Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ustki}
So‘z bo‘g‘inlari: ust-ki
Izoh(lar)i:
ustki sf

1. 1. Yuqorida, tepa qismda joylashgan; yuqorigi, tepadagi. Ustki tish. Ustki jag‘. Uyning ustki qavati. [Kamolxonov] Sulaymonovning kulmaganini ko‘rib, o‘zini jiddiy ko‘rsatish uchun, qoshlarini chimirdi, ustki labini so‘ra boshladi. A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun

2. 2. Narsaning tashqi qismida, sirtida joylashgan; sirtidagi. Normat bintni protivogaz xaltasining ustki cho‘ntagiga solib qo‘ydi. I. Rahim, Chin muhabbat
Shudgorlarni boronalashni tuproqning ustki qatlami yetilishi bilanoq boshlash kerak. Gazetadan

Antonim(lar)i: quyi , ostki , pastki
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.