Kontekst:
Marg‘ilonda Uzunhovuz degan tarixiy joy bor. Shu yerda 50 sotix maydonda joylashgan eski mahalla bor. Har qancha ’snos’lar va yangi qurilishlar bo‘lsa ham mana shu mahallani buzishga bermadik. Otabek va Kumushning uyini aynan shu yerdan qurishni niyat qilganmiz. Bu bo‘yicha marshrut ham tuzilgan, loysuvoqli uylardan iborat eski mahalla tashkil etishni ham maqsad qilganmiz. Afsuski, ish ko‘payib ketib, tashabbus sal to‘xtab qoldi. Ammo loyihadan voz kechganimiz yo‘q, 2021-yilda shu ishni amalga oshiramiz. Buning uchun viloyat hokimligidan ham yordam beriladi. ’O‘tkan kunlar’ni o‘qigan odam borki, albatta, Marg‘ilonni ko‘rishni istaydi. Haqiqiy shu kinodagi jarayonni, ya’ni Kumush suv olgani hovuzga chiqqan holatini ko‘rsatib beramiz. Butun O‘zbekistondan mehmonlar keladi.
Manba:
| Nomi | Marg‘ilon shahriga 2021-yilda “Jahon hunarmandlari shahri” maqomi berilishi mumkin |
| Muallif(lar)i | daryo.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 15.12.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://daryo.uz/2020/12/15/margilon-shahriga-2021-yilda-jahon-hunarmandlari-shahri-maqomi-berilishi-mumkin/ |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |