Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yorqin}
So‘z bo‘g‘inlari: yor-qin
Izoh(lar)i:
yorqin sf

1. 1. Yorug‘, yog‘duli, nurli; tiniq. Yorqin kun. Quyosh chiqib, anhor yoqasidagi tollarni oltinlatgan, toza, yorqin havo ko‘zni qamashtiradi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yorqin ko‘klam kunlarining birida O‘tar jamoadan uyiga odatdagidan barvaqtroq qaytib, ertasi kun maktab ochilishini xabar qildi. H. G‘ulom, Mash’al

2. 2. Aniq, ravshan, yaqqol. Ahmad Husayn uzoq so‘zladi, dehqonlarning hayotini yorqin, chuqur tafsilli hikoya qildi. Oybek, Nur qidirib
Hamid Olimjonning butun ijodida kishilar obrazi yorqin talqin etilgan. N. Safarov, Olovli izlar
Romanda shahar tasviri ham tog‘ qishloqlarining go‘zal manzaralari ham yorqin ifodalangan. S. Karomatov, Oltin qum

3. ko‘chma hma Baxtiyor, baxtli; nurafshon. Yorqin hayot. Hayot har qachondan ko‘ra ko‘rkam va yorqin edi. Shuhrat, Shinelli yillar
Bundan tashqari, u totuv va sog‘lom ishchi oilasida o‘sib, ko‘p yorqin damlarni boshdan kechirgan, shuning uchun ham qiyofasi nurga serob edi. P. Qodirov, Uch ildiz

4. 4. Ta’sirchan, esda qolarli; o‘lmas, o‘chmas. U [Yusufjon qiziq] o‘zining yorqin va o‘ziga xos talanti bilan o‘tkir hajv yordamida baxtli hayot qurishda o‘zbek xalqiga to‘sqinlik qilgan kuchlarni qahr-g‘azab bilan fosh qildi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
Jo‘raxonning qahramonligi, jasorati, yorqin xotirasi, ishlari qalblarda, hayotda abadiy qoladi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

5. 5. Yorqin (erkak va xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aniq [a], yorug‘
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: yolqin O‘t, alanga; yog‘du, nur.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

3. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.