Kontekst:
G‘arbliklarning o‘zlari Salohiddin haqida ushbularni zikr qilishadi: “Salb urushlari sarkardalarining eng buyuk va shijoatlisi, sheryurak Richard kasal bo‘lib qolganining xabari unga (Salohiddinga) yetib boradi. Salohiddin unga xos tabibini yuboradi. Tabib o‘zi bilan birga dori-darmon va bu salbchi sarkarda topa olishi mushkul bo‘lgan mevalardan olib boradi. Bu voqea ularning o‘rtasida urush qizigan, qo‘shinlar jang qilayotgan paytda bo‘ldi! Yana g‘arbliklar eslashlaricha, bir ayol sulton Salohiddinning chodiriga yig‘lab, qarg‘anib kirib keldi. U sultonga askarlaridan ikkitasi bolasini o‘g‘irlab ketganidan shikoyat qildi. Buni eshitgan Salohiddin yig‘lab yubordi va bolani izlash, topib onasiga topshirish uchun odam jo‘natdi. Ayolni esa, qo‘riqchi bilan jamlog‘iga eson-omon yubordi”.
Manba:
| Nomi | Islom hazorasi |
| Muallif(lar)i | Ahmad Muhammad Mubashshir |
| Yaratilgan vaqti | 25.04.2024 |
| Nashr yili | 2004 |
| Nashr parametri | - |
| Nashriyoti | Movarounnahr |
| Qo‘llanish sohasi | islomshunoslik fanlari |
| Adabiy turi | Epik |
| Janri | drama |
| Voqea vaqti va joyi | - |
| Matn tipi | tasviriy |
| Uslubi | Badiiy |
| Auditoriya yoshi | Umumiy |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | adabiyotshunoslik |
| Ichki korpus turi | Badiiy asarlar korpusi |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Nodira |