Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yolg‘on} - ya ( Lug‘aviy shakl yasovchi ) - sh ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - iq ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Ot yasovchi So‘z yasovchi;Sifat yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yol-g‘on-ya-shiq
Izoh(lar)i:
yolg‘on ot

1. sft. ft. Haqiqatga zid, noto‘g‘ri; haqiqatda bo‘lmagan. Yolg‘on so‘z. Yolg‘on xabar. [Otabek] Ilgari o‘zining yolg‘on javoblaridan juda xavotirlanar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
— Qaysi noinsof topib keldi sizga bu yolg‘on gapni? — dedi Alim buva xunob bo‘lib. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. sft. ft. Haqiqiy emas, soxta, yasama; yolg‘ondakam. Yolg‘on yig‘i. Yolg‘on kulgi.

3. ot ot Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, noto‘g‘ri gap, narsa; uydirma. Shirin yolg‘ondan achchiq haqiqat yaxshi. Maqol
Yov makrini yolg‘on yashirar. Maqol
Hayot haqiqatini kuylasang, xalq uchun yozsang, tayoq yeysan; yolg‘onni yozsang, boshingni silaydilar. Oybek, Nur qidirib
Yolg‘onni sal kishi ishonadigan qilib gapirish kerak, Safarali. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: chin , rost [f-t]
Sinonim(lar)i: bekorchi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.