Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Pilat seskanib ketib, xirqiroq ovoz bilan dedi: — Obbo, shu narsani oddini olish xayolimdan faromush bo‘lgan ekan-da! — Aslo bezovta bo‘lmang, prokurator, — dedi Afraniy va hikoyasini davom ettirdi: — Ko‘zlarini quzg‘unlar cho‘qigan Dismas bilan Gestasning jasadlarini topishgach, darhol uchinchi jasadni axtarishga kirishishgan. Saldan keyin uni ham topishgan. Bir odam. — Leviy Matvey, — dedi Pilat savol ma’nosida emas, ko‘proq tasdiq ma’nosida. — Shundoq, prokurator. Leviy Matvey Taqir Tepaning shimoliy yonbag‘ridagi bir g‘or ichida qorong‘i tushishini kutib o‘tirgan. Ieshua Ha-Notsrining yalang‘och jasadi ham uning yonida bo‘lgan. Soqchilar qo‘llarida mash’ala bilan g‘orga kirishganida Leviyning ruhi tushib ketib, g‘azablaia boshlagan. U: "Hech qanday jinoyat qilganim yo‘q, har bir inson, qonunga ko‘ra, agar xohlasa, qatl etilgan jinoyatchini dafn etish huquqiga ega", deb chinqirgan. Keyin jasaddan ayrilishni istamasligini aytgan. U qattiq hayajonlanib, tuturiqsiz gaplarni baqira boshlagan, goh yolvorgan, goh dag‘dag‘a va haqorat qilgan. — Uni qo‘lga olishgandir? — deb so‘radi Pilat noxushlik bilan. — Yo‘q, prokurator, yo‘q, — deb taskin berdi Afraniy, — gustoh telbaga, jasad albatta dafn etiladi, deb tushuntirishgan.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiUsta va Margarita
Muallif(lar)i Mixail Bulkanov
Yaratilgan vaqti07.05.2024
Nashr yili2021
Nashr parametri-
NashriyotiO’zbekiston
Qo‘llanish sohasi adabiyotshunoslik
Adabiy turiEpik
Janriroman
Voqea vaqti va joyi20 asr
Matn tipitasviriy
Uslubi Badiiy
Auditoriya yoshiUmumiy
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
Ichki korpus turiBadiiy asarlar korpusi
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiZulfiya