Kontekst:
“Barchamizga ma’lum, jahon tajribasiga ko‘ra, yangi texnologiyalarning rivojlanishi hamda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi bozorlaridagi raqobatning kuchayishi milliy korxonalarda innovatsion faoliyatni yanada kuchaytirish va samarali tashkil etishga qaratilmoqda. Bu esa, aholining tez o‘sib, o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, so‘nggi kashfiyot ishlanma va texnologiyalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishda zamonaviy usullardan keng ko‘lamda foydalanishni taqozo etmoqda. InnoWeek doirasida “Xalqaro innovatsiyalar yarmarkasi”, “Xalqaro innovatsion-investitsion forum” va “Xalqaro robototexnika musobaqasi” kabi muhim tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlarda Avstriya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Turkiya, Estoniya, Eron, Qozog‘iston, AQSh kabi dunyoning 30 dan ortiq davlatlari, nufuzli xalqaro tashkilot va kompaniya vakillari, ilm-fan va innovatsiyalar sohasining yetuk mutaxassislari tashrif buyurgan”,—deydi tadbirda so‘z olgan Bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov.
Manba:
Nomi | Toshkentda InnoWeek doirasidagi Xalqaro innovatsion-investitsion forum o‘z ishini boshladi |
Muallif(lar)i | daryo.uz sayti |
Yozilgan vaqti | 23.01.2022 |
Internetga joylangan vaqti | 23.10.2018 |
Kiritilgan vaqti | 23.01.2022 |
Qo‘llanish sohasi | OAB |
Matn tipi | |
Uslubi | Publisistik |
Auditoriya yoshi | |
Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
NET-manzili | https://daryo.uz/2018/10/23/toshkentda-innoweek-doirasidagi-xalqaro-innovatsion-investitsion-forum-o%ca%bbz-ishini-boshladi/ |
Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
Gap soni | 0 |
So‘z(shakl) miqdori | 0 |
Teglovchi | Operator |