jallod otlanib, chog‘lanib, Chilbir cho‘liga, Oyna ko‘liga qarab kela berdi. O‘n ming uyli el oz bo‘lami, Oyna ko‘lni yoqalab o‘tirgan, hammasi bir-biriga o‘xshaydi. O‘zbak halq, hech belgisi yo‘q, qaysisi katta ekanini bilmadi. Kattasi shul-da, deb qariya-chollarini haydab keta berayin desa, uning ham hisobini topmadi, shuncha elda kim katta ekanini bilmadi. Nogohon jallodlar qaradi, bir yerda baxmal uy tikilayapti. Ko‘rdi: kigizlarini baxmaldan yoptirgan, bo‘sag‘a, yon yog‘ochlarini kumush-oltindan choptirgan. Bu uy Boysarining uyi edi. Beadad boyligi oshib ketgan edi, kigizning o‘rniga uyiga baxmal yopgan edi. Oralab yurib, jallodlar bul uyni ko‘rib: «Albatta bu elning kattasi shul-da, o‘zbaklarning kattasining belgisi shunday bo‘ladi ekan, hech kimning uyi bunga to‘g‘ri kelmaydi, balki podsholiklarda ham bunday saltanat qilmaydi, shul uyga borayik, shul uyning egasini topib olayik, Qalmoqshohning yoniga haydab borayik, kattasi shul ekan, deb turayik», – deb Boysarinikiga qarab yurdi. Boysari uyining oldiga bordi. – Kelgan boy! – deb jallodlar dovush qildi. Boysari uyning to‘rida edi. – Labbay, – deb jallodlarning oldiga turib kela berdi. Jallodlar Boysarini ko‘rib, otdan tushib, siynasini dog‘lab, ikki qo‘lini orqasiga bog‘lab, boshiga qor-yomg‘irday qamchi tashlab: – Yur buyoqqa, – deb turtib hayday berdi. Bul elga yangi kelgan, hech kimdan shashti qaytmay yurgan odam – Boysari bu zulmni ko‘rib, ko‘ngli buzilib, jallodlarga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: O‘z elimda shohning g‘amin yeb edim, Men ham Qalmoq elga borsam deb edim, Qush pitaga sig‘inganday bo‘p edim, Qochgan qushman, panoh berar deb edim, Qalmoqshohni himoyatim deb edim, Orqa tutib bu yurtlarga kep edim. O‘z jonimga o‘zim qildim zulmdi, Bunda kelib men boylatdim qo‘limdi, Kimga aytay endi ular holimdi, Ey jallodlar, mehribonlik qil emdi. Himoyat deb keldim, bo‘ldim gunohkor, Bunday menga azob berma, jallodlar, Qamchi urib, zulm qilma, xunxorlar, Ne sababdan men bo‘libman gunohkor?! Rahming kelmay ko‘zdan oqqan yoshima, Achchiq qamchi urma aziz boshima. Davron surib yurdim Boysin elima, Hozir kelib bandi bo‘ldim qo‘linga, Qarab rahming kelsin mening holima. El ichinda qo‘lim boylab haydama, Qariganda qilma meni sharmanda. Mendaymi nochorga azob berasan, Zulm qilib meni haydab borasan. G‘ariblikda mening ko‘nglim bo‘lmagin, Musofirman, menga zulm qilmagin, Bir gap bilan keldim Qalmoq elinga, Hozir banda bo‘lib tushdim qo‘linga. Kalimayi-shahodat kelar tilimdan, Musofirman, ne ish kelsin qo‘limdan, Kelib foyda qilmadim-ku elimdan. Ne sababdan bunday ishni qilasan, O‘zim tursam meni boylab urasan, Bekoriga menga azob berasan, Nima gunoh qilganimni bilasan? Muncha ham siyosat qilma, jallodlar, Musofir boy nega bo‘ldi gunohkor? Bu so‘zlarni aytgan Boysari nomdor, Gunohimni ma’lum qilgin, jallodlar! Elingning rasimi shunday bo‘lama, Musofirni ko‘rsa boylab urama?! Shunday Boysariga qarab, gunohkor bo‘lganini bildirib, jallodlar ham bir so‘z aytib turgan ekan: Bizlar bildik o‘z elingdan kelibsan, Hech kimdan so‘ramay bunda qo‘nibsan, Bu elatga juda azob qilibsan, Elning ekinini yegizib qo‘yibsan, Dehqonlarni sen yalang‘och qilibsan, Qilgan ishing o‘zing bilmay yuribsan. Mehnatkashlar shoh qoshiga borgandir, Ustingdan chuvullab arz qip yurgandir, Fuqaro arzini tinglab bilgandir, Toychi shohim ko‘p siyosat qilgandir, Toychixon amriman jallod kelgandir, Katta bilib seni boylab olgandir, Bizlar jallod, xonning amrin tutamiz, Amr etmasa seni boylab netamiz?! Toychixon qoshiga haydab ketamiz. Boylaganga boylar xafa bo‘libdi, Bundan katta senga azob turibdi, Ko‘p dehqonlar bul da’vogar bo‘libdi, Ekishidan hamma ayrilib qolibdi. Qilgan ishing o‘zing bilmay yurasan, Dehqonlarga nima javob berasan, Turib o‘yla armon bilan o‘lasan, O‘zing bilmay xo‘p ishlarni qilasan, Ko‘pning o‘rtasiga tushib qolasan, Mehnatkashga bir ko‘pkari bo‘lasan, Molingdan ayrilib o‘zing o‘lasan, Bul ishinga shunday javob ko‘rasan, Bola-chaqang ko‘rmay g‘arib qolasan, Haydab borsak, ikki boshdan o‘lasan. Qalmoqshohim senga zulm etadi, Boshing kesib seni dorga tortadi, Molu davlatingni talon etadi. Qorajonning Alpomishga qarab, aytib turgan so‘zi: Bildim qo‘ng‘irotlik zotingni, Malakdayin suratingni, Kovdon yegan otingni Boychiborlarga mengzadim. Moyacham deb so‘rganingni, Galman javob berganingni, Rustam kabi mujgoningni Alpomishlarga mengzadim. Shirin suhanli tilingdi, Bilagingdagi zo‘ringdi, Panjasi uzun qo‘lingdi Boysarilarga mengzadim. Kallasi katta boshingni, Bildim men qilgan ishingni, Burgutday o‘tirishingni Boybo‘rilarga mengzadim. Hak deb chikkan nolishingni, Jasadu tana, tushingni Kuntug‘mishlarga mengzadim. Imo bilan kulishingni, Qiyilgan qalam qoshingni Qaldirg‘ochlarga mengzadim. Bu so‘zni jallodlardan eshitib, Boysari ham jallodlarga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Men berayin qator-qator norimni, Nor ustiga yuklab beray zarimni, Men berayin manglayimda borimni. Jallodlar, eshitgin aytgan so‘zimdi, Qo‘lim chechib ozod qilgin o‘zimdi, Munday kunda menga o‘lim lozimdi(r), Mol yetmasa beray Barchin qizimdi, Hali ham bir ozod qilgin o‘zimdi. Jallodlar, qulok sol bu nolishima, Qaba falak og‘u qo‘shdi oshima, Haydab borib yetma mening boshima, Nima deb so‘zlasang, men ham qilayin, To‘qson qo‘ra qo‘yim bordir, berayin. To‘qaydan yilqilar barini olsin, Ekishiga molim hisoblab ko‘rsin, Kamlik qip yetmasa, qizimni olsin, Ul dehqonlar yo da’vogar bo‘lmasin. Lodon ko‘nglim har xayolga bo‘libman, Gunohkor bo‘lganim endi bilibman, Eliboyman, men ham ahmoq bo‘libman, Ilgarida men ekishni ko‘rmasam, Dehqonlar ekishin o‘t deb yuribman, Bilmaslikdan gunohkor bo‘p qolibman, Jallod, senga minnatdorlik qilibman. Xayolingga badfe’llik kelmasin, Armon bilan bir musofir o‘lmasin, Haydab borma, shohing meni ko‘rmasin, Siyosat qip qattiq azob qilmasin. Termiltmagin, jallod, mening ko‘zimdi, Arza bilan shohga bildir so‘zimdi, Qanday bo‘lsa haydab borma o‘zimdi, Gunohkor bo‘libman, o‘lmak lozimdi(r). Kunlardan bir kun alplarning enasi Surxayil maston Qalmoqshohning davlatxonasiga borib, o‘g‘illarining orqasidan Qalmoqshohga hurmati ko‘p, Qalmoqshoh gapini qaytarolmaydi, alplarning enasi Surxayil maston Qalmoqshohga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Shohim senga arzim bayon qilayin, Kattamsan-da, bir gap keldi, so‘rayin, Chilbir cho‘lni tomosha qip kelayin. O‘zbaklar mazgili qanday, ko‘rayin, Yaxshi-yomonini ongnib bilayin, Ruxsat bersang, men ham turmay borayin, Ul boylarning molin boj qip olayin, Shu so‘zni, sultonim, sendan so‘rayin, Javob bergin o‘zbaklarga borayin, Qanday ekan bir hangama qilayin, Hech zulm qilmayman, borib kelayin. Javob bersang, bundan turmay boraman, Sayil etib, ellarni ko‘rib kelaman, Ko‘rganimni sizga javob beraman. Bunda sarg‘aymasin guldayin diydor, Juda nomdor emish ul kelgan boylar, Dongdorlarni ko‘rmoqlikka haqqim bor, Farzandlarim muna elda zo‘rabor, Shohim dedim, hurmat qildim muqarrar. Dardli qul dardimni kimga yorayin, Hasratimdan eldan el axtarayin, Bebosh bo‘p ketmasin, boyni ko‘rayin, Bir oziroq chiqim solib olayin, Yomonini borib tergab ko‘rayin, Birov emas, uch-to‘rtta bo‘p borayin, Borib kattasiga mehmon bo‘layin, Ko‘rganimni kelib xabar berayin, Javob bering, endi men ham borayin. Bu so‘zni Boysaridan eshitib, jallodlar: «Rost aytadi shul bechora, ekinni o‘t, deb bilmay yegizib qo‘yibdi, qancha fuqaro ustidan arz qip turibdi, haydab borsak, agar Qalmoqshohga to‘g‘ri qilsak, Qalmoqshoh gapiga quloq solmay, buning boshini kesib, dorga tortadi; buni haydab bormay, shuning so‘zini bir arza qip tutayik, agar qabul tutsa, haydab bormay, shu yerdayoq qo‘yib ketayik», – dedi. Jallodlar Boysarining haligi so‘zini arza qip, ikki mirg‘azabdan jo‘natdi. Mirg‘azablar arzani op kep, Qalmoqshohga tutdi. Qalmoqshoh bu arzani o‘qib ko‘rib aytdi, juda dimog‘i ham chog‘ bo‘lib ketdi: – Meni himoyat tutib kelgan odam bo‘lsa, qatorda nori ham o‘ziniki, nor ustida zari ham o‘ziniki, barcha davlat – moli ham o‘ziniki, bizga darkor emas, Barchin qizi ham o‘ziniki. Yayloviga Chilbirning cho‘lini berdim, suvloviga Oynalining ko‘lini berdim. Yetti yilgacha moli bezakot, betergov yura bersin. Har kim musofir boylarga taaddi qilsa, boshi – o‘limda, moli – talovda, o‘z ixtiyorida yura bersin, – dedi. Bu so‘zni eshitib, oqsoqol, arboblar: – Sen bunday beklik qilding, ul beva-bechoralarning ekinini yegizib qo‘ygan, besh kun, o‘n kundan keyin soliq, sursat deb (so‘raysan). Hech nima bo‘lmasa, odamlarning ko‘rpasini sotdirib olasanmi? – dedi. Shunda Qalmoqshoh turib aytdi: – Hali yil erta, tari-tarmoq eksang ham ovqatligingni olib qolasan; bu yilgi beradigan har nima–podsholik chiqimdan ham o‘tdim, – dedi. Shunda fuqaro dehqonlar ham dimog‘i chog‘ bo‘lib, tari-tarmoq ekkani qo‘sh chiqarib ketdi. «Har nima olganimiz o‘zimizga bechiqim tegadigan bo‘ldi», – deb yuribdi. Boylarning ham dimog‘i chog‘ bo‘lib: «Xo‘p yeri qo‘ng‘irsalqin, o‘tloq keladi ekan, molni ikki semirtib sotamiz ekan», – deb bularning ham dimog‘i chog‘ bo‘lib, hammasi ham joylashib qoldi. Nima bo‘lsa, Qalmoqshohdan vaqti xush bo‘lib, ana endi bular bunda joylashib tursin, har qaysisi ham o‘z kunini o‘tkazmaq bilan tursin. Toychi viloyatinda, Qalmoq muzofotinda bir Surxayil degan kampir bor edi. Juda haddili zo‘r kampir edi, bu kampirning yetti o‘g‘li bor edi, yettovi ham nomdor alp edi. Kattasini Ko‘kaldosh der edi, undan kichkinasini Ko‘kaman der edi, Ko‘kqashqa der edi, Boyqashqa der edi, Toyqashqa der edi, Qo‘shquloq (der edi), kenjatoyini Qorajon der edi. Shu yettoviga tir qilgani Qalmoqshoh har mamlakatlardan alplarni olib kelib, to‘qson alp qilib, Kashal g‘oridan joy berib, bularni to‘qayistonda boqib yotar edi. Ul alplar qanday alp: yoyandoz, mergan alp, har qaysisi to‘qson botmon temirdan sovut kiygan, har kuniga to‘qson shirbozning etini ta’til qilgan, bosh-boshiga har qaysisi podshohlikdan har oyda besh yuz so‘m moyana olgan xo‘b birlanchi zo‘r polvondir. Bul alplarning har qaysisining podshohlikdanqirq qiz xizmatkori bor, bu yoqdan, u yoqdan, ovdan kelsa, joyini solib, xizmatini qilib turadigan qizlar. Boysarining qizi Barchinni bular ko‘rgani yo‘q. Shul vaqtlarda Barchin ham barkamol, bo‘yi yetgan, har yag‘rini o‘n besh qarich keladi. Pirning nazari bilan paydo bo‘lgan, bu ham alp. Orqavaron eshitib, shu musofir boylarda bir qiz bor emish, deb bular ham o‘zavonda maslahat qiladi: goh biri olmoqchi bo‘ladi, goh bari olmoqchi bo‘ladi, goh hammasi o‘rtaga olib xotinli bo‘p qolmoqchi bo‘ladi. Necha vaqtlar ko‘rmasi shu maslahatni qilib yuradi. [Qalmoqshoh] ul boylarning ixtiyorini o‘ziga bergan edi. Bu so‘zlarni Surxayil mastondan eshitib, borma deb bu kampirga aytolmay, nochor javob berdi. O‘g‘illarining zo‘rligidan Qalmoqshoh ham hazar qilar edi. «Endi ixtiyorim o‘zimda bo‘ldi» – deb kampir qaytib, mazgiliga kelib, o‘ziga tobe qarindosh to‘qqiz kampirni birga olib, o‘zi bilan o‘nta bo‘lib, yo‘lga chiqib, yo‘l yurib, beli bukrayib, qulog‘i tikrayib borayotib edi. Kenjatoy o‘g‘li Qorajon o‘n uch mahrami bilan yo‘lda ot o‘tlatib yotib edi. Qorajon qaradi, to‘qqiz kampirni ergashtirib, enasi Chilbir cho‘liga qarab borayotir. Qorajon ko‘rib: «Bu enasi qurg‘ur nimaga borayotir ekan. Bu Chilbir cho‘liga borar, bizlarni orqa qilib baland–past gapirar, ko‘p odamlarni ham xafa qilar, nima bo‘lsa musofir-da, boylarning ko‘nglini ozor qilar. Buni qaytarib yuborayin. Bul imonsizlarga boylarning mazgilida nima bor, bulardan yaxshi gap chiqami, bir ko‘ngli qoralik orttirar; o‘g‘illaridan gap qochgan-da, deb Qalmoqshoh o‘pkalab yurar, bu bachchag‘arlar zo‘rligiga inonib, mening hukmimni ham buzdi, deb yurar, nima bo‘lsa qaytarib yuborayin», – deb o‘ylab, enasining oldiga chiqib, yo‘l bo‘lsin qilib, enasidan savol so‘rab turgan ekan: To o‘lgancha so‘ylab qolgan til bo‘lsin, Uzunli-qisqali to‘ning mo‘l bo‘lsin, Har kimsaga farzand bersa, ul bo‘lsin, Qavatingda to‘qqiz kampir enajon, O‘nta bo‘lib, ena, senga yo‘l bo‘lsin? Ne sababdan mehnat tortib kelasan, Mehnat tortib, ena, qayda borasan? Quloq solgin Qorajonning tiliga, Ena, qaytgin, borma Chilbir cho‘liga, Oralama o‘zbaklarning eliga, Ena, sen ham qaytgin kelgan yo‘linga. So‘z aytarman, ena, senga bir alvon, Yaxshilik so‘z aytib turur Qorajon, Ena, qaytgin, borma Chilbir cho‘lidan. Mening so‘zim, ena, og‘ir olmagin, Bu gaplarni, ena, hazil bilmagin, Xayolingni har tarafga bo‘lmagin, Qaytgin, ena, ul boylarga bormagin. G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor, Qorajonning aytgan so‘zi shu bo‘lar, Bir nechalar ahvolidan bexabar, Qo‘y-chi, ena, halak bo‘lib nima bor?! Kampirlarni, ena, hamroh qilibsan, Bir shumlikni, ena, o‘ylab yuribsan, Ko‘ngilingga ul shumlikni olmagin, Borib shu boylarni halak qilmagin, Qaytgin, ena, kelgan yo‘ldan qolmagin. Horib-charchab, ena, halak bo‘lasan, Borgan yerni besaramjon qilasan, Yomon bo‘lsang, sen imonsiz o‘lasan, Qaytgin, ena, borib nima qilasan. Bu so‘zni eshitib, Qorajonning achchig‘i kelganini bilib, Qorajonning aqlini olib, ko‘nglidagi gapini bilib, bir so‘z aytib turgan ekan: Xudoyim saqlagay bandani omon, Turib o‘yla yaxshi yo‘lga boraman, O‘zbaklarga seni kuyov qilaman, O‘zbaklarning yaxshi qizi bor bo‘lsa, Atashtirib ro‘mol berib kelaman. Yo‘ldan urma, Chilbir cho‘lga borayin, Nazar solib o‘zbaklarni ko‘rayin, O‘zbaklarning yaxshi qizi bor bo‘lsa, Boshi bo‘shmi deyin, avval so‘rayin. Yaxshi qizlar agar boshi bo‘sh bo‘lsa, Kelin qilib, biror ro‘mol o‘rayin. Uylantirsam, senga xabar berayin, Borishli-kelishli bo‘lib yurayin, Bolalarni tog‘a-jiyan qilayin. O‘n uch mahramingman yo‘lda turibsan, Tenging yo‘q, jon bolam, bo‘ydoq yuribsan, Enangning xayolin yomon bilibsan, Ko‘ngilingga necha so‘zni olibsan, Meni qaytarsam, deb xayol qilibsan. Meni bilsang, sening uchun boraman, Elning boshdan-oyog‘ini ko‘raman, Senga lozim bir qiz topib olaman, Kenjatoyim, seni yaxshi ko‘raman, Men birovga seni kuyov qilaman, Ko‘ngilimda borin aytib beraman, Enang men-da, yaxshilikni ko‘raman, Sening uchun ko‘p xizmatlar qilaman. Bad olma enangning aytgan so‘zidan, Obberay o‘zbakning suluv qizidan, Kuyov bo‘p so‘zilib tursang, Qorajon, Bolam, tomir bo‘lsak o‘zbak elidan. Ne pallada bog‘onag‘i to‘qqiz kampir jo‘rasi yetishdi, bularning oldiga odam chiqib, itga talatmay olib bordi. Mehmonlar ko‘rishib, o‘tirdi. Boybicha mehmonlarga osh taraddud qildi, ziyofatga palov pishirib, palovni damlab: «Endi mehmonlar bilan gaplashib o‘tirayin», – deb boybicha ham kep o‘tirdi. U yoqdan, bu yoqdan gap tashlashib, besh-to‘rt og‘iz gap boshlashib, shunda kampir boybichaga qarab, shu qizingning boshi bo‘shmi, – deb so‘rab turgan yeri: Qozonda qaynagan shirboz go‘shmidi, Shul qizingning agar boshi bo‘shmidi? Boshi bo‘shmi deyin, sendan so‘rayin, Kelin qilib biror ro‘mol o‘rayin, Qorajonga atashtirib borayin. Mehmon bo‘lib biror guzarim tushdi, Iting ko‘p taladi, ko‘p nasham uchdi, Shul qizingni ko‘rib ko‘nglim xushdi(r), Albatta qizingning bo‘l boshi bo‘shdi(r). Boybicha, eshitgin aytgan so‘zimdi, Ko‘ngling bo‘lib xafa qilma o‘zingdi, Kelin qilib ketay sening qizingdi, Sening qizing Qorajonga lozimdi(r). Qizingning boshida taralgan chochi, Qorajon ham yigitlarning me’roji, Mening aytgan gapim bunda bilsang-chi, Qorajonni kuyov qilib olsang-chi, Rasmi-qa’dang menga ma’lum qilsang-chi. Nima deb amr etsang ani berayin, O‘zbak boylar rasimingni so‘rayin, Qorajonning vaqtin xushlab turayin, Qizingman ikkovin birga qilayin. Oshiqning fahmidir qorong‘i kecha, Yig‘lasang, holingga yig‘lar bir necha, Bu so‘zima javob bergin, boybicha. Sening qizing tarzin ko‘rdim, oyimcha, Qorajon ham yomon emas, bekbachcha, Ikkovi ham o‘ynab yursin har kecha, Qizing bilan ro‘zg‘or qilsin o‘lgancha, Bu gaplarni hazil bilma, boybicha. Bir obloga yetgay aning nolasi, Turgan yerim boyning kulbaxonasi, Men bo‘laman Qorajonning enasi. Necha qizlar Qorajon deb intizor, O‘ziga teng ko‘rmas bolam zo‘rabor, Sen qizingni bersang, ko‘ngli xush bo‘lar. Sening qizing Qorajonman barobar, O‘ynab-kulsa, bolam, Qorajon shunqor, Qorajonning aytgan qizi shunda bor. Kelin qilib borsam, ko‘ngli topilar, Necha mahram Qorajonga xizmatkor, Shul qizingni sening bermaging darkor. Bu so‘zni eshitib, Qorajonning dimog‘i chog‘ bo‘p, enasining yurishidan ko‘ngli to‘lib: – Ena, shu gap ko‘nglingda bo‘lsa, sen kelgancha men shu yerda turaman, bitgan-bitmagan xabarini qaytarda menga bildirib o‘tasan, – deb Qorajondan javob tegib, kampir ham yo‘lga kirdi. Bul borayotgandagi so‘zi: Jo‘ralarin birga olib, To‘qqiz kampir hamroh bo‘lib, Yurmoqqa baridan g‘olib, Shul zamonda yo‘lga kirib, Chilbir cho‘liga yo‘l yurib, Jo‘ralari keyin qoldi, Surxayil maston yo‘l oldi. Ul boylarga borsak, deydi, Qanday ekan bilsak, deydi, Borib mehmon bo‘lsak, deydi, Bekning qizin eshitgandir, Suluvligin ko‘rsak, deydi. To‘qqiz kampir keyin qopti, Halloslab yo‘l tortdi. Ne gap keladi o‘yiga, Qirq qari bo‘z ko‘ylak bo‘lmas Qurg‘ur ayyorning bo‘yiga. Borayotir shunday qarab, Boysarining uyin so‘rab, Hech kim bo‘lmas bunga taraf. Bir necha bilmas tilini, Uylantirmoqchin ulini, Ko‘rsam deydi, yo‘l tortadi, Musofir boy mazgilini. Qichab yurar qolgan kampir, Necha ishdan bo‘lib g‘ofil. Uzoqdir soylar darasi, Ko‘rinmas kampir qorasi, Juda ham bir qichab ketdi Alp Qorajonning enasi, Uylamakchun Qorajonday bolasin. «Ko‘ngilda borini men ham bilay, deb, O‘zbaklarning hammasini ko‘ray, deb, Agar suluv, yaxshi qizi bor bo‘lsa, Qorajon ulimga olib beray», deb. Bu gaplarni o‘ylab endi o‘yiga, Yaqinladi Boysarining uyiga. Borayotgan shundayin ayyor edi, Boysarida to‘qqiz ko‘ppak bor edi, Ko‘ppaklari bul ayyorni ko‘radi, Chopib kelib bul o‘rtaga oladi. Har qaysi har yoqdan tortib boradi, Ayiqday chinqirib kampir quladi, Boyqadami emchagidan oladi, Iziquti quvuqqa chang soladi, Ayiqday chinqirib kampir quladi, To‘qqiz ko‘ppak o‘rtaga op taladi. Juda ham kampirning aqili shoshdi, Dirday bo‘lib ishton-ko‘ylakdan tushdi, Har tarafga kuchuk tortib talashdi, Kuchuklar oldinda o‘rtaga tushdi. Bu kampirni hech bir odam bilmadi, Hech kim kelib bundan xabar olmadi, Bul ahvolda bo‘lganini bilmadi, Ustidagi kiyimidan qolmadi. Kampir qulab bunda sulab yotadi, Kiyimining barin yirtib otadi, Balki kampir yarador bo‘p yotadi. Zo‘r itlar oldinda bul kampir nochor, Katta kuchuklarga bo‘ldi giriftor, Hech kim bo‘lmadi-ku bundan xabardor, Ko‘p talab kuchuklar qildi yarador, Chinqirib bul kampir dovshin chiqarar: – Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘ldimi, Ajal yetib paymonasi to‘ldimi, Kuchuklari o‘rtaga olib taladi, Boysarining boybichasi o‘ldimi? Mehmon keldi, hech bir odam bilmadi, It taladi, uy egasi ko‘rmadi. Jafo tig‘i bul kun jondin o‘tdimi, Ayroliq xanjari bag‘rin yirtdimi, Hech dovushni eshitmaydi xaloyiq, Bu yoqning odami bir yoq ketdimi? Mendayin nochorning ko‘nglin bo‘ladi, Bul ishidan boylar zarar qiladi, Kuchuklardan ko‘p alanglab qoladi, Boylarning kuchugi jabr qiladi. Tur! – degan dovushni endi eshitib, Uydan turib bul boybicha qaradi. – Qanday odam? – deydi, endi keladi, Kampirning holidan xabar oladi, Shul zamon boybicha yetib keladi, Bul kampirga mehribonlik qiladi, Kampirning holini kelib ko‘radi, Abgor qilib ko‘p kuchuklar taladi, Itidan ayirib endi oladi, Kampirning ko‘nglini endi so‘radi, Kampir juda dirday bo‘lib qoladi. Bu so‘zni eshitib, Alpomish ham Ko‘kaldoshga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Tikilsam quriydi daryoning gumi, Na’ra tortsam qular qo‘rg‘onning timi, Buncha so‘zni lof urmagin bema’ni, Otim Hakim, men ham Boysinning xoni. Ketgan odam izlab bunda kelami, Kelgan odam sendan kamroq bo‘lami, O‘zi o‘lmay, kishi yorin berami, Hech bir elda senday tentak yurami, Lof urib o‘zini bozor solami, Lof bilan qo‘lidan bir gap kelami?! Beshayin chiqmaydi mardning dovushi, Urushli kun Rustamdayin bul ishi, Qaysardayin bordir aning savashi, Shunday kunda o‘lmoq guppining ishi. Maydonda lof urib ul kun keladi, Ko‘tarilganini birov biladi. Aynaltirib bir qaysar soladi, Ahmoq bo‘lib senday qalmoq o‘ladi, Loppining jazosin shunday beradi. G‘ariblikda haqqa fig‘on etarman, Nor kesar olmosni belga chotarman, Qilichima qirmiz qonlar qotarman, Duchor kelganingni ko‘kka otarman, Ish ko‘rsatib, yorim olib ketarman. Jafolar solarman tandagi jonga, Xazon bo‘lsa zorlar qo‘nar gulshanga, Ajalli kasratki tegar ilonga, Hazillashma, qalmoq, menday sultonga, Sen mard bo‘lsang, chiqa bergin maydonga, Ot-potingman otayinmi osmonga?! Alpomish der senga bermayman omon, Qalmoqlarga solayin oxir zamon. Bu so‘zni eshitib, Ko‘kaldosh ham bir so‘z deb turibdi:O‘zbak, eshit mening dodim, Yerni bosgan siyosatim, Bu yurtda qolar jasading, Qaytib sen otasan otim, Kimga keladi qo‘vvating?! Sen ham, o‘zbak, ajab depsan, Guppi so‘z o‘rganib kepsan, Necha so‘zni lof uribsan. Qilarman yer bilan yakson, So‘z aytarman alvon-alvon, Elingdan chiqibsan, polvon, Mendan qutulmog‘ing gumon. Umid qilmagin yoringdan, Odam bo‘p chiqib shahringdan, Bo‘yningni uzay taningdan. Men ham bo‘lsam mardi maydon, Omon ketmaysan bu joydan, Senday necha polvon kelgan, Kelib bu yurtlarni ko‘rgan, Hammasi qo‘limda o‘lgan, Qolgani pushaymon qilgan, Boshi gangib, cho‘lda sarson, Elin topmay, garang bo‘lgan, Har kim ham do‘g‘ilib ko‘rgan, Kim menga barobar bo‘lgan?! O‘zboshimcha bu Qorajon Seni bir kun topib kelgan, Bu yurishing bo‘lar yolg‘on. Meni bilsang shunday polvon: Ne erlar kep savash qilgan, Bu to‘qaylar qonga to‘lgan, Ot ostida kalla qolgan, Hammasi qo‘limda o‘lgan. Bu so‘zni eshitib, o‘lsa ham bul to‘g‘ri gapirmaydi, endi bul o‘zbakning yordamini olib, gapirmoq bilan bo‘ldi buning ishi, – dedi. Ko‘kaldosh otlanib, hamma poygachilar jam bo‘lib, Alpomishning tanidan Qorajon poygaga bormoqchin bo‘ldi. Sakson tilla savdo qilib Boychiborni oldi. Qarindoshsinib qalmoqlar Qorajonni aynitdi: – Bul oting buncha pullik ot emas, sinchining pora olib gapirganiga ahmoq bo‘lding, o‘zbakning yomon cho‘birini baland olding, bir chetini o‘zing ham ko‘rding. Alpomish aytdi: – Do‘stim, qarindoshlaring aynitgan bilan aynima, bir surinib turar, suvday oqqan yo‘rg‘a bo‘lar, nima desang, aytganingni qilar, otdan juda ko‘ngling to‘lar, – deyyotir. Qorajon ham: – Bir savdo-da, aynimayman, – deb yotir. Qalmoqlarga ko‘z-ko‘z kilib, shunday ish bo‘lib, Qorajon Boychiborni minib, poygachilarga aralashib turibdi. Boboxon tog‘iga yetib, Qorajon otga dam berib yotdi. Qalmoqlar tumshuqni aylanib borayapti. Bir nechasi: «Qorajon ko‘rinmaydi», – deydi. Bir nechasi aytadi: «Otlarning tuzonida chubiri bilan to‘balashib yurgandir-da, Qorajon o‘zbakning otini baland olgan, ul o‘zbakning tani bo‘lgan, qachon Qorajon bir hisobda bor, u ham o‘zbakning biri bo‘p sarson bo‘lgan». Qalmoqlarning oldi hafta-o‘n kun deganda Boboxon tog‘iga yetdi. Keyin chuvalib hali ham kelayapti, juda ham o‘ldik, deb borayapti. Ko‘rsa, Qorajon Boboxon tog‘ida yotibdi, poyga qo‘yadigan yerga boribdi. Ko‘kaldosh alp turib aytdi: – Qorajon, sen lot-manotdan yuz o‘girib, islomning diniga kirib, sehrgar-jodugar bo‘lib, baloga yo‘liqib qolibsan. Shu yomon chubir bilan bizdan burun kelibsan. Bu so‘zni Ko‘kaldoshdan eshitib, Qorajon ham bir so‘z deb turgan ekan: Emishdoshim, aka, bunday qilasan, Bir o‘zbak deb so‘zni lofi urasan, Sen tilingni tortib so‘yla bu zamon, O‘zbak mug‘um, armon bilan o‘lasan. Bul o‘zbakni alp Qorajon biladi, Changallasa, tog‘ni talqon qiladi, Sen tilingni tortib so‘yla, bek og‘a, Achchig‘lansa, mulking yakson bo‘ladi. O‘zi og‘ir, bilmas aytgan dodingni, O‘t qo‘yib kuydirar, qalmoq yurtingni, Holin bilmay har kim halak bo‘ladi, Kim bunga teginsa tayin o‘ladi. Anglamaydi ko‘pincha aytgan so‘zingni, Agar bilsa, o‘yar ikki ko‘zingni, Yaqinlasang, o‘ldiradi o‘zingni. O‘rlashganman, aka, nima bo‘ladi, Bir hodisa ish bo‘p bunda qoladi, Bekor kerishganlar ahmoq bo‘ladi, Barchinoyning aytgan shartin qiladi, Shart bitirgan odam yorni oladi. To‘rt shart buyurgandir unda zulfakdor, Qorajonga tayin qilgan muqarrar, Shul shartning payida bo‘lmoqli darkor, Bekor gapning nima kerakligi bor! Elu xalqqa yurib xabar berayin, Hamma ham eshitsin, ani ko‘rayin, Kim oladi, kim qoladi, bilayin. O‘rtadagi o‘zbak qizi u dilbar, Uning uchun bekor o‘rlash ne darkor? Jonni sotib o‘zib kelar bedovlar, Oting o‘zsa, o‘zingdadir ixtiyor, Buning uchun o‘rlashib yotmoq ne darkor, Oti o‘zganga tegar Barchinday dilbar, Bundayin behuda so‘zlar ne darkor. Poyganing payida endi bo‘layik, Qalamqoshga borib xabar berayik, Elu xalqqa yurib jarchi qo‘yayik. Xaloyiq eshitmay yana qolmasin, Eshitmagan ko‘p pushaymon qilmasin, Bilmadik deb ichin urib yurmasin. Otini sovutib maydonga kelsin, O‘rtadagi o‘zbak qizini ko‘rsin, Ot boqqanlar chopib poygani ko‘rsin, Oti o‘zgan olar, haloli bo‘lsin, Bu so‘zni Qorajon turib gapirsin, Hamma odam eshitib buni tan bersin, Ko‘kaldosh o‘rtada o‘rlashib tursin, Ko‘pdan qolmay, bu ham poygaga yursin, Oti o‘zsa, Barchin shuniki bo‘lsin. Qorajonning so‘zi hammasiga ma’qul bo‘lib, «Qorajon rost aytdi», – deb, buyoqdagi qo‘l quvushtirib turgan qalmoqlar: – yosh bachcha ekan bul o‘zbak ham, – dedi. Bir nechasi: – Bir o‘zbak-da, – dedi. Bir nechasi aytdi: – Juda haddili mug‘um zo‘r o‘zbak-da, Ko‘kaldoshdan hayiqmadi, tilini tortmay gapirdi, so‘nggi navbatda Qorajon ora tushdi, bo‘lmasa, Ko‘kaldoshni bir yoqlik qilar edi, xili ish boshlab turar edi, – deb har qaysisi har so‘zni gapirib yotdi. Endi Qorajon bosh bo‘p, poyganing harakatini qilayapti. Xat yozib, Qalmoqshohga xabar yubordi. Bir mahram xatni olib ketdi, kim yo‘liqsa, xabar berib borayapti. Qalmoqshohning davlatxonasiga yetdi. Bir xizmatkor xatni olib, Qalmoqshohga tutdi, Qorajonning mahrami qaytdi. Bul xatni Qalmoqshoh o‘qib ko‘rdi. Sayis xizmatkoriga buyurdi: – Otlarni tobla, xo‘b parvarish qilib qara, manglaylarini sila, o‘zbakning qizi poyga bo‘ladi, nasib etgan oladi. Juda yaxshi ta’rifi keladi, otini o‘zdirgan odam oladi, – deb qishloqlarini, bozorlarini chaqtirta berdi, har tarafga xabar qila berdi. Qalmoqshohning amri shunday bo‘ladi, Har elga jarchilar xabar qiladi, Qishloqlarga yurib xabar beradi, «Otiga ishongan odam boradi, Ot o‘zdirgan biyning qizin oladi», Eshitganlar otni toblab ko‘radi, Bilmaganga yurur shunday bildirib, Sho‘xlik qilib bir nechani kuldirib, Elu xalqqa yurib xabarni qilib, Jarchilari har bozorni chaqirib, Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘libdi, Qo‘ng‘irotdan ham bunda odam kelibdi, To‘qson polvon ko‘p bir chatoq qilibdi, Boysarining qizi poyga bo‘libdi, Bizning yurtga shuytib xabar kelibdi, Yaxshi deb ovozasi kelibdi. Mard yigitlar ot sovutib boradi, Oti ildam Barchinoyni oladi, Qalmoq yurti ko‘p g‘alog‘ul bo‘ladi. Har kim o‘z holiga otin ko‘radi, Oti yomon ko‘p irkilib qoladi, Ko‘raylik, deb katta-kichik keladi. Kashal g‘orda katta yig‘in bo‘ladi, Oynali ko‘liga odam to‘ladi, Alplar, bul ham sherday bo‘lib aynalib, Elatidan kelgan otga qaradi. Poygaga borguday otni ayirib, Shul zamon mirzalar xatlab turadi. Poyganing boshchisi Qorajon sardor, To‘sat-to‘sat kelayotir qalmoqlar, O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot xalqi qaradi, Tomoshamon Oyna ko‘lga to‘ladi. Poygaga qo‘shiladigan otdan qalmoqlarning podshosidan ham uch ot keldi: biri olapocha to‘riq ot, biri bir shapak ot, birovi o‘n bir ming tangaga olgan saman ot, Qalmoqning yurtidan Barchinning poygasiga yig‘ilgan ot to‘rt yuz to‘qson to‘qiz ot bo‘ldi. Boychibor bilan tup-to‘g‘ri besh yuz bo‘ldi, sinchilar besh yuz otdan, bo‘lagini ko‘rib qaytarib yubordi: – Bu otlar bo‘lmaydi, bu uzoq yo‘l, bul otlar yo‘lda qoladi, ichi kuyib bekorga o‘ladi, egasi ham sarson bo‘ladi, –dedi. Poygachilar har kuniga ot sovutib, yolg‘on poyga qo‘yib keladi. Boychibor otlarning changini ko‘rmay qoladi. – «O‘yinda o‘zgan chinda o‘zadi» degan gap bor, hazil poygada otning changini ko‘rmay qoladi. Chin poyga bo‘lgan so‘ng qanday keladi? – deb qalmoqlar bog‘onag‘a ko‘r bo‘lgan sinchiga izza beradi. Zo‘rni zo‘r biladi, valini vali biladi, tulporni tulpor biladi. Toychi o‘lahatida Ko‘kaldoshning Ko‘kdo‘noni tulpor edi, o‘zidan g‘olib Boychiborni ko‘rib, vahm bosib, yemini olmay qoldi. – Mening otim kasal bo‘ldimi, dardi yomon o‘sal bo‘ldimi, ko‘zing bo‘lmasa ham, qo‘ling biladi, bizning otni bir ko‘rib bersang, – dedi. Sinchi Ko‘kaldoshga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Alp Ko‘kaldosh, eshit aytgan so‘zimni, Zo‘rlik bilan o‘yding ikki ko‘zimni, Sarg‘aytirding mening gulday yuzimni. O‘zidan g‘olibni oting ko‘rgandir, Bul poygadan uzolmasin bilgandir, Vahm bosib yemin olmay qolgandir, Otingning g‘olibi Chibor bo‘lgandir, O‘zingning g‘olibing Hakim polvondir, Shuytib oting o‘ylab vahm qilgandir. Xohi borgin, xohi qo‘ygin, qalmoqlar, Bekoriga halak bo‘lma, ahmoqlar. O‘zbakning qizidan umid qilasan, Holing bilmay sarson bo‘lib yurasan, Behuda otingga zulm qilasan, Ololmaysan, sarson bo‘lib kelasan. G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor, Senga aytgan mening so‘zim shul bo‘lar, Boychiborman oting bo‘lmas barobar, Hali ham sen halak bo‘lma, qalmoklar. Boboxon tog‘iga sen ham borasan, Ko‘p joningni qiynab sarson bo‘lasan, Sarson bo‘lgan bilan nima qilasan, Bir kuni zingkiyib o‘zing qolasan, Elga kelib sen sharmanda bo‘lasan, Ko‘zim o‘yib menga izza berasan, O‘zbakning qizini qaytib olasan, Elda yurgan sen ham ahmoq balosan, Borsang sen, sarson bo‘p bir kun kelasan. Alpomish o‘z yurtidan kelgan otga bag‘ir bosib qolgan. Ot ko‘zidan g‘oyib bo‘ladiganday bo‘ldi, shu shaharda qoladiganday bo‘ldi, yakka mozor bo‘p o‘ladiganday bo‘ldi. Qorajonga qarab: – Bir kelar muljalingni aytgin, – deb so‘rab turgan ekan: Qorajonbek, men ham senga qarayin, Bir kelar mo‘ljaling sendan so‘rayin. Toyrilmasin boshda toji davlating, Belingda yarqillar keskir po‘lating, O‘ynaydi ostingda Boychibor oting, Necha kundir sening kelar muhlating? O‘z elingda sen ham beksan, turasan, Jahonni sayl etib o‘ynab-kulasan, Ko‘p qalmoqman yolg‘iz ketib borasan, Xabar bergin, necha kunda kelasan? Sen ketgan so‘ng qolmas mening toqatim, Boychibor edi-ku mening ulfatim, Ot ketgan so‘ng qolmas mening quvvatim, Necha kundir sening kelar muhlating? Bebosh Qalmoq bo‘ldi sening hamroying, Bunday kunda gapni gapga ulayin, Bir kelar bo‘ljaling aytgin, bilayin. G‘am bilan sarg‘ayar guldayin diydor, Bul sening ostingda ketdi Boychibor, Har gap bo‘lsa, senda bo‘ldi ixtiyor, Otga zalal yetkizmasin qalmoqlar, Albatta xabardor bo‘lgin, Qorajon. Borib obod qilsam mamlakatimni, Do‘stim, deb mindirdim senga otimni, Aytib ketgin sen ham bir muhlatingni. Ko‘p Qalmoqqa yolg‘iz hamroh bo‘lasan, Nima bo‘lsa sozigarlik qilasan, Aytib ketgan necha kunda kelasan? Salomat bo‘lsin-da Boychibor oting, Shunday bo‘ldi menga qilgan xizmating, Necha kundir sening kelar muhlating? Bu so‘zni eshitib, Qorajon kelar muhlatini aytib, bir so‘z deb turgan ekan: Ostimda o‘ynasa arabi otim, Men ketsam qolmaydi, do‘stim, toqating, Boruv qirq kundir, qaytuv besh kun, bek do‘stim, Qirq besh kundir, do‘stim, kelar muhlatim. Jahonni sayl etib o‘ynab kulmasam, Nor kesar olmosni belga cholmasam, Qirq besh kunda Boboxondan kelmasam, Ham otingni, ham do‘stingni o‘ldi de, Yakka mozor bo‘lib shunda qoldi de. Har gap bo‘lsa, yaratgandan ko‘rarman, Qo‘limdan kelgancha xizmat qilarman, Yarashiqqa ot kokilin o‘rarman, Nasib etsa qirq besh kunda kelarman. Har talabing bo‘lsa, haqdin tilagin, Qirq besh kunda bul yo‘lima qaragin. G‘amli qulga egam bo‘lgay mehribon, Ish bo‘lmas qudratli haqdin befarmon, Men kelgancha duoda bo‘l, begijon, Bu so‘zlarni aytib o‘tar Qorajon, Hamroh bo‘ldi menga besh yuzta dushman, Yolg‘iz-da deb sen qilmagin pushaymon. Bular ham qarindosh, birga borarman, Qalmoqlarman ko‘p o‘rlashib ko‘rarman, Qo‘limdan kelgancha xizmat qilarman, Besh yuzining biri bo‘lib yurarman, Nima bo‘lsa ehtiyot qip ko‘rarman, Yomonining yo‘lda dodin berarman, Nasib etsa qirq besh kunda kelarman, Xafa bo‘lma, duoda bo‘l, bek do‘stim. Xayolingni har tarafga bo‘lmagin, Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin, Men kelgancha, do‘stim, xafa bo‘lmagin. Bul so‘zlarni aytib, poygachilar jo‘nab ketdi. Alpomish chodirda o‘tirib qoldi. Qirq besh kunda kelar, deb vaqtini xushlab turdi. Endi Barchinning qirqin kanizlari bilan Suqsuroy degan kanizi bosh bo‘lib, Alpomishga ovqat olib, qirqin qizlar tovoq ko‘tarib, dasturxonga solib, chodirga olib kelib qoldi. Kelsa, poygachilar jo‘nab ketibdi. Alpomishga qarab, Suqsur kaniz bu so‘zni aytib turibdi: Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘libdi, Oblo sening aqli-hushing olibdi, Begijon, bul ishing o‘sal bo‘libdi, Boychiborni, bildim, qalmoq minibdi. Mardning ishi elda shunday bo‘lama, Otidan ayrilib yayov qolama, Xayolingga shunday gaplar kelama, Hech zamonda qalmoq do‘stlik qilama?! Mening munojotim qabul bo‘lmadi, Begijon, bo‘shliging sira qolmadi. Sen bekor beribsan Chibor otingni, Falak bersin qaytay ko‘ngil shodingni, Hay bilmayman qilarmi xizmatingni?! Osha yurtta kelib bunday bo‘lasan, Ixtiyoring bir qalmoqqa berasan, Bir g‘arib piyoda bo‘lib qolasan, Dushman bo‘lsa, nima iloj qilasan? Sen eshitgin menday mungluq tilini, Yangi kep ko‘rgansan qalmoq elini, Sen bilmaysan badbaxtlarning sirini, Quritmasin senday mardning sho‘rini. Uchqur bo‘lsang, qanotingdan qayrilib, Yugruk bo‘lsang, tuyog‘ingdan tayrilib, Bekor qipsan Boychibordan ayrilib, Anglab bilgin, oting omon kelmaydi, Ko‘nglingdagi o‘ylaganing bo‘lmaydi, Ular dushman, sira do‘stlik qilmaydi. Bu so‘zni eshitib, Suqsur kanizga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Har kim o‘z sha’niga bekmi, to‘rami, Ayolning aqili aql bo‘lami, Shu gaping sha’nima to‘g‘ri kelami, Do‘st deb menga ul dushmanlik qilami?! Bu nasixat aytma, senday mushtipar, Quloq sop eshitgin aytgan nidoga, Bu so‘zlarni aytma, kaniz, sadag‘a, Ishimni solganman qodir xudoga. Avval oblo, duyum nabi bo‘lsa yor, O‘n ikki imom, chiltan bo‘lsa jilovdor, Inshoollo poygadan kelar Boychibor, Bu so‘zlarni ayta ko‘rma, qirqinlar, Qorajonbek shumlik olsa ko‘ngliga, Qorajonbek bir xudoga urdirar. Ko‘ngliga qandayin shumlik keladi, Do‘st otini tutib bundan jo‘nadi, Do‘st deganing qabohat gap bo‘ladi, Qorajonbek yaxshi xizmat qiladi, Xayolin qochirsa, osiy bo‘ladi, Esi bor, Qorajon o‘zi biladi, Bu gaping, kanizak, qanday bo‘ladi, Tavakkalni bir xudoga qiladi, Ko‘p qalmoqman yolg‘iz o‘zi jo‘nadi, Mening uchun mehnat tortib boradi, Men bilmayman nima azob ko‘radi, Qalmoqlar albatta tashvish beradi, Do‘st xizmati, kaniz, shunday bo‘ladi, O‘lmasa, bir kuni kelib qoladi, Sha’nima bu gaping nomard bo‘ladi. Sen nomard bilmagin bul zamon bizni, Ayollik qip bilmay so‘ylading so‘zni, Ergashtirib kepsan bul qirqin qizni. Bu so‘zni aytib, kanizlarning olib kelgan ovqatini yeb, fotihani yuzga tortdi. Qirqin kanizlar bu so‘zni aytdi: Kiygani gulgun qirmizi, Aqlingdolar jodu ko‘zi, Bizlar Barchinning kanizi, Kelsin degan biyning qizi. Qirqin qizlar boshlab borar, Oldingizda xizmat qilar, Agar ko‘rsang, yo‘ling bo‘lar. Eshitingiz aytgan so‘zni, Mahtal qilmang qirqin qizni, Barchinoy yuborgan bizni, Qo‘ymay op ketamiz sizni, Ko‘rmaysizmi sarvinozni. Balq urib o‘tirgan o‘zi, Sizni eltar aytgan so‘zi. Bog‘dochilgan gulg‘unchalar, Gulga yarashgan dumchalar, Kelsin degan oyimchalar. Agar ko‘rsang, ko‘ngling to‘lar, Billa yursang, yaxshi bo‘lar, Kanizlar bo‘ldi minnatdor, Ko‘nglingda qolmasin g‘ubor, Sirlashsam deydi gajakdor, So‘z aytadi jam’i qizlar. Eshiting ohu zorimni, Borib ko‘rsangiz yoringni, Tarqat cheru g‘uboringni. Barchin shunday gajakdordi(r), Hamma sizga intizordi(r), Borib ko‘ring zulfakdordi, O‘g‘rincha qalliqqa bormoq O‘zbak yurtda rasm bordi(r). Kanizlarga qarab, Alpomish ham bir so‘z deb turgan ekan: Bul borish, qirqinlar, ayb bo‘lmaymi, Boysaribiy bilsa, gina qilmaymi, Eshitsa, elu xalq bizga kulmaymi, Bu boruvim mening ayb bo‘lmaymi Odamlar sha’nima nomard qilmaymi?! Qizlar meni lodon ishga solmagin, Yorim ta’rif qilib aqlim olmagin, Qo‘y, kanizlar, bunday yo‘ldan urmagin, Qizlar, bunday baring yig‘ilib kelmagin, Meni juda ahmoq, lodon bilmagin, Sen iyartib, el kuldirib yurmagin, O‘rtaga olib ko‘p sharmanda qilmagin, Bora ber, kanizlar, halak bo‘lmagin. Sening bilan yursam qanday bo‘ladi, Gap kelsa, betima ta’na qiladi. Qancha odam xizmat qilib yuradi, Biy qiziga borsak ayb bo‘ladi. Xizmatingdan, qizlar, ko‘nglim to‘ladi, Bul ishing ko‘nglima tug‘ri kelmadi, Qanday odam ko‘rsa ayb qiladi. Barchin suluv o‘zin o‘rtaga soladi, Biyning qizi bul o‘rtada qoladi, Mehnat tortib bir kun otlar keladi, So‘ngra bilmam kimniki bo‘p qoladi. Hozir borishimiz bejoy bo‘ladi. Kanizlar, zo‘rlama, ko‘nglim qoladi, Gapirgan so‘zlaring ayb bo‘ladi, O‘rtada qolgandir, kimlar oladi, Kim olarin jabbor egam biladi, Bu so‘zlaring, kaniz, ayb bo‘ladi. Taqdir etsa, bir kun davron so‘radi, Taqdirga tan bersa, yaxshi bo‘ladi, Xudo qilgan ishga banda ko‘nadi. Bu so‘zni eshitib: – O‘g‘rincha bormoq ota-bobomizdan qolgan rasm, – dedi. Bul ma’qul tushayin, dedi. – Ota-bobomizdan qolgan rasm ekan, – deb bormoqni ixtiyor qildi. Bul o‘g‘rincha qalliqqa borayotgandagi so‘zi: Hakimbekning bilmaganin bildirdi, Yorin aytib shodiyona kuldirdi. Qizlarlarning so‘ziga hurram bo‘ladi, Qirqinlarman birga-birga jo‘nadi. Ma’qul bildi kanizlarning so‘zini, Kuchuk bosmas yo‘lbars-sherning izini, Borib ko‘rsam deydi biyning qizini, Ta’rif berib aning aqlin oladi, Kanizlarman bir-birga boradi, Soy bilan panalab shunkor jo‘nadi. Biyning qizin ko‘rsa ko‘ngli to‘ladi, Qirqin qizlar o‘ynab-kulib boradi, Har tarafga nazar solib karadi, Ko‘p qizlarman bilalashib jo‘nadi, O‘zbakning rasmi shunday bo‘ladi, O‘g‘rincha qalliqqa ketib boradi. Qizlar aytar: – Bizman birga yuring, deb, Har zamon panalab borib keling, deb, Damba-dam vaqtingiz xushlab turing, deb, Ko‘nglingiz toblasa kunda boring, deb, Qanday bo‘lsa aralashib turing, deb, Barchinoyman borib suhbat quring, deb, Nasib qilsa kunda o‘ynab-kuling, deb Hech kim bilmasin-da pasman yuring, deb, Nasib etsa, biyning qizin oling, deb, Ko‘chmanchi bo‘p kelgan elni ko‘ring, – deb. Bu so‘zdaytib qizlar ketib boradi, O‘n ming uyli eldoralab yuradi, Boysarinikiga yaqin boradi, Bevaqt borib baxmal uyga kiradi, Shul zamonda Barchinoyni ko‘radi. Adab bilan bul o‘rnidan turadi, Qirqin qizlar hozir bo‘lib turadi Bu qizlardan Barchin uyalib boradi, Ikkovini qizlar yaqin qiladi, Bilagidan Hakim ushlvb oladi Bekning vaqtin qizlar xushlab turadi. Biyning qizin jamolini ko‘radi, Ko‘rib Hakimbekning ko‘ngli to‘ladi, Tabassumman Barchin suluv keladi, Qirqin qizlar xizmat qilib turadi. Hakimbekning siyosatin ko‘radi, Barchinoyim izzat qilib turadi, Qirqin qizlar payrovinda bo‘ladi, Izzatida bekning ko‘ngli to‘ladi, Sahargacha Hakim bunda turadi, Tong oldida tag‘i qaytib jo‘nadi. El ko‘ziga tushmay bunda keladi, Namoz vaqti chodiriga kiradi, Kunda qizlar xabar olib turadi, Hakim bunda aralashib qoladi, Borishli-kelishli bo‘lib yuradi. Bularga har zamon qizlar kelib, bir-birini ko‘rib siru xolini bilib, shunday bo‘lib yurdi. Bo‘lar bunda shunday bo‘lib turdi. Poygachilar yo‘l yurdi. Poygachilarning borayotgandagi so‘zi; Ne qalmoqlar sherday bo‘lib, Har yag‘rini qirday bo‘lib, Besh yuz otli birday bo‘lib, Qistab yo‘lda to‘bichoqni, Ot boshini qo‘yib olar Yaqin qilmoqqa o‘zoqni. Ot chopishsa o‘zoq yo‘lga, Bir-biri kirmaydi tilga, Qamchi urib Boychiborga, Qorajon ham borar birga, Yo‘ldosh bo‘lgan satta zo‘rga. Qorajonni mazax qilar, Sho‘xlik qip o‘rtaga olar, Barchinoyimning ustidan Xo‘p o‘rlashib talash bo‘lar. Borayotir lolovlashib, Ganasi daryoday toshib, Bir xili o‘tday tutashib, Badbaxt cho‘lda ahalashib, Qorajon otini qo‘shib, Bir surinib Chibor turar, Endi juda yo‘rg‘a bo‘lar, Ko‘p qalmoqlar hadik qilar: «Kunba-kun yursa ochilar, O‘zbakning oti hiylagar». Gumon qildi ko‘p qalmoqlar: «Hayvon ham bo‘lsa jodugar, Yo‘llarning tanobin tortar, Bul otdan hamma bexabar, O‘zarmikan shul ukag‘ar, Farqlamaydi aqli yo‘qlar». Shunday bo‘lib yo‘l yuradi, Zilning tog‘iga boradi, Qalmoq shunday ayriladi. Qalmoq ketdi o‘yni o‘ylab, Ko‘ngliga kelganin so‘ylab; Boboxonga yetarmiz, – deb, Tumshuq bilan o‘tarmiz, – deb, Tekis yo‘lman ketarmiz», deb. Qorajon ayrilib qoldi, Zil tog‘in beliga soldi, Bir yo‘l bilan bora berdi. Borayotgan Qorajon nomdor edi, Zil tog‘ida bir aydaxor bor edi, Aydahorga alp Qorajon doridi. Qorajonbek endi shunday qaradi, Bunda yotgan aydahorni ko‘radi, Ot tizginin munda tortib turadi, Aydahor ham Qorajonni ko‘radi, Qorajonga ajdar salom beradi. (Shoir so‘zi shunday yolg‘on bo‘lami, Aydahor odamga salom berami?!) Ostida mingani Boychibor edi, Minganlarga qutbi zamon yor edi, Jilovida chiltan, pirlar bor edi, Pirga salom bergan aydahor edi. Jafolarga tushib endi tanda jon, Bunday ko‘nda egam bo‘lgay mehribon, Aydahordan o‘tib ketdi Qorajon. Azamatlar olmos boylar dastiga, G‘anim tushar kam davlatning qastiga, Ostidagi Chibor otni o‘ynatib,Qorajon chiqdi Zil tog‘ining ustiga. Toqqa chiqib alp Qorajon qaradi, Yo‘lda to‘zib qalmoq ketib boradi, Bul tog‘dan enkayib nomdor jo‘nadi, Mazmuni qalmoqlar keyin qoladi, Yo‘lning to‘tasiman qichab boradi, Necha adir, beldan o‘tib jo‘nadi, Murodini yaratgandan tiladi, Taqdirida nima borin ko‘radi, Chu, deydi, Chiborga g‘ayrat qiladi, Qalmoqdan ilgari ketib boradi. Ko‘rinmaydi qalmoqlarning qorasi, Borayotgan Qorajonday to‘rasi, Yaqin qoldi Boboxonning orasi. Qorajon aytdi: – Sizlar bilan birga-birga Zil tog‘iga keldim, ot charchab qolib, ko‘p diltang bo‘ldim, zehnim koyib, yiqib to‘rt oyog‘ini bo‘g‘ib, orqalab, yo‘lning to‘tasi bilan yangitta oshib keldim. – O‘zbakka iyarsang, azob ko‘radiganing belgili edi, – deb bir so‘z aytib turgan ekan: Sen bilmading bek og‘angning ishini, Kel kesayik Boychiborning boshini, O‘rtagolib yeyik aning go‘shini, Shuytib qilsak o‘zbaklarning ishini. Sen eshitgin alp og‘angning dodini, Kel so‘yayik, uka, o‘zbak otini, Armonman ketmasin akang xotini. O‘zbak bilan gaping bir bo‘p yurasan, Sen ham juda o‘zboshimcha bo‘lasan, Mendayin akangni xafa qilasan, Nomus-orni kimga olib berasan, Qaysi o‘zbakni sen xotinli qilasan? O‘zboshimcha bo‘lib elda yurasan, Yomon bo‘lsang, sen juvarmak o‘lasan. Bir o‘zbakning qizi deb ham kelganmiz, Besh yuz odam halak bo‘lib yurganmiz, Necha marta biz maslahat qilganmiz, Sening hisobingni topmay turganmiz, O‘zbak otin o‘ldirmoqchi bo‘lganmiz, O‘zbak qizin biz olmoqchi bo‘lganmiz. O‘zbakning otini nobud qilayik, Ot go‘shtiga to‘ysin barcha xaloyiq, Boychibor go‘shtini ovqat qilayik, Kelgin, uka, bir va’dada turayik, Juda ham o‘zbakning ishin qilayik. Yolg‘iz chiqib o‘zboshimcha bo‘lmagin, Ko‘kaldosh akangni xafa qilmagin, O‘zbaklarning etagida yurmagin, Bachchag‘arning ayttanini qilmagin, Qanday bo‘lsa, qarindoshdan qolmagin, O‘zgalarning aytganiga ko‘nmagin. (Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li 1936 yilda dostonni qayta kuylaganda, Qorajonning pirlarga sig‘inish tasvirini tushirib qoldirib, uni quyidagicha aytgan: Qorajonni qalmoqlar bog‘lab ketdi, Boychiborman o‘zi yolg‘ib qolibdi, Qorajon chirpinib shul zamon tortdi, Bog‘lagan arqoni uzilib ketdi, G‘ayrati tutashib shunda Qorajon Shu bog‘lagan banddan xalos bo‘libdi.) Qorajon turib, otning oyog‘ini yechdi. Ot o‘rnidan turdi. Eshonning ruhunati otning sag‘risini siladi, quloqlarning solgan sovuni jirib yerga tushdi. Otni kalta qantarib, tizginini egarning qoshiga o‘rab tashlagan edi. Qorajon otning ustiga mindi, ot oyog‘ini bosolmay turdi. Qorajon: «Poygaga bekor kelgan ekanman, quloqlarning ketganiga ancha vaqt o‘tdi, agar ilgaridan ot o‘zib borib qolsa, do‘stimning betiga qanday qarayman? Bul yurishim bekor bo‘ldi», deb pushaymon qilib turdi. Eshonning ruhunati Qorajonga ko‘rinmaydi, otning to‘shida turib, Qorajonga bir so‘zni aytdi. Qorajon xiyolida «Menga Boychibor gapiryapti», – deb turdi. Bul eshonning ruhunatining aytayotgan so‘zi: Dam shu damdir, o‘zga damni dam dema, Boshing eson davlatingni kam dema, Qoldim deb, Qorajon, sira g‘am yema. Jabr qilgin bunday hayvon joniga, Qamchi o‘rgin go‘sht ko‘targan soniga, Yetkizarman Boysin-Qo‘ng‘irot xoniga, Qoldim deb, Qorajon, sira g‘am yema. Qorajonbek, eshit, aytgan so‘zimdi, Egar qoshdan ushlab yumgin ko‘zingdi, Endi bilsang mendan xizmat lozimdi(r). Endi ketdim shoparlarim yoyilib, Armon bilan qolma mendan ayrilib. O‘zingdan xabardor bo‘lgin, Qorajon, Bu so‘zlarni aytdi ruhunati eshon, Boychibor gapirdi deydi Qorajon. Endi jabr qildi otning joniga, Qamchi urdi Boychiborning soniga. Qolmadi-ku Boychiborning toqati, Yozilgandir to‘rt yarim gaz qanoti, Qamchi tortdi Qorajonday zo‘rabor, Yashinday bo‘p ko‘tarildi Boychibor, Balki bulut bilan bo‘ldi barobar, Ko‘zin ochib qarar Qorajon nomdor, Yashinday bo‘p op ketibdi Boychibor. «Bilmay qamchi urdim buni muqarrar, Meni ko‘kka olib ketdi jonivor, O‘z tilidan aytib edi Boychibor, Bul ishlardan menday beklar bexabar. Qorajonman, bunda ko‘nglim buzildi, Yolg‘onchi dunyodan rizqim uzildi, Diyda giryon bo‘lib bag‘rim ezildi. Borib ko‘rolmayman men o‘sgan eldi, Bul otning ko‘nliga bir shumlik keldi, Qorajon bekning axvoli ne bo‘ldi. Meni ko‘kka olib ketib boradi, Boshlarim aylanib, ko‘zim tinadi, Bilmayman ahvolim qanday bo‘ladi», Ko‘zin ochib alp Qorajon qaradi, Yer yuzida bedov ketib boradi, Qorajonning hushi o‘ziga keladi, Odamday bo‘p har tarafni ko‘radi, Qalmoqlardan darak ko‘rmay boradi. Boychibor boradi shunday arqirab, Tuyog‘ida to‘rt sixi bor yarqirab, Irg‘iganda qumlar ketdi tirqirab, Borayotir cho‘lda shunday shirqirab. Alp Qorajon yolg‘iz ketib boradi, Chu deydi, Chiborga g‘ayrat qiladi, Yashinday bo‘p cho‘lda oqib boradi. Poygachining qorasini ko‘rmadi, Qorajonday mardda toqat qolmadi. Erday bo‘lib alp Qorajon oh urib, Borayotir yolgiz cho‘llarni ko‘rib, Qalmoqlarning azobidan qutulib. Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi, Botirni ingrantar nayza yarasi, Qorajon ham Qalmoq yurtning to‘rasi. Ko‘z yubortib shunday cho‘lda qaradi, Badbaxt cho‘lda poygachilar boradi, Kunning o‘zi peshin vaqti bo‘lganda, Poygachining qorasini oladi. To‘sat-to‘sat qalmoq ketib boradi, Ne bedovlar jonni sotib boradi, Birovdan birovi o‘tib boradi, Haydovchiga bul yaqinlab qoladi, Yaqin yerda qalmoqlarni ko‘radi, Keyniga Qorajon yetib boradi, Qalmoqlar ham Qorajonni ko‘radi. Bir nechasi bunga savol qiladi: – Otingning jilovin tortgin, Qorajon, Ilgarida borib qoldi Ko‘kdo‘non. Otni qichab endi qayda borasan, Borgan bilan bekor halak bo‘lasan, Behuda otingga jabr qilasan, Ko‘kaldoshning olganini ko‘rasan, Behuda halak bo‘p nima qilasan?! Bunday gapga quloq solmas Qorajon. Qalmoqlarning aytgan so‘zin biladi, Poygachiman aralashib qoladi, Haqning yashiniday Chibor boradi, Qalmoqlardan to‘sat-to‘sat qoladi, Besh yuz otning biri bo‘lib boradi. O‘zgan otni sanar Qorajon nomdor, Qo‘qib-burib borayotir qalmoqlar, «Yangitda biz o‘zbak otin ko‘rdik, deb, Chu, deb urar bundan keyin qoldik, deb, Seni ot deb bizlar boqib yurdik, deb, O‘zbakning qizidan quruq qoldik», deb. Gohi to‘p-to‘p, gohi yolg‘iz boradi, Bir-biriga qaramayin jo‘nadi, Bir necha otlar so‘zilib keyin qoladi, Quvvatin borincha qichab ko‘radi, Qaramayin bari otin uradi, Ne bedovlar surib ketib boradi, Yaramagan yomon keyin qoladi, O‘zbak qizi shunday poyga bo‘ladi, Kimning oti o‘zsa, qizni oladi, Alanglab Qalmoq ketib boradi. Shu otlar biri bo‘p Chibor yuradi, Chu, deydi, Qorajon qamchi uradi, Juptak tashlab irg‘ib ketib boradi, Necha otdan Chibor o‘tib boradi, O‘tgan otni sanab ketib boradi, Otlarning hisobin Qorajon oladi, Alp Qorajon otga qamchi uradi, Bir kecha, bir kunduz chopib boradi. Shunday bo‘lib borayotir Boychibor, To‘rt yuz oltmish otdan o‘zdi jonivor, Chopib, horib qolayotir tulporlar, Haqning yashiniday oqib jonivor, Qolgan otdan alp Qorajon xabardor, Qunduzday tizilib cho‘lda bedovlar. Yana tong otgancha tinmay chopadi, Ne bedovlar jazosini topadi, Bir necha yiqilib qumni qopadi. Shunday bo‘lib alp Qorajon boradi, O‘zganini jamlab sanab ko‘radi, Kunning o‘zi ayni choshka bo‘ladi, Poygachidan to‘rt ot kam kep qoladi. Kim ilgari ketganini bilmadi, Qorajonday alpda toqat qolmadi, Ul to‘rt otning nishonini bilmadi, So‘ray desa hech bir odam bo‘lmadi. Qorajon cho‘llarda yolg‘iz boradi, Xudo deydi, otga qamchi uradi, Jonni sotib Chibor ketib boradi, Qorajonbek shunday bo‘ylab qaradi, Peshin vaqti bir qorani ko‘radi, Qorajon bek chu deb shiddat qiladi, Keynidan Boychibor yetib boradi. Qolmadi-ku ul qalmoqning toqati, Borayotgan Qalmoqshohning to‘r(to‘riq)oti, Shunday bo‘lar to‘riq otning odati: Yeta son Qorajon nosvoy so‘radi, Ikkovlari nashalashib qoladi, To‘riq ot odati shunday bo‘ladi, Qizib kelib endi qayerda tursa, Turgan yerda olaqaroq bo‘ladi, Buning odatini Qorajon biladi. Ot tizginin bir to‘xtatib turadi, Kim ketdi, deb bu qalmoqdan so‘radi. Qorajonbek bul turgancha bo‘lmadi, Chuv, deydi, tag‘i ham bundan jo‘nadi. Qalmoq ham bul otga shiddat qiladi, Turgan yerda oti qotib qoladi, Qo‘zg‘algandan sho‘rning oti quladi, Egar-abzal dardisar bo‘p qoladi. Ayiqday chingirib Qalmoq jiladi, Cho‘lda boyqish piyoda bo‘p qoladi. «Qalmoq yetsa meni mindirib olar, deb, Juda menga qarindoshlik qilar, deb, Qarindosh-da, kelsa meni ko‘rar, deb, Har zamon keyniga burilib qaradi, Keyin qolgan qalmoq yetib kelar, deb. Qorajon enag‘ar anday qilgandi, Uning hiylasidan otim o‘lgandi». Yayov boyqish ancha yo‘lni yurgandi, Barchinoy shundayin poyga qilgandi, Ne qalmoqlar cho‘lda sarson bo‘lgandi, Qorajonbek shunday xizmat qilgandi, Yolg‘iz bir cho‘llarda qichab yurgandi. Kun aylanib tag‘i tush bo‘p keladi, Tag‘i shunday bir qorani ko‘radi, Yaqinlab Qorajon nomdor boradi, Bu otning anig‘in endi biladi. Ostida irg‘iydi bul to‘bichog‘i, Borayotgan Qalmoqshohning shapag‘i, Shapaq otga yetib bordi Boychibor, Shapaq bo‘ldi Boychiborman barobar, Yo‘l talashib chopa berdi jonivor. Harchand qichab ko‘rdi Qorajon beklar, Kichag‘anman o‘tolmaydi Boychibor, Irg‘isa ikkovi bo‘lar barobar. Qorajonbek achchiq qamchi uradi, Shapaqman barobar ketib boradi. G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor, Juda diltang bo‘lib Qorajon qaysar, Qancha otdan o‘tib borgan jonivor, Shapaq bilan endi bo‘lib barobar. Achchiq qip Qorajon qamchi uradi, Shovqin berib cho‘lda ketib boradi. Shapaq otdan o‘zolmaydi Boychibor, O‘zmoqqa Chiborda quvvat qolmadi. «Jayrag‘irga bul bir balo bo‘ldi, deb, Shapaqdan o‘tmadi, toza o‘ldi, deb, Ko‘rsin shapaq, otni anday qildi, deb, Shuncha otdan o‘zib kelgan jayrag‘ir, Shapaqqa kep meni diltang qildi, deb, Bilmayman bul ishim qanday bo‘ldi, deb, Yo‘l olmaydi, otim keyin qoldi», – deb. Qorajon bek shunday shiddat qiladi, Kunning o‘zi ayni tush bo‘p keladi. Shapakning oldini Chibor o‘radi, Ot boshini kunga to‘g‘ri qiladi, Ko‘zlari chag‘ilib keyin qoladi. Shapaq otdan Chibor o‘tib jo‘nadi, Shapaqning odati shunday bo‘ladi: Dubur eshitmasa keyin qoladi. Shapaq, otga bul qamchi uradi, Duburni bilmaydi, keyin qoladi. Bekor qichaganman nima qiladi, Boychibordan ot o‘tmog‘i qiyindi(r), Keyingi qalmoqlar to‘p-to‘p jiyildi, Bosh(boshi, boshida) yugruk-da, o‘zi nazari Chibor Bo‘lmasa yolg‘izga o‘tmoq qiyindi?! Toza yugruk, bunga oson bo‘ladi, Qancha otdan o‘zib o‘tib boradi, Qorajon cho‘llarda yolg‘iz boradi, Ko‘z yubortib o‘ngu so‘lga qaradi, Cho‘lda tag‘i bir bedovni ko‘radi, Keynidan Qorajon yetib boradi, Bul otning anig‘in tag‘i biladi: O‘n bir minglik Qalmoqshohning samani Cho‘llarda yarqillab ketib boradi. G‘am bilan sarg‘ayib guldayin diydor, Bu qalmoq ham Qalmoqshohga xizmatkor, Poygaga shohining otini chopar, Borayotir Qorajondan bexabar. Cho‘llarda yarqillab arabi tulpor, Irg‘iganda tog‘u toshlar gumburlar, Samanning ketidan yetib Boychibor Sag‘risiga kelib og‘iz soladi, Keyin qarab ani to‘lg‘ab tashladi, Ikki tulpor yo‘l talasha boshladi. Ikkovi barobar ketib boradi, Bir-biriga yo‘llarda rad beradi, Qorajonbek bunga hayron qoladi, Qalmoqshohning oti saman balodi(r), Boychiborman barobar kep qoladi. Harchand o‘ylab borar Qorajon nomdor, Borayotir yo‘l talashib barobar, Oqtuyoq kelgandir bunday samanlar. Oh urib to‘kadi ko‘zdan yoshini Yolborib xudoga solgan ishini, Toshga qarab burdi otning boshini, Toshloqda qilay deb buning ishini. Toshloqda chopadi nazari tulpor, Bo‘ynin so‘zib irg‘ir edi jonivor, Bir kecha, bir kunduz toshloqda chopib, Tuyog‘in oldirib, keyin qoldirar, Saman otdan endi o‘zdi Boychibor. Samandan o‘tdi-da, toqat qolmadi, Ko‘kaldoshning Ko‘kdo‘nonin ko‘rmadi. Barakalla, Qorajonday mardiga, Bek do‘stiga bul qilgan xizmatiga, Chiday olmay cho‘llarda g‘ayratiga, Sira qaramaydi otning betiga. «Bilmayman, Ko‘kaldosh qayda bo‘ldi, deb, Oti o‘zib badbaxt borib qoldi, deb, Agar borsa, bir savdoni qildi, deb Tek o‘tirmas, bekka tashvish qildi», deb Qorajonbek shunday bo‘ylab qaradi, Mildiragan bir qorani ko‘radi, Olis yo‘ldan otni qichab boradi. Oh urganda ko‘zdan oqar selob yosh. Zolim bilan hargiz bo‘lmanglar yo‘ldosh, Taqimida besh yuz botmon kaltagi, Qayqayib boradi badbaxt Ko‘kaldosh. Alp Ko‘kaldosh shunday burilib qaradi, Chuv, deydi Do‘nonga qamchi uradi, Yashinday bo‘p oqib ketib boradi. – Qani endi yetib ol, – deb boradi. Shopirib irg‘iydi nazari Chibor, Bu Do‘nondan g‘olib kelgan tulporlar, Chu, deb qamchi urdi Qorajon qaysar, Quvib Do‘noniga yetdi Boychibor. Alp Ko‘kaldosh shunday burilib qaradi, Boychiborman Qorajonbek keladi. «Birov buni chechkan», – deb gumon qiladi, Shamolday g‘uvullab yetib boradi, Ko‘kdo‘nonning sag‘risidan oladi, Keyin qarab siltab otib yubordi. Ancha yo‘lga borib tushdi Ko‘kdo‘non, Qirq ming qadim o‘tib ketdi Boychibor, Yana ham o‘zini o‘ngrardi Do‘non, Chiborning keynidan yetdi ul zamon. Qarsillatib dumg‘azadan oladi, Ustida Qorajon bilmay qoladi. Keyin qarab siltab otib yubordi, Ancha yo‘lga borib tushdi Boychibor, O‘n ming qadim o‘tib ketdi bu tulpor. O‘zini o‘ngg‘arib Chibor keladi, Ko‘kaldosh ilgari ketib boradi, Poyganing mazgili yaqin keladi, «O‘zbek qizi meniki, – deb boradi, – Bul o‘zbakning oti keyin qoladi, Barchinoyim faqirniki bo‘ladi». Shu so‘zdaytib yolg‘iz ketib boradi, Yashinday bo‘p Chibor yetib keladi. Alp Ko‘kaldosh juda hadik oladi:«Shul o‘zbakning oti tilsiz balodi(r), Tag‘i ham jalanglab yetib keladi», Chu deydi, Do‘nonga qamchi choladi, Hozir Do‘non bir barobar keladi, Ikki tulpor yo‘l talashib boradi, Alp Qorajon Ko‘kaldoshga qaradi: – Akam eding, ko‘p shumlikni o‘ylading, Poyganing boshida tortib boylading, Necha kundan beri otni haydading. Qani, sening Do‘noningning o‘zgani, Yeming haqlab, sening holing bilgani, Qani, bul otingning xizmat qilgani, O‘zbak qizin senga olib bergani, Qani, undan Boychiborning kolgani?! Necha kundan beri chopib yelasan, Besh yuz odam sarson bo‘lib yurasan, Olaman deb baring ahmok bo‘lasan, Behuda zingkiyib hammang qolasan, O‘zbak oti endi o‘zar, bilasan. – Ostingda irg‘iydi iborday hayvon, Ko‘tarilib so‘z aytmagin, Qorajon. O‘zbak qizi meniki deb boraman, Har qanday qilsam-da, o‘zim olaman. Jafolarga solib endi tanda jon, O‘zarman, deb ko‘tarilma, Qorajon! Ushbu damning damlarini dam dema, Chiboringdan Ko‘kdo‘nonni kam dema, Tiling tortgin, ahmoq, so‘zni lof urma. Qamchi bossa yashinday bo‘p ketadi, Sening mingan Chiboringdan o‘tadi. Ustidagi menday nomdor turadi, Bu zo‘rligim yurtga ma’lum bo‘ladi, Menga dushman bo‘lgan odam o‘ladi, Xotinimni qaytib o‘zbak oladi, Sen bir o‘zimdan chiqqan balodi(r), Oti o‘zganman bir o‘zbak nima qiladi?! Qorajonbek buning so‘zin biladi, Olganingni ko‘raman, deb jo‘nadi. Ikkovi barobar yo‘lda boradi, Bir-birini musht tashlashib uradi, Birov-biroviga mushti tekkanda, Tog‘ cho‘qqisi qulaganday bo‘ladi, Qorajon qaytmaydi, navbat oladi. To yerlarda qamchilashib, savashib, Ko‘p xarxasha qilar aqili shoshib, Bedov otlar borar yo‘lda talashib, Borayotir bir-biriman tishlashib. Ikki tulpor yo‘l talashib yurgandir, Qancha qalmoq Badbaxt cho‘lda qolgandir, Barchin deyshib sarson bo‘lib yurgandir. Bir nechasi bilmas aytar so‘zini, Xudoy galdiratib qo‘ygan o‘zini, Sira ham ko‘rgan yo‘q o‘zbak qizini. «Bo‘larning kelar muddatidan o‘tdi», – deb Alpomish bir baland tepaning ustiga chiqib, durbinini olib, shunday yo‘lga qaradi. Ko‘rdi: ikki ot yo‘lda yo‘l talashib kelayapti, birini durbini bilan tanidi: biri Ko‘kdo‘non. Boychibor to‘riqday bo‘p ko‘rindi. Tuyog‘idagi mihlar ozor bergan, oppoq ko‘pikka botgan, tuyog‘idan chiqqan to‘zon bilan to‘riqday bo‘p qotgan. Boychiborni tanimay: «Ham otimdan, ham yurtimdan ayrildim», – deb behush bo‘lib yiqildi. Barchin kelib, Alpomishning holini ko‘rib, yiqilganini ko‘rib, boshini tizzasiga olib, bir so‘z deb turgan ekan: Ne sababdan, to‘ram, qadding bukildi, Jaladay bo‘p ko‘zdan yoshing to‘kildi, Bir davlatli xonim, holing ne bo‘ldi? Sen yiqilib, qolmas oyim qarori, Yo asar qildimi dev bilan pari? Sen eding-ku Qo‘ng‘irot elning shunqori! Sabil bo‘lmasin-da bobom kirdori, Oyimning qolmadi sabri-qarori, Boshing ko‘tar, Qo‘ng‘irot elning qo‘chqori. Meni izlab kelib bunday bo‘lasan, Men bilmayman kimdan zulm ko‘rasan, Ko‘rdim seni behush bo‘lib borasan. Yig‘latmagin menday gul buvishingni, Och ko‘zingni, ko‘tar, xonim, boshingni! Bunday kunda, xonim, holing so‘rayin, Xabar bergin ahvolingni bilayin, Sen eshitgin menday oyim so‘zini, Bunday xafa qilma biyning qizini. Menday oyim holing so‘rab turibdi, Men bilmayman nima zulm bo‘libdi, Tarzing ko‘rdim, holing tang bo‘p qolibdi, Bilmayman ahvoling qanday bo‘libdi, Qirqin qizlar avval sizni ko‘ribdi, Ul kanizlar menga xabar beribdi, Menday yoring qonlar yig‘lab turibdi. Shunda yetolmasini bilib, Qorajonga qarab, Ko‘kaldosh alp bir so‘z aytib borayapti: Mendayin akangning ko‘nglin bo‘lasan, Ot o‘zdirib qaysi go‘rga borasan, Akangning xotinin kimga berasan? Bunday bo‘lsang, sen juvormak o‘lasan. Sen eshitgin bek akangning dodini, Jo‘vormak, o‘zdirma o‘zbak otini, Armonman ketmasin akang xotini. Aytgan so‘zning poyomini bilsang-chi, Shumlik qilsang, qonlar yutib o‘lsang-chi, Ikki qo‘llab yak jilov qip bursang-chi. Sening o‘zing yurgan qanday balosan, Elu xalqqa sharmanda bo‘p qolasan, Akang tirik, chechangni kimga berasan, Tort, juvormak, o‘zdirib qayda borasan, Xotinimni kimga sarson qilasan. Bul so‘zni Ko‘kaldoshdan eshitib, Qorajon ham bir so‘z aytib turgan ekan: Bu so‘zingni, aka, sening qo‘yayik, Omin desa parishtayu maloyik, Yaratgan rahmondan maqsad tilayik, Kelgin, aka, Ko‘kdo‘nonni so‘yayik, Do‘nonning go‘shtiga toza tuyayik, Qazisini yolg‘iz senga to‘yayik, Shul so‘zimni ma’qul denglar, xaloyiq. Xazon bo‘lmay bog‘da gullar so‘lmaymi, Oblo sening aqli-hushing olmaymi, Ko‘z ola qilasan Chibor otima, Bunday bo‘lsang Ko‘kdo‘noning o‘lmaymi?! Shu so‘zim hammaga ma’qul kelmaymi, Ko‘kdo‘nonning go‘shtin yesak bo‘lmaymi? Ot so‘ymoqqa juda abjil bo‘libman, Odamlarning ko‘nglidagin bilibman, Qassoblikni o‘zim mashq qip turibman, Do‘nonni so‘ymoqqa, aka, tolibman. Xafa qilma Qorajonday mardingni, Avval o‘ldiraylik Do‘non otingni. Yo‘q yerdagi so‘zni lofi urasan, Ot so‘ymoqni o‘zing boshlab turasan, O‘ldirmoqqa men abjil-ku, bilasan, Akajon, kattasan, kavak bolasan, Yo‘q yerdagi gapni topib kelasan, Mening otim o‘ldirmoqchi bo‘lasan, Egasi yo‘q, nima javob berasan, Ot so‘ymoqni, aka, mendan ko‘rasan, Avval sen otingni so‘yib berasan, Men aytsam, ko‘nglingga og‘ir olasan, Odamlarning ko‘nglidagin bilasan, Yaramagan so‘zni aytib turasan, Aka, o‘zing asli ahmoq bo‘lasan. Bu so‘zni aytib turib edi Qorajon, Qalmoqlar achchig‘i keldi ul zamon, Qorajonga sira bermaydi omon, Hammadan ayriliq savdosi yomon, Qorajonga intilgandi bu zamon. Bari qalmoq bu o‘rtaga oladi, Qorajon yolg‘iz-da, nima qiladi? Bu qalmoqlar ko‘plik qilib turadi. Qalmoq bari xasta ko‘nglin xushladi, Qorajonning bilagidan ushladi. Yig‘ilib qalmoqlar zo‘rlik qiladi, O‘ldirmoqqa ko‘zi qiymay turadi. Necha so‘zni bu qalmoqlar o‘yladi, Qorajonni kulaband qip boyladi. Harchand chirpinib ko‘rdi Qorajon nomdor, Qalmoq ko‘p-da, bo‘lolmadi barobar, Zo‘rligini bildirgandi qalmoqlar. – Xazon bo‘lsa bog‘da gullar so‘lar, deb, Ajal yetsa, paymonasi to‘lar, deb, Bo‘shalsa, bir kuni o‘zi borar, deb, Shung‘it bo‘ldi, bu juvormak o‘lar, deb, Bosh bo‘lib Ko‘kaldosh boylab tashladi, Hamisha bizga chatoq qilib yurar, deb, O‘zbak bo‘lsa shunday azob ko‘rar, deb, Qarg‘a, quzg‘un yesa bunda qolar, deb, Zo‘r bo‘lsa bir Qorajon kam bo‘lar, deb. Boylovli qolgandir Qorajon nomdor, Boychiborni o‘rtaga oldi qalmoqlar. Shundayin hayvonning ko‘nglin bo‘ladi, Qalmoq bari bul o‘rtaga oladi, Har tarafdan unga arqon soladi, Boychiborni endi yiqib oladi. Boychiborni shunday tortib boyladi, Oyog‘idan o‘rab-kerib tayladi. Ahmoq qalmoq otga zulm qiladi, Tuyog‘iga gulmixlarni uradi, Urgan gulmix yalpoq tizga keladi, Badbaxt qalmoq otga zulm qiladi. Chingirib (chinqirib)kishnaydi boylovli Chibor, Siyosatman zarb ko‘rsatdi qalmoqlar. Boychibor hayvonning ko‘nglin bo‘ladi, Tuyog‘iga necha pichoq uradi, Shunday qilib otga azob beradi. Mirishkorlar tuyar po‘lat dobildi, Bunday kunda otning holi ne bo‘ldi, Bo‘shalsa ham yetolmasin dedi-da, Otga joylab olti chorak sovundi. Qorajonman Boychiborni sozladi, Qorajon boylovli yotib bo‘zladi, Qaramaydi Qorajonning yuziga, Hech bir qalmoq quloq solmas so‘ziga. Qorajon bilan Boychiborni shunday qilib boylab tashladi «Bo‘shalsa, bir kunlari bora qo‘yar, ajali yetsa, o‘la qo‘yar, ish qip bizdan keyin qolsa bo‘pti», deb poygachilar jam bo‘lib, qator turib, poygani qo‘yib jo‘nab ketdi. Boboxon tog‘ida yolg‘iz qolib, Boychibor bilan Qorajon ikkovi boylovli yotib, avliyolarni shafe keltirib, bu so‘zni aytib yotir: Barchaning otasi hazrati Odam, Payg‘ambarlik bo‘ldi unga musallam, Ibrohim, Ismoil, Makka muazzam, Dinlarning chirog‘i Imomi A’zam, Muhammdga ummat, haqqa musallam. Avvalam yaratding sen Odam safi, Andin paydo bo‘ldi sonsiz ming vali, Shayx Ahmad, Zinda pil, Imomi shafi, Oblo, sendan boshqa yo‘qdir murabbiy. Satqang bo‘lay er Sulaymon poyi tog‘, Qo‘qonga yubordi mo‘yi muborak, Ziyorat aylaydi nasib qilgan xalq, Karimsan, samatsan, rasuling barhaq, Rahm aylab, yor bo‘ling nochor qullara. Maydonda qilmadim Rustamning jangi, Haybatimdan titrab ketsa farangi, Toshkantning mulkinda er bobo Zangi, Tovba qildim, men gapirsam baland-pas, Bul bandadan baland bo‘lar chupu xas, Sahiyning sardori ul Sayd Vaqqos, Sadaqang bo‘layin G‘avs bilan G‘iyos, Haqning xaznachisi Xidiri Ilyos. Haq deb chiqar g‘amli qulning ovozi, Otingdan aylanay haqiqat qozi, Satqang bo‘lay, Xo‘ja Hofiz Sherozi, Gunohkor bandangman, rahmon, bo‘l rozi. Umid qip yig‘ladim hazrati Nurdan, G‘am tortgan lochinni qutqargin to‘rdan, Avvali oblodan, duyumi pirdan, Miskin umid qilar Aliday sherdan. Lochinning qanoti bo‘lmasin mayib, Baloga sabr etgan hazrati Ayub, Uch yuz oltmish o‘tgan mardoni g‘oyib, Kam bandang maqsadin tilar mug‘oyib. Nimish kelsin kam bandaning qo‘lidan, Yo madad tilayman Hazrat Alidan, Umid qildim G‘avsul A’zam validan, Oting rahmon, qaytar shayton yo‘lidan. Xoliqsan, karimsan, qahringdan qutkar, Gunohkor bandaman, maqsadga yetkar, Satqang bo‘lay ho‘ja Qobil, Akbar, Samarqand valining chorbog‘i derlar, Shohizinda, Erdoniyor, payg‘ambar, Xo‘jayi Zumrati, Xo‘jayi Ahror, Bobo, yakka pirsiz, Erxo‘ja mozor. Bu so‘zlarni aytib yig‘lar Qorajon, Boychiborman munda qolib bul zamon. Armonman boylangan Boychibor edi, Bek Alpomish o‘z yurtinda qo‘l bergan Rajabxo‘ja degan piri bor edi. Falak titrar Qorajonning nolishiga, Banda kunar tangri qilgan ishiga, Boboxonda yig‘lab edi Qorajon, Rajabxo‘ja piri yetdi qoshiga. Karomatman kelib xabar oladi, Qorajonning qo‘lin chechib ko‘radi, Qorajonni pir tarbiyat qiladi, Qorajonbek bul o‘rnidan turadi, Kim chechganin o‘zi bilmay qoladi, Boychiborni alp Qorajon ko‘radi, Shul zamonda otdan xabar oladi, Boychibor boylangan, chechib ko‘radi. Bu so‘zni eshitib, ko‘zini ochib, Barchinga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Menday beklar sening uchun kelgandir, Sening sharting, bildim, poyga bo‘lgandir, Ko‘p qalmoqman Boboxonga borgandir, Qorajonman mening otim o‘lgandir, Ot o‘zdirib qalmoq seni olmaymi, Oti o‘zsa, gapi ma’qul bo‘lmaymi, Menday g‘arib qonlar yig‘lab qolmaymi, Senday oyim qalmoq bilan bo‘lmaymi, Menday turang tiriklayin o‘lmaymi?! Hasratingdan behush bo‘lib yotaman, Yurtim ko‘rmay, sarson bo‘lib ketaman, Bunday bo‘lib elga borib netaman, Bu so‘zlarni o‘ylab, qonlar yutaman, Qaytay men ham behush bo‘lib yotaman, Yotmaganda yolg‘iz o‘zim qaytaman?! Endi bo‘ldim bu yurtlarda xoru zor, Bul ishlarni solgan qudratli jabbor, Egam panoh bersa, bizga ne gap bor, Qalmoqlarda o‘lib ketdi Boychibor, Izlab kelib mening o‘lmog‘im darkor. Qalmoq kelsa, bilmam, meni netadi, Qilichiga qirmiz qonlar qotadi, Ot ostida meni yakson etadi, Ot, yaroq, asbobi menda bo‘lmasa, Zo‘rlik bilan qalmoq olib ketadi, Kalma kelar mening qizil tilimdan, Piyodaman hech ish kelmas qo‘limdan, Qo‘ldan berib, senday zulfakdorimdan Men endi ayrildim kirdikorimdan. Poyga ketgan qalmoq yig‘ilib keladi, Lolovlashib bir qiymat qiladi, Zo‘rlik bilan kelib seni oladi. Bu so‘zni Alpomishdan eshitib, Barchin ham durbin olib qarab, kelayotgan otlarga qarab, bir so‘zni aytib turgan ekan: Qurru-yo qur, hayt-a, to‘ramning oti, Oq tushim – yayloving, sochim – shipirtki. Kuyganimdan gapni gapga ulayin, To o‘lgancha sayising bo‘p yurayin, Egam rahm aylasin qonli yoshima, Sabab bo‘lib qo‘shgin dengi-do‘shima, Olmosday tuyog‘ing qorday to‘shima, Qurr-yo qur, hayt-a, to‘ramning oti! O‘yilmay kuymasin kulbai xonam, Oh urib yig‘laydi mendayin sanam, Qalmoqda qolmasin guldayin tanam. O‘n ikki oy seni Boybo‘ri boqdi, Gardaningga Qaldirg‘och qo‘tos taqdi, Yig‘latmagin Barchin gulday bebaxtdi, Kuru-yo qur, hayt-a, begimning oti! Uzoq yo‘lga ko‘z yubortib qaradi, Bilmayman hisobi qanday bo‘ladi? Kelayotgan cho‘lda otni ko‘radi, Qur hayt, dedi, jelagini bulg‘adi. Xudoning taqdiri shunday bo‘ladi, Xudo qilgan ishga banda ko‘nadi, Murodini yaratgandan tiladi, Tepaning boshida qarab turadi, Otlar royish bul ko‘rinib qoladi, Qur hayt, degan Barchinoyning dovushi Boychiborning qulog‘iga boradi, Suvluq tishlab o‘zin otdi Boychibor, Kalta qantarib tashlagandi qalmoqlar, Tizgiki uzilib ketdi muqarrar, Ustidagi alp Qorajon bexabar, Ko‘kdo‘nondan endi o‘tdi jonivor. Qorajonbek endi buni biladi, Egarniig qoshidan ushlab keladi. Endi jonivor yozilib irg‘ib boradi. Alp Ko‘kaldosh otga qamchi uradi: «Bul o‘zbakning oti o‘zib boradi, Bul Qorajon bir baloni qiladi, Ukam menga dushman bo‘lib boradi». Falak titrar alpning aytgan dodiga, Hech kim toqat qilolmas siyosatiga, Qulochlab qamchi urar Do‘non otiga, Qaramaydi qalmoq oldi-ortiga. Siyosatman alp Ko‘kaldosh boradi, Boychibor g‘uvullab ketib boradi. Harchand qichab ko‘rdi bunday zo‘rabor, Boychiborman ot bo‘lmadi barobar, Irg‘iganda gumburlab qoldi cho‘llar, Juda ham bir diltang bo‘ldi muqarrar, Bir ish boshlab Qorajonman Boychibor. Bu so‘zni eshitib, Qorajon ham ot ustida bu so‘zlarni aytib borayotir: Qaytay, aka, sening ko‘ngling qoladi, Ko‘ngling buzuq, xayoling badga boradi, Asli ko‘nglim senda edi, bek og‘a, Bu Boychibor jilov bermay boradi. Shunday bo‘ldi menga hakqing farmoni, Ko‘p bo‘ladi senday akam armoni, Ko‘p gapirding ort-sirtimdan bema’ni, Torta-torta qolmadi-ku Qorajonning darmoni, Otga o‘rgatganmi Boysinning xoni?! Menday ining harchand tortib ko‘radi, Suvluq tishlab, surib ketib boradi. Tak, deydi, chu-ha, deydi, jo‘nadi, Qorajonbek o‘z yo‘lidan qomadi, Harchand baqirganman quloq somadi, Chingirib ortidan dovush qiladi, Qorajon qaramay ketib boradi. «Juvormak o‘l», – deydi Ko‘kaldosh nomdor, Ot tizginin saqlab oldi muqarrar. Qanday bo‘p ilgari o‘tdi Boychibor, Poyganing oldini oldi jonivor. Oldin olib borar bu Chibor oti, Tomoshamon o‘n ming uyli elati. Poyganing oldini olib boribdi, Mamlakatga xo‘p ovoza to‘libdi, Qalmoq, o‘zbak bari yig‘ilib qolibdi, Saf-saf bo‘lib tomoshamon turibdi. Kelayotgan yolg‘iz otni ko‘radi, Boychibor deb o‘zbak xurram bo‘ladi, Ko‘kdo‘non deb jami Qalmoq qaradi, Ko‘kdo‘nonga hech kelbati kelmadi. Barcha xaloyiqlar qarab turadi, Boychibor ekani aniq bo‘ladi. Ko‘kaldosh alp harchand chingirib qoldi, kuyib-pishib ko‘p dovush qildi. Qorajon qo‘loq solmay ketdi, xonning Chibor oti poyga boshi bo‘lib, oldiga o‘tdi. Qancha qalmoq cho‘lda tizilib kelayapti. Nechovi otini urayapti, Ko‘kaldosh ko‘p pushaymon qilayapti: «Ilgaridan g‘amimni yemadim, yolg‘iz vaqtimda otni xo‘b haydab ko‘rmadim, bu o‘zbakning otining bunday kelarini bilmadim, xayr Qorajon quloq solmay ketdi, qalmoqning bari qopti, o‘zimizdan chiqib Qorajon bizning ishimizni qipti, o‘zbakning oti poyganing oldini opti». Hamma qalmoqlar ham pushaymon qilibdi: «Bulay-shulay qilib o‘zib kelibdi, o‘zgan bilan ololmas, yig‘ilib borarmiz, xo‘p chatoq qip turarmiz, olti oychilik yo‘ldan kep o‘zbakning olganini ko‘rarmiz, borib qo‘limizdan kelgancha ko‘rarmiz, shuncha odam bundan qarab qolgandan keyin o‘larmiz». Shunday deb bo‘llar kelayapti. Xonning Chibor oti poyganing oldini olib, shashti bilan kelib, baxmal o‘tovni yetti marta aylanib, otning tizginini ushlab Qorajon to‘xtatdi, Barchinning kanizlari yig‘ilib yetdi. Qorajonni otning ustidan olib, gilamning ustiga solib, bardor-bardor qilib ko‘tarib, baxmal uyga kirgizib ketdi, qizlar otni yeldirib, sovutib turibdi, op kep yakka mixga boyladi, teri qotdi. Barchin kep, otni ko‘ribdi, ko‘zlarini ipak ro‘mollar bilan surtdi, changi, terini ushatdi. Oyog‘idagi mixlar ozor berib, xonning Chibor oti tappa tushib yotdi. O‘n ming uyli Qo‘ng‘irotning qizlari bilan, Barchin kanizlari bilan tomosha qilib, bularning olishganini ko‘rib, Hakimbekka qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Ochilar bahorda bog‘larning guli, Gulni ko‘rsa mast bo‘p sayrar bulbuli, Nar-moda bo‘libsiz biy bobom uli. Yiqolmasang, bizga bering navbatdi, Juda keldi Barchin yoring g‘ayrati, Ushlagandan ko‘kka otmay ne bo‘pti? Yiqolmasang, turam, navbat tilayin, Erkak libosini o‘zim kiyayin, Bor kuchimni bilagima jiyayin, Bul qalmoqni pora-pora qilayin. Qalmoq bilan, xonim, bo‘lding barobar, Sizni juda mazaq qilar kanizlar, Bu qalmoqni ko‘kka otsang ne bo‘lar? Ish ko‘rsatsang, mening ko‘nglim topilar. Bu so‘zlarni Barchin suluv aytadi, Barchinoyga navbat bergin, netadi, Menday oyim ushlab ko‘kka otadi, Qizlar sizni nar-moda deb aytadi, Qizlarning aytgani menga botadi. Mardlar olishmaydi, siltab otadi, Maydon bo‘lsa ish ko‘rsatib ketadi, Bo‘sh odamning ishi keyin ketadi. Barchinoyning bunday ko‘nglin bo‘lmagin, Ko‘p olishib, o‘zing halak qilmagin, Bola deb meni nomard bilmagin, Bu so‘zimni, xonim, og‘ir olmagin, Navbat bergin, sira gina qilmagin. Maydon kunda senga hamdam bo‘layin, Men ham endi bir olishib ko‘rayin, Ushlasam qalmoqni nobud qilayin, Og‘ir olma, to‘ram, navbat so‘rayin. Bu so‘zlarni aytdi gul yuzli dilbar, Ikki polvon bo‘lib turdi barobar, Ko‘p so‘zlarni Barchin suluv aytadi, So‘zi Alpomishga botib ketadi. Jafo tig‘i bul kun jondin o‘tadi, Ayriliq xanjari bag‘rin yirtadi, O‘tdayin tutanib shunqor ketadi, G‘ayrati g‘ayratga bekning yetadi, Yor so‘ziman sherdil bo‘lib ketadi, Chirpib Ko‘kaldoshni ko‘kka otadi, Ancha yer havoga chiqib ketadi. Xaloyiqlar ko‘kka boqib qaradi, Olchi-chikka bo‘lib shunday aylanib, Alp Ko‘kaldosh bul osmondan keladi, Kallasiman kelib yerga uradi, Kallasi. . . . . . . . . . chiqib boradi, Shunday bo‘lib Ko‘kaldosh ham o‘ladi. Tomoshamon qalmoq bo‘zlab jo‘nadi, Qalmoq xalqi shunday zarbni ko‘radi, Tomoshamon bari izza bo‘ladi. «Armon bilan, esiz, alplar o‘ldi», – deb Ne go‘zallar ko‘zin yoshlab boradi, Qorajondan bari gina qiladi, Shu vaqtinda kurash oxir bo‘ladi. Taqdiriga Qalmoqshoh tan beradi, Qancha amaldorman qaytib jo‘nadi. Bir nechasi ko‘rib gina qiladi, Barobar kelmadi, axir o‘ladi, Necha so‘zni qalmoq aytib boradi, Qalmoqshoh so‘ziga quloq soladi: «Manmanlikman bizing alplar o‘ladi, O‘zbak ishi asli haq deb boradi, Birovning xotinin qaytib oladi, O‘larmanning ishi shunday bo‘ladi, Tan bermagan odam shuytib o‘ladi». Qalmoqlar ham rost, deb ketib boradi, Toychixonning so‘zi ma’qul bo‘ladi. Shunday bo‘lib kurash oxir bo‘ladi. Davlatidan adras-kimxob kiydirdi, Kimki g‘anim, xonumonin kuydirdi, Haqdan kelgan ishga bo‘ynin iydirdi, O‘n ming uyli elatini jiydirdi. Xabar bordi shunday otlar choptirib, Namoyishga oq o‘tovlar yoptirib. Eli-xalqi – barcha yig‘ilib keladi, Bekni siylab, yaxshi xizmat qiladi, Barchinoyga to‘y qilmoqchi bo‘ladi. Obgardonin ortib oshpaz keladi, Chilbir cho‘lda to‘yni boshlab qoladi, Beshta-o‘nta uloq tashlab turadi, Bir chetida ko‘pkari ham qiladi. O‘lib ketdi qalmoq gachcha, To‘y bo‘ldi Barchin oyimcha, Olmoqchi Hakim bekbachcha, Yig‘ilishgan satta norcha, Ko‘pkarini chopib yotir Aralashib sop boybachcha, To‘y beradi ko‘p kungacha, Ulog‘iga tashlab turur Katta sarka, olapocha. Behad qo‘yu so‘qimlarni so‘yadi, Kunda hamma qolmay oshga to‘yadi. Kuniga uzmasdan uloq beradi, Chiqarganlar tanga-tilla oladi, Chavandozlar katta unum qiladi, Qirq kungacha uzmay to‘yni beradi. O‘yinchi, nag‘magar bari keladi, O‘zbak shoirlari aytib turadi. Kelgan odam sira quruq qolmadi, Hamma ham ancha narsa oladi, Qirk kundan kay to‘ylar oxir bo‘ladi, Bir nechalar uyga tarqab jo‘nadi. Boybachchalar bekning girdin oladi, Kuyov no‘kar bo‘lib bunda turadi, O‘zbakning rasimi shunday bo‘ladi: Qizu juvon bari yig‘ilib keladi, Ayollari to‘qqiz tovoq qiladi, Kuyovning oldiga shunday boradi, Op borgan taomni no‘karlari yeb, Tovog‘iga tanga-tilla soladi. Ne bir xotinlar vaqti xush bo‘p boradi, Ancha tanga bunda unum qiladi, O‘rtaga o‘t yoqib qizlar turadi, Salom solib bekni boshlab boradi. Shu zamonda uyga yaqin bo‘ladi, Uy ichinda katta odamlar turadi, Sanam qizlar bari yig‘ilib qoladi, Barchinoyni bul o‘rtaga oladi, Qadimgi rasimi shunday bo‘ladi, Barchinoyni opqochdi qiladi. Ne kelinlar yurib qizni so‘radi, Bir yerdan bularni topib oladi. Ikki vakil ul mulladan keladi, Kelib qizning ixtiyorin so‘radi, Uyalgandan qabul qilmay turadi, Qiz so‘ylatar degan rasm bo‘ladi, Qiz gapirtgan ancha pulni oladi, Barchin vakilini endi beradi, Hakimbekni bunda qabul qiladi, Guvohlar yig‘inga yana boradi, Peshini qaytarib mulla so‘radi, Bul guvohlar turib javob beradi. Boysari ini uzatib, o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot bari ko‘chib, yo‘lga kirib, Boysari qaytib uyiga kelib, yolg‘iz qolib, ham yurtidan, ham qizidan ayrilib, kallasi g‘uvullab, musofirligi asar qilib qoldi. Tuyog‘idagi mixlarni ko‘rib, Barchin bir so‘z deb turibdi: Ahmoq qalmoq otga zulm qilibdi, Mening uchun hayvon azob ko‘ribdi, Shul mix bilan Boboxondan kelibdi, Ul badbaxtlar bejoy ishni qilibdi. Bunga zulm qilgan qalmoq bema’ni, Senga qurbon menday oyimning joni, Azob ko‘rgan xon to‘ramning hayvoni. Hech zamonda shunday ishni qilami, Hayvonzodga shunday azob berami, Mingan odam, bul bexabar qolami, Shuncha azob bilan bedov kelami?! Ul qalmoqlar otning ko‘nglin bo‘libdi, Boboxonda bilganiday qilibdi, Tuyog‘iga necha pichoq uribdi, Ko‘rganlarning bari rahmi kelibdi, Bu badbaxtlar osha zulm qilibdi, Mening uchun ko‘p azobni ko‘ribdi. Mug‘oyib yig‘laydi menday mushtipar, Ot egasi bu mazgilda bexabar, O‘sal ishlar otga qilgan qalmoqlar, Mening uchun azob tortgan Boychibor. Bul hayvonga dushman qoyil bo‘libdi, Chin tulpor-da, shul azobman kelibdi, Shuncha jarohatman xizmat qilibdi, Qirq qunchilik yo‘ldan poyga bo‘libdi, Shuncha yo‘ldan shu jabrman kelibdi, Qalmoq juda kabohat ish qilibdi. Ko‘p azob beribdi xonning dushmani, Po‘latni eritar qizlarning dami. Barchinoyim ko‘rib o‘ylab turadi, Urgan mixi yalpoq tizga boradi, Chorsisin tuyoqqa yozib soladi, Gul mixlarni tishlab sug‘urib oladi. Qalmoq degan shunday tilsiz balodi(r), Ko‘ngli bo‘lib bunday ishni qiladi, Azob bilan bu jonivor keladi, Bu so‘zdaytib yig‘lar Barchin zulfakdor. Sening azobingga ko‘nglim buzilar, Ko‘p jafoni solgan senga qalmoqlar, Qattiq kunda azob tortgan jonivor, Menday oyim bul yo‘lingga intizor. Bilganicha qilgan seni badbaxtlar, Beparvo o‘tirgan davlatli shunqor, Xizmatimni bajo qilgan Boychibor. Uch shart o‘tdi, kurash taraddisin qip yotibdi. O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot odami, qancha qalmoqning odami yig‘ilib, Chilbir cho‘liga, Oyna ko‘liga tomoshamon to‘lib, rasta-rasta, dasta-dasta qur tortib o‘tirdi. Tomoshamonlar: «Kurashni ko‘ramiz. Toychixonning alpi bilan Qo‘ng‘irotdan kelgan o‘zbaklarning alpi «kurash qiladi, kurash juda qiziq bo‘ladi, kurashda qaysisi zo‘rlik qilsa, o‘zbakning qizini oladi», – deb tomoshamonning bari jam bo‘ladi. Ko‘kaldosh bosh bir kam to‘qson alpi bilan bir tarafdan qator bo‘lib o‘tirdi. Alpomish bilan Qorajon bir tarafdan o‘tirdi, o‘rtada ancha yerni ochib qo‘yib, changigan yerlarga, suv urib, Qorajon o‘rnidan turib, bir xil kiyimlarini chechib qo‘yib, kurash kiyimini kiyib, belini burib, shunday aylana berdi. Qalmoqlar aytdi: «O‘zimizdan chiqib, Qorajon ham balo bo‘ldi. Mudom o‘zbakning yordamini oldi». Bu yoqdan Qo‘shquloq alp degan alp maydonga kirdi. Bu so‘zni aytib, otga mehribonlik qilib, banot to‘rvaga yemni ilib, ko‘chib borgan qo‘ng‘arotlar jam bo‘lib, yig‘ilib, poyga ketgan qalmoqlar ham kelib, bir kam to‘qson alp gurullashib turib, «Alplar bilan o‘zbakning polvoni yoy tortishar emish», – deb ovoza bo‘lib, hamma tomoshamonlar yig‘ilib, shunda Oyna ko‘liga, Chilbir cho‘liga tomoshamon to‘lib, poyondozlik qilmoqchi bo‘lib, bu yoy tortishmoqdagi so‘zi: Qizu juvon saf-saf bo‘lib turadi, Barchinning ustida talash bo‘ladi, G‘urullashib necha alplar keladi, Buni ko‘rib bir xil qizlar kuladi: Bir xotin deb bari shunday qiladi, Xotin topmay yurgan sho‘rli keladi. Olis yo‘lga nishonani ko‘radi, Nishonani urgan odam oladi. Qalmoq alplar bari qator bo‘ladi, Men urarman deydi ko‘ngil qiladi, Bir-biriga alplar navbat beradi, Parli yoyni bul qo‘liga oladi. Shiqirlatib endi yoyni tortadi, Yoyning o‘qi bul g‘uvullab ketadi, Biri pastdan, biri baland o‘tadi, Bir xilining o‘qi yetmay yotadi, Achchiqlanib yoyni buklab tortadi, Ushlagan parli yoy sinib ketadi, Ikkam to‘qson alpi tortib o‘tadi, Ko‘kaldoshga endi navbat yetadi. Ahmoq qalmoq yoyni qo‘lga oladi, «Barchinoyim bul meniki bo‘ladi». Yoyiga Ko‘kaldosh o‘qni soladi, Nishonaga qarab to‘g‘ri qiladi. Bor, urdim, deb endi yoyni tortadi, Qo‘lda yoyi cho‘rtta sinib ketadi, Ko‘p qalmoqlar pushaymon qip yotadi, Endi navbat Alpomishga yetadi. G‘amli kunda tortar edi ohu voy, Bandam desin, rahm aylasin bir xudoy, O‘n to‘rt botmon birichdandir parli yoy. Parli yoyni shunday qo‘lga oladi, Ko‘rgan qalmoq bari hayron qoladi. Rabbim deydi, endi yoyni tortadi, Nishonaga o‘qi to‘g‘ri ketadi, Nishonani urgan shunday to‘radi(r), Bekning yoyi endi omon qoladi. Bu shart bilan qalmoq so‘zi bo‘lmadi. Ming qadam yerni qadimlab ko‘radi, Tanga puldan bul nishona qiladi, Yoyni qo‘yib, miltiq otmoq bo‘ladi. Ko‘p deb qalmoqlarga navbat beradi, Avval qalmoqlarga navbat keladi. Qalmoqlar nechovi miltiq otadi, Saksonman to‘qsonga o‘qi yetadi, Qaysi otsa, yo‘lda qolib ketadi. Alp Ko‘kaldosh juda g‘ayrat qiladi. Qalmoqning ayttani sira bo‘lmadi, Otgan o‘qi hech bir go‘rga bormadi. Alp Ko‘kaldosh shunday ko‘zlab ko‘radi, Besh yuz qadam yerga o‘qi boradi. Ko‘kaldoshning ko‘nglidagi bo‘lmadi, Qalmoqlardan navbat o‘tib boradi, Necha qalmoq, xo‘p tan berib turadi, Alpomishga tag‘in navbat keladi. Bek Alpomish xasta ko‘nglin xushladi, Yig‘ilgan dushmanning sirin foshladi, Anjom, miltig‘ini qo‘lga ushladi, Qarab nishonani otib tashladi. Ko‘rib, bul qalmoqlar hayron qoladi: «Ilgaridan mashq qip yurgan balodi(r), Ming qadamdan tanga-pulni uradi, Bul o‘zbak hadisga o‘zi balodi(r), Hali yolg‘iz ko‘p ishlarni qiladi, Har ish ham qo‘lidan buning keladi, Qo‘ygan shartning barin udda qiladi, Buning bilan kim barobar bo‘ladi?!» Barcha qalmoq shu so‘zni aytib turadi: «Bul ham bir alp ekan, juda zo‘rabor, Qalmoq yurtda yo‘qdir bunga barobar, Mingan oti tulpor ekan Boychibor, Yolg‘iz o‘zi ko‘p ishlarni bitirar. Ko‘rgan qalmoq hammasi hayron qoldi, Uch shartning oldini shul o‘zbak oldi, Endi shartdan bori bir kurash qoldi, Boysarining qizini o‘zi oldi, Bizim qalmoqlarning ishi bekordi(r)». Bodom bikach: O‘lan aytgan xo‘b qoyim tilim boydi, yoy-yoy, Hovi mening beqovim elim boydi, yoy-yoy, Og‘zingga kelgan so‘zni qaytaymaysan, yoy-yoy, Yut egasi bek Ulton ulim boydi, yoy-yoy. «Qultoy»: O‘lan aytgan xo‘b koyim tiling bordir, yor-yor, Endi aytayin Hov qayerda bir qovim eling bordir, yor-yor, Tez bozorga solganda qirq tanga olar, yor-yor, Qirq tangalik Ultontoz quling bordir, yor-yor. Bodom bikach: Qo‘y yoyilay Qo‘ng‘iyot etagiga, yoy-yoy, Qizlay yuymas yigitning yetagiga, yoy-yoy, Sen o‘zingni odamman dema, Qultoy, yoy-yoy, Tenglamayman qovusim patagiga, yoy-yoy. «Qultoy»: Qo‘y yoyilar Qo‘ng‘irot etagiga, yor-yor, Bizlar yurmas qizlarning yetagiga, yor-yor, Tenglamasang, tenglama qovushingning patagiga, yor-yor, Xo‘rozimni qamayin katagingga, yor-yor. Bodom bikach: Men o‘zim dayyo bo‘lsam, toshay edim, yoy-yoy, Toshgan kuni tollayidan oshay edim, yoy-yoy, Sobojoday tilingni tiqillatib, yoy-yoy Sendaylaydi men loydan yasay edim, yoy-yoy. Bu alplarning kurashayotgandagi so‘zi: Jafolarga tushib endi tanda jon, Mo‘min qulga egam bo‘lgay mehribon, Taraf tortib bu maydonda Qorajon. Qalmoq bari Qorajonga karadi, «Bul Qorajon bir baloni qiladi, O‘zimizdan bizga yov bo‘p qoladi». Qorajonning bir akasi bo‘ladi, Taraf bo‘p Qo‘shquloq polvon jo‘nadi, «Qani men ham Qorajonni ko‘ray, deb, Juvormakni bilganimday qilay, deb, Boshimdan oshirib yerga uray» deb Chechinib bul qalmoq keldi maydonga. Qorajonga alplar taraf qiladi, Qo‘shquloq shunday bir zo‘r balodi(r), Kurash-da, ta’rifi shunday bo‘ladi: Shomurti shohalab har yoqqa ketgan, Uchida chichqonlar bolalab yotgan, Izdan tushgan pishak oltoyda yetgan, Munday qalmoq qo‘lin bo‘lg‘ab keladi. Qorajonbek xasta ko‘nglin xushladi, Juppay qilib yoqasidan ushladi, Do‘stamon qip uni qoqib tashladi. Qo‘shquloqning shunday aqili shoshdi, Qumni qopib endi yerga yopishdi. Yana ham bir qalmoq keldi maydonga: Odam tushmas buning aytgan tiliga, Besh yuz quloch arqon yetmas beliga, Duchor bo‘ldi Qorajonning qo‘liga, Ushlagandan otdi Chilbir cho‘liga. Ko‘tarilib tag‘i qalmoq kiradi, Qorajonbek o‘zi yolg‘iz turadi, Bunga duchor bo‘lgan Qalmoq o‘ladi. Bul qalmoqdir qalmoqlarning ravishi, Oh ursa olamni buzar dovushi, To‘qson molning terisidan kovushi. Siyosatman kelib maydonda turdi, Qorajon tavakkal tangriga qildi, Bu qalmoqqa endi yaqinlab qoldi. Ko‘rashmoq hadisin shunday biladi, Alp Qorajon yotib otar qiladi, Ang edi, ul sho‘rli bilmay qoladi, Boshidan oshirib yerga uradi, Tushib yerda pora-pora bo‘ladi, Achchig‘lanib tag‘i qalmoq keladi, Qorajonning ishin bari ko‘radi, Kahrlansa toshni yorar qahari, To‘qson norning go‘shti bo‘lmas nahori, Har iziga ketar ancha bahori, Shunday qalmoq kelib kirdi maydonga. Jafolar solgandir tandagi jonga, Xazon bo‘lsa zog‘lar qo‘nar gulshanga, Duchor bo‘ldi Qorajonday polvonga, Ushlagandan buni otdi osmonga. Tag‘i ham bir qalmoq keldi maydonga: Oltmish qari olachadan qalpog‘i, To‘qson qo‘yning terisidan telpagi, Shunday qalmoq kelib kirdi maydonga. Qorajonbek juda g‘ayrat qiladi, Qaysarday bo‘p bul olishib turadi, Keyinga qayirib yerga uradi, Kelgan qalmoq armon bilan o‘ladi, Qorajonga pirlar quvvat beradi, Xudo deydi, bul maydonda turadi, Do‘sti uchun juda xizmat qiladi, Qorajondan bekning ko‘ngli to‘ladi, Kelgan qalmoq sira omon qolmadi. Qorajonbek o‘zi tanho turibdi, Nashavand qalmoqlar alpi ko‘ribdi, Nashasini xo‘p qo‘ndirib olibdi, Kayfin choqlab bul maydonga kelibdi. Qorajonga talab qilib turibdi, Nashavand ta’rifi shunday bo‘libdi; To‘rt yuz to‘qson quloch qo‘lda hassasi, Sarhovuzdan katta edi kosasi, Shuning bilan o‘n sakkizta nashasi, To‘qson qari bo‘zdan bo‘lgan qissasi, Shunday qalmoq aylanadi maydonda. Bir-biriga qo‘lin bulg‘ab boradi, Nashavand bo‘lsa ham bir zo‘r balodi(r), Ikkovi ham ko‘p olishib turadi, Misli yerlar shudgorday bo‘p qoladi, Nashavand-da, bo‘g‘umi bo‘shab boradi. Bu qalmoq juda nomdor, hunari, Yo‘q edi boyqishning hadis- hunari, Ko‘p olishib, kam-kam ketdi madori, Ko‘ring endi Qorajonday shunqori, Qalmoq bilmay qoldi, hech bir xabari, Alp Qorajon ko‘kka otib yubordi. Balki bulutga ul boyqish yetishdi, Juda ham yozganning nashasi uchdi, Osmondan kelib yerlarga tushdi, Kuni bitib, ular vaqti yetishdi, G‘urullashib qolgani ko‘tarilishdi, Qorajonbek yolg‘iz qiladi ishdi, Qalmoq tarafidan tag‘i yetishdi. Qalmoqlarning bunda holin biladi, Maydonga kelgani qolmay o‘ladi. Qorajonbek: – Baring kel, – deb turadi, Ikkam to‘qson alpni nobud qiladi, Bul alplardan bir Ko‘kaldosh qoladi. Alp Ko‘kaldosh yolg‘iz o‘zi qolibdi, O‘zga alplarning bari o‘libdi, Qorajon bariga g‘olib kelibdi, Kun nomozgar, endi kech bo‘p qolibdi, Kurashga ul zamon javob bo‘libdi. Odam tarqab mazgiliga boribdi, O‘rda bozor, yurib o‘yin qilibdi, Qalmoqlarning ko‘pi izza bo‘libdi, Qanchasi bu yerga yotib qolibdi, Tong otgancha maslahatda bo‘libdi, Nechovlarning vaqti xush bo‘p qolibdi. Bir oqshomni shunday qilib o‘tkizdi, Nomoz vaqti erta-mertan tong otdi, Choshkada yig‘ilib ketganlar kepti, Alplarning kattasin navbati kepti, «Kurash qiziq bo‘lar», – deb ham turibdi, Kechagiday bari kelib saf tutdi. Shunda Qorajon enasidan bul so‘zni eshitib, bul ham bir so‘z deb turgan ekan: To o‘lguncha yaratganga rost bo‘ldim, O‘z fe’limdan chupu xasdan past bo‘ldim, Xudoni o‘rtaga solib do‘st bo‘ldim. Kelgan mehmon sening o‘g‘ling bo‘ladi, Unday desang, ena, ko‘nglim qoladi, Xudoga urdirib, osi bo‘ladi, Do‘stning mehri juda issiq keladi, Har kim qaytsa, xudoga osi bo‘ladi, Xudo qilgan ishga banda ko‘nadi, Mazgiliga o‘g‘ling aytib keladi, Zarul emas, seni nima qiladi, Do‘st otini bunda tutib turadi, O‘y dema, enajon, ayb bo‘ladi, Qo‘ng‘irotning shunqori kelib ko‘nadi, Eshitsa, ko‘ngliga og‘ir oladi. Bunday so‘zni, ena, so‘zlab kelasan, Sen mening do‘stimni dushman bilasan, Bunday bo‘lsa sen imonsiz o‘lasan, Qo‘y, betovfiq gapni nima qilasan, Kimni ko‘rsang, g‘anim bilib yurasan, Ko‘nglingga ma’qul deb so‘ylab kelasan, Ena, mudom gap yetalab yurasan. Boshdan boshga sen tinmagan balosan, Ayol-erkak ko‘rsang, chatoq qilasan, Hamisha, enajon, shunday bo‘lasan, O‘z fe’lingga to‘g‘ri yursang, o‘lasan, Shu so‘zni ko‘nglingga ma’qul qilasan, Kim kulib gapirsa, yaxshi ko‘rasan, Shundayg‘achoq gap tashigich bo‘lasan, Qariganda ig‘vogarlik qilasan, O‘zing shundayg‘achoq yurgan balosan, Bu so‘zni gapirib nima qilasan?! Alpomish Qorajonnikida mehmon bo‘lib yotdi, Qorajon qildi ziyofatdi, yugurib qilib yotir xizmatdi. Erta-mertan tong otdi, kun choshka haddiga yetdi, Alpomish turib aytdi: – Qorajon, bizning bunda kelib yotganimizni Boysari ne bilsin, sen Boysarinikiga tomon borib kelsang, bir habarini bilib kelsang, qizini bizga beradiganday bo‘lsa, jovchi bo‘lib kelsang, qanday bo‘lsa, mening kelganimny bir bildirib kelsang. Qorajon: – Men qanday ot minib borayin? – dedi. – Mayling, qanday ot minib borsang, – dedi. – Sening oting charchab kelgan, o‘zimning otimni minib bora qolayin, – dedi, – Sen o‘z otingni minib borsang, hamishagi kelib talashib yurgan qalmoq, – deb ishonmaydi. Belgim shul: mening otimni minib borgin. – Xayr, – deb Qorajon Boychiborni minib oldi, qamchi bilan qo‘yib-qo‘yib yubordi, kamchi o‘tib ketdi, xonning Chibori lo‘killab yo‘rtdi. Qorajonning. . . uzilib ketdi. Qorajon otning jilovini tortdi: «Bu yomonlag‘urga bir balo bo‘pti, o‘zida asli yomon mol ekan, mening ishimni usal qipti, shuni ham mol deb minib kepti». Barchin: O‘ylay-o‘ylay Barchinoy O‘y bo‘libdi, yor-yor, Hozir gumon qilibsiz, Yot bo‘libdi, yor-yor, Sizi bilan aytishib, Mot bo‘libdi, yor-yor. Ana endi bu so‘zlarni aytishib, o‘lan oxir bo‘ldi, erta-merta tong otdi, kun choshka haddiga yetdi, shibir-shibir gap bo‘p yotdi, ikki odamning boshi birikkan yerda: «Shu Qultoy Alpomish», – deb yuribdi. Shu vaqti Boychiborni minib yurgan qadimgi Qultoy yo‘liqdi. Qultoyga turib aytdi: – Bobo, qullarga chaqirib, mening kelganimni bildiring. Qultoy aytdi: – Bachchag‘arlar juda oshib ketgan ekan. Alpomish keldi, degandan o‘rtaga olib, urib o‘ldirib qo‘ymasa, – dedi. – Qo‘rqmay ayta bering, men o‘zim xabardor bo‘laman, – dedi. Shu vaqtgachayin Boychiborni minib yurgan edi, qanday mehmon, deb hech kim tanigan yo‘q edi. Bu so‘zni eshitib, poytaxt ostiga borib, Boychiborni yakjilov qilib, qullarga chaqirib, bu so‘zni aytib turu: Bugun qadr kechalari, Bog‘dochilar g‘unchalari, Qo‘ng‘irot elning bachchalari, Chuvulla, Alpomish keldi. Bu ustinda yashil ko‘klar, Bunday kunda ko‘ngli to‘qlar, Har kim bir-birini yo‘qlar, Otilmagan xurma to‘plar, Otil-ha, Alpomish keldi. Bahorda ochilgan gullar, Gulga mast bo‘lgan bulbullar, Yetti yil davron surgan qullar, Qoch endi, Alpomish keldi. Ketadi qayg‘u-tumani, O‘ladi qancha dushmani, Eshitgin, qullar, bema’ni, Kelib qoldi Qo‘ng‘irot xoni, O‘l endi, Alpomish keldi. Tar ochilgan toza guli, Ul ham chamanning bulbuli, Obod bo‘lar Boysin eli, Mesh ko‘targan xon Boybo‘ri, Boybo‘rining joni-dili, Peshvoz chiq, Alpomish keldi. Bexuda to‘kma ko‘z yoshing, Bizni ko‘ydirgan nolishing, Och ko‘zingni, ko‘tar boshing, Qo‘ng‘irot elda qarindoshi, Peshvoz chiq, Alpomish keldi. Ruxsat olmay shikor ketgan, Yetti yil zindonda yotgan, Qalmoq yurtini bo‘zlatgan, Omon-eson elga yetgan, Peshvoz chiq, Alpomish keldi. Cho‘llarda gangigan boshi, Ko‘pdir yig‘lasa koyishi, Oy Qaldirg‘och emishdoshi, Peshvoz chiq, Alpomish keldi. Kelgandir Qo‘ng‘irot to‘rasi, Ko‘pdir bag‘rida yarasi, Bandaning yo‘qdir chorasi, Oq sut bergan bul enasi, Peshvoz chiq, Alpomish keldi. Onsot bo‘lg‘ay-da bul mushkuli, So‘ylaganda qizil tili, Gumona qolgandir uli, Peshvoz chiq, Alpomish keldi. Necha vaqt bo‘taday bo‘zlab, Dushmanlarning bag‘rin tuzlab, Adashgan bir-birin izlab, Peshvoz chiq, Alpomish keldi. Ketar ko‘nglidan g‘ubori, Minganim xonning Chibori, Elga kelgandir shunqori, Obod bo‘lar kirdikori, O‘n sakkizda tul bo‘p qolgan Hakimbekning Barchin yori, Peshvoz chiq, Alpomish keldi. Kelibdi davlatli shunqor, Qultoy shunday berdi xabar, Alanglashib qoldi qullar, «Endi qanday bo‘ldi kunlar?» Bir-biridan xabar olishib, Chuvullashib, ko‘p adashib, Bir to‘polon bo‘lib yotir Munday gapga to‘yxonalar. Bu so‘zlarni bunda Qultoy aytadi, Bir alomat g‘alog‘ul bo‘p yotadi, Alpomish o‘zini ma’lum etadi. Ustidan kiyimni chechib otadi, Jamoli yarqillab bekning ketadi, Bek kelgani ma’lum bo‘lib yotadi. Beliga yarashgan zarrin po‘tasi, Xudoyim kechirgay qilgan xatosi, Vo bolam, deb qo‘loch yoyib keladi Shu zamonda Boybo‘riday otasi. Eliga kelgandir shunday to‘rasi. Yaratganga yetgay mardning nolasi, Kelib qolgan sho‘rlilarning bolasi, Bolam, deydi, qo‘loch yozib keladi Shu vaqtida oq sut bergan enasi. Ketmasin beklarning nomusman ori, Bir obloga yetgay bandaning zori, Endi obod bo‘lsa bekning kirdori, To‘ram deydi, qo‘loch yoyib keladi Bunda qolgan bekning Barchinday yori. Oh tortsa, tukilar ko‘zidan yoshi, G‘am bilan chiqadi bekning dovushi,Aka deydi, qo‘loch yoyib keladi Tuya boqqan Qaldirg‘och emikdoshi. Kelib bari munda bekni ko‘radi, Navbat-navbat bosar edi bag‘riga, Bir-birining yig‘lab holin so‘radi. Adashganlar bu topishib qoladi, Har bir qullar har xizmatga jo‘nadi, Har qaysisi o‘z ishida bo‘ladi. Kalma-shahodat musulmonning tiliga, Azamat bosh berar dinning yo‘liga, Xabar ketdi o‘n olturug‘ eliga, Eli-xalqqa shunday xabar bo‘ladi, O‘n olturug‘ Qo‘ng‘irot eli biladi. Eli-xalqqa bul ovoza bo‘ladi, Katta-kichik har tarafdan keladi, Kelib bekni ziyorat qip ko‘radi. Har yo‘llarga odam sig‘may keladi. Taxt ustiga ishorat qip jo‘nadi, Taxt ustiga davlatli xon minadi. Muni ko‘rib Ulton ko‘nglin bo‘ladi, Bek bo‘lmay o‘lay deb boyqish jiladi, Bu ishiga ko‘p pushaymon qiladi. O‘ylab tursa mening ko‘nglim boyag‘i, Qayda qoldi yilqi boqqich tayog‘i?! Ultontoz o‘zini har yerga urdi, Alpomishni ko‘rib holi tang bo‘ldi. Elga kelgan Alpomishday to‘radi, Ulton qilgan ishni Yodgor biladi, Yodgor sachrab o‘rnidan turadi, Ultontoz oldiga yetib boradi. Dod deganda eshitmaydi tilini, Bog‘lab oldi Ultontozning qo‘lini. Ultontozning urganini o‘yladi, Sen bachchag‘ar, meni qanday qilding, deb Yur otam oldiga, dedi, haydadi. Ultontozdir, keyin tortar bo‘ladi, Bormayman, deb qing‘irliqni qiladi, Nega bormaysan, deb Yodgor uradi, Kecha urgan, bugun qaytib qoladi, Shunday qilib turtib haydab boradi, Yodgor zo‘rligini ma’lum qiladi, Poytaxt ostiga yaqin boradi. Ultontozdir, shunday bo‘ylab qaradi, Taxt ustida Alpomishni ko‘radi, Ko‘rgan vaqtda bo‘g‘imi bo‘shab boradi, Qulluq deb to‘nqayib salom beradi. Ultontozni bek Alpomish ko‘radi, Har ishi o‘ziga ma’lum bo‘ladi, Bekni ko‘rib Ulton yerga qaradi. Ultontozni xon gunohkor qiladi, Yasovul qo‘liga muni beradi, Ultontozni bundan haydab jo‘nadi, Kunda qilib Ultontozni qamadi. Davlat qaytsa, kishi shunday bo‘ladi, Ultontoz bu qamovli to‘radi, Taqdirda borini sho‘rli ko‘radi, «Boshimga menmanlik balo bo‘ladi». Katta-kichik xaloyiqlar yig‘ilib, Hamma birday bu davlatda turadi, Shul vaqtida Qorajonni so‘radi: – Nima bo‘ldi, alp Qorajon kelmadi, Munday kunda mendan xabar olmadi, Kelib meni jonim do‘stim ko‘rmadi?! Hamisha menga hamdam bo‘lgan, Poygalarda xizmat qilgan, To‘qson alpning dodin bergan, Tor zindonda xabar olgan, Bek do‘stim, deb yig‘lab yurgan, Ko‘rinmadi alp Qorajon. Bul jonim oning qurboni, Men bo‘ldim elning sultoni, Ul mening aziz mehmonim, Yo‘qdir mening Qorajonim. Gulday ochilib so‘ldimi, Yo paymonasi to‘ldimi, Ajali yetib o‘ldimi, Bir yoqda ovda bo‘ldimi, Mendan bexabar qoldimi, Aqlini oblo oldimi, Qayda bo‘lur Qorajonim? Qorajon to‘xtab, Alpomishga qarab, bir so‘z aytib turibdi: Yurar bo‘lsang, senga maydon yo‘lmidi, G‘animning shavkati senga elmidi, Senga tegadigan Barchin gulmidi Qo‘ng‘irot eldan mingan oting shulmidi? Qay o‘yingman shuni minib kelasan, Bu cho‘birni qanday minib yurasan, Shu ot bilan yorni qanday olasan?! Behuda, bek do‘stim, halak bo‘lasan, Hali ham keta ber, nima qilasan, Bu dushmanlar bilsa, tayin o‘lasan. Oshiqning fahmidir qorong‘i kecha, Yig‘lasam, holimga yig‘lar bir necha, To‘qson to‘qay yilqisi bor, boybachcha, Qo‘ng‘irot elda mingan oting shulmidi? Ustingga kiyganing yashil, ko‘kmidi, Bunday kunda senga ko‘ngil to‘qmidi, Minsang bundan o‘zga yilqing yo‘qmidi? Ot deb sen ham shuni minib kelasan, Halak bo‘lma, do‘stim, yordan qolasan, Xatarli kun sen ham qanday qilasan, Bekoriga ahmoq bo‘lib yurasan, Qo‘ng‘irot elda sen ham beksan, turasan, Olti oylik yo‘ldan bunda kelasan, Sen yoringni, do‘stim, qaytib olasan, Hali ham keta ber, nima qilasan, Bu so‘zimni, do‘stim, og‘ir olmagin, Halak bo‘psan, kelgan yo‘ldan qolmagin, Do‘stim, umid qilma Barchin yoringdan, Armonman ayrilma o‘sgan elingdan, Bul ot bilan hech ish kelmas qo‘lingdan. Qalmoq bilsa, bilmaganing bildirar, Bul otingman ko‘rsa, seni o‘ldirar, Bunday yomon cho‘bir senga ne darkor? Senda bordir shohlik shavkat, kirdikor, Minib ko‘rdim yomon ekan Boychibor. Gurullab yig‘ilsa bunda qalmoqlar, Bul ot bilan bo‘lolmasang barobar, Shunday kunda tayin seni o‘ldirar, Albatta sen bundan ketmog‘ing darkor, Xiyli bo‘ldim, so‘zni hazil bilmagin, Boychiboring qursin, bunda turmagin, Ket endi, yoringdan umid qilmagin. Bu so‘zni Qorajondan eshitib, Alpomish ham bir so‘z deb turgan ekan: Sen eshitgin menday mard nolishini, Ko‘zdan to‘kma bunda selob yoshini, Bejoy burding Chiborimning boshini, Qirk kun keyin tushirding-ku, Qorajon, Bek do‘stingning bitib turgan ishini, Burilmayin bora bersa Boychibor, Borganidan tegar edi zulfakdor, Bejoy burilgandir nazari Chibor, Qirq kun keyin tushib qoldi bul ishlar, Bul ishlardan alp Qorajon behabar. Quloq solib eshit g‘ussali doqqa, Mindirganman shundayin to‘bichoqqa, Boychiborim xo‘r bo‘ldim deb yig‘laydi, Sendayg‘achoq til bilmagan qalmoqqa, Bir kalmani joriy qaytar, Qorajon, So‘ngra otim olib uchsin falakka. Behuda otima jabr qilmagin, Ot nazari, achchiq qamchi o‘rmagin, Sen o‘zingni abgor qilib yurmagin, Kalma qaytar, otni keyin burmagin, Bul otim nazari, yomon bilmagin, Sen ham endi xayolingni bo‘lmagin, Bora bergin jovchilikdan qolmagin. «Qultoy»: G‘ariblikda xasta ko‘nglim buzib turman, yor-yor, Ko‘zdan yoshim munchoq-munchoq tizib turman, yor-yor, Tumog‘ingni ol dema, Barchin kelin, yor-yor, Tong otqali o‘lan aytib qizib turman yor-yor. Barchin: Harfdosh aytgan so‘zin bilar bo‘lur, yor-yor, Aytib-aytib xarfdosh qizigan so‘ng, yor-yor, Tumog‘ini boshidan olar bo‘lur, yor-yor. «Qultoy»: Tong otgancha sabr saqlab turar bo‘lur, yor-yor, Sen ertangi g‘ayratim ko‘rar bo‘lur, yor-yor. Barchin: Ishda fikr bo‘lgancha tishda talov, yor-yor, Shu vaqtda tumog‘in olar bo‘lur, yor-yor. «Qultoy»: Tar ochilgan bahorda gul bo‘libdi, yor-yor, Azal taqdir bizlarga shul bo‘libdi, yor-yor, Tumog‘ingni ol dema, Barchin kelin, yor-yor, Qaringanda qaynag‘ang kal bo‘libdi, yor-yor. Barchin: Tar ochilgan bahorda gul bo‘lgan yo‘q, yor-yor, Azal taqdir bizlarga shul bo‘lgan yo‘q, yor-yor, Shukrilillo, qaynag‘am kal bo‘lgan yo‘q, yor-yor. «Qultoy»: Yod etaman, yig‘layman, men ollomdi, yor-yor, Ol bolangni deganda, ol bolangdi, yor-yor, Kalla katta bolangga qo‘lim toldi, yor-yor. Barchin: Haqqa yetgay yig‘lasam aytgan nolam, yor-yor, Ko‘kaylari kesilgan sag‘ir bolam, yor-yor, Otasining kelganin o‘g‘lim bildi, yor-yor, Isin olib oldida uxlab qoldi, yor-yor. «Qultoy»: O‘lan aytib ko‘nglingni xushlaymisan, yor-yor, G‘anim sirin har yerda foshlaymisan, yor-yor, Ol deganda bolangni sen olmaysan, yor-yor, Tuhmatiga o‘g‘lingni tashlaymisan, yor-yor. Barchin: Xazon bo‘lsa bog‘da gullar so‘lamikan, yor-yor, So‘lgan gulga bulbul kelib qo‘namikan, yor-yor, Otasining oldiga o‘g‘li borsa, yor-yor, Hov shul ham tuhmati bo‘lamikan, yor-yor. Bu so‘zni eshitib, Qorajon kalma joriy aytdi, xonning Chibor oti yo‘lga kirib ketdi. Qorajon bog‘ona otni mingan vaqtda Qorajonning ko‘ngliga kep edi: «Shuning otini bo‘lsa, oldim, dinidan qaytib, qalmoqlarning ichiga ketsam», – deb edi. Shunday gap ko‘ngliga kep edi, ul sababdan ot yurmay yotib edi. Qorajon: «Mingan oti shunday nazari, albatta dini barhak», – deb sidqi bilan kalma aytdi, xonning Chibor oti yo‘lga kirib ketdi. Qorajon ham chin ko‘ngli bilan musurmon bo‘lib, jovchilikka jo‘nab ketdi. Qorajon jovchi bo‘p borayapti. Barchinning ustida alplar ko‘p talash qilgan edi, olarmiz, deb qalmoqlar yurgan edi, Barchin olti oyga muhlat olgan edi, muhlatidan ikki soat qolgan edi. Kun tushga yaqinlab borgan edi, kun qiyom bo‘lgan so‘ng, qalmoqlarning tani bo‘lib ketar edi. Tush ko‘rganda bobongning o‘g‘li choshkada kelar,deb edi. Aytgan mo‘ljalidan o‘tib ketdi. Bezovta bo‘p yo‘lga qarayapti. «Bu tushning tabgiri to‘g‘ri kelmadi», – deyapti. «Armon bilan g‘ayridin bo‘ldim», – deb Barchin kanizlariga qarab, bir so‘z aytib turgan ekan: Dardmanman, dardimni kimga yoraman, Ayroliq savdoga bag‘ri poraman, Qo‘l ko‘tarib duo qiling, kanizlar, Endi men g‘ayridin bo‘lib boraman, Azali taqdirga nimish qilaman, Boshikasta sho‘rman, qayda boraman, Qalmoq kelsa, nima javob beraman, G‘ayridinman qanday o‘ynab kulaman?! Til bilmagan elga ketib boraman. Mug‘oyib yig‘laydi mendayin sanam, O‘yilmayin kuydi bul kulbaxonam, Qalmoqlarda qoldi guldayin tanam, Qo‘l ko‘tarib duo qilgin, qirqinlar. Ayroliq savdoga bag‘rimni dog‘lab, Men qolganman qattiq kunda qon yig‘lab, Kelmadi bobomning o‘g‘li so‘rog‘lab. Bul jafo jonimdan o‘tdi, Bilmayman, xonga ne bo‘pti, Kelar vaqti kechka tortdi, Ko‘p qizlar xafa bo‘pti, Qalmoqlar muhlati bitdi Jafo tushib tanda jonga, Men qolganman qattiq kunda, Sharmandaman muna elda, Endi qoldim g‘ayridinda, Xudo deb yig‘lay har kunda, Umrim o‘tsin islom dinda. Kelmadi bobomning uli, Ne bo‘ladi ko‘rgan kuni, Yig‘lay bering, qirqin qizlar, Quridi Barchinning sho‘ri. Xabar kelmasa elidan, Nimish kelar bunday kunda Mungliq sho‘rlining qo‘lidan. Bu so‘zni eshitib, Suksur kaniz Chilbir cho‘liga qaradi, Chilbir cho‘lidan otning dubiri keladi, Qorajon bilan Boychiborni ko‘radi, bu so‘zni Barchinga aytib turadi: o‘ng‘irot eldan bobong o‘g‘li kelibdi, To‘qson alp zo‘riga duchor bo‘libdi, Armon bilan bobong o‘g‘li o‘libdi, Mingan oti o‘lja bo‘lib qolibdi, To‘rangning otini dushman minibdi, Yig‘lay bergin, qiyomat kun bo‘libdi. Bek Alpomish o‘z yurtida turami, O‘lmasa otini dushman minami?! Mazmuni o‘libdi davlatli shunqor, Qalmoqning qo‘lida qopti Boychibor, Chibor minib kelayotir qalmoqlar, Bu yurishda to‘rang topibdi xatar, Xudo degin, yig‘lay bergin, mushtipar. Boychiborni Suksur kaniz ko‘radi, Ustida zingkiygan qalmoq balodi(r), Boychiborni juda qichab keladi, Bilmaymiz holimiz qanday bo‘ladi? Qo‘ng‘irot mulki bo‘lib qopti besoyib, Ayrilding turangdan chochingni yoyib, Yig‘lay ber, buvushim, endi sarg‘ayib. Nima bo‘lsa bitta qalmoq keladi, Bunda kelsa bilganiday qiladi, Qirqin qizlar bunda chuvlab qoladi, Zo‘rlik bilan seni kelib oladi, Endi bizga qiyomat kun bo‘ladi. Qirqin qizlar bari chiqib qaradi, Kelayotgan bu qalmoqni ko‘radi. Hammasi chuvullab hayron bo‘ladi, Barchinoyni bul o‘rtaga oladi, Qo‘l ko‘tarib duo qilib turadi. Bu so‘zni Suksur kanizdan eshitib, Barchin ham bir so‘z deb turgan ekan: Har narsani ayta berma so‘zinga, Do‘stu dushman ko‘rinar-da ko‘zinga, Iloyim qum quyilsin og‘zinga. Bu so‘zdaytib Barchin suluv turadi, Japsar yorib Chilbir cho‘lga qaradi, Boychiborman Qorajonni ko‘radi, Ko‘p pushaymon qilib oyim jiladi. Endi mening shirin jonim kerakmas, Molu mulku xonu monim kerakmas, Fasli bahor – gulistonim kerakmas, Endi mening shirin jonim kerakmas. Ko‘rolmadim Boysin-Qo‘ng‘irot xonini, Olsin egam bergan shirin jonini. Biy bobomning mulki bo‘ldi besoyib, Yig‘laydi Barchinoy chochini yoyib, Kanizlarman birga turib sarg‘ayib. Xazon urib borning guli so‘lgandir, Ajal yetib paymonasi to‘lgandir, Meni izlab bobom o‘g‘li o‘lgandir, Karindoshi bul bexabar qolgandir, Qo‘ng‘irot eldan mening uchun kelgandir, Bul alplarga kelib duchor bo‘lgandir, Bu qalmoqlar qilganicha qilgandir, Badbaxtning zulmida to‘ram o‘lgandir. Bu so‘zni aytib oyim yig‘lab turgandi, Boshida bo‘lmadim kelgan polvondi, Otalari bexabar bo‘p qolgandi, Bu badbaxtlar qanday azob bergandi. Xudo deb yig‘ladim men ham mug‘oyib, Turamning o‘ligi bo‘ldi besoyib. Uzoq yo‘lda mehnat qilib yurgandi, Hiylaman qalmoqlar ishni qilgandi, Qo‘rolmadim g‘arib o‘lgan polvondi. Bu so‘zni aytib turib edi, Qorajon ham jovchi bo‘lib borib qoldi. Murtini burab, uzangiga oyog‘ini tirab, baxmal uyga qarab, Boysarini so‘rab, bir so‘z aytib turgan ekan: G‘amli qullar o‘ylaydigan o‘ydami, Davlatmandlar gurgumali to‘ydami, Alp qiz bor Boysariboy uydami? Savlat bilan men sallamni o‘rayman, Nazar solib bul ellarga qarayman, Alp qizi bor Boysarini so‘rayman, Yurt orasi Boysariboy uydami? Shovqimga irg‘iydi arabi tulpor, Bir nechalar yurishimdan bexabar, Bo‘lib keldim men ham xonga xizmatkor, Alp qizi bor Boysarida ishim bor. Boysari mazgilin kelib ko‘raman, Yo‘liqsa ishimni aytib beraman. Yod etib yig‘layman qodir xudoydi, Bunda kelib ko‘rdim bul mazgil-joydi. Alp Qorajon Boysarini so‘raydi, Har tarafda turgan xalklar qaraydi, Qorajon qoshiga hech kim kelmaydi, So‘ziga hech odam javob bermaydi, Ne ishda yurganin hech kim bilmaydi, Ul haytovur Boysarini so‘raydi. Bizga keldi deb qizlar yig‘laydi, Qorajonning ko‘nglidagin bilmaydi. Alp Qorajon o‘z ishini biladi, Ko‘nglida shumlik yo‘q, to‘g‘ri keladi, Jovchi bo‘lgan, Boysarini so‘radi. Ko‘rganlar ko‘ngliga shumlik oladi: «Bul bir yomon o‘yda kelgan balodi», Hamma bundan hadik olib qoladi, So‘ziga Barchinoy javob beradi. Bu so‘zni Barchindan eshitib, Qorajon aytdi: – Bul o‘yni sen o‘ng‘ay topding, ayollik qilib, men shuni deyman, deb Alpomishning etagidan ushlab o‘tirganda, hodisa ishlar paydo bo‘lar edi. Bul ishing binoyi bo‘ldi, – deb Qorajon otlanib borayotib edi, bir kam to‘qson alp kelayotib edi, Qorajonning oldidan chiqib qoldi. To‘qson alpning zo‘ri Ko‘kaldosh turib aytdi: – Qorajon, qayoqdan kelayapsan? Qorajon aytdi: – O‘zbakning qizinikidan kelayapman. – O‘zbakning qizining muhlati bitdi, uchradingmi, nima javob aytdi? – O‘zbakning qiziga uchrab kelayotirman. O‘zbakning qizining aytgan so‘zi shul bo‘ldi: «Poyga qilaman, otini o‘zdirganga tegaman; kurashda alplarning barini yiqqanga tegaman; yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga tegaman; ming qadimdan tanga-pulni urgan qirag‘ay merganga tegaman», – dedi. Bu so‘zni eshitib, Ko‘kaldosh alp aytdi: – O‘zbakning qizining ko‘ngli menda, poyga bo‘lsa, o‘zib kelmok Ko‘kdo‘nonning tani; kurash bo‘lsa, to‘qson alpning birini qo‘ymasdan yiqmoq faqirning tani; yoy tortishganda ham yoyim sinmay qoladi; ming qadimdan tanga-pulni depti, besh yuz qadamdan tanga-pulni uraman, ming qadimga borgan so‘ng, chog‘lab qo‘yib yuboraman, bu yog‘ini mujmaltob qilib olaman. Sen bu ostingdagi olachani qayoqdan olding? – dedi. – Qo‘ng‘irotdan Alpomish degan do‘stimiz kelgan ekan, bul shuning oti. – Alpomish keldimi? – Keldi, – dedi. – Shul yurtlardan shul otini minib, xotin olib ketaman deb ahmoq bo‘lib yururmi?– Shul otni minib kelgan ekan, – dedi. Qorajonga qarab, Barchinning aytgan so‘zi: O‘lja qilib minib kepsan chovkar ko‘k, G‘ariblikda minganlarga ko‘ngil to‘q, So‘raganing Boysariboy uyda yo‘q. G‘amli qullar o‘ylaydigan o‘ydadir, Davlatmandlar yaxshi mazgil-joydadir, Mening otam cho‘ponlarman qo‘ydadir. Ustima kiyganim kimxob ko‘k edi, Senga o‘lja bo‘lgan Hakimbek edi, Suragan Boysaring uyda yo‘q edi. Kalma shahodat musurmonning tiliga, Bizlar qoldik ayroliqning hiliga, Otam ketgan Boysin-Qo‘ng‘irot eliga, Qaytgan bo‘lsa uch oychilik yo‘liga, Musofirmiz bizlar qalmoq qo‘liga. Otam oltoychilik yo‘lga borgandir, O‘z elida qarindoshin ko‘rgandir, Beparvo bo‘p otam unda yurgandir, Barchinoy so‘zingga javob bergandir. Senday qalmoq bir shumlik qip keladi, Juda bizga qattiq ishlar qiladi, Men biluvda ot egasi o‘ladi. Senday qalmoq boy otamni so‘radi, Uch oydan kay otam bunda keladi, Uch oygacha, qalmoq, halak bo‘lmagin, Muhlatim bitdi deb qichov qilmagin, To‘qson kundan beri sen bo‘l kelmagin, Keta bergin, kelgan yo‘ldan qolmagin, Ko‘p yashagin, ko‘p yilgacha o‘lmagin, Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin, Sen bizlarga biror zalal qilmagin, Boy otam kelgancha bunda turmagin. Hiylaman Boysarini so‘rab turibsan, Bir kuni Boysari otam kelar-da?! Barchin bul so‘zni Qorajonning ko‘nglida bir shumligi bor, yomon o‘yda kelgan, tag‘i bir uch oy muhlat olib ko‘raman-da, – deb, aytayotgan edi. Barchinning ko‘nglidagi gapni Qorajon bilmay aytdi: – Bizga otang bo‘lmasa ham mayli, biz o‘zing bilan gapirisha beramiz, biz ahmoq bo‘lib, yo‘l changitib damba-dam kelib yurmaymiz. Sen tegadigan bo‘lsang, u oladigan bo‘lsa, shul bo‘ladi. Bekoriga nimaga keladi, deb, «Jovchilikning sha’ni shul, bira-to‘la bitirib ketaman», – deb Barchinga bir so‘z aytib turgan ekan: Ostimda bedovim o‘ynar yuz alvon, Olmos po‘lat belda, egnimda qalqon, Bu davlatni menga bergandir rahmon, Jovchi bo‘lib senga keldi Qorajon. Ustingga kiyganing gulgun qirmizi, So‘zimni anglagin o‘zbakning qizi. Quloq solib turdi Barchinning o‘zi, Atrofida turgan qancha kanizi. Biznikida yotir davlatli shunkor, Do‘stimning otidir muna Boychibor, Do‘stim uchun bo‘lib keldim xizmatkor, Har na so‘zing bo‘lsa, bizga aytako‘r, So‘zingni opborar Qorajon nomdor, Jovchi bo‘lib aytgan so‘zim shul bo‘lar. Xayolingga boshqa gaplar kelmasin, Bir nechalar seni yo‘ldan urmasin, Kelishimni dushman qalmoq bilmasin, Meni qalmoq deb ko‘nglingga kelmasin. Hazil bilma Qorajonning tilini, Xohlaysanmi biy bobongning ulini? Har na deganingni aytib boraman, Qanday so‘z so‘zlasang, men ham bilaman, Hozir o‘zim yaxshi xizmat qilaman, Nima deb so‘rasang, javob beraman, Qanday desang, xonga aytib boraman. – O‘zbakning oti anday ekan, o‘zbakning qiziga burilmay qo‘ya qo‘y, – dedi. – Chiningni ayt, – dedi. Bu so‘zni eshitib, Ko‘kaldosh alpning achchig‘i kelib: – Mendan biron vaqtda sen jodirim bo‘lib, o‘zbakni ilgaridan ham ko‘rib, o‘zbakka yo‘liqib, siyosatga otimni ta’rif qil, deb senga uch-to‘rttanga bergan ekanda, choqdan biron narsa olib ta’rif qilding, – deb achchig‘i kelib, sinchining ikki ko‘zini o‘yib olib qo‘ydi. – Hamma vaqt o‘zbakning oti mening otimdan o‘zganda, sening ko‘zingning xunini beraman. Yuringlar, Alpomishning ustiga boramiz, – dedi. Qorajon ham qo‘shildi, to‘qson alp jam bo‘ldi. Hammasi yig‘ilib, to‘kilib, Alpomishning ustiga borib qoldi. Alpomish chodirda o‘tirib edi, shunday qaradi, har qalmoqlar kelayapti: kallasi kapaday, tanasi tepaday, butlari selanglab otning ostiga aymashib ketgan. Alpomish o‘tirgan yerida siyosat bilan qaradi. Bu so‘zni eshitib, Qorajonga qarab, Qorajonni sinab, bir so‘z aytib turgan ekan: Ustima kiyganim yashil ko‘k edi, O‘z elinda shohning g‘amin yeb edi, Qursin Alpomish, ko‘nglim yo‘q edi, Yaxshimasdir, qursin ko‘zi ko‘k edi, To‘qson alp ichinda ko‘zga bosganim, Rostin aytsam, Qorajonday bek edi. Davlatimdan adras, kimxob kiyaman, Haqdan kelgan ishga bo‘ynim iyaman, Alpning zo‘ri Qorajonga tiyaman. Bog‘bon bo‘lib qizil gulni teraman, Kanizim iyartib mudom yuraman, Qorajonbek bilan o‘ynab-kulaman, Rostin aytsam, birga vatan qilaman, Alp Qorajon bilan davron suraman, Qorajonga tegsam deyman yuraman. Alplarning sardori Qorajon nomdor, Bo‘lakning zo‘rligi bu yerda bekor, Olsa Qorajonda endi ixtiyor, Sening ham o‘zingda mening ko‘nglim bor. Bo‘lak odamlarni nima qilayin, Mudom men ham sening bilan bo‘layin. Meni boshqalarga o‘nglab turmagin, Har kimni sen menga duchor qilmagin, Mening ko‘nglim senda, ko‘ngling bo‘lmagin. Ikkovimiz birga-birga yuramiz, Bunda turib vatan-ro‘zg‘or qilamiz, Bu dunyoni shunday bo‘lib ko‘ramiz, Bolali-chaqali bo‘lib qolamiz, Qorajonbek, sizni ixtiyor qilamiz, Birga borib mazgilingni ko‘ramiz, Kanizlarni biz xizmatga solamiz, Gapim shuldir, sizi bilan bo‘lamiz. Bu so‘zni Barchindan eshitib, Qorajon aytdi: – Sen meni qo‘ygin, bunday qilma, insofga kelgin, mehnat tortib Alpomish kepti, qanday bo‘lsa, quruq qolmasin, shunga tekkin. Agar sening ko‘ngling sidqi qalmoqda, qalmoqlarning mendan boshqa bir kam to‘qson alpi bor, shularning biriga tekkin, sen meni qo‘ygin, bo‘lmasa, boqib yurgan sabilingni boshingga qalpoq qilib kiygin, – deb xayoli qochib, nash’asi uchib, otning boshini burib, yo‘lga kirib, o‘zavonida kalma aytib jo‘nay berdi. Buning chini bilan usurmon bo‘lganini Barchin bilib, Qorajonga qarab, bir so‘z deb turgan ekan: Ko‘zima ko‘rinmas balandman dasti, Bir nechuk so‘zlarning tegar shikasti, Hazillab aytaman, turamning do‘sti, Shundayin yigitning bormikan esi, Mundayg‘achok ahmoq bo‘lgani nesi, Bog‘onag‘i so‘zimni aytmang turama. Ko‘ngiliga og‘ir olib qolmasin, Men sho‘rlidan ko‘ngli cho‘chib yurmasin, Nima bo‘lsa bu so‘zimni bilmasin, Siz eshiting menday oyim nolishini, Berman buring Boychiborning boshini, Bilolmadim men beklarning ishini. Men ham sizga yaxshi xizmat qilayin, Turam kepti, bilib xursand bo‘layin, Beri keling yurishini so‘rayin, Toza bilib vaqtim xushlab turayin. Necha vaqtlar bizlar bo‘ldik intizor, Bilmasdan so‘ylagan so‘zlarim bekor, Qorajonbek, sizga aytar arzim bor, Otingni ushlasin qirqin kanizlar, Ot boshini buring sizday zo‘rabor, Chaqirganda sening kelmog‘ing darkor, Behuda qolmasin menday gajakdor. Kayqubod aytdi: – Hazrat Joltong chin qo‘llaydigan bo‘lsa, birov bir rabotda ikki bo‘rdoqi xo‘kiz boqib yotir. Bu so‘zlarni aytib, Kayqubodning o‘g‘rilikka ketib borayotgan yeri: Kuni bilan Kayqubod uxlab yotadi, Nomozshom-govgumda o‘rnidan turib, Kayqubod o‘g‘rilikka jo‘nab ketadi. Har tarafga shunday bo‘ylab qaradi, Juda chakqon bo‘lib ketib boradi, Kuchuklarga bildirmayin yuradi, O‘zi ko‘rib qo‘ygan bitta rabotni, Qorong‘ida shuni cho‘tlab boradi. Bemahalda u rabotga yetadi, Egasi bo‘rdoqi boqib yotadi. Bo‘rdoqi xo‘nkizi boyqish ko‘rgandir, Shu xo‘kizni urlamoqchi bo‘lgandir, Shuytib bul Kayqubod borlab yurgandir, Ichkari kirolmay sarson bo‘lgandir, Bir tarafda bir qorani ko‘rgandir, Devorga yopish bo‘lib pisib borgandir, Ul qoraygan nuri to‘da bilgandir, Bu nuridan tomga chiqib olgandir, Tom ustinda er Kayqubod turgandir, Hovlining egasi bilmay qolgandir. Nomoz vaqti chiqib, o‘z boshini qutqarib, zindonning boshiga borib qoldi. Alpomish ko‘rib: – A, qaytding, qaynim? – dedi. Bu so‘zni eshitib, Qorajon zingkiyib burilib keldi. Barchin otning jilovidan ushlab, ko‘nglini xushlab, Qorajonni mehmon qila boshlab, ostiga libos tashlab, ziyofatga bir qo‘yni so‘ydi, go‘shtni osib, sho‘rvasiga ham to‘ydi. Go‘shtini pishirib, korsonga solib, Qorajonning oldiga olib kelib qo‘ydi. To‘qlining go‘shtini chaynab, suyagini purkib yuborib, Qorajon ham qayqayib o‘tira berdi. Qorajon turib aytdi: – Qani, Barchin, Alpomish bo‘lsa keldi, alplarning muhlati bo‘lsa bitib qoldi, sen nima javob aytasan? Barchin aytdi: – Alpomish kelsa, kepti-da, Alpomish keldi, deb men Alpomishning etagidan ushlab keta berayinmi? Bul alplar ham umid bilan olti oyga, muhlat bergan. Har kim maydonga ot soladi, otini o‘zdirgan odam oladi. Har kimning o‘z ko‘ngli o‘zidan qoladi. Mening to‘rt shartim bor, shul to‘rt shartimni qilgan kishiga tegaman. Xohi Alpomish qilib olsin, xohi qalmoqlarning biri qilib olsin, shul so‘zimni xon to‘ramga aytib bor, – deb bir so‘z aytib to‘rgan ekan: Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi, Botirni ingratar nayza yarasi, Kelgan bo‘lsa Qo‘ng‘irot elning to‘rasi, Qirq kunlik yo‘l Boboxonning orasi, Boboxon tog‘idan poyga qilaman. Ko‘zdan yoshin munchoq-munchoq tizdirsa, Qo‘shqanotning quyrug‘ini so‘zdirsa, Boboxondan poyga qilib o‘zdirsa, Oti ildam boybachchaga tegaman. Mendayin oyimning holin bilganga, Osha yurtdan mehnat tortib kelganga, Dushmanlarga qora kunni solganga, Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga, Men tegaman shul yoyandoz polvonga. Mendayin oyimning holin bilganga, Meni izlab osha eldan kelganga, G‘anim ko‘rsa qiyomat kun solganga, Osha yurtdan izlab halak bo‘lganga, Ming qadimdan(qadam) tanga-pulni urganga, Men tegaman shul qirag‘ay merganga. Savash bo‘lsa, bul shubanib chiqqanga, Kurash qilib to‘qson alpni yiqqanga, Men tegaman nor bilakli polvonga, Shul so‘zimni aytib borgin to‘ramga, Zog‘ ham bo‘lsa qo‘na bersin gulshanga, Bab-barobar qildim yaxshi-yomonga, Men tegaman to‘rt shartimni qilganga. Aytib borgin izlab kelgan sultonga, Otin toblab kira bersin maydonga, Xabar bergin bari qalmoq dushmanga, Talab qilsa bari kelsin maydonga, Hech qaysi ham qolmasin-da armonda. To‘rttasi borib, Ultonbekka arz qilib, Barchin bilan «Qultoy»ni aytishtirsak, deb so‘radi. Ultontoz: – Aytdira beringlar, – deb javob berdi. Bular kelib «Qultoyni» o‘rnidan turg‘izib: – Siz juda balo ekansiz, mana keliningiz bilan aytishing, – deb odamlar Barchinga to‘g‘rilab qo‘ydi:Barchin bilan «Qultoy»ning o‘lan aytishib turgan yeri: «Qultoy»: Tog‘da andiz, yor-yor, Suvda qunduz, yor-yor, Ol o‘lanni, yubordi Qaynag‘angiz, yor-yor. Barchin kelin, yor-yor, To‘qinganing gilamdir, Qarchin kelin, yor-yor, Tikib bergan belbog‘ing Ado bo‘ldi, yor-yor, Belbog‘likka yaraymi Charchin kelin, yor-yor. Barchin: O‘lan aytib bandi bo‘g‘nim bo‘shatma-chi, yor-yor, Sog‘ suyagim joy-joyidan shovshatma-chi, yor-yor, Dovushingni alpima o‘xshatma-chi, yor-yor. «Qultoy»: Ayol degan bunday ahmoq bo‘lamikan, yor-yor, O‘lgan odam tirilib kelamikan, yor-yor. Barchin: Xazon bo‘lsa bog‘da gullar so‘lar deyman, yor-yor, So‘lgan gulga bulbul kelib qo‘nar deyman, yor-yor, O‘lgan alpim tirilib kelar deyman, yor-yor, Yodigorjon otali bo‘lar deyman, yor-yor. «Qultoy»: Davlatingdan kimxob-adras kiyding, yor-yor, Haqdan kelgan ishlarga bo‘yning eyding, yor-yor, O‘lib ketgan alpingdan umiding bo‘lsa, yor-yor, Ultontozday qullarga nega teyding, yor-yor. Barchin: Davlatimdan adras-kimxob kiyolmadim, yor-yor, Haqdan kelgan ishga bo‘ynim eyolmadim, yor-yor, Tegmay ketkur bu boshim qaydan tegdim, yor-yor, Yodigorni o‘limga qiyolmadim, yor-yor. «Qultoy»: Muna elda davlatli deb suyag‘oyg‘in, yor-yor, Ultontozday qayiningga teyag‘oyg‘in, yor-yor. Otni ta’rif qilib, chini shul, deb bir so‘z aytib turgan ekan: Yilqichinda o‘zi kelgan sinlidir, To‘bishqon tuyoqli, marol bellidir, Arosat kuninda ajab hollidir, Qimmat baho ekan o‘zbakning oti. Minganlarning haqdin yetar maqsadi, Qo‘ltig‘ida to‘rt yarim gaz qanoti, Asil tulpor ekan o‘zbakning oti. O‘zi shunday kelgan ekan chovkar ko‘k, Quyrug‘idan berisinda kiri yo‘q, Qanday bo‘lsa minganlarga ko‘ngil to‘q, Men bilaman ildamlikda mini yo‘q. Qimtisa o‘tadi osmonda qushdan, Beliga yarashgan kark qubba pushtan, Hech kamlik bo‘lmasa yurg‘a yurishdan, Umid qilma oy Barchinday buvushdan, Asil tulpor ekan o‘zbakning oti, Buni mingan Qo‘ng‘irotlarning bekzoti. O‘n ikki oy sen otingni bektirsang, Yo‘l-yo‘lakay yo‘lga gulmix to‘ktirsang, Avaylab o‘zadi o‘zbakning oti. Bedov minib, ot abzaling shaylasang, Poyga qilib ko‘p shumlikni o‘ylasang, Poyganing boshida tortib boylasang, O‘n besh kun ilgari berman haydasang, Bo‘shalsa o‘zadi o‘zbakning oti. Avval quloq solgin aytgan tillara, Senga taqdir qilmas Barchin gullara, Chopa bersang oltoychilik yo‘llara, Ingransa o‘zadi o‘zbakning oti. Qalmoq elda ot bo‘lmaydi barobar, Umid uzib keta bergin qalmoqlar. O‘zbakning qizi deb halak bo‘lasan, Oting o‘zolmasa nima qilasan? Bir o‘zbakdan izza bo‘lib qolasan, Behuda urinib ahmoq bo‘lasan, Bul ot nazarkarda, toza bilasan. Qayerdan chopishsang, avval keladi, Teng bo‘laman degan otlar o‘ladi, Barchinoyni o‘zbak oti oladi, Boshqa ot minganlar halak bo‘ladi. O‘rlashganman ne ishni qiladi, Foydasi yo‘q, g‘arillashib yuradi, Bekorga o‘zini ahmoq qiladi, Bari gap maynaga(miya) yig‘ilib keladi, Asil tulpor bunda paydo bo‘ladi. Bir kam to‘qson alp otdan tapa-tappa tashlab, qo‘l qovushtirib ta’zim qildi; aqli shoshib qoldi, tabgiridan adashib, Ko‘kaldosh alp Ko‘kdo‘nonning ustida bir o‘zi qoldi, Alpomishga qarab, bir so‘z aytib turdi: Gap eshit, o‘zbak, tilimdan, Qolmagin kelgan yo‘lingdan, Umiding uzgil joningdan, Umid qilmagin yoringdan, Ayrilma kirdikoringdan, Nima ish kelar qo‘lingdan?! So‘z aytadi menday alplar, Menga bo‘lmaysan barobar, Bul xotinimda nimang bor, Ket endi senday bachchag‘ar. Tor boshini chalar tuman, Changalima bo‘lsang duchor, O‘zbak, qutulmog‘ing gumon. Ustingga otlar solarman, Yer bilan yakson qilarman, O‘zbak qizini olarman, Bilganimdayin qilarman. Hazil bilib turma meni, Kim ahmoq qip yubordi seni? Kelganing qalmoq mazgili. Ket, o‘zbak, tayin o‘lasan, Tur yo‘qol, nima qilasan. Ko‘kaldosh deydilar meni, Ko‘p sarson qilarman seni, Menga ma’lum qizning holi. Olsam deb umiding bordi(r), Hazil bilma qalmoqlardi, Bu gapimni anglab bilsang, Barchinoyning ko‘ngli bordi(r). Necha marta savol qilgan, Tegaman deb va’da bergan, O‘zbak qizin olmoq bo‘lgan, Bilgin bul Ko‘kaldosh bo‘lgan.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiAlpomish
Muallif(lar)i Aytuvchi: Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li 1872 , Yozib oluvchi: Mahmud Zaripov 1880
Yaratilgan vaqti01.03.1958
Nashr yili2018
Nashr parametri
NashriyotiFan
Qo‘llanish sohasi adabiyotshunoslik
Adabiy turiLiro-epik
Janridoston
Voqea vaqti va joyi2500 yil oldin
Matn tipiqahramonlik
Uslubi Badiiy
Auditoriya yoshiUmumiy
Auditoriyaning salohiyat darajasitarix
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiUmir Safarov