Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yem}
So‘z bo‘g‘inlari: yem
Izoh(lar)i:
yem ot

1. 1. Hayvonlarga beriladigan g‘alla mahsulotlari va ulardan tayyorlanadigan ozuqa. Yem yegan ot to‘rvani teshar. Maqol
Yanga oxurdagi yemini yamlab yutayotgan sigirga qaradi. S. Nurov, Karvon
Tarlonga azonda besh kilo, tushda besh kilo, oqshomda ham shuncha arpa yem berdim. T. Murod, Ot kishnagan oqshom

2. 2. Qo‘lda boqiladigan qushlarga beriladigan go‘sht.

3. 3. Qarmoqqa yoki tuzoqqa ilintirib qo‘yiladigan go‘sht, chuvalchang va shu kabilar

4. Ot oyoqlarida hosil bo‘ladigan chiqiq, shish kasalligi. Otning oyog‘iga yem tushsa, oyog‘i qotib qoladi. Paylari dirillab uchadi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. yem I Ot
hayvonlarga beriladigan don

2. yem II Ot
oyoqda yeyilishdan paydo bo‘lgan shish

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bad yemoq: Shubhalanmoq, Shubha qilmoq, hadiksiramoq

2. ta’zirini yemoq: Jazosini tortmoq, adabini yemoq, tavbasiga tayanmoq

3. tatig‘ini yemoq: 1.jazosini tortmoq, adabini, ta’zirini yemoq. 2.mazasini, lazzatini totmoq.

4. tepki yemoq: 1. tepki zarbiga uchramoq, tepilmoq 2. xo‘rlanmoq

1. G‘ijimoq – kavshamoq – oshalamoq – yemoq – tanovul qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

2. Yemoq – tanovul qilmoq – iste’mol qilmoq – totmoq – olmoq – tushirmoq – urmoq – xam qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.