1. ayn. yn. Xotir 1. Xotirasi kuchli odam. ▬ Ziyoda tiyrak qora ko‘zlari bilan kuldi va shu qiyofada Zargarovning xotirasiga o‘rnashib qoldi. A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat
2. Biror kimsa yoki narsa haqidagi yodda, esda saqlangan taassurot. Sayohat xotiralari. ▬ U [Mansur] Bog‘ishamol nafasini, o‘tmish so‘qmoqlarida qolgan bebaho bolalikning aziz xotiralarini olib kelgan bu yigitga havas bilan qarar edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Esdalik, yodgorlik. [Botir Dilbarga:] Salom! (kitobni uzatib) Mendan sizga xotira. N. Safarov, Hayot maktabi [Chaqaloqning] Otini Shavkat qo‘yaman! Shavkat! Shavkatli kunlarimdan xotira bo‘lsin! — derdi [Alimardon]. O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
4. Xotira (xotin-qizlar ismi).
1. xotiradan chiqardi: unutdi