Kontekst:
– Hozirda tomorqamdagi bog‘da 50 tupga yaqin nok, 20 tupga yaqin olma, 40 tupdan ortiq uzum va anorlar yetilib turibdi, – deydi keksa tomorqachi Ollabergan og‘a. – Bundan tashqari bog‘ qator oralariga pomidor, sabzi, piyoz, kartoshka, bulg‘or qalampiri, tarvuz va qovun ekkanman. Ko‘rib turganingizdek, pishiqchilik mavsumida hamma meva-cheva o‘zimizdan chiqadi. Bu ham ro‘zg‘orga baraka degani. Bir parcha yerni uvol qilmay, bog‘dorchilik qilayotgan ovuldoshlarimni ko‘rib, yanada quvonaman. Biz kabi keksalar esa yoshlarga o‘z tajribalarimizni o‘rgatib kelyapmiz.
Manba:
| Nomi | Tomorqa dehqonchiligi – ro‘zg‘orga baraka |
| Muallif(lar)i | kknews.uz |
| Yozilgan vaqti | 24.07.2023 |
| Internetga joylangan vaqti | 24.07.2023 |
| Kiritilgan vaqti | 20.08.2023 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | muhokama |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | 18+ |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
| NET-manzili | https://kknews.uz/uz/159081.html |
| Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |