Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Ana shunday tadbirlar doirasida jurnalistlar Jaloliddin Rumiyning 22-avlodi Esen Chelebi xonim bilan uchrashuvda ham qatnashdi. Samimiy va ochiq ruhdagi suhbat oldidan olima dastavval Mavlono ijodiga mansub satrlardan o‘qib berdi. Shundan so‘ng jurnalistlarning savollariga birin-ketin javob bera boshladi. Jumladan, o‘zbekistonlik jurnalist Karimberdi To‘ramurod dunyoda mavlaviyxonalar, mavlaviya maktablari mavjudligi, bugungi kunda Rumiyning avlodlari orasida xuddi uningdek masnaviy yozayotganlar bor yoki yo‘qligiga qiziqdi. Savolga javoban Chelebi xonim haqiqatda ham yer yuzida mavlaviyxonalar mavjudligi, biroq ularning hech biri ishlamasligini aytdi. Mavlononing ijodi nazariy jihatdan Sharq va G‘arbda yetarlicha o‘rganilayotganligi, biroq bugungi avlod ichidan Rumiydek masnaviylar yozadigan, uning yo‘nalishiga o‘xshash uslub egasi yo‘qligini bildirdi. Yana bir jurnalist Rustam Jabborovning “Rumiy hazratlari ona tarafdan Xorazmshohlar avlodiga borib taqaladilar, ularning otalari Bahovuddin Valad ham uzoq muddat Alouddin Muhammad Xorazmshoh saroyida xizmat qilgan. Shu bois biz, o‘zbekistonliklar ham Jaloliddin Rumiyga qaysidir ma’noda vatandosh ekanligimiz bilan faxrlanamiz”, deya savol yo‘llab, olimaning O‘zbekistonga borish haqidagi rejalari bilan qiziqdi.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiRumiyning 22-avlodi Esen Chelebi: “Hozircha O‘zbekistonga borish nasib etmadi, ammo bu orzumni amalga oshirish istagidaman”
Muallif(lar)i daryo.uz sayti
Yozilgan vaqti23.01.2022
Internetga joylangan vaqti18.12.2020
Kiritilgan vaqti23.01.2022
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttps://daryo.uz/2020/12/18/rumiyning-22-avlodi-esen-chelebi-hozircha-ozbekistonga-borish-nasib-etmadi-ammo-bu-orzumni-amalga-oshirish-istagidaman/
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator