Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yanglish}
So‘z bo‘g‘inlari: yang-lish
Izoh(lar)i:
yanglish fl

1. 1. Haqiqatga yoki biror qonun-qoidaga xilof ish tutmoq; xato qilmoq, adashmoq. Hisobda yanglishmoq. Bu hovliga yanglishib kirib qolibman. — Jiyanim so‘zlaridan yanglishib ketsalar, nima bo‘ladir? — Nega yanglishsinlar, ular bilganlaridan ortiqni, albatta, so‘zlamaslar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Ish-faoliyatda, hayotda noto‘g‘ri yo‘l tutmoq. Men bola-chaqali odam, yanglishib, yo‘ldan ozib, sizga uylangan ekanman, nikohimdan chiqdingiz, meni kutmang. Oybek, Tanlangan asarlar
Yakka qolgan Saodat qadrining poymol etilganidan, yanglishganidan to‘yib-to‘yib yig‘ladi. Yoshlik

Antonim(lar)i: to‘g‘ri
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Yanglishmoq – adashmoq – xato qilmoq – gunoh qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.