1. Biror narsa yonganda, havoga ajralib chiqadigan mayda zarralardan iborat gazsimon moddalar majmui. Papiros tutuni. Uy tutunga to‘ldi. Tutun osmonga ko‘tarilib ketdi. ▬ Uylarning mo‘risidan tutun chiqar buralib. Uyg‘un Bir vaqtlar turli ranglar bilan bo‘yalgan uyning shiftlari otashdonda yoqilgan o‘t tutunidan xiralandi. H. Shams, Dushman Jiqqa ho‘l o‘tin yolg‘iz pirs-pirs qilib, achchiq zahar tutun buruqtiradi. Oybek, Tanlangan asarlar
1. tutun chiqdi: -
2. tutun falakka o‘rladi: -
3. tutun osmonga chiqmoq: -
4. tutun qaytarmoq: -
5. tutuni chiqdi: -
6. tutuni falakka o‘rladi: -
7. tutuni osmonga chiqmoq: -