Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

GAZDAN ZAHARLANGANDA BIRINChI YoRDAM KO‘RSATIShMa’lumki, yoqilg‘i mahsulotlari ichida boshqalariga nisbatan xavfliroq bo‘lgani - bu tabiiy gaz hisoblanadi. Tabiiy gazning to‘liq yonmasligi, gaz oqimining bexosdan uzilib qolishi, xona ichida gaz to‘planishi, gazni yoqib, qarovsiz qoldirish, isitish tizimlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida portlash va yong‘in sodir bo‘lishi hamda tabiiy gaz va is gazlaridan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Natijada insonlar turli xil tan jarohatlari olishlari yoki hayotdan ko‘z yumish holatlari ham uchraydi. Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish tar-g‘ibot ishlari olib borilib, barcha holatdagi zaharlanishlarda avvalo nimalarga e’tibor qaratilishi zarurligi uqtirilmoqda. Jumladan, gazdan zaharlanish holatlari kuzatilgan paytda zudlik bilan tez tibbiy yordamni chaqirish va shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:- jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish va qo‘l- oyoqlarini ko‘tarilgan holatda yotqizish;- nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yig‘ishtirish (tugmalarni yechib yoqani ochish, kamarni bo‘shatish va boshqalar);- jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi. Nafas olmayotgan bo‘lsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan xonada sun’iy nafas oldirishni boshlash lozim, jumladan nashatir spirtini hidlatish, shuningdek, hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish;- jabrlanuvchining holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy yoki qahva ichirish,kislorod yostig‘i yordamida kislorod berish lozim bo‘ladi.Is gazi xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy gazning to‘liq yonmasligi, ko‘mir va organik moddalarning chala yonishidan hosil bo‘ladigan gazdir. Is gazi inson organizmining nafas yo‘llari va nafas a’zolariga kuchli ta’sir qilib,nafas yo‘llari orqali organizmni, xususan, markaziy asab tizimini zararlaydi. Is gazidan qator organik moddalar sintez qiluvchi korxonalarda, garajlarda ventilyasiya yomon bo‘lganda, yangi bo‘yalgan, shamollatilmaydigan xonalarda, shuningdek, uy sharoitlarida tabiiy gaz yonib turganda va pechka bilan isitiladigan uylarda pechka qopqog‘i o‘z vaqtida yopilmaganda zaharlanib qolish mumkin.Is gazi (uglerod oksidi) rangsiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi - CO. Is gazi yer yuzida energiyani jadal ishlatilishidan yuzaga keladigan, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir. Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is gazining bosh manbaidir. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasli sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1% is gazining bo‘lishi, o‘lim holatiga olib kelishi mumkin.Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrotsitlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodni tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi. Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlardan har bir tumandoshimiz to‘g‘ri xulosa qilsalar, oilasi va mahalladoshlarini is gazidan zaharlanishini oldini olishiga yordam bergan bo‘ladi.Norbek SAYDANOV,tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi FVDTvaFM faoliyatini tashkillashtirishxavfsizlik targ‘iboti bo‘linmasi boshlig‘i, katta leytenant.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiMutaxasis ogohlantiradi
Muallif(lar)i oqdaryoovozi.uz
Yozilgan vaqti03.12.2022
Internetga joylangan vaqti03.12.2022
Kiritilgan vaqti21.08.2023
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipimuhokama
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi18+
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
NET-manzilihttps://oqdaryoovozi.uz/tu/1650-mutahasis-ogolantiradi.html
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator