Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zarar}
So‘z bo‘g‘inlari: za-rar
Izoh(lar)i:
zarar [a. za-rar – shikast, ziyon; yo‘qotish]

1. Shikast, buzilish; ziyon-zahmat. Zalda hamma bir narsa to‘g‘risida gaplashardi: Do‘l qattiq yog‘di. G‘o‘zaga zarar qilmasmikan? R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

2. Savdo-sotiqda(n) ko‘rilgan ziyon; umuman, moddiy yutqiziq. O‘zingizga ma’lum, savdo ahli zararni yoqtirmaydigan, foyda talab xalq bo‘ladi. K. Yashin, Hamza

3. Kishi organizmiga, sog‘ligiga yomon ta’sir; jismoniy ziyon, shikast. Tamakining zarari.

Antonim(lar)i: naf [a], foyda [a], hayon
Sinonim(lar)i: futur [a], talafot [a], ziyon [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. zarar keltirmoq: zararli bo‘lib chiqdi

2. zarar ko‘rmoq: zarar qildi

3. zarar yetkazmoq: zararli bo‘lib chiqdi

4. zarari tegmoq: zararli bo‘lib chiqdi

1. Zarar – ziyon – talofat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.