Kontekst:
Anorning turi ko‘p, biri sovuqqa o‘ta chidamsiz, biri mayda donali, biri tez yoriluvchan, biri taxirroq. Hatto agrofirmada parvarishlash uchun eng maqbuli deb topilgan, bir davrlar o‘zining beqiyos ta’mi, o‘ta sersuvligi bilan o‘zga turdoshlarini bozordan siqib chiqargan qayumi anorlarining ham boshqasi bilan tabiiy chatishuv natijasida sal ayniganroq xillari bor. Shu sababdan, bu ishga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Ko‘chatlarni duch kelgan joydan sotib olavermay, ota-buvasidan tortib, shu yumush bilan shug‘ullanib kelgan O‘raboshi, Soykeldi, Masturaxonning o‘zi tug‘ilib o‘sgan Tolmozor kabi qishloqlardagi ishonchli ko‘chatchilarga buyurtmalar berildi. Shart shu — orada boshqacha nav chiqib qolsa, o‘rniga beshta ko‘chatni tekinga berishadi. Lekin ish bu darajaga etib bormasligi aniq, ulardan hali birorta xaridor pand emagan.
Manba:
| Nomi | Anorzorlar malikasi |
| Muallif(lar)i | xs.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 25.04.2021 |
| Internetga joylangan vaqti | 05.04.2018 |
| Kiritilgan vaqti | 25.04.2021 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://xs.uz/uz/post/anorzorlar-malikasi |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |