Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tor}
So‘z bo‘g‘inlari: tor
Izoh(lar)i:
tor sf

1. 1. Eni, kengligi uncha katta bo‘lmagan; ensiz, kambar. Tor lenta. Top ko‘cha. Top yo‘lak. U baland bo‘yli, peshonasi tor, o‘tkir yuzli, beti ham soqoliday qop-qora kishi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Hajmi, sig‘imi uncha katta bo‘lmagan; siqiq. Tor uy. Tor kiyim. Qoratoy turdi, tor va dim hovlida bo‘g‘ilgan kabi, eski, yirtiq ko‘ylagi bilan yelpindi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ushbu keng dunyo ko‘zimga bo‘ldi tor! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Avaz yarim soatcha dam tortib o‘tirdi-yu, bu tor, nim-qorong‘i ustaxonadan zerikib chiqib ketdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Domla, boshida chamandagul do‘ppi, egnida kalta va tor katak ko‘ylak. A. Qahhor, To‘yda aza

3. ko‘chma hma Chegarasi, ko‘lami uncha katta bo‘lmagan, chekli. Tor soha. Tor doirada qo‘llanadigan so‘zlar.

4. ko‘chma hma Juda qattiq, baxil odam haqi-da. Torga tor dunyo, kengga keng dunyo. Maqol

5. 5. Do‘ppi tor kelmoq Noqulay, nochor, tang ahvolda qolmoq, ahvoli mushkullashmoq. Ba’zi qallob odamlar uchun nima ko‘p — vaj-korson ko‘p. Do‘ppi tor kelganda, og‘izlariga kelganni qaytarishmaydi. Gazetadan
Do‘ppi tor keldimi, darrov Jo‘raboyevning panohiga tiqilishadi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Yolg‘on chiqib gapi, do‘ppi tor kelsa, Hech kim yo‘g‘in poylab so‘raydi uzr! S. Abduqahhor
ko‘zi tor savdogarlarni satira ostiga oladi. Mushtum
O‘zlariyam o‘lguncha ko‘zi tor, ziqna odam, pul bo‘lsa-bo‘lgani G‘. G‘ulom, Shum bola

6. 1. Cholg‘u asboblarining tebranib tovush chiqaradigan ipi. Ipak tor. Sim tor. Cholg‘umning tori tarang, Meni ko‘rgan yov garang. Qanday baxtli men, qarang. H. Po‘lat
Meli polvon dutorini qo‘liga oldi. Biroq quloqlari haddan ortiq buralgan dutor bardosh bermadi — uzilib ketgan tordan ingraganday nido eshitildi. P. Tursun, O‘qituvchi
Uyga qaytgach, ot qilidan tor tortib, o‘yinchoq dutorcha yasadim. Guldasta

7. 2. Uyning bir devorida sharqcha qilib tor tortilgan, tor ustida Qut-biyaning kiyimlari qatorida Hasanning ham beqasam to‘ni yoyilgan edi. S. Ayniy, Qullar

8. ko‘chma hma Torga nisbatlanuvchi narsani bildiradi. Yurak torlari. Qalb tori. Kunlar yaqin, chertajakmiz sevgi torini G‘ayratiy
Raufning ta’nalardan bo‘shashgan torlari tortilib, zarur ritmga moslashdi. O‘zbekiston qo‘riqlari
G‘ulomjonning asab torlari tortildi, alamiga alam qo‘shildi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

9. 1. Rubobga o‘xshash sim torli xalq musiqa asbobi. Ozarbayjon tori. Kavkaz tori. Torni sozlamoq. Torini asta-sekin cherta boshladi. Keyin zavq bilan, harorat bilan chalishga tushdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

10. 2. Umuman, torli cholg‘u asbobi. O‘rtoqlarim, qo‘lga olsam torimni, Beixtiyor yodlaydirman yorimni! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: keng
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. tor I Ot
Ko‘p torli (gitaraga o‘xshash) cholg‘u asbobi.

2. tor II Sifat
ensiz

3. tor III Ot
kir yoyiladigan ip

4. tor IV Ot
1. Ip, rishta. 2. Muzika asbobida tarang tortiladigan, chertsa, havo to‘lqini hosil qiladigan ip

Paronimi: dor – [f] O‘limga hukm qilingan kishini osib o‘ldiradigan qurilma; ikki xoda orasidagi arqon.
Qomus: mavjud emas.

1. ajal tortmoq: -

2. ali ovuchi tor: -

3. arava(si)ni tortmoq : -

4. aravangni tort: -

5. aravani baravar tortmoq: -

6. aravani o‘z tortmoq: -

7. aravani o‘zi tortmoq: -

8. aravani tortmoq: -

9. aravasini o‘z tortmoq: -

10. aravasini o‘zi tortmoq: -

11. aravasini tortmoq: -

12. attorning qutisida yo‘q: -

13. aziyat tortmoq: 1.azoblanmoq 2. zararli ta’sir, zarar-zahmat

14. azob chekdi, azob tortdi: juda qiynaldi

15. azob tortmoq: -

16. azobini tortmoq: -

17. bag‘ir tor: -

18. bag‘ri tor: -

19. bir qatorga qo‘ymoq: -

20. bosh tortmoq: -

21. burnidan tortsa, yiqilgudek bo‘lmoq: -

22. burundan tortsa, yiqilgudek bo‘lmoq: -

23. chetga tortmoq: -

24. damiga tortmoq: -

25. dil tortar: yoqimli

26. dil tortgan: -

27. dil tortmoq: -

28. dili tortdi: yoqtirdi

29. dili tortgan: -

30. diqqatini tortmoq: -

31. diqqatni tortmoq: -

32. do‘ppi tor: -

33. do‘ppi tor kelmoq: -

34. do‘ppisi tor keldi: ilojsiz og‘ir ahvolga tushdi

35. do‘ppisi tor kelmoq: -

36. dunyo ko‘zga tor: -

37. dunyo ko‘ziga tor: -

38. e’tiborini tortmoq: -

39. e’tiborni tortmoq: -

40. el qatori: -

41. fe’l tor: -

42. fe’li tor: ziqna

43. g‘am tortmoq: -

44. giriftor bo‘lmoq: 1.uchramoq, yo‘liqmoq, duchor bo‘lmoq 2.maftun bo‘lmoq.

45. giriftor qildi: -

46. hushyor tortmoq: -

47. istihola tortmoq: shunday hisni tuymoq.

48. izza tortdi: izza bo‘di, uyaldi

49. izza tortmoq: -

50. jazo tortmoq: -

51. jazoni tortmoq: -

52. jazosini tortmoq: -

53. jilovdan tortib qo‘ymoq: -

54. jilovidan tortib qo‘ymoq: -

55. jilovini tortib turmoq: -

56. jilovni tortib qo‘ymoq: -

57. jonini tortiq qilmoq: -

58. ko‘ngil g‘ash tortmoq: -

59. ko‘ngil ravshan tortmoq: -

60. ko‘ngil tortmoq: -

61. ko‘ngil tortmoq: -

62. ko‘ngilni tortmoq: -

63. ko‘ngl tortdi: -

64. ko‘ngli g‘ash tortdi: bir oz tashvish qildi

65. ko‘ngli g‘ash tortmoq: -

66. ko‘ngli ravshan tortmoq: -

67. ko‘ngli tor: -

68. ko‘ngli tort: -

69. ko‘ngli tortdi: yoqtirdi

70. ko‘ngli tortmoq: -

71. ko‘nglini tortmoq: -

72. ko‘z tor: -

73. ko‘zga dunyo tor: -

74. ko‘zga olam tor: -

75. ko‘zi tor: qizg‘anchiq

76. ko‘ziga dunyo tor: -

77. ko‘ziga olam tor: -

78. komiga tortmoq: -

79. kulni o‘z ko‘machiga tortmoq: -

80. ming jonim o‘lsa, senga tortiq: -

81. nam tortmoq: -

82. o‘laman sattor: -

83. o‘z aravani tortmoq: -

84. o‘z aravasini tortmoq: -

85. o‘z ko‘machga kul tortmoq: -

86. o‘z ko‘machiga kul tortmoq: -

87. o‘zini chetga tortmoq: -

88. o‘zini quruqqa tortmoq: -

89. o‘zni chetga tortmoq: -

90. o‘zni quruqqa tortmoq: -

91. odam qatorida ko‘rmaslik: -

92. odam qatoriga kirgizmoq: -

93. odam qatoriga kirmoq: -

94. odam qatoriga qo‘shilmoq: -

95. odam qatoriga qo‘shmaslik: -

96. og‘zining tanobini tortmoq: -

97. osmonga chiqsa oyog‘idan tortib tushirmoq: -

98. osmonga chiqsa oyog‘idan, yerga kirsa qulog‘idan tortmoq: -

99. osmonga chiqsa oyoqdan tortib tushirmoq: -

100. osmonga chiqsa oyoqdan, yerga kirsa quloqdan tortmoq: -

101. osmonga uchsa oyog‘idan, yerga kirsa qulog‘idan tortmoq: -

102. osmonga uchsa oyoqdan, yerga kirsa quloqdan tortmoq: -

103. osmonga uchsa, oyog‘idan, yerga kirsa, qulog‘idan tortadi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

104. oyog‘i tortmadi: borgisi kelmadi

105. oyog‘i tortmaslik: -

106. oyog‘idan tortmoq: biror noxush ish, holatga jalb etmoq, duchor qilmoq.

107. oyog‘ini tortmoq: -

108. oyoq tortmaslik: -

109. oyoqdan tortmoq: -

110. oyoqni tortmoq: -

111. qatordan qoldirmay: -

112. qatordan qolmaslik: -

113. qatordan qolmay: -

114. qo‘l tortmoq: -

115. qora tortmoq: -

116. qush kabi yengil tortmoq: -

117. qushday yengil tortmoq: -

118. qushdek yengil tortdi: ruhiy azoblanishi tarqadi

119. quyushqon tor kelmoq: -

120. quyushqoni tor kelmoq: -

121. riyozat tortmoq: -

122. ruh yengil tortmoq: -

123. ruhi yengil tortmoq: -

124. saf tortmoq: -

125. sitora issiq: -

126. sitorasi issiq: xush ko‘rinishli, yoqimli, jozibador

127. surobi tortilmoq: -

128. ta’b tortdi: -

129. ta’b tortmoq: -

130. ta’bi tortdi: -

131. ta’bi tortmoq: -

132. ta’bini tortmoq: -

133. tanob tortilmoq: -

134. tanobi tortilmoq: -

135. tanobini tortmoq: -

136. tanobni tortmoq: -

137. tap tortmaslik: -

138. tap tortmaydi: qo‘rqmay botindi, hayiqmaydi

139. tashvish tortdi: 1)tashvish qildi 2)xavotir bo‘ldi

140. tashvish tortmoq: -

141. tashvish tortmoq : -

142. tashvishini tortmoq: -

143. taxtaga tortilmoq: -

144. taxtaga tortmoq: Siquv holatiga olmoq, iskanjaga olmoq

145. taxtni tortilmoq: -

146. taxtni tortmoq: -

147. til tortmaslik: -

148. tirnog‘idan tortib to‘pig‘igacha: -

149. tirnoqdan tortib to‘pig‘igacha: -

150. tiyrak tortmoq: Tetiklanmoq, jonlanmoq, kuch-quvvat olmoq

151. tor kelib qolganda: ilojsiz og‘ir ahvolga tushdi

152. tortgan azob: -

153. tortgan azobi: -

154. tuprog‘i tortmoq: Tug‘ilib o‘sgan (o‘z) joyi undamoq, jalb qilmoq

155. turna qator, turnaqator: Qator bo‘lib tizilgan, birining ketidan biri

156. uh tortmoq: -

157. xijolat tortmoq: -

158. xurrak tortmoq: -

159. yengil tortmoq: ruhiy azoblanishi tarqadi

160. yerga kirsa qulog‘idan tortib chiqarmoq: -

161. yerga kirsa quloqdan tortib chiqarmoq: -

162. yerga kirsa, qulog‘dan tortib chiqaradi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

163. yerga kirsa, qulog‘idan tortib chiqarmoq: -

164. yerga kirsa, quloqdan tortib chiqarmoq: -

165. yuragi g‘ash tortmoq: -

166. yuragi orqaga tortib ketmoq: -

167. yuragi orqasiga tortib ketmoq: bir lahza ich-ichidan qo‘rqish aralash qattiq hayajonlandi

168. yuragi ortga tortmoq: -

169. yuragi tor: -

170. yuragi torlik qilmoq: -

171. yurak g‘ash tortmoq: -

172. yurak orqaga tortib ketmoq: -

173. yurak orqasiga tortib ketmoq: -

174. yurak tor: -

175. yurak torlik qilmoq: -

1. Bakalavr-magistr-aspirant- doktorant
Ma’nosiga ko‘ra
(mutaxassislik salohiyatining oshib borishiga ko‘ra)

2. Ehson – tortiq – sovg‘a – mukofot
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

3. Sovg‘a – hadya – tortiq – tuhfa – armug‘on – in’om
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

4. Tortishuv – janjal – g‘alayon – qo‘zg‘olon – urush
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

5. Yo‘liqmoq – uchramoq – duchor bo‘lmoq – giriftor bo‘lmoq – mubtalo bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.