Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Nensi Anderson o‘zining "Ehtiros bilan ishlang" kitobida ehtiros haqida shunday yozadi: "Ehtiros - bu kuchli hayajon to‘pa ruhlanish. Bunday sezgi biror-bir narsaga va odamga nisbatan kuchli e’tiborga ega odamlarda bo‘ladi. Insondagi ehtiros jumbushga kelsa, yaxshilik qilishi ham, yomonlikka qo‘l urishi ham mumkin. Tarixda ehtirosi kuchli odamlar nimalarga qodirliklarini ko‘rsatib kelishgan. Hech qaysi sevgi tarixi, odamzot hayotidagi iqtisodiyot borasidagi o‘zgarishlar, falsafa yoki san’at sohasi bo‘ladimi, ehtirosi kuchli shaxslarning ishtirokisiz bo‘lmaydi. Har qanday odam jumbushga keladigan ehtirosni his etishi mumkin. Lekin hamma ham unga suyanib ish ko‘rmaydi. Biz bu tuyg‘uni ko‘pincha yashiramiz, chunki yoshlikdan olgan tarbiyamiz tufayli uni ko‘pincha bog‘lab qo‘yishimizga to‘g‘ri keladi. Kuch - bu harakatlana olishdir. Voyaga yetib, qarorlarni o‘zingiz tanlaysiz. Endi o‘zingiz xohlamagan ishingizni qilishingizga hojat yo‘q - siz o‘zingiz yoqtirgan va istagan ishingizni qilishingiz mumkin. Mana shu harakatlanishdagi ehtirosdir".

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiMillioner singari o‘ylash
Muallif(lar)i Mark Aller
Yaratilgan vaqti17.05.2024
Nashr yili0
Nashr parametri-
Nashriyoti-
Qo‘llanish sohasi adabiyotshunoslik
Adabiy turiEpik
JanriO‘quv qo‘llanma
Voqea vaqti va joyi-
Matn tipitasviriy
Uslubi Badiiy
Auditoriya yoshiUmumiy
Auditoriyaning salohiyat darajasiadabiyotshunoslik
Ichki korpus turiBadiiy asarlar korpusi
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiEBB