Kontekst:
Qancha yugursam-elsam ham tezlikda biron hujra qo‘lga kirmadi. O‘sha paytlarda bir do‘stim menga maslahat yo‘li bilan: Qori «Ishkamba» degan bir odam bor, u bir necha zarxarid hujraga egadir. Agar undan so‘rasang, vaqtincha turmoq uchun o‘z hujralaridan birini senga berar, dedi. Do‘stimning bu maslahati mening diqqatimni u odamning menga hujra berishi yo bermasligidan ko‘ra ko‘proq uning nomi tomoniga tortdi: Qori-Ishkamba?! Haqiqatan, qiziq bir nom, hayvonlarning oshqozonini «ishkamba» deydilar. Qanday munosabat bilan, odamga «Ishkamba» nomi berganlar? Bu taajjubimni u do‘stimga aytib, undan izoh so‘radim. Do‘stim tushuntirib berdi: U odamning nomi Qori Ismat. Ammo ba’zilar «Qori Ismati Ishkam», ba’zilar «Qori Ismati Ishkamba» va ba’zi birlar qisqartirib «Qori-Ishkamba» deydilar. Buning sababini bilmayman. Lekin ajab emaski, u odamning qorni juda katta bo‘lganligidan shu laqabni uning nomiga qo‘shgan bo‘lsalar-u, bora-bora, laqab nom o‘rniga o‘tib qolgan bo‘lsa. Xalq «Ishkamba» laqabiga loyiq ko‘rgan odamdan biror yaxshilik umid qilib bo‘lmasa ham, dedim do‘stimga, siz meni u bilan tanishtiring, men undan «bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa g‘ovlab ketar» qabilida bir hujra so‘rab ko‘raman. Bersa-ku, juda yaxshi, bermasa ham zarari yo‘q, ammo «Ishkamba-odam»ning qanday maxluq ekanini bir ko‘rib qolay. O‘zim u bilan shaxsan tanish emasmanki, seni tanishtirsam, dedi do‘stim, faqat duch kelgan vaqtda ko‘cha-ko‘yda senga ko‘rsata olaman, undan keyin o‘zing yo‘lini topib tanishib olasan. Men rozi bo‘ldim. Men uning faqat orqasidan ko‘rib qoldim afti basharasiga ko‘zim tushmadi. Unday bo‘lsa men shu yerda qolaman, agar o‘nqovi kelsa tanishib, hujra so‘rayman, bo‘lmasa aftini tanib olib, kelajak uchun yo‘l hozirlayman, deb do‘stimdan ajraldim. Men Qori-Ishkamba kirgan sartaroshxonaning oldiga borib, supachada o‘tirdim va o‘ziga bildirmasdan uni ko‘zdan kechira boshladim. U o‘rta bo‘yli, qorni katta, semiz, bo‘yni kalta va yo‘g‘on, boshi ham katta va sergo‘sht bir odam edi, bo‘ynining yo‘g‘onligi va yuzining sergo‘shtligi shu darajada ediki, uning gavdasi suv to‘ldiriltan meshday tekis ko‘rinar edi. Agar uning qalin soqoli va sochi olinib, kiyimlari ham yechilib tashlansa, nortuyaning oshqozoniga o‘xshab qolar edi, faqat farqi shundaki, bu tuyanint oshqozonidan kattaroq va tusi ham qizg‘ishroq bo‘lib, oyu kuni to‘lgan semiz, tullagan keksa bo‘g‘oz cho‘chqaning xuddi o‘zi bo‘lib qolar edi. Bunday qiyofani ko‘rgan hamon meiing ko‘nglimga, «Ajab emaski, xalq bu odamning qorni kattaligi uchun emas, balki gavdasining yum-yumaloqligi uchun unga «Ishkamba» laqabini munosib ko‘rgan bo‘lsa», degan fikr keldi. Durust, bu odamning qorni boshqa odamlarning qorinlaridan ko‘ra juda katta edi, lekin gavdasining boshqa joylari, hatto bo‘yni va yuzlari ham shunday yo‘g‘on va semiz ediki, uning a’zoyi badani shu katta qorin bilan tep-tekis bo‘lib ketgan edi. Soch oldirish navbati Qori-Ishkambaga yetdi. Sartarosh ustarasini qayrab turib: Qani, bu yerga marhamat qiling, deb unga oynaning oldidagi kursini ko‘rsatdi. Qori-Ishkamba gavdasining og‘irligidanmi yo biron kasalligi sababidanmi, zo‘rg‘a o‘rnidan turdi. Lekin yuzining yaltirab, qizarib turganidan, uning semizlikdan boshqa kasali yo‘qligi bilinar edi. U o‘rnidan turib, uzoq esnagandan keyin ikki qo‘llab sallasini boshidan oldi va sartaroshxonaning devoridagi lungilar osilgan qoziqqa ilib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Lekin sartarosh bunga yo‘l qo‘ymadi va chaqqonlik bilan qo‘lidagi ustara va qayroqni oyna oldidagi javon ustiga qo‘ydi-da;sallani ikki qo‘llab Qori-Ishkambaning qo‘lidan ola turib: Sallangiz shunday katta va og‘irki, agar u yerga ilsangiz, qoziq sinib, lungilar yerga tushib, tuproqqa belangan bo‘lur edi, dedi va sallani supacha ustiga qo‘ydi. Xayriyatki, dedi Qori-Ishkamba, lungilaringiz tufayli mening sallamni ham tuproqqa belanishdan qutqardingiz, bo‘lmasa besh misqol sovunga kuygan bo‘lar edim. Sizning sallangiz tuproqqa tushsa hech bir zararlanmas edi, dedi sartarosh, ko‘pdan beri jomashov yuzini ko‘rmagan bo‘lsa kerakki, tuproqdan ham farqsizroq holga kelgan. Xaqiqatan ham, Qori-Ishkambaning sallasi pechlariga qozon sochiq qistirib o‘ragandek, parcha-parcha qora dog‘lar ko‘rinar edi. Men o‘ylardim: «Bir salla qancha katta va qanday og‘ir bo‘lsa ham, qoziqni sindirolmasligi aniq». Buni sartarosh ham yaxshi bilar edi; ammo uning sallani qoziqqa ildirmaslikdan maqsadi, uning kirini lungilarga yuqtirmaslik edi. Bunday katta sallani haftada bir jomashovga solish mumkin emas, dedi Qori-Ishkamba, u holda sovunning uyi kuyadi. Nega bo‘lmasa kichikroq qilmaysiz? Qichikroq bo‘lsa-ku, doka ham ozroq ketadi, sovun ham ko‘p sarf bo‘lmaydi, dedi sartarosh. Bu sallam yirtish oluvchi salla, dedi Qori-Ishkamba javobida, buni boshimga o‘rab mozorboshida, o‘liklarni ko‘mayotgan chog‘da hozir bo‘lsam boshqa odamlarga bir gazdan yirtish berayotgan bo‘lsalar, menga ikki gaz beradilar. Sartarosh gapira-gapira ustarani qayrab oldi. Ustara bilan o‘z bilagidagi junlarii taroshlab, o‘tkirligini sinab ko‘rgandan keyin, Qori-Ishkambaning bo‘yniga lungini o‘rab yana gapira boshladi: Sizni tanimaganlar albatta janozalariga xabar qilmaydilar, taniydiganlar bo‘lsa xoh sallangiz katta bo‘lsin, xoh kichik bo‘lsin, sizga munosib ko‘rilgan o‘lchamda yirtish beradilar. Buning uchun sallani katta qilib, dokani nobud qilish nega kerak? Siz sodda ekansiz, dedi Qori-Ishkamba, agar, meni janozalariga xabar qiladigan o‘liklarning yirtishlariga qarab tursam, soch oldirish pulini qayerdan topaman? Men kunda peshin namozi vaqtida Devonbegi xonaqohining sahnida hozir bo‘laman. Janoza o‘qish uchun u yerga keltirilgan har bir o‘likning (tanish bo‘lsin, bo‘lmasin) «xudoyi» janozasini o‘qib, uning orqasidan qabristongacha boraman va nasibaga yarasha yirtish olib qaytaman. Agar o‘lik egalari meni tanimasalar yana ham yaxshiroq, u vaqtda sallamning kattaligiga qarab kattaroq yirtish beradilar. Siz soch oldirish uchun ortiqcha pul ham to‘lamaysiz-ku, uning tashvishini chekib nima qilasiz? dedi sartarosh bir kaft suvni Qori-Ishkambaning boshiga quyib, sochlarini ishqalab turgani holda, boshqa odamlar hafta-o‘n kunda soch oldirib tursalar, siz ikki oyda bir marta soch oldirasiz, ustara haqini ham boshqalar beradiganning yarmisicha berib qochasiz. Qori-Ishkamba bir oz zarda qilib, boshini sartaroshning qo‘li ostidan tortdi va bo‘yini cho‘zib, boshini ko‘tarib, ko‘zini sartaroshning yuziga tikib, dedi: Men xoh haftada bir marta soch oldiray, xoh ikki oyda bir, buning sizga hech bir aloqasi yo‘q. Mening sochim xoh o‘sib ketgan bo‘lsin, xoh o‘smagan bo‘lsin, siz bir marta ustara urasiz, uzun soch uchun ikki marta ustara ishlatmaysizki, mehnatingiz ortiq sarf bo‘lsa, Agar men soch oldirish haqini boshqalardan ko‘ra kamroq bersam, bu to‘g‘rida shikoyat qylishga haqingiz yo‘q, chunki o‘zingiz ko‘rib turibsizki, boshimning yarmisi sochsizdir va siz u yerga hech bir ustara urmaysiz. Men Qori-Ishkambaning keyingi so‘zlaridan ogohlanib, uning boshiga qaradim, darhaqiqat boshining tepasi sochsiz va terisi burma-burma bo‘lib, qotib qolgan ekan. Sartarosh Qori-Ishkambaning buzilgan kayfini tarqatish uchun bo‘lsa kerak uzr ohangi bilan: Men hazil qildim, Qori amaki, dedi, xoh ko‘p haq bering, xoh oz, sizning pulingiz tabarruk. Ikki boshdan men boy bo‘lmayman, qaysi sartarosh yo kosib boy bo‘lganki, men boy bo‘lar edim. Boylik, qashshoqlik xudodan, dedi Qori-Ishkamba ishontiruvchi bir ohang bilan, lekin uning masxaralab, iljayib turishidan o‘zining haligi so‘ziga ishonmaganligi bilinib turardi. Sartarosh Qori-Ishkambaning sochini olib bo‘ldi, lungini uning bo‘ynidan olib, bir chekkada turgan quti ustiga olib borib qoqdi. Lungini sochlardan tozalab, qayta boshdan Qorining bo‘yniga o‘rab, uning boshiga suv quymoqchi bo‘lganida: Kerakmas, dedi Qori-Ishkamba, mo‘ylovimni qaychilasangiz bas, boshning kirini tozalattirishga fursatim yo‘q. Nega? Biron janozaning vaqti yaqinlashdimiki, muncha shoshilasiz? Janoza uchrasa soat o‘n ikkilarda xonaqoh sahnida uchraydi, dedi Qori va sartaroshxonaning devorida osilgan soatga qarab, yana dedi: Hali soat o‘n, boshqa zarur ishim bor. Yana qanday zarur ish ekan u? deb so‘radi sartarosh. Shu vaqt banka xodimlarining choy ichish vaqtlari, agar bir oz kechiksam choydan qolaman. Men bu so‘z va bu hollarning hech biridan Qori-Ishkambaning qanday odam ekanligini aniqlay olmay qoldim. Men «Agar bu odam bir necha zarxarid hujraning egasi bo‘lsa, nega o‘zining tirikchiligini, hatto soch oldirish pulini tanimagan o‘liklarning yirtishi ustiga qo‘ygan, holbuki bunday ish, uysiz-joysiz, qo‘lidan hech bir ish kelmaydigan gadoylarning ishi. Agar haqiqatan bu odam uysiz-joysiz gadoyday bo‘lsa, nega o‘zini bank xodimlari bilan oshna ko‘rsatadi, hatto ularning tushlik payti ustiga yetib borishni zarur sanaydi? Har holda bu qiziq maxluq ko‘rinadi. Buni ta’qib qilib yaxshigina tanishib olishim kerak. Hujra so‘rash masalasi bunga bir bahona bo‘ladi.» derdim o‘z-o‘zimga. Sartarosh Qori-Ishkambaning mo‘ylovini qaychilab bo‘lgan hamon u o‘rnidan irg‘ib turdi va sallasini supachadan olib, boshiga qo‘ndirdi-da, sartaroshxonadan chiqdi. Qori amaki, soch oldirish puli nima bo‘ldi? deb sartarosh uning orqasidan tovush berganda, u qayrilib qaramasdan va qadamini sekinlatmasdan: Maydam yo‘q, yana soch oldirganda ikkisini bir qo‘shib beraman, deb tezroq yurib ketdi va bir nafasda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. III Ikkinchi kuni, men yana Qori-Ishkambani duch keltirib, iloji bo‘lsa, u bilan tanishish niyatida ko‘chaga chiqdim. Labi hovuzi Devonbegini aylanib xonaqohning janub tomonidan boshlanadigan bazzozlik rastasiga tushdim. Bazzozlik do‘konlari oldida o‘tirgan odamlarni bir-bir ko‘zdan kechirib, bu rastaning g‘arb tomondagi adog‘ida bo‘lgan Sesuvga[1] chiqdim-da, u yerdan shimol tomonga qarab boradigan rastaga burildim. Bu rasta chinni bozori bo‘lib, o‘rta belida sandiq saroyi va sandiq sotiladigan do‘konlar bor edi. Rastada hali o‘n qadam ham bosmagan edim, ko‘zim Qori-Ishkambaga tushdi. U bir chinnifurushning do‘koni supachasida oyog‘ini osiltirib o‘tirar edi. Men ham uning ro‘parasiga yaqinroq borib, eshigi yopiq bir do‘konning supachasiga o‘tirdim va sichqon poylagan mushukday ikki ko‘zimni uning tomoniga tikdim. Chinnifurushning oldida bir choynak choy bo‘lib, u choydan piyolaga quyib, navbat bilan bir daf’a o‘zi, bir daf’a Qori ichishar edilar. Shu vaqtda bir novvoy boshida bir savat, qo‘lida bir savat non bilan “suvi moy, uni shakar, issiq non. Ehtiyot bo‘l, qo‘ling kuyadi!” deb rastadan o‘ta berdi. Qori-Ishkamba novvoyni chaqirdi, novvoy uning oldiga borib, qo‘lidan savatni pastlatganda, u, ikki dona qip-qizil nonni tanlab oldi. Nonlarni sindirib chinnifurushning yelpig‘ichi ustiga tashladi va bir burdani og‘ziga tiqqandan keyin qo‘lini yon cho‘ntagiga soldi. Men uning bu ishidan juda taajjubda qoldim, uning bu ishi tunov kun sartaroshxonada ko‘rganim odamning ishlariga o‘xshamas edi: tunov kun u o‘zini, tirikchiligi o‘liklarning yirtishi ustiga qolgan isqirt bir odam qilib ko‘rsatgan edi, soch oldirish haqida boshining sochsiz joylariga hisoblab, oxiri haq bermasdan qochib ketgan edi: bugun bo‘lsa savdolashmasdan ikki nonni oldi, uni boshqa bir odamning do‘koni oldida sindirib, birgalashib yeyishi bilan bu kun, u, mening ko‘zimda «Hotami Toyi» bo‘lib ko‘rindi. Qori-Ishkamba cho‘ntagiga tiqqan qo‘lini olib boshqa cho‘ntagiga tiqdi. Bu orada tag‘in bir burda non olib lunjiga joyladi. Novvoy: «Tez bo‘ling, Qori amaki, meni uzating, nonim sovib, bozordan qolmasin», deb qistar edi. Qori-Ishkamba hamma cho‘ntaklarini axtarib bo‘lgandan keyin, chinnifurushga qarab: Uka, shu nonlarning pulini siz berib turing, cho‘ntagimda pulim yo‘q ekan, agar pulim yo‘qligini boshdan bilsaydim, nonlarni sindirmas edim, dedi va o‘zi xotirjam bo‘lib, ikki qo‘llab non yeyishga kirishdi. Chinnifurush manglayini burishtirib, bir nonga qaradi, bir Qoriga, oxiri novvoydan nonning narxini so‘ragandan keyin g‘aladonidan pul chiqarib, to‘lab yubordi. Ammo Qori-Ishkamba novvoyga ham, chinnifurushga ham qaramay ikki ko‘zini yonga tikkanicha lunjiga non burdalarini tiqmoqda edi. Faqat chinnifurush novvoyni uzatib, o‘z oldiga qo‘yib qo‘yilgan choyni ichayotganida Qori-Ishkamba unga qaramagani holda qo‘li bilan uni non yeyishga taklif qildi. Chinnifurush nondan bir burda olib yeb, qo‘lidagi piyolani bo‘shatguncha, Qori-Ishkamba sindirilgan nonlarni yeb tugatayozgan va yelpig‘ich ustidagi sindirilgan non kamaygan sari, Qori-Ishkambaning ishtahasi orta borardi. Oxiri shu darajaga yetdiki, chaynalmagan non bilan to‘lgan lunjini qimirlata olmaydigan, tomog‘idan non o‘tmaydigan va og‘zi gapirishga imkon topolmaydigan bo‘ldi. Qo‘li bilan chinnifurushga choynakni ko‘rsatib, ishorat bilan bir piyola choy quyib berishni suradi. Chinnifurush iljaygani holda piyolaga choy quyib, unga uzatdi. Qori-Ishkamba bir qo‘lini yelpig‘ich ustida qolgan eng oxirgi bir burda non ustiga qo‘ygani holda ikkinchi qo‘li bilan piyolani olib, bir ho‘plam choy ichdi. Shu bilan og‘zidagi nonlar yumshab, lunji bir oz bo‘shagan bo‘lsa kerakki, eng oxirgi non burdasini ham og‘ziga tiqdi va piyoladagi choyni xo‘rillatib ichgandan keyin, og‘zidagi nonlarni chaynay-chaynay o‘rnidan turib ketdi. Men ham uning orqasiga tushdim. Qori-Ishkamba yo‘l yurishda uncha shoshilmas edi, asta-asta qadam tashlab, ikki tomondagi do‘kon va do‘kondorlarni bir-bir ko‘zdan kechirar, ko‘zi ko‘ziga tushgan odamlar bilan «salom-alik» ham qilar edi. U bir necha qadam yurgandan keyin, sandiq saroyi, oldida bir sandiqfurush do‘konining supachasiga o‘tirdi. Sandiqfurushning o‘zi do‘konining ichkarirog‘ida o‘tirardi, oldiga hisob cho‘ti tik qo‘yilgan bo‘lib, labi pichirlar edi. Qori-Ishkamba o‘tirgani hamon yonboshlab, qo‘lini cho‘tning orqasiga uzatdi-da, u yerdan bir narsani olib og‘ziga tiqdi. Men sandiqfurush do‘konining yonida o‘tirarga joy topmadim, noiloj qolib, uzoqroqda bir bo‘sh joy topib o‘tirdim. Lekin u yerdan turib Qori-Ishkambaning ishlarini payqay olmas edim. Qori-Ishkamba sandiqfurush do‘konida ko‘p o‘tirdi, yeydigan narsani yeb bo‘lganidan keyin, o‘rnidan turib do‘ppi va shohi bozori bo‘lgan «timcha»ga kirdi. Bu «timcha» deb atalgan bozor chinnifurushlik rastasi bilan attorlik rastasi orasida ko‘ndalang bo‘lib, ikki rastani bir-biroviga tutashtiradigan usti yopiq torgina bir yo‘lakcha edi. Men timchadan ancha uzoqlikda o‘tirgan joyimdan turib, Qori-Ishkambaning orqasidan yetishmoq uchun darrov yo‘lga tushdim va timchaga kirib, unga yetib oldim. U ham bu gal bir oz tez yurar, ikki tomondagi do‘kon va do‘kondorlarga ko‘p qaramas edi. Faqat bora turib bir do‘ppifurushning do‘koni oldida to‘xtab qoldi. Tevarakda munosib o‘tirar joy bo‘lmaganidan, men ham o‘zimni xaridor ko‘rsatib, do‘ppifurush do‘konining oldida turdim. Qori-Ishkamba do‘ppifurush bilan salomlashgandan keyin, undan: Mening do‘ppilarimni sotdingizmi? deb so‘radi. Yo‘q, hali sotganim yo‘q, dedi do‘kondor. Sotgansizku-ya, lekin pulini bir necha kun ishlatmoqchisiz? deb Qori-Ishkamba do‘kondorning gapiga ishonmaganligini bildirdi. Qori amaki, siz odamga ishonmaydigan bir kishisiz, shunday degani holda do‘konlar orqasiga qayrilib qo‘lini rafchalarning biriga uzatdi va ustma-ust qo‘yilgan, bir dasta do‘ppini olib, Qori-Ishkambaga ko‘rsatdi: Shular sizning do‘ppilaringiz emasmi? Shular mening do‘ppilarim, dedi va qo‘shimcha qildi, boshda ham men sizning gapingizga ishongandim, faqat bir hazil qilgan edim-da, darrov achchig‘ingiz kelmasin. Nega achchig‘im kelsin? Sizning munaqa «hazil»laringizni endi eshitayotganim yo‘q-ku. Xo‘p, hazilni bir yoqqa qo‘yaylik, dedi Qori-Ishkamba, men bu kun pulga juda muhtojman. Bir ish qilib shu do‘ppilarning pulini, hech bo‘lmaganda yarmisini berib tursangiz, meni juda minnatdor qilgan bo‘lar edingiz. Shunday qiling, jon uka! Ilohi bolalaringizning to‘yini ko‘ring! Bu gapingiz hazil bo‘lsa ham yaxshi emas, chin bo‘lsa ham, dedi do‘ppifurush jiddiy bir ohang bilan. Nega? Shuning uchunki, dedi do‘ppifurush, siz mendan o‘z do‘ppilaringizni chakana narx bilan sotib berishni so‘ragan edingiz, agar men o‘z dastmoyamdan sizga bularning pulini avvaldan berib qo‘yib, keyin bitta-bitta sotib, u pulning o‘rnini to‘ldirsam, menga foyda bo‘lmaydigina emas, balki zarar bo‘ladi. Chunki sizning o‘zingiz har yuz tangangiz uchun mening o‘zimdan har oyda ikki yarim tanga foyda olasiz. Shunday bo‘la turib, «o‘z pulingdan menga berib tur», deysiz. Qori-Ishkamba, do‘ppifurushning bu gapiga javob topolmaganidan bo‘lsa kerak, o‘ylab qoldi va do‘ppifurush yana so‘zga kirishdi: Bo‘lmasa bir ish qilaylik na six kuysin, na kabob. Qanday ish? deb so‘radi Qori-Ishkamba. Siz o‘z do‘ppilaringizni ko‘tara narx bilan baholab menga soting, men ham bularning pulini sizga naqd to‘lay, undan keyin chakana narx bilan o‘z hisobimga bitta-bitta sotay, u holda menga ham bir narsa qoladi, siz ham pulingizni hozirdan olasiz, nima deysiz? Bunday savdo menga to‘g‘ri kelmaydi, u vaqtda : do‘ppilar pulining qariyb to‘rtdan biri qo‘limdan ketadi, dedi Qori-Ishkamba va ketmoqchi bo‘ldi. O‘tiring! Do‘ppilaringiz puli ustidan bitta choy damlay, dedi do‘ppifurush hazillashib. Rahmat, men hozir bankaga borib choy ichaman, dedi Qori va kulib qo‘shimcha qildi, mening do‘ppilarim pulidan bo‘ladigan choyga na sizning tishingiz o‘tadi, na o‘zimniki. Do‘ppifurush Qori-Ishkambaning bu gapiga kularkan, mendan: Sizga nima kerak? Qetarmon bo‘lib qadamini olg‘a bosgan Qori-Ishkamba mening bu gapimni eshitib, yo‘ldan qaytib to‘xtab qoldi va do‘ppifurushga qarab: Bu kishiga mening do‘ppilarimdan ko‘rsating! dedi. Do‘ppifurush Qori-Ishkambaning do‘ppilarini dastasi bilan mening qo‘limga berib: Mana bulardan birortasini tanlang! dedi. Men ham ularning orasidan bittasini ajratib; Mana shunisi qancha turadi? deb so‘radim. Besh tanga, dedi do‘ppifurush. Ikki tanga! dedim men do‘ppilarni dastasi bilan uning qo‘liga qaytarib berib. Insof qiling, uka, dedi Qori-Ishkamba menga qarab, bularning har biriga to‘rt tangalik masallik sarf bo‘lgan, aqalli o‘sha masalliqning pulini bering, tikish haqini sizga bag‘ishlasinlar, Bu kishi do‘ppi olmaydilar, dedi do‘kondor do‘ppilarni rafchaga qo‘ya turib, bekorga xomtama oo‘lmang. Qori-Ishkamba timchaning attorlik rastasiga o‘tiladigan tomondan chiqib, bir attorning do‘koni oldida to‘xtadi. Men ham do‘ppifurush do‘koni yonidagi tajribamni ishlatib, o‘zimni xaridor ko‘rsatib uning yoniga borib turdim. Qori-Ishkamba attor bilan salomlashgandan keyin unga: «avarasi» hisobidan bir tishlam gulqand bering, ishtahadan qolibman, dedi. Attor kulimsirab, oldidagi mis tosning qopqog‘ini ochdi va uning ichidan temir belcha bilan yong‘oqday gulqand uzib, Qoriga uzata turib dedi: Xayriyatki, ishtahadan qolgan ekansiz Qori aka, bo‘lmasa butun dunyoni yeb qo‘yar edingiz. Qori-Ishkamba belchani attorning qo‘lidan olib, uning uchidagi gulqandni tishi bilan uzib oldi va belchani attorga uzatib: «Avarasi» juda ham kichik bo‘lipti, tishlarimning kovagida yo‘qolib ketdi, dedi. Do‘konim kichkina, mollarimning bori bobo olib nabira sotadigan mollar, bu holda «avarasi» bundan katta bo‘lmaydi. Xo‘p, «avarasi» uchun bo‘lmasa xudo uchun yana bir tishlam bering, duo qilaman, dedi Qori-Ishkamba. Baxtga qarshi, cho‘ntagimda biron pul ham yo‘q ekan,qizarib-bo‘zarib attorga qarab: Hozir yonimda pulim yo‘q ekan, borib pul keltirib, so‘ngra olaman, dedim-da, tura solib u yerdan qochdim. Attorning do‘koni oldidan uzoqlashayotganimda ko‘zimning qiri tushdi: Qori-Ishkamba quyi labini! yuqori labi ustiga tortib, mening haqimda nimanidir ishorat bilan attorga anglatmoqda edi. Bugun ham mening «ovim» yurmadi. Yurmadigina emas, tuzoq oldiga kelgan «ov» hurkib qochgan edi, bundan buyon uning orqasidan tushish yo‘li men uchun to‘silgan edi; Qori-Ishkamba oldida sharmanda bo‘lgan edim. «Murch olishim»ning yolg‘onligi uning oldida kun kabi oydin edi. Men murch olmasdan «murch yegan»[2] edim, hatto u «murch olishim»ga qiyos qilib «do‘ppi olishim»ning ham yolg‘onligini bilib olgan edi. Endi pushaymon qilish o‘rinsiz, «afsus» foyda bermas, ov tuzoqdan qochgan, qush qo‘ldan uchgan edi. Shuningdek, men u bilan tanishish va uning ahvolini o‘rganishdan umidimni uzmagan, faqat bu maqsadga yetishish uchun boshqa yo‘llar, boshqa tadbirlar izlamoqda edim. Oxir xayolimga maia shunday bir fikr keldi: uning uyining adresini topaman, to‘ppa-to‘g‘ri uyiga boraman, uning oldida «do‘ppi olishim» va «murch olishim»ning yolg‘onligini inkor qilaman, «sizning orqangizga tushishdan maqsadim, siz bilan tanishib, sizdan hujra so‘ramoq edi», deyman. Shu bilan ham sharmandalikdan qutulaman, ham u bilan tanishib olaman, Shundan keyin uning ahvolini o‘rganish uchun menga yo‘l ochiq bo‘ladi. Qori-Ishkamba uyining adresini izlab yurgan kunlarimdan birida Labi hovuzi Devonbegining shimolida bo‘lgan choyfurushlik rastasidan o‘tar edim. Bu rastaning o‘rta belida, Ko‘mir bozori ko‘chasining ro‘parasida «Jannatmakoniy» atalgan bir saroy bor. Bu saroyning darvozasining ikki yoniga ikki supacha qurilgan edi. Bu supachalarning birida Rahimi Qand degan bir kishi qand, konfet va boshqa shirinliklar solingan la’lisini[3] oldiga qo‘yib, sotib o‘tirardi. Men ham ba’zi vaqt u supachalarning boshqa birida o‘tirib, Rahimi Qandni gapga solardim. Bugun ham o‘sha supachaga borib o‘tirdim. Rahimi Qand uzun bo‘yli, oriq, chuvak yuzli, bug‘doy tusli, soqoli to‘la darajada ko‘sa bo‘lib, o‘zi juda qiziq odam edi. Men uning gaplarini zavq bilan tinglar edim. Bu odamning tug‘ilgan yeri Shofrikon rayonining «Istamziy» qishlog‘i bo‘lib, Buxoroda tanburchilik qilar edi. U juda kambag‘al, ayolmand va bechora bir kishi bo‘lib, o‘z kasbi tanbur chalishda ham uncha mahorati yo‘q edi. Buning ustiga, u, sho‘rpeshana, qayg‘uli va juda kamgap edi. Agar gapirsa ham, jiddiynamo so‘zlar gapirar, o‘z zamondoshi bo‘lgan kasbdoshlariday hazilkashlik, sho‘xlik, qiziqchilik va xushomadgo‘ylik, laganbardorlik kabi ishlarni bilmas yoki qilmas edi. Shuning uchun uni boylar o‘z to‘y va bazmlariga olib bormas, olib borsalar ham bunga uncha mablag‘ bermas edi. Xaridori oz bo‘lganligi sababli, agar uni biron odam o‘z to‘yi va bazmiga olib borsa, o‘ttiz tiyinga barasar keladigan Buxoroning ikki tangasiga rozi bo‘lar edi. Uning ish haqi boshqa xonanda va sozandalarga ko‘ra ko‘p arzon bo‘lgani uchun mullavachchalar o‘z «ijtimoana»lariga[4] ko‘pincha uni olib borar edilar. Men u yilan shunaqa «ijtimoana»lardan birida tanishgan edim. Ba’zi vaqt mullavachchalar o‘z bazm majlislarida unga ko‘p azob berardilar. Bir kecha mana shunday bir voqea yuz bergan edi. Bir yil, hamsaboqlarimiz har yildagiday domla mudarris oldida kelajak yilning darsini boshlab qo‘ymoqchi bo‘ldilar. Yangi dars boshlash uchun albatta domlaga sulukat[5] qilish kerak edi. Buning uchun o‘zaro pul to‘pladilar. Yuz nafarcha bo‘lgan bu madrasa ahlidan bir ming besh yuz tanga pul yig‘ildi. Bu mablag‘ning bir ming to‘rt yuz tangasini «xolvayiga» sarf qildilar. Non, mayiz, turli holvalar, domla uchun choy-non oldilar hamda domlaga naqd pul berdilar. Darsni boshlab, domla oldidan o‘tgandan keyin, qolgan yuz tangani «ijtimoana»ga sarf qildilar yuz nafar mullavachcha va yigirma nafarcha mehmon uchun palov, nisholda, murabbo va non tayyorladilar. Bu majlisning sozandasi shu Rahimi Qand edi. Uni ikki tangaga savdolab, olib kelgan edilar. U tanbur chalar va mullavachchalarning o‘z oralaridan yetishgan xushxonlari ashula aytar edi. Xushxon mullavachchalar bir necha nafar edilaru ular navbat bilan ashula aytardilar, ammo Rahimi Qand yolg‘iz o‘zi dam olmasdan, tanbur chalishga majbur edi. Vaqt yarim kecha bo‘lganda, u tamoman holdan toyib qoldi. Barmoqlari madorsizlanib, tanbur toriday titramoqqa boshladi. Lekin mullavachchalar uning holiga qaramasdan, «Yana chal!» deb qistardilar. Oxiri, u ham o‘zining uzil-kesil gapini aytdi: Agar o‘ldirsangizlar ham endi chalolmayman! dedi. Hali gap shumi, dedi xushxon mullavachchalardan Amini Mush[6] degan birovi do‘q urib. Gap shu! dedi Rahimi Qand qat’iyat bilan. Sheriklar, turinglar, «xar murd»[7], dedi Amini Mush majlis ahliga qarab va o‘zi hammadan buruv turib, Rahimi Qandni yerga yumalatib bosdi. Boshqa bir necha mullavachchalar turib, uni ura boshladilar. Rahimi Qand avval «dod» dedi, «voy» dedi, so‘ngra urayotganlarga yalindi, yig‘ladi-siqtadi, ammo bu yalinish-yolvorishlarning hech biri foyda bermadi. Ular-uni kuchlari boricha urmoqda edilar. Oxiri, Rahimi Qand bo‘g‘ilgan ovoz, qisilgan nafas bilan hiqillab: Xo‘p, qo‘yvoringlar «taqsirchalar», yana bir oz chalib beraman, dedi. «Xar murdchi»lar undan qo‘l tortdilar. U zo‘rg‘a o‘rnidan turib, devorga suyanib o‘tirdi, titroq barmoqlari bilan tanbur torini bir oz titratdi. Shu vaqtda osh tayyor bo‘ldi, palov suzilgan tovoqlarni keltirib, majlis ahllarining oldilariga qo‘ya berdilar. So‘zlar uzildi, qo‘llar tovoqqa cho‘zildi, boshlar egildi, ko‘zlar oshga tikildi. Rahimi Qand ham tanburini devorga suyab qo‘yib, butun gavdasi bilan tovoqqa tashlandi. Birpasda tovoqlar bo‘shalib, yalandi, dasturxonlar ham yig‘ishtirildi. Endi tarqalish vaqti yetishgan edi, majlis ahli to‘rttalab, beshtalab uydan chiqa boshladilar. Rahimi Qandga xizmat haqi uchun ikki tanga berdilar. Buning ustiga bitta non va bir kosa osh ham berib, «buni bolalaringga olib bor», dedilar. Rahimi Qand sira kutmagani bu «in’om»dan benihoya quvondi. Ilohi hammalaringiz mudarris bo‘linglar, mufti bo‘linglar, oxund bo‘linglar, rais bo‘linglar, qozi bo‘linglar, qozi kalon bo‘linglar! deb mullavachchalarni haqlariga duo ham qildi. Bizning hammamizning bu mansablarga yetishmog‘imiz uchun bu kungi bu mansablarda turganlarning o‘-moqlari yoki bu mansablardan tushmoqlari kerak, dedi bir mullavachcha va qo‘shimcha qildi, sizning bu duoingiz haligi mansab egalari uchun bir qarg‘ishdir, agar ular eshitib qolsalar, sizni «xar murd» qilib o‘ldiradilar. Mayli, dedi Rahimi Qand bir oz iljayib, agar «xar murd»dan keyin bitta non bilan bir kosa osh bersalar zarari yo‘q. Men Rahimi Qandning umrimda ikki marta iljaygan holda ko‘rganman. Biri o‘sha majlisda, yana birini quyiroqda hikoya qilaman. Ikki tanga daromad bilan (u ham kunda muyassar bo‘lmaydi), bitta non va bir kosa osh bilan (u ham o‘p besh kunda, bir oyda «xar murd» bo‘lgandan keyin qo‘lga kiradi) albatta Rahimi Qand kabi ayolmand bir odamning kuni o‘tmas edi. Agar u boshqa biron kasbga kirishmoqchi bo‘lsa, tanburchilikdan o‘zga hunari yo‘q agar qishloqqa chiqsa, yeri yo‘q, agar savdo-sotiqqa kirishmoqchi bo‘lsa, sarmoyasi yo‘q edi. Shuning uchun u yordamchi «kasb» yo‘sinida la’liga qand va boshqa shirinliklar solib, ko‘chada sotib o‘tirar edi. Bu ishda uning sarmoyasi bir-ikki qadoq qand va konfetdan iborat edi. Qandni anburcha bilan ushatib, kattaroq bo‘laklarini ikki pul, kichikrog‘ini bir puldan baholab, la’liga solar, la’lining bir burchagida arzonbaho konfet va obaki dandonlar turar edi.Rahimi Qand kunda mana shu «tijorat molini» ko‘tarib, qo‘ltig‘iga bir kigizcha qistirib, «Jannatmakoniy» saroyi oldiga kelar, kigizchasini saroyning darvozasi oldidagi supachalardan biriga yoyar, o‘zi uning ustida cho‘kkalab o‘tirib, la’lisini oldiga qo‘yar edi. Uning ko‘pincha xaridori ,bosh yalang, oyoq yalang, boqimsiz qolgan ko‘cha bolalari edi. Ular goho «xo‘jayin»ning ko‘zini chalg‘itib, bu «mollar»ning bir qismini changallab olib qochar ham edilar. Uning mana shu «kasbi» munosabati bilan Buxoro xalqi uning nomiga «qand so‘zini qo‘shib Rahimi Qand der edilar. Men goho Rahimi Qandning qand yoki konfetidan bir donasini ikki pulga olib, saroyning boshqa supachasida shimib o‘tirar edim. Lekin menga qand va konfetdan ko‘proq uning kam uchraydigan gaplari, hikoyalari huzur baxsh etar edi. Rahimi Qandning menga aytib bergan hikoya va sarguzashtlaridan ikkitasi esimda qolgan. Bir kun, u, zamona ahlining «betamizligidan, qadr bilmasyaigidan» shikoyat qilib dedi: «Agar zamona ahlining tamizi bo‘lsaydi, hunarmandni hunarsizdan farq qila olsaydi, hunarmandning qadrini bilsaydi, boshqa sozandalarga unday va menga bunday muomala qilmasdilar. Bu tanburchilarning, bu dutorchilarning, bu hofizlarning ko‘plari «usta ko‘rmagan shogird»lardir. Lekin betamiz odamlarni ahmoq qilib, pul topish yo‘lini juda yaxshi biladilar. Men bo‘lsam, bu ilmning bir necha mohir ustalarida necha yillar xizmat qilib, bu hunarni orttirganim holda yemoqqa non topolmayman. Rahimi Qand bu so‘zdan keyin, o‘zining hunarmandligini va ustozlarining zabardastliklarining isboti uchun quyidagi «sarguzasht»ini hikoya qilib berdi: Men, qozonfurush Nasrulloboyga (odamlar uning nomini qisqartirib, «Nasrulloi Deg» der edilar) o‘n yil xizmat qildim. Nasrulloi Deg shashmaqomda yagona edi. Tanbur va dutorlarni sayratib yuborar, childirmasining tovushi bilan osmon tabaqalarini yorar edi. Shogirdligimning oxirlarida shashmaqomni suv qilib ichgan edim, u meni bazmlarga, o‘zi bilan birga olib boradigan bo‘ldi. Bir kuni u meni qozi kalon quyovining Xitoyon qishlog‘idagi chorbog‘iga olib bordi. U yerda shaharning manman degan sozanda va xonandalari to‘plangan edilar. To yarim kechagacha hammamiz jo‘r bo‘lib, bazm qildik, yaxshigina charchadik. Ovqatdan keyin sozandalar yotib uxladilar. Sahar yaqinlashgan edi. Shu vaqt ustozim Nasrulloi Deg bog‘ egasi qozi kalonning kuyoviga: Agar ruxsat bersangiz shogirdim bilan birga bir maxsus bazm qilib beray, dedi. Albatta bog‘ egasi taklifni xursandlik bilan qarshi oldi. Nasrulloi Deg menga qarab: Tanburni «Navo»ga sozla! dedi. Men tanburni sozladim, u childirmani olovda qizdirib, qo‘liga oldi. Men tanbur chalishga kirishdim, u childirma bilan navoning «usulini» saqlab ashula ayta boshladi. Bir vaqt qayerdandir bulbullar uchib kelib, biz tagida bazm qilayotgan daraxtning shoxiga qo‘ndilar. Bulbullar bizning chalish va xonishimizga quloq solib, bir oz jim turdilar, biz chalayotgan maqomning «usulini» bilib olganlaridan keyin ular ham bizga jo‘rlab «chaxchaxlasha» boshladilar. Bulbullarning bu ishlaridan ustozim shavqlanib, go‘yoki ular bilan musobaqaga kirishgandek «falak pech» nolalar qilar edi. Men ham tanbur torini har bir chertganimda, go‘yoki eshitguvchilarning jon tomirlariga tirnoq urgan kabi ularni dod-faryod qilishga majbur etardim. Oxirida bulbullar «musobaqada» yutqizib, jim bo‘lib qoldilar. Ular bir nafas jim turganlaridan keyin, hushu ixtiyorlarini qo‘ldan berib, daraxt shoxidan ajralib, parvonalar kabi o‘zlarini biz tomonga tashladilar va parvona sham atrofidan qanday aylansa, ular ham bizning boshimiz ustida shunday aylanar edilar. Biron minutdan keyin, bulbullar tamom holsizlanib, ulardan birisi mening tanburimning quloq cho‘piga va boshqa birisi ustozim childirmasining gardishiga qo‘ndi. Rahimi Qand naql qiladigan bunaqa sarguzashtlarning yolg‘onligi o‘z so‘zidan ravshan bo‘lsa ham, men unga qarshi biron narsa demas edim. Chunki u o‘zi gapirib berayotgan hikoya va sarguzashtlariga qarshi eshitguvchidan oz bo‘lsa-da, ishonmaslik sezsa, u odamga boshqa unaqa gaplarni gapirmas va undan oshnolik aloqasini uzar edi. Holbuki, uning hikoyalarini eshitish menga zavq berar edi, ayniqsa men bundan ko‘proq zavqlanardimki, u afsonaga o‘xshagan o‘z hikoyalarini jiddiylik bilan gapirar va mening «tamoman ishonib» eshitayotganimga imoni komil edi. U bir kun menga o‘sha zamonning «qahramonlari» amir navkarlari to‘g‘risida gap ochdi. Gap Amir Muzaffarning hisorliklar bilan urushi ustida to‘xtadi. U Amir Muzaffarning Denov qo‘rg‘oni oldida hisorliklarning boshlaridan kalla minora yasaganini, bir soatda to‘rt yuz asirning boshini kestirganini hikoya qilgandan keyin, gapini Azizullo degan bir «qahramon» ustiga keltirdi: Azizullo, dedi Rahimi Qand, asli Balxdan bo‘lib, Buxoroga tahsili ilm uchun kelgan, Amir Muzaffarning hisorliklarga qarshi urushiga ko‘ngilli bo‘lib qatnashgan va bu ishiga mukofot yuzasidan G‘ijduvon tumaniga rais qilingan edi. Azizullo Hisor urushida Amirning «galabotur»[8] navkarlari qatorida hisorliklar safiga ot minib hujum qilgan, har bir qilich urishida o‘n-o‘n ikki nafarni daraxt novdasiday qalam qilib chopib tashlagan bir qahramon edi. Urushning ayni qizib turgan chog‘ida oti shoxlari bir-biroviga o‘ralashib ketgan ikki tut daraxti orasidan shahd bilan o‘tayotganida Azizulloning kallasi shoxlarga ilinib, uzilgan. U ham tezlik bilan otning boshini orqaga qaytarib, hali qoni sovumagan o‘z kallasini shox orasidan ajratib olib, kiftiga o‘rnatganda, yana ot choptirib jangga kirib ketgan. Men hikoyaning bu yerini eshitganimda Rahimi Qandga dedim: Xayriyatki, Azizullo o‘z kallasini kiftiga o‘rnatganda teskari qo‘ymapti, bo‘lmasa, ko‘zlari orqa tomonida bo‘lib, hayotda qiynalib yurgan bo‘lardi. Rahimi Qand, mening bu so‘zimdan o‘z hikoyasiga ishonmaganligimni sezib, qizishib ketdi va zardalanib dedi: U, ko‘r emas edi, aqlsiz ham emas ediki, kallani tanaga qanday va qaysi tartibda o‘rnatishni bilmasin. Men unga uzr aytib, uning hikoyasiga tamoman ishonganimni isbot qilishga urindim. Shunday bo‘lsa ham, u menga bir necha vaqtgacha sarguzasht va hikoyalardan gapirmadi. Rahimi Qand umrining oxirlarida shayxga murid, eshonlarning jar va suhbatlariga yuradigan bo‘ldi. Shundan keyin hech yerda va hech bir kishiga munaqa hikoyalardan gapirmas edi. Lekin bularning o‘rniga shayxlarning «karomatlari»dan gapirar, Azizulloning qahramonligi»ni qanday bezatib, ishonib va ishontirib gapirsa, firibgar shayxlarning «karomatlari»ni ham o‘shanday bezatib, ishonib va ishontirib gapirar edi. Shayxlarga va ularning «karomatlari»ga ishonmaydigan odamlar bilan «shakkok», «kofir» deb oshnalik qilmas edi. V Men saroy darvozasi oldidagi supachada o‘tirib, Rahimi Qanddan ikki pulga olgan konfetni shimimoqda va «qanday qilib unga biron hikoya so‘zlataman», deb o‘nlamoqda edimki, uzoqdan Qori-Ishkamba ko‘rindi. Men ikki ko‘zimni unga tikdim. U ham nazari menga tushgandan keyin ko‘zini mendan uzmadi. Uning o‘tkir na ma’nodor qarashlaridan «ana u kungi yolg‘onchi» degan tovushni eshitayotganday bo‘lar edim. U tikka Rahimi Qand o‘tirgan supacha oldiga keldi, u bilan salomlashgandan keyin, la’lidan bir-ikki dona qand-qursni olib, og‘ziga soldi va bir dona konfetdan ham olib, uning qog‘ozini ochayotib o‘z yo‘liga keta berdi va ketayotganda mening tomonimga yana bir qaradi, men undan yuzimni o‘girdim. Rahimi Qand, uning qand-qurs va konfetni yeb, ularning pulini bermasdan ketayotganini ko‘rib, orqasidan tovush berdi: Qori amaki, hazil qilmang, men kambag‘al va ayolmand bir odamman, yegan narsalaringizning pulini berib keting! Qori-Ishkamba orqasiga qayrilib ham qaramay: Yuzsizlik qilma, ko‘rnamak bo‘lma, tunov kun yegan oshingni esingdan chiqarma! Yana biron vaqt senga manfaatim tegadi, men yegan narsalarning puli «bolasi, nabirasi va chevarasi» bilan senga qaytadi, dedi va o‘z yo‘liga qarab ketdi. Rahimi Qand o‘z-o‘zicha g‘udunglab: Buning o‘zi kim? deb so‘radim Rahimi Qanddan. Salla o‘ragan hindi, o‘taketgan sudxo‘r, isqirt, mumsik bir odam, dedi. Siz uning tuzini qanday yegan edingizki, u sizga «.ko‘rnamaklik qilma!» deydi. Uning tuzini men tugul, o‘zi ham totgan emas, dedi Rahimi Qand va minnat qilgan «tuz» va «osh» to‘g‘risida gapirib ketdi: Tunov kun meni bir meshkobchi o‘z to‘yiga chaqirib edi, men hovli yuzida so‘ri ustida o‘tirib, tanbur chalmoqda edim. Bu isqirt mehmonlar qatorida mehmonxonaga kirib, osh yeb chiqdi va boshqa mehmonlar kabi to‘yxonadan chiqib ketmay, mening yonimga kelib o‘tirdi. Shu orada yana bir necha dapqir mehmonlar kirib, osh yeb chiqdilar, u hali ham o‘rnidan qimirlamas edi. Oxiri, mehmonlarning keti uzildi, U, to‘y egasini chaqirib: Rahim aka uchun ham osh buyuring axir, qo‘li bilan birga «qorni ham tanbur chalayotir», dedi va qo‘shimcha qildi, Rahim akaning oshi seryoqqina, sergo‘shtgina bo‘lsin. Oshni keltirdilar, haqiqatan ham, sergo‘shtgina seryoqqina suzgan ekanlar. Lekin oshning to‘rtdan bir» ham menga nasib bo‘lmadi. Mehmonlar qatorida mehmonxonada osh yeb chiqqan holda, men uchun keltirilgan oshdan ham har osham oshga ikki bo‘lak go‘sht qo‘shib olar, chaynamasdan yutar-yutmas yana oshga qo‘l uzatar edi. Oshdan keyin yana men tanbur chalmoqchi bo‘lib, tanburning quloqlarini burab, sozlayotganimda u qulog‘imga pichirlab: Agar shu to‘ydan senga bir tovoq osh olib bersam, yarmisini menga berasanmi? deb so‘radi. Beraman! dedim men. Yana bir payt tanbur chalganimdan keyin, yana og‘zini qulog‘im tubiga keltirib: Endi bas qilsang ham bo‘ladi, dedi. Men ham tanbur chalishni to‘xtatib, tanburni jildiga tiqa berdim va to‘y egasini chaqirib: Xayr endi, menga javob bering! dedim. To‘y egasi ikki tangani qo‘limga qistirib, oldimga bir non bilan bir hovuch qandolat keltirib qo‘ydi. Men pulni cho‘ntagimga solib, non bilan qandolatni ro‘molchamga tuga berdim. U to‘y egasiga qarab: Rahim aka ayolmand odam, unga sergo‘sht va seryoqqina qilib bir tovoq osh bering. Oshning ustiga bitta non ham qo‘ysinlar, bu kishiga har narsa bersangiz kuymaydi, vaqti kelsa yana xizmat qiladi, dedi. To‘y egasi uning so‘zini ikki qilmadi. Bir tovoq palovga bir dona chapati non qo‘yib keltirib, menga berdi va: Tovoqni qaytarib berishni unutmang! dedi. Xo‘p! deb men non, mag‘iz tugilgan ro‘molchamni qo‘ynimga soldim, tanbur va tovoqdagi oshni ko‘tarib to‘yxonadan chiqdim. Bu odam mendan oldin yurmoqda edi. To‘yxonadan bir necha qadam uzoqlashganimdan keyin, u yonimga yondashib: Mening hovlim yo‘l ustida, dedi, avval u yerga yuramiz, men unda oshdan o‘z «haqim»ni olaman, so‘ngra sen o‘z haqingni olib, uyingga ketasan. Men rozi bo‘ldim. Biz ko‘pgina ko‘cha va tor ko‘chalarni aylanib, uning hovlisiga yetdik. Ma’lum bo‘ldiki, uning hovlisi, mening hovlimga ko‘ra to‘yxonadan uzoqroqda ekan. . Men bu fursatdan foydalanib uy adresini bilib olmoqchi bo‘lib, Rahimi Qandning so‘zini bo‘lib,undan so‘radim: Uning hovlisi qaysi mahallada ekan? Kemuxtgaron mahallasida, poyabzal saroyining*orqasidagi boshi berk tor ko‘chaning eng oxirida ekan, dedi Rahimi Qand va so‘zini davom ettirdi: ; Biz borib uning hovlisiga kirganimizda u menga: Tovoqni menga ber! Men ichkari hovliga kirgizib, boshqa bir tovoqqa o‘z «haqim»ni ag‘darib olaman. qolganini senga chiqarib beraman, - deb tovoqni mening qo‘limdan olib, ichkari hovlisiga kirib ketdi. Bir necha minutdan keyin, tovoqni chiqarib qo‘limga berdi. Tovoq bo‘shayozgan edi: undagi oshning sakkizdan biri ham qolmabdi, go‘shtini bo‘lsa butunlay olibdi, yog‘ini bir tomchi qoldirmay sirqitib olipti, nondan bo‘lsa bir burda ham qoldirmabdi, deb Rahimi Qand o‘z hikoyasini tugatdi va qo‘shimcha qildi: Uning menga minnat qilgan «tuzi» va «oshi» shu. Menga u kun shunchalik hikoya yetarli edi. Men uchun hikoya eshitishga qaraganda zarurroq ish chiqqan edi « men Qori-Ishkambaiipg uy adresini bilib olgan edim; Endi uning hovlisiga borib, uni topib, u bilan ko‘rishish kerak edi. Men jadallik bilan o‘rnimdan turdim. VI Men ko‘chalarda ancha mahalgacha kezib yurdim. Kun oqshomga yaqinlashdi, do‘kondorlar va savdogarlar o‘z do‘konlarini berkitib uylariga jo‘nay berdilar. Men Qori-Ishkamba ham bu vaqt o‘z uyiga qaytgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim-da, uning hovlisiga bormoqchi bo‘lib yo‘lga tushdim. Qemuxtgaron guzaridagi poyabzal rastasi orqasi da bo‘lgan tor ko‘chaga kirdim. Ko‘chaning oxirida bir eshikka duch qeldim, undan u yoqqa boshqa eshik yo‘q va tor ko‘chaning boshi ham shu yerda tugalar edi. Rahimi Qandning bergan daragiga ko‘ra, Qori-Ishkambaning hovlisi shu bo‘lsa kerak, deb haligi eshikni taqillata boshladim. Men bir oz kutgandan keyin eshikni yana taqillatdim. Ichkaridan xotin kishining Kimsiz? degan tovushi eshitildi. Men bir mullavachcha, Qori amakimda ishim bor, uyda bo‘lsalar aytib qo‘ying. Qori amakingiz uyda yo‘qlar, qanday ishingiz bor edi? deb takrorlandi haligi tovush. Ishimni o‘zlariga aytaman! kelsam u kishini uchrata olamanmi? Yo‘q! degan tovush takror eshitildi. Bu boshqa bir xotinning TOVUShI edi, u xotin qo‘shimcha qildi: U kishi kechalari hovlilariga hech kimni kiritmaydilar. Bizga ham «Hech kimga darvozani ochmanglar!» deb tayinlab qo‘yganlar. Yana shu kun uydan chiqayotganlarida «Agar biron tanish kelib qolsa ham darchani ochmanglar!» dedilar. Behuda ovora bo‘lmang! Sizlar u kishining kimlari bo‘lasiz deb so‘radim. Xotinlari! javob berdi birinchi xotin. Ho‘, kunduzlari qaysi vaqtlarda uyda bo‘ladi Men o‘z-o‘zimga, «Bu ham bo‘lmadi», deb orqamga qaytdim va poyabzal saroyi oldi bilan rastaga chiqib, u yerdan Labi hovuzi Devonbegi tomoniga qarab yo‘naldim. Rastada deyarli hech kim qolmagan edi, eng kechgacha o‘tiradigan haris do‘kondorlar ham o‘z do‘konlarini yig‘ishtirmoqda edilar. Kun yangi botgan bo‘lsa ham, usti yopiq chiroqsiz rasta butun qorong‘ilashgan edi, shu vaqtda oldimdan bir odam chiqdi. Menga bir tikilib qaragandan keyin, tez o‘tib ketdi. Men uning Qori Ishkamba ekanligini zo‘rg‘a payqadim. Men «Jannatmakoniy» saroyi oldiga yetganimda, Rahimi Qand ham kigizchasini qo‘ltig‘iga qistirib, la’lisini qo‘liga olgan ekan. U meni ko‘rgan hamon kulimsirab, imlab chaqirdi. Nima deysiz? dedim unga yaqinlashib. U erinibgina la’lisini supacha ustiga qo‘ydi, qo‘ltig‘idagi kigizchani supachaning labiga tashlab, unga yoni bilan suyangani holda mendan so‘radi. Siz Qori Ismat masalasini nima qildingiz? Sizga «tuz» va «osh» yegizgan isqirtnimi? Ha! Hech narsa qilganim yo‘q. Qani, gapiring, o‘zi nima gap? Rahimi Qand hamon kulimsirab so‘zga kirishdi. Shu kun siz bu yerdan turib ketgandan keyin, qayerdandir u bu yerda paydo bo‘lib, mendan: «U kim edi?», deb so‘radi. Men «g‘ijduvonlik bir mullavachcha», deb javob berdim. U boshini qimirlata-qimirlata «Shubham to‘g‘ri chiqdi!» dedi. «Qanday shubhangiz bor edi?» deb so‘radim. U bir oz o‘ylab turgandan keyin: «Odamlar meni «puldor» deb gumon qiladilar, shuning uchun bundan bnr qancha vaqt burun ba’zi o‘g‘ri va chayqovchilar mening orqamga tushgan edilar. Ular mening uyimda bir sariq chaqa ham topilmasligini bilganlaridan keyin, ko‘ngillari sovib mendan qo‘l yuvdilar. Sizning bu oshnangiz, yomon bir g‘araz bilan bo‘lsa kerak, mening orqamga tushipti», dedi. Men unga «Qani, u qanday qilib sizning orqangizga tushdi, va nimalar qildi?» deb so‘radim. U menga javob berdi : «Necha kundan beri shu odam mening orqamdan yuradi bir kun ertadan kechgacha mendan ayrilmadi. Ma’lumki, u mening qayerlardam qancha pul olganimni va pullarni qayerga qo‘yganimni kuzatmoqda, agar bir miqdor pulni uyimga qo‘yganimni bilib qolsa, kechlab borib, mening ishimni bitkazib, u pulni olmoqchi», dedi. «Bu kishi unaqa odam emas, shubhangiz o‘rinsiz!» dedim. «Ehtimol o‘zi to‘g‘ri odamdir, lek ajab emaski, uni tumandoshlari yo‘ldan ozdirib, mening orqamga qo‘ygan bo‘lsalar. Har holda g‘ijduvonliklardan qo‘rqqulik», dedi u va bir oz jim turgandan keyin yana davom qilib: «Sen u bilan oshna ekansan, unga anglatib qo‘y: avvali shuki, mening pulim yo‘q, agar bir oz pul topsam ham, uni uyimga olib borib qo‘ymayman, uyimda hatto biron tuzukroq narsa ham yo‘q, eshakning to‘qimiga o‘xshagan bir-ikki ko‘rpa-yostig‘im bor, xolos», dedi. Rahimi Qand o‘zining Qori-Ishkamba bilan mening to‘g‘rimda gapirgan gaplarini aytib bo‘lgandan keyin, menga nasihat qilganday bo‘lib: Bunday odamga yaqinlasha ko‘rmangki, uning yuzidan tuhmat yog‘ilib turadi! dedi. Endi men Rahimi Qandning nima sababdan kulimsiraganining sababini anglagan edim. Bu uni iljaygan, kulgan holda ko‘rganimning ikkinchisi edi. VII Oradan ko‘p vaqt o‘tib, men Qori-Ishkamba bilan tanishishni xayolimdan chiqardim. Bu orada uni hech qayerda uchratmadim. Kunlardan bir kun Buxorodagi Ko‘kaldosh madrasasi sahnida tuzfurushlik do‘konining tomida o‘tirib, allaqanday xayollarga cho‘mib ketgan mahalimda, boshimda bir odamning soyasi paydo bo‘ldi. Men xayol yuki ostida qolganimdan soya egasi tomonga qayrilib ham qaramadim. Boshim ustidan bir kishining: Assalomu alaykum, deb qarilarga xos tovushda qiroat bilan salom bergani eshitildi. Boshimni ko‘tarib qarasam, Qori-Ishkamba ekan, u kulimsirab, tishini kovlamoqda edi. Xech bir vajdan asossiz shubhalangani uchun undan qattiq ranjiganim sababli yoqtirmas bir ohang bilan salomiga javob qaytarib, yana o‘z xayolimga sho‘ng‘ib ketdim. Ko‘kaldosh madrasasining sahni ajab xushhavo joy-da, deya, mening yonimga o‘tirdi u. Men uning bu so‘ziga hech bir javob qaytarmadim. Uka, dedi u yumshoqlik bilan,, menda biron ishingiz bormidiki, bir- ikki kun mening orqamdan yurdingiz, hovlimga ham borgan ekansiz? «Hovlisiga borganimni bu shayton qanday bilib olgan ekan?» deb ajabsindim. Lekin o‘zimning avvalgi vaziyatimni buzmayin javob berdim: Men, sizning qancha pulingiz borligini va u pullarni qayerga qo‘yganingizni bilib olmoqchi, undan keyin g‘ijduvonlik qaroqchilar bilan borib, ularni o‘g‘irlamoqchi edim. Tanimaganim bir odamning, kutilmagan harakatlaridan shubhalanib, uning haqida badgumon bo‘lishim ayb emas. Lekin men tekshirib ko‘rdim, siz to‘g‘ri odam ekansiz. Shuning uchun sizga uzr aytib ko‘nglingizdan chiqaray deb, yoqtirmasangiz ham yoningizga o‘tirdim, dedi, keyin yanada yumshoqroq ohang bilan qo‘shimcha qildi. Sizga anglatib qo‘ysam zarar qilmas: men odamlar o‘ylaganday puldor emasman. Agar«bola-chaqalarning nafaqasi uchun», deb to‘rt pul-besh pul topsam ham, uni o‘z uyimga olib bormayman, balki biron odamning qo‘liga «omonat» topshirib qo‘yib, kerak vaqtida undan olib xarajat qilaman. Men uning bu keyingi so‘zidan mening haqimdagi avvalgi shubhasi hali ham borligini sezdim. Shuning uchun bu o‘jar odam bilan pachakilashib o‘tirishni munosib ko‘rmay, uni shubhadan butunlay chiqarish yo‘liga tushdim. Undan hujra so‘rash fikridan qachonlar qaytgan bo‘lsam ham, uii shubhadan chiqarish uchun yana, o‘sha hujra so‘rash masalasini o‘rtaga soldim: Men biror turar joy axtarmoqda edim, deb gap boshladim, eshitishimga ko‘ra, sizning bir necha zarxarid hujrangiz bor ekan. Shuning uchun sizni tanimasam ham, to‘g‘ri keltirib, biron hujra so‘rab ko‘ray deb orqangizdan yurgan edim. Mening zarxarid hujram yo‘q, bir-ikkita hujram bor, ular otamdan meros qolgan, o‘zim pul berib, hujra sotib oladigan boylikka ega emasman, degandan keyin mendan so‘radi: Hujra topdingizmi yoki hali ham turar joys izlab yuribsizmi? Hali ham hujra topganim yo‘q! Agar hujra topsangiz kunda qozon qaynatasizmi? deb so‘radi u quvonch bilan. Men uning bu savolidan «o‘choqsiz, mo‘risiz biror hujrasi borga o‘xshaydi, agarda men qozon qaynatmaydigan bo‘lsam, o‘shani menga bermoqchi», deb o‘yladim-da javob berdim: Men uchun o‘choqsiz, mo‘risiz hujra bo‘lsa ham bo‘laveradi: men qozon qaynatmasdan ham kun kechira beraman. Lekin menda shunday bir hujra borki, uning o‘chog‘i kunda ikki kishilik sergo‘sht va seryog‘ palov damlashni talab qiladi, dedi hazillashgansimon va so‘ngra jiddiy bir vaziyat olib izoh berdi. Mening ikki hujram bor, ularning har birisini bir mullavachchaga berganman, shu shart bilanki, ularning har ikkalasi kunda ikki kishilik osh damlaydilar, biri tush vaqtida va birisi peshindan keyin. Men ma’lum vaqtlarda borib, ularning har qaysisi bilan palovlarini baham ko‘raman. U bir oz jim turib, tishlarini yana bir karra kovlagandan keyin, davom etdi: U mullavachchalardan biri qabul qilingan shartimizga muvofiq, kunda o‘z vaqtida palovni tayyorlaydi, ammo birisi goho g‘irromlik qiladi, hujrani qulflab qochadi. Ertasi kuni unga uchrab, bu «yaramas» qiliqning sababini so‘rasam, «kecha osh xarajatini topolmadim» yoki «kecha o‘zim bir yerda mehmonda edim», deb sariq chaqaga arzimaydigan uzrlarni oldimga qo‘yadi. Shu yil to‘rt bor shunday hodisa yuz berdi. Qori-Ishkamba yana bir marta tishini kovlab, tishlarining orasidan chiqqan osh qoldiqlarini ko‘cha tomonga tuflagandan keyin, so‘zini yana davom ettirdy: Men hozir shu va’dasiz mullavachchaning oshini yeb chiqdim. Tunov kun hujrani qulflab qochgan edi, bugun bo‘lsa, oshni kamgo‘sht va kamyog‘ qilib pishiribdi. Shu bugun unga «bundan buyon shunday qilsang seni hujradan quvib chiqaraman», deb do‘q urdim. Agar siz kunda sermasalliq palov pishirib, meni «ziyofat» qilishni bo‘yningizga olsangiz, mayli «qadrdon bo‘lsa ham» uni quvib yuborib, hujrani sizga beraman. Men bunday mumsik odamning oldida o‘z qashshoqligimnn izhor qilishni va «bu shartni ado etishga qurbim yetmaydi» deyishni or sanab, unga bunday javob bsrdim: Tunov kun menga bir odam o‘z hujrasini tekin bermoqchi bo‘ldi. Agar o‘sha hujrani olmasam sizning hujrangizni olsam bo‘ladi. Har kuni osh damlab, bir odamni ziyofat qilish uncha «qiyin emas», lekin tekin hujra topilsa yana ham yaxshiroq. Albatta har kim o‘z manfaatini ko‘zlaydi. Lekin mening hujram juda yaxshi, derazasiga oyna solish o‘rniga qog‘oz yopishtirilgan bo‘lsa ham, ustunlari tut yog‘ochdan, o‘ymakor qilib ishlangan, juda chiroyli dedi u va qo‘shimcha qildi: Xo‘p, xoh o‘zingiz uchun, xoh biron oshnangiz uchun turar joy kerak bo‘lib qolsa, mening hujram haligi shart bilan tayyor. Hujra berganim ustiga duo ham qilaman. Men bechora bir odamman, odamlar o‘ylagancha puldor emasman. Mening Qori-Ishkamba bilan tanishligim mana shundan boshlanib, birinchi o‘tirishimiz shu musohaba bilan tugadi. Undan keyin u ba’zi vaqt ko‘chada menga duch kelar va har bir duch kelganida mendan: Turar joyingiz bormi? deb javob berardim men. Hujrasiz biron oshnangiz yo‘qmi? VIII Ilgarigi zamonlarda, Buxoroda har yili hamal oyi boshida «Navro‘z» sayiln bo‘lib, bu shaharga yaqin «Shirbadan» degan qishloqda bo‘lar edi. U sayilda osh damlab sotadigan oshxonalar qatorida qozon-tovoq va o‘choq tayyorlab ijara qo‘yadigan «oshxonachilar» ham bo‘lar edi. Bunday oshxonachilar usti ochiq bir yerda qator o‘choq qazib, qozon qurib, o‘tin tayyorlab, xaridor kutib o‘tirardilar. Ba’zi odamlar masalliqni kelti rib, shunday oshxonalardan bir qozonni olib, o‘zlari osh pishirardilar. Oshxonachiga qozon-tovoq va o‘tin uchun haq to‘lardilar. Sayilga borgan oshnalarimizdan bir nechasi shunday oshxonalarning birida osh qilmoqchi bo‘ldi, ular, orasida men ham bor edim. Bunday vaqtlarda oshpazlik vazifasi mening bo‘ynimga tushar edi, o‘rtoqlar bu xizmatim muqobilida meni «harifona» puli to‘lashdan ozod qilar edilar. Urtoqlar osh masallig‘ini sotib olib, men bilan birga haligi oshxonalarning birisiga bordilar, ular go‘sht, yog‘, piyoz, sabzini to‘g‘rab bergandan keyin tomoshaga chiqib ketdilar. Men osh pishirish uchun u yerda qoldim. Men yog‘ni eritib, dog‘lab, piyoz, go‘shtni solib qovurdim, keyin sabzini bosib, bir oz suv quyib qaynatib: go‘shtining pishishini kutib o‘tirdim. Hali oshga guruch solmasimdanoq, qayerdandir Qori- Ishkamba paydo bo‘ldi. U men bilan salomlashib, odati bo‘yicha, «hujra kerakmi?» deb so‘rab, mendan «yo‘q!» javobini olgandan keyin, sheriklik osh qilayotgan yo‘ldoshlarimning kimlar ekanligini so‘radi. Men bir necha kishining nomini aytdim. Ha, hammalari «o‘zimizniki» ekanlar-ku, deb, u mening oldimdan ketdi va qo‘shnidagi oshxonaga kirib, oshlarning tayyor bo‘lishini kutib o‘tirgan bir to‘da odamlar davrasiga joylashdi. Men guruch solib, oshni damladim. Biznikilar ham yetib kelib, davra olib o‘tirdilar. Bu orada Qori-Ishkamba joylashgan davraning oshi suzildi. Ular yemoqqa kirishdilar. Qori-Ishkamba har bir osham oshni lunjiga tiqqandan keyin bo‘ynini cho‘zib, bizning qozonimiz tomon ko‘z tashlar edi. Men ham oshni suzib, o‘z davramizga keltirib qo‘ydim. Qori-Ishkamba bizning davraga osh kelganini ko‘rgani hamon o‘rnidan turdi. Lekin u davradagi tovoqning tagida bir oshamcha osh qolgan bo‘lib, allakimiga hazillashib, «Qori amaki, shuni ham yeng, uvol bo‘lmasin, degan bo‘lsa kerakki, u egilib, tovoqdagi oshni sidirib oldi-da, yog‘ini tomiza-tomiza oshni og‘ziga tiqqani holda bizning davraga yugurdi., Bizning davrada, otasi o‘rtacha boylardan bo‘lgan bir kishi bor edi, shu kishi Qori-Ishkamba bilan oshna va hazilkash ekan. U kelib bizning davraga o‘tirgandan keyin, haligi boyvachcha unga: Qori amaki, sizning qo‘lingizdan qutulish kuni yo‘q ekan-da, dedi. Mashaqda, boshingizdan aylanay boyvachcha, mashaq. Bechora odamning ishi mashaq terishdir. Hovliga borib-ku, «navirasi» deb oshni yeysiz, endi bu oshni nima deb yeysiz? Bu «avirasi», boshingizdan aylanay! dedi Qori Ishkamba kulib. Suyaklar tozalanib bo‘lganidan keyin, oshdan «oling-oling» boshlandi. Ammo Qori-Ishkamba hech bir kishining «oling» deyishini va oshdan olishini kutib turmay, tovoq ustiga engashdi. Undan keyin na biron kishiga gapirar va na biron kishining gapiga javob qaytarar edi, besh barmog‘ini yozib oshni go‘sht va yog‘i bilan chaqaloqning kallasiday qilib olib og‘ziga tiqqani hamon yana oshga panjasini uzatar edi. Qori-Ishkambaning cho‘zilib tovoqning tagigacha suqilayotgan barmoqlarini ko‘rib, biznikilardan biri uning qo‘liga ishorat qilib: Qori amaki, bu panjami, panshaxa? - deb so‘radi. Panshaxa-da, dedi boshqa birisi. Qori amakim mashaqchi bo‘lganlaridan keyin to‘g‘ri kelganda xirmonni sovura beradilar, shuning uchun o‘zlari bilan birga panja o‘rniga panshaxa olib yuradilar. Ammo Qori-Ishkambaning o‘zi bu so‘zlarga kulimsirashdan boshqa javob bermas va boshini tovoq ustidan ko‘tarmas edi. Yolg‘iz ora-sira o‘ng qo‘lini tovoqqa bosib turgani holda chap qo‘li bilan kosani olib suv ichar edi. Qori-Ishkamba og‘ziga oshni shu qadar ko‘p joylardiki, chaynayotgan vaqtida guruch donalari og‘zidan tovoq ustiga sochilar edi. Men bu holni ko‘rib, osh yemoqdan qo‘l tortdim, boshqa o‘rtoqlar ham oshning tagidan uning og‘zidan sochilgan guruchlar tushmagan joyida oz-oz olmoqda edilar. Kosadagi suv tugadi, Qorp-Ishkambaning ustma-ust og‘ziga joylashgan oshi tomog‘iga tiqilib qoldi. Men oshxonachiga qarab: Sunba keltiring, sunba! dedim. Oshxonach taajjublanib: Menda sunba yo‘q! Sunbani nima qilasiz? dedi. Axir, birovning tomog‘iga osh tiqilib qolsa, nima bilan qorniga joylash kerak? Oshxonachi tovoq tevaragida o‘tirganlarga qarar ekan, og‘zi to‘la osh bo‘lib, uni yutolmay turgan Qori- Ishkambani ko‘rib, birdan tushundi va kosani olib borib, suv to‘ldirib keltirib, uning oldiga qo‘yib: Tomog‘iga osh tiqilganlarning sunbasi suv bo‘lsa kerak, dedi. Qori-Ishkambaning yana biron joyda «iskab» qo‘shgan oshi bo‘lsa kerakki, bizning tovoqni bo‘shatganida keyin, tovoqni olishni va dasturxonni yig‘ishtirishni xam kutmasdanoq, o‘rnidan irg‘ib turdi-da, qo‘lini moyini mahsisiga artib, oshxonadan chiqib ketdi. Bizning davradagilarning bu chaqirilmagan jirkanch «Mehmon»ning qiliqlaridan ta’blari tirriq bo‘lgan va dimog‘lari kuygan, men bo‘lsam tamom asabiylashib ketgan edim; o‘zim mehnat qilib pishirgan oshdan mahrum bo‘lganim ustiga, uning osh yeyishidan ko‘nglim shunday aynidiki, och bo‘lsam-da, ko‘nglim osh tusamay qo‘ydi. Men «Musoning alamini Isodan olmoqchi» bo‘lib, boyvachchadan so‘radim: Bu itning sen bilan qanday aloqasi bor ediki, sening isingni iskab kelib, bizning davrani bulg‘atib ketdi? Bu odamning men bilan qanday aloqasi borligining hikoyasi uzun, uni boshqa vaqt aytib beraman! Agar sen shu ilmoqli so‘zlarni menga ochib bersang, hammasini bag‘ishlayman! Boyvachcha sudxo‘rlarga xos bu iboralarni aytib berganidan keyin, izohga kirishdi: Har kim bu odamdan qarzdor bo‘lsa, albatta bu odamdan pulning tanini shart qilingan foydasi bilan birga birato‘la oladi, bundan boshqa u odamning qarzdorlik muddati orasida kunda yoki kun ora oqshomda uning uyiga borib, ovqat qiladi. Mana shu ovqatini «navirasi» deb ataydi. Boyvachcha u bilan o‘z aloqasining hikoyasini boshqa vaqtga qoldirgan bo‘lsa ham, o‘zi sezmasdan, u hikoyaning bir qismini aytib yubordi: Mening ham undan bir mablag‘ qarzim bor, shu munosabat bilan u tunov kun oqshom bizning uyga kelib, «navirasi» deb osh yegan edi. Ammo bugungi oshni «avirasi» deb atadi, ya’ni menga qarz bergan pulining foydasining foydasi hisobladi. Shirbadan sayili voqeasidan taxminan to‘qqiz oy o‘tgan edi. Bir kecha shomdan keyin, boyvachcha mening xujramga keldi. U salomlashib so‘rashgandan keyin, dedi: Bu kecha mening Qori-Ishkambada bir ishim bor. U menga soat o‘nlarda uyimga borsangiz, meni ko‘ra olasiz, deb va’da bergan edi. Eshitishimcha, u hech bir kishini kechqurun uyiga yo‘latmas ekan-ku, deb uning so‘zini bo‘ldim. Avvali shuki, bu ish mendan ko‘ra, unga foydaliroq, shuning uchun kechqurun ham meni uyiga qabul qilishga majbur; ikkinchidan, uning mendan ko‘ngli to‘q, mendan hayiqmaydi, degandan keyin, boyvachcha o‘z so‘zini davom ettirdi: Kechqurun soat o‘nda, ayniqsa havo bulutli bu kechada, ko‘chada yolg‘iz yurish qo‘rqinchli. Agar bemalol bo‘lsa, siz menga hamroh bo‘lsaydingiz! Men u odamning shum betidan bezorman va unga duch kelishni o‘lim bilan baravar bilaman! Lekin modomiki, sizga hamroh bo‘lmoq uchun bir odam kerak ekan, mayli, boraman, «do‘stlar bilan birga o‘lmoq to‘y-tomoshadir», deganlar. Unga duch kelish, ayniqsa uning uyiga borish o‘limdan battarroq bo‘lsa ham, u yerda sizni qiziqtiradigan ishlar bo‘lishi ham mumkin, tomosha qilasiz, deb boyvachcha menda havas ham uyg‘otib qo‘ydi. Biz ikkovlashib va’da vaqti yaqinlashgan choqda ko‘chaga chiqdik. Havo bulut, oysiz bir kecha edi. Bunday kechada Buxoroning chiroqsiz, egri-bugri, tor ko‘chalarida yurish juda qiyin bo‘ladi, xayriyatki, qor yog‘moqda va hamma joyni oqartirib, ko‘chaga ko‘r oydin kabi g‘ira-shira yorug‘lik bergan edi. Bo‘lmasa bunday kechada yo‘lni ko‘rolmay peshanamizni biron devorga urib, boshimizni yorib olishimiz ham hech gap emas edi. Biz Ko‘kaldosh madrasasi sahnining g‘arb tomonidagi zinasidan tushib, o‘ng qo‘lga burildik, madrasa bilan Shayxshona machitining orasidagi ko‘cha bilan shimol tomonga qarab yo‘naldik. Madrasaning g‘arbi-shimoliy burchagiga kelganimizda chap qo‘lga burilib, somon bozori bilan g‘arb tomonga qarab bora berdik. Ko‘chada hech bir jon asari, hech qanday tovush va harakat yo‘q, qorning shivirlashidan bo‘lak ovoz eshitilmas edi. Faqat shu orada g‘arb tomondan kelayotgan mirshabning dovil sadosi eshitildi. Biz «u, usti yopiq rasta bilan o‘tib o‘z postiga borar» deb yo‘limizda qaytmay bora berdik. Lekin biz Qemo‘xtgaron ko‘liga yaqinlashganimizda mirshab ham o‘z dastasi bilan poyafzalfurushlik rastasidan chiqib bizga qarshi kela berdi. Mirshabning o‘zi otliq, odamlari piyoda edilar. Buxoro mirshablarining odati o‘g‘ridan qochmoq, o‘g‘rini tutmoq edi. Agar biz qochsak, bizning to‘g‘riligimizni bilib, albatta quvib tutarlar, agar qochmasak mirshab bilan yuzma-yuz kelib, o‘z-o‘zimizdan qo‘lga tushar edik. Boyvachcha bu holdan juda qattiq qo‘rqdi, uning qo‘rqishi shu jihatdan ediki, mirshabning qo‘liga tushib qolsa, Qori-Ishkambaga to‘lash uchun tayyorlangan pulidan bir qismini unga berishi, shu bilan bu kecha uning hisobini baravar qilolmay qolishi, yoki mirshabxonaga borib, ertagacha yotishi, erta baribir yo o‘zi, otasi pul to‘lab qutulishi kerak edi. U yalingan tovush bilan: Endi nima qilamiz? deb so‘radi mendan. Qo‘rqma, hech narsa bo‘lmaydi, deb men unga dadillik bergandan keyin, aytdim: Orqaga qaytamiz, siz mening orqamdan devorning osti bilan shoshmasdan og‘ir-og‘ir qadam bosib kelavering va orqangizga mirshab kelayotgan tomonga sira qaramang! Biz orqaga qaytib sekin-sekin yura bordik, mirshab ham bizning o‘g‘riligimiz yoki to‘g‘riligimizni aniqlay olmay, bizning orqamizdan qora olib kelmoqda edi. Biz Poyi ostona guzariga boradigan ranguborfurushlik rastasining burchagiga kelganimizda, mirshab bizga yaqinlashayozgan edi. Biz, chap qo‘ldagi timli rastaga burildik va rastaning boshidagi birinchi do‘konning supachasiga chiqib, rastaning tomini ko‘tarib turgan yo‘g‘on ustunning orqasiga yashirindik. Bizning chap qo‘lga burilganimizni ko‘rgan mirshab va uning odamlari bizning qanday odam ekanimizni bilmasdan, qo‘ldan qochirmaslik uchun bo‘lsa kerak. ularday birisi Kim u! deb tovush berdi. Men uning javobiga do‘kon supachasidan parcha g‘ishtni qo‘porib olib, ustun orqasidan chiqdim-da, u g‘ishtni ularga tomon otdim va yana o‘zimni ustun panasiga oldim. Shu bilan mirshab bizning «o‘g‘riligimizni» aniq-lagan bo‘lsa kerak, biz turgan tomonga kelishni «xatarli» bilib, orqaga qaytdi va dovilini chalmasdan, kelgan yo‘li bilan keta berdi. Mirshab borib poyafzalfurushlik rastasiga kirib ketgandan keyin, biz ustun orqasidan chiqib, tag‘in qaytgan tomonimizga qarab yo‘l soldik va bir necha minutda Qori-Ishkambaning hovlisiga borib yetdik. IX Boyvachcha Qori-Ishkambaning eshigini taqillatdi. Bir oz fursatdan keyin darvoza orqasidan: Qimdir u? degan ovoz eshitildi bu Qori-Ishkambaning tovushi edi. Men, oshna, Qori amaki, eshikni oching! dedi boyvachcha unga. Qori-Ishkamba darvozani ochdi, ammo boyvachchaning yonida boshqa bir odamning qorasini ko‘rgan hamon, qaytadan darvozani yopmoqchi bo‘ldi. Ammo boyvachcha bunga yo‘l qo‘ymadi: kifti bilan darvozaning bir tabaqasiga tiralib turib, bir oyog‘ini bo‘sag‘adan ichkari qo‘ygan holda: Qo‘rqmang, Qori amaki, bu kishi o‘zimizniki, degandan keyin menga qarab Marhamat qiling, kiring! dedi. Biz darvozadan ichkari kirishga muvaffaq bo‘ldik. Yo‘lakcha qorong‘i va tor edi. Ichkari hovlining kirish yo‘li bo‘lsa kerak, ochiq turgan bir eshikka o‘ng tomoni bilan turtindim, Qori-Ishkamba ro‘paramizdagi bir zinaga oyoq bosib: Kelinglar, yuqori chiqinglar dedi. Biz uning orqasidan qo‘limiz bilan devorni paypaslay-paypaslay yuqori chiqa boshladik, torgina bir sahncha va uning narigi boshida bir tabaqali eshik bor edi. Eshik oldida bir metrcha keladigan bir ayvoncha, ayvonchaning osti boloxonaning qor-yomg‘irdan saqlaniladigan yo‘lagi sanalardi. Qori-Ishkamba oldin borib boloxonaning eshigini ochdi, biz ham uning orqasidan yetib bordik. U boloxonaga kira turib: «Marhamat qilinglar!» dedi. Biz ham boloxonaga kirdik, ammo qorong‘ilikda qayerga o‘tirishimizni bilmay, tikka turdik. U bo‘lsa boloxonaning to‘rida «g‘ivirlab» yurmoqda edi. Qori amaki, nima qilyapsiz? deb so‘radi boyvachcha undan. Lampani axtarib topdim, qani, gugurtlaringiz bormi? Menda gugurt yo‘q ekan, dedi boyvachcha cho‘ntaklarini axtarib ko‘rgandan keyin. Menda ham gugurt yo‘q, dedim men. Qori-Ishkamba oyoq o‘yini qilayotganday boloxonani gumburlatib tepa boshladi. Boloxonaning osti ichkari hovlidagi uyim, ular «gum-gum»ni eshitib ichkaridan odam chiqadi, dedi. Haqiqatan ham ko‘p vaqt o‘tmasdan zina tomonidai oyoq sharpasi eshitildi. Lampani chiqar, undan bu lampani yondiray! dedi Qori-Ishkamba zina boshiga chiqqan kishiga. Lampani yondirish uchun gugurt so‘ramay, nega lampa so‘radingiz? dedi boyvachcha Qoriga. Hisob yuzasidan, dedi Qori-Ishkamba, har kecha uyimda bir dona gugurtdan ortiq sarf bo‘lmasligi kerak, xoh o‘choq bo‘lsin, xoh chiroq, bir-birovlaridan yondirishlari lozim. Shu holda mening qo‘limdagi besh-o‘n tanga pulni odamlar «foydaxo‘rlikdan topgan» deb o‘ylaydilar. Holbuki, men har bir narsamni tejashdan, xarajatda isrof qilmaslikdan topganman. To‘g‘risi, «chiqim qilmaslikdan deng!» dedi boyvachcha. Agar lampani chiqarib tushirishda uning shishasi sinsa, «mumsikning xarji ikki baravar» degan maqol to‘g‘ri bo‘lib qoladi, dedim men. Singan shishaning zarari menga emas, u lampaning egasi bo‘yniga tushadi, dedi Qori-Ishkamba, uning uchun bu lampani yondirishga ichkariga berib yurmay, u lampani bu yerga olib chiqishini buyurdim. -Ichkari hovlingizdagi lampa sizniki bo‘lmay, kimniki bo‘ladi? deb taajjub bilan so‘radim. Xotinlarimniki dedi Qori-Ishkamba va izoh berishga kirishdi, xotinlarim do‘ppi tikadilar, bu ishdan tushgan foydalarning barisi o‘zlariniki. Bu ishga bo‘ladigan xarajat, shu jumladan, lampa, uning shishasi va kerosin ham o‘zlari hisobidan bo‘ladi men uchun bo‘lsa, ichkari hovlida lampa ham kerakmas, uning yorug‘i ham. Unday bo‘lsa, do‘ppilarning narxi uchun shuncha tortishuvingiz xotinlaringiz manfaati uchun ekanda, deb men do‘ppi bozoridagi voqeani eslatdim. Yo‘q, u tortishuvlarim o‘z manfaatim uchun edi, dedi-da, izoh berdi. Xotinlarim tikkan do‘ppilarni men ulardan ko‘tarasiga baholab olaman. So‘ngra bozorga olib borib «oshnalarim» orqali chakana narx bilan sotaman, ko‘tara narx bilan chakana narx orasida bo‘lgan farq mening cho‘ntagimga kiradi. Bu orada birov yongan bir lampani keltirib zina ustiga qo‘ydi. Qori-Ishkamba men bilan bo‘layotgan gapini tugatgandan keyin, qo‘lidagi lampani olib borib eshik oldiga qo‘ydi, so‘ngra borib zina boshidagi lampani olib keldi. Yonayotgan lampaning piligini paslatib, yengi bilan shishasini olib, yerga qo‘ydi. So‘ngra boloxona palosi ostidagi bo‘yradan bir cho‘p sug‘urib olib uni boyagi lampadan yondirdi va lampasini yoqib olgandan keyin hovlidan chiqqan lampaning shishasini qo‘yib, uni eltib zina yoniga qo‘ygach, qaytib kelib, boloxona lampasini olib keltirib sandal ustiga qo‘ydi. Bu lampa mozorlarda yoqiladigan piliklarday xiragina yorug‘lik beradigan «uchinchi» lampa edi; shunday bo‘lsa ham, biz uning yorug‘ida boloxonadagi «mebellar»ni ko‘ra oldik: u yerda terilarni oshlaganda chiqadigan jun qirindilaridan bosilgan va Buxoro istilohicha «ohoki» ataladigan bir kigiz to‘shalgan, sandalning ustiga, o‘zi aytgancha, eshak terisiga o‘xshagan isqirt bir ko‘rpa yopilgan edi, ammo sandal tevaragidagi ko‘rpachalar undan ham isqirt, ya’ni eshakning to‘qimiga yoki qo‘tir tuyaning juniga o‘xshar edi. Marhamat qilinglar, sandalga o‘tiringlar- dedi u. Biz ust kiyimimizga yaxshilab o‘ralganimizdan keyin, sandalning ikki tomoniga o‘tirdik va oyoqlarimni sandalga uzatgan hamon qaytib tortib olishga maj bur bo‘ldik. Bu sandalmi yoki muzxonami, Qori amaki? deb so‘radi boyvachcha undan. Hali, shu havoda ham oyog‘ingiz sovqotdimi? dedi Qori-Ishkamba, boyvachchalarning oyog‘i shunaqa nozik bo‘lar ekan-da. Qishloqi mullavachchaning oyog‘i ham ishdan chiqadi, dedim men, bir qarich qor yog‘ib, kavushga keladigan bo‘lganda, fil ham ko‘chaga chiqsa sovqotadi. Uzingiz shu vaqt ko‘chaga chiqib, bir kezib kelsangiz-chi! Men hozir ko‘chadan keldim, dedi u, necha mahalla-ko‘ylarni kezdim, necha joyda choy ichdim, bir necha hovlida osh yedim. Agar boyvachchaga va’dalik bo‘lmasaydim tag‘in ikki soat ko‘chalarda yurar, oshlari juda kech tayyor bo‘ladigan oshnalarimning ham ovqatlarini yeb kelardim. Siz o‘z uyingizda ham osh yeganmisiz? deb so‘radim. Qori-Ishkamba sira o‘ylamasdan, hozirjavoblik bilan: Sira yemaganman. Modomiki, oshnalar uyida tayyor osh topilar ekan, nega o‘z uyimda qozon-tovoq qilib o‘tiray? Nega yuz ming mashaqqat bilan topgan pulimni bekorga isrof qilay, deb bir oz jim turgandan keyin, yana davom etdi: Gapim yolg‘on bo‘lmasin, yilda ikki marta o‘z uyimdan osh yeyman. Ishonmayman, dedi boyvachcha, sira aqlim ovar qilmaydiki, sizday odam pul xarjlab uyida osh pishirtirib yesin! Men pul xarjlab osh pishirtib yemayman-n-n, dedi u cho‘zib va izoh berdi, xotinlarim yilda ikki marta muharram va rajab oylarida osh qilib uchta qori chaqirtirib, otalarining arvohiga qur’on xatm qildiradilar. O‘sha vaqtda oshni qorilarning oldiga men olib chiqaman va ular bilan birga o‘tirib yeyman. O‘zingizku, qori, dedim men unga, nega xotinlaringizning pulini begona qilasiz, shuning o‘rniga o‘zingiz qur’on xatm qilib, pullarini olsangiz bo‘lmaydimi? Xotinlar unamaydi, «siz xudoni ham aldaysiz, qur’on o‘qimasdan pulni olasiz», deyishadi, dedi Qori-Ishkamba, lekin men hisobini topdim: xotinlar har bir qori uchun yetti tangadan qog‘ozga o‘rab, uch qoriga yigirma bir tangani menga topshirib, «qorilarga chiqarib bering», deydilar. Men yo‘lakda turib har bir qog‘ozdan ikki tangasini olib, cho‘ntagimga uramanda, qolganini qorilarga chiqarib beraman. Natijada har bir qoriga besh tangadan tegib, menga bo‘lsa, olti tanga o‘lja bo‘ladi. Ya’ni olti tangani o‘g‘irlayman, deng dedi boyvachcha. Nega bu ish o‘g‘irlik bo‘lsin? dedi Qori-Ishkamba bir oz zardalanib, men u chetdan chaqirilgan qorilardan ko‘proq va yaxshiroq qur’on o‘qib qaynatalarim arvohiga bag‘ishlayman. Buni ahmoq xotinlari bilmasalar ham xudo biladi. Qori amaki, dedi boyvachcha, agar puldan umidingiz bo‘lsa, darrov bir xokandoz olov keltiringki, oyoqlarim muzlab ketdi, qo‘llarim ham tarasha bo‘lib qoldi. Qori-Ishkamba o‘rnidan turib, yana yerni gumburlatib tepdi. Bir minutdan keyin ichkari hovlidan uning oldiga bir odam chiqdi. Ichkaridagi sandaldan bir xokandoz olov olib chiq! dedi Qori u odamga. Bir minutdan keyin u odam «olov»ni chiqarib, zina boshiga qo‘ydi. Qori-Ishkamba borib, xokandozni olib keldi. Xokandoz ichida ozgina qo‘r aralash kul bor edi. U o‘sha qo‘r aralash kulni xokandozi bilan sandal ichiga qo‘ydi. Nega xokandozni, bo‘shatmasdan, u bilan qo‘ydigiz? deb so‘radim. Buning hikmati bor! dedi u. Qanday hikmati? So‘ngra anglaysiz! Biz oyoqlarimizni qo‘r aralash kul ustiga uzatdik issiqligi juda oz bo‘lsa ham, saldan keyin mahsilarmizga yopishib qolgan muzlarni erita boshladi. Sandalingiz burun «yaxdan» bo‘lsa, endi «yaxodan» bo‘ldi, dedim unga. Zarari yo‘q, mening uyimda ko‘nglingizga sovuq suv o‘rniga «yaxob» urib ketasiz, deb u hali ham mening haqimda shubhasi borligini anglatdi. Qani, bo‘ling, daftaringizni tezroq keltiring hisobingizni to‘g‘rilab, tezroq jo‘naylik, bo‘lmasa bu yerda muzlab qolib, ajalimizdan besh kun burun o‘lamiz, dedi boyvachcha. Qori-Ishkamba o‘rnidan turib, boyvachchani buruti[9] bilan imlagani holda, eshikdan chiqdi. Boyvachcha ham bir ko‘zini qisib menga qaragandan keyin, uning ketidan chiqdi. Ular boloxonaning sahnida bir-birovlari bilan bir oz pichirlashganlaridan keyin, Qori-Ishkamba zinadan tushib ketdi va boyvachcha iljayib mening oldimga kirdi. Qanday gap ekan? deb so‘radim boyvachchadan. Hech bir gap yo‘q, sudxo‘rlarniig odati shu, dedi. U aytadiki, «men pulni sizning qo‘lingizdan kechasisi olib, bir begona odamning oldida uyimga kirgizib qo‘ymayman. Men borib bir kishini o‘zim bilan birga boshlab kelaman. Undan keyin sizning qo‘lingizdan pulni olib, birgalashib ko‘chaga chiqamiz. Siz yo‘ldoshingiz bilan o‘z tomonlaringizga ketasizlar, men u odam bilan birga pulni olib borib, o‘zimga ma’lum bir joyga qo‘yaman. Toki sizning yo‘ldoshingiz, «Qori pulni o‘z uyida saqlar ekan», deb gumon qilmasin. Bir odamning ko‘nglidagi shubha, ishonmovchilikning bu darajasi albatta jinnilikka o‘xshagan bir kasallikdir. Jinnidan hech kim ranjimagandek, men ham undan ranjimayman, uning mening haqimdagi shubhasining bu darajaga yetgani va uyalmasdan uni boyvachchaga izhor qilgani boshida menga qattiq ta’sir qilgan bo‘lsa ham, tezda ko‘nglimdan chiqardim. Qori-Ishkamba ikki minutdan keyin qaytib keldi. Uning yolg‘iz kelganini ko‘rib, boyvachcha undan: Aytgan odamingizni topmadingiz shekilli? deb so‘radi. Hali u odamniig oldiga borganim yo‘q, bir zarur ishni eslab yo‘limdan qaytdim, dedi Qori-Ishkamba va izoh yo‘li bilan so‘zini davom zttirdi: Siz, ikkovingiz-ku, bir-birovlaringizni yaxshi taniysizlar, qorong‘ida bo‘lsa ham bir-birovlaringizning tovushlaringizni eshitasizlar. Hozir gaplashib o‘tirishdan boshqa ishlaringiz ham yo‘q. Buning uchun chiroq kerak bo‘lmasa kerak. Men lampani zina boshiga eltib qo‘yib, o‘chirib ketaman. Qelganimdan keyin uni yoqib hisob-kitobimizni qilamiz. Tuzukmi? Biz kuldik. Ammo u bizning «tuzuk» yoki «tuzuk emas» deyishimizni kutmasdanoq, lampani ko‘tarib chiqarib, zina boshiga qo‘ydi va puflab o‘chirganidan keyin, zinadan tushib ketdi. Xo‘p! dedim men boyvachchaga, bir oz jim turganimizdan keyin, modomiki, biz ikkalamiz bir-birovlarimizni yaxshi tanir zkanmiz, qorong‘ida bo‘lsa ham bir-birovimizning tovushimizni eshitar ekanmiz va gapirishib o‘tirish uchun chiroq ham kerakmas ekan, bas, nega jim o‘tiramiz? Unday bo‘lsa gapiring! Sizga ma’lumki, men otam bilan bir do‘konda o‘tiraman, otam xat-savodsiz bo‘lgani sababli, uning butun hisob-kitobi mening qo‘limda. Lekin men ba’zan otamdan yashirib do‘kon pulidan o‘z orzu-havasimga xarjlayman, bu xarj ba’zida besh yuz, hatto ba’zan ming tangaga borib yetadi. Ba’zan shunday xarjimdan keyin, bankka yoki boshqa biron kishiga kattaroq mablag‘ to‘lash kerak bo‘lib qoladi. Shu vaqtda men qarz ko‘tarib unday muomalani to‘g‘rilayman, bo‘lmasa, otam oldida sir ochilib qoladi. Shundan saqlanish uchun yo‘l topib, pul olaman, buni esa do‘kondan kam-kam pul to‘plab kishi bilmas uzaman. Xo‘p, bunday ishlar boyvachchalar hayotida uchraydigan narsa. Ammo siz shunday vaqtlarda nega boshqa biron sudxo‘r, yoki sudxo‘r hindilardan pul ko‘tarmay. Shu isqirtdan qarzdor bo‘lasiz? Bu odam bilan bir nafas bir joyda o‘tirishnnpg o‘zi odamning bir yillik umrini qisqartiradi. Isqirtlikda va boshqa xususiyatlarda hamma sudxo‘rlar va sudxo‘r hindilar baravardirlar. Ammo bu odamning boshqa sudxo‘rlardap farqi shundaki, foyda uchun biror tanga ortiq bersam yoki biron yog‘liq palov damlab yegizsam sirimni o‘lguncha yashirin saqlaydi. Boyvachcha bilan bizning gapimiz shu yerga yetganda Qori-Ishkamba e’timodli odamini boshlab keldi. U zina boshida turib, u odamdan gugurt so‘radi. Xayriyatki, u odamning gugurti bor ekan, o‘sha bilan lampani yoqib, boloxonaga olib chiqdi. U odam ham uning orqasidan kirib biz bilan salomlashdi. Biz lampaning yorug‘ida u odamni tanidik: u «Qavkaz-Merkuriy» nomli naqliyot shirkati joylashgan «Kavkaz» saroyining saroyboni edi. Qori-Ishkamba lampani sandal ustiga qo‘yganidan keyin, ichkari hovlisiga kirib daftarini olib chiqdi. Boyvachcha ichki cho‘ntagidan Buxoroning ming tangasi bilan baravar bo‘lgan bir yuz ellik so‘m qog‘oz aqchani chiqarib, Qori-Ishkambaning oldiga qo‘ydi. Undan keyi ustki cho‘ntagidan tanga chiqarib undan yigirma besh va o‘n besh tiyinlik tangani sanab: Bu «bolasi», deb, uni ham Qori-Ishkambanin oldiga surdi. Qori-Ishkamba pullarni ikki martaba sanadi va qog‘oz aqchalarni bitta-bittadan chiroqqa tutib, ichidagi nishonlarni ko‘zidan kechirgandan keyin, pullarni yana bir martadan sanab, cho‘ntagiga soldi. Undan keyin daftarini ochib bu hisobni yozdi va daftarining jildidan boyvachchaning tilxatini chiqarib, uning qo‘liga berdi. Biz jo‘namoqchi bo‘ldik. Bir oz tura turinglar, birga chiqamiz, dedi Qori-Ishkamba, bir qo‘liga daftarni va ikkinchi qo‘liga sandaldagi xokandozni oldi. Bu kulni nima qilasiz? deb so‘radim Qori-Ishkambadan. Bu hali butunlay o‘chgani yo‘q, oz bo‘lsa-da, orasida qo‘ri bor, ichkaridagi sandalga solaman. Agar xokandoz bilan qo‘ymasdan, sandalning ichiga bo‘shatsaydim, butunlay kul bo‘lar edi. Endi xokandoz bilan qo‘yganimning hikmatini anglagan bo‘lsangiz kerak. Angladim! dedim kula-kula. Qori-Ishkamba daftar va xokandozni ichkari hovlisiga qo‘yib chiqqandan keyin, yo‘lakchada turib: Qani tushinglar! deb bizga tovush berdi. Saroybon lampani ko‘tarib zina boshida turdi, biz uning yorug‘ida zinadan tushdik. Qori-Ishkamba saroybonga lampani o‘sha yerga qo‘yib o‘chirishni buyurdi. Biz ko‘chaga chiqdik. Qori-Ishkamba ham saroybonni ergashtirib, bizning orqamizdan chiqdi. Darvoza ichkaridan berklandi. Biz hammamiz poyabzalfurushlik saroyigacha birga bordik. U yerdan Qori-Ishkamba bilan saroybon «Xo‘ja Muhammadiy Parron» tagiga qarab yo‘naldilar, biz Qemo‘xtgaron ko‘li tomoniga qarab burildik. Hali ham yog‘moqda bo‘lgan qorning qalinligi to‘piqqa yetgan edi. Kunlardan bir kun Qori-Ishkamba Buxoroning Mag‘oq machitida bomdod namozini o‘qidi, namozdan keyin bo‘ladigan masnaviyxonlikni eshitdi, so‘ngra machitdan chiqib, eshik oldidagi supachaga o‘tirib, qandaydir duolarni o‘qib, tasbeh o‘gira boshladi. Shu vaqtda oddiy dehqon kiyimida bir odam kelib, qo‘l qovushtirib, unga salom bergandan keyin, machit eshigining boshqa bir supachasiga o‘tirib, Qori-Ishkambaga qaray boshladi. Qori-Ishkamba u odamni «Mag‘oq machitga nazr atatan va o‘zini machitning nazrxo‘ri, deb gumon qilgan bir dehqon», deb o‘yladi va undan ko‘proq nazr undirish uchun bir necha minut yana ham balandroq ovoz bilan duo o‘qib, tasbeh donalarini hisob cho‘tiday shaqirlatib o‘tirgandan keyin, qo‘lini yuziga surtib, uning salomiga javob qaytardi va unga: Xo‘sh, nazr-niyozingiz bo‘lsa chiqaring, uka! Mening nazr-pazirim-ku yo‘q, lekin sizdan qarz so‘ramoqchiman, dedi u dehqon. Qancha qarz olib, qancha foyda bermoqchisiz va zarkafilingiz kim? Qori-Ishkamba bilan dehqon gaplashayotgan choqda Mag‘oq machiti oldida do‘konlari bo‘lgan attorlar kela boshladilar, ular o‘z do‘konlarini ochishdan burun bularning nimalar to‘g‘risida gaplashayotganlariga qiziqib, gaplashuvchilarning oldilarida to‘plana berdilar. Pul muomalasini va umuman pul to‘g‘risidagi ishni hammadan yashirishni istagan Qori-Ishkamba odamlar oldida o‘zining boyagi so‘roqlariga javob olishni, o‘zicha «munosib» ko‘rmay dehqonga: Turing, men bilan yuring, boshqa biron xilvatroq joyga borib gaplashamiz, deb o‘rnidan turdi va dehqonni ergashtirib shonataroshlik tor ko‘chasidagi tahoratxonaga kirdi. Namoz vaqti bo‘lmaganidan u yer tahorat oluvchilardan xoli va biron odamning kelib kirish ehtimoli ham yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham, Qori-Ishkamba «ehtiyot yuzasidan» tahoratxona zshigini ichkaridan zanjirladi va dehqon bilan birga supachaga o‘tirib, unga haligi savollarni qayta boshdan berdi. Qancha pul qarz olib, qancha foyda bermoqchisiz va zarkafilingiz kim? Qori amaki! dedi dehqon, avval siz mening dardimni eshiting, u vaqtda mening qancha pulga muhtojligim o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lib qoladi va qancha foyda berish kerakligim ham o‘shanda aniqlanadi, Xayr, gapiring! Men GalaOsiyoga qarashli Bo‘lmaxo‘ron qishloqlik, yer-suvli, uy-joyli dehqonman. Sangsabz qishlog‘ining oqsoqoli Arbob Ro‘zi o‘z yeri yonidagi yerlarimni ko‘lga kirgizish uchun ustimdan bir janjal chiqardi. Qishlog‘imizning oqsoqoli Arbob Hamid ham unga yon bosdi. O‘n besh kun qamalib chiqib, keyin qozixona eshigiga qatnay-qatnay bu janjal majjonan tugagan bo‘lsa ham, shu o‘n besh kunda qozixonada bo‘lgan besh yuz tanga xarajatni qozikalon mening bo‘ynimga yukladi. Janjal ustida turgan qozikalon odami bu pulni har kunda besh tanga foyda sharti bilan qozixona samovarchisidan qarz ko‘tartirib, xarajatni to‘lattirdi. Mana shu kungi namozi bomdodda besh yuz tanga qarzim besh yuz iigirma besh tanga bo‘ldi, agar peshin na-mozigacha topib bera olmasam, besh yuz o‘ttiz tanga, xuftongacha bera olmasam, besh yuz qirq besh tanga, ertaga qolsa besh yuz ellik tanga bo‘ladi va shunday bora bersa o‘n besh kun o‘tmay men butun yer-suvim va uy-joyimdan ajralamai. Shuning uchun arzonroq foyda va uzoqroq muddat bilan hojatimni chiqararmikansiz deb, oldingizga bo‘yin egib keldim. Qori-Ishkamba «bunday yog‘liq o‘lja qanday bo‘lib qishloq o‘limsaxo‘rlari changaliga tushmay, menga kelibdi, bu orada biron tuzoq yo‘qmikin», deb shubhalanib dehqondan so‘radi: Qishlog‘ingizda holingizni biladigan, halolligingizga ko‘ngli to‘ladigan biron sudxo‘r boy yo‘qmidiki, siz ularga bormay, menga keldingiz? Bor! dedi dehqon, mening boshimda o‘sha janjalni qo‘zg‘agan Arbob Ro‘zi va unga yon bosgan Arbob Hamid qishloqning sudxo‘r boylari, lekin ular, qarzga bergan pullarning foydasiga qanoat qilmaydilar, balki yer-suvni garovga olib, foyda ustiga foyda zamlab, oz vaqtda meni yerdan mahrum qiladilar. Boya sizga aytganimday, ularning bu janjaldan maqsadlari yerimni qo‘limdan tortib olishdir. Men ham, dedi Qori-Ishkamba, yeringizni garovga olmasdan turib, sizga pul qarz bera olmayman. Tuzuk, dedi dehqon, siz ham yerimni garovga olib, qarz bersangiz, lekii mening eshitishimcha, siz qishloqqa chiqib yer-suv egallab, dehqonchilik qiladigan odam emas ekansiz. Shuning uchun qishlog‘imizdan bir kishi: «Agar shu kishidan qarz olsang, yering o‘z qo‘lingda qoladi», deb meni sizga yubordi. Ho‘p, dedi Qori-Ishkamba rozilik ohangi bilan, har yuz tanga uchun oyda qancha foyda berasiz? Besh tanga! Haligacha har yuz tanga uchun oyda ikki yarim tangadan ortiq foyda yuzini ko‘rmagan Qori-Ishkamba «besh tanga»ni eshitib, yuragi yorilar darajada shodlangan bo‘lsa ham, yana bir oz orttirish umidi bilan: Yo‘q dedi, har yuz tanga uchun oyda o‘n tanga bersangiz, bu ishni qilaman, bo‘lmasa yeringizga ko‘z tikkan o‘sha qishloq sudxo‘rlari oldiga bora bering! Qishloq sudxo‘rlari, dedi dehqon, jumladan, Arbob Ro‘zining o‘zi ham, mening yerlarimni garovga olish sharti bilan har yuz tanga uchun oyda o‘n tanga taklif qildilar. Mep «erim qo‘ldan ketadi», deb bu taklifni qabul qilmadim. Sizni menga insofli sudxo‘r, yuz tanga uchun oyida ikki yarim tangaga rozi bo‘ladigan sudxo‘r, deb darak berdilar. Shunday ham bo‘lsa men insof qilib, qishloq boylari taklif qilgan bahosining yarmisini, ammo o‘zingiz shahar xalqidan olib turgan foydaning ikki baravarini takli qildim. Agar bunga unaman, o‘sha qishloq sudxo‘rlar talab qilganday oyda o‘n tanga talab qilsangiz, siz bilan ular orasida qanday farq qoladi? Natijada baribir mening yerim oz vaqtda qo‘limdan ketadi. Chunki bunday og‘ir foydani to‘lay olmayman, siz darrov mening yerlarimni o‘sha boylarga sottirib olasiz, lekin o‘shanda ham shart qilingan hamma foyda unmaydi. Bir ish qilingki, «na six kuysin, na kabob», na mening yerlarim qo‘ldan ketsin, na siz shahar xalqidan oladiganingiz foydaning ikki baravari bo‘lgan foydadan mahrum qoling! Qori-Ishkamba o‘zining manfaatiga muvofiq bo‘lgaq bu so‘zga qarshi ayta oladigan biror javobi bo‘lmasa ham, boshqa yo‘l bilan foydani yana bir oz orttirmoqchi bo‘ldi. Xayr mayli, boring, baraka toping, faqat mening namozxon pokiza odamligimni nazarga olib, duolarimdan umid qilib, yuz tanga uchun oyda olti tanga foyda bering, bir oyda bir tanga qayerga ketmaydi! O‘shanda ham siz uchun besh yuz tanga, har oyda, qozixona samovarchisiga beradiganingizga ko‘ra yetti yuz yigirma tanga arzon tushadi. Xayr mayli, boring, siz ham baraka toping! dedi peshin vaqti yaqinlashib qozixona samovarchisiga beriladigan pulning yana besh tanga orttirishidan qo‘rqqan dehqon, unday bo‘lsa, pulni darrov bering, men olib samovarchiga to‘lay. Ey, qiziq gapirasiz-ku, dedi Qori-Ishkamba, men sizni tanimasdan qanday qilib sizga pul beraman? Avval borib yer-suvingizni aniqlashim, uni xatlashim kerak, bundan boshqa siz biror inobatli, yerli-suvli zarkafil topishingiz kerak. Undan keyin men pul bera olaman. Xo‘p, dedi dehqon, boring, o‘z ko‘zingiz bilan yerlarimni ko‘ring, qo‘shnilarimdan mening qanday odamligimni tekshiring. Lekin «zarkafil top» deb o‘tirmang, chunki, birinchidan zarkafil qarzdor pul bera olmagan vaqtda naqd pul chiqarib berish uchun kerak. Mening do‘stlarim orasida unaqangi puldor odam topilmaydi, ularning hammalari kundalik mehnatlari bilan kun ko‘rib yurgan odamlar, ikkinchidan, zarkafil pul egasining ko‘nglini to‘ldirish uchun kerak, mei o‘z yerlarimni sizga xat qilib berganimdan keyin agar men sizning pulingizni bera olmasam, siz darrov yerlarimni sottirasiz. Bu orada zarkafilning nima kerakligi bor? Xo‘p, deb Qori-Ishkamba bu shartga ham rozi bo‘ldi. Endi yerlarimni tekshirish va vasiqa qilish uchun qachon borasiz? Shu ikki-uch kun orasida. Jon Qori aka, erta-indin boriig, samovarchining gardanimdagi qarzi og‘irlashib ketmasin, deb dehqon o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Tez borish uchun harakat qilib ko‘raman, deb Qori-Ishkamba ham o‘rnidan turdi va tahoratxonadan chiqa turib, dehqondan so‘radi: Bo‘lmaxo‘ranga borsam sizni kim deb so‘rog‘lay? Hamrohrafiq, dedi dehqon va Qori-Ishkambadan tezroq borishini yana bir marta yalinib so‘ragandan keyin, taroqchilik ko‘chasidan o‘tib, rastadan chiqib ketdi. Qori-Ishkamba bo‘lsa, katta rastaga chiqib, kundalik ishlari orqasidan tushdi. Qori-Ishkamba Hamrohrafiq bilan qilgan suhbatining ertasiga erta bilan shahardan chiqib, Gala Osiyo tomoniga qarab piyoda yo‘lga tushdi. Piyoda yurishda semizligi, qornining kattaligya azob bersa ham, u iloji boricha tezroq yugurmoqda va tergag botib, nafasi qisilsa ham, yo‘rtib lo‘killamoqda edi. Uning bunday shoshilishidan maqsadi Gala Osiyodagi qozikalon noibi qishloqlarga chiqib ketmasidan burun borib noibxonada topmoq va uning vositasi bilan Hamrohrafiqning ahvolini tekshirmoq edi. Qori-Ishkamba Gala Osiyoga yetishib, noibxonaga kirayotganida noibni ot ustida uchratdi. U Qori-Ishkamba kutganday qishloqlarga chiqayotir edi. Qori-Ishkambaning kirib kelishini ko‘rgan noib otdan tushdi-da, u bilan quchoqlashib ko‘rishdi. Noibning Qori-Ishkambada farqi faqat boshi va yuzining kichikligida, kamsoqolligida edi, boshi shu darajada kichkina ediki, uzoqroqdan uni ko‘rganlar «g‘alla to‘ldirib og‘zi bog‘lanib qo‘yilgan qanor bo‘lsa kerak», deb o‘ylar edilar. Haqiqatan ham uning yo‘g‘on gavdasi ustidagi kichkina bosh tutamlab bog‘langan to‘la qanorning og‘ziga o‘xshar edi. Bir-birovlariga yopishganlari holda qo‘llari bir-birovlarining qo‘ltiqlariga yetmagan bu beso‘naqay ikki do‘st o‘z ahvollaridan o‘zlarining ham kulgilari qistab, ko‘rishib bo‘lgach, qo‘l ushlashib kula-kula mehmonxonaga kirdilar. Noib, ovqat yeyishda ham Qori-Ishkambaning o‘zginasi edi, bu to‘g‘rida uning farqi yolg‘iz shu ediki, Qori-Ishkamba qornini o‘z hujranishinlari va qarzdorlar dasturxonlaridan «to‘ldirsa», noib o‘tiga ishi tushga qishloq boylarining yog‘liq ziyofatlarini yeyish bilan birga, kambag‘al dehqonlarni talab, to‘plagan qo‘y, qo‘z va so‘qimlarini so‘yib, o‘z uyida ham yer edi va kambag‘alroq odamlarni o‘z dasturxoni boshiga yo‘latmas ham, o‘zi va Qori-Ishkambaga o‘xshagan qorni kattalardan ziyofatini ayamasdi. Mehmonxonaga kirib o‘tirishlari bilanoq noib o‘z mahramini chaqirib, dasturxon buyurdi. Hozircha dasturxon bilan birga bir tovoq yaxna go‘sht keltir va darrov ikki tovuqni qovurishga buyur - dedi-da, Qori-Ishkambaga qarab so‘radi: Qanday sabab bilan shahardagi javob muomalalaringizni tashlab qishloqqa chiqdingiz? Choy buyuring, bir ikki piyola choy ichib, ham hordig‘imni chiqaray, ham qorinni siz dasturxonga qo‘yadigan taomlarni shipirish uchun tayyorlay, bir oz dam olganimdan keyin, qishloqqa chiqishimning sababini aytib beraman. Bir tosh yo‘lni piyoda bosib, jonim halqumimga kela yozdi. E, hali piyoda keldingizmi? Shunday vaqtlarda foydalanish uchun nega biron ulov saqlamaysiz? Men tishi bor arrani uyimga yo‘latmaymanu, ot yoki eshak saqlaymanmi? dedi Qori-Ishkamba va mahram olib kirgan choy bilan dasturxonga ko‘zi tushgan hamon gapdan to‘xtadi. Dasturxon yozildi, yaxna to‘g‘ralib o‘rtaga qo‘yildi va choy quyildi. Qori-Ishkamba ovqatdan burun chon ichmoqchi bo‘lsa ham, yaxna go‘shtni ko‘rdi-yu, choydan kechib yaxna solingan tovoqning ustiga butun gavdasi bilan egildi. Uy egasi ham yog‘liq parchalarni olib og‘ziga tiqishga o‘z mehmonidan qolishmasdi. Qori-Ishkamba ovqat vaqtida gapirishga odat qilgan bo‘lmasa ham, uy egasining o‘ziday ovqat yeyishdan kunlashib bo‘lsa kerak: Siz ham haligacha ovqat yemaganmi edingiz? deb so‘radi. Yegan edim, dedi noib, lekin yolg‘iz yeyilgan ovatning mazasi bo‘lmaydi va ishtaha ham yaxshi ochilmaydi. Ishtahangizni ochish uchun sizga hamtovoq kerak ekan, nega o‘z odamlaringizdan birortasini dasturxonga chaqirmadingiz. Doimiy hamtovog‘im bor u mahramim, u har mahal dasturxon boshida men bilan birga o‘tiradi. Lekin u ovqatni juda oz yeydi, «chimxo‘r ho‘kiz ochlikdan o‘ladi», deganlariday, uning «chilp chilp» qilib ovqatlanishi mening ishtahamni battarrok bo‘g‘ib qo‘yadi, dedi noib va izoh berishga kirishdi. - Chunonchi shu bugun erta-bir dona qovurilgan tovuq bilan bir tovoq to‘g‘ralgan yaxnani dasturxonga keltirib qo‘ydilar, hamtovog‘im bo‘lgan mahramim bir-ikki burda non bilan bir-ikki parcha yaxna go‘shtdan ortiq yeya olmadi. Buni ko‘rib mening ham ishtaham bo‘g‘ildi. Ko‘ngil tilar-tilamas zo‘rg‘a tovuqni yeb tugatdim, ammo yaxnadan bo‘ls uch parchadan ortiq yeya olmadim. Qori-Ishkamba o‘z odatining aksicha o‘laroq, ovqat vaqtida bir-ikki og‘iz gapirib, u vaqtda tovoqdan ovqat olishi birmuncha keyinga qolgan bo‘lsa ham, bunda ziyon ko‘rmadi, ovqat yeyishda dunyoda birdan-bir raqib bo‘lgan hamtovog‘ini gapga solib qo‘yib, o‘zi go‘shtlarn chaynamay yuta berdi, noib o‘z chimxo‘rligini gapirib bo‘lguncha yaxna tovog‘i bo‘shadi ham uning o‘rniga qip-qizil qilib qovurilgan ikkita tovuq keltirildi, bir oxurdan kunjara yeyayotgan bir juft ho‘kizday ikki do‘st tovuq go‘shti ustiga engashdilar. Endi uy egasi ham indamasdan ovqat yeyishga kirishdi, u «oling-oling» deydigan manziratga ham o‘rin qoldirmay, tovoqdan katta parchalarni ko‘tarayotgan hamtovog‘ini mehmondorli nazokati uchun ora-sira boshi va qo‘li bilan “oling” degan ma’noda imlab qo‘ysa ham, biron og‘iz gapirmasdi. Tovuqlar ham yeyilib bo‘lib, dasturxon yig‘ishtirilib olingandan keyin, choy ichish iavbati keldi va choy vaqtida Qori-Ishkamba o‘zining kpshloqqa chiqish sababini aytib berib, noibdan uning qo‘l ostida bo‘lgan Bo‘lmaxo‘ron qishlog‘idagi Hamrohrafiqning ahvolin so‘radi va U bilan oldi-berdi qilsam kuyib qolmasmikanman? Yo‘q, kuymaysiz, dedi noib, birinchidan, o‘ziga tinch bir dehqon, besh tanob milk yeri[10], bir toqa[11] ho‘kizi va bir sigiri bor og‘a-inisi yoki qo‘lidan ish keladigan katta o‘g‘li bo‘lmasa ham, o‘zi ishchan odam bo‘lganidan yerlarini gulbog‘chaday obod qilgan va betanob yerdan o‘n tanob, balki undan ham ko‘proq yerning hosilini oladi, ikkinchidan, u to‘g‘ri va kishining haqidan qo‘rqadigan odam, uchinchidan, juda sodda, sofdil va ishonuvchan bir kishi, shuning uchun «yomg‘irdan qochib, qorga tutilgan» odamday, qishloq sudxo‘rlardan qochib sizning tuzog‘ingizga ilinibdi. Qori-Ishkamba noibning bu gapidan zavqlanib kuldi va noib o‘z so‘zini davom ettirib dedi: Mana shunday mulkli, asbob-uskunali, o‘ziga tinch, to‘g‘ri va soddadil dehqonda sizday odamning puli kuymaydigina emas, balki u sizga govmish sigirday bir necha yil sut, qaymoq bera oladi. Birov uni yo‘ldan ozdirib, niyatidan qaytarsa nima qilaman? U vaqtda, dedi noib, qozi kalon muhri bilan muhrlatib sizga beriladigan bir parcha xat sizning qo‘lingizda «o‘tkir pichoq» vazifasini bajaradi va u pichoqni ishlatib, uning terisini shilib, sizga topshiradigan «qassob» men bo‘laman. Demak, Hamrohrafiqqa pul qarz berishim maslahat? Maslahat, dedi noib, lekin u qishloqqa borib, u yerning katta-kichiklari orasida gaplashib, vasiqa tayyorlashimiz kerak. Unday bo‘lsa o‘sha yerga boraylik. Boramiz! deb noib otlarni tayyorlashga buyurdi. X Noib bilan Qori-Ishkamba Bo‘lmaxo‘ron qishlog‘iga yetib bordilar. Umrida biror marta bo‘lsin ot minmagan Qori-Ishkamba ot ustida qiziq ko‘rinar edi: uning qavatma-qavat kiygan choponlarining barlari ot ustiga yoyilib ketgan, sallasi oldin tushib, qosh-ko‘zini bosgan, pechlari ochilib har tomonga osilgan, o‘zi ikki qo‘llab egar qoshini mahkam tutgan edi va noibning mulozimlaridan bo‘lgan bir otliq u mingan otning yuganidan yetaklab borardi. Kulgi uchun bo‘lsa kerak noib, uning umrida ot minmaganligini bila turib, jo‘rttaga uii sovutilmagan, yosh, chars va asov bir otga mingizgan edi, u mingan ot o‘z yonida, o‘zini yetaklab borayotgan otliqning otini tishlamoqchi bo‘lib, har zamonda bir unga og‘iz solardi, boshqa biror otning kishnashini eshitganida ikki-uch kishnab unga javob berardi yoki biror narsadan hurkkan bo‘lib bir tomonga olib qochmoqchi bo‘dardi yoki chiroqpoya[12] bo‘lib oldingi oyoqlarini osmonga ko‘tarardi. Otning munaqa harakatlarining har birida sho‘ring qurg‘ur Qori-Ishkamba o‘n marta o‘lib, o‘n marta tirildi, «voy o‘laman» deb dod dedi, ammo noib va UNING odamlaridan kulgidan boshqa «yordam» ola olmadi, o‘zini otdan tashlamoqchi bo‘ldi, ammo tashlay olmadi. Agar uning otini yetaklab borayotgan yigitning chaqqonligi ustaligi bo‘lmasaydi, haqiqatan ham u otdan yiqilib o‘lar, hech bo‘lmaganda boshi yorilib va qo‘l-oyog‘i singan bo‘lardi. Bo‘lmaxo‘ron qishlog‘ining aholisi noibni hech vaqt shu kungiday kulgi va qiyg‘os bilan qarshi olmagan edi, ular har vaqt noib qishloqlariga kirib kelganda «boshimizga yana qanday balo keltirdi ekan?»deb qayg‘uga tushardilar. Bu safar ham ularning yuraklari shunday qayg‘udan xoli bo‘lmasa-da, Qori-Ishkambani otga mindirib kelish manzarasi ularni kuldirmay qo‘ymadi. Kishloqning katta-kichigi, keksa chollarigacha ko‘chaga chopib chiqdilar va qishloqqa kirib kelgan «maymunboz»ning tevaragiga yig‘ilganday, uning atrofini o‘rab oldilar. Bu tasodifiy qarshi oluvchilarning oldilarida, haqiqiy va haqiqatni shodlik bilan qarshi oluvchi bo‘lib, qishloq oqsoqoli Arbob Hamid turar edi. Arbob Hamid otda kelayotgan noib bilan va uning ishorasi bo‘yicha Qori-Ishkamba bilan ko‘rishgandan keyin, oldinga tushib, ularni boshlab borib, o‘z hovlisiga tushirdi. Noib va uning yo‘ldoshlari shohsupa ustiga chiqib o‘tirishlari hamon, oqsoqolning odamlari bir semiz qo‘zini keltirib supa oldida noibning ko‘zi tushadigan joyda so‘ydilar. Bu endi oqsoqolning noibini qanday shodlik bilan qarshi olganining amaliy alomati edi. Dasturxon yozildi, meva-cheva tortildi, qishloq kattalari ham noib o‘tirgan supaga chiqib, dasturxon boshiga o‘tirdilar. Eski to‘n faqirlar bo‘lsa, daraxtlarning tubiga, devorning tagiga o‘tirib, «noib boshimizga yana qanday baloni olib keldi ekan?» deb bir-birovlari bilan pichirlashmoqda edilar, Qori-Ishkambaning qo‘rinishidan paydo bo‘lgan kulgi va shodlikdan endi asar qolmagan edi. Xalq orasida Hamrohrafiqni ko‘rmagan noib, uning qayerdaligini oqsoqoldan so‘radi. U yavonda[13] bug‘doy o‘rayotgan bo‘lsa kerak, deb javob berdi oqsoqol. Biron odam yuborib, uni chaqirtirib keltiring! Oqsoqol pastda o‘tirgan bir bolani chaqirib, Hamrohrafiqni aytib kelishga buyurgandan keyin: Unda nima ishingiz bor? Noib oqsoqolning javobiga Qori-Ishkamba bilan Hamrohrafiq oralaridagi bo‘lajak oldi-berdining xomcho‘tini hikoya qilib bergandan keyin: Bugun sizlarning huzuringizda mana shu ishni uzil-kesil qilib, vasiqa tayerlash uchun keldik, dedi. Ko‘p yaxshi, xush kelibsizlar! dedi oqsoqol noib va Qori-Ishkamba tomonga qarab, o‘ng qo‘lini ko‘kragiga qo‘ydi-da, boshini hurmat bilan eggandan keyin, gapini davom ettirdi: Lekin biror yer, bog‘, yo hovli sotiladigan yoki garovga qo‘yiladigan va qanday yo‘l bilan bo‘lsa bo‘lsin, boshqa biror odamning qo‘liga o‘tkaziladigan bo‘lsa, shariat yuzasidan hammadan burun u mulkni qo‘shnisida bo‘lgan mulklarning egalariga taklif qilish kerak, agar ular «bizga kerakmas» desalar, undan keyin chetdan kelgan odam mulkka qadam bosa oladi. Ammo yer oluvchi Qori akam bo‘lsalar, bu savdoning ustida oqsoqollik qilib, bizning vazifamizni yengillashtiradigan siz bo‘lsangiz, biz hech bir so‘zsiz bunday ishni qutlaymiz. Qori akam bo‘lsin, yo boshqa biroq shaharlik boy bo‘lsin, shahardan uzoq bo‘lgan bunday qishloqqa kelib dehqonchilik va mulkdorlik qila olmaydi. O‘zining hamqishloqlarini, o‘z ko‘zi oldida, o‘z yeriga ega qilib qo‘yish alamiga chidayolmasligini chamalagan Hamrohrafiqning o‘zi bu ishni topgan. Hozircha uning yerini Qori akamning nomlariga xatlaymiz, bu kishining beradigan qarzlari foyda tug‘ib, yerning arziydigan narxiga yaqinlashgandan keyin, albatta, uni sottirib, o‘z pullarini undiradilar. U vaqtda bu yerni qo‘shni bo‘lgan mulk egasiga o‘tkazasizlarmi, boshqa biron kishiga berasizlarmi, ixtiyor sizlarda. Har holda Qori akamning qadamlari o‘z qishlog‘ingizga tegishidan siz va qishloqning boshqa kattalari ziyon ko‘rmaysizlar. Bu kishi qo‘llari uzun, barakali odam, dedi noib va Hamrohrafiq yerlarining yonidagi yerlarning egasi kim? deb so‘radi oqsoqoldan: Sangsabz qishlog‘ining oqsoqoli Arbob Ro‘zi, deb javob berdi oqsoqol, ana o‘zlari ham kelib qoldilar! Supaning oldiga kelgan Arbob Ro‘zining hurmatiga supadagilar o‘rinlaridan turdilar, u supaga chiqib, noib, Qori-Ishkamba va noibniig odamlari bilan ko‘rishgandan keyin, uy egasi Arbob Hamiddan yuqoriga o‘tirdi-da, Bo‘lmaxo‘ron qishlog‘ining kattalariga qarab: Ko‘rganimiz ko‘rishganimiz, dedi. Arbob Hamidning odamlari, Arbob Ro‘zi noibga tortiq qilib keltirgan bir qop ertagi qovunni hovuzbo‘yiga terib qo‘ydilar, ustiga to‘rtta qovurilgan tovuq qo‘yilgan bir dasturxon, moyli issiq patirni bo‘lsa, har joy-har joyga tashlab va ikkita patir bilan tovuqlarni noibning oldiga eltib qo‘ydilar. Noib tovuqlardan ikkitasini dasturxonning quyi tomoniga itarib, qolgan ikkitasini o‘zi bilan Qori-Ishkambaga yaqinroq joyga qo‘ydi. Noibning, tovuqlarning ikkitasini o‘z oldidan uzoqlashtirganidan jahli chiqqan Qori-Ishkamba achchig‘langan bir vaziyatda unga qaradi va shu qarash bilan go‘yo undan bu «yaramas» ishning sababini so‘raganday bo‘ldi. Qori-Ishkambaning bu qarashining ma’nosini tamoman tushungan noib yuzini burishtirgani holda, uning ko‘ziga bir tikilib oldi. Go‘yo shu tikilish bilan «shahar xalqiga ko‘ra to‘qroq bo‘lgan qishloq aholisi oldida bunday ochko‘zlik ko‘rsatish yaramasligini» unga tushuntirmoqchi bo‘ldi. Lekin Qori-Ishkamba, parchalab supadagilarning oldiga qo‘yilgan u ikki tovuqni qo‘lga kirgizishdan umidini uzgan bo‘lsa ham, ko‘zini undan uzmas va qo‘li o‘z oldidagi tovuqlar go‘shtini olib, og‘ziga solayotgani holda, nazarini boshqa odamlar og‘ziga kirayotgan u tovuqlariing go‘shtidan uzmasdi. Noib va Qori-Ishkamba oldilaridagi tovuq qovurmasi yeyilib tugatilmasdanoq, dasturxonga qo‘zi qovurmasi keltirildi. Qo‘zi qovurmasi tovoqlari bo‘shayotgan choqda tovoqdagi palovlarni keltirdilar. Supadagilar qorinlari yorilar darajasiga yetguncha ovqatlanib turganda, supadan nariroqda daraxt va devor tublarida o‘tirgan faqir-fuqaroni hech bir kishi esga olmas edi. Hatto noibning maxsus chaqirig‘i bilan kelgan va bu moyli ziyofatlar uning ustidan va uni talash munosabati bilan bo‘layotgan Hamrohrafiqqa ham hech kim qaramasdi. U ham eski to‘nlar qatorida bir daraxt tubida pisib o‘tirar edi. Nihoyat bo‘shagan tovoqlarni yig‘ishtirdilar, sarqit ovqatlar haligi faqirlarga berildi, dasturxon tovuqlar oldiga qoqildi, chaynalgan suyaklar itga tashlandi, qovunlar bilan to‘latilgan barkashlar qator qo‘yildi. Qovun yoyilib bo‘lgandan keyin, uning qirilgan, qirilmagan po‘choqlari ham «sadaqa» qilindi. Oxiri Qori-Ishkamba tomonidan o‘qilgan bir duo bilan dasturxonga fotiha berildi. Noib, Qori-Ishkamba bilan Hamrohrafiq oralarida bo‘lgan kelishuvni hikoya qilib, Hamrohrafiq yerlariga shafilik[14] da’vosida bo‘lgan Arbob Ro‘zining ruxsatini olgandan keyin, Arbob Hamidga qarab: Hamrohrafiqni bu yerga chaqiring, oqsoqol! Oqsoqolning imlab chaqirishi bilan Hamrohrafiq supaga chiqib, kattalarga salom bergandan keyin, bir burchakda pisib o‘tirdi. Noib unga qarab Qori-Ishkambaning muhtojlikka tushgan odamlarga «xayrixohligi»dan, lekin uni tanimagani uchun uiing haqida shubhada bo‘lganidan, bu to‘g‘rida o‘zi uning ko‘nglini to‘ldirib «Hamrohrafiq yaxshi va to‘g‘ri odam» deb ta’rif qilib o‘zi boshlab uni bu yerga olib kelganini gapirganidan keyin: Shu ishni bitkazsak menga yaxshigina xizmatona berasan-da, dedi. Hamrohrafiq uning bu «xizmatlari» muqobiliga «qulluq» deganday qilib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib boshini egdi. Bular o‘zaro kelishganlari juda yaxshi, dedi Arbob Hamid. Bizku bu savdoning ustida yo‘q edik, siz aytib bering noib eshon, qishloqning katta-kichigi bularning oralarida qanday muomala bo‘layotganini eshitsinlar. Noib Hamrohrafiq huzurida u bilan Qori-Ishkamba oralarida bo‘lgan kelishuv shartlarini foydaning miqdorini va besh tanob yerni xat qilib berishni yana bir marta hikoya qilgandan keyin: Biziing vazifamiz, mana shu shartlarga binoan, shar’iy vasiqa qilib, muhrona, kotibona, xizmatona va shirinkoma olishdir, dedi va o‘z juzgiridan[15] qog‘oz va qalamdonidan qalam chiqarib, Hamrohrafiqqa qarab so‘radi: Qancha pul qarz olmoqchisan? Bilmasam? dedi Hamrohrafiq, samovarchidan besh yuz tanga qarzim bor, ikki kunlik foydasi bilan besh yuz ellik tanga bo‘ladi. Ya’ni besh yuz ellik tanga qarz olmoqchimisan? Xatni muhrlatib, qori akaga berib, u kishidan pul olganinggacha samovarchining foydasi yana yigirma besh tanga ortib, undan qarzing besh yuz yetmish besh tanga bo‘ladi. Shu mablag‘ni olsang bo‘ladimi? Boshqa xarajatlar uchup paqd puling bormi? Hamrohrafiq «yana qanday xarajatlar bor ekan?» deb bir oz o‘ylab turib: Yo‘q, biron qora pulim ham yo‘q! Ey, sen dunyodan butunlay xabarsiz ekansan-ku, degandan keyin noib boshqa xarajatlarni sanay boshladi. Axir sening ishing ustiga qadam ranjida qilib, la’lida to‘qqiz non olib kelgan katta oqsoqol Arbob Ro‘ziga yigirma besh tanga qadam haqi bermaysanmi? Bu bilan senga kerak bo‘lgan pul tappa-taxt olti yuz tanga bo‘ladi, shuncha ziyofatlar qilgan va o‘lik-tirigingni bajaradigan o‘z qishlog‘ingning oqsoqoli Arbob Hamidga qirq tanga bermaysanmi? Janobi shariatpanoh qozi kalonga muhrona, menga kotibona va mulozimlariga xizmatona hammasi ichida qilib ellik tanga bermaysanmi? Arbob Hamid noibning so‘zini bo‘lib: Bu oz, hech bo‘lmaganda qozixona xarajati uchun yuz tanga berishi kerak, dedi. Yuz tanga berish kerak, lekin biz shu ellik tangaga qanoat qilamiz, qolgani uchun duo qilsin, dedi noib va o‘z gapini davom qildirdi: Mana shu oz-oz hisoblangan xarajatlarni, samovarchiga to‘laydigan pulga zam qilsang, hammasi bo‘lib senga yetti yuz tanga kerak bo‘ladi. Noib Hamrohrafiqqa kerak bo‘ladigan pulning miqdorini aniqlagandan keyin, Qori-Ishkambaga qarab dedi: Siz mana shu yetti yuz tangani naqd berasiz, buning bir yillik foydasini hisoblab, ustiga zam qilib o‘sha mablag‘ga Hamrohrafiqning besh tanob yerini sizning nomingizga shar’iy xat qilamiz, bir yil o‘tgandan keyin agar Hamrohrafiq foyda bilan tani pulini sizga to‘lasa, sizlarning oralaringiz ochiq bo‘ladi, agar yolg‘iz foydasini to‘lasa, shu xatning hukmi ikkinchi yilga ham cho‘ziladi va uchinchi yilida ham gap shunday: qachonki, Hamrohrafiq foydani o‘z vaqtida to‘lamasa yoki umuman to‘lovdan bosh tortsa, uni quvib yuborib yerni butunlay egallashga yoki yerni sotib, o‘z pulingizni undirishga haqqingiz bor. Xo‘p, dedi Qori-Ishkamba, yetti yuz tanganing bir yillik foydasi ustiga zamlangandan keyin kancha bo‘ladi? Qancha bo‘lishini siz mendan yaxshiroq bilasiz, degan holda noib yozish-chizishga kirishdi va hisoblab bo‘lgandan xeyin: Yetti yuz tanga, har yuz tanga oyida olti tangadan, bir yilda besh yuz to‘rt tanga foyda tug‘ar va agar buni tani pulga zam qilsak, bir ming ikki yuz to‘rt tanga bo‘lar ekan, dedi. Bu hisobingizda men ko‘p zarar tortaman, dedi Qori-Ishkamba. Qanday zarar? deb so‘radi ajablanib noib va davom etdi: Axir kelishuvlaringiz har yuz tangaga onda olti tangadan emasmi? To‘g‘ri, olti tangadan, deb javob berdi Qori-Ishkamba. Shu hisob yuzasidan yetti yuz tanganing foydasi oyda qirq ikki tanga bo‘lmaydimi? Shunday. Axir, o‘n ikki qirq ikki-besh yuz to‘rt tanga bo‘l maydimi? Bo‘ladi! Unday bo‘lsa, bu hisobda qanday zarar yoki aldov bor? dedi noib g‘olibona bir ohang bilan. Bu yerda boshqa bir nozik nuqta borki, uni bu kabi kunda shunday hisoblar bilan bosh qotirib yurganlardan boshqa odamlarning tushunishlari qiyin, dedi Qori-Ishkamba kulimsirab. Unday bo‘lsa bnzga ham o‘sha «nozik nuqta»ni tushuntiring! dedi noib avvalgi jiddiy ohang va o‘z qilgan hisobga butunlay ishongan vaziyatda. Mana bunday, deb izoh berishga qirishdi Qori-Ishkamba, men shahar xalqiga pul qarz bersam foydasini oyma-oy olaman va har oy foydadan undirgan pullarimni yana birovning «hojatini chiqarish uchun qarzga berib, undan ham foyda olaman. Amm Hamrohrafik ukamga beradngan pulimning foydasin bir yil o‘tgandan keyin oladpgan bo‘lsam, mening foydadan unadigan pullarim uning qo‘lida bekor yotgan bo‘ladi. Bu men uchun katta zarar. Xo‘p, foydalaringizning foydasi bir yilda qancha bo‘ladi? deb so‘radi noib bir oz bo‘shashib. Masalan, dedi Qori-Ishkamba bir necha minut barmoqlarini bukib-ochib, jim turgandan keyiy kasrlarni hisobga olmay «dehqonlar tushunadiganday qilib aytsak, birinchi oyda unadigan qirq ikki tanga o‘n bir oyda yil oxirigacha (har yuz tanga oyda olti tanga yuzasidan) yigirma yetti yarim tanga foyda tug‘adi. Ikkinchi oydagi qirq ikki tanga o‘n oyda yigirma besh tanga foyda tug‘adi va hokazo; agar bularning hammasini yil oxirigacha hisoblasak bir etak pul bo‘ladi. Xo‘p, endi tushundim, dedi noib tamoman qanoatlangan holda, lekin buning umumiy xulosasini, men chiqara olmayman, o‘zingiz hisoblab bering! Jonim bilan, degan holda Qori-Ishkamba noibning oldidagi qalam-qog‘ozni olib, hisoblay boshladi va bir oz yozib-chizgandan keyin: Bir yilda yetti yuz tanga foydasining foydasi (o‘zimcha, aytganda «navirasi») bir yuz oltmish besh tanga bo‘ladi, dedi. Demak bu mablag‘ni avvalgi bir ming ikki yuz to‘rt tangaga zam qilsak, dedi noib, Hamrohrafiqning Qori akamdan bir ming uch yuz oltmish to‘qqiz tanga qarzdor bo‘lishi kerak bo‘ladi. Shunday emasmi, Qori aka? Shundayku-ya, dedi Qori-Ishkamba, lekin bunaqa hisoblarda kasrlarni ko‘p hisobga olib o‘tirdilar, shuning uchun «dehqonlar tushunadigan» qilib to‘ppa-to‘g‘ri bir ming to‘rt yuz tanga yozing qo‘ying! Haligacha natijasini kutib jim turgan Hamrohrafiq, bu gapni eshitishi bilan, tutun chiqarib kuyib urgan o‘tning birdan alangalanganiday o‘rnidan irg‘ib turib: Uyimni kuydirmoqchi bo‘lsanglar, o‘t qo‘yib birdan yondiringlar, yerimni sotib bo‘lib olinglar, o‘zimni qishloqdan quvib yuboringlar, bular bilan ham ko‘ngillaringiz tinchimasa, o‘zimni tutib olib borib, amir zindoniga qamatinglar yoki dorga ostiringlar, ammo aslo o‘z ixtiyorim bilan bunday savdoga rozi bo‘la olmayman, dedi. Majlisdagilar Hamrohrafiqning bu qilig‘iga piqirlashib kulib bo‘lgandan keyin, Arbob Hamid unga arab: Hamro uka, rozi bo‘lmasang, mayling, dedi, yuking qoningni buzmasdan, joyingga o‘tir va mening gaplarimga javob ber! Hamrohrafiq o‘tirdi, oqsoqol undan so‘radi: Shu balolarni sening boshingga men keltirdimmi? Hamrohrafiq bu savolga javob bermagach, oqsoqol so‘zini davom ettirdi: Sen Arbob Ro‘zi akamning yetimlari To‘ramurod bilan Bahovuddingami, boshqa bir joygami bording, ikki kundan keyin sen sog‘-salomat kelding, ammo undan darak bo‘lmadi. Arbob sendan so‘raganlarida, sen «Men ishlmayman, unga nima bo‘lgan, mendan ajralib allaqaysi tomonga ketdi», deb mujmal javob berding. Lekin do‘st-dushman orqa-oldingda To‘ramurodni Hamrohrafiq o‘ldirgan deb gap tarqatdilar. Buni eshitgan hokimlar seni javobgarlikka tortdilar. Shukurki, tekshirishdan sen oqlanib chiqding, bo‘lmasa seni yo o‘ldirardilar yoki o‘n ming tanga xun pulni berarding. Lekin sening boshingga tushgan janjalga bo‘lgan xarajatni men yoki Arbob Ro‘zi akam, yo bo‘lmasa boshqa biror kishi berarmidi? Mana o‘shanday katta balodan sen besh yuz tanga bilan qutulding. Bu yergacha meni yo boshqa biron kishini bu ishda gunohkor qila olmaysan. Bundan buyoni bo‘lsa, o‘zing qilgan ish. Hamrohrafiq bu gaplarni eshitmaganday bo‘lib, yerga qarab o‘tirar edi. Arbob Hamiddan keyin noib gapg‘a kirishdi: Hamro, menga qara, Qori akani senga men topib berdimmi? deb so‘radi. Hamrohrafiq javob bermagach, noib do‘q urib: Menga qarab, gapimga javob ber deyman, dedi. Yo‘q! dedi ko‘zipi yerdan uzmasdan Hamrohrafiq. Kim topib berdi? O‘zim. Qori akaning oshnalari bo‘lgan domla imomim darak bergan va buning o‘zi borib topgan, dedi Arbob Hamid. Domla imom qayerda? deb so‘radi Qori-Ishkamba oqsoqoldan. Bu ishga aralashgani uchun koyib edik, achchig‘lanibmi, uyalibmi machitni tashlab qayoqqadir ketgan. Domla imomingizning ham aqli yo‘q ekan-da, shunday tuhmatchining ishiga aralashipti, degandan keyin noib yana Hamrohrafiqdan so‘radi. «Har yuz tangaga oyda olti tanga foyda ber», deb men senga dalolat qildimmi? Yo‘q. Bukungi majlisda bo‘lsa, msn senga yon bosdim Qori aka bilan talashdim, shunday bo‘lsa ham sen meni o‘zingga zulm qilganlar qatorida sanaysan. Noibdan keyin Qori-Ishkamba gap boshladi: Hamro uka, dedi u yumshoq ohang va kulimsirab turgan vaziyatda, men seni qidirib topmadim, sen meni axtarib bording, boshqalar sendan talab qilgan o‘n tanga o‘rniga men olti tangaga rozi bo‘ldim, «tezroq borib ishni bitkazing», deb o‘zing yalinding-yolvording keyin men keldim. Xo‘sh, shu ishda mening qanday gunohim bor? Hamrohrafiqdan hech bir sado chiqmagach, Qori-Ishkamba yana davom qildi: Ehtimol senga mening foydaga foyda zam qilganim yoqmagandir. Agar shunday bo‘lsa, sen yetti yuz tanga uchun har oy boshida qirq ikki tanga naqd pul olib borib menga beraver. Shu bilan sen yilda yana bir yuz oltmish besh tanga to‘lashdan qutulasan. Mehnatkash dehqon har oy boshida naqd pul topolmaydi, dedi Hamrohrafiq, dehqonning qo‘liga pul har yil yig‘im-terimdan keyin kiradi. Unday bo‘lsa, bu savdoning bahridan o‘t, mendan xafa bo‘lma, men jo‘nayman, deb Qori-Ishkamba joyidan qo‘zg‘ala boshladi. Lekin Hamrohrafiq bu savdoning bahridan o‘tolmasdi, kunda yigirma besh tanga «tug‘ayotgan» samovarchining besh yuz tangasi tegirmon toshiday uning boshida aylanmoqda shuning uchun u, Qori-Ishkamba bilan kelishuv fikriga tushib: Kechirasiz, Qori amaki, deb yumshashib, so‘zga kirishdi. «Qetish uchun o‘rnidan qo‘zg‘algan» Qori-Ishkamba go‘yo uning so‘zini zshitmoqchi bo‘lib o‘rniga o‘tirdi. Hamrohrafiq davom qildi: Men boshimga tushgan bu og‘ir kunlarning hammasini taqdirimdan ko‘raman, lekii shu qadar og‘ir yukning ustiga sizning tomondan hech bir sababsiz, bahonasiz, qo‘shilgan o‘ttiz bir tangani, men «dard ustiga chipqon» deyman, hech bo‘lmasa shu o‘ttiz bir tanga siz uchun arzimas bir narsadir, ammo men kabi botqoqqa botgan odam uchun juda og‘ir bir yuk. U o‘ttiz bir tanga ham sababsiz emas edi, dedi Qori-Ishkamba bir oz jiddiyat bilan, faqat uning sababini bu yerda aytishni munosib ko‘rmagan edim. Qanday sababi bor ekan? deb so‘radi Hamrohrafiq ajablanib. Men, dedi Qori-Ishkamba, shahar xalqining birisiga agar yetti yuz yoki ming tanga qarz bersam, qarzdor pulimning foydasini oyma-oy, o‘z vaqtida to‘lash bilan birga kunda yoki kun oralab meni ziyofat ham qilib turadi. Sen mendan bir ming yuz tanga qarzdor bo‘la turib, hech bo‘lmaganda, bir yilda o‘ttiz bir tanga ziyofat puli bermaysanmi? Ammo siz bu gapni menga bir-birovimiz bilan kelishgan vaqtimizda aytmagan edingiz. Hamrohrafiqning bu gapiga javob topolmay shoshib, qolgan Qori-Ishkambaning yordamiga Arbob Hamid yetib kelib, so‘zga kirishdi: Xayr, Qori aka, gap ziyofat ustida qolgan bo‘lsa oson, dehqon odamning ziyofati qovun, tarvuz meva-cheva bo‘ladi. Siz Hamro ukamning hojatini chiqaring, u har safar shaharga borganida qovun, tarvuz yoki boshqa xil mevalardan olib borib sizni yo‘qlab turadi. Oqsoqolning bu bitimiga Hamrohrafiq bosh qimirlatish bilan rozilik alomati ko‘rsatganidek, Qori Ishkamba ham rozilik o‘rnida iljayib qo‘ydi. Bu holni ko‘rgan noib qalam, qog‘ozni qo‘lga olib: Aftidan, kelishdingizlar chog‘i, endi qarzdorlik mablag‘ini bir ming uch yuz oltmish to‘qqiz tanga yozay-mi? deb Qori-Ishkambaga qaradi. Mayliku-ya, dedi Qori-Ishkamba, lekin bir ming uch yuz oltmish to‘qqiz tanga» degan gapni aytish juda qiyin odamning tiliga og‘ir keladi. «Bir ming uch yuz yetmish tanga» deb yozsangiz, aytishga bir oson bo‘lardi, Hamro ukam ham bir tanganing sarbozoriga bormasin, agar ko‘zi qiymasa, men uchun olib boradigan qovundan to‘rtta kamroq olib borsin. Majlisdagilar Qori-Ishkambaning bu gapiga piqillashib kulib yubordilar, kutmagan vaqtda bunday og‘ir qarz ostida qolgan Hamrohrafiq qayg‘u tog‘i ostida qolganday ezilayotgan bo‘lsa-da, u ham Qori-Ishkambaning bu darajaga yetgan ochko‘zligiga iljayishdan o‘zini to‘xtata olmadi. Noib vasiqani yozib bo‘lganidan keyin, Hamrohrafiqdan so‘radi: Besh tanob mulk yeringni Qori-Ismatulla janoblariga bir ming uch yuz yetmish tanga badaliga «shar’iy bay» bilan sotdingmi? Sotdim. Puli tegdimi? Hali pulini olganim yo‘q-ku! Hozir sen «oldim» deb iqror qil, shar’iy tomoni to‘g‘ri bo‘lsin. Vasiqani shariatpanoh janoblarig muhrlatib, Qori akaga topshirgan vaqtda, u kishi pulini oqsoqol huzurlarida senga beradilar. Xo‘p, oldim! dedi Hamrohrafiq. Shu bilan Hamrohrafiq, qo‘liga biror pul kirmagani va bundan buyon ham kirmasligini aniq bo‘lgan holda Qori-Ishkambadan bir ming uch yuz yetmish tanga qarzdor bo‘lib, yerdan ajraldi va o‘zi shu kundan boshlab unga qul bo‘lib qoldi. Majlisdagilar tarqalishga hozirlandilar, supadagi kattalar joylaridan turib, ko‘chaga chiqdilar va «mehmonlar»ni uzatish uchun yo‘lning bir tomonida qatorlandilar. Daraxt va devorlar ostida o‘tirganlar ham ko‘chaning boshqa bir tomonida saf tortdilar. Noib supadan tushib, otga mindi, uning ko‘rsatishi, bilan Qori-Ishkambani ham kelishda mingani chars otga ko‘tarib mindirdilar, bir otliq u otning yuganidan tutdi. Ot o‘ynamoqda va Qori-Ishkamba «voy o‘ldim» deb dodlamoqda edi. Noib to‘dasi shunday «tantana» bilan darvozadan chiqayotganda omma orasidan bir yigit yugurib kelib noibga: Hamroh akamning shuncha xonavayron bo‘lishiga sabab bo‘lgan, yo‘qolgan To‘ramurod keldi, dedi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay To‘ramurod hammaning ko‘ziga ko‘rindi, u odamlar bilan bir-bir ko‘rishib-so‘rashib kelmoqda edi. Ammo Hamrohrafiq uning bunday sekin yurishiga cho‘l bermadi: Tez bo‘l, men bilan birga yur, noib eshonga o‘zingning o‘ldirilmaganligingni, sening yo‘qolishingdan mening xabarsizligimni ayt! deb uning qo‘lidan tutib, ot ustidagi noib oldiga olib keldi va unga qarab: Ana, bundan o‘zingiz gap so‘rab ko‘ring! dedi. Noib istar-istamas To‘ramuroddan. Sen qayoqqa yo‘qolib ketgan eding? deb so‘radi. Men, dedi To‘ramurod, amakim Arbob Ro‘zining eshiklarida besh yil ishladim, eski kiyim va mog‘orlagan nondan boshqa narsani ko‘rmadim. Bundan uch hafta burun Azizobod qishlog‘iga tushgan singlimning betob bo‘lib yotganini eshitdim, unga issiqqina bir-ikki bozor noni olib borish va agar kerak bo‘lib qolsa eshon, tabib va folbinga berish uchun oqsoqol amakimdan besh tanga so‘radim, bermadilar, u kishining bu ishlari nafsimga juda qattiq tegdi. «Bundan buyon u kishining eshigiga oyoq bosmayman», deb chiqib ketdim. Hamroq akam Bahovuddinga borayotgan ekanlar, u kishi bilan yo‘lga tushdim. Lekin Bahovuddinga borganimizdan keyin «oqsoqol eshitib qolib orqamdan odam yubormasinlar», deb qayoqqa borishimni Hamroh akamga ham aytmay, sekingina qochdim. Singlimning qishlog‘ida Hamroh akamni «To‘ramurodni o‘ldirgan» deb qamoqqa tiqqanlarini eshitgan bo‘lsam ham, singlimnipg kasali og‘irlashganidan o‘z vaqtida kelolmadim. Axir bechora singlim o‘ldi. To‘ramurod keyingi jumlani aytganida ko‘zidan mildirab oqa boshlagan yosh tomchilarini yengi bilan artganidan keyin, yana o‘z gapini davom ettirdi. Uning o‘ligini ko‘mib, xudoyi-mudoyini o‘tkazganimdan keyin, bu tomonga qarab shoshildim. To‘ramurod o‘z so‘zini tugatgani hamon, Arbob Ro‘zi noibga yaqinlashib: Arzim bor, taqsir! dedi. Gapiring. Bu bolaning (To‘ramurodni ko‘rsatib) ota-okasini men ko‘mdim, bunga ikki yuz tanga sarf bo‘ldi, o‘zini boqib, o‘stirdim, bunga ham taxminan ikki yuz tanga xarj bo‘lgandir. Endi qo‘lidan ish keladigan bo‘lib menga ishlab, o‘z qarzini to‘laydigan vaqti kelganda mendan qochdi va bu gunohini sizning oldingizda o‘z tili bilan iqror qildi. Shariatpanoh janoblarini noiblari bo‘lgan siz janobdan bu bolani qamoqqa olib, boshqa yetim-esirlarga ibrat bo‘larli darajada tanbeh berishingizni, boshi devorga tegib, yalinib-yolvorganidan keyin mening qo‘limga topshirishingizni so‘rayman. Noib Arbob Ro‘zining gapiga: Durust, deb javob berganidan keyin o‘z odamlaridan biriga qarab: Bu bolani bog‘la, dedi. Noibning odami qo‘lini orqasiga bog‘layotganda, To‘ramurod pisand qilmay kular edi. Tanida joni bor har bir kishini yig‘latadigan bu ahvolga nega kulasan? deb Hamrohrafiq To‘ramuroddan so‘radi. Men bu kun o‘ttiz yashar bir odam bo‘lganimda Arbob Ro‘zining eshigiga kelganimda yigirma yashar yigit edim. Lekin taqdir meni soqol-mo‘ylovsiz ko‘sa yaratgan Arbob meni «bola» deganday, noib eshon ham «bola» deyayotirlar. Boylar, zo‘ravonlar bechor odamning molini, yerini tortib olib, kuch-quvvati mehnatidan foydalanish bilan qanoatlanmaydilar, lozim ko‘rsalar, uning yoshini ham o‘g‘irlab oladilar. Men ana shu ahvolga kulaman, dedi To‘ramurod. Ona suting og‘zingdan ketgan emas-ku, sen o‘zingni qanday «o‘ttiz yashar» deyayotirsan? dedi Qori-Ishkamba. «Ikki odam guvohlik bersa, shariat bo‘yicha, bu odamni o‘ldirtira oladi» deydilar. Hali sening «bolaligingga» ikki odamgina emas, uch «mo‘tabar» zot guvohlik berdi. Sen ham jimgina o‘zingni «bola» deb keta ber, dedi oyoq yalanglardan biri piching qilib, odamning gapiga xalq piqirlab kulib yubordi. Ko‘p vaysama, ahmoq! degach, noib haligi oyoqyalangga qarab otini sura boshladi. Noibni kuzatish uni qarshi olishday shovqin-suron bo‘lmadi. Bu gal Qori-Ishkambaning ot ustidagi vaziyati ham odamlarni kuldirmadi, xalq qo‘li orqasiga bog‘lanib noib to‘dasining oldida olib borilayotgan To‘ramurodning ahvolidan qattiq qayg‘uga tushgan edi va odamlar o‘zaro gurunglashib Arbob Ro‘zini qarg‘ab, noibni so‘kmoqda edilar. XI Bir kuni Qori-Ishkamba Buxoroning choyfurushlik rastasidan o‘tib hovlisiga ketayotganda ko‘mir bozorining tor ko‘chasiga kirganda ot, eshak bog‘lanadigan sayisdan «Qori amaki, Qori amaki» degan tovush eshitdi. Avval «biron kishi, boshqa biron qorini chaqirayotgandir» deb e’tibor bermasdan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi sokin takrorlangan bu chaqiriq tovushi qulog‘iga tanish eshtilganidan yo‘lidan qaytib, saroy darvozasi oldiga, kelib saroyning ichiga qaradi. Chaqiruvchi, otini saroybonga topshirayotgan sangibzlik Arbob Ro‘zi edi. Arbob Ro‘zi saroybonga «otni boshqa otlardan uzoqroq bog‘la, urishib bir balo qilmasin», deb tayinlashdan keyin, kelib saroy darvozasi oldida turgan, Qori-Ishkamba bilan salomlashib ko‘rishdi. Arbob Ro‘zi Qori-Ishkambadan hol-ahvol so‘ragandan keyin: Mening sizga bir zarur ishim bor edi, shu kun qishloqdan siz bilan uchrashish uchun kelib edim, u kishini «qayerdan toparkanman» deb o‘ylab turganimda, o‘zingizga ko‘zim tushib qoldi. Xudo ishimni o‘ng keltirdi -dedi. Ko‘p yaxshi, dedi Qori-Ishkamba, Xizrni yo‘qlagan, uni ko‘rar, deganlar. «Ayiqni yo‘qlasang, tayoqni qo‘lingga ol!» ham deganlar, dedi Arbob Ro‘zi kulib, har holda ko‘p ovora bo‘lib yurmasdan sizni uchratdim. Lekin mening hovlimda ot bog‘larlik va mehmon tunarlik joy yo‘q, dedi Qori-Ishkamba, Arbob Ro‘zi aytgan maqoldan kulgisini to‘xtatgandan keyin. Mayli, dedi Arbob Ro‘zi, agar kechga qolsam, otimga joy topib bergan saroybon o‘zimga ham joy topib berar. Xo‘p, ishingizni gapiring! Men sizdan besh-olti tanga qarz Jim, dedi Qori-Ishkamba Arbobning og‘zid «tanga qarz» degan gapni eshitgan hamon bunday joyda bunaqa gapni gapirish munosib emas. Unday bo‘lsa, biror samovarxonaga boraylik, Samovarxonada ham gapirib bo‘lmaydi, unda do‘st bor dushman bor, odamlarni tanib va ularga ishonib bo‘lmaydi. Xo‘p, qayerda o‘tirishib gaplashamiz? Men bilan birga yuring, biror xilvat joy topaman, deb Qori-Ishkamba oldin tushdi va orqasidan ergashgan Arbob Ro‘zini boshlab borib, yanada torroq bir ko‘chaga kirdi. Qori-Ishkamba borayotib o‘z ko‘nglida «bu odam men ko‘p katta boy deb o‘ylagan edim, qanday bo‘lib qarz olishga muhtoj bo‘ldi? Yoki meni biror tuzoqqa tushirmoqchimi?.» deb o‘ylar edi. Ikki yo‘ldosh jim borayotib, bir dolon usti yo yo‘lakka yetishdi. U yo‘lakning oxirida birgina hona bo‘lib, uning ham eshigi tashqi tomonidan qulflangan edi. Undan naridagi tor ko‘chaning boshi berk bo‘lib biron o‘tkinchining kelish-ketish ehtimoli yo‘q edi. Ana shu yer juda soz, deb Qori-Ishka yo‘lakning tag sinchiga o‘tirdi-da, Arbob Ro‘zini ham yoniga o‘tqazib: Xo‘p, endi gapiring! dedi. Men sizdan besh-olti tanga qarz so‘rab kelgan edim. Ko‘p yaxshi, qancha kerak? Ming tanga. Bu pul kimga kerak? O‘zimga. Siz Hamrohrafiqqa pul qarz berib, uning darini o‘z nomingizga xat qildirmoqchi edingiz choy anday voqea yuz berdiki, o‘zingiz pulga muhtoj lib qoldingiz? U yoqlarini tekshirib o‘tirmaig, Qori aka! Agar menga ishonsangiz, men so‘ragan pulni berasiz, men olib borib, u pulni xoh o‘zimning biror dardimga darmon qilay, xoh biror hovuz, yoki ko‘lga tashlay, u men ishim. Siz mendan oy boshida foyda olishni va va’da boshida tani pulingizni to‘latishni biling! dedi Arbob bir oz achchig‘i kelganday bo‘lib. Durustku-ya, dedi Qori-Ishkamba yumshoqlik bilan, mening qishloqqa oyoq bosishimni yoqtirmagan bir odam, o‘zi kelib, meni qishloqqa qarab tortsa men shubhalanib tekshirishga haqliman. Bu gapingiz to‘g‘ri, dedi Arbob avvalgi shashtimdan tushib, haqiqatan ham men sizning Hamrohrafiqqa qarz berganingizni yoqtirmagan edim. Chunki mening og‘zimga tushayozgan yog‘liq luqmani tortib olgan edingiz, so‘ngra bir voqea yuz berdiki, men siz bilan kelishmoqchi, birlashmoqchi bo‘ldim. Qanday voqea yuz berdi? Bir kun bozordan saroyda qoldirib kelganim haligi otni olib keldim. Uyda undan boshqa uloqchi yaxshi bir otim ham bor edi. Lekin, u chimxo‘r edi yemni yaxshi yemas edi, bergan yemniig yarmisini qoldirardi. Men «bu ikki ot qiziqib yemni yaxshiroq yesin» deb ikkalasini bir-biroviga yaqin yerga bog‘ladim. Lekin ular bir-biroviga qiziqib yemni yaxshiroq yeyish o‘rniga, bir-birovi bilan kukilashib, tepishib, tishlasha boshladi. Natijada har ikkalasining ham yemi yeyilmay qoldi yoki juda oz yeyildi. Bag‘ishlang, Arbob, dedi Qori-Ishkamba, men sizning bu uzun hikoyangizning ma’nosini tushuna olmadim, boshim og‘riy boshladi, qisqa qilib, biz ikkalamizning oramizdagi munosabatga daxldor joyni aytib bering! Hammasi ham bizga daxldor, shoshilmang, hozir tugataman, degandan keyin Arbob o‘z hikoyasini davom ettirdi: Otlar ikki kunni mana shunaqa tepishish, urishish bilan o‘tkazdilar, yemdan har ikkovi ham go‘yoki butunlay mahrum bo‘lib qoldilar. Lekin uchinchi kun kelishibdilar, oxurni yalaganday qilib yemni yebdilar, undan keyin har qancha ko‘p yem bersam ham, to‘ymaganday, yeb tugata berdilar. Xo‘p, bu hikoyaning bizga daxlli yeri qayda? deb Qori-Ishkamba o‘z suhbatdoshining so‘zini yana bo‘ldi. Mana shunday, deb Arbob yana gapira boshladi, bizning qishloqlarda pulga muhtoj dehqonlar juda ko‘p, mening o‘zim, yolg‘iz o‘z sarmoyam bilan ularni qanoatlantirib, ularning hammasidan foydalana olmayman! Ya’ni chimxo‘rlik qilaman, oldimdagi «taom» ortib qoladi. Siz kabi shahar kishisi ham qishloq bilan ko‘p oldi-berdi qila olmaydi, chunki qishloqning past-balandini bilmaydi. Qishloqqa chiqib sudxo‘rlik havosiga tushib, o‘z pulini ko‘mdirib qaytgan bir necha shaharlikni ko‘rganman, qishloq xalqidan foydalanish uchun qishloqi bo‘lish kerak, «tuya go‘shti uchun it tishi kerak» deydilar. Agar it tishiga bo‘rining tishi ham qo‘shilsa, tuya go‘shti juda ham pokiza qilib osonlik bilan yeyiladi. Demak siz mendan pul qarz olib boshqalarga tarqatasiz, shundaymi? Albatta shunday. Xat sizning nomingizdan bo‘ladimi, yo o‘sha haqiqiy qarzdorning nomidai? Sizga beriladigap xat albatta mening nomimdan bo‘ladi va siz bergan pul uchun sizga men vaj aytaman. Xo‘p, har yuz tangaga oyda necha tanga foyda berasiz? Uch tanga! Yo‘q, dedi Qori-Ishkamba, men o‘zingizning ko‘zingiz oldida Hamrohrafiqqa har yuz tangani oyda olti tangadan qo‘ydim, siz undan ozroq bering, ha, yuz tanga uchun oyda besh tanga bering! Bunaqa gaplaringizni borib Hamrohrafiqday odamlarga ayting, mening ikki oyog‘im hali bir etikka tiqilgan emas, dedi Arbob Ro‘zi, siz shahar xalqiga har yuz tangani oyda ikki yarim tangadan foydaga qo‘yayotirsiz, men buni juda yaxshi bilaman, shunday bo‘lsa ham, men sizga har yuz tanga uchun oyda uch tanga bermoqchiman, deb o‘rnidan turdi va o‘zini ketmoqchi, bo‘lganday qilib ko‘rsatib: Bu «qatiqli osh», tilasangiz ichasiz, tilamasangiz qaytarasiz, dedi. Bunday ishtahani keltiruvchi «qatiqli osh»dan mahrum qolish qo‘rqinchi bilan Qori-Ishkamba Arbobga: Qayoqqa ketyapsiz? O‘tiring, axir, ishni bitkazaylik, dedi. Bilmasam, siz unamaganday bo‘lib ko‘rindingiz. Qech bo‘lmasdan qishloqqa qaytay deb turgan edim, dedi Arbob va istamaganday bo‘lib, qaytib o‘z o‘rniga o‘tirdi. Xo‘p, xatni qachon berasiz? Siz rozi bo‘lsangiz, ertaning o‘zidayoq xatni tayyorlab muhrlatib olib kelaman. Qancha yerni xat qilasiz? Ikki tanob. To‘rt tanob yerni xatga solsangiz yaxshiroq bo‘lardi. Agar menga ko‘nglingiz to‘lgan bo‘lsa, shu ikki ta-nob yerni xat qilganim bilan pul bera bering, gapni ko‘p cho‘zib o‘tirmang, mening bir tanob yerimni ikki ming tangaga oladilar. Men Hamrohrafiq emasman, deb Arbob arazlanib o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi. Qori-Ishkamba uning tizzasidan bosib o‘tqazdi: Xayr, mayli, boring, xatni tayyorlang, dedi, lekin ziyofat to‘g‘risida ham bir o‘ylab ko‘rishingiz kerak. Ziyofat men uchun juda yengil narsa, dedi Arbob, shahar xalqi sizni bir tovoq palov bilan ziyofat qilsa, men xar borganingizda qo‘y so‘yaman. Men bunday uzoq yo‘lga qanday qilib piyoda boraman. Ot yuboraman. Ot minishga qo‘rqaman. Arava yuboraman. Bu durust! dedi Qori-Ishkamba. Endi bir birimiz bilan butunlay kelishdik shekilli, xo‘p kech botmasdan men qishloqqa jo‘nay, deb Arbob o‘rnidan turdi. Qori-Ishkamba ham o‘rnidan turdi, o‘z «do‘sti»ni saroy oldigacha kuzatib bormoqchi bo‘ldi. U bilan birga yo‘lga tushgach, tayinladi: Biz kelishdik, ish bitdi. Endi aytib bering-chi, bu pulni kimga berasiz? Bu to‘g‘rida sizning ishingiz bo‘lmasin, boya aytganimday, siz har oy boshida ming tanga uchun o‘ttiz tanga foyda olishingizni biling! «Uzumini yeginu, bog‘ini surishtirma», deganlar. Xo‘p, kimga berishingizni so‘ramayman, ammo o‘sha odamni har yuz tanga uchun oyda necha tangadan foyda berishga unatdingiz? Hali bu to‘g‘rida biror kishi bilan uzil-kesil bir qarorga kelgan emasman, har holda siz uchun quruq xizmat qilmayman, har yuz tanga uchun oyda to‘rt tanga berarlar, besh tanga berarlar. O‘n tanga, xech bo‘lmaganda, sakkiz tanga olarsiz, dedi Qori-Ishkamba kunlashish ohangi bilan. Qori aka! dedi Arbob jiddiy ohangda, muomalada ot bo‘ling, it bo‘lmang! Otlar o‘zaro kelishgandan hingillashgandan keyin «u ko‘p yedi, men oz yedim» deb qayg‘urib o‘tirmadi. Birisi yem yeya bersa, ikkinchisi uning bo‘ynini o‘pib, qashib turadi, ammo qancha itlar inoq bo‘lsalar ham, ko‘zlariga biror suyak ko‘ringan hamon, darrov do‘stlikni unutib, bir-birlari bilan olishadilar-talashadilar va urishadilar. Men shundaygina so‘rab edim-da, bo‘lmasa, qancha foyda olganingiz bilan mening nima ishim bor, har qancha foyda olsangiz o‘zingizga nasib qilsin! dedi vaziyatni nozik ko‘rgan Qori-Ishkamba. Ikki «do‘st» jim keta berdilar va saroy oldi yetganlarida xayr-xo‘shlashib ajraldilar. Kuz fasli. Qishloqlarda yig‘im-terim ishi qizg‘in ketayotgan edi, har bir dehqon yomg‘ir yog‘ish va qirov tushishdan burun o‘z hosilini yig‘ib-terib olishga harakat qilmoqda, hatto ba’zi qishloqlarda yig‘im-terim ishini tugatib tuyoqli mollarni dalaga haydamoq edilar. Faqat Sangsabz bilan Bo‘lmaxo‘ron qishloqlari yavon dala to‘la hosil bo‘lgani holda, yig‘im-terim ishida oz kishi ishlar edi, xalqning ko‘pchiligi bo‘lsa, Arbob Ro‘zi darvozasi ostida birovning janozasiga kelganday qayg‘uli bir vaziyatda o‘tirar edi. Mehmonlar yeyishib-ichishib, o‘ynashib-kulishib bo‘lgandan keyin, noib uy egasiga qarab: Qech bo‘lib qoldi, endi ishni boshlaymizmi? Ixtiyor sizda, boshlasangiz boshlang, deb Arbob Ro‘zi o‘rnidan turdi va mehmonxonaning tokchasida turgan sandiqchani ochib, undan bir kichkina tugunchani, olib, noibning oldiga qo‘ydi. Noib tugunchadan bir qog‘oz olib, ko‘zdan kechirdi-da: Bu vasiqalarga daxldor ishlarning hammasini shu kun ko‘ramizmi? deb Arbobdan so‘radi. Hammasini shu kun bir yoqliq qilish kerak, bo‘lmasa ertagacha bularning ham buzilib qolish ehtimoli bor, lekin Muhsin bilan Nazarning nomlaridan yozilgan vasiqalarni ajratib bir chekkaga qo‘ying. Boshqalarning ishlarini bitkazgandan keyin, ularni chaqirib so‘raysiz, bo‘lmasa ular murofaa[16] vaqtida past-baland gapirib, boshqalarning ham buzilishlariga sabab bo‘ladilar. Noib vasiqalarni bir-bir ko‘zdan kechirayotganda qishloq «kattalari»dan biri bo‘lgan Arbob Hamidga qarab: Muhsin-ku ko‘p vaqtdan beri «men Arbobning pulini foydasi bilan to‘laganman», deb ochiqdan-ochiq muttahamlik qilib yuripti. Nazarni nima jin urdi? U-ku, yuvoshgina, bechoragina bir odam ko‘rinadi, deb so‘radi. Odamni odam buzadi, ariqni suv deganlar, uni ham shu Muhsin buzgan, dedi Arbob Hamid va izoh berishga kirishdi, Muhsin rivoyat-mahzar orqasidan yugurib, o‘zi uchun bir yo‘l topgan. Mana shu yo‘lni Nazarga ham o‘rgatgan. Ammo biz bu ig‘vogarliklarni eshitib, ishni tezlatib yubordik. Nazar o‘z qo‘liga biror dastak kirgizish uchun fursat topolmaydi, shunday ham bo‘lsa «men pul topaman, men Arbobga na pul to‘layman «a na yer beraman», deb vaysab yuripti. O‘ta muttahamlik, dedi ziyofatdan tishida qolgan go‘sht maydalarini kovlab chiqarayotgan haligi «katta» odam. Noib Muhsin bilan Nazarning nomlaridan yozilgan vasiqalarni ajratib qo‘ygandan keyin, boshha vasiqalarni qo‘lida tutib turib: Bulardan qaysilarining ishlarini avval ko‘ramiz? deb so‘radi Arbob Ro‘zidan. Avval Shodmonning ishini ko‘ring dedi va Qori-Ishkambaga qarab, sizdan pul olib qarz berganlarimning eng avvalgisi shu, deb go‘yoki hammadan burun uning ishini ko‘rdirishning sababini anglatdi. Noib o‘z qo‘lidagi vasiqalardan birini ajratib noib o‘z odamiga: «Shodmonni olib kel!» dedi va Arbob Ro‘ziga qarab: Keyingi uch yil orasida topgan davlat va hashamatingizning bosh bulog‘i bo‘lgan Shodmonni hammada burun quritar ekansiz-da, deb kuldi. Noibning odami Arbobning xizmatchilaridan bo‘yracha olib kelib, supaning ustiga, mehmonxonaning noib o‘tirgan yuqori eshikning ro‘parasiga yoydi va Shodmonni chaqirish uchun supadan tushib ketdi. U ko‘chada Arbob Ro‘zining darvozasi oldida o‘tirgan odamlar orasida Shodmonni imlab chaqirib «shariat bo‘yrasi» ustiga o‘tqazayotganida, noib o‘z oldida o‘tirgan Arbob Ro‘ziga qarab: Siz ham chiqing, shariat bo‘yrasi ustida javobgaringiz bilan baqamti o‘tiring! dedi. Hali shundaymi men ham chiqaymi? degani holda Arbob o‘rnidan turdi. Albatta, dedi noib, shariat yuzasidan, kim bo‘lsa bo‘lsin murofaa vaqtida da’vogar javobgar bilan baqamti o‘tirishi lozim. Arbob shariatning bu qoidasini va uni ijro qilayotgan noibni masxara qilganday kulimsirab, mehmonxonadan chiqdi va Shodmonning yoniga borib o‘tirdi. Noib qo‘lidagi vasiqaga qarab: Shodmon Yusuf o‘g‘li kim? deb so‘radi. Men, taqsir! dedi Shodmon. Sen bundan uch yil burun Arbob Ro‘zidan ming tanga qarz olib ekansan, to‘g‘rimi? Noibning keyingi savoli va Shodmonning javobini eshitgan Qori-Ishkamba ilonday bir to‘lg‘anib oldi va o‘z ko‘nglida, «sen har bir yuz tanga uchun oyda uch tanga foyda olganim holda, bu noinsof Arbob mening pulimning ustidan har yuz tanga uchun besh tanga foyda olgan ekan» dedi va Arbobning o‘zining haqida «jar» qilganini uning yuziga darhol urmoqchi bo‘lib, bo‘ynini eshik tomonga cho‘zdi. Lekin Arbobning o‘zi bilan kelishganida «Qori aka, muomalada ot bo‘ling, it bo‘lmang» degan gapi esiga kelib, o‘zini kuch bilan to‘xtatdi. Noib davom qildi. Yana shu vasiqada yozilganida sen, «agar Arbob o‘z pulini talab qilsa, darhol to‘layman, agar talab vaqtida yerning ijara pulini yoki tani pulini to‘lay olmasam, shu to‘rt tanob yerni Arbobga topshirishga majburman», deb iqror qilgan ekansan. To‘g‘rimi? To‘g‘ri. Hozir Arbob o‘z pulini yerning keyingi bir yillik ijara pulisi bilan birga sendan undirib berishni mendan so‘rab arz qildi. O‘sha pullarni to‘lashing kerak. Taqsir, dedi Shodmon, men shu uch yillik qarzdorlik muddatimda Arbobning foyda pullarini o‘z vaqtida to‘lab keldim. Bundan boshqa Arbobning dehqonchilik ishlariga o‘z ho‘kizim, eshagim va ketmon hamda o‘rog‘im bilan yordam berib turdim. O‘ zim ham shu yil qarzdan qutuladigan yilim deb o‘ylagan edim. Lekin pullarny tayyorlab berish uchun Arbob amakimdan o‘n besh kun muhlat so‘rayman, hali aytib o‘tganim xolis xizmatlarimni nazarga olib, menga o‘n besh kun muhlat berarlar deb umid qilaman. Nima qilasiz, Arbob, o‘n besh kun muhlat berasizmi? deb Arbob Ro‘zidan so‘radi noib. Yo‘q, dedi Arbob, bir kun ham muhlat bermayman, hozir yo pulimni bersin yoki yerini menga topshirsin. Xo‘p, deb noib Shodmonga qarab gapga kirishdi, Modomiki, o‘n besh kundan keyin pulini to‘lamoqchi zkansan, hozir to‘la qo‘y-da, janjalni cho‘zib nima qilasan. Hozir naqd pulim yo‘q. O‘ n besh kundan keyin qayerdan pul topasan? Bundan uch yil burun Arbobdai qarzdor bo‘lgan kunlarimda shu qarzni to‘lash niyati bilan o‘sha to‘rt tanob yerning bir tanobiga ro‘yon[17] ekib edim. Mana shu ro‘yonni qazib olaman, agar xudo bersa, undan bir ming yuz tangalik hosil chiqadi, bundan tashqari, bir tanob terilmagan paxtam bor. Sen birovning qarzini to‘lash niyatida bo‘lsang, nega bu kungacha o‘sha paxtani terib sotib bermading? deb noib Shodmonning so‘zini bo‘ldi. Men paxta ochila boshlashi bilanoq terib sotib Arbobga topshirmoqchi bo‘lgan edim, ammo bu kishining o‘zlari «paxtani bebaraka qilma, qarab tur, hammasi ochilsa, birdan terib o‘lchab, baholab o‘zimga berasan, paxta ko‘tarib bozorga borib ovora bo‘lib yurishning keragi yo‘q» dedilar. Shuning uchun paxta shu kungacha terilmay qoldi. Murofaachilar ustida tikka turgan Arbob Hamid Arbob Ro‘ziga xitob qilib, Shodmoiga eshittirib aytdi Qeling Arbob aka, o‘n besh kunlik gap ekan, muhlat bering, «yuziga chidagan, yuz biriga ham chidar», deganlar. Uch yil chidagan odam o‘n besh kunga chiday olmaydimi? Yo‘q, endi bir kun bir soat, hatto bir minutga ham chidamayman, hozir, shu vaqtning o‘zida, shu shariat bo‘yrasi ustida, qozi kalon o‘rinlarida o‘tirgan noib eshonning huzurida pulimni bir yillik foydasi bilan to‘lasin. Nima deysan? deb noib yana so‘radi Shodmondan. Hozir bera olmayman. O‘n besh kundan keyin to‘layman. Bo‘lmasa o‘sha to‘rt tanob yerni Arbobga toshpirishing kerak. Yerlarni topshirish uchun ham o‘n besh kunlik muhlat kerak, dedi Shodmon. Nega, yerni ham biron narsani sotib tayyorlaganingdan keyin topshirasanmi?.-dedi noib masxaralab Axir, yerni topshirish uchun uning ichidagi yetilgan hosillarini yig‘ishtirib olishim kerak emasmi? Siz nima deysiz? dedi noib Arbobga qarab. Arbob rad alomati bilan bosh chayqaganidan keyin Noib eshon, yana bir marta o‘sha qo‘lingizdagi xatga qarang, qani unda «er topshirilgan vaqtda uning ichidagi hosillar yig‘ishtirilib olinadi» degan gap yozilganmi? dedi. Noib qo‘lidagi vasiqaga ko‘z tashlab olib: Yo‘q, bunday gap yozilmagan. dedi. Unday bo‘la, shu soatning o‘zidayoq yerni menga ichdagi hosillari bilan topshirishing kerak, ded Arbob Shodmonga qarab. «Arbobning bu talabiga siz nima deysiz?» deganday qilib Shodmon noibga qaradi. Arbobning gaplari shariatga muvofiq, ded noib, agar yeriing ichida manqul asbobning, ya’ni yemoch, tish, ketmon va shular kabi u yoq-bu yoqqa ko‘chiriladigan asboblaring bo‘lsa, yig‘ishtirib olasan ammo yerdan o‘sgan va haligacha yerdan ajratib olinmagan paxta, ro‘yon va jo‘xori kabi ekinlarni yer bilan Arbobga topshirasan. Topshirmayman, dedi Shodmon jiddiylashib, bunday haqsizlik, insofsizlik va talonchilikka men bo‘ysunmayman. Nima deding? dedi noib o‘rnidan bir ko‘tarilib o‘tirib, jahli chiqqan holatda, «haqsizlik, insofsizlik va talonchilik» deb mening hukmimni aytasanmi, shariat hukmini aytasanmi yoki Arbobning talablarini aytasanmi? Qimning hukmi bo‘lsa bo‘lsin, haqsizlik, insofsizlik va talonchilik, dedi Shodmon avvalgi gapini ta’kidlab. To‘g‘ri, haqsizlik, insofsizlik va talonchilik, degan ovoz ko‘chadan kirib, murofaa ustida tomoshabin bo‘lib turgan dehqonlarning og‘zilaridan ham chiqdi. Bular kim? deb so‘radi noib o‘z odamlaridan Shodmonni yoqlab ovoz bergan odamlar to‘dasini ko‘rsatib. Bular ham Arbobdan qarzdor bo‘lib, bukun ishlari ko‘riladigan odamlar. Urib chiqaringlar bularni, o‘z navbatlari yetgandan keyin kelib javob beradilar. «Boshqalarning ishi ustida oqsoqollik qilinglar», deb bularni hech kim chaqirgan emas,- dedi noib o‘z odamlariga. Noib odamlari u dehqonlarning o‘zlariga hujum qilishlaridan qo‘rqdilar, shuning uchun ularni urmadilar, so‘kmadilar va turtmadilar, faqat yumshoq gaplar bilan supadan tushirib, darvozadan chiqarib yubordilar. Tomoshabin dehqonlar supadan tushirilgandan keyin, noib Shodmonga qarab: Sen xoh bo‘ysun, xoh bo‘ysunma, yerdagi hosillari bilan birga Arbobniki bo‘ldi. Ammo sen shariatni, qozi kalon noibi bo‘lgan meni va yurtning mo‘tabar odamlaridan bo‘lgan Arbobni so‘kkaning uchun, gunohkor sanalib, qamoqqa olinasan, dedi va o‘z odamlariga qarab: Buni vaqtincha Arbobning otxonalariga qamab qo‘yinglar. Qechqurun qaytishda birga olib borib xat yozib shariatpanoh ixtiyoriga yuboraman, dedi. Noibning odamlari Shodmonii «shariat bo‘yrasi» ustidan tushirib, Arbobning otxonasiga qamadilar va navbat boshqa javobgarlarga keldi. Shodmonning boshiga kelgan balo va falokatdan «ibrat olgan» boshqa qarzdorlar Arbobning talayi va noibning hukmiga ko‘p qarshi turmadilar va u bilan talashib-tortishib o‘tirishni foydasiz, balki o‘zlari uchun zararli bilib, Arbobning nomiga xatlgan yerlardagi terilmagan paxtalari, o‘rilmagan tarqo‘noqlari, qayirilmagan jo‘xorilari, qazib olinmagan sabzi, piyoz, sholg‘om, lavlagi va ro‘yon kabi hosillari bilan birga topshirdilar. Endi navbat Muhsin bilan Nazariing ishiga kelgan edi. Noib o‘z odamiga: Muhsin bilan Nazarni olib kel! deb buyruq berdi. Noibning odami Nazar bilan Muhsinni olib kelib Arbobning ishorati bo‘yicha avval Muhsinni «shariat bo‘yrasi» ustiga o‘tqazdi va uning yoniga Arbob Ro‘zi ham joylashdi. Noib vasiqaga qarab Muhsindan: Sen bundan ikki yil burun Arbob Ro‘zidan bir ming besh yuz tanga olib, shu mablag‘ning badaliga olti tanob yeringni shar’iy bay bilan sotib edingmi? deb so‘radi. Bir ming besh yuz tanga badaliga Arbobga olti tanob yerimni shar’iy bay bilan sotib edim va yerni o‘z ijaramga olib, ijara pulini to‘lab kelgan edi lekin bundan bir oy burun Arbobning tani pullarin ham berib, yerni butunlay bu kishining qo‘lidan qutqazdim, deb javob berdn. Tani pulni to‘lagan bo‘lsang, nega yerning vasiqasini Arbobning qo‘llaridan olmading? deb yana savol berdi noib. Pulni kechalab berib edim, Arbob «erta kunduzi kuni vasiqangni topib beraman», deb meni ishontirgan dilar. Men ham bu kishiga ishonib ketdim, ertasiga kelib, bu kishidan vasiqani so‘raganimda pulni olganlaridan munkir bo‘ldilar[18] va «sen niyatingni buzding sendan ko‘nglim cho‘chidi, endi yo pulimni topib ber yoinki yerni topshir», deb meni qisa boshladilar. Pulni berganingga guvohing bormi? Qorong‘i kechada pulni topshirdim, xudodan boshqa guvohim yo‘q, degan holda Muhsin o‘z qo‘yin cho‘ntagidan bir xat chiqarib, murofaa ustida tikka turgan noibning odamiga uzatdi, u odam xatni Muhsinning qo‘lidan olib, noibga berdi. Noib u xatni boshidan oxirigacha ko‘zidan kechirganidan keyin, Arbob Ro‘ziga qarab: Bu rivoyat-mahzardaf’i mahzari. Bu mahzari bilan Muhsin sizga qarshi: «Men Arbobning pulini berib edim, ammo vasiqam uning qo‘lida qolgan, o‘sha vasiqam olib berilsin» deb qozidan talab qilgan va bu talabning shariatga muvofiqligi to‘g‘risida mahrning bir chekkasiga rivoyat yozib, Buxoroning bir juda «mo‘tabar» muftilari o‘z muhrlarini bosganlar, dedi va o‘z gapini davom qildirib Arbobdan: Siz buning da’vosiga nima deysiz, darvoqe u sizning pulingizni berganmi, uning vasiqasi sizning qo‘lingizda qolganmi? deb so‘radi. Ulimdan xabarim bor, bunday ishdan xabarim yo‘q, deb javob berdi Arbob. Noib Muhsinga qarab: Shu da’voingni isbot qilish uchun qasam ichasanmi? deb so‘radi. Isbotdan ojizman, Arbob Ro‘zi qasam ichsin, men uning pulini ikkinchi marta to‘layman yoki yerni topshiraman, dedi. Bu janjal kelajak jumagacha mavquf[19] tursin, Nazarni o‘tqaz, dedi noib o‘z odamiga. Muhsin bo‘yra ustidan turdi va Nazar o‘tirdi. Noib uning vasiqasiga qarab: Sen Arbob Ro‘zidan bir ming ikki yuz tanga qarz olib, besh tanob yeringni unga shar’iy bay bilan sotib, edingmi? deb so‘radi. Ha, deb iqror bo‘ldi Nazar. Xo‘p, dedi noib, hozir Arbob o‘z pullarini qaytarib berishingni yoki o‘sha besh tanob yerni topshirishingni talab qiladilar. Sen nima javob berasan? Men pul ham bermayman, yerimni ham bermayman, dedi Nazar uzil-kesil qilib. Sababi? noib so‘radi. Chunki men Arbobniig tani pulini butunlay va foydasini orttirib to‘laganman. Murofaa ustida «pulning foydasi.» dema, chunki shariat yuzasidan durust bo‘lmaydi, «erning ijara pulisini.» de! deb noib Nazarga tanbeh qilgandan keyin, xo‘sh, sen ham Muhsin kabi qorong‘i kechada yolg‘iz o‘zing guvohsiz berdingmi? deb piching qily so‘radi. Yo‘q, men qorong‘i kechada emas, kunduz kuni, guvohsiz emas, balki Bo‘lmaxo‘ron qishlog‘ining oqsoqoli Arbob Hamidning oldida berdim, dedi Nazar Siz nima deysiz? deb so‘radi noib Arbob Hamiddan. Men, dedi Arbob Hamid, Nazarning Arbobga bir ming to‘rt yuz qirq tangani «besh tanob yerni bir yillik ijara pulisi» deb berganini bilaman boshqasidan xabarim yo‘q, dedi. O‘tgan qishda, dedi Nazar boshi ustida tikka turgan Arbob Hamidga qarab, bozorda bir bog‘ beda ikki tanga bo‘lgan vaqtda mening ikki yuz bog‘ bedami Arbobga olib berib, «pulini kuzda hisoblaymiz» demaganmidingiz?. Xo‘p, bedang ham ikki yuz tanga, bu bilan sen Arbobga bir ming olti yuz qirq tanga to‘lagan bo‘lsang Arbobning sening bo‘yiningda yana ming tangalari qoladi, dedi Arbob Hamid. Yo‘q, mening pulim ortadi, dedi Nazar kulimsirab. Qanday qilib? deb so‘radi noib. Mening eshitganimga qaraganda, Arbob menga bergan bir ming ikki yuz tangani shaharlik foydaxo‘r qorni katta Qoridan har yuziga oyda uch tanga foyda bermoqchi bo‘lib olgan, bu hisobga bir ming ikki yu tanganing yillik foydasi uch yuz yetmish ikki tanga bo‘ladi. Bu pulni tani pulga qo‘shsak, bir ming besh yuz yetmish tanga bo‘ladi. Holbuki men Arbob Ro‘ziga Arbob Hamidning guvohligi bo‘yicha, bir ming olti yuz qirq tanga to‘laganman, demak, meniig oltmish sakkiz tangam Arbobga ortiq ketgan. Hamyoningni kengroq tiktirib qo‘y, mendan oltmish sakkiz tangani qaytarib olasan, dedi Arbo Ro‘zi piching qilib. Muttahamlik! dedi noib o‘z-o‘ziga va Nazarga qarab: Gapni cho‘zib o‘tirma! Hozir, shu shariat bo‘yrasi ustida Arbob Ro‘ziga ming tanga berasanmi, yo besh tanob yerni unga topshirasanmi? deb so‘radi. Arbob Ro‘zidan qarzim yo‘q, yerimni ham hech bir kishiga bermayman. Olib borib qamab qo‘y, bu muttahamni! dedi noib o‘z odamiga. Muttahamsizlar, o‘g‘risizlar! degani holda Nazar Arbob Ro‘zining otxonasiga qarata sudraldi. Sizga ham, shariatingizga ham kishining ko‘ngli ishonmay qoldi, dedi bo‘yradan turib, mehmonxonaga kirgan Arbob Ro‘zi noibga qarab. Qani, qani, nega? deb so‘radi noib. Siz doim, dedi Arbob Ro‘zi, menga «shariat bizning qo‘limizda, uni har vaqt men sizning foidangizga ishlataman», der edingiz, bugun butunlay Muhsinning foydasiga ishlatib yubordingiz-ku. Durust, mei «shariat bizning qo‘limizda» deb edim, ammo «mening qo‘limda» degan emasman, dedi noib, mendan boshqa ham shariat peshvolari bor. Ular muftilar, ular Muhsinga yo‘l topib berganlar. Albatta ular bu «yo‘l»ni unga arzonga sotmaganlar, axir, ularga ham shariat ustidan non yeyish kerak. Agar men ular yozib bergan rivoyatni yirtib tashlasam, ular meni o‘ldirmasdan qo‘ymaydilar. Demak, juma kuni bo‘ladigan murofaada ham, men uchun biron yo‘l yo‘q-da, dedi Arbob umidsizlik bilan. Bor, dedi noib, agar qasam ichsangiz ishni siz yutasiz. Men qasam ichmayman. Nega? Holbuki boshqa vaqtlarda kerak bo‘lmagan joylarda kunda necha marta qasam ichasiz-ku. U boshqa gap, dedi Arbob, agar men «shariat bo‘yrasi» ustida qasam ichsam, «qasam urgan» deb hamma mendan qochadi. Men bir yo‘l-yo‘riq bilamanki, dedi Qori-Ishkamba, u yo‘lga qarshi na muftilar rivoyat-mahzar qilib bera oladilar va na sizga qasam ichishga to‘g‘ri keladi. O‘sha yo‘lni menga ko‘rsating! dedi Arbob Ro‘zi quvongan holda Qori-Ishkambaga qarab, men bu yo‘l bilan borib, bu muttaham Muhsindan o‘chimni olay. Muhsinning ishini endi yutqazdingiz, lekin agar bundan buyon dehqonlar bilan qiladigan muomalalaringizda meni o‘zingizga teng sherik qilsangiz, u yo‘lni sizga o‘rgataman. Mayli, teng sherik qilaman, ayting-chi, u qanday yo‘l? Qozixona vasiqasi o‘rnida «veksel», dedi Qori-Ishkamba va ketmoqchi bo‘lib, o‘rnidan turdi. Bu kungi majlis shu bilan tugadi. XII Murofaa voqeasidan o‘n-o‘n ikki kun o‘tgandan keyin Buxoro ko‘chalarining birida Qori-Ishkamba gangib yurgan Muhsinga duch kelib, biror qalin oshnasini ko‘rganday u bilan quvonib ko‘rishdi va undan Arbob Ro‘zi bilan bo‘lgan keyingi murofaasining natijasini so‘radi. Nima bo‘lar edi, unga qasam ichishga to‘g‘ri keldi, u bundan bosh tortdi, noib eshon uning pulini to‘langan hisoblab, yerni mening foydamga hukm qildi, dedi. Yaxshi bo‘libdi, dedi Qori-Ishkamba quvongan ohang bilan va Arbob Ro‘zidan shikoyat qila boshladi. U uying kuygur meni ham aldagan zkan, o‘zing ham eshitgandirsan, o‘sha senga qarz bergan ming besh yuz tangani har yuz tangasiga oyda uch tangadan mendan ko‘targan edi. Eshitishimcha, senga yetti tangadan foydaga qo‘ygan. Yetti tangadan qo‘ysa go‘rga edi, dedi Muhsin, menga har yuz tangann oyda to‘qqiz tangadan qo‘yib edi. Obbo xudo bexabarey-y-y! dedi Qori-Ishqam-ba, xo‘p boplading-da, necha tanga xarjlading? deb so‘radi. To‘rt muftiga ikki yuz tangadan sakkiz yuz tanga berdim. Noibga ham biron narsa. Albatta, «moylanmagan arava yurmaydi», deganlaridek, ikki yuz tanga bilan u kishining tomog‘ini ham moyladim. Demak, ming tanga bilan ming besh yuz tangalik da’vodan qutulibsan-da, juda soz. Gap pulda emas, gap yerni Arbobning qo‘liga o‘tishdan saqlab qolishda edi. Bo‘lmasa o‘sha ming tanganing o‘zi ham hozir ming besh yuz tangaga yetisha yozdi. Ey, qanday, qanday? deb Qori-Ishkamba afsuslanganday bo‘lib so‘radi. U ming tangani menga, meni muftilar bilan tanishtirib ishimni to‘g‘rilab bergan bir kishi, bir oyda to‘lashim sharti bilan kunda o‘n tangadan foydaga topib bergan edi. Tunov kun bir oy to‘ldi, ming tanga ming uch yuz tanga bo‘ldi, lekin hali men pul topolmay ovora bo‘lib yuribman. Voy noinsofey-y-y. Bu odam Arbob Ro‘zidan ham battarroq chiqipti-ku. To‘g‘ri menga kelsang bo‘lmasmidi, men arzon foyda bilan senga qarz berar edim? Qaydan bilay, siz Arbob Ro‘zi bilan juda inoqlashib ketgan edingiz, «unga qarshi sarf bo‘ladigan pulni siz topib bermassiz?» deb o‘yladim. Avvali shuki, sudxo‘r sudxo‘r bilan inoqlashmaydi, bular bir-biriga itu mushukday dushman bo‘ladi. Ikkinchisi shuki, Arbobniig mendan har yuzi uch tangadan olgan pulni boshqalarga sakkiz tangadan, o‘n tangadan foydaga qo‘pganini bilib, undan juda ham ranjidim, u xudo bexabar ham mening haqimga, ham kambag‘al dehqonlar haqiga insofsizlik qilgan. Menga ko‘nglingiz ishonib qarz bermoqchi bo‘lsangiz, hali ham vaqti o‘tgan emas, agar siz otalik qilsangiz, men yaqin kunda o‘n tanga to‘lanadigan og‘ir foydadan qutular edim. Mayli, dedi Qori-Ishkamba, hozir senga necha tanga kerak? Shu kunning o‘zida qarzim haligi odamdan bir ming uch yuz o‘n tanga bo‘ldi, siz pulni necha kundan keyin bersangiz har kun o‘n tangadan pulga qo‘shiladi. Hisobga to‘g‘ri bo‘lsin «Bir ming to‘rt yuz tanga kerak!» de, ortganini yana biron dardingga davo qilarsan. Foydasini qanchadan, qanaqa qilasiz? Har yuz tangasi sen uchun oyda besh tangadan, Arbobdan olgan narxingdan to‘rt tanga arzonroq. O‘zingiz Arbobga bergan narxingiz bilan oyda uch tangadan bermaysizmi? Yo‘q, dedi Qori-Ishkamba, hali ham shu ishni Arbobni hafa qilish uchun qilayotirman, bo‘lmasa men Hamrohrafiqqa har yuzi olti tangadan qo‘yib edim. Hamrohrafiqning nomini eshitgai Muhsin uning voqeasini eslab qayg‘uga cho‘mib ketdi, chunki Qori-Ishkambaning necha yillab Hamrohrafnqdan foyda yeganini, u to‘lay olmaydigan bo‘lgaidan keyin, uning yerini Arbob Ro‘ziga sottirib olganini bilar edi. Shunday bo‘lsa ham, uning Qori-Ishkambadan qarz olishdan boshqa chorasi yo‘q edi. Shuning uchun bir oz o‘ylab turgandan keyin: Xayr, mayli, qancha yerni qaicha muhlatga xat qilib keltiray? deb so‘radi. Menga qozixonada yoziladigan vasiqang ham kerakmas, yering ham kerakmas. Muhsin Qori-Ishkambaning bu gapidan, ayniqsa, «ering ham kerakmas» degan gapidan qancha quvongan bo‘lsa, shuncha ajablanib so‘radi: Yerni xatlash kerak bo‘lmasa, bu mening yer to‘g‘risida qo‘rqib bezonglab turgan yuragimni tinchlantiradigan sizning unutilmas bir yaxshiligingiz bo‘ladi. Ammo xat kerakmas deganingiz nimada, menga pulingizni hech bir hujjatsiz berasizmi? Senga rahmim kelganidan, hujjatsiz ham beraveraman. Lekin hozir butunlay hujjatsiz emas, qozixona vasiqasi o‘rnida, «veksel» degan ruscha hujjat bilan beraman, dedi Qori Ishkamba va Muhsinning «ruscha hujjat» nomini eshitib, shubhalanib, ikkilanib turganini sezganidan, so‘zini izohlashga kirishdi: Yering Arbob Ro‘ziday nuqul yerga ko‘z tikkan kishiga kerak. Menga yer kerakmas, men qishloqqa chiqib dehqonchilik qila olmayman, ammo veksel mening uchun kerak. Nega? deb so‘radi Muhsin, shubhali ohang bilan. Chunki, men boshqalar bilan oldi-berdi qilmoqdaman, agar yuz ming tangalik qozixona vasiqasini bankka olib borsam, bir pulga ham olmaydi. Ammo kim bo‘lsa-bo‘lsin biror kishi qo‘l qo‘ygan vekselni olib borsam, uning ustidan menga qarz beradi, dedi Qori-Ishkamba va Muhsin beradigan vekselni misolga olib, so‘zini davom qildi: Masalan, sen menga ikki miig tangalik veksel bersang, men uni olib borib bankka qo‘yib, uning ustidan ming tanga qarz olib yana biron dardimga davo qila olaman. Xo‘p, qachon kelay? deb so‘radi Muhsin ko‘ngli bir oz tinchlangan vaziyatda. Ertaga, vaqtliroq kel, dedi Qori-Ishkamba, vekselga qo‘l qo‘yish uchun xat-savoding bormi? Mayli, zarari yo‘q, notariusning oldiga boramiz, biror xat-savodli odam sening iltimosing bilan qo‘l qo‘yadi. Qori-Ishkamba Muhsin bilan gaplashib kelishganining ertasiga uni o‘zi bilan birga Qogonga olib bordi. Qogonda undan: Sen mening pulimni qachon to‘lamoqchisan? Yanagi yig‘im terimda. Bir yildan keyin, degin. Ha, bir yildan keyin bera olaman. Unday bo‘lsa, bir ming to‘rt yuz tanganing bir yillik foydasini hisoblab, tani pulga qo‘shamiz, qanchaki bo‘lsa, o‘shanga yarasha veksel berasan. Mayli, xisoblab qo‘shing. Qori-Ishkamba bir ming to‘rt yuz tanganing foydasini har yuzi oyda besh tangadan hisoblab sakkiz yuz qirq tanga chiqardi va: Buni bir ming to‘rt yuz tangaga qo‘shsak, ikki ming ikki yuz qirq tanga bo‘ladi, dedi. Demak, shu mablag‘ga yarasha veksel berishim kerak bo‘larkan da. Bundan ko‘proq mablag‘ga veksel berishing kerak bo‘ladi. Ikki ming to‘rt yuz tanga, dedi Qori-Ishkamba va Buxoro tangasini Rusiya so‘miga aylantirib, uch yuz oltmish so‘mlik veksel olishimiz kerak bo‘lar ekan, deb bankka kirib ketdi. Qori-Ishkamba vekselni olib chiqqandan keyin bir xat-savodli odamni topib, Muhsin bilan uchovlashib notariusning oldiga kirdilar. U yerda u odam «Muhsinning iltimosi bo‘yicha» tarixsiz oq vekselga qo‘l qo‘yib berdi. Qori-Ishkamba notariusxonadan chiqib Muhsinga pul berdi. Muhsinni qishlog‘iga kuzatayotib: Mana bu «veksel» degan narsa juda tashvishli hujjat, men bu hujjat orqali sizlarning qishlog‘ingizdagi pulga muhtoj bo‘lgan hamma dehqonlarni, ularning yeriga ko‘z tikkan Arbob Ro‘zi kabi odamlarni qo‘llaridan qutqazaman, kimki pulga muhtoj bo‘lsa mening oldimga boshlab kela bering, dedi. Xo‘p! dedi Muhsin va o‘z qishlog‘iga jo‘nadi. Muhsinning Qori-Ishkambaga veksel berganida, ikki oy o‘tgandan keyin Sangsabz qishlog‘ida, Arbob Ro‘zining hovlisida uncha katta bo‘lmagan bir yig‘in barpo bo‘lgan edi. Bu yig‘inda ko‘p vaqtdan beri bu hovliga kelib-ketib yurganlardan noib, uning odamlar va Qori-Ishkamba bo‘lsa ham, Bo‘lmaxo‘ron va Sangsabz qishloqlarining kattalari yo‘q edi. Lekin ularni o‘rinlariga bundan burun bu hovlida ko‘rinmagan bu yerga sira kelib-ketmagan ikki odam ko‘rinar edi. Bu odamlardan birisining ust kiyimi va boshidagi sallasi Buxoro amaldorlarinikiday bo‘lsa ham, kiyimi ruslarnikiday kostyum edi, u birisi bo‘lsa tamoman yevropacha kiyingan edi. Bu kungi ziyofatda dasturxon usti burungilarday turli ovqatlar qovurilgan qo‘zi va tovuqlar, qaynatilgan qazilar, kobuliy palovlar bilan to‘la bo‘lsa ham, bu ikki odamning oldida bu dasturxon ustida bundan burun ko‘rilmagan ikki tovoq ovqat turar edi, bu tovoqlardan birida kartoshka bilan qovurilgan kotlet bo‘lib, ikkinchisi jarkop bilan to‘la edi. Bu ikki odam ovqatni boshqalarday bir tovoqda birgalashib qo‘l bilan yemay, oldilaridagi kichkina tovoqchaga katta tovoqdan suzib olib pichoq bilan kesib, vilka bilan yemoqda edilar. Bu ikki odamning oldida ikki ryumka bilan ikk shisha ichkilik ham bor edi. U odamlardan salla-chopog kiygani u shishalardan birisini qo‘liga olib, shishaning qorniga yopishtirilgan qog‘ozga qarab, o‘z-o‘zicha: «Konyak», dedi cho‘zib. Konyak nima? deb so‘radi Qori-Ishkamba u odamdan. Konyakmi? Dori, dedi u odam, ayniqsa siz kabi keksaygan va ko‘proq ovqat yoyishni sevgan odam uchun birdan-bir dori. U odam shishani ochdi va oldidagi ikki ryumkaga quygandan keyin: Sizga ham bir piyola quyib beraymi, Qori aka? - deb Qori-Ishkambadan so‘radi. Yo‘q, mening ishtaham uchun unaqa dorilar kerakmas, agar ruxsat bersangiz oldingizdagi g‘alati kaboblarga sherik bo‘layin, dedi Qori-Ishkamba. Lekin u odamning «marhamat qiling» deb ruxsat berishini kutmasdan, ikki tovoqdagi jarkop va kotletlardan yarmisidan ko‘prog‘ini olib, o‘z oldidagi palov tovog‘i ustiga bosdi va undan ksyin hech kimga qaramasdan va xech kimning gapiga javob bermasdan pishillab yeya boshladi. Ovqat va qovun-tarvuzlar yeyilgandan keyin, dasturxonni yig‘ishtirib olib, choy keltirdilar va choy ichilayotganda noib yevropacha kiyingan odamga qarab: Ishga kirishmaymizmi? deb so‘radi. Qirishamiz, javobgarlarni chaqiringlar! dedi u odam. Noib o‘z odamiga: Muhsin, Safarali, Po‘lod va Temirlarni chaqirib kel! deb buyurdi. Ichdan yevropacha kiyinib, ustidan chopon kiyib, boshiga salla o‘ragan odam portfelini ochib, uning ichidagi o‘nlarcha vekseldan bir nechasini ajratib tizzasiga qo‘ydi. Noibning odami chaqirilganlarni supaga olib chiqib noib o‘tirgan eshikka to‘g‘ri qilganida, portfelli kishi noibning odamiga qarab: Bu yer qozixona emas, bularni mehmonxonaning nchkarisiga bizning oldimizga olib kiring! dedi. Javobgarlar mehmonxonaga kirib o‘tirganlaridan keyin, portfelli odam bir vekselni qo‘liga olib: Muhsin kim? deb so‘radi. Men! Sen Qori-Ismatullodan uch yuz oltmish so‘m qarz olib veksel bergan ekansan. Qori o‘z pullarini talab qilganlar. Mana, o‘sha pulni to‘lashing kerak. Men, dedi Muhsin, Qori amakidan bir ming to‘rt yuz Buxoro tangasiga baravar bo‘lgan ikki yuz so‘m qog‘oz aqchani naqd olganman, qolgan bir yuz-ellik so‘mni bo‘lsa, o‘sha pulning bir yillik foydasi va veksel berish xarajati hisoblangan edi. Gapni ko‘p cho‘zib o‘tirma, dedi portfelli odam, bu yer qozixona emas. Uch yuz oltmish so‘m pulni hozir berasanmi, yo‘qmi? Bitta javob ber! Ha, yo yo‘q. Bir yil va’da bilan olib, ustiga-bir yillik foydasi zam qilingan qarzimni men qanday qilib ikki oy o‘tar-o‘tmas to‘layman? dedi Muhsin. Vekselga qo‘l qo‘yib bergan vaqtingda, dedi portfelli odam, unga muddat yozilmagan ekan, qarz berib oq veksel olgan odam, veksel qo‘l qo‘yilgan kundayoq, o‘z pulini talab qilib, undirishga haqi bor, hali ham Qori aka senga rahmdillik qilib ikki oy kutganlar. Axir, men ikki oyda bir yillik foyda to‘laymanmi? dedi Muhsin. Uning bizga daxli yo‘q. Biz shu uch yuz oltmish so‘mni shu kundayoq undirishimizni bilamiz. Zakon shu Bu qanday bedodlik, qapday insofsizlik. Noib Muhsinning so‘zini bo‘lib: Og‘zingni yum, sen oq podshoh hazratlarining zakonlarini insofsizlik dsmoqchi bo‘layotirsanmi? Bu qozixona emaski, pora berib muftilarda rivoyat olib qarz beruvchiga qasam bersang. Bu oq podshohning zakonlari, bu zakon muftilarning rivoyati yoqda tursin, toshni kesadi, dedi Arbob Ro‘zi. Xo‘p, uch yuz oltmish so‘m iulni hozir berasanmi yo‘qmi? deb portfelli odam takror so‘radi. Men bunday tuhmat bilan bo‘ynimga yuklangan pulni bera olmayman. Vaqtni o‘tkazmay torgniCite error: Closing </ref> missing for <ref> tag chiqib, shishib ketdi, qishloqqa piyoda borolmaydigan bo‘ldim,. Ammo ular menga qoldirib ketmasliklari va men uchun qayerdan bo‘lsa bo‘lsin, biror arava topajaklarini aytdilar, ham va’dalashgan kundan bir kun keyin yo‘lga chiqishga qaror berdilar. Ammo ot-aravaning topilishi juda qiyin bo‘ldi. Sheriklarim xo‘p haraqatdan keyin, zo‘rg‘a bir ot va bir eski arava topdilar, chorafzal topilmadi, shu sababdan tirkish va bo‘yinchasiz otning gardaniga bir eski choponni o‘rab, aravaga qo‘shib, mening turar joyim Qo‘kaldosh madrasasining oldiga olib keldilar va mening hujramdan bir ko‘rpa-yostiq chiqarib aravaga solgach, o‘zimni ham suyab olib chiqib aravaga mingizdilar. Men kasalxonaga olib borilayotgan bemorday ko‘rpa ustiga cho‘zilib, yostiqqa suyandim. Boshqalar ham aravaga o‘tirdilar. Sheriklarimizdan biri aravakashlik qildi. Lekin uning ko‘cha muyulishlarida va oldindan ot, eshaklar chiqqan vaqtlarda ot-aravani eplab boshqara olmaganidan bu ishda sira tajribasi yo‘qligi bilinib turardi. Sheriklar unga bu ishni eplay olmagani uchun gap otib tursalar ham, hech birisi uning o‘rniga o‘tib, «aravakashlikni» uning qo‘lidan tortib olishga botina olmas edi. Biz yuz balo va uqubat bilan shaharning tor ko‘chalaridan o‘tib, Samarqand darvozasi orqali shahardan chiqdik. Bizning aravakashimiz shahardan chiqqandan keyin shahar qal’asi bo‘ylab o‘ng qo‘lga burildi. Chap tomonimiz amir sarbozlari mashq qiladigan keng maydon edi. Arava maydonning sharqi-janubiy burchagiga yetganda, aravakashimiz otni chap qo‘lga burib, Sho‘rko‘lga boradigan yo‘lga tushdi. Endi o‘ng tomonimizda amirning «Dilkusho» degan chorvog‘ining devori cho‘zilib borar va chap tomonimizda haligi maydon bo‘lib, maydon va biz borayotgan yo‘l orasida keng va chuqur zovur bo‘lib ichi suv bilan to‘la edi. Bu bir necha minutlik yo‘lda tajribasi ancha oshgan aravakashimiz mutaxassis aravakashlarday ot ustida ashula aytishga kirishdi va ashula tovushini eshitib «Dilkusho» chorvog‘ining devoridan qarayotgan bir bog‘bon qiziga ko‘zi tushgach, ashulasini yana ham avjlantirdi, hatto u qizga xitoban «oh», «voy» ham deya bopladi. Qiz bu yuzsizlarcha gap otishlardan achchig‘lanibmi yoki kayfi chog‘lanibmi, qo‘lidagi olmani aravakashni chog‘lab otdi va o‘zi devor ortiga yashirindi. Aravakash otning yuganini egarning qoshiga tashlab o‘ziga otilgan olmani ilib oldi-da, uni qiz o‘zini yashirgan tomonga qaytarib otib, yana ashula boshladi. Olma raxishlab otdim, dodey, tegdimi sizga? Olma tekkan joyingizni ko‘rsating bizga! Xoh ko‘rsating, xoh ko‘rsatmang, ixtiyor sizda. Biz hammamiz qul bo‘lganmiz olmaday yuzga. Bizning aravakash ashulasiiing ikkinchi bandini hali boshlagancha yo‘q ediki, o‘z mayliga qo‘yilgan ot chap tomonga burilib, aravaning chap g‘ildiragi zovur tomonga og‘di. Oyog‘imning og‘riyotgani uchun men o‘zimga ehtiyot bo‘lib turganimdan, g‘ildirak siljigan hamon jon achchig‘ida o‘rnimdan irg‘ib turib, o‘zimni zovurning narigi tomoniga otdim: ammo boshqa yo‘ldoshlarim ot-arava hamda aravakash zovurga ag‘anab ketdilar. Aravaning chap g‘ildiragi bir yoni bilan suvga botdi va gupchakning uchi zovurning tubiga tiralganidan tikka bo‘lib qoldi: aravaning shotisi orasida bo‘lgan ot chap yoni bilan suvga ag‘anagani holda zovurning o‘ng qirg‘og‘ini tepib tirnamoqda, aravakash bo‘lsa goh o‘zini, goh otni va goh bu ishga sabab bo‘lgan qizni so‘kmoqda va boshqa yo‘ldoshlar butun kiyimlari bilan suvga sho‘ng‘ib chiqib, nima qilishlarini bilmay hayron-hayron qarab turar edilar. Shu vaqtda shahar tomonidan bir sarboz kelib qoldi. Bu sarboz bizga yaqin kelgach, birdaniga etigini yechdi, shim va boshqa sarbozlik kiyimlarini yecharkan: Pichoqlaringiz bormi? deb so‘radi. Bizning aravakash mag‘rurona ohang bilan: Bor! degan holda qishloqda qovun so‘yib yemoq uchun beliga taqib olgan pichog‘ini qinidan sug‘urib, sarbozga uzagdi. Sarboz zovurga tushib, aravakash qo‘lidan pichoqni oldi, u bilan otning bo‘yniga bo‘yincha o‘rnida o‘rab bog‘langan eski choponni, otni arava qo‘shganda tirkish va qorinbog‘ o‘rniga ishlatilgan arqonni kesdi-da, aravaning shotisini ko‘tarib turib, otning o‘rnidan turishi uchun yo‘l ochdi. Aravadan chiqarilib, uning ostidan qutulgan ot bir-ikki talpingandan keyin o‘rnidan turdi va aravakash unn yuganidan yetaklab, zovurdan chiqardi. Otni qutqazgan sarboz boshqalarning yordamlari bilan aravani sudrab, uni ham zovurdan chiqardi, kesilgan «bo‘yincha» va arqonni bir-birlariga tugib va ulab otni aravaga qo‘shib berdi. Yo‘ldoshlar mening ho‘l bo‘lgan ko‘rpa-yostig‘imni siqib aravaga tashladilar. Aravakash otga mindi.Sarbozlik kiyimlarini kiyib yo‘lga, tushayotgan qutqazuvchimizga men: Qayoqqa borayotirsiz, uka? dedim. U mening bu gapimni masxaralaganday tirjayib: Shaiban qozi kalon qishlog‘iga! dedi va tirjayishda davom etdi. Siz yuradigan joyning yo‘li biz borayotgan joyning ustidan o‘tar ekan biz Sho‘rko‘lga borayotirmiz: aravaga chiqib oling! dedim. U aravaga chiqib, joylashib o‘tirganidan keyin, menga qarab yana tirjaydi. Men uning bunday «sababsiz» tirjayishidan shubhalanib: Nega menga qarab kulayotirsiz, uka? deb so‘radim. U xaxolab kuldi-da: Men sizning ukangiz bo‘larlik yoshda bo‘lmasam kerak, necha yoshdasiz? deb so‘radi. Men uning bu gapidan hushyorlanib, uning turqiga diqqat bilan qaradim. Unda soqol-mo‘ylovdan asar ham yo‘q edi, bu ko‘rinishiga qarab unga juda ko‘pi bilan o‘n to‘qqiz-yigirma yosh berish mumkin edi. Lekin yuzi burishgan, qovoqlari bir oz solqa bo‘lgan va ko‘zi ham yoshlarnikiday uncha charaqlab turmasdi. Men qaydan bilay, aftingizga qarab, sizni yosh gumon qildim. O‘zim yigirma yetti yoshdaman, dedim. Men qirq yoshimni to‘ldirib, qirq birinchisiga qadam bosdim, dedi sarboz va uzr aytish ohangi bilan davom qildi, albatta, sizning aftimga qarab meni yosh gumon qilishingizdan ajablanishim durust emas edi. Lekin sizning, meni «uka» deganingizda bir vaqtlar o‘ttiz yasharlik vaqtlarimda xo‘jayinimning menga xizmat haqi bermaslik uchun «bola» degani va Qori-Ishkamba nomli shaharlik bir sudxo‘rning menga «hali ona suting og‘zingdan kstmagan», deb uni yoqlagani esimga tushib kulgim qistadi. Men Qori-Ishkamba haqida biron yangi ma’lumot olmoqchi bo‘lib: Xo‘jayiningiz shaharlikmi yoki qishloqlikmi? deb so‘radim. Qishloqdan Sangsabz qishlog‘idan, Arbob Ro‘zi degan sudxo‘r edi. Unday bo‘lsa, shaharlik bo‘lgan Qori-Ishkamba bilan uning qanday aloqasi bor edi? O‘g‘ri o‘g‘rini qorong‘ida topadi, deganlariday, bu ikki sudxo‘r bir-birovi bilan topishgan va ikkovlashib Bo‘lmaxo‘ron va Sangsabz qishloqlaridagi mehnatkash dehqonlarning uylarini kuydirgan edilar, deb u Qori-Ishkambaning haligi qishloqlar bilan qanday aloqa bog‘laganini va Arbob Ro‘zi bilan qanday topishganini birma-bir hikoya qilib berdi. Men undan: Qori-Ishkamba shu kunlarda ham o‘sha qishloqlarda oldi-berdi qiladimi? deb so‘radim. Yo‘q, dedi u, bir voqea yuz berib, shu sababdan Qori-Ishkamba u qishloqlarda oldi-berdi qilish nari tursin, u tomonlarga qadam bosmaydigan bo‘lib ketdi, hatto boshqa qishloqlarga bordi-keldi qilishdan ham qo‘rqib qoldi. Qanday voqea yuz berdi? Veksellar bilan odamlarni qarzdor qilib ularning yerlarini bosib olganlaridan biror oy o‘tgandan keyin, bir qorong‘i kechada Arbob Ro‘zining hovlisini o‘g‘ri bosdi, uning o‘zini o‘ldirib, uyini taladilar va xotin-bolalarini ko‘chaga haydab chiqarib, hovliga o‘t qo‘ydilar. Mana shu voqeadan keyin odamlar «bu ishni muqarrariy o‘g‘rilar emas, balki nohaq yo‘l bilan yerlari bosib olingan dehqonlar o‘ch olish uchun qilganlar», degan ovoza tarqatdilar. Shuning uchun Arbob Ro‘zining sherigi bo‘lgan Qori-Ishkamba ham cho‘chib qoldi, Arbob Ro‘zinint hovlisini o‘g‘ri bosganda, siz uning xizmatida edingizmi? deb so‘radim. Yo‘q, dedi u va o‘zining Arbob Ro‘zida besh yil ishlaganini, oxirida haq bermasdan ishlashga rozi qilish uchun Arbob uni qamatganini hikoya qilib berdi. Qamoqdan qanday qutuldingiz? deb so‘radim men. Meni qozi kalonning qamoqxonasida qancha qiynagan bo‘lsalar ham, Arbobga borib ishlashni qabul qilmadim, undan keyin meni mirshab qamoqxonasiga yubordilar, unda ham meni ko‘p qiynadilar: unda ham men Arbobning xizmatini bo‘ynimga olmadim. «Xo‘p, agar pul bersang seni qo‘yib yuboramiz», dedilar mirshab odamlari. Lekin men pul topib bera olmadim. Oxiri meni, qarindoshi sarbozlikdai qochib, uning o‘rniga o‘zi sarboz bo‘lishga yoki odam sotib olib berishga majbur bo‘lgan bir kishiga sarbozlik uchun sotdilar va pulni olib yedilar. Men shu bilan sarboz bo‘lib qoldim. Arbob o‘g‘rilar tomonidan o‘ldirilgan vaqtda ham men sarboz edim. Sarboz bilan suhbatim shu yerga kelganda, katta yo‘ldan ajralib, Sho‘rko‘l tomoniga boradigan yo‘lning boshiga yetishdik. Sarboz aravadan tushdi. Men undan: Otingiz nima, aka? Bilib qolsak zarar qilmas, deb so‘radim. To‘ramurod! dedi u va «xayr-xo‘shlab» Shanbai qozi kalon tomonga qarab ketdi. Bizning aravakash otning jilovini Sho‘rko‘l tomoniga qarab burdi. Men bora-bora Qori-Ishkambaning tarjimai holidan butunlay xabardor bo‘ldim. U uncha atoqli bo‘lmagan bnr mullaning oilasida tug‘ilib otasi unga «Ismatullo» deb nom qo‘ytan ekan; Ismatullo besh yashar bo‘lganda otasi uni avval maktabga bergan, keyin u chalasavod bo‘lgach, qorixonaga bergan ekan. Ismatullo necha yillar qorixonaga qatnab, qur’onni yodlaganidan keyin, otasi va qo‘ni-qo‘shnilar uni «Qori Ismat» deya boshladilar. Bu orada uning ota-onasi o‘lib, unga bir hovlicha va Buxoroning servaqf madrasalaridan ikki hujra meros qoldi. Qori Ismat hujralardan keladigan vaqf pulini ham xatmi qur’onlardan undirgan pullarni o‘z mahallasidagi kambag‘allarga va sarmoyaga muhtoj bo‘lgan mayda do‘kondorlarga foydaga qo‘ya boshladi. Bundan boshqa yana bir daromad yo‘lini topdi: mahallasidagi yosh bolalarni to‘plab, ularni qimor o‘ynashga o‘rgatdi, ularga oshiqlar, qartalar topib beradigan bo‘ldi. Bolalar bir necha vaqt pulsiz, keyin pul bilan o‘ynaydigan bo‘ldilar, shu bilan qimorni o‘zlariga kasb qilib oldilar. Qori Ismatning qimordan kirimi ham shu vaqtdan boshlandi: oshiqlarning chikkasini, pukkasini, olchisini bo‘yab keltirib, qimorboz bolalarga sotdi, hali ochilmagan yangi qartalarni qo‘ynida saqlab, o‘yin vaqtida qartalar dog‘lanib, toniladigan bo‘lib qolsa, yangi qartalarni bolalarga tani xarididan to‘rt baravar ortiq pulladi. Bulardan boshqa uning o‘zi qimor o‘yiniga qatnashmay, tomoshabin bo‘lib o‘tirib, yutganlardan «cho‘tal oldi. Cho‘taldan, oshiq va qarta sotishdan to‘plangan pullarini yutqizib, pulsiz qolgan bolalarga birga ikki sharti bilan bir-ikki kunga qarz berib, daromaddan tug‘dira boshladi. Qori Ismat bu daromadlardan bir pulini ham yemay, kunduzlar hujrasida turadigan mullavachchalarning oshlaridan, kechalari odat bo‘yicha «to‘qim» bo‘ladigan qimorboz bolalarning dasturxonlaridan qornini to‘ygizib yurdi. Qori Ismatning qimorboz bolalar bilan oshnaligi ko‘pga cho‘zilmay, tezdan oralari buzildi. Bir kuni kechasi o‘yin juda qizib, avval oqshomdan boshlab, sahargacha davom etganda bolalar oralarida yutish, yutqizish ko‘p bo‘ldi, ko‘p bolalar bir necha bor yutib, bir necha bor yutqizdilar. Uyinning adog‘ida bolalar bir-birovlari bilan «sen ko‘p yutding, men ko‘p yutqizdim», deb bahslashib, oxirida bu bahsni yechish uchun har qaysilarining pullarini hisoblab ko‘rmoqchi bo‘ldilar: Sening avval oqshom qancha puling bor edi? O‘n tanga! Hozir-chn? Besh tanga. Mening avval oqshom besh tangam bor edi, hozir uch tangam qolibdi. Mening uch tangam bor edi, uni yutqizdim, undan boshqa Qori akamdan besh tanga qarz olib, uni ham yutqizdim. Bu umumiy hisobdan ma’lum bo‘ldiki, bolalar o‘yin oxirida qolgan pullarining hammasiii bir joyga to‘plaganda, avval oqshom hammalarining cho‘ntaklarida bo‘lgan hamma pullarning yarmiga baravar keldi. Buning ustiga ba’zi bolalarning Qori Ismatdan qarzdor bo‘lib qolganlari ortiqcha. Bolalar «ajabo, bu pullar osmonga uchdimi, yerga kirdimi?» deb o‘ylay boshladilar. Bunday hisob va tekshirishning natijasidan qo‘rqqan Qori-Ishkamba (har kecha qimorxonadan hammadan keyin chiqish odatining aksicha) «xayr, bo‘lmasa men ketay, sizlarnipg bahslashuvingiz cho‘zildi», deb o‘rnidan turib, hammadan burun ketarmon bo‘lganda, uning cho‘ntagidagi tangalar jiringlab, bundan bolalarning birisi «ilhom» olib: Ey!. Qori akam cho‘talga olgan pullarni hisobga olmabmiz-ku, dedi. To‘g‘ri, dedi boshqa bir bola, keyin Qori Ismatga qarab: O‘tiring, Qori aka, cho‘talga olgan pullaringizni chiqarib sanang, qani u bilan birga bizning hozirgi pulimiz avval oqshomdagi pulimiz bilan baravar keladimi? dedi. Qori Ismat bu talabning javobiga chopon etagini mahkam o‘rab olib: yo‘q! Men pulimni chiqarib sanamayman va biron kishiga ko‘rsatmayman ham dedi. Biz sizning pulingizni olmaymiz, faqat pulimmizning cho‘g‘ini hisoblab ko‘ramiz, qo‘rqmang, chiqaring, sanang! dedi haligi bola yumshoqlik bilan. Yo‘q, dedim, yo‘q! dedi Qori zarda qilib ketmoqchi bo‘lib o‘rnidan turdi. Hali shundaymi? deb haligi bola o‘tirgan yerdan uning oyoqlarini tutib o‘z tomoniga tortdi. Qori yiqilgan hamon cho‘ntagini buti orasiga tiqib hadiksiragan tipratikanday qo‘lini va boshini oyoq ichiga tortib, yum-yumaloq bo‘lib yotib oldi. Bolalar uiing ustiga yopirilib cho‘ntagidagi pullarini chiqarmoqchi bo‘ldilar, lekin u yosh bolalar o‘ynayotgan katta to‘pday har tomonga yumalab, cho‘ntagini qo‘yib yubormadi. Uringlar! dedi bolalardan biri va qo‘lini baland ko‘tarib, uning yalang‘och boshiga bir musht urgan edi, Qoriga ta’sir qilmadi-yu, lekin u bolaning voy-voylab alamidan: Hali to‘xtab tur, seni nima qilaman, deb yugurgancha borib qimor o‘ynaganda kerak bo‘ladigan pishiq g‘ishtni tokchadan ko‘tarib olib, Qorining boshiga urdi. Bu zarba bilan uning boshi yorilib, obdastani jo‘mragidan oqayotgan suvdan qon oqa boshladi. Bir fasldan keyin Qori sulayib qolgach, bolalar uning cho‘ntagidagi pullarni olib qochdilar. Qori yarasining qoni to‘xtagandan keyin biron soat yotib hushiga kelgach, o‘rnidan turib, devorga suyana suyana uyiga ketdi. Qori Ismat uchun soch oldirish haqini ozroq berishga bahona bo‘lgan boshidagi tuksiz dog‘, mana shu qimorboz bolalar, majlisidan uning umrining oxirigacha qolgan bir yodgorlik edi. Lekin Qori-Ishkamba tarjimai holining shu nuqtasini o‘zidan so‘rab, tashih va tasdiq qildirganimdan keyin, unga: Sizning boshingizda u majlisdan shunday dog‘ qolganiday o‘sha kecha cho‘tal pullari qo‘lingizdan ketgani sababli yuragingizda ham tuzalmas dog‘ qolgandir! deb savol bergan edim, u mening savolimga: Yo‘q! Yuragimdagi dog‘ allaqachonlar tuzaldi, qo‘ldan ketgan pullar, sartaroshdan boshimdagi dog‘ uchun saqlab qolganim soch oldirish pulidan «bolalari» bilan undi, degan edi. Qori Ismat cho‘tal pulidan va qimor majlisining hissasidan mahrum bo‘lganidan keyin, butun himmatini ko‘cha sudxo‘rligiga, qur’on sotishga, qarzdorlarning va hujrasida turadiganlarning oshlarini yeyishga sarf qiladigan bo‘ldi. U bir oz ulg‘ayib, puli ham ko‘paygandan keyin, pulni ba’zan kuyadigan mayda sudxo‘rlikni tashlab, savdogarlar va katta do‘kondorlar bilan oldi-berdi qilishga kirishdi. Qatta savdogarlarda uning puli go‘yoki sira kuymagan, unday odamlar sinadigan bo‘lganlarida ham boshqa qarzdorlardan yashirin «yana biron kun Qori bizga kerak bo‘ladi», deb uning pulini batamom to‘laganlar va undan keyin singanliklarini e’lon qilib, boshqalardan bo‘lgan qarzlarini qo‘llaridagi narsalarning rasamadiga qarab, so‘miga o‘n tiyindan yoki yigirma tiyindan berar edilar. Qori Ismat yoshligida singan ikki katta boyda puli kuydi, lekin u biron narsa xarajat qilmay, to‘y bermay, ularning qizlarini xotin qilib oldi va u xotinlarni o‘sha kuygan pul badaliga kelgan, deb o‘zini yupatar edi. Uning «xush baxtligidan» u xotinlar chevar, hunarmand do‘zaida chiqib, Qori Ismat ularning o‘ylariga bir pul xarj qilmaganidek, ularning kiyim va ovqatlariga ham biron pul xarj qilmasdi. Ular do‘ppi tikib, o‘z tirikchiliklarini o‘zlari o‘tkazar edilar. XIV Men Qori-Ishkamba bilan endigina tanisha boshlaganimda «uning yetmish besh ming so‘m tillaga baravar keladigan besh yuz ming Buxoro tangasi bor», deb edilar. U vaqtlarda qarzga pul oladigan savdogarlardan ortib qolgan pulnni banklarga qo‘yardi. Bir hodisa yuz berib, shundan keyin uning banklarga ishonchi yo‘qola yozdi. Buxoroda kontora ochgan banklardan biri Russko-Kitayskiy (Aziatskiy) bank edi. Qori-Ishkamba ham o‘z pulini o‘sha bankka qo‘yardi. Bu bankning binosi quyi bazzozlik atalib, Buxoro passajining[20] janub tomonidan o‘tadigan rastadan passajga chiqadigan zinaning ro‘parasidagi tor ko‘chada edi. Bu tor ko‘cha yangligi rastadan boshlanib «Sarrofon» hammominin go‘lohi oldidan o‘tib, bir necha egri-bugri tor ko‘chalarga bo‘linib, yahudiylar mahallasi orqali «Pushtizsig‘on» atalgan xilvat bir mahalla bilan shaharning «Salloxxona» nomli darvozasidan chiqib ketardi. Bir kun bankning ichidagi butun muomalachilar chiqib, rasta tomonidan o‘n-o‘n ikki nafar yevropacha kiyimlar kiygan noma’lum odamlar kelib, devorga orqalarini berib bankning eshigi oldida qator turdilar. Ulardan qator boshidagi odam bankning ichkarisiga kirmoqchi bo‘ldi. Soqchi bir necha bor «bank yopik deb xabar bersa ham, u o‘zini eshitmaganlikka solib yana eshikni itara boshladi. Soqchi bu «kar» odamning qilig‘idan zerikib, eshikning bir tavaqasini yarim ochib, unga: Soat ikki bo‘ldi, bank allaqachon yopildi, dedi. Noma’lum odam soqchi so‘zi tugashini kutmay, yana eshitmaganday bo‘lib, yarim eshikni itarib kirib, bir qo‘li bilan soqchining miltig‘ini tutdi, ikkinchi qo‘li bilan uning ko‘kragiga to‘pponcha tirab: Jim tur, ovozingni chiqarma! degan buyruq berdi. Bu buyruq bilan soqchi jim bo‘lib, noma’lum odamning kirishiga yo‘l berganidan, haligacha devorga soya berib turgan boshqa noma’lum odamlar ham birinchi noma’lum odamning orqasidan bosib kirdilar. Noma’lum odamlar bapkning eshigini ichkaridan yopib, soqchini yerga yotqizib, uning qo‘l-oyog‘ini mahkam bog‘lab, og‘ziga latta tiqdilar. Ulardan biri soqchining kiyimini kiyib, miltig‘ini qo‘liga tutib, uning o‘rnida «qorovul» bo‘lib turdi va boshqalari to‘pponchalarini yalang‘ochlab bankning amaliyotxonasiga kirib, u yerdagi xodimlarga: Ovozingizni chiqarmay, qo‘llaringizni ko‘taringlar! degan buyruq berdilar. Xodimlar ixtiyorsiz qo‘llarini ko‘tarib jim turdilar, ba’zi birlarida qo‘l ko‘tarishiga ham mador qolmay, qotib qoldilar. Noma’lum odamlar bank xodimlarini bir burchakka to‘plab, ko‘z va og‘izlarini, qo‘l va oyoqlarini bog‘lagandan keyin, yotqizib, ularning ustlariga o‘zlaridan bir nechta kishini qorovul qo‘yib, qolganlari ishga kirishdilar. Telefon simlarini uzdilar, kassirlardan po‘lat sandiqlarning kalitlarini olib, ular ichidagi naqd pul va boshqa qimmatli narsalarni oldilar va bankning pul soladigan qopchalariga joyladilar va bu qopchalarni bo‘z qopchalarga tiqib ko‘tardilar. Noma’lum odamlar bank xodimlarining ustiga ikki qurolli kishining qorovul qo‘yganlaridan keyin qopchalarni ko‘tarib eshik oldiga keldilar. U yerdagi soqchi o‘rnida qorovul turgan noma’lum kishi eshikni ochib, o‘z yo‘ldoshlarini uzatdi, o‘tkinchilarni shubhaga solmaslik uchun «qorovul» qo‘lda yarog‘i bilan o‘g‘rilarni oldiga solib keta berdi. Biron soatdan keyin yuqori va quyidagi «qorovullar» bankning eshigini o‘z qulfi bilan tashqaridan qulflab, tor ko‘chalarga tushib ketdilar. Bank xodimlari «qorovullar» bankdan chiqib ketadigan bir muddat yana jim yotgandan keyin, o‘zlarini yechishga urinib, avvad birovi tishi bilan o‘zi bog‘langan ipni chaynab uzdi, so‘ngra bir-birlarini yechib, derazadan turib: «O‘g‘ri bosdi, tutinglar!». deb baqira boshladilar. Ikki minutda bank tevaragi odam bilan to‘ldi, bu orada qozi kalon va qushbegining odamlari, mirshabning o‘zi butun dastasi bilan yetishib keldi. Mirshab chilangar usta chaqirib bank eshigining qulfini sindirib ichkariga kirgach, bank xodimlaridan o‘g‘rilarning nishonlarini so‘rab olgach, keyin ularni tutmoq uchun har tomonni qidirib ko‘rgan bo‘lsalar ham, o‘g‘rilardan biron darak topolmadilar, lekin ular o‘zlariga va mirshabga yangi bir dartmand manbai tayyor qilmoqchi bo‘lib, ko‘pgina bechora kishilarni «shubhali odam» deb tutib mirshabxonaga qamadilar. Qushbegi shahar tashqarisini qidirib, o‘g‘rilarni tutmoq uchun amirning «Kavkaz» deb atalgan bir dasta otliq askarini yubordi. Bu askarlar to‘dachalarga bo‘linib, har tomonga qarab ot choptirib, miltiq ota berdilar. Bulardan bir to‘dasi shaharning shimoli-sharqida; shahardan o‘n olti kilometr keladigan «Sho‘rko‘l» degan ko‘lning bo‘yida bankning pul soladigan qopchalarini bo‘sh holda topdilar, bu alomatdan o‘g‘rilarning‘ o‘sha tomonga ketganlarini gumon qilib, askarlarning asosiy qismi o‘sha tomonga yo‘nalgan bo‘lsa ham, biron o‘g‘rini uchrata olmadi. Faqat askarlarinng kichkina bir to‘dasi shaharning janubida «Murg‘ak» stansiyasiga yaqin bir yerda shubhali notanish uch kishiga duch kelib, ularni tutmoqchi bo‘lganda, ular askarlarga qarab miltiq va to‘pponchadan ota boshladilar, bir necha minutlik otishuv natijasida askarlardan biri o‘lib, qolganlari u shubhali odamlarni qo‘lga kirgizishdan voz kechib, qaytib ketdilar. Qisqasi, ikki kunlik yelib-yugurish natijasida o‘g‘rilardan biron kishi ham tutilmadi, ularning kim ekanliklarini ham biron odam bilmadi. Bu hodisadan keyin Buxoro shahridagi bank kontoralari markaziy va asosiy kassalarini Kogonga ko‘chirdilar, kundalik muomalalari uchun kerak bo‘ladigan mablag‘ni har kun erta bilan Kogondan Buxoroga kazaklar soqchiligi ostida keltiradigan va ish vaqti tugagandan keyin kontorada qolgan va to‘plangan pulni yana Kogonga olib boradigan bo‘ldilar. Shu hodisadan keyin Qori-Ishkambani «endi pulini kuydi», deb qo‘rqitdilar va uning o‘zi ham pulining unishiga uncha umid qilmasdi, shuping uchun uning avzoyi buzilib, aqldan oza yozgan edi. Ammo oradan ikki-uch kun o‘tib, bank yangidan ochilib, ishga boshlaganida Qori-Ishkambaning talabi bilan darrov uning pulini’ qaytardi va protsentlarini ham to‘ladi. Shu bylan u yana bankka ishonib va o‘sha soatning o‘zidayoq pulini yana topshirdi. Undan keyin ham qo‘liga tushgan pullarini tezlik bilan eltib bankka topshiradigan bo‘ldi: Ammo bankda ish tugagandan keyin yoki kechalar qo‘liga pul tushsa va pullarni qarzga oladigan xususiy talabgorlar bo‘lmasa, u tashvishda qolar edi: bir tomondan, u pul ertaga, bankning kontorasi ochilguncha. bekor yotadi, ikkinchi tomondan, pulni o‘g‘irlatish xavfi bor. O‘grilardan qo‘rqib, u pulni o‘z o‘yiga eltib qo‘yolmasdi, uni shunday bir joyga qo‘yishi kerak edi-ki, uni o‘zidan boshqa biron kishi bilmasin. Qori-Ishkambaning «fazilatlari»dan biri shu edi-ki, u harkimdan shubha qilardi, uning o‘ylovicha, hamma odamlar uning orqasidan poylab yuradilar va fursat topib, go‘yo uning pullarini o‘marib ketmoq fikrida, shuning uchun u hech kimdan xotirjam emas, hech kimga ishonmas edi. Uning ko‘ngli, yolg‘iz hikoyamizda bir marta zikr etilib o‘tgan «Qavkaz» saroyining saroybonidangina xotirjam edi. Bir kuni «Kavkaz»ning saroyboni darvoza ichkarisidagi supachada o‘tirar ekan, Qori-Ishkamba oldidan o‘tdi. Uning ahvolidan yaxshigina xabardor bo‘lgan saroybon qiziqchilik qilib cho‘ntagidan o‘n besh tiyinlik tanga chiqarib, yo‘lakka tashladi va o‘tib ketgan Qori-Ishkambani chaqirib: Qori amaki, yo‘lakda bir tanga ko‘rinadi, sizdan tushgan bo‘lmasin, dedi. Qori-Ishkamba seskanib yo‘lidan qaytdi va qo‘lini yon cho‘ntagiga tiqib: Voy, sho‘rim qursin, cho‘ntagim teshilgan ekan, undan tangalar tushib ketibdi, dedi va saroybonga yaqinlashdi-da, qani, qani o‘sha sen ko‘rgan tanga? deb so‘radi undan. Saroybon o‘zi tashlagan tangani ko‘rsatdi. Qori-Ishkamba yo‘kolgap biron muhim narsasini topgan odamdek, yugurib borib saroybon ko‘rsatgan tangani yerdan ola solib, shoshilganidan tangani «teshilgan» deb ko‘rsatgan haligi cho‘ntagiga solib saroybonga minnatdorchilik bildira ketdi: Ilohi baraka topkaysan, uka! Sening sharofating bilan yo‘qolgan bir tangam topildi, agar sening o‘rningda boshqa biron kishi bo‘lsaydi, menga xabar bermayin u tangani olib o‘z cho‘ntagiga solardi. Shu zamonda ham odamning haqidan parhez qiladigan kishi topilar ekan. Ilohi biring o‘n, o‘ning yuz, yuzing ming bo‘lgay! Shu voqeadan keyin saroybonga Qori-Ishkambaning e’timodi oshib, kechqurunlar biron joydan pul olib keltirmoqchi bo‘lganida u saroybonni o‘zi bilan birga olib boradigan bo‘ldi, saroybon ham uning pul yashirib qo‘yadigan joyini bilib oldi. Qori-Ishkamba «Kavkaz» saroyboniga e’timodi oshganidan bir necha yil o‘tgandan keyin, bir hodisa yu berdiki, uning u saroybon haqidagi ishonchi kul bo‘lib ko‘kka sovurildi. Bir kun men Buxoroning «Sesuv» degan, usti yopiq rastasidan o‘tib borardim. Rasta tomi orqali «Kavkaz» saroyi tomiga tutashib ketgan bir saroychaning darvozasi oldida bir talay odamlar to‘planib turganini ko‘rdim. «Nima gap ekan» deb yig‘in orasidan o‘tib, saroycha darvozasiga yaqinlashdim: u saroyning saroyboni, qo‘lida bir tayoq tutib turib, odamlarni saroychaga kirgizmasdi. Saroychaning ichida mirshabning odamlari daha boshi, qozi kalon va qushbegining bozorlarda yuradigan tergovchilari ko‘rinardilar. Ular bir-birlari bilan qizg‘in-qizg‘in gaplashmoqda edilar. Surishtirib ko‘rsam, o‘sha kecha Qori-Ishkambanin o‘sha saroychadagi hujrasining tomini teshib, sandig‘ini sindirib, yashirib qo‘ygan pullarini olib ketganlar. Qori-Ishkambaning aytishicha, u o‘sha kecha u yerda «har o‘n donasi yetti misqol keladigan sof kumushdan Buxoroyi sharifda zarb qilingan o‘n ming tangani yashirib qo‘ygan ekan. Agar bu mablag‘ «Peterburgda zarb qilingan imperator oltini» bilan hisob qilinsa, bir ming besh yuz so‘m oltinga baravar kelar ekan. Mirshab odamlari bilan tergovchilar teshilgan joydan iz olib borganlarida, iz «Kavkaz» saroyining tomigacha borib, u yerdagi saroy ichidan tomga chiqadigan zinapoya boshida yo‘qolgan, tekshirganlarida ma’lum bo‘lganki, u zinapoyaning eshigi doimiy qulf bo‘lib, kaliti saroybonda turar ekan. Bu dalillar bilan mirshab odamlari, tergovchilar va tomoshabinlar «bu hodisadan «Kavkaz» saroybonining xabari bor, uning o‘zi bu ishni qilgan bo‘lmasa ham, qiladiganlarni uyushtirib, boshchilik qilgan» deb hukm qildilar. Qori-Ishkamba mirshab odamlari va tergovchilar topgan dalilga yana bir dalil qo‘shib aytar edi: Bu hujrada mening pul qo‘yishimni «Kavkaz» saroybonidan boshqa odam bilmas edi. Ayniqsa, shu kecha o‘n ming tangani men unga ko‘tartirib, u bilan birga keltirib yashirgan edim. Birinchi tekshirish bitgandan keyin, Qori-Ishkamba sochlarini yulib, yuzlarini tirnab, dod deb borib qozi kalon, qushbegi va mirshabdan mulozim, yasovul va navkarlar olib, «Qavkaz» saroybonining boshiga keltirdi va uni mahkamaga sudramoqchi bo‘ldi. Saroybon hech bir qonunni buzmay kulimsirab turib, hukumat odamlarini saroyda yerlashgan «Kavkazskiy merkuriy» shirkatining direktori oldiga olib bordi. Direktor hukumat odamlarining so‘zlarini eshitgandan keyin, ularga aytdi Birinchidan shuki, mening saroybonim o‘g‘ri emas, shuning uchun men bu saroyni shu qadar mol bilan uning qo‘liga topshirib qo‘yganman, ikkinchidan, mening saroybonim Rusiya tabaasi, Buxoro hukumatining bir rus tabaasini mahkamaga tortishga haqi yo‘q. Sizlar borib qozi kalon va qushbegi janoblariga mendan salom aytib, u janoblarga men aytgan gaplarni tushuntiringlar. Saroybon Buxoroning yerlik xalqidan edi. Bu hodisa ustida ma’lum bo‘ldiki, u ham Buxoroning ba’zi bir yerlik xalqidan shunday hodisalarda o‘zini himoya qildirish uchun Rusiya tabaasi bo‘lib olgan ekan. Qori-Ishkambaning o‘n ming tangasi «Kavkazskiy merkuriy» dprektorining bir «pufi» bilan ko‘kka sovurilib ketgandap keyin, u, ko‘chalarda «voy-voy»lab yurar, duch kelgan odamni yo‘ldan to‘xtatib, yuzinchi marta bo‘lsa ham, bu hodisani unga hikoya qilar va saroybon, qozi kalon, qushbegi va direktorni qarg‘ar, eng oxirida o‘zini «nega u saroybonga ishondim, nega uni o‘zimga sirdosh qildim», deb so‘kardi. «Odam degan pul to‘g‘risida yotlargagina emas, o‘ziga ham ishonmasligi kerak», der edi va «bundan buyon o‘zimga ham ishonmayman», deb o‘ziga-o‘zi so‘z berardi. Uning bunday so‘zlarini eshitib turgan ba’zi bir kishilar: O‘g‘rini qaroqchi urgan ekan, zarari yo‘q! deb o‘rtangan yuragiga tuz sepib ketardilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Qori-Ishkambaning boshiga yana bir «qora kun» tushdi, shu bilan u saroybon tomonidan yegan zarbaning alamini unutdi. Buxoroning «Xo‘jayevlar» oilasidan bo‘ltan bir katta savdogarining o‘z xo‘jayinidan to‘la vakolat bo‘lgan mirza Abdulla degan kassiri bor edi. Shu mirza Abdulla qorako‘lchi savdogarlar pulga juda muhtoj bo‘lgan bir paytda, ya’ni qorako‘l terisi mavsumida Qori-Ishkambani chaqirib, xo‘jayinining nomidan o‘n besh ming so‘m so‘radi. Bu mablag‘ni ikki oy ishlatib, oyda ikki ming tangadan ikki oy uchun to‘rt ming tanga foyda va’da qildi, bu mablag‘ning o‘zi va foydasi uchun ikki oylik muddatli veksel bermoqchi bo‘ldi. Qori-Ishkamba bu taklifni eshitib, quvonganidan terisiga sig‘maydigan darajada shishib ketdi. Tezroq pulni keltirib, bu muomalani amalga oshirmoq uchun bankka qarab yugurdi, yo‘lda duch kelgan odamlarga qaramadi, ularning salomlariga javob ham qaytarmadi, hatto do‘kondorlar oldidagi tayyor non-choylarga ham ko‘z tashlamadi. Quvonchining oshganidan ko‘kragi torayib, nafasi qisilgan bo‘lsa ham, yugurganicha bankka bordi, u yerdan pulni olib, yana avvalgi tezligi bilan qaytib, mirzaning oldiga keldi va unga nafas qisila-qisila: Pu-pu-pulni, sa-sa-sanab o-o-oling, ve-ve-veksselni, yo-yo-yozib bering! dedi. Qori-Ishkamba bu daraja quvonch va shoshilishga haqli edi. Chunki, u bu mablag‘ uchun boydan ikki oyda oladigan protsentini bankdan bir yilda olardi, Mirza Abdulla u pulni sanab ko‘rsa, to‘qson olti ming tanga ekan. Bu kam-ku, dedi. I Nega? Ikki oylik foydasi bilan yuz ming tanga bo‘dadi-da, siz raso yuz ming tanga o‘n besh ming so‘mlik veksel bersangiz ish tamom. Yo‘-o‘-o‘-q! dedi mirza Abdulla cho‘zib, siz meni alday olmaysiz. Men sizga yuz ming tanga uchun oyda ikki ming tanga foyda va’da qildim, shuning uchun ikki oylik protsentini ko‘shib, bir yuz to‘rt ming tangalmk muddatli veksel tayyorlab qo‘ydim. Mirza o‘z so‘zini isbot qilmoq uchun tayyorlangan veksellarni ko‘rsatib, yana davom qildi: Ammo siz to‘qson olti ming tanga uchun oyda ikki ming tanga foyda olmoqchi bo‘lsangiz, bu o‘yiningiz menga o‘tmaydi siz bunday o‘yinni pulga muhtoj bo‘lgan biron kambag‘alga qiling. Agar men qilgan taklifga rozi bo‘lmasangiz pulingizni olib boring, agar tolib bo‘lsangiz yana to‘rt ming tanga bergshg va vekselni oling! Qori-Ishkamba bu taklifga rozigina emas, balki bunga jondan tolib edi. Shuning uchun u avvalgi tezligidan ham tezroq borib, to‘rt ming tanga keltirdi va uni ham mirzaning oldiga qo‘yib: Ana buni ham sanab oling, vekselni bering! dedi. Mirza taajjub bilan Qoriga qarab turib: Bu qanday pul, siz qanday veksel talab qilayotirsiz, men tushunmadim-ku, dedi. Hazil qilmang! Hozir qiziqchilik vaqti emas. Yugurganimdan nafasim og‘zimga tiqilib o‘layozdim, bir choy buyuringki, ichib nafasimni rostlay. Hozir ishim ko‘p, choy buyurish, choy nchish va sizni laqillatish uchun fursatim yo‘q, boring, keting, Qori amaki. Unday bo‘lsa, vekselimni bering, men ketay. Qanday veksel? Bu pulingizni oling, mening xo‘jayinim uchun bugun pul kerakmas. Bugun men qarzga pul ham olmayman, veksel ham bermayman. Xo‘p, unday bo‘lsa haligi to‘qson olti ming tangani bering, men uni olib bornb bank yopplmasdan burun topshiray. Qanday to‘qson olti ming tanga? Tush ko‘rayotirsizmi yoki jinni-minni bo‘ldingpzmi? Axir, haligina to‘qson olti ming tangani sanab olmadingizmi va «yana to‘rt ming tanga keltiring, yuz to‘rt ming tangalik veksel beraman», demadingizmi? Hazil qilmang, Qori amaki, vaqtim yo‘q deyapmanku. Boring, keting, men o‘z ishimni qilay. O‘zingiz hazil qilayotirsiz. Lekin bu ishingiz xazil ham bo‘lsa, yuragimni yorayozdi. Va tezroq vekselni bering yoki pulimni qaytaring! Yetar shu qadar jinnilik, Qori! Tezroq chiqib keting, mening zarur ishim ko‘p! Jinnilarning joyi savdoxonalarda emas, Xosha O‘boniy[21] eshonning uyida, deb mirza o‘rnidan turdi va Qori-Ishkambani eshik, tomonga itardi. Qori-Ishkamba «voy uyim kuydi», deb dod deganicha o‘yinchog‘i tortib olingan yosh bolalarday ho‘ngrab yig‘lay boshladi. Mirza o‘z xizmatchilarini chaqirib, ularga: Bu jinnini chiqarib haydanglar! deb buyurdi. Xizmatchilar Qori-Ishkambani chiqarmoqchi bo‘lganda u ovozining boricha dodlab, yerga ag‘anab: Mening jonim shu yerda, men qanday ketaman? Jonsiz jasad yura oladimi?. - deb shovqin-suron soldi. Xizmatchilar «haqiqatan bu bechora jinni bo‘lgan ekan», deb o‘likni sudraganday uning qo‘l-oyog‘idan tutib sudrab mirza o‘tirgan kontoradangina emas, saroyning darvozasidan ham chiqarib ko‘chaga haydagach, saroybonga: Bundan buyon uni saroyga kirishga qo‘yma! dedilar. Qori-Ishkamba, egasi uyidan quvib, yuziga eshikni yopgan itday, qayta-qayta saroyga kirmoqchi bo‘lib eshikka tarmashib dod-faryod solgan bo‘lsa ham, har doim saroybon uni ko‘tarib mushukni otganday qilib irg‘itib tashlardi. Qori-Ishkamba saroyga qayta kira olishdan umidini uzgandan keyin, sallasini yechib bo‘yniga soldi Voy dod-ey! Bu qandan zulm? Musulmonlik shu tun yo‘qolgan ekaney-y-y! deya amirning arkiga o‘rdaga qarab yugurdi. Uni bu holda ko‘rganlar jinni bo‘lganiga hech shak-shubha qilmasdilar. U orqasidan ko‘p tomoshabinlar ergashtirib ark darvozasiga yetdi, Bu voqea yuz bergan vaqtda amir Rusiyada bo‘lib ark darvozaxonasida qozi kalon bilan qushbegi baqamti o‘tirib, shahar va mamlakatni «idora» qilar edilar. Qori-Ishkamba ularning oldiga borib, o‘zini yerga tashlab, ularga voqeani hikoya qildi, mirza Abdullaga jazo berib, undan to‘qson olti ming tangani undirib berishlarini so‘radi. Mening bolam va boshqa merosxo‘rlarim yo‘q, faqat ikki xotinim borki, agar ular men o‘lguncha tirik qolsalar molu mulkimdan to‘rtdan bir meros oladilar,qolgan narsalarimning hammasi janobi oliylarniki bo‘ladi. Hatto agar sizlar munosib ko‘rsangizlar xotinlarimni ham darhol taloq qilaman. U holda o‘lgandan keyin, mol-mulkimning hammasi janob oliyniki bo‘ladi. Shariat hokimlari va janobi oliyning noiblari bo‘lgan siz janoblar mana shu hollarni nazarga olib mening pulimni janobi oliyning o‘z pullari hisoblab, u xudo bexabar mirzadan undirib berib, mening duomni olinglar! Ammo hokimlar Qori-Ishkambani bu holda ko‘rib, uning bunday arzi dodiga faqat kulibgina qo‘ydilar. Mirza Abdulla xo‘jayinining obro‘si amir hukumati oldida Qori-Ishkambaning obro‘sidan necha marta ortiq bo‘lgani sababli, uning iltimosiga quloq solinmadi. Sizning janjalingiz biz so‘raydigan oddiy janjallardan emas, sizlarning karvonboshilaringiz bor, oqsoqollaringiz bor va har bir oldi-berdilaringizni ularning huzurlarida veksel bilan qilasizlar. Siz veksel ko‘rsatmay, karvonboshi bilan oqsoqol guvohlik bermay turib, biz nega bir obro‘li odamni bosh og‘rig‘i qilamiz, dedilar, xolos. Qori-Ishkamba yana shovqin solib, jinnilik qilganda uni yasovullar urib-urib ark darvozasidan tushirib quvladilar. Undan keyin Qori-Ishkamba butunlay jinnilashdi. U ko‘chalarda yugurib dod solar, tanish bo‘lsa bo‘lmasa, o‘zyga duch kelgan odamni to‘xtatib, boshidan o‘tgan bu voqeani unga hikoya qilar va undan maslahat so‘rardi. Ba’zi hazilvandroq eshituvchilar uni «yupatgan bo‘lib»: «Iflos suv botqoqda yaxshi»[22], deganlar, aslda sizning pulingiz murdor edi, bir murdor joyga ketgan ekan, xafa bo‘lmang. der edilar. Qori-Ishkamba bunday «yupatish» eshitganda bir alami o‘n bo‘lar, jarohatli badaniga tuz sepilganday dod der, unday «yupatuvchini» so‘kar va boshqa rahmdilroq biron odam topib, dardlashuv uchun yana yugurardi. Tomoshabinlar undan kulardilar. O‘sha mahalda Qori-Ishkamba bir kuni yo‘lda menga duch keldi va yo‘limni to‘sib, boshiga tushgan musibatni menga hikoya qilib berib, mendan maslahat so‘radi. Men uning sarguzashtini, jumladan, qozi kalon va qushbegiga borib arz qilganini, ularning qanday muomalada bo‘lganlarini ipidan ignasigacha bilib olgan bo‘lsam ham, o‘zimni bilmaslikka solib, uni: «dard-alamini» oxirigacha eshitib, ahvoliga «afsuslanib», maslahat tariqasida dedim: Bunday katta voqea va «og‘ir musibat» to‘g‘risida menday kichkina odam qanday maslahat bera oladi siz borib hokimlardan kattalardan maslahat va yordam so‘rang! Ilohi, kattalarning uyi kuysin, kattalarning bolalari o‘lsin, kattalar bir burda nonga zor bo‘lsinlar! deb kattalarni so‘kib-qarg‘ab, qozi kalon bilan qushbegining o‘ziga qilgan muomalalarini yana bir bor aytib berdi. Qori-Ishkambaning bu holatidan «Bibi-Dahboshi» degan bir jinni xotinning voqeasi esimga tushdi. Buxorodagi Govkushon mahallasida «Govkushon» nomli bir madrasa bor, madrasaning shimol tomonidan boriladigan qlmmatbaho kiyimlar edi. Ular qavatini yiqitgan bolalarni quvlashga kirishardi, shu mahal narigi tomondagi bolalar yugurib kelib, orqasidan unga hujum qilardilar. Oxirida Bibi-Dahboshi charchadi va etagini yangidan tosh kesaklar bilan to‘latib borib, orqasi bilan machit devoriga suyanib o‘tirdi. U o‘tirgan joyida bo-lalarni qarg‘ar, yaqin kelganlarini tosh, kesak bilan urardi. Shu vaqtda Buxoroning bir necha katta boylari va domlalarining Registon tomonidan piyoda kelayotganlari ko‘rindi. Ular biron to‘y yoki ziyofatdan kelayotgan bo‘lsalar kerak, qorinlarini qappaytirib, tishlarini kovlab, sekin-sekin ulug‘vor qadam tashlab kelmoqda edilar. Ularning egnilaridagi kiyimlar ham to‘yga kiyib bellarini bog‘lagan, boshlariga zardor do‘ppi kiyib qavat keng jiyakli narcha gulli satin chopon kiyib, uning ustidan tilla kamarband yoki shoyi fo‘ta1 bilan astari ham shohi bo‘lganini xalqqa ko‘rsatmoq bo‘lsa kerak, etagini sal bar urib qo‘ygan edilar. Ular har qadamda bir to‘xtab bir-birovlariga nima to‘g‘risidadir gapirardilar.Registon va Kappon tomonlarga o‘tib ketadigan kattagina ko‘cha bor, bu ko‘chaning shimolida «Shahar Ro‘d»bo‘lib, uning shimolida «Masjidi Xoja» nomida bir jome bor. Mana shu jome bilan «Ro‘d» orasida bu uning ustidan «misqoliy» deb ataladigan qimmatbaho yo‘lak bor ediki, amir zamonida unda tilanchilar, qo‘lda doka ip silliq qilib o‘ragan edilar. Ular choponla-lar, shollar yopib yurar edilar. Bir vaqtlar shu tilanchilar va mayiblar orasida «Bibi-Dahboshi» laqabli bir jinni xotin paydo bo‘ldi. Bolalar har bir jinniga o‘chakishganlariday, Bibi-Dahboshiga ham o‘chakishib qolgan edilar. Kunlardan bir kun men haligi jomening g‘arbiy- janubiy burchagiga yaqin yerda, Ro‘d ustidagi tosh ko‘prikda oftobda isinib o‘tirardim. Bolalar Bibi-Dahbo tevaragiga to‘plandilar. Uning yuz va ko‘ziga turishizning balolarni olay kattalar, bu salla-choponlar sepdilar, boshidagi ro‘molni olib suvga otdilar, ishingizni xudo o‘zlaringizga nasib qilsin, kattalar ranjisini olib qochdilar va boshqa ko‘p sho‘xliklar ul va muomaalingnz yaxshi. kunlaringizga sarf bo‘lsin. Bolalar hujumi joniga tekkan Bibi-Dahboshi bu kattalarni ko‘rgach, arz-dodga kirishdi va ularga yalinib-yolvorib dedi: Boshlaringizdan o‘rgilay, kattalar, bolalaringizni olinglar. Sho‘rlik Bibi-Dahboshi ham bolalaraing bu yomon qiliqlariga qarshi jim turmasdan bolalarni qarg‘ardi, etagini tosh va kesaklar bilan to‘ldirib ularni urmoqchi bo‘lib quvardi, to‘g‘ri kelganini tutib olib urardi. Bolalar ko‘paydilar. Bosh yalang, oyoq yalang Bibi-Dahboshi ularning orasida qamalda qoldi, u bir necha bolani tosh va kesak bilan urmoqchi bo‘lib quvsa, boshqa bir necha bola uning orqasidan yetib kelib, kiyimidan tutib tortardi, u yiqilardi va o‘rnidan turib o‘zi yon-g‘aribni shu shumtakalar qo‘lidan qutqaringlar, kattalar! Bu jinning, ayniqsa, u xotin bo‘lsa arz-dodini eshitishgina emas, xatto uning tomoniga qayrilib qarash ham «kattalar»ning shavkat va hashamatlariga kelishmasdi. Shuning uchun ular jinni xotinning nolishini eshitmaganday bo‘lib, avvalgiday viqor bilan gaplasha-gaplasha, sekin-sekin qadam bosib o‘tib ketaverdilar. Qattalarning gapga quloq solmaganlarini, hatto o‘z tomoniga qiyo boqmaganlarini ko‘rgan Bibi-Dahboshi bolalar o‘rniga «kattalar»ni qarg‘ay boshladi: Ilohi pul va molingiz o‘g‘rilarga, qaroqchilarga nasib bo‘lsin, kattalar. Bibi-Dahboshining o‘shancha yalinib-yolvorishlariga, quloq solmagan va uning arz-dodini eshitmaganday bo‘lgan «kattalar» uning bu qadar qarg‘ashlarini ham eshitmaganday bo‘lib keta olmasdilar. Chunki ular o‘zlarini eshitmaganlikka solsalar ham, boshqa o‘tkinchilar eshitayotirlar va ko‘rayotirlarki, bu jinni xotin1 shaharning kattalarini qanday masxara qilmoqda, shohi va ipakli choponlariga qaramasdan ularni tuproqqa bulg‘ab, balchiqqa belamoqda. Shuning ila baravar ular bir jinni xotinga nima qila olardilar? Qo‘llaridan keladigan ish yolg‘iz shugina bo‘ldiki, kattalik va ulug‘likni bir tomonga qo‘yib, shohi astarli uzun va keng ipakli choponlariga o‘ralib olib, jinni quvgan bolalarday qocha boshladilar va jonlari boricha yugurdilarki, toki tezroq u ko‘chada uzoqlashsinlar, toki jinni xotin kimni so‘kayotganini ,odamlar ko‘ra olmasinlar. Lekin shu hodisadan keyin, Bibi-Dahboshi «kattalar»ni so‘kib-qarg‘ashni o‘ziga vazifa qilib oldi, Bibi-Dahboshi o‘lgunicha yolg‘iz haligi «kattalar»gina emas, shaharning boshqa «kattalari» ham u ko‘chadan o‘ta olmaydigan bo‘ldilar. XV Qori-Ishkamba mirza Abdulladan yegan zarbasidan bir necha oy o‘tgandan keyin asliga qayta boshladi, endi ko‘chalarda jinnilarcha qiyg‘os solmasdi, endi har kimga duch kelsa, mo‘tadil vaziyatda mirza Abdulla voqeasini unga hikoya qilib berganidan keyin, sovuqqonlik bilan der edi: Har nima bo‘lsa ham, o‘tdi-ketdi. Odam bolasining boshiga har qanday og‘irlik va musibat kelsa ham o‘tadi. U jinnilik holatini o‘tkazgan edi, ammo badanining go‘sht va yog‘i avvalgi holatiga kelmadi, basharasi burishib ketgan, tusi ham kulga o‘xshab, oqchil bo‘lgan va soqoli oqara boshlagan edi. Birinchi jahon urushi boshlandi, boshqa savdogarlar, hannotlar[23] va sudxo‘rlar qatorida Qori-Ishkambaning ishi ham o‘ngidan keldi va pulining bozori qizib ketdi. Savdogar, jallob va hannotlar bugun bir narsani sotib olsalar, ertasi kuni u narsani ikki bahosiga sotardilar, shuning uchun ular o‘z sarmoyalaridan keladigan foydaga qanoatlanmay, sudxo‘rlar orqasidan yugurar va qancha protsent to‘lab bo‘lsa ham, qarzga pul olar va u pul bilan bozorbop va kamchil narsalarni xarid qilib, omborga tiqardilar. Bunday vaqtlarda hannotlarning cho‘ntak va ko‘zlarini to‘ldira oladigan serpul sudxo‘r Qori-Ishkamba edi. Albatta, u bunday oldi-berdidan o‘zining cho‘ntak va kassasini ham yaxshigina to‘ldirardi. Urushning ikkinchi yilida Qori-Ishkambaning yuzi mirza Abdulla voqeasidan ilgarigisiday qizardi, jussasi to‘lishdi, qorni avvalgidan ham katta bo‘lib ketdi, puli ham ikki milliondan oshdi, shuiday bo‘lsa ham, u mirza Abdulla voqeasini hali ham unutmagandi, u kunda necha marta mirza Abdullani so‘kar-qarg‘ardi. Urushning uchinchi yili bo‘lgan 1916 yilda mehnatkashlar shu darajada talandilarki, kundalik ovqat uchun bir burda qotgan non topishlari amri mahol bo‘lib qoldi, buning muqobiliga[24], hannotlar shu qadar serpul va sermol bo‘lib ketdilarki, mollarini saqlash uchun joy va pullariga sotib olish uchun mol topolmasdilar. Moskvachi savdogarlar bo‘lsalar, oltin va brilliantlar bilan o‘ynardilar. Bunday sharoitda hannot va savdogarlar sudxo‘rdan pul qarz olishga muhtoj bo‘lmasdilar. Shuning uchun urushning uchinchi yillari Qori-Ishkambaning bozori susaydi, u hamma pullarini banklarga qo‘yishga va oz protsentga qanoat qilishga majbur bo‘ldi. Ikki million puldan bank hisobida ham katta protsent unardi. Lekin bu Qori-Ishkambaning ko‘zini to‘ydira olmasdi, uning puli qaicha ko‘paygan bo‘lsa, foyda tomoniga tikilgan ko‘zi ham o‘shancha kengaygandi, uning ko‘ngli unday katta mablag‘ uchun ilgarigiday yilda yigirma besh-o‘ttiz protsent foyda olishni tilardi, lekin bu unga muyassar bo‘lmasdi, uning o‘z so‘zi bilan aytganda, «u kunlarni sel olib ketgan» edi. Buning ustiga u 1916 yili o‘zining yeydigan ovqatini ham tejay boshlagan edi. Chunki undan qarz olishga muhtoj bo‘lmagan boylar va hannotlar uni o‘z dasturxonlari boshiga yo‘latmasdilar. Uning pulini ishlatadigan banklar bo‘lsa, kunda soat o‘nda unga to‘yganicha choy ichirar va boshqa narsa bermasdi. Urushning uchinchi yilida u o‘z hujrasida turadigan mullabachchalarning oshlariga va ba’zan to‘g‘ri keladigan to‘ylar va xudoyilarga, mozor boshilarda uchraydigan chalpak va bo‘g‘irsoqlarga «qanoat qilishga» majbur bo‘lgandi. Shuning uchun u etidan tusha berdi, tusi ham bir oz sarg‘aydi. Oriqlaganining sababini so‘raganlarida: «Men avvallar har kecha-kunduzda necha bor qazi-qo‘zi, kabob, palov, chalov, manti va chuchvaralar kabi ovqatlar yerdim. Endi u «mehmondo‘st» xonadonlardan baraka uchdi, qo‘y, echki, qorlmollar ham ovqatlari kamaysa oriqlaydilar, nima, men ulardan kammi?» der edi. «Pulingiz ko‘p, ancha qarib ham qoldingiz, nega o‘z pulingizga o‘z uyingizda ko‘nglingiz tusaydigan laziz taomlar pishirtirib yemaysiz?» deganlarga o‘sha vaqtlarda Buxoro shoirlaridan birining sudxo‘rlar sha’niga aytgan bir baytini eslatib: «Agar shisha toshni, atala tishni sindira olsaydi, sudxo‘r ham o‘z uyida, o‘z puliga non olib sindira olardi», deb javob berardi. Keyin bankka minnatdorchilik bildirib ketardi: «Xudo xayrini bersin, yaxshiyam bank bor ekan, kunda tushlik choy vaqtida yetib borganimda, u yerdagilar mendan choy bilan qandni ayamaydilar, stakanga istaganimcha qand solib, choy quyib icha beraman. Qancha ko‘p ichsam direktorga malol kelmaydi, hatto uning, vaqti chog‘ bo‘lib kuladi.». Buxoro shutqori (hazilmand)lari ham Qori-Ishkambaning o‘z ta’biricha, «o‘rinsiz hazillar» bilan uni ishdan chiqarayozdilar. Bu shutqorilar Qori-Ishkambaning o‘z pullarini qaysi bankka qo‘yganini eshitsalar, ulardan biri jonkuyarlik vaziyatida oldiga kelib, qulog‘iga aytar edi: «Qori amaki, eshitdingizmi, «Soyedinyonniy bank»ning ishi chappasiga ketibdi, uning katta mablag‘i German askarlarining qo‘liga tushgan, «erta-indin sinadi» deydilar. Har qalay, siz o‘z ishingizda ehtiyot bo‘ling». Qori-Ishkamba bu xabarni eshitib darrov «Soyedinyonniy bank»ka qarab yugurar, undan o‘z pulini olib, «Russo-Kitayskiy (Aziatskiy) bank»ka topshirardi. Albatta Qori-Ishkambaning o‘z pulini «Soyedinyonniy bank»dan olib «Russo-Kitayskiy bank»ka topshirgani shutqorilardan maxfiy qolmasdi. Ulardan boshqa birisi yana Qori-Ishkambaning oldiga kelib, tunov kun yo‘ldoshi «Soyedinyonniy bank» haqida aytgan gaplarni, «Russo-Kitayskiy bank» haqida ham aytardi. Yana sho‘ring qurg‘ur Qori-Ishkamba o‘z pulini u bankdan olib, boshqa biron bankka topshirishga majbur bo‘lardi. Uning do‘stlari: «Pulingizni podshohlik bankiga qo‘ying, imperator davlati omon ekan pulingiz ham omonda bo‘ladi», deb maslahat bersalar ham unamasdi. «Podshohlik banki boshqa banklarga qaraganda protsentni oz beradi», der edi. Kunda pul qo‘yib ertasiga (ba’zi vaqt o‘sha kunning o‘zidayoq) qaytarib olishdan banklar bezor bo‘lib, uning pulini qabul qilmaydigan bo‘ldilar. Undan keyin u o‘z pulini podshohlik bankiga topshirishga majbur bo‘ldi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmayin podshohlik banki to‘g‘risida ham sinish (bankrot) ovozlarini chiqara boshladilar, har vaqt gazetalarda imperator askarining mag‘lubiyat xabari yozilsa, shutqorilar u xabarlarni ikki-uch barobar oshirib, Qori-Ishkambaga yetkazadilar va podshoxlik bankidan ko‘z quloq bo‘lishga, mabodo sinib qolsa, uning «qon yutib to‘plagan pullari» «kuyib qolishi» mumkin deb maslahat berardilar. Ammo u qanday ehtiyot qila olardi, agar bank sinsa ham, uning qanday iloji bor? Pulni bo‘lsa o‘g‘rilar xavfidan uyga, yo saroyga qo‘yish mumkin emas. Qori-Ishkamba bora-bora shutqorilarning hazilini, birni o‘n qilib orttirib aytishliklarini sezdi. Ilgarilar gazeta o‘qiladigan joylardan qochadigan bo‘lsa ham, endi to‘g‘ri xabarlarni bilib olish uchun gazetxonlardan urush xabarlarini so‘raydigan bo‘ldi. Gazetxonlarning og‘zaki aytib beradigan xabarlaridan ham shubhada qoldi. Shuning uchun gazetani birovga o‘qittirib eshitib, o‘zi muhokama qiladigan bo‘ldi. Bora-bora gazetalarda mag‘lubiyat xabarlari shu qadar ko‘paydiki, uning vahimaga tushishi uchun, shutqorilarning xabarlarni orttirib aytishlariga va hazillariga hech bir ehtiyoj qolmadi. Qattiq vahimaga tushgan Qori-Ishkamba o‘z muhokamasi bilan hech narsa chiqara olmagach, podshohlik bankining direktori oldiga borib, maslahat so‘radi: Gazetalarda juda yomon xabarlar chiqayotir. Xudo ko‘rsatmasin, agar imperator hazratlariga yomon ko‘z tegib qolsa, bank nima bo‘ladi, biz nima qilamiz? Turkcha, tatarcha va umuman musulmoncha gazetalar, dedi direktor, imperator hazratlariga dushmandirlar, shuning uchun imperator askarlari to‘g‘risida yolg‘on xabarlar bosib tarqatadilar, ruscha gazetalardan ham ba’zilari revolyutsionerlarning gazetalari bo‘lib, ular ham ul «olijanob» haqlariga til tegizib yozadilar. Siz unaqa gazetalarning gaplariga ishonmang! Har kun erta bilan mening oldimga keling. Men imperator hazratlariga sodiq bo‘lgan gazetalarni o‘qib, «rost xabarlar»ni sizga aytib turaman. Revolyutsionerlar kim? deb so‘radi Qori-Ishkamba o‘ziga notanish odamlarga adovat ohangi bilan. Revolyutsionerlar «podshoh kerakmas, podshohsiz hukumat quramiz», deb yurgan buzuq niyatli odamlar. Eh! dedi Qori-Ishkamba quti o‘chib, imperator bekor qilinsa mening pulim nima bo‘ladi? Qo‘rqmang! dedi direktor yupatish ohangi bilan, imperator hazratlariga hech narsa bo‘lmaydi. Qori-Ishkamba direktorning keyingi so‘zi bilan bir oz tinchlangan bo‘lsa ham, bankning salomatligiga va bu vosita bilan o‘z pulining salomat qolishiga sabab bo‘lgan imperatorni bekor qilish niyatida yurgan revolyutsionerlardan bir qo‘rqinch his qilmoqqa boshladi. Bu suhbatdan keyin, Qori-Ishkamba kunda tushlik choydan ilgariroq direktorning oldiga kirar, direktor «inobatli» gazetalarni o‘qib unga eshittirar va «rost» xabarlarni tarjima qilib berar edi. Qori-Ishkamba bunday «xushxabarlar»ni eshitgach: Inshoollo, imperatori a’zam hazratlariga hech bir ziyon-zahmat yo‘q. Dushmanlarning ko‘zlari ko‘r bo‘lsin, tillari kesilsin, deb bankning bufetiga o‘tar, stakan sig‘dira olganicha qand joylab, choy quyib ichar va tinch ko‘ngil bilan ko‘chaga chiqib, dnrektordan eshitgan gaplarini birini o‘n qilib odamlarga aytar edi. Fevral revolyutsiyasi bo‘ldi. Qori-Ishkamba qo‘rqadigan hodisa bir haqiqat bo‘lib, uning boshiga tushdi podshoh taxtdan quvildi. Podshohiing taxtdan ag‘darilganini endi bankning direktori ham inkor qilmasdi. Lekin, u endi Qori-Ishkambani yupatib turmasdi: Imperatori, a’zam hazratlari bekor bo‘lgan bo‘lsalar ham, zarari yo‘q. Hukumat boshida o‘tirgan odamlarning hammalari bizning banklarning kattalaridirlar. Ular bizning bankning sinishiga va siz kabi bankirlarni sodiq kishilari bo‘lgan odamlarning pullarining kuyishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Ajab emas, Nikolay hazratlarining o‘rinlariga u kishining amakilari Velikiy knyazni podshoh ko‘tarsalar. derdi. Lekin Qori-Ishkamba endi bunday yupatishlar bilan uncha tinchiy olmasdi, chunki u o‘zini ko‘p vaqtdan beri qo‘rqitib kelgan revolyutsionerlar deb atalgan odamlarning bu ishlarni qilayotganlarini kunda necha bor ishonchli odamlardan eshitardi. «Oyoq yalang mujik»lar katta yer egalarining yerlarini, hovli va dehqonchilik asboblarini bosib olayotirlar, zavodlarda, fabrikalarda ishchilar o‘z komitetlarini tashkil qilib, xo‘jayinlarini mepsimay boshlaganlarini eshitardi. «Ular bir kun zavodlar sizniki emas, bizniki», deb xo‘jayinlarni quvib yuborsalar-a. «Shunday bo‘lgandan keyin, der edi Qori-Ishkamba o‘z-o‘ziga, naqd pul bilan to‘lpb-toshgan banklarni puldorlar qo‘lida qoldirarmikanlar? Agar banklarni ham bosib olsalar, boshqa pullar qatorida mening pullarim ham qo‘limdan ketadi. Endi nima qilish kerak»! Qori-Ishkamba o‘ziga-o‘zi bergan bu keyingi savolga javob topolmay qon yutardi. U o‘g‘rilar xavfidan pullarini uyida yoki saroyda saqlay olmasdi. Boshqa odamlar undan qarzga pul so‘ramasdilar. Agar pullarini eltib amir hukumatiga omonat topshirsa, u ochiqdan-ochiq uning pulini yeb ketar edi. Bunday holatdaa «bolta kelgunicha, kunda dam olar» deb o‘z pullarini bankka qo‘yishdan boshqa chorasi yo‘q edi. XVI Qori-Ishkamba 1917 yilning kuzida «Bol’sheviklar hukumatni o‘z qo‘liga olgan emish», degan xabarni eshitdi. U bu xabarni eshitgach «bol’sheviklar?» deb o‘yladi. Ilgari u bunday nomni eshitmagan edi. U bank direktoridan qandaydir «.knyaz’ degan kishini,? ajab emaski, podshoh qilib ko‘tarsalar», deb eshitgan edi. Lekin bu u nomga o‘xshamas edi, yoinki qariligi sababli u direktor aytgan nomini unutganmi, bu o‘sha nomning o‘zimi?. U bu nomning va bu gapning tagi-tubini bilib olmoqchi bo‘lib, bankka jo‘nadi. Maqsadi dunyoda «yagona rostgo‘y» bo‘lgan direktorii ko‘rib undan so‘rash edi. Ammo bu bankka yetib borguncha soat uchdan oshgan bank yopilgan, uning xodimlari direktor bilan birga kassalarini ko‘tarib Kogonga jo‘nagan edilar. U bankning eshigi oldida yolg‘iz bankning tilmochiga duch keldi, tilmoch ham portfelini ko‘tarib, o‘z uyiga ketayotir edi. Tilmoch, Buxoro shutqorilaridan bir edi, shuning uchun Qori-Ishkamba undan gap so‘rash istamadi. «Bu shum rost-yolg‘on gaplarni gapirib, ko‘nglimni qora qilib qo‘yar», deb o‘yladi. Ammo bir oz o‘ylab turgandan keyin «yomon aytmaguncha yaxshi kelmas deganlar, dedi o‘z-o‘ziga, u yomon gaplarni aytaversin, zarari yo‘q, xudodan u yomonlarni yaxshiga aylantirishni so‘rayman». Qori-Ishkamba shu qarorga kelgach, keyin tilmochdan: «Rusiya hukumatining boshiga bol’sheviklar kelgan», deydilar. Bu xabar rostmi, yolg‘onmi? deb so‘radi. Rost! deb javob berdi tilmoch. Qori-Ishkamba quvonch bilan yana so‘radi: Bu direktoringiz «ehtimol podshoh bo‘lsa» degan o‘sha «vel» yoki «vek» yoinki «velka knyaz’» (sabil qolgur isminiesimdan chiqaribman) emasmikan? Yo‘-o‘-o‘-q! dedi tilmoch cho‘zib, bol’sheviklar knyazlarning oyog‘ini osmondan keltirdilar. Qori-Ishkamba bu gapni eshitish bilan Xo‘p, hazilni bir fasl bir tomonga qo‘yib turib, rostini ayting, bol’shevik necha oylardan beri bosh ko‘tarib dunyoni bezovta qilgan. Nikolay hazratlariday ulug‘ va kuchli bnr podshohni taxtdan tushirgan revolyutsionerlardap yaxshiroq emasmi? Va u bizdek yemay-ichmay, rost aytib, yolg‘on aytib, besh pul-o‘n pul to‘plaganlarning holiga rahm kiplmasmikan? deb so‘radi seskanib ketib. Tilmoch bir oz o‘ylab turgach gapga kirishdi. Siz bu kungacha qo‘rqib yurgan revolyutsionerlarning ishlari ishning boshlang‘ichi edi, bu fursatdan foydalangan siz kabi odamlar avvalgiday uch million pulni bankka qo‘yib, yilda bir yuz ellik-ikki yuz ellik so‘m protsent olib, ishlamay-netmay qorinlarini qashib yuradilar. Ba’zi bir tekinxo‘rlar bugun bir narsani bir so‘mga olib, ertaga o‘n so‘mga sotib, mehnatkashlarning qonlarini ichishni davom ettiradilar. Endi hukumat bol’sheviklarning rahbarligi ostida ishchi-dehqon qo‘liga o‘tdi, endi siz kabi tekinxo‘rlarning kuni bitdi. Endi o‘tgan kunlarni tushingizda ko‘rasiz. Qori-Ishkambaning rangi-quti o‘chdi, a’zoyi badani titray boshladi, o‘zini tutolmay orqasi bilan devorga suyanib bir oz jim turgach, o‘zini yupatish yo‘li bilan dedi: Xayr, mening pulim kassasida bo‘lgan sizning bank hozircha sog‘, tinch-ku. «Ildizi suvda bo‘lgan daraxtdan meva umid qilish mumkin», degaplar. Hali boshimga kelmagan o‘limdan bu qadar qo‘rqib, kunda necha marta o‘lib, nega o‘zimni muncha azoblay? Sizning «daraxtingizning ildizi suvda emas», dedi tilmoch, Qori-Ishkambaning yuragiii yorarlik bir ohang bilan, Petrograd, Moskva va boshqa katta shaharlardagi banklarni qo‘lga oldilar, fabrika-zavodlarni oldilar, konlarni oldilar, butun mamlakatdagi poyezdlarni oldilar, daryolardagi paroxodlarni oldilar, butun mamlakatdagi yerlar, dehqonchilik asboblari bilan birga o‘zi ishlovchi dehqonlarniki deb dekret chiqardilar. Bas, bu holda sizning «daraxtingizning ildizi» qanday qilib suvda bo‘ladi? Ildizingiz suvda emas, o‘tda! Ildizingiz yonmoqda, balki yonib kul bo‘ldi. Uy poydevoridan buzilayotir, ammo siz «tomi hali tuzuk» deb, o‘zingizni yupatmoqchisiz. Qori-Ishkamba o‘zicha «tilmoch navbatdagi hazillarini boshladi, u hali kelmagan ajal bilan meni o‘ldirmoqchi. Bo‘lmasa «Bol’shevik» nomli bir kishining chiqib shu qadar ishlarni qila olishi mumkinmi?». U shunday mulohazalar bilan g‘azablanib tilmochga dedi: Yo‘qol ko‘zdan! Iloxi tilginang kesilsin! Qarab tur! Erta seni nima qilaman? Agar direktorga aytib seni bank xizmatidan quvlatmasam, odam emasman. Tilmoch kula-kula o‘z yo‘liga ketdi. Qori-Ishkamba devorga suyab qo‘yilgan jonsiz haykalday bo‘lib qoldi. «Endi bu yerda turish foydasiz, direktor kassasini ko‘tarib Kogonga ketgan, ». Shunday mulohazalar bilan Qori-Ishkamba ham o‘z uyiga yo‘naldi. U yo‘lda shoshilib qadam tashlar edi, yana bir shutqoriga duch kelib undan ham jon oluvchi shum xabarlarni eshitib, hali kelmagan ajal bilan o‘lish va jonidan ham azizroq pullaridan ajralishdan qo‘rqardi. Qori-Ishkamba u kecha hech uxlay olmadi. Tong qorong‘isi bilan turib, tahorat qildi, xotinlari xatmy qur’on qilgan kundan beri qo‘liga olmagan qur’onni tokchadan olib, bir-ikki oyat o‘qib, «imperatori muazzam» haqiga duo qildi, qaytadan taxtga kelishini tiladi. Tong ota boshladi. Qori-Ishkamba uyidan chiqib, kundalik odati bo‘yicha «Mag‘oq» machitiga bordi, unda bomdod namozini jamoat bilan o‘qidi. Lekin u kundalik odatini buzib, erta namozdan keyin, u yerda bo‘ladigan masnaviyxonlik majlisiga qolmadi va namozni o‘qib bo‘lgach, machitdan chiqib, to‘g‘ri Buxoro passajida bo‘lgan podshohlik bankining binosi oldiga bordi va u yerdagi tosh va sement bilan yasalgan supachada o‘tirdi. Hali bankning ochilishiga ikki soat vaqt bor edi, shunday bo‘lsa ham, Qori-Ishkamba tezroq direktorni ko‘rib, undan xabarlarni aniq anglab olmoqchi va imperator davlatiga dushman bo‘lgan «shum xabar» tilmochni chaqib, bankdan quvdirmoqchi bo‘lib, kuta boshladi. Soat sakkiz bo‘ldi, ammo Qogondan biron kishi kelmadi. To‘qqiz bo‘ldi, hali xam bank xodimlaridan darak yo‘q. Soat o‘n bo‘ldi hech gap yo‘q, hatto kunda erta bilan kelib bank binosi ichini supurib-sidiruvchi xizmatchi ham shu vaqtgacha kelmadi. Qori-Ishkambaning yuragi siqila boshladi. U qancha vaqtdai beri go‘shti qochib, terisi suyaklariga yopishib qolgan ko‘ksini shishib borayotganday sezar edi, uning boshiga «ko‘kragim shishib yorilar va u yerdan yurak va o‘pkalarim chiqib yerga to‘kilar», degan hayol keldi. U yorilishdan saqlab qolmoqchi bo‘lib ikki qo‘li bilan ko‘kragini bosdi. Lekin u yerning shishishi bosilmas edi, balki tobora qabarib ko‘tarilmoqda edi. Soat o‘n bir bo‘ldi, lekin hech kishi kelmadi. Endi u o‘z-o‘ziga aytardi: «Usha shum xabar» tilmoch kelsa ham mayli edi. Yolg‘on bo‘lsin, hazil bo‘lsin, har nima-bo‘lsa bo‘lsin, biron gap aytardn. Bunday, ichiga o‘t tushgan somonday tutagandan ko‘ra yong‘inda qolgan kerosinday birdan alangalanib yonib, yo‘q bo‘lish yaxshiroq». Baxtga qarshi, tilmoch ham kelmadi. Qori-Ishkambaning yuragi tartibsiz urardi, goho harakatdan qolayozish darajasigacha susayib ketardi. Uning nafas olish yo‘li tobora torayardi, bir vaqt shu darajaga yetdiki, u yerga yiqilayozdi. U nafas yo‘lini bir oz kengaytirish umidi bilan tikka turdi, lekin boshi aylanib ko‘zining oldi qorong‘ilandi, u devorga suyanib, o‘zini yiqilishdan zo‘rg‘a saqlab qoldi. Cho‘zib-cho‘zib bir-ikki og‘ir nafas oldi, nafas yo‘li bir oz kengaydi. U qo‘yi cho‘ntagidan soatini chiqarib-qaradi, soat o‘n ikkiga yaqinlashgan edi. U o‘z soatiga ishongisi kelmadi, «ehtimol, soatim buzilib, ilgari ketgan bo‘lsa», deb o‘zini yupatdi va bu taxminni tasdiqlattirish uchun bir yo‘lovchidan so‘radi: Soat necha bo‘ldi ekan? U odam yurishini sekinlashtirib soatiga qarab: Soat o‘n ikki! deb o‘z yo‘liga keta berdi. Qori-Ishkambaning ko‘ngliga o‘ziga yoqarlik yana bir «ehtimol» keldi: «Direktor balki kasal bo‘lgandir yoki otiga biron ofat tekkandir, yoyinki foytuni singandir. Shuning uchun bank bu kun ochilmagandir.» «Xo‘p, dedi Qori-Ishkamba o‘z-o‘ziga, mening har bir umidimga qarshi soatning o‘n ikki bo‘lganligi, direktor va bank xodimlarining shu vaqtgacha kelmaganliklari haqiqat. Peshin namozi va Devonbegi xonaqohisi sahniga keltiriladigan janozalarning vaqti ham bo‘ldi. Endi bu yerda kutib o‘tirishning foydasi yo‘q, balki zarari bor, chunki, bu yerda bundan ortiq qolsam «xudoyi» janozalarning «yirtish»idan mahrum qolaman, foydasiz bir joyda turib, foydani qo‘ldan berish aqlsizlarning ishi. Hali ham menga ancha zarar bo‘ldi: bu yerda o‘tirib, ijarachimning palovidan qoldim.» Qori-Ishkamba shunday muhokama qilganidan keyin, passajning sementlangan yo‘lagi bilan Devonbegi xonaqohi tomoniga qarab yo‘naldi. U bir necha qadam bosgandan keyin yo‘lda to‘xtab o‘yladi: «Katta yo‘ldan borsam yaxshiroq. Chunki u yo‘lda Kogondan kelayotgan bank xodimlariga duch kelsam, ajab emas. Ulardan bir on xushxabar eshitib, ko‘nglim tinchib xonaqohga boraman, namoz uchun ko‘ngil tinchligi shart». Qori-Ishkamba shunday mulohazalar bilan borayotgan yo‘lidan qaytdi va passajning janub tomonida bazzozlik rastasiga tushdi, bu ko‘cha Kogondan keladiganlarning yo‘li edi. U sharq tomonga, Devonbegi Hovuzi tomoniga qarab yo‘naldi. U har qadam bosganda qarshisidan kelayotganlarn birma-bir ko‘zdan kechirardi. Ko‘cha ot-arava, foytu eshak va piyodalar bilan to‘la edi, lekin ular orasida pul xaltalari yuklanib, ustiga bank xodimlari yaroqli soqchilar mingan uch otliq uzun arava ko‘rinmasdi. Qori-Ishkamba Devonbegi hovuzi va xonaqohning g‘arbi-janubidagi birinchi kirish yo‘l ro‘parasida bo‘lgan dorixona binosi oldigacha bordi, u yerda to‘xtab yana bir marta (ehtimol yuzinchi marta bo‘lsa) shu tomonga, Kogon yo‘li bo‘lgan sovun bozor tomoniga qaradi, ammo keluvchilar orasida u istagan kishilar ko‘rinmadi. Bu yerda usti yopiq rasta tugab, undan u yog‘ida yo‘laksiz, loy yo‘l boshlanardi. Qori-Ishkamba bu yerdan Labi hovuzi Devonbegining kirish yo‘li tomoniga burilmadi, «oxirgi hovuzning sharqi-janubidagi kirish yo‘ligacha boray, qani maqsadimga yetisha olamanmi?» deb loy yo‘l bilan sharq tomonga yo‘naldi. U har qadamda kavush-mahsisi loyga botar, oyog‘ini ko‘targanida, kavush botqoqda qolardi, u yerga egilib, kavushini qo‘li bilan loydan tortar va uni kiyib, yana oldinga qarab qadam bosardi. Shu hol bilap yiqila-surila sovun bozori ko‘chasi boshigacha bordi. U yerda Labi hovuzi Devonbegiga kiradigan yo‘lning so‘nggisi bo‘lib, beda bozori ko‘rinardi. Qori-Ishkamba u yerda turib, yana bir marta Kogon tomonidan kelayotganlarni ko‘zdan kechiradi, yana bank xodimlaridan biron kishini ko‘rolmadi. Endi umidini butunlay uzib, hovuz tomoniga burilmoqchi bo‘lganida, uzoqdan bir uzun arava kelayotganini ko‘rdi. U arava kela turib, bir-birovlariga to‘qnashib, yo‘lni band qilib qolgan aravalarga tiralib qoldi. Qori-Ishkamba u uzun aravani ko‘rgach, quvonchidan yuragr yorila yozdi: aravaga qo‘shilgan otlar xuddi bankning aravasiga qo‘shiladigan otlarday qora va katta edi. Faqat shugnna farq bor ediki, bank aravasiga uch ot qo‘shilardi, ammo bu aravaga esa ikki ot qo‘shilgandi. «Ajab emaski, bir otning ostiga yem tushgan yoki boshqa biron narsa bo‘lib unga dam bergan va bugun ikki ot qo‘shib kelgan bo‘lsalar», dedi o‘z-o‘ziga. Ammo aravaning uzunligi, uzoqdan arang ko‘rinadigan ustidagi yuki banknikidan farqsiz edi. Lekin, u arava tezdan yetib kelolmasdi, Qori-Ishkamba bo‘lsa, uning ustidagi bank xodimlarini ko‘rib va ulardan gap so‘rab, ko‘nglini tinchlatirishga shoshilardi. «Ko‘cha qolibi» atalgan Buxoroning ikki g‘ildirakli serbar baland yuk aravalari unga yo‘l bermasdilar. Bu aravalar bir-birovlari bilan duch kelgan, yo‘lning torligidan va aravalarning kepgligidan birov arava ro‘parasidan kelgan aravaning yonidan o‘tib keta olmas, o‘jar aravakashlarning hech biri u birisiga yo‘l qo‘yib, o‘z aravasini keyin tislatmasdi. Shuning uchun aravalarning orqasiga tiralgan uzun arava ham to‘xtab turishga majbur bo‘lgan edi. Qori-Ishkamba piyoda borib uzun aravany ko‘rmoqchi va unga minganlardan «xushxabarlar»ni eshitmoqchi bo‘lsa ham, beda bozorining loyi uni bir qadam oldii, borishga qo‘ymadi, U ham uzun aravaday, «ko‘cha qolibilari»ning bir yoqli bo‘lishini kutishga majbur bo‘ldi oqibat «kushoyish» bo‘ldi, oldinda borayotgan aravakashlar qarshilaridan kelayotgan aravakashlardan mag‘lub bo‘lib, o‘z aravalarini tislantirishga majbur bo‘ldilar va qarshidan kyolayotgan aravalar birma-bir kelib, Qori-Ishkambaning oldidan o‘ta berdilar. Eng oxirida uzun arava ham keldi. Lekin uning butun orzu va umidlariga qarshi, bu arava bankning aravasi bo‘lib chiqmadi, uning ustidagi yuk ham pul joylangan xaltalar va unda o‘tirgan odamlar ham bank xodimlari va qurolli soqchilar emasdilar, balki bu arava Buxoro kasalxonasining aravasi bo‘lib, uning ustidagi yuk tibbiy tekshirishlar uchun kasalxonaga olib borilayotgan va to‘satdan ko‘chada o‘lib qolgan birovning o‘ligi va aravada o‘tirganlar esa kasalxona xodimlari edi. Bu holni ko‘rgan Qori-Ishkamba ixtiyorsiz, yoshligida yodlab olgan «Mening jonimga, mening ko‘zimga sen shunday joylashib olgansanki, uzoqdan har bir narsa ko‘zimga ko‘rinsa «sen» deb o‘ylayman» degan mazmundagi Jomiyning bir baytini o‘qidi va chap tomonga bu-rilib, Labi hovuzi Devonbegiga kirib ketdi. U hovuz oldiga borib loyga belashgan qo‘l-oyoq, kavush va mahsisini yuvganidan keyin, xonaqohniig sahniga chiqdi. Xonaqohning ichi-tishi namozxonlar bilan to‘lgan edi. Sahndagilar o‘z joynamozlari ustida o‘tirardilar, hamma azonni kutmoqda edi. Xonaqohning janub tomonidagi sahnning to‘rida uchta tobut ko‘rinardi, u tobutlarning biri tevaragi surp, ikkinchisiga aynigan eski va past zarrin va uchinchisiga yangi va a’lo sifat qizil kimxob tortilgan edi. Qori-Ishkamba bir oz quvondi va «Ilohi bu butlarning hammasini bir qabristonga olib borsinlar, toki men har uchalasidan uch yirtish olib, bu kun majburan mahrum bo‘lganim hujramda o‘tiradigan mulavachchaning oshi o‘rnini qoplay olay», deb ko‘nglidan o‘tkazdi. So‘ngra bir oz o‘ylab: «Agar hech bo‘lmaganda, ikkalasini bir mozorga olib borsalar ham mayli edi, u vaqtda ikki yirtish olar edim, agar bu tobutlarni boshqa-boshqa qabristonga olib borsalar, nima qilishim va qaysisining orqasidan ergashib borishim kerak?» deb o‘z-o‘ziga savol berdi va bu so‘roqning javo-biga «albatta tevaragiga qizil kimxob tortilgan tobutning orqasidan borishim kerak!» deb uzil-kesil qarorga keldi va bu qarorga dalil qilib o‘z-o‘ziga aytdi: «Bu tobutdagi o‘likning yosh va boy xonadondan bo‘lganligi uning tevaragiga yoiilgan a’lo sifat kimxobdan ma’lum. Yoshlikda o‘lgan kishining qarindoshlari «bu dunyoda hsch narsa kurmay ketdi, deb tuzukroq yirtish beradilar, boylar ham o‘zlarini kambag‘allardan yuqoriroq tutish uchun yirtishlarini kattaroq beradilar, ammo ham yosh va ham boy xonadondan bo‘lgan o‘likning yirtishi juda ham yog‘lik bo‘ladi». Qori-Ishkamba shunday mulohazalar bilan o‘z yo‘lini belgilagandan keyin, namoz uchun saf tortib o‘tirganlar orasiga kirib ketdi va orada birovning joynamozidan bir odam sig‘arlik joy topib, cho‘kkalab o‘tirdi. Ko‘p vaqt kutishga to‘g‘ri kelmadi: so‘fi peshin namozi uchun azon aytdi. Odamlar turib, namoz o‘qishga kirishdilar. Qori-Ishkamba ham o‘rnidan turib namozga kirishmoqchi bo‘lib, qiblaga qarab ikki qo‘lini ko‘tardi. Shu vaqtda pakanagina, bir odam orqasidagi safdan bir qadam oldin bosdi, o‘ng tomonidan unga yaqinlashdi va uning qulog‘i tubida pichirladi. Qori amaki! Qori-Ishkamba ikki bosh barmog‘ining uchini qulog‘ining yumshoq joyiga yopishtirgani holda ovoz kelgan o‘ng tomoniga boshini bir oz qayirib, gapiruvchi pakana odamga qaratib, bir oz egilib, unga quloq soldi. Pakana odam so‘zini davom ettirib: Eshitdingizmi? deb so‘radi. Nimani? Bol’sheviklar Qogonda qo‘zg‘olon ko‘tarib, bankni, butun qog‘oz aqchalarni,oltin, kumush pul va boshqa qimmatli ashyolarni qo‘lga olib, xalqniki deb e’lon qilganlar. Qori-Ishkamba bu xabarni eshitgach: Oh!. Bol’shevik! deb bir yoni bilan o‘sha gapiruvchiga quloq solib turgan vaziyatda yerga yiqildi. Bu xabarni Qori-Ishkambaga yetkazgan kishi bir qadam orqaga bosib, namoz o‘qishga kirishdi, boshqa odamlar bu hodisaga e’tibor bermadilar va namozlarini buzmadilar. Ammo namoz o‘qilib bo‘lgandan keyin, Qori-Ishkamba tevaragida to‘plangan odamlar ko‘rdilarki, sahnga uning og‘zidan qon va yiring oqib, yuzi va chakkasining toshga urilgan joyi bir oz ko‘kargan, bosh barmog‘ining uchi qulog‘ining yumshok yeriga yopishgancha qo‘li qotib qolgan. U o‘lgan edi!
Manba:
| Nomi | KIMYOI SAODAT |
| Muallif(lar)i | Abu Homid G’azzoliy 1058 |
| Yaratilgan vaqti | 17.12.2023 |
| Nashr yili | 0 |
| Nashr parametri | |
| Nashriyoti | Adolat |
| Qo‘llanish sohasi | adabiyotshunoslik |
| Adabiy turi | Dramatik |
| Janri | qissa |
| Voqea vaqti va joyi | 2005 |
| Matn tipi | detektiv |
| Uslubi | Badiiy |
| Auditoriya yoshi | Umumiy |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | adabiyotshunoslik |
| Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Kamoliddin |