Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Ko‘p ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchraydi, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.Ta’kidlanishicha, ayron chanqoqni bosishi bilan birga, ishtahani ham ko‘taradi, ichak mikroflorasini tozalaydi, nafas olish va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi, immunitet va asab tizimi uchun ham foydali.Shuningdek, ko‘p ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchrashi ham isbotlangan.Qayd etilishicha, bodring, selderey, qovun, tarvuz, apelsin kabi mahsulotlar ham chanqoqni yaxshi bosadi. Shuningdek, okroshka ham chanqoqni bosishi hamda u kerakli mikroelement va vitaminlarga boyligi ma’lum.Vazirlikning eslatishicha, yozda oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar tarkibi tez buzilishi hisobiga, bozorlarda, yo‘l yoqalarida sotiladigan qo‘lbola hamda yaroqlilik muddati o‘tgan ichimliklarni ichish salomatlik uchun xavfli.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiKo‘p ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchraydi — SSV
Muallif(lar)i oz.sputniknews-uz.com
Yozilgan vaqti02.07.2023
Internetga joylangan vaqti02.07.2023
Kiritilgan vaqti21.08.2023
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipimuhokama
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi18+
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
NET-manzilihttps://oz.sputniknews-uz.com/20230702/ayron-disbakterioz-36479930.html
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator