Kontekst:
– Quloqlashtirish siyosatidan onamiz bilan otamiz ham chetda qolishmagan. To‘da qishlog‘idagi bobomizdan meros jamiki mol-mulk, dov-dastak musodara qilinadi. 1939-yili 28 ga kirgan otamiz Komiljon Isomiddinovga “Yo otilasan, yo bosh olib ket!” degan talabni qo‘yishgan. Shu yili bir ilojini topib, Tojikiston orqali Surxondaryoga o‘tib ketishga, beomon surgundan amallab qochishga ulguradi. Sal o‘tib onamiz ham bola-baqrani bag‘riga bosib, otamiz ortidan ketadi, – deya savollarimizga Ahmadjon aka batafsil javob beraverdi. – Otamiz ro‘zg‘orni butlash, qahatchilig-u yo‘qchilikdan eson-omon chiqish uchunam “Oq oltin” nomli kolxozdan beri kelmay ishlayvergan. Olti qiz, ikki o‘g‘ilni kolxozda ketmonchilik, guruh boshlig‘i, keyin rais bo‘lib voyaga yetkazgan. Onamiz ham 60 yil o‘sha kolxozda ketmon chopadi, paxta ekadi, pilla, qurt tutib, egatlarga suv taraydi – yer nimani so‘rasa, barini o‘rinlataveradi. Otamiz bilan qiz-o‘g‘illarni o‘zlari bilan birga kelgan qon-qarindosh, yetim-yesirga nikohlatib-uzatib, yashayveradilar.
Manba:
| Nomi | 107 yosh hikmatlari: rishtonlik To‘xtabuvi ayaning nafaqadagi nabirasi, bo‘yoqsiz qoraygan sochi, bir hovliga sig‘maydigan avlodlari |
| Muallif(lar)i | daryo.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 21.04.2021 |
| Kiritilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://daryo.uz/2021/04/21/107-yosh-hikmatlari-rishtonlik-toxtabuvi-ayaning-nafaqadagi-nabirasi-boyoqsiz-qoraygan-sochi-bir-hovliga-sigmaydigan-avlodlari/ |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |