Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zanjir}
So‘z bo‘g‘inlari: zan-jir
Izoh(lar)i:
zanjir [f. zan-jir – zanjir, kishan, tizimcha]

1. Bir-biriga tartib bilan, birin-ketin o‘tkazilgan, biriktirilgan metall (yoki boshqa qattiq material) halqalar shaklidagi, ro‘zg‘orda, xo‘jalikda turli maqsadlarda ishlatiladigan arqon(cha), tizimcha. Bunaqa zanjirni yanga tugul, qishlog‘imizdagi manman degan temirchi ham uzishi qiyin. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. Metall halqalardan tayyorlangan, eshik yoki darvozalarni berkitib qo‘yishda bir tomoni zulfinga ilinadigan ilgak. [Hasanali] Zanjirni tushirib, darvozaning bir tabaqasini ochish hamono shu tabaqaga suyalib turgan Otabek Hasanalining oyog‘i ostiga yiqilib tushdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Zanjir bilan berkitilgan, zanjirlangan. [Otabek] Jannat opaning eshik zanjir degan tovushini eshitgach daricha yoniga cho‘nqaydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. Oltin, kumushdan yasalgan kichik nozik halqalardan tayyorlangan, bo‘yinga yoki qo‘lga taqiladigan ziynat buyumi.

5. Mashina, mexanizm va ba’zi qurilmalarning ketma-ket biriktirilgan halqa-qismlardan iborat egiluvchi, aylanadigan qismi. Shu vaqt o‘rta ko‘chada zanjiri uzilib, yo‘lga ko‘ndalang bo‘lib qolgan tankdan yakka miltiq ovozi eshitildi. I. Rahim, Chin muhabbat

6. Mahbuslarning qo‘li yoki oyog‘iga bog‘lanadigan temir halqa; kishan. Shoir Avaz xonning g‘azabiga duchor bo‘ladi va zanjirda azob-uqubat bilan vafot etadi. O‘zbek adabiyoti tarixi

7. ko‘chma Qullik, asorat; biror narsa-hodisaning qurshovi, iskanjasi. Eski urf-odatlar zanjiri hamon Gulsumning erkini bo‘g‘ib, taqdiriga xavf solib turardi. P. Tursun, O‘qituvchi

8. ko‘chma Biror narsa yoki kimsalarning uzluksiz, tig‘iz bog‘lanib turgan qatori, tizmasi. G‘ulomjon mirshablar zanjirini uzib, oldinga o‘tdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

9. ko‘chma Ikki narsani, kimsani o‘zaro chambarchas bog‘lovchi narsa; rishta, robita. [Anvar:] Juftlanishning, menimcha, eng muhim bir sharti bor, ul ham ikki tarafning muhabbat zanjiri bilan bir-birlariga qat-tiq bog‘lanishlaridir. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

10. fiz.Tex. Uzluksiz, aylanma tizim yoki qator hosil qiluvchi elementlar birikmasi. Elektr zanjiri. -

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.