Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Yuqoridagi omillarni e’tiborga olgan holda tashqi sayyoralar tarafdagi birinchi va hozircha yagona qo‘nish aynan Titanga amalga oshirilgani bejiz emas. Titanga tomon yo‘lni “Gyuygens” apparati olis 1997-yilda boshlandi. U NASA’ga tegishli “Kassini” sayyoralararo avtomat stansiyasi bortida sayohatga chiqdi. Kassini apparati Saturnga 2004-yil so‘ngida yaqinlashdi va 25-dekabr kuni “Gyuygens” zondi “Kassini”dan ajralib, Titan tomonga yo‘l oldi. 14-yanvar kuni esa olimlar zondni nihoyat Titanga qo‘ndirish ishlarini boshladi. Zond Titan atmosferasi bo‘ylab 2 soat 28 daqiqa mobaynida ichkariga tushib bordi va qandaydir yumshoq qatlamli yuzaga ohista qo‘ndi. Bu juda ulkan muhandislik muvaffaqiyati bo‘lib, odamzot o‘zidan milliardlab kilometr naridagi begona obyektga bu qadar aniq qo‘nishni birinchi marta uddaladi.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiTitandagi metan sohilga qo‘nish. 14-yanvar – “Gyuygens” zondi Saturn yo‘ldoshi Titanga qo‘ngan kun
Muallif(lar)i daryo.uz sayti
Yozilgan vaqti23.01.2022
Internetga joylangan vaqti14.01.2020
Kiritilgan vaqti23.01.2022
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttps://daryo.uz/2020/01/14/titandagi-metan-sohilga-qonish-14-yanvar-gyuygens-zondi-saturn-yoldoshi-titanga-qongan-kun/
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator