Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yugur} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yu-gur-moq
Izoh(lar)i:
yugur fl

1. 1. Irg‘ishlab, biror yo‘nalishda tez harakat qilmoq; chopmoq. Bor kuchi bilan yugurmoq. Bola yugurib, tepalikka chiqdi. Shu mahal bir to‘da bola chug‘urlashib, guzar tomonga yugurib ketdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Gulnor bilan Unsin tanchada o‘tirib, bir-biriga mehribon egachi-singilday so‘zlasharkan, bolalardan biri yugurib keldi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. sprt. rt. Yugurish bilan shug‘ullanmoq; yugurishda qatnashmoq. Qayerdadir muzika yangrar, maydon chetidagi yo‘lkalarda maykachan qizlar yugurishardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. ko‘chma hma Biror ish yoki maqsadni amalga oshirish uchun harakat qilmoq; harakatida bo‘lmoq, urinmoq. O‘qishning ketidan yugurmoq. Yugurganniki emas, buyurganniki. Maqol
Rais Umurzoq otaga o‘xshash obro‘li, tajribakor paxtakorlarni qo‘lga olish niyatida ozmuncha yugurmadi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

4. 4. Biror joy, tomonga oshig‘ich, tez harakatda bo‘lmoq, yo‘l olmoq. Bugun Gavharning telegrammasini olish bilan vokzalga yugurdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bu Otabekni Toshkentdan uylantirib, boshini bog‘lamasak, kun sayin uning Marg‘ilon yugurishidan qutula olmasmiz. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. ko‘chma hma Tezlik bilan harakatlanmoq (suv, shamol kabilarning harakati haqida). Qishloq o‘rtasidan o‘tadigan ikki soy toshlardan toshlarga urilib, ko‘pirib, uzoq paxta dalalariga qarab yuguradi. Mirmuhsin, Hamzaobodda
Mirzacho‘lning och bag‘riga Yugurganda Sirdaryo O‘ylaganmi edi shunday Chamanlar yaratishni. T. To‘la

6. ko‘chma hma Paydo bo‘lmoq, namoyon bo‘lmoq, ko‘rinmoq (biror xususiyat, belgi, holat va shu kabilar haqida). Uning yuziga qon yugurdi. [Ibn Sino] Nazari satrlar oralab yo‘rg‘alarkan, yer ostidan xazina topgan kishidek, qo‘llari asta titraydi, yuziga g‘alati tabassum yuguradi. M. Osim, Kitobga ixlos
Malohat Karimovaning yuzlariga qizil yugurdi, yuzidagi kuldirgichlar husniga husn qo‘shdi, ko‘zlari charaqlab ketdi. Oydin, Asl yor
Endi har ikkovining ham yuziga jiddiyat yugurdi. H. Shams, Dushman

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: chopmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. lop desa, ola qop olib yugurmoq: -

2. suv yugurmoq: -

3. yuzga qon yugurmoq: -

4. yuziga qon yugurmoq: -

1. Jilmoq -qo‘zg‘almoq -o‘rmalamoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq – yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat tezligining oshib borishiga ko‘ra)

2. Qo‘zg‘almoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq -yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat sur’atiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.