Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yur} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yur-moq
Izoh(lar)i:
yur fl

1. 1. Qadam tashlab olg‘a bosmoq, qadamlab jilmoq. Tez yurmoq. Sekin yurmoq. Oqsab yurmoq. Ot yurmay turaverdi. Yurgan — daryo, o‘tirgan — bo‘yra. Maqol
Kampir yurganda, hech qanaqa ovoz chiqmasdi Oyog‘i xuddi pardek yerga beozor tegardi. S. Ahmad, Ota
Men ana u so‘qmoqdan yursam ham bo‘ladi. A. Qahhor, Xotinlar
Chol ot jilovini siltadi. Otlar yurib ketdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Ma’lum yo‘nalishda harakat qilmoq, bir joydan boshqa joyga jilmoq, bormoq yoki ketmoq (asosan transport vositasi haqida). Mashina chap tomonga yurdi. Traktor bedazorga qarab yurdi. Katta arava qay yo‘ldan yursa, kichik arava ham shu yo‘ldan yuradi. Maqol
Shaharda ko‘nkani ilgari ot surgar edi. Mana endi ko‘nka otsiz yuribdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Poyezd bir necha soat yo‘l yurgandan keyin ana shunday bekatchalardan biriga kelib to‘xtadi. A. Qahhor, Oltin yulduz

3. 3. Umuman, bir joydan jilmoq, siljimoq (suzmoq, sudralmoq, o‘rmalamoq va shu kabilar). Hovuzchada o‘ntacha baliq yuribdi. Dasturxon ustida chumoli yuribdi. Qurt novdadan yurib, gulga yetdi.

4. 4. Kezish, aylanish, sayohat va shu kabilarda bo‘lmoq. Shaharma-shahar yurmoq. Eshikma-eshik yurmoq. Yo‘l bilmasang, yo‘l so‘ragin yurgandan, Tan bilmasang, gap so‘ragin bilgandan. N. Nazarov, Zamon
Andijonning suvin ichganman, Sharbat desam, qilmayman xato. Paxtazorin kezganman rosa, Qirlarida yurganman hatto! Yo, Mirzo

5. 5. Hayot kechirmoq, yashamoq. Jiyanim uch yil biznikida yurdi. Ruslar orasida yurib, til o‘rgandim. Jamoa sizning bu yoqlar-da yurganingizni hali bilmaydi [dedi Sharofat Sidiqjonga]. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
[Mirzakarimboy:] Yoshim yetmishda. Ellik yil mol qayg‘usida yurdim. Oybek, Tanlangan asarlar
Men Toshkentda yurarman, ammo ko‘z o‘ngimda sizning hay-kalingiz! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. 6. Ish-faoliyat va shu kabilarda birga bo‘lmoq. Yomon bilan yurdim — qoldim uyatga, Yaxshi bilan yurdim — yetdim murodga. Maqol
Nodon bilan yurma, nomusingni bukma. Maqol
Birga ishlaydi, birga yuradi, birga turadi; bir-biriga juda munosib. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Men dalada har kuni qizlar, kelinchaklar orasida yurardim. Yosh bo‘lsam ham, sevganim bor edi. Oybek, Tanlangan asarlar

7. 7. Qatnamoq. Markazdan qishlog‘imizga avtobus yuradi.

8. 8. Davom etmoq (o‘zi birikib kelgan so‘z bildirgan holatda). Eson-omon yuribsizlarmi? Siz shu yo‘sinda yura bersangiz, erta-indin o‘g‘ildan ajralasiz. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Ma’rifatxon voqeasini eshitganidan beri uning qabrini ziyorat qilish niyatida yurgan edi. A. Qahhor, Xotinlar
Homidning bunday ishlari bor ekanidan xabarsiz yurganimizga hayron qolaman. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

9. 9. Shaxmat, qarta, domino kabi o‘yinlarda o‘z navbatida, navbati kelganda ha-rakat qilmoq, o‘ynamoq; yurish qilmoq. Piyodadan yurmoq. Tuzni yurmoq.

10. 10. Harakatga kelmoq, ishlab turmoq, ishlamoq (mexanizmlar haqida). Soatim yaxshi yuryapti. Mashina kechgacha yurib turdi. Ha, aytganday, bu orada traktor cho‘chqaning yog‘i bilan yurar emish, go‘ristondan tovush chiqipti, degan gaplar chiqib qoldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

11. s. t. . t. Suygan yor bilan vaqt o‘tkazmoq, yaqin munosabatda bo‘lmoq. [Dilnavoz:] O‘sha kuni Jo‘raning yuradigan qizi Bibigul mening atlas ko‘ylagim bilan havorang durrachamni olgan edi. S. Karomatov, Bir tomchi qon
Bilasiz-ku, ish ko‘p. Har xil majlislar ham ko‘p. Shular bilan yursam, u meni xotinlar bilan yurgan, deb gumon qiladi. Oydin, Ko‘ngli to‘ldimi, yaxshi yigit
Ayt, qachondan buyon yurding Tig‘i parronga uchragur! Yo‘lchi bilan qachon topishding? Oybek, Tanlangan asarlar

12. 12. Rozi bo‘lmoq, ko‘nmoq, unamoq. U birovning aytganiga yuradigan odammas. To‘g‘ri, ixtiyor o‘zlarida, lekin sizga maslahat soladilar, maslahatingizga yuradilar-da, yaxshi maslahat bersangiz, yurmaydilar-mi? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Oz bo‘lsa ham, peshona terim bilan topaman, suqtoylik, mo‘ltonilikka sira yurmayman. Oybek, Tanlangan asarlar

13. 13. Yoyilib ketmoq, yoyilmoq; tarqalmoq (gap-so‘z, xabar haqida). El og‘zida yurgan mish-mishlar. Kechadan beri bir yarim mingi qirilgan! degan xabar yurib ketdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

14. ko‘m. fl. vzf. vzf.-(i)b qo‘shimchali ravishdoshga birikib, harakatning davomiyligini bildiradi. Tomosha qilib yurmoq. Nima qilib yuribsiz? Men o‘g‘limni axtarib yuribman. Nizomiddinovning qo‘lidagi papirosidan sizib chiqayotgan tutun uy ichida halqa-halqa bo‘lib suzib yuribdi. S. Ahmad, Hukm

15. 15. (3-shaxs buyruq mayli shaklida — yur) Biror tomonga jo‘nash, ketishga undashni bildiradi. Yur, kech qolamiz. Ha, barakalla, jumboq o‘sha yerda yechiladi, yuringlar! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ko‘nmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. aksiga yurmoq: 1.xohish-istakka yoki buyruqqa qarshi ish tutmoq, kesma-kesarlik qilmoq; 2.xohish-istakka qarshi yuz bermoq

1. Jilmoq -qo‘zg‘almoq -o‘rmalamoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq – yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat tezligining oshib borishiga ko‘ra)

2. Qo‘zg‘almoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq -yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat sur’atiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.