Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yolg‘iz}
So‘z bo‘g‘inlari: yol-g‘iz
Izoh(lar)i:
yolg‘iz sf

1. 1. Birorta ham sherigi yo‘q, bir o‘zi; yakka, tanho. Yolg‘iz daraxt. Yolg‘iz o‘zi keldi. Yolg‘iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham, dong‘i chiqmas. Maqol
Shubhali yolg‘iz yo‘lovchi ketganicha ko‘rinmadi-qo‘ydi. H. G‘ulom, Mash’al

2. 2. Aka-uka va opa-singillari yo‘q; ota-onaning yagona farzandi. Yolg‘iz o‘g‘il. Har bir ona singari To‘qson buvi ham o‘z yolg‘izining baxtli bo‘lishini istardi. N. Safarov, Olovli izlar
[Yormat:] El orasida meni sharmanda qilma, yolg‘iz qizimsan, ayab turibman. Oybek, Tanlangan asarlar
Ayamning yol-g‘iz o‘g‘li urushga ketib, kelini uch bolasi bilan qolibdi. S. Siyoyev, Yolg‘izlik

3. 3. Kimsasiz, hech kim yo‘q. Uy yolg‘iz bo‘lgani uchun xolamnikida birpasgina o‘tirib qaytdim. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

4. yukl. vzf. zf. Faqat, birgina. [Adolat] Yolg‘iz o‘z taqdirini emas, o‘ziga o‘xshagan yuz-lab xotin-qizlarning taqdirini o‘ylaydi. S. Zunnunova, Gulxan
Ahmad Husayn bir necha kun uydan qo‘zg‘almadi. Uning ermagi yolg‘iz kitoblar bo‘ldi. Oybek, Nur qidirib
— Juftlik yolg‘iz kishilar orasidagina emas, yer yuzidagi har bir maxluqda ham bor — dedi Anvar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: birga , birgalikda
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Birdan-bir – yagona – yakkayu-yagona – yolg‘iz – tanho
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.