Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {variant}
So‘z bo‘g‘inlari: va-ri-ant
Izoh(lar)i:
variant [va-ri-ant ]

1. Loyiha, reja, ilmiy, badiiy, adabiy asar, mashina va shu kabilarning boshqacha ishlangan turi, boshqa xil ishlangan nusxasi. Alpomish dostonining Fozil shoirdan yozib olgan varianti. Albatta, o‘zi emas, bu qayta ishlangan varianti F. Musajonov, Himmat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Variantdosh so‘zikki yoki bir necha xil yozilishga ega so‘z. Hammasi ham imlo qoidasiga binoan to‘g‘ri yozilgan hisoblanadi. Bu so‘zni paronimvasinonimdan farqlash kerak. Paronimda yozilishivaaytilishi bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki so‘zning ma’nosi butunlay boshqa-boshqa bo‘ladi. Sinonimda esa shakli butunlay o‘zgacha, ma’no qirrasida ham farq sezilib turadi. Variantdosh so‘z ma’noda zarracha farq qilmaydi. Ular bir so‘zning ko‘rinishlari. Faqat yozilishida farq bor, xolos. Buning sababi bir varianti fonetik yozuv asosida bo‘lsa, ikkinchi varianti morfologik yoki boshqa yozuv qoidasi asosida yozilgani. Demak, bir so‘z turli yozuv (tamoyili) qoidasi asosida ham yozilishi mumkin. abr - avr; adab - odob; ajdarho, ajdahor, ajdar - ajdaho; akildoqlik - akillaklik; alaklamoq - alahlamoq; alifbo - alfavit; anovi - anavi.

Ba’zi variantdosh so‘z juft so‘z orasiga bog‘lovchi vazifasida kelgan -uaffiks-yuklamasining qo‘shilib kelishvakelmasligiga ko‘ra farq qiladi. Lekin barcha juft so‘z orasida ham -uyuklamasi biriktirilavermaydi. Masalan: baqiriq-chaqiriq, yemay-ichmay, janjal-suron kabi so‘z -uyuklamasiz yoziladi. Shuningdek, dog‘-hasrat, dog‘-hijron, balo-qazo so‘zi -ibilan, yani dog‘i hasrat, dog‘i hijron, baloyi qazotarzida yoziladi. Quyida bog‘lama vazifasidagi -uyuklamasi bilan yoziladigan juft so‘zdan keltiramiz: abgor-abgashta - abgor-u abgashta; afsus-nadomat - afsus-u nadomat ; aft-angor - aft-u angor; aft-bashara - aft-u bashara; ahd-paymon - ahd-u paymon; ajiz-niyoz - ajz-u niyoz; amr-farmon - amr-u farmon; anjom-ashyo - anjom-u ashyo; aql-farosat - aql-u farosat;

Variantdosh so‘zning ko‘pchiligi bermoq, olmoq, yubormoq ko‘makchi fe’l (harakat tarzi) bilan bog‘liq. Bu ko‘makchi fe’l o‘zi qo‘shilib kelgan yetakchi fe’lga -vermoq, -olmoq va -vormoq tarzida qo‘shiladi: bajara olmoq - bajarolmoq; beravermoq - bera bermoq; berolmoq - bera olmoq; betlasholmoq - betlasha olmoq; bilavermoq - bila bermoq.

ba- va bo- qo‘shimchalari bilan farq qiluvchi variantdosh so‘zlar ham mavjud: baadab - boadab; bama’ni - bama’no; baobro‘ - boobro‘.

Variantdosh so‘z manbalarda dublet so‘z ham deb yuritiladi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.