Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yor}
So‘z bo‘g‘inlari: yor
Izoh(lar)i:
yor

1. Dilga yaqin kishi; hamdam, do‘st, muhib; yordamchi. Arvohlar yor, pirlar madadkor bo‘lib, ovimiz baroridan kelsin. Hamza

2. Sevgili, ma’shuq, ma’shuqa. Men keltirgan atlasni Yorim solmas sandiqqa. Qo‘shiqlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: do‘st [f-t], sevgili

1. yor I Ot
mahbuba, ma’shuqa

2. yor II Fe’l
qismlarga ajratmoq

Paronimi: mavjud emas.

«Oltin yorug‘»– buddayivlikka e’tiqod qilgan turkiy qavmlar orasida mashhur bo‘lgan qadimgi yozma yodgorlik. Asl nomi Suvarnaprabxasa, sanskrit tilidan qadimgi xitoy tiliga tarjima qilingan. X asrda Beshbaliq shahrida Sengi Seli Tudung uni xitoy tilidan qadimgi turkiy tilga «Oltin yorug‘» nomi bilan tarjima qilgan va eski uyg‘ur-turk tiliga ko‘chirgan. O‘nta afsonani ichiga olgan asar 675 sahifadan iborat. Barchasida buddaviylikning “najot topish” ta’limoti birinchi o‘rinda turadi. Unda aks etgan “to‘rt oliy haqiqat” bosqichi ham O‘rta Osiyo xalqlarining falsafiy qarashlariga mos keladi. «Oltin yorug‘»ning hozir foydalanilayotgan nusxasi XVIII asrda ko‘chirilgan va Sankt-Peterburgdagi Osiyo muzeyida saqlanadi. Uni 1910- yilda Sharqiy Turkistonning Xan-su viloyatidagi Vun-shigu qishlog‘idan S.Y.Malov topgan. Topilmaning faksimel nusxasini u va V.V.Radlov nashr qilgan (1913–17). Nemis olimi V.Myuller esa asarning 1920 sahifasini asl nusxa bilan qiyoslagan holda chop ettirgan (1913). V.V.Radlov «Oltin yorug‘»ning bir qismini nemis tilida nashr qilgan (1930). Turk olimi Rashid Rahmatiy Arat «Oltin yorug‘»ni transliteratsiya qilib, usmonli turk tiliga tarjima qilishni boshlagan, lekin ish yakun topmagan. Yana bir turk olimi Cheval Qoya yuqorida eslatilgan faksimel nashr asosida «Oltin yorug‘»ni to‘liq transliteratsiya qilib, chop ettirdi (Anqara, 1994). O‘zbek olimi Nasimxon Rahmonov asarni o‘zbek tiliga o‘girib, “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon qildi.

 

Yordamchi so‘zlarmustaqil atash ma’nosiga ega bo‘lmaydigan, so‘roq qabul qilmaydigan, mustaqil gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydigan, so‘z yasalishi va shakl yasalishi uchun asos bo‘la olmaydigan so‘zlar. Bunday so‘zlar turli grammatik ma’no va munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. U mustaqil so‘zda va gapda grammatik ma’no ifodalashning alohida turini tashkil etadi. Yordamchi so‘zlarga ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklama kiritiladi.

Ko‘makchi mustaqil so‘z bilan birga kelib, oldin turgan so‘zni keyingi so‘z bilan sintaktik aloqaga kiritadi. Bu bilan kelishikka o‘xshaydi. Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz gapida ko‘makchi yordamida «holat» grammatik ma’nosi yuzaga chiqib, ishonchso‘zi qaraymiz so‘ziga bog‘lanadi. Telefon orqali gaplashdimgapidako‘makchining«vosita» ma’nosi yuzaga chiqib, telefonso‘zini gaplashdim so‘ziga bog‘lagan. Do‘stlik biz uchun hamisha ilhom va kuch-quvvat manbai bo‘lib kelgan gapida yordamchi so‘zlar«atalganlik» ma’nosini ifodalab, biz so‘zini bo‘lib kelgan so‘ziga bog‘lagan. Ko‘rinadiki, grammatik ma’no va vazifa birgalikda yashaydi.

Bog‘lovchi uyushiq bo‘laklarni, qo‘shma gapning tarkibiy qismlarini bog‘lash, ular orasida har xil tenglashtirish, zidlash, ayirish kabi grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi: olma va anor, o‘qidi, lekin yozmadikabi. Ba’zan gap boshida ham keladi: Sitora aytdi. Lekin Munira tushunmadi.

Yuklama ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun qo‘llanadi.

Yuklamaning morfologik ma’no ifodalash imkoniyati uning sintaktik imkoniyatidan kengroq. Chunki ular mustaqil so‘z va gapga qo‘shimcha ma’no yuklashi bilan ahamiyatli.

Mustaqil so‘z ham o‘rni bilan yordamchi so‘zdek grammatik ma’no ifodalaydi: juda, eng, bag‘oyat, nihoyatda, o‘ta, sal, birmuncha kabi ravish daraja ma’nosini ifodalaydi; olmoq, bermoq, qolmoq, o‘tirmoq, chiqmoq, ketmoq, boshlamoq, bo‘lmoq kabi 40 dan ortiq ko‘makchi fe’l harakat ma’nosini nutqqa moslaydi, lug‘aviy ma’noga grammatik ma’no qo‘shadi: o‘qib chiqdi, yoza boshladi, qo‘rqib ketdikabi.

          Yordamchi so‘z turkumi tahlili. Yordamchi so‘z turkumi tahlili uchta yordamchi so‘zlarning turi, xususiyatlarini aniqlash. Tartibi: 1. Yordamchi so‘zlarning qaysi guruhiga kirishi. 2. Vazifasiga ko‘ra turi. 3. Qo‘llanilishiga ko‘ra turi. 4. Tuzilishiga ko‘ra turi.

Namuna: Gulnor ikki haftadan buyon dadasi va onasi bilan birga har kun bog‘da ishlaydi. (Oyb.) Men-ku chidayapman. Faqat opasiga qiyin… (S.Ahm.)

Buyon – ko‘makchi, sof ko‘makchi; chiqish kelishigidagi so‘zni boshqarib kelgan; so‘z shaklidagi ko‘makchi.

Va – bog‘lovchi, teng bog‘lovchi; yakka qo‘llanadi; so‘z shaklidagi bog‘lovchi.

Ku – yuklama, ta’kid yuklamasi; qo‘shimcha yuklama.

1. bo‘yni yor bermadi: izzat-nafsi yo‘l qo‘ymadi

2. dili yorishdi: xafachiligini tarqatib, xursand bo‘ldi

3. ixtiyor etmoq: xohlamoq

4. ixtiyor qilmoq: xohlamoq

5. ko‘ngli yorishdi: ko‘nglidagi g‘ashlik tarqadi

6. ko‘nglini yordi: ichidagi istak yoki dardini aytdi

7. ko‘nglini yorishtirdi: ko‘nglidagi g‘ashlikni tarqatdi

8. ko‘zi yoridi: tug‘di

9. o‘takasini yordi: qattiq cho‘chitib qo‘rqitdi

10. pixini yorgan: o‘taketgan uddaburon, quv

11. yarasini yormoq: Dardini aytmoq, dilidagini oshkor qilmoq.

12. yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadi: nomus qilganidan o‘zini qayoqqa olib qochishni bilmadi

13. yomondan yorti qoshiqmoq: Oxirigacha yeb-ichib qo‘ymay, ozgina qoldirilgan holatga nisbatan aytiladigan ibora.

14. yuragi qoq yorila yozdi: sevinib, juda kuchli hayajonlandi

15. yuragi tars yorilib keta yozmoq: sabr–chidami tugab, xunob bo‘lib ketdi

16. yuragi yorishmoq: ko‘nglidagi g‘ashlik tarqadi

17. yuragini yormoq: qattiq cho‘chitib qo‘rqitdi / ichidagi istak yoki dardini aytdi

18. yuzi yorug‘ bo‘lmoq: uyaladigan joyi yo‘q, olqishlashga loyiq

1. Ancha – ko‘p – bisyor – xiyla
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Ayor – mug‘ombir – hiylagar – quv – ustamon – makkor – dog‘ush – mo‘ltoni – hilviri
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

4. Baxtli – baxtiyor – saodatli – toleli – mas’ud
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishidagi oz-ko‘plik darajasiga ko‘ra)

5. Istamoq – xohlamoq – tusamoq – orzulamoq – orzu qilmoq – tilamoq – ixtiyor qilmoq – sog‘inmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra )

6. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

7. Ozroq – oz – ko‘p – ancha – behisob – mo‘l – bisyor
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor darajasining ortiq-kamligiga ko‘ra)

8. Sezgir – ziyrak – tuyg‘un – hushyor – sergak – tiyrak
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

9. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

10. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.