Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yengillik}
So‘z bo‘g‘inlari: yen-gil-lik
Izoh(lar)i:
yengillik ot

1. 1. Yengil ekanlik. Yukning yengilligi. Ovqatning yengilligi. Masalaning yengilligi.

2. 2. Erkin, yengil holat, sharoit. — Podshohlarning tez-tez o‘lib turgani ma’qul, bu esa fuqaroga bir qadar yengillik keltiradi, — derdi Me’mor. Mirmuhsin, Me’mor

3. 3. Ruhiyatdagi yoqimli holat, xush kayfiyat. Odamning ruhida shu qadar yengillik paydo bo‘ladiki, qanot chiqazib, olis ufqlarga uchib ketging keladi. O‘. Hoshimov, Nur borki, soya bor
Poyezd qo‘zg‘algandan keyin, Zamira ajoyib bir yengillik his qildi. P. Qodirov, Uch ildiz

4. ko‘chma hma Oqibatini o‘ylamay qilingan harakat, yengiltaklik. Uyini tashlab ketib, yengillik qilib qo‘ydimi-a! S. Zunnunova, Gulxan
Mirzakarimboyning qizi Nurini-soning tabiatida yengillik bilan makr ustun turar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Xotiningiz yengillik qilayotgan bo‘lsa, siz og‘irlik qiling. S. Ahmad, Ufq

5. ayn. yn. Imtiyoz. U xizmatda ham o‘ziga zarracha yengillik talab qilmadi. Sh. Rashidov, Qudratli to‘lqin

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.