Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

8-aprel kunidan 9-aprelga o‘tar tunda, taxminan soat 1:30 da Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga tan shikastlari bilan erkak kishi kelib tushgani to‘g‘risida xabar keldi. Tergovoldi tekshiruvi davomida ma’lum bo‘lishicha, shu tunda Uchtepa tumani 25-kvartalidagi eski 2-son taksoparki binosida faoliyat olib boruvchi sexlar ishchilari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shovqinga 3-qavatdagi sex egasi bo‘lgan 34 yoshli tadbirkor ham chiqib, ishchilarni tinchlantirmoqchi bo‘lgan. Ammo metall konstruksiyalari ishlab chiqaruvchi sex ishchilari tadbirkorga tan shikastlari yetkazgan. Ushbu hodisada sexlar ishchilaridan tashqari hech kim qatnashmagan, shunigdek chetdan birov bostirib kelmagan.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiIIBB: Toshkentda tadbirkorga tan jarohatlari yetkazgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Muallif(lar)i daryo.uz sayti
Yozilgan vaqti23.01.2022
Internetga joylangan vaqti11.04.2019
Kiritilgan vaqti23.01.2022
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttps://daryo.uz/2019/04/11/iibb-toshkentda-tadbirkorga-tan-jarohatlari-yetkazgan-shaxslarga-nisbatan-jinoiy-ish-qo%ca%bbzg%ca%bbatildi/
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator