Kontekst:
Oradan sal o‘tib, 1820-yilda Daniyalik fizik olim Ersted elektr toki ta’sirida kompasning magnit strelkasini harakatga kelayotganini payqab qoladi. Bundan xabar topgan uning hamkasbi Argo, aynan shu hodisadan telegraf yasash uchun foydalanish g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi. Ya’ni, g‘oyaga ko‘ra, elektr simga qanday kuchlanish berilganiga qarab, telegrafning ko‘rsatkich strelkasi muayyan ma’lum burchakka og‘adi va alifbodagi biror harfga ishora qiladi. Misol uchun, 12 volt tok yuborilsa, strelka 30 darajaga og‘ishi mumkin va bu aytaylik “M” harfiga ishora qiladi va hokazo. Shu tariqa, tarixda birinchi elektromagnit telegraf ixtiro qilingan edi. Mazkur ixtironing ilk amaliy ishlaydigan namunasi 1835-yilda Bonn shahrida o‘tkazilgan ko‘rgazmada baron Shilling ismli shaxs tomonidan namoyish qilingan va texnika mo‘jizasi sifatida hammaning hayratiga sabab bo‘lgan. Bonndagi ko‘rgazmada elektromagnit telegraf namunasini ko‘rib qaytgan Angliyalik Uilyam Kuk ham Buyuk Britaniyada birinchi telegrafni yasagan va ishga tushirgan. Tarixda ilk telegraf tarmog‘i esa 1838-yilda Myunxenda ishga tushirilgan bo‘lib, u 5 km uzunlikdagi masofada xat-xabar almashinar edi.
Manba:
| Nomi | Rassom ixtirosi. 8-fevral messenjerlarning “bobokaloni” – telegraf ixtiro qilingan sana |
| Muallif(lar)i | daryo.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 08.02.2021 |
| Kiritilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://daryo.uz/2021/02/08/rassom-ixtirosi-8-fevral-messenjerlarning-bobokaloni-telegraf-ixtiro-qilingan-sana/ |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |