Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

"Tarixiy va me’moriy obidalari bo‘yicha esa ularga eng yoqqan shaharlar Samarqand va Buxoro shaharlari bo‘ldi. Qadimiy yodgorliklarimiz ularni hayratda qoldirdi. Xiva shahri ham juda yoqdi, lekin ob-havo bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi. Boz ustiga, safar ro‘yxati oxiridagi shahar bo‘lgani bois Aylinglar ham biroz charchashgandi. Bundan tashqari, Orol dengiziga borib, uning fojiasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi va bu ularda katta taassurot qoldirdi. Dark-tourism degan atama bor, ya’ni shunday insonlar borki, ular aynan odamzot oyog‘i yetmagan joylarga borishni orzu qilishadi. Orol ham turizmning aynan shu turini izlovchi sayyohlar orasida mashhurlikka erishishi hech gap emas. Bu va boshqa hodisalar Vagabrothers videoroliklarida o‘z aksini topdi va ular shu kungacha folloverlarning olqishiga sazovor bo‘lmoqda. Fursatdan foydalanib, ularga bunday yangicha yondashuv va professional hamkorlik uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz", - deydi Behruz Hamzayev.

Oldingi Keyingi

Manba:

Nomi"Vagabrothers" O‘zbekiston haqidagi stereotiplarni yo‘qqa chiqardi (foto+video)
Muallif(lar)i Kun.uz sayti
Yozilgan vaqti22.04.2021
Internetga joylangan vaqti01.04.2019
Kiritilgan vaqti22.04.2021
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttps://kun.uz/uz/news/2019/04/01/vagabrothers-ozbekiston-haqidagi-stereotiplarni-yoqqa-chiqardi-fotovideo
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator