1. ayn. yn. Xotir 1.
Xotirasi kuchli odam.
▬
Ziyoda tiyrak qora ko‘zlari bilan kuldi va shu qiyofada Zargarovning xotirasiga o‘rnashib qoldi.
A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat
2. Biror kimsa yoki narsa haqidagi yodda, esda saqlangan taassurot.
Sayohat xotiralari.
▬
U [Mansur] Bog‘ishamol nafasini, o‘tmish so‘qmoqlarida qolgan bebaho bolalikning aziz xotiralarini olib kelgan bu yigitga havas bilan qarar edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Esdalik, yodgorlik.
[Botir Dilbarga:] Salom! (kitobni uzatib) Mendan sizga xotira.
N. Safarov, Hayot maktabi
[Chaqaloqning] Otini Shavkat qo‘yaman! Shavkat! Shavkatli kunlarimdan xotira bo‘lsin! — derdi [Alimardon].
O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
4. Xotira (xotin-qizlar ismi).