Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yoki}
So‘z bo‘g‘inlari: yo-ki
Izoh(lar)i:
yoki ys

1. ayr. bog‘l. Ikki gap yoki ayrim gap bo‘laklari orasida kelib, fikrning ulardan biriga qaratilganligini bildiradi. Men boraymi yoki o‘zing kelasanmi? Biron odamning o‘zidan past yo balandligini uning uyida nechta gilami borligi yoki necha kishiga so‘zi o‘tishi bilan o‘lchar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Bu tip tillar qo‘shimchali tillarga zid qo‘yiladi, chunki bunda grammatik munosabat ifodalovchi affikslar bo‘lmaydi. Grammatik ma’nolar yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi, intonatsiya, urg‘u (ularning musiqaviyligi kuchli) yordamida yuzaga chiqadi. Xitoy, birma, tay, tibet va boshqa Janubi-Sharqiy Osiyo tillari kiradi. Xitoy tili o‘zakli (ajratuvchi) tillarning tipik vakili hisoblanadi. Bunda analitik tarkibli so‘zlarda suffiks o‘rnida mustaqil so‘z, morfema qo‘llaniladi. Mas., (gunjen - ishchi) ish + odam tarkibli; nuyjen – ayol. Bunday polusuffikslar talaygina: sza, ish, sin, xau. Sza (sze, za): fansza-uy, chjozsa-stol, itsza-stul, putsza-do‘kon va hokazo. Xitoy tilida so‘zlarning gap bo‘laklari bo‘yicha guruhlanishi ham o‘ziga xos. Otlar, gapda subyekt, obyekt, atribut, ot-kesim bo‘lib kelishi mumkin, shuningdek, xitoy tili otlari predlog va posleloglar bilan mos: szay chjotsza shan-stolda, szay Moseke-Moskvada, utsza li-ko‘chada. Ot turlanmaydi, rod va son shakliga ega emas. Xitoy tilidagi fe’llar esa bog‘lamasiz ham kesimga aylanishi mumkin: Ma paoOt yuguryapti; Ta kan bao – U gazeta o‘qiyapti; Vo chi – Yeyapman. Xitoy tilida so‘z ko‘p ma’noli va polifunksional (bir necha vazifalarda). Mas., xao so‘zi turli so‘z birikmalari va kontekstda turli xil ma’no anglatadi: xao jen – yaxshi odam, si xao – yaxshilik qilish, dzio xao – qadimgi do‘stlik, xao vo – Bu kishi meni yaxshi ko‘radi. Ajratuvchili – analitik tillarda ton va urg‘u asosiy rol o‘ynaydi: tovushning pasayishi va ko‘tarilishi hatto fe’l zamonlarini ham ifodalaydi. Bu tillar amorf deb ham ataladi (amorf – yunoncha amorphos – «shaklsiz» demakdir). O‘zakli tillarning o‘ziga xos, ajratuvchi morfologiyasi bu tillarda affiksli yoki flektiv shaklarning yo‘qligini yaqqol ko‘rsatib turadi.

 

Shakliy (etimologik yoki grafik) yozuv – o‘zlashgan so‘zning qadimgi kelib chiqish holatini yoki shaklini saqlab qolib yozishga asoslangan imlo tamoyili. Boshqacha qilib aytganda, yozuvda o‘zlashgan so‘zning shakli saqlanadi. Mas., maoniy, mutolaa, mushoira, muammo, va’da, she’rkabi so‘z ham bu yozuv asosida yozilgan. Rus tilidan o‘zlashgan spravka, aeroflot, shtamp, shtraf, zoologiya kabi so‘z shakliy yozuv asosida yozilmoqda. Shunisi muhimki, o‘zbek tili talaffuzi uchun qiyin bo‘lgan ba’zi baynalmilal so‘z hozirgi orfografiya qoidasi bo‘yicha istisno tarzida tilimizning talaffuz xususiyatiga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi. Bunga kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuskakabi so‘z misol bo‘la oladi. Bu tip so‘z ba’zan o‘z holicha ham yozilmoqda: bank, tank, disk kabi.

Ayni vaqtda orfografiya tamoyili orasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so‘zning oxiridagi viy, iy qo‘shimchasi tarixiyan’anaviy yozuvga ham, shakliy yozuvga ham mos keladi. (q. Orfografik tamoyillar).

1. tunni tongga ulamoq yoki tong ottirmoq: Kechalari yulduz to‘la osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar nag‘masidan, suvlar shildirashidan ko‘ngilga allaqanday yupanch izlardi.

2. yashin (yoki chaqmoq) tezligida: Juda tez, ko‘z ochib yumguncha

3. yuragi (yoki qalbi) uvishmoq: Noxush narsadan o‘zini yomon his qilmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.