Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yodgorlik}
So‘z bo‘g‘inlari: yod-gor-lik
Izoh(lar)i:
yodgorlik [yod-gor-lik ]

1. Esdalik, eslab yuriladigan narsa; sovg‘a. — Mendan yodgorlik bo‘lsin, Me’mor, — dedi Cho‘li bobo, — hozir kun is-siq, sovuq kunlarda kiyib yurasiz. Mirmuhsin, Me’mor

2. Biror shaxs yoki voqea xotirasi uchun tiklangan haykal, byust. Saidusmon qishlog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan jangchilar xotirasiga yodgorlik o‘rnatildi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

3. Yodgor bo‘ladigan, esdalik sifatida saqlanadigan narsa; me’moriy obida. Bir-ikki kun Samarqand shahrini aylanib, eski yodgorliklarni xo‘p tomosha qildim, so‘ngra Buxoroga jo‘nab ketdim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

4. Qadimgi yozma manba, qo‘lyozma. Bu so‘z qadimgi yodgorliklar tilida to‘rqu shaklida kelib, ipak, ipak gazlama degan ma’nolarda ishlatilgan. O‘TA

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: obida [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.