Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xotir} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: xo-tir-la-moq
Izoh(lar)i:
xotir ot

1. 1. Esda saqlash, eslab qolish, esga tushirish qobiliyati; es, yod; xayol. Xotirimda: ilk bo‘sa bizni Haddan ziyod qilmish edi shod. Uyg‘un
Giyohlarning nomlari ham yodimdan chiqay degan ekan, bir-bir xotirda tiklab chiqdim. M. M. Do‘st, Lolazor

2. 2. O‘ylash, fikrlash qobiliyati; fikr; miya. U yoqimli ovoz va sho‘x ohangni butun vujudi bilan tingladi. Tinglagan sayin xotiri ravshanlashardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi

3. 3. Biror kimsa uchun qilinadigan hurmat; yuz-xotir, andisha. — Xo‘p, sinf rahbaring xotiri [tufayli] gunohingdan o‘tib turamiz, — dedi direktor To‘laga. M. Ismoiliy, Bizning roman
Hech bo‘lmaganda ikkala bolasining xotiri uchun xotinini hurmat qilish lozim edi. I. Akram, Adolat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: eslamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.