Kontekst:
Dyurrenmatt Umidning qo‘l telefoni shivirlab gapirgan odamning ovozidek eshitilar-eshitilmas «tring»ladi. Qayerdasan? deya so‘roqqa tuta ketdi Farhod. Ustozdan xabar olmoqchiman... Aziz bugun tunda yurtiga jo‘naydi-ya, esingdami? Esimda. Kechqurunga va’dalashganmiz-a? O‘zi bilan gaplashdingmi? Kecha gaplashdim. Kechikmay kelinglar dedi. Ertaroq borsak, ketar jafosida bi-ir yonboshlab otamlashar... Umid do‘stining gapini bo‘ldi: Nima qilamiz ertaroq borib, Farhod? O‘ziniyam ishi boshidan oshib yotgandir! Va’dalashgan vaqtida borsak ham bo‘lar. Xash-pash deguncha bir oy ham o‘tib ketdi! Uch og‘ayni harchand urinmasin, Farhodning uyidagi tongotar hangamadan so‘ng bir-ikki daf’a birrov-birrov diydorlashuvni hisobga olmaganda, Farhod aytmoqchi, yonboshlab otamlashishning iloji topilmadi. Azizning gap-so‘ziga qarasang ancha vazminlashgan, sermulohaza yoshi ulug‘ kishilar nuqsi urib qolibdi, lekin razm solib qaragan odam undagi ichki behalovatlikni, qandaydir o‘zi ham anglab yetmagan allaqanday maqsadga intilayotganini, ko‘zlayotgan muddaosining qanchalik aniq-ravshanligini esa o‘zi ham durustroq anglamasligini yaqqol sezardi. Uni unday desa, Umid bilan Farhodning ham bemalol qolgan kunlari bo‘lmadi hisob. Bir oylik g‘animat kunlarni shu taxlit o‘tkazgan qiyomatli uch og‘ayni bugun jo‘nab ketar jafosida otamlashib o‘tira olishiga Umidning ko‘zi yetmadi. Bunisi ozdek, o‘zi ignaning ustida o‘tirgandek bezovta, hardamxayol... kun peshindan og‘di, Ustozdan birrov xabar olsa-yu, g‘izillab uyiga qaytsa, uyida xotirjamlik bo‘lsa, so‘ng Aziznikiga borish chorasini ko‘rsa... Ustozning xo‘p alomat fe’li bor. O‘zi kimsan falonchi falonchiyevich, nomdor, qattiqqo‘l, talabchan rahbaru, unda-bunda o‘ylab topadigan xurmacha qiliqlari, insof bilan aytganda, quyushqonni oshirib-toshirib yuboradi. Alomatligi shundaki, beo‘xshovdan-beo‘xshov qiliqlaridan xijolat chekmaydi ham, ustiga-ustak, «Hazilimni «zil»ini top, aqling kiradi» deb odamni holi-joniga qo‘ymasligi oshib tushadi. Umidning nazarida Ustozning shu alfoz yotishi ham goho hazilga o‘xshab ketar, halizamon u kishi irg‘ib o‘rnidan turib chopqillab qoladigandek, ustoz shogirdlik rishtalari nish bera boshlagan joyidan gurkirab davom etadigandek tuyuladi. Faqat keyingi ikki kungi ahvolni hazilga yoxud yaxshilikka yo‘yish... Umid kecha ertalab uyg‘ongach, bet-qo‘lini yuvdi, artinayotib bir muddat hovlida turib qoldi. Ahvol-ruhiyasi dam yengil tortayotgan, dam xavotirli tus olayotgan Ustoziga g‘oyibona shifo tiladi, shogirdlik va insoniylik burchini ado etganidan ko‘ngli taskin topgan zahoti xayoli Kotibaga qochdi. Qizning oppoq yuzi, o‘ziga yarashgan ko‘zoynagi ostidagi tim qora qosh-ko‘zlari ko‘z o‘ngida gavdalandi. Mayin yoqimli shabada uning dimog‘ini siypalab o‘tdi. Nazarida dam hovlining bir chekkasidan, dam uyga kiraverishdagi zina tepasidan, dam oshxona ichkarisidan Kotiba qiz Umiddan ko‘z uzmay kuzatayotgandek bo‘ldi. Umid maykachan turganidan xijolat chekib, beixtiyor qo‘lidagi sochiqni yoyib kiftiga yopdi. Kotiba qiz yo‘lak o‘rtasida iymanibgina turar, Umidga tik qaray olmas, Umid esa uni ichkariga hovliga, hovlidan uyga chorlaydigan biror so‘z topolmay o‘ng‘aysizlanar edi. Shu payt Opasi o‘zi yashaydigan xonasidan chiqib, indamaygina ayvondan tushib keldi. Umid zumda xayollarini yig‘ishtirib olib salom berdi, Opasi alik olmadi. Churq etmay sharpadek suzib oshxona tomonga o‘tib ketdi. Umid bir qarashning o‘zida Opasining avzoi ayniganligini, uning ko‘zlaridan ma’no qochganini payqadi. Sergak tortdi. Umid harchand urinmasin xavotirli o‘ylar uning xayollarini o‘z holiga qo‘ymayotgan, xayollari qolib, uning jismi jonini ta’qib etayotgan edi. Uydami-ko‘chadami, vaqt-bevaqt Ustozning oqish gulli choyshab ostida behol-bemajol yotishi moybo‘yoqda matoga chizilgan suratdek Umidning tasavvuriga muhrlanib qolgan, bu suratdagi so‘niq va mazmunsiz boqishlar Umidni qadam-baqadam ta’qib etar, Umid bu mo‘tabar nigohdan o‘zini chalg‘itishga uringani sayin Ustozga xiyonat qilayotgandek xijolat tortib ketayotgandi. Mana, oqish gulli choyshab ostida tirik jon yotganga o‘xshamas, bamisoli so‘nggi kunlarda Umidning shuurini tark etmayotgan iztirobli manzara endi uning ko‘z o‘ngida namoyon bo‘layotgan edi. Umid ko‘z o‘ngida kun va soat sayin paymonasi to‘lib borayotgan qadrdon insonning joniga oro kirishdan ojizligini o‘ylab, alamdan ichi o‘rtanib ketdi. «Kechagina dunyoni boshida ko‘tarib yurgan odam... insonning holi shu ekan-da...» Umid dilidagi shu ojizona istiholani o‘zicha aytib ulgurmagan ham ediki, Ustozning nursiz ko‘zlari katta-katta ochilib, unga qadalganicha toshdek qotdi. Shu holida u sadoqatli shogirdini hozir nima deding, deya so‘roqqa tutayotgandek edi. Umid noma’qul qilmish ustida qo‘lga tushgan odamdek o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Ko‘zini olib qochdi, yon-veriga alangladi. Azbaroyi Ustozga bo‘lgan hurmati bois u kishining hatto nur so‘nib borayotgan nigohlariga ham bemalol qarashga botinolmadi. Hozirgina ko‘nglidan kechgan o‘y uchun dilini tirnagan xijolatpazlikdan o‘zini chalg‘itish niyatida biron narsa kerakmi, degan ma’noda bemorga qaradi. Biroq to‘shakda yotgan bemorning zaif nigohida tayinli ma’noni uqib bo‘lmadi. Umid buni payqab ulgurmay Ustozning sadoqatli va arzanda shogirdini tanimas darajaga yetgan nigohlari ohista yumildi. Umidning yuragi battar uvishdi, jimgina turib ravonni, ravondan chiqib hovlini tark etishga chog‘landi, biroq boyaginda u kirib kelgach, necha hafta-necha oylardan buyon kasal boqib tinka-madori qurigan opoqi bilan Ustozning kampirgina opasi tashqariga chiqib ketishgan, shundan Umid kenggina ravonning bir chekkasidagi yag‘rindor karavotda to‘shak bilan bitta bo‘lib yotgan bemorni yolg‘iz qoldirishga botinolmadi. Umid qiya ochiq deraza yoniga bordi, hovli tomondan opoqi ro‘parasiga kelib, unga savol nazari bilan qaradi. Maqsud yo‘qmi? pichirlab so‘radi Umid boshqa jo‘yali gap topolmay. Hozir kep qoladi... javob qildi opoqi undan battar shivirlab, ko‘cha tomonga imo qilarkan. Tog‘asi bilan bir joyga yuborgandik... Umid Ustoz bilan yangi tanishgan, nari borsa ikki-uch daf’a suhbatlashgan kezlari edi, ittifoqo u kishi falon kuni, falon paytda xonamga kiring, deb qoldi. Hatto, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib boravering, deb tayinladi ham. Umid aytilgan ishni qildi aytilgan kunning aytilgan soatida to‘ppa-to‘g‘ri qabulxona bo‘sag‘asiga yetib keldi. Uning shu topdagi tashrifidan Kotiba ogohlantirilgan shekilli, u o‘tirgan joyida kiravering, degan ma’noda bosh irg‘ab qo‘ydi-yu, yozayotgan qog‘ozidan bosh ko‘tarmadi. Umid ham qizga e’tibor bermadi, ohista eshikni ochib ichkariga qadam qo‘yganini biladi, azbaroyi shamolday yugurib kelib peshonasi bilan devorga urilgan odamdek taqqa to‘xtadi-qoldi. Telefon ming‘irladi. Umid uni qulog‘iga tutdi. Qayerdasan? darhol zug‘umga o‘tdi Farhod. Ustozning uyidaman dedim-ku, dedi Umid bemordan nari borib. Sen Aziz bilan gaplashgan edingmi? O‘sha, o‘zing bilan birga o‘tirishganimiz. Keyin bir marta... birrov... durustroq gaplashmadik ham. Ko‘rishmading ham, gaplashmading ham. Shundaymi? Umid do‘stining fe’lini yaxshi bilsa-da, uning ayni damdagi gapirish ohangi diliga picha og‘ir botdi. Farhod, tushunmadim, so‘rab-surishtirishmi bu yoki so‘roqqa tutishmi? Farhod hiringlab kuldi, so‘ng jiddiylashdi. Og‘aynigarchilikda ikkoviyam bo‘laveradi. Chidaysan. Istasam so‘rab-surishtiraman, istasam tergovchidan battar so‘roqqa tutaman, uqdingmi endi? Umid unga munosib javob o‘ylab ulgurmay Farhod muomala ohangini o‘zgartirdi. Bir oy o‘tib ketdi-ya, do‘stim! Oqibatti uyiga o‘t tushsin, bundan ko‘ra!.. O‘zimizdan o‘tdi, musofirchilikdan kelgan do‘stimizzi yolchitib yo‘qlashgayam yaramadik!.. Yo‘qlanmagan odam yo‘qoladi-da... Yashshavor, uka, tochkasiga urding! Shu gapingga Aziztoyni yerni ostidan bo‘lsayam topaman! Yo‘qlayman, yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymayman!.. Umid Ustozning qabuliga kirganida yetti-sakkiz chog‘li erkak-ayol qo‘r to‘kib o‘tirishar, ularning ahvol-ruhiyasidan mashvarat ayni avjiga chiqqani ko‘rinib turardi. Tuyqus bir-biridan basavlat yoshulli yalpisiga «yalt-yult» etib Umidga o‘girilib qarasa bo‘ladimi! Ehtimol, shuncha odam bir yo‘la miltiqdan o‘q uzgan taqdirda ham u bunchalik kalovlanib qolmas edi. G‘alati-g‘alati ma’nolarga to‘la nazar-nigohlar esa miltiqning o‘qidan-da og‘irroq zarb-zalvor bilan uning ko‘ziga, ko‘zi orqali vujud-vujudiga urildi sho‘rlik Umid yomon dovdiradi, nogahon boshiga o‘n botmonlik gurzi tushgan odamdek gangib, turgan joyida cho‘kkalab qolayozdi, shu payt o‘zini tugul, ko‘zini qayoqqa olib qocharini bilmay turgani ustiga qulog‘ining ostida kimningdir shipshiganini elas-elas eshitdi: Ust-boshingizga qarab qo‘ying, yigit... Qulog‘iga shipship aytilgan o‘sha bir chimdimgina jumla Umidning tiliga yelimdek yopishdi-qoldi: qayerda, qay holatda bo‘lmasin, hatto tanish-notanishlar orasida, hatto mavridi kelsa-kelmasa ushbu luqmani sopqondan otgandek qilib aytishga odatlandi: «Ust-boshingizga qarab qo‘ying, yigit!..» Yo‘q, Umid bu gapni kinoya, piching yo kesatiq ohangida aytmaydi, keyin o‘ylab ko‘rdi, domlasining mana shu aytishga, yodda saqlab qolishga arzimasdek ko‘ringan hazili ham aslida hazil emas, balki uning zamirida obdon o‘ylab pishitilgan «zil» bor edi. Umid beixtiyor Opasining izidan termilib qoldi, iltijolarga to‘lib-toshgan shu qarashlari bilan Opasini to‘xtatib qolmoqchidek, uning ko‘zlariga yo‘qolgan ma’noni qaytarmoqchidek edi, afsuski, dilining tubidagi niyatlarini tiliga ko‘chira olmas, negaki bunday damlarda Opasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bisotidagi jamiki gap-so‘zlarni aytib ado qilgan, o‘ylay-o‘ylay, qolaversa, Ustozning kishibilmas aytgan yo‘l-yo‘rig‘idan kelib chiqib keyingi paytlarda Opasining kasali tutgan paytlarda sas-sado chiqarmay uni izma-iz poyloqchilik qilib emas, balki naridan turib kuzatishni tajriba qila boshlagan edi. «Boshlanyapti...» dedi u Opasining ortidan zimdan kuzatib. Bir yo‘la oshiqib yo‘lakka nazar tashladi hozirgina iymanibgina boshini xam qilib turgan Kotiba qiz yo‘q edi. Umidning nigohi oshxonaga, oshxonadan ayvonga ko‘chdi Kotiba qiz hamma joydan birvarakayiga ro‘yodek g‘oyib bo‘lgandi. Umid beixtiyor uf tortdi. Bu Opasining dardiga davo topilmasligidan tug‘ilgan iztirob ifodasi edimi yoxud uning xayollarini, xayollarigina emas, kundalik, har lahzalik hayotini ishg‘ol etib ulgurgan Kotiba qizning endigina xonadonga qadam «ranjida» qilgan joyida ko‘zdan g‘oyib bo‘lishidan tug‘ilgan afsus-armonli xo‘rsinish edimi buni Umidning o‘zi ham farqiga yetmadi. Bir talay ahli yig‘inning birvarakayiga nazar-nigoh tashlashi, unga «ilova» sifatida quloqqa tuyqus shivirlab aytilgan beozordan-beozor lutfi-karam odamni zambarakning o‘qidan battarroq yer bilan yakson qilishga qodirligini Umid o‘shanda o‘z tanasida boshidan o‘tkazdi. Vaholanki, u Ustozning xos xonasiga o‘zicha bostirib kirib bormadi, Ustoz yo‘rig‘idan chiqmay aytilgan kuni, aytilgan damda, aytilganidek tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib bordi, nufuzli ahli mashvarat uchun bu beiltifot tashrif favqulodda beadablik bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa buning gunohi Ustozning sha’niga havola, illo-billo, kimsan yosh va norg‘ul olim yigitsan, Ustoz aytmoqchi, iqtidorli va umidli tadqiqotchisan, shunday ekan, Ustozing qulog‘ingga shipshigan bo‘lsa, yaxshi, osmon boshingga o‘pirilib tushgani yo‘q, engil-boshingga rov ko‘z yugurtir yoqasi, tugmasi, burmasi, kissa-pissasi joyidami-yo‘qmi qara, olam guliston, gangitib-esankiratib qo‘ygan ofatdan betalofot qutilasan-qo‘yasan! Yo‘q, buning epini qilolmagan Umidboy dam ko‘ylagi tugmalarini, dam bo‘yinbog‘ini paydar-pay paypaslashga tushdi, nima qilayotganining farqiga bormadi ham, gardanidan potirlab chiqqan muzday ter tomchilari ikki kuragining o‘rtasidan jo‘yak ochib quymichi tomon chopqillab tushayotganini sezdi, buning ta’sirida qahratonda qolgan odamdek eti junjikib qunishdi. Ertaga biznikida mehmon bo‘lasan, dedi Farhod Azizni quchoqlaganicha bag‘ridan qo‘yib yubormay. Sen, Umid uchovimiz bo‘lamiz, xolos. Hay-hay, hovliqma, dedi Umid Farhodni shashtidan qaytarmoqchi bo‘lib. Namuncha joniqmasang? Axir hali osmondan tushib oyog‘i yerga tegib ulgurmadi-ku! Uyiga borsin, ota-onasi, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni deganday, keldi-ketdi sal pasaysin, borarmiz. To‘g‘ri, ertadan keyinroq... Yo‘q, dedi Azizning gapini cho‘rt kesib Farhod, keyinroq vaqt yo‘q, chorshanba kuni delovoy ishlarim bor. Gap bitta ertaga issig‘ida biznikiga!.. Payshanba-chi? so‘radi Umid. Mehmondorchilik bor. Juma, shanba?.. Juma, shanba, yakshanba qatorasiga ulfatchilik! tantanavor ohangda e’lon qildi Farhod. Yashash qiyinlashib ketdi deganlaring qatta-yu, kuniga ziyofatxo‘rlik qatta?! Tushunolmay qoldim!.. yelka qisdi Aziz kulimsirab. Qanaqa ulfatlar, ular? chinakamiga hayron bo‘lib so‘radi Umid. –Duch kelgan davraga qo‘shilib ketaverasanmi? Kim, qanday odamlar, surishtirmay-netmay... Farhod istehzoli kuldi. San zamonni tushunmaysan, uka, dedi u Umidning yelkasiga qoqib. Gap tamom-vassalom, dedim, cho‘zma lag‘mon qilmalaring-da, ertaga kechqurun uyda kutaman. Aytib qo‘yay: o‘zimiz troyka, boshqa hech kimni qo‘shmaymiz! U odatdagidek Opasining izidan tushmadi, nima qilsam ekan degan sarosimada yugurib-netmadi. Vaholanki, har safar ahvol birdek: tuppa-tuzuk yurgan Opasi to‘satdan savdoyisifat bo‘lib qolar, bunday paytlarda unga hech bir gap-so‘z kor qilmas, hushiga kelgan ishga unnab ketar, ukasi uning atrofida giryon urib ne ko‘ylarga tushsa-tushardiki, qanday bo‘lmasin, Opasini hushiga qaytarish choralarini izlardi. Shu umidda unga nimalar deb ko‘rmadi! Yaxshi gapirdi-yolbordi, aldadi-suldadi, chalg‘itdi, yupatdi, kezi kelganda po‘pisa qilishdan ham toymadi. Bir safar Opasining qo‘l-oyoqlariga arqon solib chandib tashlashga chog‘landi. Biroq na do‘qlari, na o‘qrayish-o‘shqirishlari, na qo‘lidagi arqon-chilvir Opasiga kor qildi... Opasi oshxona ostonasiga ikki qadam qolganida kutilmagan holat yuz berdi! Opasi birdan to‘xtadi, Umid ko‘nglidan kechirgan iltijolari kor qildimikan degan o‘yda joni hapriqib ketdi, Opasi astagina ortiga o‘girildi, ohista va bir-bir qadam tashlab ukasining yoniga qaytib keldi, go‘yo so‘ramoqchi bo‘lgan narsani unutib qo‘ygandek g‘alati angrayib unga bosh-oyoq razm solib turdi, tusi o‘zgardi hatto nimadir demoqchi bo‘lib og‘iz juftladi ham, Umid opasiga birrov nazar tashladi-yu, darhol ko‘zini olib qochdi, u Opasidagi favqulodda bu o‘zgarish boisini anglab yetolmadi. U fikrini jamlab ulgurganida Opasi oshxonaga kirib ketib, u yerdan qaytib chiqqan, bir qo‘lida qozon, kapgir, ikkinchisida kosa, to‘rt-beshta taqsimcha ko‘tarib olgan edi. Umid o‘zini chetga olib, yo‘lni bo‘shatdi. Umid g‘o‘rgina emas, hali ancha-muncha xom ekan, bo‘lmasa Ustozning beo‘xshov qilig‘idan arzirli bir hikmat topmay necha kungacha o‘zidan-o‘zi tumshuq qilib, xunobi toshib, boshi qotib yurarmidi! Tashqariga chiqib, eshikni betiga yopgan zahoti o‘zingizni qushday yengil his qildingizmi? deb so‘radi oradan besh-olti kun o‘tkazib Ustoz Umiddan. Hm... deya oldi Umid xuddi ichidan o‘tganini to‘kib solsa, o‘sha o‘sal holatga qayta tushadigandek xavotirda. So‘ng ilova qildi: Yelkamdan tog‘ qulagandek bo‘ldi. Yasha-ang! deya ma’nodor savol nazari bilan boqdi Ustoz shogirdiga. Uning nigohida tayinli mo‘ljal bilan boshlagan ishi kutilgan natija berganligidan mamnunlik alomati bor edi. Xo‘sh, keyin-chi? Nima, keyin? deb yubordi qo‘qqisidan Umid. U shunday deb Ustozdek boobro‘ va e’tiborli rahbarning o‘ziga yarashmagan sovuqdan-sovuq qilig‘iga o‘pka-ginasi va arazi borligini bildirib qo‘ymoqchidek edi. Ustozdek qattiqqo‘l inson yosh va g‘o‘r shogirdining bu taxlit go‘daklarcha «isyoncha»siga e’tibor ham qilmadi. Tog‘ qulagandek bo‘ldi deng? Shunday degancha o‘ychan bir tarzda nigohini olib qochdi u. Bir muddat o‘tkazib nimadir demoqchi bo‘lib og‘iz juftladi-yu, damini ichiga yutdi. Umid buni sezib Ustozning og‘zini poyladi. Ustoz esa aksincha, yo‘q, zinhor sirni ochmayman, qabilida labini battar qimtib, sukutini buzmadi. Aziz olis xorijdan qaytgan kunning ertasi namozgarda Farhodnikiga yig‘ilishgan uch qiyomatli og‘ayni mijja qoqmay tong ottirishdi. Go‘yo hali-zamon dunyoning uch tomoniga tariqdek sochilib ketadigandek, qaytib yaqin-orada diydorlashish nasib etmaydigandek talashib-tortishib, ba’zan hatto dahanaki jangu jadalga aylanib ketayozgan gurungda Farhod aytmoqchi, ancha-muncha so‘zlardan ancha-muncha ko‘zlar ochildi. Hali dilimda tugun bo‘lib yotgan, aytmasam xumordan chiqmaydigan gaplarim uyulib yotibdi, dedi Aziz. Umidning nazarida esa... Aziz xorijdan topib kelgan, aytgan va aytib ulgurmagan gaplariga tayinli javoblar topilmaganiga ortiqcha hayron bo‘lmadi, balki uni paydar-pay tug‘ilgan javobsiz savollar ko‘proq qiziqtirgan edi... Ustozning bu safargi sukuti soat sayin xavotirli tus olmoqda. U kishining ko‘nglidan nimalar kechayotgan ekan shu topda?.. Bu ahvolda yotgan bemorning tepasida turish, uning injiqliklarini ko‘tarish, uni oq yuvib-oq tarashga uncha-muncha sabrli bandaning yuragi dosh bermaydi. Opoqi ham, kampirgina opa ham tamom holdan toyib, ana, tashqarida o‘tirishibdi. Umid esa... U o‘zini qayoqqa qo‘yishini bilmas, dam-badam Ustozning yumuq ko‘zlariga umidvor termilar, go‘yo shunday qilsa u ich-ichida Ustozga sog‘lik va umr tilayotganini o‘zi ham sezmayotgan edi Ustoz ko‘zini ochsa, Umid u ko‘zlarda umidlar tug‘diruvchi shu’lani ko‘rsa, Ustoz bilan loaqal bitta-yarimta muloqotga kirisha olsa hovlining tepasidan bosib tushayotgan temirdek sovuq va zil-zambil zimiston hademay ravonni ham komiga tortadigandek tuyulmas edimi?! Opasi oshxonadan qo‘liga ilingan taqir-tuqurni o‘zi yashaydigan xonaga tashmalashda davom etdi. Umidning onasi ayvon zinasining yoniga kelib kutib turdi, Opasi navbatdagi safar oshxona tomon yo‘l olganida unga ham zarda, ham yalinchoq aralash iltijo qildi. –Jon qizim, shu qilig‘ingni bas qilaqol, bolam... Opasi miq etmadi, qayrilib onasiga qaramadi ham indamaygina oshxona tomon borayotib yana kutilmaganda zum to‘xtab ukasiga razm soldi. U ukasining qandaydir siridan voqif bo‘lgan-u, shuni so‘ramoqqa chog‘langandek so‘lg‘in nigohida «yilt» etgan shu’la ko‘rindi, vaholanki, zinhor Opasi dardi tutgan choqlarda bosh ko‘tarib kimsaga nazar tashlamas, boshqalar tugul o‘zini tuqqan onasini ham tanimas, odam zotini ko‘rarga ko‘zi bo‘lmasdi. Umid Ustozning kumush tolalaridek oppoq sochini barmog‘ining uchlari bilan ohista taradi. Ustoz o‘ziga yetguncha o‘jar, qaysar odam edi, bunday fe’lli odamlarning sochi taroqqa bo‘ysunmaydi deyishadi. Lekin shu topda Ustozning sochi u kishining qaysarligidan emas, balki majolsizligidan Umidning barmoqlariga bo‘ysunmayotgan, to‘g‘rirog‘i, hatto bo‘ysunishga ham holi qolmay, bemorning chap qulog‘i-chap qanshari aralash yoyilib tushgan edi. Umid o‘zi ham eshitmaydigan qilib, miyig‘ida kulimsirab ayni Ustoz aytgan ohangda shivirladi: Ust-boshingizga qarab qo‘ying, yigit... Topish-tutishdan gapir, uka-a, dedi sipolikni yig‘ishtirib qo‘yib Farhod «uka-a» so‘zini atayin kinoya ohangida cho‘zib, sal kam uch yilda «ko‘k»inimi, boshqasinimi supirib-sidirib... rosa topgandirsan axir?! Supurish-sidirishni eplolmadim, do‘stim, lekin topishga topdim, dedi Aziz jiddiy qiyofada. Topganim... chiqargan xulosam shu bo‘ldiki, inson bolasi borki, kuchi-qurbi yetgan ishga qo‘l ursin va... Ya’ni? Ya’ni... har kim iqtidoriga yarasha, ya’ni qo‘lidan kelgan kasbning boshini tutsin va boshlagan ishiga astoydil kirishsin ekan! Demoqchimanki, hamon bir ishni boshladingmi, o‘sha ish-yumush hayot-mamotingga aylansin! Qancha aql-idroking, qancha umring va qancha kuch-qudrating bo‘lsa, boricha shu ishni qoyillatib bitirishga sarfla! Keyin-chi? savol qotdi Umid. Keyinmi? deb fikrini davom ettirdi Aziz. Hamma balo keyin nima bo‘larkin deb mijg‘ovlanib o‘tirishda! Ikkilanib, qo‘rqa-pusa yoki lanjlik bilan boshlangan ish hech qachon bitmaydi. Bitsa chala bitadi. Bir ishga kirishdingmi, o‘sha ish, o‘sha maqsad senga poshsho, vassalom, boshqasini, barini yig‘ishtir, unut! Ikkinchi, uchinchi... yuzinchi ishni betiga tupur. Keyin-peyinda xudo poshsho!.. Masalan, men savdogarman... Sen tadbirkorsan, Umid Olim, to‘g‘rimi? Aziz shunday deb Farhodni gap boshlashiga qo‘ymadi va bergan savolini do‘stlari tomonidan tasdiqlanishini kutmay so‘zida davom etdi: Shunday ekan, boshqa har qanday bordi-keldi, mayda-chuyda yumush senlar uchun begona, bekor! Umid tagdor qilib kulimsiradi, uning tabassumi zamiridagi istehzoni payqagan Aziz do‘stiga savol nazari bilan qaradi. Ha, dedi u fikridan qaytmasligini ta’kidlamoqchi bo‘lgandek hamon sovuqqonlik bilan, o‘yingga kelganini qaytarma, indallosini sovutmay ayt, aytaver. Oramizda begona yo‘q-ku! Umid aytdi: Oila, qarindosh-urug‘, yaqin-yiroq... umuman odamgarchilik degan gaplar, tushunchalar nima bo‘ladi? Farhod savolni ma’qullagan ma’noda bosh irg‘ab, Azizga do‘layib qaradi. Azizning esa pinagini buzish u yoqda tursin, ko‘zi chaqnab ketdi. Men topolmayotgan gapni, ya’ni indallosini sen aytding! dedi u Umidga boshini ustma-ust silkitib. Sen... senlar aytayotgan, nazarda tutayotgan hamma odamgarchiliklar ahamiyatini yo‘qotadi! Farhod joni halqumiga yetgan odamdek sapchib o‘rnidan turib ketdi. Qo‘lini paxsa qilib Azizning tepasiga bostirib bordi. O‘sha yoqlarda uch yil sang‘ib, orttirgan aqling shumi? ensasi qotib va dag‘dag‘a aralash so‘radi u. Aziz shashtidan tushmadi, qizishmadi ham. Shuni bilib qo‘y, Farhod, o‘sha yoqmi-bu yoqmi hozirgi zamonda buning ahamiyati, farqi qolmadi, og‘ayni. Tushunyapsanmi, ahamiyati qolmadi. Ikkinchidan, yanayam indallosini aytaymi? Ayt, dedi Farhod Azizning ko‘ziga tik qadalib. Qo‘rqma, aytaver!.. Shunday qilib, eshikni betiga yopgan zahoti o‘zingizni qushday yengil his qildingiz, keyin-chi? deya dabdurustdan savol qotdi Ustoz yana uch-to‘rt kun o‘tkazib. Savolning aynan takrorlanishidan Umidning nazarida uning izzat-nafsiga igna suqishdan o‘zga muddao yo‘qdek edi. Uning ensasi qotdi-yu, damini ichiga yutdi. Hm... deya avvalgi javobini takrorladi u teskari o‘girilib. Keyin... Umid shunday dedi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi. Nahotki, Ustoz xabar topgan bo‘lsa?! Axir Kotiba qiz bilan oralarida hech qanday tayinli gap-so‘z o‘tmadi! Na u churq etdi, na qiz! Ustozning yer ostida g‘imirlagan ilonni payqashi shudir-da?! Xayriyat, Ustozning keyingi gapi Umidning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solgan xavotir bulutini o‘sha zohoti tarqatib yubordi. O‘sha holatni, ya’nikim xonaga bizning huzurimizga kirgan paytdagi holatingiz bilan qabulxonaga qochib chiqqan holatingizni chog‘ishtirib ko‘rdingizmi? Yosh va izlanuvchan tadqiqotchi sifatida tahlil qildingizmi? Ustozning og‘zidan aytilgan bu ta’rif-tavsifdan hayajonlangan Umid shoshib qoldi. Axir u bu ilm dargohiga kelganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q, Ustozning ishonchi va e’tiborini qozonishga loyiq shogirdlikni yolchitib qo‘ygani ham yo‘q. Qachon «izlanuvchan tadqiqotchi»ga aylanadi-yu, qachon arzigulik karomat ko‘rsatishi o‘ziga ham noayon. Domlang uchchiga chiqqan quv odam ekan, dedi Farhod Umidning «sarguzasht»larini tinglab. Tanimagan-netmagan odamingni yomonotliq qilishga oshiqma, norozilanib dedi Umid. Farhod kuldi. «Quv odam» deyish yomonotliqqa chiqarish degani emas, olim uka, dedi u, odam yaxshilik yo‘lida ham quvlik ishlatishi mumkin. Aytmoqchimanki, ustozing senga ishqi tushib qolgan, sendan olim chiqarmoqchi. Meni aytdi dersan, o‘zingga sezdirmaygina allaqanday ilm yo‘liga boshlayapti seni, uka! Umid ishga joylashayotganida Larisa Latipovna ismli xushro‘ygina xotin uning hujjatlarini erinmay sinchiklab ko‘zdan kechirdi. peshonasi tirishib so‘roqqa tutdi u Umidni. Larisa Latipovna ko‘z o‘ngida shumshuk yalmog‘izga aylanib qolgandek tuyuldi. Kak perevoditsya slovo «va-sii»? dedi u ijikilab, battar ijirg‘anib. Umidning nazarida shunday lavozimda ishlaydigan xotin bu so‘zning ma’nosini tushunishi shart edi. Nachora, u majburan javob qaytardi: Opekun, shipshidi Umid aybiga iqror bo‘lgan mahkumdek bo‘ynini qisib. Ne vasii, a, va-siy-y. O-o! deb na’ra tortib yubordi moshak xotin va talvasaga tushguday hovliqib o‘tirgan joyida chayqalib. U shunday deb Umidni sarosar ko‘zdan kechirdi, uning ust-boshi, qo‘l-oyoqlariga ko‘z yugurtirib hech bir shubhali illat topmay picha vazmin tortdi. Qattiq ketganini sezdi shekilli xuddi ro‘parasida o‘tirgan yigitchaga hamdardlik izhor etayotgan odamdek muloyimlashib so‘radi: Yalmog‘iz Larisa boshini yelkasiga qiyshaytirib, ko‘zoynagining biqinidan ukkiqarash qilgancha tek turib, savoliga javob kutdi. Umid g‘azabdan gezarib ketdi-yu, o‘zini bosdi. Larisa Latipovnaning aftida hamdardlik alomatlari ko‘paydi. U endi yana butkul xushro‘y ayol qiyofasiga kirdi. Direktor znayet ob etom? deb ming‘irladi u allanimalarga imzo cheka turib. Umid yelka qisdi. Larisa Latipovna so‘zsiz javobga e’tibor ham qilmay, hujjatlarni taxlashga kirishdi va ahamiyatsiz narsani so‘rayotganday yana savol qotdi: Hatto Ustoz, «Maqsud qatori o‘g‘limsiz» deganida Umidning ko‘zidan tirqirab yosh chiqib ketdi, kamtarin bisotidan bunday mehribonchilikka loyiq minnatdorchilik so‘zini topolmadi. Ha-a, otangiz... dedi Ustoz Umidning hujjatlariga ko‘z yugurtirib o‘tirib o‘ychan bir alfozda. Onangiz... Hm-m... Opangiz bor ekanlar... Umidning boyadan beri ko‘nglining bir chekkasida pusib yotgan xavotir butun vujudiga tarqadi. «O‘sha yalmog‘iz yetkazgan!» dedi ichida hujjatxona rahbarini yanib. Umidning nazarida Ustoz «Opangiz...» degan joyida ovozi balandlashib chiqdi. Demak, hozir u Umidning Opasini so‘rab-surishtiradi, keyin bir narsa deydi. Umidning taqdirini Ustozning ana shu keyingi gapi hal qilishi muqarrar edi!.. Bemor nimadir so‘z aytmoqchidek og‘iz juftladi-yu, lekin tili kalimaga kelmadi, tamshandi, afti bujmayib og‘ir uf tortdi. Chamasi surunkali azobli og‘riq uni tamom holdan toydirgan edi. Umid yig‘ilib-g‘ijimlanib qolgan oq gulli choyshabni tortib, Ustozning qoq suyak tizzasini berkitdi. To‘satdan «yilt» etib Ustozning ko‘zi ochildi. Umid buni kutmagan edi, shoshib qoldi, o‘ziga qarab yotgan Ustozga nimadir gapirishi zarurligini o‘ylab taraddudlanib ulgurmay «yilt» etib ochilgan ko‘z qaytib yumildi. Umid o‘ziga bildirilgan katta ishonchni oqlash uchun Ustozning aytganlarini o‘ylayverib boshiga og‘riq turib ketdi, biroq u Ustozning beo‘xshov hazili tagidagi «zil»ni ilg‘ay boshlagani sari sevinchi ichiga sig‘may borayotgan edi. «Dabdurustdan bir gala odamning nazar-e’tiboriga tushish jo‘n hodisa emas. Uncha-muncha odam gangib qoladi, xursandligidan o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, dovdiraydi. Umuman, nazar-e’tibor... yaxshilab o‘ylab ko‘rasiz, izlanasiz, Umidjon, nazar-e’tibor odamni ming bir ko‘yga soladigan ajabtovur bir holat, hodisa. Tushuntira oldimmi?..» Nazar-e’tibor... Odamni ming bir ko‘yga soladi... To‘g‘ri, buning bir qarashda hech bir ajablanarli joyi yo‘q, lekin... ming bir ko‘yga soladigan holat, hodisani o‘ylash, o‘rganish... u haqda bosh qotirish?.. Umidni taajjubga solayotgan joyi... nima sababdan Ustoz aynan shu mavzuni Umidga ravo ko‘rmoqda? Nima sababdan Ustoz Umidni «Maqsud qatori o‘g‘limsiz» dedi? Ustozning e’tiboriga tushish Umidni keyingi kunlarda boshqacha odamga aylantirib qo‘yayotgan edi. Tushunyapman... Umid shunday deb gap boshladi-yu, bir zum taysalladi. So‘ng xayoliga kelganini aytishga jazm qildi: O‘zim sizning e’tiboringizga tushganimdan bosar-tusarimni bilmay qolyapman-u, bu ham ming bir ko‘yning bittasidir-da? Ustoz shu qadar qah-qah otib kulib yubordiki, Umid gapi shunchalar ta’sirli chiqishini o‘zi ham kutmagan edi. Umid Ustozdek jiddiy rahbar odamlar ham hamma qatori baralla, yayrab-yashnab kulishi mumkinligini o‘shanda ko‘rdi, bildi. Qoyil! deb Umidning yelkasidan quchib bag‘riga tortdi Ustoz, sinchkov va hushyor odamdan izlanuvchan va topqir olim chiqadi. Hozirning o‘zida ming bir ko‘yning bittasini kashf etib qo‘ydingiz, o‘g‘lim! Umid boshqa gap qo‘shmadi. Ustoz esa jiddiylashdi. Aytdim, nazar-e’tiborning ming bitta mo‘jizasi bor. Odamni izzat-obro‘sini oshiradi, shon-shuhratini toshiradi... Martabasini, unga qo‘shib davlatini ziyoda qiladi... Tarbiyalaydi, yo‘lga soladi... Esdan og‘diradi... Yurak o‘ynog‘i qiladi... Maxluqqa aylantiradi, qora yerga tiqadi... Qiziq, sanog‘iga yetish ham qiyin... Ustoz to‘g‘ri degan ma’noda bosh irg‘adi. Shunday, buning boshlanishi ham, adog‘i ham yo‘q. Inson hayotining boshidan oxiri nazar-e’tibordan iborat. Hamma hammaning nazarida, kuzatuvida... Ustoz jim bo‘ldi, lekin uning fikri tugamaganligi chehrasidan sezilib turardi. Bir necha soniya o‘tib-o‘tmay Umidning taxmini tasdiqlandi. Hamon hamma hammaning kuzatuvida ekan, odamni odam qiladigan ham, qora yer qiladigan ham ana shu kuzatuv, ana shu nazar-e’tibor! Yaxshilab o‘ylab qaralsa, butun insoniyatning yashash tarzi yaxlit olganda kuzatish va kuzatilishdan iboratga o‘xshaydi. Odam kuzatuvchi va kuzatiluvchi maxluq... Umid butun diqqat-e’tibori bilan Opasini zimdan kuzatayotganini sezdirmadi, Opasidagi o‘zgarishni payqamagan odamdek o‘zini beparvo tutib turaverdi, hatto Opasi tomon o‘girilib qaramadi ham. Aksincha oshxonadan yana allanima idish-tovoqlarni ko‘tarib chiqib kelgan Opasiga yo‘lni bo‘shatish uchun nari ketdi. Opasi oshiqmay zinadan ayvonga chiqdi, to‘xtadi, orqasiga o‘girildi. O‘z holimga qo‘yasanmi-yo‘qmi, it?! o‘shqirdi u to‘satdan. Opasi hatto savdoyiligi qattiq huruj qilgan paytlarda ham kamdan-kam ovozini bu qadar ko‘tarardi. Shunda ham Umid o‘zini bosdi. Shaftoli daraxtining qiyg‘os gullagan novdasini avaylabgina egib, unga razm solib, o‘zini eshitmaganlikka olib jim turaverdi. Axir shu safar u Opasini o‘z holiga qo‘ya boshladi. Mumkin qadar undan o‘zini olib qochyapti, uning ko‘ziga kamroq ko‘rinishga harakat qilyapti. Biroq Opasining gapi hali tugamagan ekan. U ayvonga qo‘shib hovlini boshiga ko‘targuday o‘shqirdi: Izimdan yurib ado qilding mani! Hu, beting qursin sani! Umid shoshib qoldi. Mayli, Opasi uni nima deb haqoratlasa-haqoratlasin, itdan olib bitga solsin, lekin qo‘ni-qo‘shni nima deydi?! Nima qilishi kerak? Opasiga bir og‘iz so‘z aytib obro‘ topishi dargumon. Onasi cho‘k tushib zinaga suyanganicha ko‘zlaridan yosh oqizmay yum-yum yig‘lagani-yig‘lagan. Nihoyat, Umid Opasini yupantirishga qaror qildi. Xo‘p, mayli, dedi u mumkin qadar ovozini muloyimlashtirib ayvon tomon yaqinlashar ekan, xo‘p, opajon. Uning tovushidagi iltijo Opasiga kor qildi chog‘i, u indamay xonasiga kirib ketdi, Umid yengil tortib ulgurmagan ham ediki, ichkaridan Opasining bo‘g‘ilib qarg‘angani eshitildi: «Opa» degan tilingga kuydirgi chiqsin! Umid Ustozning ich-ichiga tortib ketgan chakaklariga, gezargan va qimtilgan labiga nochor va ojizona bir iztirobda termilib o‘tirib beixtiyor barmog‘ining uchi bilan bemorning kumushdek va xiyla siyrak tortgan sochini silar ekan, Ustozning yod bo‘lib ketgan gaplarini o‘zicha takrorladi: «Odamni odam qiladigan ham, qora yer qiladigan ham nazar-e’tibor... insonlarning yashash tarzi kuzatish va kuzatilish... Odam kuzatuvchi va kuzatiluvchi maxluq»... Navbatdagi safar uchrashuv chog‘ida Ustoz avvalgi suhbatni chala qolgan joyidan davom ettirayotgan ohangda gapiraturib yozib oling degan ma’noda iyagini cho‘zib shogirdini qalam-daftar olishga undadi. Umid daftarni ochdi. Ustoz tik turgan holicha oyog‘ining ostidagi bir nuqtadan ko‘z uzmay va oshiqmay, dona-dona qilib gapirdi: Kuzatuvchining kuzatishlari dastavval kuzatiluvchiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki ko‘pchilikning nazariga tushish istagi aslida juda tabiiy holat, qolaversa, obro‘-e’tibor, shon-shuhrat ham nazarga tushishdan boshlanadi! shu bois har qanday odam nazar-e’tiborga tushishdan mast bo‘ladi, rohatlanadi, o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi, buning jozibasi oldida hech bir banda o‘z ojizligini yashirolmaydi, yashiradimi-yo‘qmi, bunisi alohida muammo, illo uni yengolmasligi tayin. Oqibatda, kuzatuv, ya’ni nazar-e’tibor, demak, shon-shuhrat uzluksiz zo‘raya borgani taqdirda boyagi joziba kuzatiluvchini mahv etuvchi joduga aylana boradi. Bu bir!.. Hech bir nazarga tushmay, shon-shuhratdan xoli yashab o‘tishi ham mumkin-ku, odam? Aytishga oson, dedi bosh chayqab Ustoz, izzat-obro‘, shon-shuhrat makriga ilinmagan tirik jon yo‘q dunyoda. Chunki... Chunki nazar insonning qoniga, vujudiga singdirilgan tuzoqqa o‘xshaydi!.. Ustoz iyagini qattiq chimdiganicha jim bo‘lib qoldi, u Umidning og‘zidan bunday favqulodda xulosani eshitishni kutmaga edi. Shunga qaramay, unga munosabat bildirmadi. Yana picha o‘yga cho‘mib turgach, «chunki...» deb gapi uzilgan joyidan mulohazasini bog‘lab yubordi: Masalaning boshqa tomoni ham bor. Bu kuzatiluvchi kuzatuvchining nazar-e’tiborini ko‘tara olish-olmasligi, ya’ni, kuzatiluvchilik missiyasini uddalashi... eshityapsizmi, missiyasini!.. Birdan Ustozning ovozi titrab chiqdi va tengqur jo‘rasi bilan gurunglashayotgan ohangda davom etdi: Qarang, Umidjon, insonning zimmasida kuzatiluvchilik vazifasini eplash missiyasi, ya’ni burchi ham bo‘lar ekan, buni alohida o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi... Bunda gap ko‘p!.. Ustoz shunday dedi-yu, asosiy fikrini nihoyaladimi yoxud undan chalg‘ib ketdimi, yanayam bo‘lakcha ohangda, hatto kulimsirab so‘zlashga o‘tdi: Yelkamdan tog‘ qulagandek bo‘ldi, deganingiz ichkarida siz ro‘para kelgan nazar-e’tibor bosimidan xalos bo‘lib yengil tortganingiz degani. Misol keltiradigan bo‘lsak... Ustoz shunday deb pastak kursida turgan shisha idishdan piyolaga picha suv quydi-da, turing, dedi Umidga. Umid o‘rnidan turdi, Ustoz uni devor tomon borishga undadi, Umid ro‘paradagi devor yoniga bordi. Endi menga qarab kelavering, deb amr qildi. Ustoz shu topda yana bir xurmacha qiliq o‘ylab topganini Umidning ko‘ngli sezdi, faqat u mavhum taxminlar bilan Ustoz tomon yaqinlashib kelishidan o‘zga iloji yo‘q edi. U bir-bir bosib kela boshladi. Shu payt Ustoz tuyqus piyoladagi suvni Umidning aftiga sepdi. Azbaroyi cho‘chiganidan Umid beixtiyor boshini burib chap bermoqchi bo‘ldi-yu, shu zahoti hushyor tortdi qimir etmay, boshini olib qochish uyoqda tursin, hatto kiprik qoqmay Ustozga baqrayib qarab turaverdi. Nazarida hozir sepilgan suv yuz-ko‘zi, yelkasi, ko‘ylagini jiqqa ho‘l qilib, ust-boshiga oqib tushadigandek edi, biroq... Ustoz sepgan suv qulog‘ining yonidan o‘tib devor tomon sochilgan, Umidga tomchisi ham tegmagan edi. Ustoz o‘tkazgan bu «nodir» tajribasi ko‘ngildagidek chiqqanidan mamnun bo‘lib amaliyotning ilmini izohlashga ko‘chdi. Mana, suvni piyolada sepganim uchun ko‘pda seskanmadingiz, parvo ham qilmadingiz, demoqchimanki, bitta-yarimta, yakkam-dukkam nazar-e’tibor men sepgan yarim piyola suvchalik beta’sir va yuqmas bo‘lishi mumkin. Lekin shuni unutmangki, yuqmasa-da, urgandan turtgan yomon deyishadi-yu, o‘shanga o‘xshab, bitta qattiqroq qarash, shundoqqina ko‘z tashlash odamni tuyqus turtgandek qalqitib yuborishi ham hech gapmas... Ustoz o‘ylanib qoldi. Mahmud degan shoir yigit ikki misra she’rida «Tikilgan ko‘zlarning tikoni bordir», deb yozgandi. Ustoz yalt etib shogirdiga qaradi. Boplabdi! Topib yozibdi! dedi u hamon o‘ylanib. O‘sha yigitning kitobini toping, o‘qib chiqaman... So‘ng, ha, aytmoqchi, birinchi safar nazar-e’tiborga tushish odamga moyday yoqadi, chunki uning zarar-ziyoni, o‘sha shoir aytganidek, boshlanishida tikilgan ko‘zning tikoni sezilmaydi. Lekin... Umid bosh irg‘ab eshitib turaverdi. Ustoz davom etdi: Lekin, deylik, to‘satdan betingizga bir chelak suv sepib yuborilsa, yoki bo‘lmasa, mana shu eshikning har ikkala tavaqasi taraqa-turuqlab ochilsa-da, zumda shu xonani to‘ldiradigan oqim yopirilib kirsa unda qay ahvolga tushasiz?.. Tek tura olasizmi?... Ag‘darilib-netmaysizmi?! To‘lqin sizni jonsiz bir g‘o‘ladek oqizib, devorga olib borib ursa-chi? Ko‘mib, g‘arq qilib yuborsa-chi?.. Unda ahvol nima kechadi?.. Ustoz xiyla fursat jim bo‘ldi, aftidan u Umidga fikrini jamlab olishi uchun imkon berayotgan edi. Nihoyat, u mulohazasini yakunladi: Mana shu xonada yig‘ilib o‘tirgan kishilarning, aytmoqchimanki, ko‘pchilikning, ya’ni, tumonatning nazar-e’tibori, aytdim-ku, eshikni to‘ldirib yopirilib kirgan suvning bosimidan qudratliroq! Bu nazar-e’tibor, o‘zingiz aytmoqchi tog‘! Lahzada yelkangizga minib olgan tog‘!.. Xonadan qochib chiqqan zamoni o‘zingizni qushday yengil his etganingiz boisi shu! Ya’ni, yelkangizdan bosib turgan tog‘dan qutilgansiz! O‘sha kuni Ustoz yayrab-yashnab gapirdi. Umid eshitganlarining barini daftariga qayd etib borishga harchand urinmasin nimalardir qolib ketyotganidan xavotirda yozib ulgurmayotganlarini yodida saqlab qolishga harakat qildi. Umidning biqinidagi telefon «tring»ladi. U telefonni ortiq «javratmaslik» uchun darhol uni og‘ziga tiqqudek javob qildi: Juda xit qilib yubording, Farhod! Sabr qip turgin, o‘zim qo‘ng‘iroq qilaman. Sabr qilmay-man-n! Qo‘ng‘iroq qilaveraman-n! Farhod shunday deb, o‘z bilgisidan qolmadi. Azizni topolmayotganim yetmaydimi?! davom etdi u astoydil xunobi oshib. Ketar arafasida hangamalashaylik deb holi-jonimizga qo‘ymadi. Yana o‘sha yoqda orttirib kelgan aqllaridan bordir? Aytar o‘shalarni!.. Shunga sen ham yo‘qolib qolma, tag‘in!.. Har qalay musofirchilikka jo‘nab ketayotgan og‘aynimiz, tag‘in dilini og‘ritib qo‘yma, Farhod. Umid do‘stini hovurdan tushirish uchun aytgan gapi unga unchalik kor qilmagan ko‘rindi. Ajnabiylashgan dilidan o‘rgildim! Aqli baloga yetadi deymiz-u, ko‘rdingmi, har kimga yashagan joyining siyoqi urmay qolmaydi, deya to‘ng‘illadi Farhod. Musofir odamning qadam olishiyu qarichi... ko‘ngligacha musofirlashib ketadi. Yana bir tomoni bor, shuni yodingda saqla, bolam, dedi to‘satdan sensirashga o‘tib Ustoz, yarim piyola suv sepdim-a?.. Yarim piyola suv aftingga, engil-boshingga yuqmasligi ham mumkin. Bitta-yarimta odamning nazar-e’tiboriga tushish ham shunday yuqmaydi, unutilib ketadi. Lekin yarim piyola–yarim piyola qilib suvni sepaversa-sepaversa, ya’ni, ko‘proq-ko‘proq odamlarning nazariga tushib, olqish ola boshlasang, u olqishlardan o‘zingni yo‘qotar darajada taltaysang... suv yorug‘lik, yuvinyapman, cho‘milyapman degan xayolda yo toqat qilib, yo aldanib yuraversang, aslida esa shiltai shalabbo bo‘layotganingni sezmasang. Sezganingda esa ancha kechikkan, ko‘p-ko‘p narsalarga qo‘shib izzatingni boy berib ulgurgan bo‘lsang... Bunisi bir balo... Ikkinchi balo, muttasil kuzatuv ostida yashash odamni abgor qiladi. Birortasini ertayu kech izidan qolmay poylab yuravergin, asti o‘z holiga qo‘ymagin, churq etib og‘iz ochmasang ham, tanbeh bermasang ham, ketidan yurishingni o‘ziga adoi tamom bo‘ladi. Es-hushini yo‘qotadi, es-hushini yo‘qotmagan taqdirda sil bo‘ladi, sil!.. Umid shu gapni onasiga ayta olmadi, ayta olmagan esa-da, o‘zi Opasiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish yo‘llarini izlay boshladi. Endi o‘ylasa... nima uchun u ilgariroq Opasini o‘z holiga qo‘yishni o‘ylab ko‘rmadi, haqiqatda Opasining dardi o‘ziga yetmasmidi?! Unga ko‘z-quloq bo‘lish, ehtiyotlash o‘z yo‘liga, lekin... ehtimol u o‘z holiga qolgisi, tizginsiz xayollari girdobida kezgisi kelgandir? Bundan chiqdi... Umid Ustozning huzurida qay ahvolga tushganini Ustozning o‘ziga ikki-uch qayta aytdi, shunchaki aytib qutilmadi, balki yotig‘i bilan batafsil so‘zlab hikoya qilib berdi. Ko‘pchilikning dabdurustdan nazar-nigoh tashlashi odamga miltiqning o‘qidan og‘irroq tegishini tasvirlab berdi-yu, kezi kelganda, bir kishining nazar-nigohi ham odamning jonini olmasa-da, oyog‘idan yiqmasa-da, har qalay es-hushidan ayirishi mumkinligini, xuddi shunday holatga Ustozning qabulxonasida duchor bo‘lgani haqida lom-mim demadi. To‘g‘rirog‘i, uni misol tariqasida aytib berishga istihola qildi. Aytaveraman, og‘ir olmasalaring bas, dedi Aziz har ikkala do‘stiga birma-bir qarab olib. Farhod bilan Umid churq etmay aytadiganingni aytaver, qo‘rqadigan joyimiz yo‘q qabilida kechagina olis xorij safaridan qaytgan Azizning og‘ziga tikilib o‘tiraverishdi. Nihoyat, Aziz chertib-chertib muddaoga ko‘chdi: Yashashdan maqsad odamgarchilikmi, ayt Farhod, ayt Umid! Aziz shunday deb ikki yonidan o‘ziga tikilib o‘tirgan ikkala do‘stiga bir-bir razm solib oldi-da, davom etdi: Shunday ekan, marhamat, faqat odamgarchilik bilan shug‘ullan. Odamgarchilikni osmonga ko‘tar, sen bozorni yig‘ishtir, sen esa olimlikni unut. Unut-da, o‘zlaring tish-tirnog‘ing bilan qapishib olgan odamgarchilik sohasining piriga aylan! Odamgarchilik orqasidan dunyoga tanil! Marhamat! Oraga tushgan jindek jimlikni Farhodning tagdor piching aralash kulgisi buzdi. Quruq odamgarchilik bilan qozon qaynamaydi-da, uka, dedi u yasama salmoqlanib. Umid dilidagini tiliga ko‘chiradigan mavridi kelmadi degan o‘yda sukut saqladi. Aziz battar jiddiylashdi. U xorijda orttirgan «aqli»ning barini to‘kib solmaganini sezdirmoqchi bo‘lgandek har ikkala jo‘rasiga boyagidan-da sinchkovlik bilan ko‘z yugurtirib oldi. Ha, yash-sha-a! dedi u Farhodning tirsagidan tutib, shuni unutmalaring: qora qozon qaynab turganiga shukr deydigan zamonlar o‘tib ketdi, endi qozon mazali qaynasin, jonon masalliqlarga to‘lib qaynasin deb yashaydigan payti keldi. Buning uchun... Buning uchun hamma o‘zini bozorga urishi... Aziz qo‘lini pesh qilib, Farhodning og‘ziga urdi, o‘zi boshlagan gapini davom ettirdi: Buning uchun nafaqat bozorda, balki boshlagan har qanday ishingga butun va yaxlit odam bo‘lib kirishmog‘ing kerak!.. Aytmoqchimanki, bir ishga bosh suqdingmi, ko‘zingga boshqa narsa ko‘rinmasin, seni tilka-pora qilib, maydalab-burdalab tashlaydigan narsalardan qoch! Andisha, istihola, kamtarlik, kamsuqumlik, oriyat-moriyat... xullas, bizlarning... odamlarimizning nazaridagi odamgarchilik bor-ku, shularning bari har bir odamni o‘zi tanlagan maqsaddan chalg‘itadi, boshini qotiradi, butun bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay parchalab tashlaydi! Suhbat shu yerga yetganda uch og‘ayni o‘rtasiga ochiqchasiga sovuqchilik tushdi. Qariyb uch yildan buyon o‘zini sog‘intirgan Aziz Farhodning nazarida yetti yot begonaga aylangandek edi, Umid qat’iy qaror chiqarmagan bo‘lsa-da, do‘stining nordon mulohazalarini hazm qilish chorasini izlayotgan, Azizning bo‘g‘ilib uqdirmoqchi bo‘layotgan falsafasini tushunishga urinayotgan edi. Gapir, uka, dedi Farhod Umidni Azizga gij-gijlab. Man bir bozorchi savdogar bo‘lsam, san olim odamsan-ku, istihola, oriyat-poriyatni yig‘ishtirib qo‘yib javobini ber. Piching qilmay gapiraver, dedi Aziz zo‘raki jilmayib. Fahod o‘zini bazo‘r bosdi. Uyimda mehmonimsan, og‘irroq gapirib yubormaslik uchun ham piching qilyapman... Ustoz mashvarat o‘tkazayotgan xonadagi mo‘tabar nazar-nigohlar bir mushtga aylanib o‘zining peshonasiga gurzidek urilganini Umid bot-bot eslashga odatlandi. Axir u yo‘q yerdan bo‘y-basti bilan oyoq ostiga qulashiga oz qoldi, muvozanatini saqlashga saqladi-yu, yomon dovdiradi, nimadir dedi, ha-ya, gap aytish qayoq-da! nimadir deb g‘o‘ldiradi, qo‘r to‘kib o‘tirganlar orasidan bitta-yarimta hingir-hingirga, piqir-piqirga o‘xshash uzuq-yuluq tovushlar chiqdi, xullas, Umid nima qilayotganini o‘zi ham anglab-anglamay xonadan shisha og‘ziga tiqilgan po‘kakdek otilib chiqdi, zalvorli eshik ortidan «qars» etib yopilgandagina Umid uni tutib qolishga behuda qo‘l cho‘zdi, o‘n chaqirim masofani beto‘xtov yugurib o‘tgan chopardek «hars-hars» nafas olganicha orqasi bilan devorga suyanib, tek turib qoldi. Umid biror kasb-kor boshini tutsa, onasining mahallama-mahalla izg‘ib kelinlikka loyiq qiz izlashini bas qilishi uchunoq tezroq uylana qolsa, bu yoqda Opasiga ko‘z-quloqlik burchini ado etib yursa peshonasiga bitilgan taqdiri azal yozuviga zarracha gina-kudurati yo‘q edi. Orzu-havaslari mustajob bo‘la qolmayotganidan ezilib uvoqqina bo‘lib qolgan onasini zimdan kuzatib ichi achishib ketar, kelin topilmayotganining asl boisi onasini qanchalik iztirobga solsa, buni Umid ham ich-ichidan shunchalik chuqur his qilar, lekin his qilayotganini na onasi, na-da u og‘iz ochib gapirmas, ayni shunday ko‘ngil xufton damlarida onasini chalg‘itish va ovutish uchun ataydan hazil-huzullar o‘ylab topar, topardi-yu, o‘zi ichidan zil ketib yurardi. Umid, o‘zi aytmoqchi, orqasi bilan devorga behol suyanganicha turganida yelkasidan tog‘ qulaganini yaqqol his qildi, azbaroyi vaznsizligidan qush misol qanot qoqib uchib ketishga ham shay edi. Nafasi ravonlasha boshladi, ko‘z oldi tiniqlashdi-yu, o‘zi tomon yalt etib qaragancha turib qolgan Kotiba qizni ko‘rdi. Bu yoqda devordan o‘sib chiqqan tosh haykaldek Umid qimir etmadi, undan sado chiqmadi. U yoqda qiz ham jim edi, u ham yigitdan, yigitning qo‘rquv, xavotir va hayajon to‘la nigohidan nigohini uzolmadi. Ikki o‘rtada sukutdan bo‘lak... hech zog‘, hech vaqo yo‘q edi... Sukutdan sukutning farqi yer bilan osmoncha, degan edi Ustoz. Shunday sukutlar bo‘ladiki, o‘sha lahzalarda ko‘ngildan kechgan kechinmalarni keyin soatlab so‘zlab ham ado qilolmaydi odam. Bemor yana tamshandi, labining bir chekkasi arang qimirlab ulgurmay butun vujudiga og‘riq turdi chog‘i, og‘ir uh tortib yubordi. Umid Ustozning muddaosini tushunolmay xavotirda hovli tomonga o‘girildi, opoqi bilan kampir boyagi-boyagi so‘ri qirg‘og‘ida so‘zsiz-nesiz boshlarini xam qilib o‘tirishardi. Umid o‘z taxminicha kursicha ustida turgan piyoladan yarim qoshiq sovuq choy olib Ustozning og‘ziga tutdi. Bemorning lablari orasida paydo bo‘lgan ikki tomchi sovuq choy qay tomon yo‘nalishini bilmay turdi-turdi-da, yarim-yortisi amal-taqal qilib bemorning lablari orasiga sizib o‘tdi, yarmi uning yaqin uch-to‘rt kun mobaynida qirtishlanmagan iyagi, undan bo‘yni tomon o‘rmalab tushib ko‘zdan yo‘qoldi. Telefon sado berdi. Umid telefonni og‘ziga keltirib shivirladi: Sabr qilib o‘tirgin, bu yerdan chiqqan zahotim o‘zim sim qoqaman... Topdingmi? Topmay qo‘ymayman! Sotkasi bor-ku, axir. Yerga kirsa qulog‘idan, osmonga qochsa oyog‘idan ilintirib topib kelaman, betayinni. Faqat sen ham yo‘qolib qolma, tag‘in!.. Yo‘qolganda Umid yomon yo‘qoldi. Boshqalar tugul, uning o‘zi o‘zini topolmaydigan bo‘lib yo‘qoldi. Yotsa ham, tursa ham, hushidayu tushida Kotiba qiz bilan suhbat quradigan, uning qadamini poylaydigan, bunisi kamlik qilib, o‘tirgan, ovqatlanayotgan, yurib borayotgan joyida birdan vujudidan harorat ko‘tarilar, azbaroyi issiqxonadan chiqqan odamdek qizarib ketar, neki yumushga qo‘l ursa, kiyim kiysa, soch tarasa nazarida Kotiba qiz bir chekkada turib uni kuzatib qarab turgandek bo‘laverar, bunga sayin Umid o‘ziga Kotiba qizning nazari bilan qaraydigan, o‘zini Kotiba qiz bo‘lib kuzatadigan, ta’qib ostiga oladigan odat chiqarayotgan edi. Shu asnoda u onam topgan birortasiga uylanaveraman-da, degan fikridan qaytdi. Onasining kelin izlab eshikma-eshik yurishlari unga o‘ta mazmunsiz va ahamiyatsiz narsaga aylandi. Qo‘ying, oyi, dedi u asl niyatini oshkor etmay, ovora bo‘lib, kelin izlab yurmang. Onaning ko‘ngli o‘g‘li pinhon tutgan muddaoni fahmlab ulgurdi, kampirning ko‘zlari namlandi. Koshkiydi! dedi yengining uchiga ko‘z yoshini artib. Xudoning o‘zi yomon ko‘zdan asrasin, bolam!.. Umid tashqariga qaradi. Quyosh botgan, supada hanuz qimir etmay o‘tirgan opoqi bilan kampirning ustiga qorong‘i tushayotgan, ularning yuz-ko‘zini ajratib bo‘lmas, ko‘lagaga aylanib ulgurishgan edi. Mezbon ekanligiga qaramay achchiqlanayotganini yashirolmagan Farhod qizishgani sayin aksincha Aziz vazminlashdi. Sen haqsan, og‘ayni, dedi u Farhodni yupatishga harakat qilib, meni yeb qo‘yadigan vajohatda o‘tiribsan, hoynahoy to‘pponchang bo‘lsa otib tashlashdan ham toymasding, shundaymi? Farhodga gap topildi. Hayriyat, bizda bunaqa yovuzliklar rasm bo‘lib ulgurganicha yo‘q. O‘sha sen aql o‘rganib kelgan tomonlarda jini suymagan odamini otib tashlash ayb sanalmaydi, to‘g‘rimi? dedi u istehzoli iljayib. Namuncha bo‘g‘ilmasang, Farhod, oraga tushdi Umid. Aziz Amerika ochgani bilan bu yerdagi odamlar yoppasiga o‘shanaqa bo‘lib qolarmidi?! Bo‘p ketadiyam, bola! Mana mashinga o‘xshash g‘urbatlardan bittasi kelib aytadi, ikkitasi aytadi-da, eshitgan sari qulog‘ing o‘rganadi, ko‘rgan sari ko‘z ko‘nikadi. Asta-sekin bu ko‘nikishlar fe’l-atvorga ko‘chadi, qarabsanki!.. E-e, Farhod do‘stim... Aziz bo‘shashib, norozilanib bosh tebratdi. Umid beixtiyor zimdan ikki do‘stini qiyoslayotgan edi. Ilgari bunaqangi paytlarda kim bo‘lmasin yumdalashib ketguday talashib-tortishadigan, aytganidan, bilganidan qaytmaydigan Aziz xiyla vazmin tortgani, ayni tutaqib ketadigan holatlarda aksincha bosiq bo‘lishga odatlangani, Farhodning esa fe’lida aytarli o‘zgarish yo‘qligi kundek ravshan ko‘rinib turardi. Faqat Aziz «ko‘tarib» kelgan yangilikni aslida Umidning o‘zi ham ko‘nglining bir chekkasida o‘ylab yurar, lekin uni hech kim bilan hech yerda oshkor muhokama qilishga jazm etmagan, endi esa uni «hazm» qilish nechog‘li oson ko‘chmasligini yanada chuqurroq tushunayotgan, shu bois u haqda bafurja mulohaza qilib ko‘rishni mo‘ljallab qo‘ygandi. Oyday kelin bo‘gandi, kunday kelin bo‘gandi! Eriyu qaynona-qaynotasi yeru ko‘kka ishonmasdi! Keng uyning erkatoyi edi! Shunday bolamga qattan yopisha qoldi, bu tuzalmas balo, xudoyim-a?! Onasi kuyunganidan aytib-aytib zorlanishicha bor, haqiqatda Opasi xushro‘ygina edi, fayzli xonadonga arzanda kelin bo‘lib tushdi-yu, chiroyiga chiroy, husniga husn qo‘shildi. «Asal kelin»ning baxti qisqa ekan, kim bilsin, onasi aytib-aytib yig‘laganidek... Qaysi ko‘zi teshilgurri ko‘zi, qaysi sullohning to‘ymagan suqi kirgan bo‘lsa, o‘zginasiga qaytsin!.. Umid onasining alam ustida aytadigan bunday qarg‘ishlariga ortiq e’tibor bermas edi, keyingi paytlarda o‘ylab qoldi. Ko‘z tegishi ham, suq kirishi ham nazar-e’tibor-da!.. Birovlarning qarashini ko‘tarolmaslik-da!.. To‘g‘ri, yaxshi niyatda, havas bilan qaraydiganlar bor, hasad o‘tida yonib-kuyib nazar soladiganlar bor. Ham havas, ham hasad bilan qaraydiganlar qancha?! Hasad ham, havas ham kuzatuvning bir xili, kuzatiluvchi ularga dosh bersa xo‘p-xo‘p, aks holda... Umid onasidan yashirganini do‘stiga to‘kib soldi. Bir qiz bor, ko‘rmasam o‘lib qolay deyapman!.. Ha, pismiq! dedi Farhod kulib. Indamay yurgan odamdan qo‘rq, deganlari shu-da! Kim o‘zi? Ko‘rsak bo‘ladimi? Ja-a, tilingdan bol tomayapti? Ko‘rsatishga ko‘rsataman-u, ko‘z tegishidan qo‘rqaman. Hayajonini bosolmadi Umid. Oppoq, paxtaday! O‘ziyam allaqaysi zamon aslzoda saroy malikalariga o‘xshaydi! Yo‘g‘-e! Aslzodaligini qayerdan bila qolding? o‘smoqchiladi Farhod. Yuz-ko‘zi, gap-so‘zi, yurish-turishi shundoqqina aytib turibdi. Ustozga qarindoshligi bor deyishdi. O‘-o‘, deya turib nafasi ichiga tushib ketdi Farhodning. Buyog‘i chatoq, chato-oq. Umid cho‘chib tushdi. Nimasi chatoq? so‘radi sipo tortib, jiddiy. Baland dorga osilma, bola! dedi Farhod ortiqcha gapga o‘rin yo‘q degan mazmunda kattazanglik bilan. Baland dorni nag‘masi baland bo‘ladi. San bilan biz jaydari odamlarmiz, uka... Telefon sado berdi. Umid uni qulog‘iga tutdi. –Labbay, oyi! deb ovoz berdi u darhol. Tinchlikmi? –Tez qaytaman, deganding, o‘g‘lim... –To‘polon qilmayaptimi? so‘radi Umid xavotirlanayotganini sezdirmaslikka urinib. –Ikki marta hovliga chiqdi, alanglay-alanglay... nazarimda seni izladi, Umid. Umid uchun bu yana bir yangilik edi. Axir Opasi dardi tutgan paytda hech kim bilan gaplashmas, gaplashish u yoqda tursin, inson zotini ko‘rarga ko‘zi bo‘lmas, ba’zan xonasiga qamalib olib, kun yo tun bo‘yi qorasini ko‘rsatmas edi. Bu safar... Oyi, dedi Umid bu haqda bafurja o‘ylab olishni diliga tugib, yaxshisi, uning ko‘ziga ko‘rinmang, o‘z holiga qo‘ying, men borib, tezda qaytib kelishga harakat qilaman. Umidning ishga joylashishi oson ko‘chmadi. Larisa Latipovnaning tegirmonidan beshikast chiqqach picha xotirjam tortdi-yu, uning natijasi bir necha kungacha mavhumligicha qolaverdi. Shunday kunlarning birida ittifoqo Ustoz huzuriga taklif qilib qoldi. Umid ichkarida qanday savollarga javob berishi ehtimoli borligini o‘ylab, hayajondan xayolan necha ter bosib, necha ko‘chaga kirib chiqdi. Lekin Ustozdek nomdor rahbarning o‘zaro muloqot asnosida mutlaqo oddiy odamlardan farq qilmasligini ko‘rib, birdan xotirjam tortdi, dadillashdi. Qizig‘i shundaki, Ustoz kutilmaganda muddaoga ko‘chdi. Aftidan u na o‘zi, na Umidga daxli bo‘lgan mavzudan gap ochgandek ko‘rindi. Dunyoda odam deb atalgan g‘aroyib jondor bor, uka. Yetti qavat osmonni, yetti qavat yer-suv ostini o‘rganaman deb necha-necha umrlarni zoye ketkazadi-yu, yonidagini bilmaydi, tushunmaydi. Umid nima deb gap qo‘shishini bilmay Ustozdan ko‘z uzmay, uning og‘ziga mo‘ltirab o‘tiraverdi. Ustoz hazillashyaptimi-jiddiy aytyaptimi buning ham farqiga yetmadi. Ustoz davom etdi: –Yonidagini debman, o‘zini bilmaydi!.. Ustozning tovushiga mutoyiba aralash zarda ohangi qo‘shilgandek tuyuldi. So‘ng u o‘yga tolgan ko‘yi, shunchaki ahamiyatsiz jo‘n gapni aytayotgandek bo‘shashib ilova qildi: Vaholanki, hamma kuzatuvchi... hamma kuzatiluvchi... Umid yumushi bo‘lsa-bo‘lmasa oyog‘i qabulxona tomon tortadigan, Kotiba qizni birrov ko‘rmasa ko‘ngli joyiga tushmaydigan, yo‘q yerdagi vajlar bilan uni gapga soladigan odat chiqardi. O‘zini shunday desa, qiz ham unga ro‘para keldi deguncha duv qizaradigan, uning hurmati uchun o‘rnidan turadigan, ko‘zini olib qochadigan, sutga chayilgandek suluv chehrasini yashirmoqchidek xijolatlanib boshini egib oladigan bo‘lib qoldi. Bir safar Umid yomon izza bo‘ldi. Tushlik payti edi, Umid qabulxona bo‘sag‘asiga yetgan joyida ichkaridan Kotiba qiz chiqib qoldi. Tushlik bo‘ldimi? tuyqus og‘ziga kelgan savolni berdi Umid. Hamma tushlikdayu, dedi Kotiba qiz o‘zini qo‘lga olib. Men ham... Umid nega bunday dedi, nima demoqchi edi yodida yo‘q, aslida nima to‘g‘risida, qanday mavzuda bo‘lmasin Kotiba qiz bilan gaplashsa bas, shuning o‘zidan mast edi u! Ishingiz bo‘lsa... aytavering, dedi Kotiba qiz, Umidning ko‘ziga yer ostidan nigoh tashlab. Umid shu gapni kutayotgan edi, iltijosi xudoga yetdi, mana, qizning o‘zi so‘rab, ayt-aytaver deb turibdi! Umid hoziroq, hech kim yo‘g‘ida dilidagini shartta tiliga ko‘chirsa olam guliston!.. Faqat, faqat... Umidning tili tanglayiga yopishib qolgan, gapiray desa g‘o‘ldirab, battar sharmandasi chiqishi muqarrar edi!.. Umidning oyog‘i yerga tegmayotgandek edi, u qanotga aylangan qo‘llarini sal silkitsa uchib ketadigandek edi. Shunday bir holatda Kotiba qizning navbatdagi so‘zi Umidni tamom es-hushidan ayirdi: O‘zingiz ovqatlanib oling... To‘satdan Ustozga jon kirdi. U uzoq tin olib uxlagan odamdek qo‘l-oyoqlarini baralla cho‘zib kerishmoqchi edi, yayrab harakatlana olmadi, a’zoi badani qaqshadi, afti bujmaydi, achchiq va alam aralash og‘ir va cho‘ziq «Uh-h!» tortdi. Umid bemorning tuyqus qimirlashidan ko‘nglining bir chekkasini umid uchqunlari charaqlab yoritgan esa-da, cho‘chib, xavotirga ham tushdi. Uning vujudi ko‘zga aylanib Ustozning har bir harakati, yuz-ko‘z ifodasini nazardan qochirmay kuzatishga tutindi. Umid opoqiga, boramanu birrov xabar olib izimga qaytaman deb ko‘chaga chiqdi-yu, uyi tomon jadal ravona bo‘lar ekan, ko‘nglidagi g‘ashlik battar zo‘raydi. U bemor yotgan ravonni tark etganida o‘zini yengil his qilgandek edi, biroq bu yengillik uzoq cho‘zilmadi, nazarida Ustoz, yo‘q, Ustozning nazar-nigohi uning izidan ergashib chiqqan, biron lahza-biron qadam undan ortda qolmayotgan edi. Qisqa fursatda menga qattiq bog‘lanib qolding, dedi Ustoz Umidga mahzun tikilib, o‘zimning ham senga ixlosim baland... Maqsud qatori o‘g‘limsan, dedim... Umid quvonchdan o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi... Endi Ustozning uni o‘z holiga qo‘ymayotgan nigohlari unga malollik tug‘dirmoqda... Ustozga bo‘lgan hurmati zarracha so‘ngani yo‘q... Necha daf’a u qabulxona ostonasidan qaytdi, dam xizmat safarida deyishdi, dam zarur topshiriq bilan bandlar degan javobni aytishdi. Umid yetovsiz qolgan bo‘tadek gangib yurgandi, ittifoqo Kotiba oqibat ko‘rsatdi! Domla mazalari yo‘qroq... Faqat Umid eshitadigan tovushda shivirlab dedi u. Umid bu sovuq xabardan ang-tang bo‘lib qolgan bo‘lsa, uning aytilish tarzi, ya’ni Kotibaning o‘ziga sirdosh tutgan odamdek shivirlagani Umidning qalbidagi cho‘g‘ni alangalatib yubordi. Demak, qizning ko‘ngli!.. Afsuski, quvonchdan do‘ppini osmonga otish yoki ipi uzilgan uloqdek irg‘ishlash mavridi emas, buning ustiga Umidning ko‘ngli allaqanday mavhum bir xatarni tuygandek badaniga muz yugurdi. Qizga ortiq savol berolmay serrayganicha turib qoldi. Ikki marta xorijga borib, katta mutaxassislarga ko‘rsatib keldilar... «Tushunarli... « degan so‘z Umidning ko‘ksiga jazillatib chiziq tortdi. Keladilarmi?... Umid shu savolni ovoz chiqarib aytdimi yoxud dilidan tiliga ko‘chirmadimi yodida yo‘q, faqat, o‘sha kunning ertasiga Kotiba qiz shitob bilan yurib uning xonasiga kirib kelganida ming bir xayolda o‘tirgan Umid qotib qoldi, zumda shuurini qamrab olgan qop-qora gumon ta’sirida yuragi orqasiga tortib, hatto joyidan jilolmadi ham. Sizni domla so‘rayaptilar, kirar ekansiz, dedi Kotiba o‘ktam bir tovushda. Shu topda Umid uchun bundan quvonchliroq xushxabar yo‘q edi. Hozirgina o‘takasini yorayozgan xavotirli o‘y u yoqda tursin, aksincha Kotibaning ovozidagi kechagi mahzunlik, tushkunlikdan asar qolmaganini sezib, quvonganidan hatto qizni quchoqlab olay dedi. Haqiqatda Aziz ich-ichidan tutaqib tursa-da, o‘zini jilovlay olishga odatlanibdi. Umid do‘stini kuzatib o‘tirib bunga yana bir karra iqror bo‘ldi. Dunyoda eng qadrdon, jonajon do‘stlarim deb senlarga ko‘nglimni yorgandim, dedi Aziz ma’yus tortgandek bo‘shashib. Dunyo keng, aqlli odamlar ko‘p, o‘shalarni bilib qo‘ysalaring, har qalay... Bilib qo‘yishimiz uchun bo‘lsa, aytsang aytaver, deb unga shafqat qilgandek ming‘irladi Farhod. Aziz Farhodning daldasi zamiridagi quvlikni ilg‘amadi, shu xayolda u boya uzilib-netib qolgan mulohazalarini kelgan joyidan davom ettirishga kirishdi: O‘sha men borgan tomonlarda odamlar hayotda biror maqsadni ko‘zladimi, tamom, dunyodagi hamma narsani unutadi-ey! Nafaqat oshna-og‘ayni, qarindosh-urug‘, ota-ona, hatto farzandlaridan ham kechvoradi. Kerak bo‘lsa, xudoni unutadi!.. Eng muhimi, hech kim buni ayb sanamaydi. Hech kimning hech kim bilan ishi yo‘q, sen nimaga bundaq-anavundaq qilyapsan, deb birov birovga qayrilib qaramaydi. Aql bovar qilmaydigan kashfiyotlar, aql bovar qilmaydigan ixtirolar, aql bovar qilmaydigan... ishqilib, osmondagi yulduzni urib tushiradigan rekordlar shuning natijasi, mevasi! Inson zotining esini teskari qilib yuborayotgan taraqqiyotning siri ham shunda!.. Oraga zildek jimlik cho‘kdi. Umid Opasining dardiga davo istab do‘xtirma-do‘xtir yurdi biror tayinli naf topmadi, onasi sho‘rlik ne-ne ilinjlarda qatnamagan duogo‘y-yu, qilmagan ilmi-amali qolmadi, afsus, ularning hech biri qizini bebaxt qilgan na ko‘zning, na suqning kuchini qirqa oldi. Ikki-uch hafta, nari borsa, to‘rtinchi hafta o‘tarida Opasining dardi g‘alayon ko‘tarib qolar, devona o‘yda nima qiladi-nima qo‘yadi oldindan bilib bo‘lmas, kunduz bo‘lsa-kunduzi, tunda bo‘lsa-tun bo‘yi ona va o‘g‘il halovatdan voz kechishar, bemor loaqal o‘ziga shikast yetkazib qo‘ymasin, ko‘cha-ko‘yga chiqib ketib, yo‘qolib-netmasin, uy-puyga o‘t qo‘yib yubormasin degan xavotirda uni biron daqiqa ham nazardan qochirishmas, Umidning qo‘lidagi vasiylik, ya’ni poyloqchilik vasiqasi shuning uchun berilgan edi. Orada ko‘z ilg‘amas nimadir yuz berdi, o‘sha nimadir Umidning qo‘l-oyog‘ini, inon-ixtiyorini, xohish-istaklarini, hatto o‘y-xayollarini chandib-chirmab tashladi. Kotiba qiz aftidan Umidning ichida yuz berayotgan ana shu nimadir voqealardan voqifdek tuyular, lekin u o‘zini o‘ta beparvo tutar, bu beparvolik Umidning ko‘nglida bosh-keti ko‘rinmas g‘ulg‘ulalarni g‘ujg‘on o‘ynatar, buni u goh qizning aslzodalar toifasidan ekanligiga, goh behad suluvligiga yo‘yar, ba’zan esa... o‘zining oilasidagi shart-sharoitni o‘ylab ich-etini kemirar, bordi-yu, tavakkaliga Umid yuragini yorguday bo‘lsa, Kotiba qiz, «Sezib yuribman Umid aka...» deb tabassum hadya qilsa xo‘p-xo‘p, yoki bo‘lmasa falokat bosib, butun jamoa o‘rtasida sharmandasini chiqarsa, uyida savdoyi Opasi borligini betiga solib (ha, Larisa yalmog‘iz buni qizga yetkazganiga Umidning imoni komil!), podumayesh, men unday xonadonga kelin bo‘lib tushmayman desa kim degan odam bo‘ladi?! Shartta ichkariga kirib, hammasini oqizmay-tomizmay Ustozga yetkazsa-chi?! U holda Umid qayoqqa bosh olib qochadi? Qaysi bet bilan Ustozning huzuriga kiradi?.. Har safar shularni o‘ylaganida Umid xiyla hushyor tortib qolar, ezgin o‘ylarga cho‘mar, lekin qizning sadafdek oppoq manglayi, yanoqlari, bo‘yni... nozik barmoqlariga ko‘zi tushganida tamom dunyoni unutar, bu barmoqlar, bu yanoqlar, bu ko‘zlar menga, faqat mengagina atalgan deb joni jahoni o‘rtanib ketar, ayniqsa qadrdon sirdoshdek o‘ziga yaqin olib gapirishlari allaqachon yigitning hushini o‘g‘irlagan, hushiga qo‘shib ko‘nglidagi almoyi-aljoyi g‘ulg‘ulalarni to‘zondek to‘zitib yuborgan, shu bois barcha-barcha shubha-gumonlardan qalbini zabt etgan muhabbat alangasi ustun chiqar va osilsam, baland dorga osilaman, deya bilganidan qolmas edi... Umid suhbat keskin tus olib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik dardida do‘stlarini chalg‘itish uchun Ustoz haqida so‘z ochdi. Ustozining g‘alati-g‘aroyib munosabatlarini, u kishining yetovida yetakchiligida boshlayotgan ishini atayin ezmalanib gapirib berdi. Bu gaplarning Farhod uchun yangiligi yo‘q edi, shu bois u Umidning jigarini xun qilib hikoya qilishiga ortiqcha e’tibor bermadi, Aziz esa Umidning gaplarini jon qulog‘i bilan tingladi. Juda qiziq, dedi u boshini tebratib. Umid, men senlarga uqdirmoqchi bo‘layotgan gap ham asli shunga yaqin, ildizi bir! Yo‘g‘-e! dedi Umid tushunmayroq va favqulodda qiziqishi ortib. Qanaqasiga yaqin bo‘ladi? Ustozning fikricha, hamma hammani kuzatuv ostida tutishi bir hisobda yaxshi va tabiiy bo‘lsa, ikkinchi hisobda... hali masalaning bu tomonini chuqurlashtirib ulgurganimizcha yo‘q, lekin gap shundaki, o‘zini muttasil o‘zgalarning nazari ostida his qilish odamning erkini, ixtiyorini bo‘g‘adi... Ustozing «odamni erkini, ixtiyorini bo‘g‘adi» debdi, men insonning butunligini parchalaydi deyapman. O‘sha amma-tog‘achiliklar, amaki-xolachiliklar insonni asosiy ishidan, yumushidan chalg‘itadi, maydalashtirib yuboradi, biz esa bularning bariga odamgarchilik, qarindosh-urug‘chilik deb chiroyli nom qo‘yib olganmiz! To‘g‘rimi, og‘ayni?! Bu odatlarimizga yuz yil muqaddam Qodiriy «oshnalikka qurbon bo‘lgan xalq» deb qalampir bog‘lab ketgan!.. O‘zi alohida yashaydigan xonaga oshxona jihozlarini tashmalab kiritgan Opasi picha muddat allanimalarga unadimi, ovozi chiqmadi. Lekin bu jimlik uzoqqa cho‘zilmadi. Kapgirning daranglab qozonga urilishi eshitildi. Nimadir taraqladi. Opasi dam ming‘irlab, dam shovqin ko‘tarib javrashga tushdi. San itga qarab qogan joyim yo‘q! O‘zim bo‘lak ro‘zg‘or qilaman, tug‘aman. Bolamga ovqatlar pishirib beraman. Hu-u, yer yutsin, senlarni! Umid onasining imlashini kutmay ayvonga chiqdi. Oyog‘ining uchida yurib Opasi kirib ketgan xona eshigiga yaqinlashdi. Ichkariga mo‘raladi. Opasi oshxonada ishlatiladigan kalta etakchani beliga bog‘lab olgan, yenglarini shimarib pichoq bilan sabzi taxtani boshi uzra ko‘tarib turardi. Umid darhol o‘zini chetga oldi. Biroq Opasi uning sharpasini sezib ulgurgandi. Keldingmi? Ichkariga kir, so‘tak! Pishirib qo‘yipman, chapillatib ye, it! Umid zina yonida go‘dak bolalarcha jonini hovuchlab o‘ziga savol nazari bilan mo‘ltirab turgan onasini tinchlantirdi: O‘t yoqmayapti, aqli joyida. Joyida bo‘may qolsin-a! Gugurti yo‘qmi? Ko‘rinmadi... Uzoqqa cho‘zilmaydi, oyi, hademay qaytadi, dedi Umid onasini yupantirib. Siz bu yerda poylab turmang, boring, ishingizni qilavering, men birrov Ustozdan xabar olib kelaman. Picha ketmay tur, bolam, bir baloni boshlab qolsa mani kuchim yetmaydi. Umid mayli degan ma’noda bosh irg‘adi. Umid Ustozining tepasida termilib o‘tirib, u kishi aytgan gaplari, maslahatlari, yo‘l-yo‘riqlarini birma-bir o‘yladi, o‘sha gaplar, maslahatlar, yo‘l-yo‘riqlar o‘zi uchun doimo asqotishini, ularning birortasini unutishga haqqi yo‘qligini astoydil anglab yetgan edi. Bordiyu Ustozning ahvoli o‘nglanmasa, shu yotish u kishining vido onlariga aylansa... Umid huvillagan dunyoda bir o‘zi qolayotgandek, endigina ma’no-mazmun kirib borayotgan hayoti battar izdan chiqadigandek, xuddi shuning uchun ham, qolaversa, Ustozga bo‘lgan hurmati, sadoqati haqqi u kishining ruhini shod qilish yo‘li Ustoz o‘gitlarini yodda saqlash, ularga rioya qilish deb bilayotgandi. Onasi-chi? Sho‘rlik, mushtipar onasining birdan-bir suyanchig‘i Umid. Undan o‘zga umidi yo‘q kampirning. Hatto Opasi soppa-sog‘ yurgan bexavotir kunlarda ham onasining dilidan xavotir arimaydi. Qizining dardi bedavoligidan xudoga zorini aytib ado qilolmas, dardi qo‘zigan kunlarda esa uning yonida bo‘lish, uni qaltis xatti-harakatlardan asrashga holi-majoli yetmas... Onasining shunday damlardagi iltijolarga to‘la qarashlari, nazar-nigohlari Umidni uzoq ketishga yo‘l qo‘ymas, Umid onasi haqida ham, Opasi haqida ham birdek qayg‘urish majburiyatini zimmasidan soqit qilolmas edi. Mana shunday xayollar Umidning yashash tarzini, hayotiy maqsad-maslaklarini belgilab bergan, hatto uylanish zaruriyati ham uning uchun shodumon yangilikdan ko‘ra oddiy majburiyatdek tuyular edi. Hammasi Kotiba qiz tufayli buzildi, parokanda bo‘ldi. Kotiba qizning nazar-e’tibori boshqa barcha nazar-e’tiborlardan, majburiyatu zaruriyatlardan oshib tushdi. Umid qo‘l-oyog‘i bilan Kotiba qizning sirtmog‘iga insoniyat azal-azaldan oddiygina qilib atab kelayotgan muhabbat sirtmog‘iga bog‘landi-qo‘ydi. Tong otib qolayozganiga qaramay Farhodnikida qizigandan-qizigan suhbat ko‘chada Umid bilan Aziz o‘rtasida davom etdi. Umid qilayotgan ishlari, Ustozi haqida hayajonlanib gapirdi. Ustozing keksami? so‘radi Aziz to‘satdan. Unchalik emas... yosh ham emas... Yoshidan qat’iy nazar hayotiy tajribasi katta, kuzatuvchan va donishmand odam ekan! Nega bunday xulosaga kelyapsan? qiziqib so‘radi Umid. Senga tushuntirishga urinayotgan mavzuni har kim ham fahmlab yetavermaydi, do‘stim. Fahmlagan taqdirida ham unga ilmiy muammo tusini kiygizish jo‘n ish emas... Aziz shunday deb turib birdan jim bo‘lib qoldi. Qorong‘uda ko‘zi charaqlab nimadandir mamnun bo‘lgani ko‘rindi. U ehtirosini jilovlashga urinmay bir narsa topib olgan odamday hayajonlanib so‘radi: Domlang bilan tanishsak, bir suhbatlashsak qanday bo‘larkan?! Umid afsuslanib bosh chayqadi. Nega? Shunchalik katta rahbarmi?! Vaqt ajratolmaydimi? Bir oz mazasi yo‘q... Sog‘ayib ketsa, keyin o‘ylashib ko‘ramiz... Aziz «Eh, attang!» degandek bosh qashib qoldi. Men bo‘g‘ilib sen bilan Farhodga uqdirmoqchi bo‘lgan masala bilan Ustoz senga tushuntirayotgan muammo bir-biridan uzoq emas! Juda yaqin! Qariyb bitta narsa! Tushunyapsanmi, Umid? Gap nima haqda borayotganini yaxshilab o‘ylashib olishimiz kerak... Iloji bo‘lsa, ko‘nglingga olmagin-u, Farhodsiz, ikkovimiz ochiq-oydin suhbatlashaylik. Xo‘pmi, Umid? Bu yerda xalqimizning umuman yashash, fikrlash tarzini o‘zgartirishga doir muammo bor! Bilib qo‘y, Ustozing jo‘n odam emas, avliyo ekan!.. Umid oriqqina, bo‘ydor shifokor yigitni dastlab yana uch nafar ustoz shifokorlar bilan yig‘ilishib kelishganida ko‘rgan edi. Ustozlar bemorni, uning xastaligiga taalluqli yozuv-chizuvlarni, dori qog‘ozlarini sinchiklab ko‘zdan kechirishdi, o‘zlari tushunadigan tilda ixchamgina mashvarat o‘tkazishdi. Beozor hazil-huzullar bilan Ustozning ko‘nglini ko‘tarishdi. Ustoz ham bu qadar nufuzli e’tibordan minnatdorligini aytdi. Piravordida sochi kumushday oq, keksa shifokor bo‘ydor yigitni Ustozga, opoqiga tanishtirdi. Bu ukamiz oramizda nafaqat bo‘ydorligi bilan, balki yosh va bilimli mutaxassisligi bilan hammamizdan baland. Ko‘ryapsiz-a? Ustoz miyig‘ida kulimsiradi. Keksa shifokor davom etdi: Shu yigit bizdan, Markaziy shifoxonadan ishonchli vakil. Siz shu yigitning nazoratida bo‘lasiz. Bu yigit esa bizning nazoratimizda. Kelishdikmi? Ustoz ovoz chiqarmay minnatdor bosh irg‘adi. Masala hal bo‘ldi. Bo‘ydor yigit o‘z uyiga kirib chiqqandek kunda-kunora Ustozdan xabar olib turishni kanda qilmadi. O‘sha o‘rtada sukutdan bo‘lak hech zog‘, hech vaqo yo‘q soniyalarda ko‘zlarini katta-katta ochib o‘ziga tikkasiga qarab turgan Kotiba qizning nigohi Umidning ko‘ngliga shu qadar farog‘at bag‘ishladiki, Umid ruhi yengil tortganini, sehrli mehr-shafqat og‘ushiga cho‘mgan go‘dakdek erkalanib ketganini his qildi. Hozirgina yelkasidan bosib qolgan ko‘zga ko‘rinmas zalvorli yuk asta-sekin sirg‘alib tusha boshladi, ko‘z o‘ngi tiniqlashdi, nazarida xona charog‘onlashib ketdi, u qizning ko‘zida, qarashlarida xaloskor mehrni tuydi. Bu holat, bu manzara Umidning xotirasiga o‘chmas bo‘lib muhrlandi-qoldi. Eng mushkul vaziyatlarda ham ana shu mehrli boqishdan najot topdi. Sutdek oppoq chehra, mehr-shafqatga limmo-lim tim qora ko‘zlar, keyin har safar o‘ylaganida Umid bu go‘zal nigohlar tubida qandaydir munislik, ma’yuslik pinhon ekanligini sezdi, shu bilan birga, qiz vujud-vujudidan favqulodda bir mehribonlik bilan yigitning ahvolini his qilgani, uning joniga oro kirgani, yana unga najot, ko‘mak va madad berish, suyanchiq bo‘lishga moyillik ko‘rsatayotgani sezilib turardi. Telefon bezovta sado berdi. Umid unga ko‘z tashladi-yu, qulog‘iga tutdi. Labbay, oyi? dedi u onasining gapini kutmay. Bir kelib ketgin, o‘g‘lim. Uyini bir balo qilib tashlayapti, zo‘rayib ketsa, men eplolmayman, bolam... Xavotir olmang, ko‘ziga ko‘rinmang. Bir safar uni o‘z holiga qo‘yaylik, oyi. Qaytaga yaxshi bo‘ladi, xo‘p deng. Saldan keyin boraman. Umid shunday deb telefonni o‘chirganida onasi gapini tugatmagan edi. Ikki kun burun shekilli kechki ovqatdan so‘ng Opasi dasturxonni yig‘ishtirib, idish-tovoqlarni dastalaganicha oshxonaga kirib, ularni yuvishga tutindi. Umid g‘ira-shira qorong‘ilik cho‘kayotgan hovlida xayolga tolgan, dam yakkam-dukkam miltirab ko‘zga tashlana boshlagan yulduzlarga, dam ko‘z o‘ngida betartib o‘sgan daraxt shoxlariga razm solar, bir zamonlar rahmatli otasi davrida amal-taqal qurilib qolgan uy-joyning «munkillagan» qomatiga qarab ularni qaytadan bunyod etishni diliga tugar... darhaqiqat, agar to‘y boshlanib qolsa, yo‘q, dastlab agar Kotiba qiz rozilik bersa... Umidning nazarida Kotibaning mayli yo‘q emas, u qanchalik sezdirmaslikka urinmasin buni Umid payqab turibdi, faqat qiz xohishini, yigit esa payqab turganini dangaliga tiliga ko‘chirolmayapti, xolos. Shunday ekan, hammadan burun Kotiba Umidning xonadonidagi ahvoldan xabar topsa, undan so‘ng roziligini bildirsa, shundan so‘ng sovchilar, to‘yoldi bordi-keldilar joy-joyiga qo‘yilsa, ana o‘shandan keyin, o‘sha kezlarda shu uy-joyni bir ko‘tarib tashlab, qayta qursa, kelin tushadigan uyning qaddi tikroq qurilsa, axir yashaydigan, keldi-ketdilar bo‘ladigan turarjoy kimsan Kotiba qizning husni-tarovati, aslzodaligi... qaddi-qomatiga munosib bo‘lmog‘i kerak!.. Kotiba qiz kelin bo‘lib shu hovlida yelib-yugurib yursa, dam sayin Umid aka deya tilidan bol tomsa, oqshom chog‘lari oshxonadagi yumushlarni o‘zidan orttirmay, Opasi bunday yumushlarga qo‘l urmasa!.. Ha, Umi-id... Umid cho‘chib tushdi. U oshxona tomondan idishlarning bir-biriga urilganidan chiqayotgan shaqir-shuqurlari tinib-tinchib qolganiga ham, oshxona eshigi g‘ichirlab ochilganiga ham e’tibor bermagan, eshitmagan ham, hatto oshxonadan chiqib yonginasiga kelib qolgan Opasining sharpasini sezmagan ham edi. Opasi unga nihoyatda mehribon, e’tiborli edi. Nimalarni o‘ylaydigan bo‘lib qolding, Umid? ohista so‘radi Opasi. Umid kuldi, lekin kulgisi zo‘rma-zo‘raki chiqqanini yashirolmadi. U Opasiga hech qanday ustamonlik yoqmasligini yaxshi bilardi. Afsuski, bu safar u sir boy bermaslik epini qilolmadi. Biror o‘yda yurgan bo‘lsang, ayt, dedi Opasi. Shunday dedi-yu, qizarib-bo‘zarib o‘zi ham ukasining betiga qarolmay maslahat bergan bo‘ldi: Menga aytmasang, oyimga ayt. Chorasi topiladi... Nega sizga aytmas ekanman, opa? shoshib dedi Umid. Oyimga ham, sizga ham aytaveraman... Hozir, nimani ham aytardim?.. Zarurat tug‘ilsa, aytmay nima qilaman?.. Mayli, o‘zing bilasan... Opasi ukasining ko‘ziga qaramaslikka urinib, gunohkorona ohangda shunday dedi. Umid bo‘ydor shifokor yigit bilan ko‘ztanish bo‘lib qoldi. Bir safar kelganida do‘xtir yigit ayollarnikidek uzun-uzun va nozik barmoqlarini Ustozning bilak tomiriga ohista bosa turib, soatiga termilganicha o‘y surib qoldi, so‘ng asbob-anjomlari yordamida bemorning ko‘krak qafasiga quloq tutdi, so‘ng allanimalarni chamaladi shekilli, jomadonchasidan uzun qoramtir yelim ichak chiqardi. Uning qanday muolaja vositasi ekaniga aqli yetmay turgan Umid savol nazari bilan dam shifokor yigitga, dam Ustozga angraydi. Ustoz miyig‘ida kulimsirab, boshini xam qildi. Bilimdon kishilar ancha ta’sirchan bo‘lishadi, dedi shifokor yigit qoramtir rezina ichakni hozirlayotib, bemorga dalda berar ekan. Birinchi, ikkinchi safar salgina qiynaldingiz, xolos. Endi ancha ko‘nikib qoldiyz, to‘g‘rimi? Ustoz oriqlab ketgan qoqsuyak oyoqlarini karavotdan osiltirib o‘tirgan ko‘yi taqdirga tan bergandek boshini some’larcha silkidi. Bu matohni ikki qayta yutdim, dedi so‘ngra siniq jilmayib, oshqozon-ichakni yoritsa yoritgandiru illo, ichim yorishganini sezmadim... Kotiba qiz bilan yuzma-yuz kelish, u bilan bir dam suhbat qurish Umid uchun shodiyonaga aylandi. U qabulxona tomon qanday borib qolganini, qizni ko‘rgan zahoti og‘ziga kelgan gapni qay tarzda aytib yuborganini o‘zi ham bilmay qolar, nazarida yigitning bu taxlit sarosimaga tushishi Kotibaga ham yoqayotgandek, qizning o‘zi ham Umidning kirib kelishiga ilhaqdek tuyulayotgan edi. Aksiga olib kechaginda Umid ne umid va jur’atlar bilan qabulxonaga yetib bordi-yu, bekorchilikdan ichkarida gap sotib o‘tirgan Larisa Latipovnaga ko‘zi tushib, kapalagi uchib ketdi. Yo‘q, Umid hujjatxona bekasining o‘zidan emas, u Umidning Opasi va u bilan bog‘liq vasiqa haqida Kotiba qizga gullab ulgurgan degan o‘yda ta’bi aynidi. «Nahotki, yetkazgan bo‘lsa?!» Umidning qo‘l-oyog‘i bo‘shashdi. Manglayida zera-zera sovuq ter tomchilari paydo bo‘lganini sezdi. Vujudi qaqshadi. Biroq sir boy bermaslikdan boshqa iloji yo‘qligini ham zudlik bilan tushunib yetdi. Keling, dedi ohista Kotiba qiz. U shunday deb birrov ko‘z qirini tashlab, yigitdagi g‘alati o‘zgarishni sezdi. Ovozini yanada muloyimlashtirdi: Keling, kiravering... Umid salom berdimi-yo‘qmi, eslay olmadi, lekin Larisa Latipovna bosh irg‘ab qo‘ydi. Qaytib Umidning tili aylanmadi. Rangi qum o‘chdi. Birinchi bo‘lib Kotiba qiz o‘zini qo‘lga oldi. Domla hali kelmagandilar, dedi u sovuqqonlik bilan. Kechroq kelmoqchi edilar... Shu bir og‘iz lutf Umid uchun haloskorlik vazifasini o‘tadi. Uning nigohida Kotiba qizga minnatdorlik izhori limmo-lim edi. U o‘zini allanima o‘qib o‘tirgandek ko‘rsatayotgan Larisa Latipovnaga zimdan nazar tashladi, Ustozning gapini esladi-da, «shu yerda ham xizmatini o‘tayapti» deb ichida xotin sho‘rlikning sha’nini bo‘ralatib «bejadi»... Umid eshikka yetay degan joyida Ustoz to‘satdan yodiga tushib qolgan gapni aytayotgandek uni to‘xtatdi. Darvoqe, dedi u yarim jiddiy-yarim istehzoli tabassum bilan, Latipovnaning muomalasidan ranjimang. Uning vazifasi shunday, ya’ni hujjatxona rahbari sifatida har bir xodimning hayotiga doir ma’lumotlarni alohida daftarga tirkab qo‘yadi. Bilmagan narsasi yo‘q. «Opamning kasalligini, manga vasiylik vasiqasi rasman berilganini shu yalmog‘iz yetkazgan» degan xayol kechdi Umidning ko‘nglidan. U kishidan rahbarlar talab qilishar ekan-da, dedi u o‘ylamay-netmay va bu so‘zi Ustozga iddao bo‘lib botishini kechikib payqadi. Ustoz miyig‘ida kuldi. Nimadir demoqchi, yosh va umidli shogirdiga nimalarnidir ochilib-sochilib tushuntirmoq uchun og‘iz juftladi-yu, o‘zining rahbarligini eslab qoldimi yoxud boshqa istiholaga bordimi, gapni qisqa qildi: Latipovna tushmagur alomat ayol... Qo‘l ostimda ishlaydi-yu, ba’zan menga ham bo‘ysunmaydi bachchag‘ar!.. Og‘zimdan chiqqan har bir gapni... necha marta yo‘talishimgacha yozib yuradi. Vazifasi shunday dedim-ku... Umid uyi tomon jadal borar ekan, yo‘l-yo‘lakay Onasini ham, Opasini ham, Ustozu Farhod bilan Aziz do‘stini ham emas, Kotiba qizni o‘ylab ketdi. Shu kunlarda u hech kim va hech narsa haqida emas, faqat Kotiba haqida o‘y surishdan ko‘ngli ta’riflab bo‘lmas orom olar, Kotiba haqida xayol surish, u bilan xayolan suhbatlar qurish uning uchun jon saqlaydigan ruhiy boshpanaga aylangan edi. Aksiga olib har qanday odam bilan (hatto Ustoz bilan ham!) darhol til topishib ketadigan Umid Kotibaga kelganda gung-soqovga aylanar, unga ro‘para keldi deguncha o‘ylab kelayotganlarini unutar, baxtiga Kotiba qiz tortinchoqlik qilsa-da, uning biyron javobidan ko‘ngli ravshan tortar, qaysi mavzuda suhbatlashmasin Umidning nazarida sevgi-muhabbat haqida sirlashayotgandek, bu tariqa savol-javoblar muqarrar ikki dil roziligining ifodasiga aylanayotgandek tuyular edi. Hatto Kotiba qizning boshqalar bilan muloyim gaplashishlari ham Umidga atalgandek tuyulardi. Ikki hafta burun to‘satdan Aziz qo‘ng‘iroq qilib qoldi. Umid, yarim soat vaqtim bor, dedi dabdurustdan. Nima, kelmoqchimisan? so‘radi Umid. Boraman, ko‘rishaylik... Umid ko‘chaga chiqar-chiqmas Aziz yetib keldi. Choqqina xiyobon kimsasiz, bu ikki sirdosh suhbatdosh uchun ayni muddao edi. Umid, do‘stim, gaplarimga diqqat bilan quloq sol. Men bu narsani o‘sha yoqlarda yurib-ko‘rib, rosa o‘yladim. Kimga, nima deb aytishni mo‘ljallay-mo‘ljallay, nihoyat, sen bilan Farhoddan ishonchliroq odam topmadim. Afsuski, Farhod tushungisi ham kelmayapti. Faqat Farhod emas, har qanday odam ham dabdurustdan tushunmaydi, tushunsa-da, hazm qilolmaydi bunday fikrlarni, Aziz, dedi Umid do‘stining ko‘nglini ko‘tarib. Bunday gaplar yotig‘i bilan, arqonni uzun tashlab, bir chimdim-ikki chimdim tushuntirilmasa, Farhodning jig‘ibiyron bo‘lgani holva, seni dushmanga, miyasi aynib qolgan devonaga chiqarishlari ham hech gapmas! Tushuntirmoqchi bo‘lganlarim shunchalik xom, g‘o‘r, axmoqonami, Umid?! Shunday degin, qaytib og‘zimni ochmay!.. Sen ham, odamlarimiz ham eski hammom-eski tos yashayversin. Lekin shuni bilib qo‘y, og‘ayni, dunyo endilikda sermulohazakorlikdan, yotig‘i bilan, arqonni uzun tashlab qo‘yib kun ko‘rishdan voz kechgan, yuz o‘girgan! Tezlik, shiddat dunyoni yutib yuboray deyapti!.. Nahotki, jonim achishganidan shu gaplarni ko‘tarib kelganim niyatim yaxshiligi sezilmayotgan bo‘lsa, og‘ayni?! Arqonni uzun tashlab o‘ychi o‘yiga yetgunicha anavilar arqoningni ming joyidan qirqib, ishini bitirib ketyapti. Shuning uchun ham dunyo o‘shalarning qo‘lida, tushunyapsanmi?! Ustoz endigina ko‘chaga chiqolmay yotib qolgan kezlar edi. Umid necha safar kelib, Ustozning og‘zini poyladi, lekin Ustoz u kutgan mavzudan so‘z ochmadi. Umid atayin so‘rashga botinmagan kunlarning birida nihoyat Ustoz gapni uzoqdan boshlab muddaoga ko‘chdi. Umidjon, dedi u karavot qirg‘og‘ida oyog‘ini osiltirib o‘tirgan ko‘yi tizzalari uzra bosh egib. Niyatlar katta edi... Negadir Ustoz Umiddan uzr so‘rayotgan ohangda gap boshladi, biroq u darhol jim bo‘ldi. Chamasi u ikkilanayotgandek, fikrining davomini oxirigacha aytmaslikka qaror qilgandek edi.Umid ichida «gapirsin-da, ishqilib» degan iltijoda vujudi quloqqa aylandi. Xayriyat, iltijosini xudo Ustozning ko‘ngliga soldi, uni gapirishga undadi. Undabgina qolmay, endi u picha taysallangani demasa, so‘ng xastaligini ham unutib, kutilmagan shiddat bilan so‘zlay ketdi: Ko‘p o‘yladim... Siz bilan tanishganimda shu ishga munosib, ya’ni mavzubop odam topilganidan sevinib ketdim. Afsuslandim ham... Faqat, bilasanmi, bu muammo odamzodni boshini shunaqayam qotiradiki hali!.. Insoniyat o‘zini o‘zi boshi berk ko‘chaga tiqadi. Ustoz picha nafas rostlab olgach, ovozi bardamlashib so‘zida davom etdi: Qiziq-da, hamma hammani kuzatadi, demak, hamma tomonidan kuzatiladi! Shu to‘g‘rimi? Mutloq to‘g‘rimi, Umid?.. Hozir odamzod shu taomil izmida yashayveradi, shu maqsadda, ya’ni birovlarni kuzatishga qaratilgan ming bir xil xiyla-nayranglarni o‘ylab topadi, aql bovar qilmas asbob-uskunalarni ixtiro qilaveradi, biroq, shuni unutma, o‘g‘lim, bu taomildan voz kechgan qavm ham ko‘paygandan-ko‘payib bormoqda yer yuzida. Birovlarni kuzatuvchi, qay go‘rdagi kimsalar tomonidan kuzatiluvchi bo‘lib yurishdan qutilishning yagona chorasi bor. Bu o‘zini o‘zi kuzatish!.. Iymon bilan, diyonat bilan kuzatish!.. Inson aqlining kemtikligi shundaki, harchand kuzatma, milliard kuzatuvchini jam qilma, bir odamni to‘kis tushunolmay ovora bo‘lasan!.. Umid Ustozning so‘zini bo‘lmadi, uning jo‘shib, hayajonlanib gapirayotganidan zavqlanib, Ustozdan ko‘z uzmadi. Ehtimol, dedi Ustoz bir oz shashtidan tushib, kuzatishni bas qilish kerakdir? Shu borada odilona, oqilona yashash tarzini joriy etayotganlar yo‘q emas... Odamlari kuzatuv ostiga olinmaydigan, odamlari eng insoniy fazilatlari izmida yashaydigan jamiyat qurishning iloji topiladi... Ustoz o‘rnidan azot turib olganini, holsizlikdan chayqalib ketmaslik uchun tizzalari bilan karavotning chekkasiga suyanib turganini Umid keyin payqadi, u ham o‘rnidan turdi, Ustozning bilagidan tutdi. Bosh qotib qoldi... Balki... bu muammoni qo‘zg‘ab odamzotni boshini qotirmaslik kerakdir?.. Mavridi bilan bo‘lar, yoki... Umid xayolan boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Nima bu? Ustozning navbatdagi tagi zil hazilimi? Yoxud, nahotki u jiddiy gapirayotgan bo‘lsa?! Yoki shogirdini sinamoqchimi?.. To‘g‘ri, masalaning bosh-adog‘i yo‘q, dedi Umid, uni tugal qamrab olish ham mushkul, ehtimol, imkon qadar shug‘ullanib yurilsa, vaqt-soati yetib... Arang qad rostlab turgan Ustozning qo‘l-oyog‘i qaltiradi, u jon holatda Umidning bilagini changalladi. Umid avaylab bemor o‘rniga yotib olishiga ko‘maklashdi. Og‘ir-og‘ir nafas rostlayotgan Ustoz ko‘zlarini yumib olgan, rangi qum o‘chgan, peshonasida sovuq ter tomchilari paydo bo‘lgan edi. Umid bemorni bezovta qilib qo‘yganidan xijolat tortib, uni o‘z holiga qoldirish niyatida ohista yurib ravondan chiqayotganida kutilmaganda uzoqdan Ustozning xasta tovushi bazo‘r eshitildi: Vaqt-soati yetganga o‘xshayapti, uf-f... O‘g‘liga munosib qayliq izlash tashvishidan qutilib, anchagina yengil tortgan Umidning onasi endi o‘g‘lining og‘zini poylab toqati toq bo‘la boshladi. Umiddan esa sado chiqmas, aksincha har qachongidan kam gapiradigan, nuqul o‘y-xayolga g‘arq bo‘lib yuradigan qiliq chiqardi. Uning hardamxayolligini onasi o‘zicha tushundi. Opangni Chuqursoydagi bannisaga yotqizsakmikan, nima deysan? Nega endi yotqizishimiz kerak? Tag‘in Chuqursoyga deysiz. Bilasiz-ku, u yerda sog‘ odammi jinni qilishadi!.. Aytaman-da... dedi onasi yengining uchi bilan hali yoshlanib ulgurmagan ko‘zlarini artib. Odamlar gap qiladi-da, anuvnaqa Opasi bor desa, qizini beraman deganlar ham o‘ylashib qoladi. Umid onasini yupatdi. O‘ylashib qolmaydigani topiladi, oyi, dedi u onasini bag‘riga tortib yelkasidan quchar ekan. Opam tuzaladi, men ishonaman, oyi, qarab turing, tuzalib ketadi. Opam, bilasiz-ku, juda ko‘ngilchan odam, faqat unda-munda asabiylashib, o‘zini boshqarolmay qolyapti, xolos. Shunga qaramay, ko‘nglim sezyapti Opam sog‘ayib ketadi, oyi. Umidi uzilmagan odamning joni ham uzilmaydi, degan edi Ustoz. Bu gap Umidning sira xotirasidan o‘chmas, ayniqsa qiyin damlarda shu gap unga dalda berar, uni eslagani, ichida takrorlagani sari vujudiga kuch-quvvat oqib kirayotgandek his qilardi o‘zini. Shu topda u o‘zidagi ana shu ishonch va umidvorlik tuyg‘usi qanday bo‘lmasin Ustozga ko‘chib o‘tishini juda-juda istar, shuning ilojini topsa shifokor yigitning ashqol-dashqollariga ham hojat qolmas edi. «Umidi uzilmagan odamning... Umidi uzilmagan odamning... Umidi uzilmagan odamning...» Umid shu gapni bir necha bor Ustozning qulog‘iga engashib takrorladi, hademay, mana, hozir u kishi ko‘zini ochadi, baralla ochib unga qaraydi, «Ha, o‘g‘lim, o‘tiribsizmi?» deb so‘raydi. Umid shunga ishonadi, Ustoz ko‘zini ochgan zahoti unga tanbeh beradi «Ust-boshingizga qarab qo‘ying, yigit» deydi. Avvaliga Ustozi tushunmaydi, hayron bo‘ladi, shunda birdan fikri tiniqlashadi, xotirasi jonlanadi, qah-qah otib kulib yuboradi. «Obbo, Umidvoy-ey, meni bopladingiz-ku!» deb yelkalarini silkita-silkita kuladi, kulgani sayin vujudini ishg‘ol qilgan dard to‘kilib-to‘kilib ketadi!.. Umid bunga ishonadi!.. Telefon nag‘ma qildi. Umid uni qo‘lga oldi. Topdingmi? shivirlab so‘radi Umid do‘sti gap boshlashini kutmay. Topilmaganiga qo‘ymadim, topdim! Farhodning ovozida g‘olibona ko‘tarinkilik sezilib turardi. Astoydil kirishdim-da o‘ziyam! Qalovini topsang ilonni inidan sug‘urib chiqarasan, uka! Uyingda o‘tirgan joyingda izquvarlik qilibsan-da? Qoyil! Xullas, allaqanday hujjati tayyor bo‘lmagan ekan, allaqaysi idora rahbarining qabulxonasida qon bo‘lib kutib o‘tirganakan. O‘sha hujjati but bo‘lmasa, samolyotga chiqarmas ekan. Samolyotga chiqadigan hujjati shu kungacha bitmabdimi? Ol-a!.. Uyida qarindosh-urug‘i to‘planib o‘tirishibdi. Hammalari xayrlashish uchun kelishgan akam bilan. Umid Farhodning kesatishga o‘tganini sezib, jiddiylashdi. Farhod, men bu yerdan chiqqach, birrov uyga kirib o‘taman, o‘zing tushunasan-ku... Farhod tushundi. Mayli, bemalol kirib chiqaver, xotirjam bo‘lib, keyin borarsan. Ungacha, men ham ulfatlardan biriga uchrashib kelaman. Bugun ulfatchilik yo‘q edi, shekil? Zarur ish chiqib qoldi, Aziz bilan bog‘liq!.. Azizning jonini jabborga berib bo‘g‘ilishlarimi yoki yuz yil muqaddam aytilgan «qalampir» gapmi Farhodga boshqacha ta’sir qildi. To‘satdan u Azizning og‘zidan chiqqanini ma’qullashga tushib ketdi. Aziztoy, qadrdonim, dedi u dona-dona gapirib, hamma hammaga xo‘jayinmi, xo‘jayin emasmi yoki boshi og‘rimagan Umid aytmoqchi, hamma kuzatuvchimi-kuzatiluvchimi o‘zbekcha qilib aytganda, bular qarindosh-urug‘chilik, mahalla-ko‘ychilik, oshna-og‘aynigarchilik, amma-xolachilik deb ataladi. Bu odat oiladan, go‘daklikdan boshlanadi. Bola tug‘ilganidan ota-onasi uchun bola, go‘dak! Ellikni, boringki, yuzni urib qo‘ysayam, ota-onaning izmida. Ota-ona kuzatuvchi, o‘g‘il-qiz kuzatiluvchi, ilova qildi Umid. Ko‘chaga chiqdi deguncha qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y kuzatuvchi, odamlar kuzatiluvchi! Qarindosh-urug‘, yoru birodar kuzatuvchi! Bozorda pattachi, nalogchi nazoratchi, bizga o‘xshash bozorchilar kuzatiluvchi! Ishxonada rahbar kuzatuvchi, xodimlar kuzatiluvchi! Larisa Latipovnalar kuzatuvchi, boshqa hamma kuzatiluvchi!.. Haddilaringdan oshmalaring, sanayversalaring, barakasi uchadi, dedi Farhod so‘z o‘yiniga kirishib ketgan do‘stlarini tartibga chaqirib. Kuzatuvchining dodalari bozorda! Illo, bozordan gap ocha ko‘rma! Bozor hangamalaridan boshlasam bugun tong otmaydi, og‘ayni! Tak chto, bozorda non topib yurganlarga oson tutmalaring!.. Eng osoni va ma’quli– qonunga binoan ishlash, hech kimdan, hech qanday tekshir-tekshiru kuzatuv-muzatuvdan cho‘chimay ishlayverasan. Farhodning ochiqchasiga ensasi qotdi, u Azizning bu gapini eshitmaganday baqrayib o‘tiraverdi. Umid Farhodning ta’bi tirriqlashayotganini payqadi, Aziz og‘iz juftlaganini ko‘rib turib, qo‘l ko‘tarib uni gapirtirmadi. O‘zi gapirdi: Qonun kuzatuvchi, odamlar kuzatiluvchi! Haddingdan oshma, qonunga til tekkizma dedim, Farhod jiddiylashib, hazil-mutoyibaga chek qo‘ydi. Aslida qonun odamlarni tekshirish uchun o‘ylab topilgan narsa!.. Biz bozorchilar qonundan emas, qonunni ro‘kach qilib keruvchidan hayiqamiz. Ishqilib, nimani vosita qilmasin kuzatuvchi o‘zini kuzatiluvchidan zo‘r deb biladi. Bu yerda men hukmron, degan, o‘yda yuradi u. Hozir uchovimiz sanab o‘tgan kuzatiluvchilar bor-ku, deya gap boshladi Umid, hazilni bas qilib. O‘shalarning zimmasida ayni vaqtda kuzatuvchilik vazifasi, burchi, missiyasi ham bo‘ladi. Faqat doim kuzatuv ostida yashaydigan odam palag‘da odamga aylanadi, undaylar o‘zgalarni kuzatuv ostiga olishga yaramaydi. Qarabsanki, o‘zi qisinib yurgan odam birovni nazorat ostiga olish u yoqda tursin, o‘zi qisinib nafas oladi, qisinib gapiradi. O‘ylovi qisingan odamning o‘zi erkin bo‘lolmaydi, qisingan bo‘ladi unaqa odam. Ustoz holdan toyib o‘tirgan holida ham o‘ziga xos tagdor mutoyiba topishga harakat qildi. Taraqqiyotning sharofati, dedi u behol va siniq jilmayib, sochingdan oyog‘ingacha kuzatuvda... Ichingga chiroq yoqib kuzatadigan asbob topishganidan keyin uyog‘ini asti qo‘yaver!.. Ustozning hazili tagidagi «zil»ga shifokor yigitning fahmi yetmadi. Uchiga chiroq o‘rnatilgan ichakni yutganingizda ichingiz yorishgan-u, o‘zingiz sezmagansiz. Shunday deb shifokor yigit muolajani samarali yo‘lga qo‘yishda kasallikni aniqlashtirib olishning ahamiyati haqida gapga tushib ketdi. Chamasi shu bilan u tibbiyotning taraqqiy topganligidan, shifokorlarning ilmi amali oshganligidan nax urib bemorning ruhini ko‘tarishga urinayotgandi. Bu hali holva. Hozir klinikamizga yanayam zamonaviy uskunalar keltirilgan, domla rozilik bersalar, rahbarlarga aytib, ularni ham opkeltiramiz. Insonning badanida qancha a’zo bo‘lsa, ularning har biri qanday ishlayapti, o‘z vazifasini qanchalik to‘g‘ri va to‘la-to‘kis bajaryapti hammasini ekranda ko‘rsatadi. Ustozning behol-bemajol gavdasi uzoq va unsiz silkinib turdi, u kishi ich-ichidan quyilib chiqayotgan kulgini bosolmayotgan, bu hol lahza sayin uni battar holdan toydirayotgani ko‘rinib turardi. Nihoyat, bemorning madori qolmadi va u ohista yonboshlab yotib oldi. Umid cho‘k tushgancha bemorning yelkalaridan avaylabgina tutib, uning o‘rnashib yotib olishiga ko‘maklashdi. Ustoz jiddiy tortdi. Ko‘zini g‘ira-shira ochib, Umidni imladi. Umid qulog‘ini Ustozga yaqinlashtirdi. Ust-boshingga ham... ichingga ham o‘zing ko‘z-quloq bo‘lib yur, bolam... Umid bir narsa esiga tushdi chog‘i, o‘rnidan turib borib deraza tokchasidagi gazeta to‘plamidan bittasini olib, varaqlashga tushdi. Bugun o‘qidim, dedi u ham Ustozga, ham shifokor yigitga bir yo‘la murojaat qilib. So‘ng gazetaning kerakli sahifasini ochdi-da, o‘qishga tutindi: «Kishilarning salomatligini saqlash, xavfsizligini hamda jamoat halovatini ta’minlash maqsadlarida yaratilgan turli xil kuzatuv asboblaridan keng foydalaniladi, biroq G‘arbda bu kabi uskunalardan ayg‘oqchilik va boshqa maqsadlarda ham unumli foydalanish ko‘pchilikka ma’lum haqiqatdir». Ustoz shogirdiga yalt etib qaradi. Siz odamlarning odamlar tomonidan kuzatilishini, umuman inson kuzatuvchi va kuzatiluvchi mavjudot–maxluq ekanligini o‘rganmoqchisiz, kuzatishda foydalaniladigan zamonaviy uskunalarning rivojlanib ketgani esa, eh-he-e, alohida mavzu. To‘g‘ri, dedi Umid bosh irg‘ab. Bularning G‘arbda yangiligi qolmagan, bizdagi gazetalar esa hammadan keyin xuddi yangilik topgandek ko‘chirib bosishadi. Umid Ustozdan eshitganlarini o‘zinikiga qo‘shib-chatib gapirishga odatlangan edi. O‘ylay-o‘ylay Ustoz uni shogirdlikka tanlab, o‘g‘lidek ko‘rgani sababini ham o‘zicha talqin qildi. Axir Ustoz unga taqdim etayotgan mavzu, muammo Umidning boshidan o‘tyapti-ku?! Bundan chiqdi, Ustoz Umidning turmush sharoitini ham, uyidagi ahvoldan tortib uning fe’l-atvorigacha obdon o‘rgangan, shundan so‘nggina unga shu mavzuni ravo ko‘rgan. Umid ichida yana bir bor Ustozga tan berib, bosh chayqadi... Ustozning nazari ko‘z o‘ngidan ketmaydigan bo‘lib qoldi... Qachon, qayerda va qay alfozda bo‘lmasin onasining ma’yus va dardchil nazaridan holi qololmaydi. U qo‘liga tutqazib qo‘yilgan vasiylik pattasida belgilangan shartlarga so‘zsiz rioya qiladi, mushtipar onaizorining «Opangga ko‘z-quloq bo‘l, bolam» degan iltijolari qulog‘ining ostidan ketmaydi, o‘zi garchi Opasiga izma-iz, qadam-baqadam poyloqchilik qilsa-da, xayolining bir chekkasida Opasi uni nazardan qochirmayotgandek tuyuladi. Boshqalar bilan ishim yo‘q deb o‘ylar edi Umid, shu aqidada u hech kim bilan apoq-chapoqlashmas, oshna-og‘aynilarini ko‘paytirmas, borlarini ham uyiga boshlab kelmas, uni so‘rab eshik qoqib keladiganlar ham deyarli yo‘q edi. Faqat keyingi paytda Ustozga qattiq bog‘langani demasa!.. Avvaliga Ustozning «ta’qib» etishi Umidga malol keldi, malol ham emas, uni o‘ylagani sayin Umid o‘zini qo‘yarga joy topolmay qolar, o‘ng‘aysizlanar, lekin Ustozning unga ko‘rsatgan mehribonchiligi bois shekilli ko‘p o‘tmay Ustozni o‘ylamay yurish g‘alati tuyuladigan bo‘lib qoldi. Lekin orada Kotiba qizning paydo bo‘lishi hamma narsani, Umidning xayol dunyosini ostin-ustun qilib yubordi. Bizda hamma hammaning nazarida... dedi o‘ychan bir alfozda Umid. Aziz ham o‘z xayollariga andarmon edi. Aslida bu yomon narsa emas, dedi u, hamma hammaning nazarida yashash bir tomondan yaxshi va to‘g‘ri ham, faqat... Nima, faqat? ko‘zini lo‘q qilib savol tashladi Farhod. Aziz Farhodning iddaosiga e’tibor qilmay so‘zida davom etdi: Faqat odamlar nima derkin, meni tanigan-netganlar qilayotgan ishimga, yurish-turishimga qanday baho berarkin degan o‘y, xavotir, hadik odamni o‘z holiga qo‘ymaydi, emin-erkin yurishiga, o‘ziga o‘zi xo‘jayin bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, oxir-oqibat bunday hayot tarzi odamning fikriga, o‘ylariga kishan soladi. Dunyo miqyosida olsak... Sen yolg‘izsan, odamlar ummoni ichida eson-omon qolishning birdan-bir chorasi kuchli va mustaqil inson bo‘lib yetishish!.. Nimaga qodir bo‘lsang, marhamat, o‘shanga erishgin-da, mashhurlik gashtini ham suraver, aqchangni ham qurutdek sanab ol-da, qandingni ur!.. Bizdagi odatlar esa taraqqiyot yo‘lida yugurib borayotgan odamning oyog‘iga sirtmoq ildirishdek gap! Falonchi menga e’tibor qilyaptimi? Pistonchi nima deydi? deb ming yoqqa alang-jalang qilguncha boshqalar ishini bitirib, dunyoni jig‘ildonidan o‘tkazib yuboryapti! Nazar-e’tibordan holi qolish kerak demoqchisan-da, shundaymi? Nazar-e’tiborga uchmaslik, unga aldanmaslik, undan hayiqmaslikka odatlantirishimiz kerak, odamlarimizni! Buni nimadan boshlash kerak, Aziz? savol qotdi Umid. Boshqalarni qo‘ya turaylik, o‘zing shunday yashay olasanmi? Yashay olaman! Yashayapman ham! Shunday yashasam va o‘zim dilimga tugib qo‘ygan, ko‘zlagan eng katta natijalarga erishsam odamlarga, sizlar qayg‘usini chekayotgan odamlarimizga sen bilan Farhod yopishib olgan, hayotlaringni bag‘ishlagan odamgarchiliklardan ko‘ra ko‘proq nafim, foydam tegishiga ishonaman. Nimadan boshlashga kelsak, bugun men aytsam va sen tushunsang, ertaga Farhod anglab yetsa... shu tariqa tarqaydi! Mana shunday yashash afzalroq ekanligini odamlar o‘z hayotlarida ko‘radilar, iqror bo‘ladilar! U yoqda... Onasi darvozadan kirib kelgan o‘g‘lini ko‘rdi-yu, xo‘rligi kelib yig‘lab yubordi. Qayoqda qolib ketding, bolam? Qara, bor. Meni yaqin yo‘latmayapti. Yaqin bormang, e’tibor beravermang dedim-ku. Bor, ayvonga chiq, tirqishdan qara-chi, dedi onasi unga shipshib. Sekin, oyi! qariyb jerkib yubordi Umid. Oh-vohingizni eshitib qolsa, battar qiladi. Men ov-voh qilmasam, san ko‘chadan beri kelmasang... Beparvo bo‘lib qolyapsan, o‘g‘lim, sezib turibman. Man bir yoqli bo‘lib ketsam!.. Umid bunday paytlardagi onasining diydiyolariga eti qotib ketgandi. Shu safar u kasali tutgan Opasiga atayin odatdagidek e’tibor qilmaslikni, ya’ni uni izidan qolmay, poyloqchilik qilmasligini, shu bilan uni o‘z holiga qo‘yishni sinovdan o‘tkazayotganini onasiga tushuntirgisi kelmayotgan edi, U ayvonga chiqib borsa qaytanga ishning pachavasi chiqishi muqarrarligini bilardi, faqat buyoqda onasining ko‘nglini o‘ksitmaslik uchun ham... Shu payt Opasining xonasida nimadir gursilladi, ketidan chinni idishning sharaqlab tushib, chil-chil singani eshitildi. Opasi qozonni boshi uzra ko‘tarib tokchaga otgan shekilli, Umid ayvonga irg‘ib chiqib borib, sezdirmaygina eshik tirqishidan mo‘ralaganida Opasi hamon ikki qo‘lini boshi tepasida ko‘targanicha devor tomonga xezlanib, oyog‘i ostiga chil-chil bo‘lib tushgan chinni parchalariga g‘olibona angrayib turardi. Opasi kapgir qirrasi bilan tokcha devorini urishga tushdi. Umid mo‘ralab turgan eshik tirqishidan oppoq g‘ubor pag‘a-pag‘a bo‘lib, sizib- sirg‘alib chiqa boshladi. Opasi o‘qchib yo‘taldi. Ro‘zg‘orimmi bo‘lak qilaman! Ko‘rsatib qo‘yaman, senlarga!.. Opasi shunday deb javraganicha qozonni tokchaga qo‘ydi, uning tegrasiga kosalarni qatorlashtirib terdi. O‘choqni shetga quraman!.. Qozonni to‘ldirib-to‘ldirib ovqatlar pishiraman! Ko‘rasanlar hali!.. U shunday deb ulgurmay, qo‘lida gugurt paydo bo‘ldi. Umid cho‘chib tushdi. Nima qilishini bilmay, orqaga alangladi. Onasi ayvonga chiqqan, o‘g‘lining orqasidan kelib ming xavotirda vujudi quloqqa aylanib turardi. Ichkarida gugurt chaqildi. Gugurtni berkitib yuring degandim-ku, oyi!.. Voy, sho‘rim qursin!.. Qattan oganini bilmasam!.. Umid zudlik bilan bir qarorga kelishi, qanday bo‘lmasin, ichkariga kirib Opasining qo‘lidan gugurtni tortib olishi yoxud aldab-suldab bo‘lsa-da, uning gugurt chertishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi. Shu payt mutlaqo kutilmagan favqulodda voqea yuz berdi! Aziz xorijda orttirib kelgan qarashlaridan qaytadiganga o‘xshamadi-yu, vaziyatni keskinlashtirmay Farhodning tutunini pasaytirish epini ham topdi. Men ham o‘zbekman, o‘zbekchilikdan kechish niyatim yo‘q, dedi u ko‘ksiga mushtlab. Bunday kazzoblik mening qo‘limdan kelmaydi. Otib tashlashimdan qo‘rqding-a? boyagindan ancha yumshab tirjaydi Farhod. Sendek qiyomatli do‘stimning ko‘ngli otishni tusagan bo‘lsa, men tayyor! deb yubordi Aziz tantanavor ohangda. Shartta otib tashla, g‘ring degan nomard! Ana o‘zbek, mana o‘zbek! Ha-xolab Azizni quchoqlab oldi Farhod. Mard yigitning odamgarchiligi mana shunaqa bo‘ladi. To‘g‘rimi, uka?! U shunday deb Umidning yelkasiga kafti bilan urdi. Umid kulimsiradi. Tirjayib qutilasan-a, ayyor! Biror narsa de, gapir! Umid Farhodning talabini yerda qoldirmadi. O‘zbek odamgarchilik yo‘lida ham o‘lib ketaveradi... Umid bir o‘q bilan ikki quyonni mo‘ljalga olgan, zero u o‘zicha Azizning g‘oyalariga ham, Farhodning norozilanishlariga ham to‘la qo‘shilmagan, har qanday ikki xil to‘g‘ri qarashdan uchinchi bir yanada tesha tegmagan oqilona yo‘lni topish mumkin degan aqidasidan kecholmayotgan edi... Azizga qolsa, Umid... onasining ko‘zyoshlarini, ojizona iltijolarini e’tiborsiz qoldirishi, Opasining jununi tutgan paytlar... u sog‘ligida ukasidan mehrini ayamaydi... Otalik qilayotgan Ustozdan voz kechishi, uning tepasida yuragini zardobga to‘ldirib o‘tirishdan ko‘ra, ilmini puxtalashtirish yo‘lini o‘ylashi... hatto Kotibaning bahridan... «Musofirchilikda yurib, uylanishni unutib yuborma, tag‘in» dedi Umid do‘stiga samimiy tanbeh berib. Azizning javobidan hayratga tushdi. «To‘g‘risini aytsam, oila qurishni xayolimga ham keltirmadim. O‘ylasam, yuragim uvishadi, chunki, uylansang, tamom, xotin, bola-chaqaning kamiga ilinasan!» Umid Kotibaga oshiqu beqaror bo‘lib qolganini yashirmadi, Aziz juda sovuqqonlik bilan yaxshi, degan ma’noda bosh irg‘adi. «Sevish-sevilishga nima yetsin, bu har kimga ham nasib etavermaydigan mo‘jiza, lekin uning iskanjasiga bir ilindingmi, umring bo‘yi undan qutilolmay xasratda o‘tasan. Buyog‘ini ham unutma, og‘ayni!» Demak, Umid Kotibaning bahridan... qabulxonada o‘rnidan qad rostlab, o‘ziga iltijo, mehr-shafqat bilan tikilib-termilgan nigohlari bilan uning ustidan bosib tushayotgan tog‘dek yukdan xalos qilgan Kotibaning... Ustozning xastaligidan o‘ziga sirdosh tutib boxabar qilgan, hushi qolib, tushlariga kirib chiqayotgan Kotibaning... Onasidek mehribonlik bilan «ovqatlanib oling» degan, uni ko‘rganda o‘zini yo‘qotib qo‘yayotgan, xayolini bir zum bo‘lsa-da, tark etmayotgan, tasavvurida hatto hovlisiga, uyiga borib, u bilan yonma-yon yurgan, turgan hushi qolib, tushlariga kirib chiqayotgan Kotibaning bahridan o‘tishi!.. Olim bo‘lish yo‘lida barchasidan voz kechishi!.. Aziz! Aziz do‘stim, qayoqdagi g‘alvalarni matoh deya ko‘tarib kelding, bizga, og‘ayni?! Oraga tushgan jimlik to‘fon bo‘sag‘asidagi qaltis va omonat sukunat ekanini Umid sezib turgandi. Aziz nima desa barini ma’qullashga o‘tgan Farhodning kutilmaganda muloyimlashib, ichida yig‘ib turgan zahrini purkash mavridini o‘g‘ri mushukday pusib poylayotganini ham taxmin qilib turgandi. O‘ylagandek ham bo‘ldi. Azizboy, og‘ayni, dedi Farhod tamoman aqldan ozgan odamni insofga chorlayotgan ohangda yasama bosiqlik bilan, inson inson bo‘libdiki, bir biridan andoza olib yashaydi,bir biriga o‘rgatadi, bir birini tarbiyalaydi. Nazorat deysanmi buni, oyog‘iga urilgan kishan deysanmi ixtiyoring, lekin o‘zbek shunday ya-shay-dd-i! O‘zbekchilikni, o‘zbekona odamgarchilikni chidaganga chiqargan!.. Hech kim hech kim bilan ishi bo‘lmaslik, har kim hushiga kelgan noma’qul buzoqning tezagini titib yuraverishi... gapning o‘g‘il bolasini aytsam, bola-chaqadan, ota-onadan voz kechish evaziga erishiladigan va sen maqtayotgan o‘sha tezlikning ham, shiddatning ham taraqqiyotiga qo‘shib aftiga tupurdim! Erishgan taraqqiyotiga qo‘shmozor qiladi, o‘shalaringni, xudo, tushundingmi?! O‘zbek ikki dunyodayam sen osmonga ko‘tarayotgan, aql-hushingni o‘g‘irlagan yo‘lga yurmaydi. Qayerda yashash ixtiyoring, illo-billo bu gaplarimni qulog‘ingga quyib ol, bola!.. Og‘ir bemorlar yotadigan palatalar bor-ku, dedi Ustoz ro‘parasida yoki yonginasida o‘tirgan kishilarga ortiqcha e’tibor ham qilmay qo‘ygan kunlarning birida, reanimatsiya deyisharmidi?.. Menga qolsa, o‘shanday palatalar shiftini gumbazli osmon qilib ishlashsa... Umid jimgina Ustozdan ko‘z uzmay o‘tiraverdi. Ustoz birmuncha fursat jim bo‘lib qoldi. Chamasi u boshlagan gapining mazmunini unutib qo‘ygandek edi. Umid avvaliga savolnazari bilan qaradi-yu, bemorni ortiq urintirmaslik niyatida indamay qo‘ya qoldi. Shunda Ustoz gapining davomini topdi: Aytmoqchimanki, o‘sha gumbazga yulduzlar surati tushirilsa, og‘ir yotgan odamning xayoli osmonga, yulduzlarga ketadi... Har kimni ko‘kda o‘z yulduzi kuzatib turgan bo‘ladi. Odamlarga aytolmay, oshkor etolmay ichingda qolgan gap-so‘zlaringni, orzu-niyatlaringni bor-boricha o‘sha yulduzlarga to‘kib solasan, ular jimgina tinglaydi, ra’yingni qaytarmaydi, sazangni o‘ldirmaydi, termile-eb seni kuzatib miltirab turaveradi... mayli-da, ancha yengil tortasan... Yana, menga qara, dedi qariyb dag‘dag‘a bilan Farhod zabtiga olib, «bu yoqda», «u yoqda» deb ja katta ketaverma! Aslini aytadigan bo‘lsak, har bir odammi izidan tushib, poylash o‘sha sening yurtingdan chiqqan! Odamlarni poylash, bosgan qadamini kuzatish, og‘zidan chiqqanini xufyona yozib olish ta’qib etish uskunalarining eng dodalarini ham o‘sha tomonlarda o‘ylab topishgan. To‘g‘rimi?! Umid munozara dahanaki jangga aylanib ketishidan xavotirda gapni hazilga burdi: Farhod ham uncha-muncha xalqaro sharhlovchidan kam emas, dedi kulib. Uyida televizorga yopishib olib, hamma narsani bilib yotadi. Haqiqatni aytganda, har bir odamni ta’qib etish, kuzatishni qo‘ya turaylik, og‘ayni, o‘sha sen maqtayotgan davlating yer yuzidagi hamma davlatlarni tepasida turgan kuzatuvchiga aylanib olmoqchi-yu! Burnini suqmagan joy qolmadi yer yuzida! Aziz qah-qah otib kulib yubordi. Nega mening davlatim bo‘ladi, Farhod?! Nega mening yurtim bo‘ladi u tomon, Umid?! Sal o‘ylab gapirsalaring-chi! O‘zing... Aziz Farhodni gapirgani qo‘ymadi. Gunohim uch yilga o‘sha yoqlarga borib kelganimmi?! Ko‘rgan-netganimmi senlarga gapirib berganimmi?! Shuning uchun meni ona yurtimdan badarg‘a qilmoqchimisanlar?! Mendan yuz o‘girmoqchimisanlar?! Baribir ovqat pishiraman!.. Qozonni to‘ldirib pishiraman!.. Opasi shunday deya qozonni tokchadan olib, uni devor poyiga taqab o‘rnatdi, cho‘k tushdi-da, bir parcha qog‘ozni g‘ijimlab uni yoqishga tutindi. Umidning qo‘li beixtiyor eshikka tegib ketdi. Izimdan poylab o‘l-a! Hu, turqing qursin, iskovuch!.. Opasi shunday deb keskin qad rostlamoqchi bo‘ldi-yu, qalqib ketib, joyiga o‘tirib qoldi. Kapgirni olib, o‘tirgan joyidan quruq qozonni daranglatib kavlashga tushdi. Bu orada Umid ichkariga mo‘ralab ulgurgan, lekin u yoqqa qadam bosishga jazm qilmagan edi. Kutilmaganda... Opasi o‘tirgan joyida bir nuqtaga tikilganicha xiyla fursat jim qoldi, shu holida u qotirib qo‘yilgan jonsiz tanaga o‘xshar edi. Umid Opasi yana qancha vaqtgacha qimir etmasligini o‘zicha taxmin qilib chamalayotganida Opasi go‘yo boshi qattiq og‘rigan odamdek ikki kaftini ikki chakkasiga bosganicha ko‘zlarini chirt yumdi, boshini orqaga tashladi, ko‘zini ochdi-yu, bu safar kaftlarini ko‘zlariga bosdi. Umid Opasining bunday xatti-harakatini birinchi bor ko‘rishi edi, eshik tirqishidan ichkariga kirib ketgudek alfozda tumshug‘i, basharasi bilan eshikka tirg‘aldi. Keldingmi, Umid, ke... Opasining tovushi shu qadar muloyim eshitildiki, azabroyi Umidning yuragi ezilib ketdi. Opasining shu ikki og‘iz so‘zida ham iltijo, ham boyagina aytgan haqoratlari uchun xijolatvozlik, ham... havas ohangi bor edi. Kiraver, ukam, yeb qo‘ymayman. Yoningdan ketmay qoldi-ku, yaxshi qiz ekan, qo‘rqmay kelaversin... Umid lom-mim deyolmadi, hali hech kimga oshkor qilmagan, hatto onasi ham ravshanroq sezmagan «yonidagi»ni, mana, Opasi xuddi ko‘rgan, bilgan, tanigandek aytib turibdi! Umid Opasiga ma’qul keladigan so‘z topishni o‘ylayotib, oyog‘ining yonginasida yotgan gugurtni sezdirmay olishni mo‘ljalladi. Biroq u bunga jazm etib ulgurmay Opasi boyagi-boyagi alfozda o‘tirgan joyidan gugurtni olib, ukasining qo‘liga tutqazdi. Uning xayoli hamon tiniqlashmagan edi, parishonligi ko‘zidan sezilib turgandi. Umid gugurtni kaftida tutganicha, uni yashirishga shoshilmadi. Chunki uning har bir xatti-harakati, ko‘z qarashi, hatto xayolidan kechayotganlari Opasiga qattiq ta’sir qilishini yaxshi bilardi. Men tuzalib qoldim, Umid, dedi Opasi boshini quyi egib mahzun tovushda, hammalaring kiraveringlar, ovqat suzib beraman... Vaqt allamahal bo‘lib qolganiga qaramay Umid Aziznikiga yetib borganida hovli charog‘on va gavjum edi. Chamasi Aziz ham ancha hayallab endigina kirib kelgan chog‘i, uni kutaverib toqati toq bo‘lgan qarindosh-urug‘, yor-birodarlar uni o‘rtaga olishgan, biri olib-biri qo‘yib chekka-chekkadan savol yog‘dirishar, Aziz shunchalik toliqqan ediki, ularning hech biriga yolchitib javob berolmayotgandi. Umid esa... Opasidagi o‘zgarishni ko‘rgan ko‘zlariga, gapini eshitgan quloqlariga ishonolmayotgandi. Nahotki, Kotibadan xabar topgan, nahotki, Umidning hardamxayol bo‘lib yurishlaridan ko‘ngli sezgan bo‘lsa?! Kelinning poyqadami yoqib, Opasi tuzalib ketsa-chi!.. Qo‘rqmay kelaversin, dedi, demak, Opasi Umidning uylanishiga qarshi emas, unga to‘sqinlik qilmaydi, balki kelin tushishini orzu qilayotgandek!.. Aziz qolib, hammani o‘ziga qaratib o‘tirgan Farhodning og‘zi qulog‘ida ekani darhol sezildi. Umid so‘ramasa-da, Farhod buning boisini tushuntira ketdi: Yoru do‘stlarning ko‘pligi shunday paytlarda ish beradi, uka, dedi u Umidga. Akam hujjatlarni topshirib qo‘yibdilar-da, buyog‘i qonuniy bitaveradi de-eb yuraveribdilar! Bir oyda ham navbat kelmagan! Man aytib qo‘ya qolay, umringni oxirigacha kut, navbat kemaydi ham!.. Voh-ho, hey-y!.. Bitta pechat deb, akam yo‘ldan qolib ketardi, o‘ziyam!.. Pechatni sen qo‘yib berdingmi? istehzo aralash so‘radi Umid. To‘g‘irladim-da, ishqilib. Yangi ulfatlardan birining amakisi o‘sha idora kattasi bilan oshna deb eshitgandim. Dangaliga bordim. Ish xalta dedim. Gap yo‘q dedi. Samolyot uchishiga to‘rt soat qolganda Aziztoyning hujjatiga pechat yumshoqqina qilib bosildi. Bir favqulodda holat boshqasini yetaklab keladi degan gapning qanchalar to‘g‘ri ekanini Umid o‘z tajribasida boshidan o‘tkazdi. U Opasidagi o‘zgarishdan hamon o‘zini qo‘yarga joy topolmas, uni birovga aytishga ham shoshilmayotgan edi, bir ko‘ngli Ustozdan xavotiri arimagan bo‘lsa-da, qiyomatli do‘sti bilan olis safar oldidan xayrlashib qo‘yish niyatida nihoyat Azizlarnikiga yetib kelganiga xursand, shu kayfiyatda xayollarini yig‘olmay Farhodning hangomalarini e’tiborsiz tinglab o‘tirganida telefon ovoz berdi. Kim qilyapti? Onasi emasdir? Farhod shu yerda, boshqa... tinchlik bo‘lsin-da, ishqilib!.. Ustozning uyidan bo‘lsa-chi?.. Xudo saqlasin!.. Xayoliga kelgan o‘ydan Umidning yuragi qinidan chiqib ketayozdi. Shoshilib, hatto telefon oynasiga ko‘z yugurtirmay, uning qulog‘ini ochdi. Labbay! Umid aka!.. Umid turgan joyida qotib qoldi. Asta-asta yurib, o‘zini odamlardan chetga oldi. S... siz... Sizmi? Men o‘zimman. Gapiravering, eshityapman, gapiravering!.. Umid aka, Kotiba qiz, u ham hayajonlandimi yoxud yig‘lamsiradimi, Umid shoshganidan tushunolmadi, diqqatini jamlashga harakat qilib, quloq soldi. Qiz zumda o‘zini qo‘lga olib, aytdi: Opoqi qo‘ng‘iroq qildilar, tezda uylariga yetib borar ekansiz!.. Umidning ko‘z oldida novcha do‘xtir yigitning bo‘y-basti paydo bo‘ldi. Opoqi uni birinchi safar, «Markazning bannisasidan, domlaga biriktirilgan do‘xtir» deb tanishtirganidan buyon yaxshi biladi, o‘sha-o‘sha do‘xtir yigit bilan ko‘p-ko‘p muloqotda bo‘ldi, uning o‘z kasbini puxta egallagani, bosiq va sinchkovligiga Umid ko‘p guvoh bo‘ldi. Nega u kecha yo bugun Ustozdan xabar olmadi? Bemorning ahvoli oldinga qaraydiganga o‘xshamayapti. Umid Farhod va Aziz bilan yonboshla-ab otamlashish uyoqda tursin, ular bilan bemalolroq gaplasha olmadi. Ayniqsa Kotibaning qo‘ng‘irog‘idan keyin u tamom o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Azizning o‘zi ham gurunglashadigan ahvolda emasdi, buning ustiga, hademay yo‘lga otlanishi, unga qadar yuklarini tartibga keltirishi kerak, buyoqda onasi sho‘rlik kelganingdan beri to‘yib gaplasha olmadim-a, o‘g‘lim, deb ko‘z yoshi qilib oldi. Aziz Umidni ko‘chaga kuzatib chiqdi. Quchoqlashib, xayrlashishdi. Yur, olib ketaman, dedi Aziz hazillashib. Dunyo juda keng, og‘ayni... Umid Ustozning uyiga yeta-etgunicha shuni o‘ylab bordi. Darhaqiqat, nega biron marta chet yurtlarga borishni ko‘ngli tusamadi? O‘ylab ko‘rmadi, havas ham qilmadi? Aziz tengquri, o‘zi bilan birga ulg‘aydi, hayotda yo‘lini topib oldi. Yo‘lini topganmikan? U asli shunday: doim hech kimning xayoliga kelmagan bir g‘alvani boshlab yuradi. Xorijda, musofirchilikda nimalar qilib tentirab yuribdi? Boya kimdir so‘radi-ya: topish-tutishingni tayini bo‘lmasa uyoqlarda nimalar qilib yuribsan o‘zi, Aziz deb. Darvoqe, Umid ham, Farhod ham shuni so‘rab-netishmadi. Nima qilib yuribdi, Aziz musofirchilikda?.. Ikki hafta burun uchrashishganda Umid shunga yaqin savol qotdi. O‘zim ham bilmayman, dedi Aziz. Bir oz o‘tib, to‘satdan o‘zi xuddi endi anglab yetgan yangilikni aytayotgandek chiroyi ochilib dedi: u yerda meni kuzatuvchilar yo‘q. Hech kimning men bilan ishi yo‘q. Men o‘zimga o‘zim xo‘jayinman. Falonchi nima derkin, falonchiga yoqarmikan-yoqmasmikan, degan tushunchalarni unutib ham yuborasan, buning zavqini tushuntirib berolmayman, Umid... Talabalik yillari Katta cho‘lga paxta terimiga borishgan. Kunda-kunora barakda Azizni izlab qolishar, saboqdoshlar orasida o‘rnatilgan qattiq tartib-intizomga, ustma-ust berilayotgan tanbehu ogohlantirishlarga qaramay, Aziz yana tuman yo viloyat markaziga ketib qolaverar edi. Uyoqlarda nima qilasan, sandiroqlab Aziz, deb so‘radi, bir kuni Umid. Aziz aytdi rayon markazimi, oblast markazimi ahamiyati yo‘q, muhimi seni hech kim tanimaydigan, birortayam tanish-bilish bo‘lmagan joylarda yursang o‘zingni mutlaqo boshqacha his qilasan, odam!.. Demak, bundan chiqdi, Aziz o‘zi bilmagan, anglab yetmagan holda, mana endi Ustozni o‘ylantirayotgan Umid o‘rganishga chog‘lanayotgan bir holatni o‘zida sinab ko‘rgan, hamon sinashda davom etmoqda. Ustozingni Kotibasiga shunchalik ishqing tushibdi, qandingni ur, sevgi-muhabbat odamni boshqa barcha mashmashalardan xalos etadi, dedi Aziz. Bu gapni u Umidga havasi kelib aytgandek tuyuldi. Rahmat, deb og‘zining tanobi qochdi Umidning. Biroq Azizning gapi tugamagan ekan. Dunyoning tashvishlaridan qutqarishga qutqaradi-yu, uning o‘zi dunyoga sig‘maydigan g‘alva, iztiroblarga duchor qiladi odamni... Do‘stining gapi qanchalik og‘ir botmasin, haqqi rost, Umid buni ko‘rib-bilib yuribdi: hamma o‘y-tashvishlari ham bir, Kotiba qiz o‘g‘irlagan xayollari ham bir!.. Uning diydoriga yetishish uchun Umid boshqa har qanday aziz narsasini boy berishga tayyor!.. U butun diqqat-e’tiboriyu sa’y-harakatini bir narsaga bag‘ishlamoqchi, shu yo‘lda, Aziz do‘sti uqdirmoqchi bo‘layotganidek, hech narsaga chalg‘imaslikka, o‘zini shu maqsadga bag‘ishlamoqchi va odamlardan kuzatuvchimisiz yo kuzatiluvchimisiz deya so‘ramoqchi, shu birgina savolni «Ust-boshingizga qarab qo‘ying degandek juda oddiy, jo‘n va kundalik savolga aylantirmoqchi, nasib etsa odamlarni hamisha ushbu savolga javobi tayyor bo‘lmoqlikka undamoqchi, odatlantirmoqchi edi... Opasiga vasiylik, ya’ni poyloqchilik, ya’ni kuzatuvchilik burchi haqida... unday desa, chuqurroq o‘ylab ko‘rsa, u Opasini emas, Opasi uni ko‘proq, sinchkovroq kuzatishini sezib qoldi, buyoqda onasi, Ustozi, qolaversa, jonajon do‘sti Farhod ham uni holi-joniga qo‘ymay kuzatishi, Umid ular uchun kuzatiluvchi ekanligi Umid bularning hech biridan xalos bo‘lib, o‘zini ulardan daxlsiz his eta olmasligini o‘ylab, axir onasining iltijolari qulog‘ida, fikr-xayoli Opasida, Ustozning tepasidan jilayotgani yo‘q, qiyomatli do‘stlari bilan odatdagidek hamnafas, faqat shunday bir paytda favqulodda mo‘jiza yuz berdi!.. Bu mo‘jiza Umidning tamomila o‘ziga bandi qildi-qo‘ydi!.. Buni birinchi bo‘lib Opasi sezdi, topib aytdi u faqat Kotiba qiz uning yonida emas, ichiga vujud-vujudiga singib ketdi, fikri xayoliga, nafasiga aylandi!.. Siz, dedi Umid qizga yasama o‘qrayib. Siz o‘zingiz, dedi Kotiba qiz o‘pkalanib. Siz!! deb yuborishdi ular bir-birlariga va baravariga qah-qah otib kulib yuborishdi... Umid shoshganicha Ustozning hovlisiga kirib keldi, to‘xtamay yurib borarkan, opoqi bilan kampirning ravonda bemor yotgan karavot tepasida kuymalanishib turishganini ko‘rdi. Opoqi Umidning sharpasini sezdi-yu, piqillab yig‘lab yubordi. Umid Ustozning katta-katta ochilgan va lekin hech bir ma’noni uqish qiyin bo‘lgan ko‘zlariga qarab qo‘rqib ketdi. Gapiray degandi, tili kalimaga kelmadi. Kelaqolinglar! dedi opoqi hovli tomonga qarab. Ravonga avval keksa yoshdagi oq sochli kishi, izidan novcha do‘xtir yigit kirishdi. Keksa kishi vazmin qadamlar bilan bemorning tepasiga bordi, do‘xtir yigit ko‘zini bemordan uzmay bosh egib karavot yonida ukasining yelkasiga kaftini bosib turgan kampirga salom berdi. Kampir betini ters burdi, uning umid iplari uzilgan qarashlarida «Senlar uddasidan chiqadigan yumush qolmadi» degan achchiq iddaoni uqish mumkin edi. Novcha do‘xtir yigit shoshilinch jomadonchasini ochib, undan allaqanday asbob-anjomlarini chiqarib, oq sochli kishiga uzatdi. U kishi kerak emas degan ma’noda bosh chayqadi. Shifokor yigitning shundayiga ham oftob ko‘rmagan betidan battar qon qochdi. Umidning vujudini qo‘rquv qamrab oldi. U o‘ziga o‘zi judayam ojiz, bechora tuyilib ketdi. Nima qilish kerak?! Qanday voqea yuz beryapti? Nima bo‘ladi endi?! Shartta ravondan, so‘ng hovlidan chiqib duch kelgan tomonga qochib ketsa-chi? Ustozning shu ahvolini ko‘rmasa, hech narsani eshitmasa?! Qochib chiqsa-yu, hamma-hammasini unutsa?.. Ko‘ziga hech narsa ko‘rinmasa... Ko‘rinmasa... Ko‘zlariga... Juda g‘alati bo‘lgan-a, Umid aka! Tavba, ichkaridan shunday bir ahvolda chiqib keldingiz-u, sizga qaraganimcha o‘zim ham ko‘z uzolmay qolibman! Siz o‘zingiz ham churq etmay qarab turavergansiz-a? Xalal bermay deganman... Nimaga xalal bermay degansiz? Farishtalarga... O‘sha jim bo‘lib bir-birimizga tikilib, termilib qolganimizda farishtalar ikkovimizning qalblarimizni qovushtirib qo‘yishayotganini sezgandayman. O‘shalarga xalal bermay deganman!.. Hovlidagi so‘ri yonida paydo bo‘lgan ko‘laganing Maqsud ekanligini Umid bir qarashda tanidi. Maqsud shoshilib, lekin shovqinsiz yurib kelib, o‘zini ravonga urdi. Hech kimga qaramay, to‘g‘ri otasining yoniga kelib cho‘k tushdi. Dada!.. Maqsudning tovushi bo‘g‘ildi. U dik etib turib eshik tomon yugurdi. Ostonada paydo bo‘lgan qora soqolli, basavlat, uzun chakmon kiygan, ko‘k do‘ppili mo‘ysafid domlani ichkariga shoshirdi. Uni ko‘rgan ayollar izma-iz ravonni tark etishdi. Mo‘ysafid vazmin yurib, bemorning tepasiga bordi. Ikki barmog‘ining sirtini Ustozning manglayiga tekkizib, issig‘ini bilmoqchidek bir zum jim qoldi. Bemorning og‘ir-og‘ir, uzuq-yuluq nafas olishiga razm soldi. Yer ostidan shifokor yigitga nazar tashladi. Shifokor yigit qo‘lini qovushtirganicha o‘zini chetga olgan, boyagindan ko‘ra xiyla xomush tortgan, bu orada oq sochli keksa kishi tashqariga chiqdimi, ravonda ko‘rinmay qolgan edi. Mo‘ysafid domla xontaxta yonidagi ko‘rpachaga cho‘k tushganicha ovozini pastlatib, o‘ziga o‘zi gapirayotgandek pichirladi: Har jonning izni o‘zingda, parvardigor... Bor qilguvchi ham, yo‘q qilguvchi ham o‘zing... Umid yalt etib domlaga qaradi. Mo‘ysafid unga e’tibor qilmadi. Yarim tun sukunatiga ozor yetkazmaygina jaranglay boshlagan sadoni eshitgan Umidning a’zoi badani jimirlab ketdi:
Manba:
Nomi | Kuza |
Muallif(lar)i | Xurshid Do‘stmuhammad 1947 |
Yaratilgan vaqti | 17.12.2023 |
Nashr yili | 0 |
Nashr parametri | |
Nashriyoti | O'zbekiston |
Qo‘llanish sohasi | adabiyotshunoslik |
Adabiy turi | Dramatik |
Janri | adabiy maktub |
Voqea vaqti va joyi | - |
Matn tipi | detektiv |
Uslubi | Badiiy |
Auditoriya yoshi | Umumiy |
Auditoriyaning salohiyat darajasi | adabiyotshunoslik |
Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
So‘z(shakl) miqdori | 0 |
Teglovchi | Kamoliddin |