Kontekst:
Mustaqillik bayrami munosabati bilan 113 nafar mahkum afv etildi. Ularning besh nafari asosiy jazodan ozod etildi, 53 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 15 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 40 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi. Afv etilganlar orasida navoiyshunos tadqiqotchi Akrom Malik, Toshkentdagi “Xo‘ja Nuriddin” masjidining sobiq imomi Ruhiddin Faxriddinov, san’atshunos Iskandar Xudoyberganov, Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi sobiq xodimi Rustam Abdumannopov kabilar bor (ularning hammasi 159-modda bilan hukm etilgan).
Manba:
| Nomi | Haftalik dayjest: Aziz Abduhakimovga besh lavozim; kimga amnistiya, kimga unvon muborak; kalta paypoq mashmashasi |
| Muallif(lar)i | daryo.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 30.08.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://daryo.uz/2020/08/30/haftalik-dayjest-aziz-abduhakimovga-besh-lavozim-kimga-amnistiya-kimga-unvon-muborak-kalta-paypoq-mashmashasi/ |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |