Kontekst:
Sud hujjatlariga ko‘ra, 2021 yilning 31 oktyabr kuni ayblanuvchi ukasining onasi bilan janjallashib qolganidan xabar topib, uni izlab yo‘lga chiqadi. Ukasining o‘rtoqlari bilan ulfatchilik qilib turgani ustida chiqib uni mashinasiga mindirib uyga olib keladi. O‘sha kuni qarindoshlarnikida to‘y marosimi bo‘layotgani bois aka ukani mast holda qayta ko‘chaga chiqib ketmasligi uchun sim bilan oyoq qo‘lini bog‘lagancha molxonaga qamab o‘zi to‘yga ketadi. O‘sha kuni yarim tunda to‘ydan qaytgan aka to‘g‘ri molxonaga borib ukasining qimir etmay yotganiga guvoh bo‘ladi. Kunduzgi jahl tarqamagani bois uni o‘ldirish maqsadida mashinasi yukxonasiga solib, tumanning Pachkamar hududiga olib boradi. Keyin esa uning hushsiz ekanligini bilgani holda ustidan benzin qo‘yib yoqib yuboradi.
Manba:
Nomi | Ukasini tiriklayin yoqib yuborgan qotil akaga hukm o‘qildi |
Muallif(lar)i | uza.uz |
Yozilgan vaqti | 25.05.2022 |
Internetga joylangan vaqti | 25.05.2022 |
Kiritilgan vaqti | 28.08.2023 |
Qo‘llanish sohasi | OAB |
Matn tipi | muhokama |
Uslubi | Publisistik |
Auditoriya yoshi | 18+ |
Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
NET-manzili | https://uza.uz/uz/posts/ukasini-tiriklayin-yoqib-yuborgan-qotil-akaga-hukm-oqildi_375372 |
Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
Gap soni | 0 |
So‘z(shakl) miqdori | 0 |
Teglovchi | Operator |